Авторы

  • Наргиза Саттарова
    Старший преподаватель, (PhD), Кафедра узбекского языка и литературы, Андижанский государственный педагогический институт

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss9/S-pp77-81

Ключевые слова:

ономастика топонимы урбаноним годоним антропонимы космонимика зоонимы орнитонимы лексическая основа ономастическая единица ономастическая сфера

Аннотация

В данной статье рассматривается область «ономастика», которая является одной из современных отраслей языкознания. Описаны её теоретические основы, основные единицы, понятие ономастической сферы и методы её исследования. Ономастика изучает историю имён, их функции и развитие, а также происхождение в географическом, историческом, социологическом, философском, этнографическом и психологическом контекстах. Состав годонимов (названий улиц), их грамматическая структура, разнообразие и формы свидетельствуют о древности и уникальности названий в Андижанской области.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

A survey of street names with two and more bases

Nargiza SATTAROVA

1

Andijan State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024
Received in revised form

15 September 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

This article presents the field of onomastics, which is one of

the branches of modern linguistics. It covers its theoretical

foundations, units, the concept of the onomastic sphere, and its

study. This field examines the history of names, their functions,
and their development, as well as their emergence in

geographical,

historical,

sociological,

philosophical,

ethnographic, and psychological contexts. The composition of

godonyms (street names), their grammatical structure, and
diverse forms illustrate that the street names in the Andijan

region are ancient and unique

.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss9/S-pp77-81

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

onomastics,

toponyms,
urbanonym,
hodonym,
anthroponyms,

cosmonyms,
zoonyms,
ornithomyms,

lexical basis,
onomastic unit,
onomastic sphere.

Ikki va undan ortiq asosli godonimlar tadqiqi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

onomastika,
toponimlar,
urbanonim,

godonim,
antroponimlar,
kosmonimika,

zoonimlar,
ornitonimlar,

lug‘aviy asos,

onomastik birlik,

onomastik ko‘lam.

Ushbu maqolada bugungi kunda zamonaviy tilshunoslik

sohalaridan biri bo‘lgan “Onomastika” sohasi, uning nazariy

asoslari, birliklari, onomastik ko‘lam tushunchasi va uning

tadqiqiga oid mulohazalar keltirilgan. Bu soha nomlar, ularning

vazifalari, rivojlanishi, paydo bo‘lish tarixini geografik,

tarixiy,

sotsiologik, filosofik, etnografik va psixologik aspektda o‘rganadi.

Godonimlarning (ko‘cha nomi) tarkibi, grammatik qurilishi,

ularning turli ko‘rinish va shakllari Andijon viloyati joy
nomlarining qadimiy va o‘ziga xos ekanini ko‘rsatadi.

1

Senior Lecturer, (PhD), Department of Uzbek Language and Literature, Andijan State Pedagogical Institute.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

78

Исследование двух и более обоснованных годонимов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

ономастика,

топонимы,

урбаноним,

годоним,

антропонимы,
космонимика,

зоонимы,

орнитонимы,

лексическая основа,
ономастическая единица,

ономастическая сфера.

В данной статье рассматривается область «ономастика»,

которая является одной из современных отраслей

языкознания. Описаны её теоретические основы, основные
единицы, понятие ономастической сферы и методы её

исследования. Ономастика изучает историю имён, их

функции и

развитие, а также происхождение в

географическом,

историческом,

социологическом,

философском,

этнографическом

и

психологическом

контекстах. Состав годонимов (названий улиц), их

грамматическая структура, разнообразие и формы

свидетельствуют о древности и уникальности названий в
Андижанской области.

KIRISH

Yurtimizning tarixi, o‘tmishini o‘rganish uchun ikki manba –

osori-atiqalar va yozma

yodgorliklardan tashqari yana biri borki, bu joy nomlaridir. Ular orasida ko‘pchilik uchun
ma’nosi noaniq tarixiy joy nomlaridan tortib, yaqin zamonlarda o‘tgan tarixiy sh

axslar

nomigacha ham uchraydi.

Shu bois joy nomlarini o‘tmish muhri, desak bo‘ladi.

Godonimlarning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida shuni qayd etish mumkinki, hudud

tarixiga oid ba’zi ma’lumotlar ko‘cha nomlarida yaxshi saqlanib qolgan. Aholining
o‘tmishdagi etnik tarkibi qaysi urugʻ, qabila, qavm, toifaga mansubligi, iqtisodiy turmush

sharoiti, qanday kasb-

hunar bilan shugʻullanganligi, shuningdek, joyning biron

-bir kishiga

qarashliligini ifodalovchi godonimlar fikrimiz dalilidir.

Nomlarning paydo bo‘lish tarixi va asoslari unitilgan bo‘lsa

-da, har qanday joy

nomining til mahsuli sifatidagi xususiyatlari saqlangan bo‘ladi. Bu ko‘pincha nomning
grammatik strukturasini tahlil qilish orqali aniqlanadi. Ayniqsa, iste’moldan chiqqan

noml

ar o‘rnini to‘ldirish, yangi obyektlarga yangi nomlar berish muayyan lisoniy

qonuniyatlar asosida amalga oshadi. Bunda ikki yo‘l mavjud.

1.

Yangi nom ijod qilish, yasash usuli.

2.

O‘zga tillardan nom o‘zlashtirsh usuli.

Toponimik tizimning o‘zgarishi va boyishida har ikkala usul ham juda muhim

hisoblanadi. Lekin, tilning o‘z ichki imkoniyatlariga tayanib, yangi nom ijod qilish, yangi
nom yasash yo‘li afzalroqdir

.

Shu bilan birga, toponimiyaning boyish yo‘llari ham tildagi

mavjud leksik negizlarga tayanadi. Ammo oddiy leksik birlik bilan atoqli otlarning
yasalishida u yoki bu usul ustunlik qilishi jihatidan farqlar mavjud. T

о

p

о

niml

а

r h

аm soʻz

k

а

bi m

о

rf

е

m

х

ususiyatl

а

rg

а

eg

а. Yaʼni tо

p

о

niml

аr ham oʻzаk, qoʻshimchа

, n

е

giz k

а

bil

а

rg

а

а

jr

а

tiladi.

Leksema va godonimlar yasalish tarkibiga ko‘ra ham farqlanadi. So‘zning mо

rf

е

mik

tarkibi

asos+yasovchi=yasalma

dan iborat bo‘lsa, godonimlarning tarkibida esa so‘z

yasash asosi (lugʻaviy asos,topoasos) va yasovchi (topoformant) bo‘ladi. Joy nomlarining
yasalishi nuqtayi nazaridan o‘rganganda ularning o‘ziga xos semantik va grammatik
xususiyatlariga e’tibor bermoq lozim. Chunki “atoqli va turdosh otlar ma’nosi atash

vazifasi bilangina emas, morfologik, yasalish xususiyatlari bilan ham farqlanadi. Ana
shunday

farqli lisoniy belgi xususiyatlardan biri turdosh otlarning o‘z lingvistik


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

79

materialiga egaligi, atoqli otlarning esa mana shunday materialga ega emasligi. Bu farqli

lingvistik belgi ko‘pgina onomastikaga doir ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanadi.”[1]

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI

Ikki va undan ortiq asoslarni qo‘shish natijasida yangi ma’noli so‘z hosil qilish

kompozitsiya usuli deyiladi. A. Hojiyev so‘z yasalishini ushbu usuli haqida quyidagi
fikrlarni ta’kidlaydi: “Kompozitsiya (lotincha, composition –

tuzish, birlashtirish) usuli ikki

va undan ortiq so‘zning qo‘shilishi orqali yangi so‘z yasash. Kompozitsiya so‘z yasashning

kompozitalar

qo‘shma so‘zlar yaratish usulidir” [2].

Kompozitsiya usuli ilmiy manbalarda sintaktik usul deb ham yuritiladi. Ikki yoki

undan ortiq mustaqil ma’no bildiruvchi o‘zak morfemalardan iborat so‘zlar qo‘shma so‘z
sanaladi. Qo‘shma so‘z birdan ortiq mustaqil ma’noli morfemadan tashkil topgan bir
so‘zdir. Sodda so‘zda mustaqil ma’noli morfema bitta bo‘lsa, qo‘shma so‘zda birdan ortiq
bo‘ladi.

Kompozitsion usul godonimlarning yasalishida ham faol qo‘llanadigan yasalish

usullaridan biridir. Bu usul bilan godonimlarning yasalishida ikki va undan ortiq asosning

qo‘shilishidan joy nomlarining yasalishi tushuniladi. Masalan,

Oltinsoy ko‘chasi

(Qo‘rgʻontepa, Jalaquduq),

Taxtako‘prik ko‘chasi

(Andijon, Oltinko‘l, Paxtaobod, Izboskan,

Jalaquduq),

Qalmoqbuloq ko‘chasi

(Marhamat),

Damariq ko‘chasi

(Paxtaobod),

Maydonbozor ko‘chasi

(Andijon),

Yangiqishloq ko‘chasi

(Bo‘ston) kabi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Andijon viloyati godonimlarining salmoqli qismi qo‘shma tarkibli godonimlar

hisoblanadi. Bu esa hudud godonimlarining yasalishida kompozitsion usulning eng faol

usul ekanligini ko‘rsatadi.

Kompozitsiya usuli bilan yasalgan godonimlarning ayrimlari tashqi ko‘rinishidan

so‘z birikmasi yoki gapga o‘xshaydi. Shunga asosan ularni so‘z birikmasi va gapdan kelib

chiqqan deyish mumkin. Masalan,

Bo‘yrabozori –

Asaka tumanidagi ko‘cha nomi. Godonim

dastlab

bo‘yraning bozori

(qaratqich+qaralmish) tarzida otli birikma shaklida bo‘lgan,

keyinchalik til taraqqiyoti, toponimlashuv natijasida

Bo‘yrabozori

shaklidagi qo‘shma

tarkibli godonimga aylanib qolgan:

bo‘yraning bozori > Bo‘yrabozori.

Bunday tipdagi

g

odonimlar qaratqichli so‘z birikmalarining soddalashuvi natijasida yuzaga kelgan. Bu

kabi godonimlarning komponentlarini bogʻlash uchun asos bo‘lgan qaratqich kelishigi va
egalik shakli yasovchi qo‘shimchalari til takomili natijasida nom tarkibidan tushib

qolgan.

Masalan, Bahorning guli >

Bahorgul

(Ulugʻnor), Maktabning oldi >

Maktaboldi

(Qo‘rgʻontepa), Mamayusufning cheki >

Mamayusufchek

(Oltinko‘l), Ko‘prikning boshi >

Ko‘prikboshi

(Asaka), Kamolning tepasi >

Kamoltepa

(Shahrixon), Eshonning ko‘chasi >

Es

honko‘cha

(Jalaquduq), Terakning tagi >

Teraktagi

(Paxtaobod) kabi.

Andijon viloyati godonimlari orasida bir qancha nomlar ular joylashgan hududning

o‘ziga tegishli bo‘lgan obyekt, narsa bilan bogʻliq holda shakllangan. Bunday godonimlar

shu hududga qarashliligi asosida nomlangan hamda tarkibiy jihatdan qaratqich +
qaralmi

sh shakliga ega bo‘lib, qo‘shma godonimlar hisoblanadi. Masalan, Maydonning

bozori > Maydonbozor (Andijon), Xo‘janing arigʻi > Xo‘jaariq (Marhamat), Bo‘zning arigʻi >

Bo‘zariq

(Asaka), Shahrixonning soyi >

Shahrixonsoy

(Qo‘rgʻontepa), Qipchoqning

qoʻrgʻoni

>

Qipchoqqoʻrgʻon

(Shahrixon), Qalmoqning bulogʻi >

Qalmoqbuloq

(Marhamat)

kabi.

Qo‘shma godonimlar ikki va undan ortiq tarkibiy qismlardan tashkil topadi:

Yangiturmush ko‘chasi

,

Yangizamon ko‘chasi

,

Yettichinor ko‘chasi

kabi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

80

Qo‘shma godonimlarni morfologik tarkibiga ko‘ra quyidagi tiplarga bo‘lish mumkin:

Ot + ot:

Uzumbogʻ ko‘chasi

,

Sadarayhon ko‘chasi

,

Uygʻurobod ko‘chasi,

Nayzaqayragʻoch kochasi

,

Tojiksoybo‘yi ko‘chasi

,

Soybo‘yi kochasi

,

Soyko‘cha kochasi,

Shahidtepa ko‘chasi

,

Qatorterak ko‘chasi, Qatortol ko‘chasi

,

Obihayot ko‘chasi,

Obizamzam

ko‘chasi

,

Nurobod ko‘chasi

,

Ostonaguzar ko‘chasi

kabi. Bu tipdagi qo‘shma godonimlarning

ikkinchi qismi ko‘pincha, guzar, qishloq, ovul, tepa, cho‘l, bogʻ, buloq, quduq kabi
indikatorlardan tashkil topgan bo‘ladi.

Bekguzar ko‘chasi

,

Shahidtepa ko‘chasi

,

Ostonaguzar ko‘chasi, Avgʻonbogʻ ko‘chasi

kabi.

Sifat + ot

:

Oqqush ko‘chasi

,

Oqravot ko‘chasi

,

Oqtepa ko‘chasi

,

Yangizamon ko‘chasi

,

Oybuloq ko‘chasi

,

Oltinko‘l ko‘chasi

kabi. Bu qolipdagi qo‘shma godonimlarning birinchi

qismi quyidagi ma’nolarni ifodalab keladi:

a)

rang - tus bildiruvchi:

Oqqush ko‘chasi

,

Oqravot ko‘chasi

;

b)

hajm-

ko‘

lam bildiruvchi:

Kattabogʻ ko‘chasi

,

Kattayo‘l

ko‘chasi

,

Yakkatol ko‘chasi

;

c)

maza -

ta’m ifodalovchi:

Sho‘rbuloq ko‘chasi

kabi.

Son + ot:

Uchtegirmon ko‘chasi

,

Uchqo‘rgʻon ko‘chasi

,

To‘qqizariq ko‘chasi

,

Yettichinor ko‘chasi

kabi. Ushbu qolipda yasalgan qo‘shma godonimlarning birinchi

tarkibiy qismi sondan (uch, besh, olti, to‘qqiz, qirq, ming va boshq.), ikkinchi tarkibiy qismi
geografik atamadan tashkil topgan bo‘ladi.

Ot + fe’l // fe’l+ot:

Tangatopdi ko‘chasi

,

Erksevar ko‘chasi, Paxtaortma ko‘chasi,

Qumbosti ko‘chasi, Keldiyor ko‘chasi, Qaynarbuloq ko‘chasi, Kuyganyor ko‘chasi, Yashnobod
ko‘chasi, Tinchliksevar ko‘chasi

kabi.

Bu qolipdagi qo‘shma godonimlar ot bilan fe’lning

hamda fe’l bilan otning birikuvidan tashkil topadi.

Hududdagi kompozitsiya usuli bilan yasalgan godonimlarning yasalishida ikki va

undan ortiq komponentlardan biri godonim yasashda yetakchi vazifaga ega bo‘lganligini
ko‘rish mumkin. Chunki bu birlik aynan toponim bilan bogʻliq birlik hisoblanadi. Bunday

birliklar toponimik indikatorlar deyiladi. Ular toponimning turini ham aniqlashda yetakchi
hisoblanadi.

M.Murzayev “indikatorning toponimga xos belgi

-xususiyat va holatlarni

ifodalaydigan so‘z”[3] hisoblanishini ta’kidlagan. Z.Do‘simov va X.Egamovlarning “Joy
nomlarining qisqacha izohli lugʻati”da “Indikator –

toponimlar tarkibida kelib, obyektning

xarakteri

, xususiyati, soni va boshqalarni ko‘rsatuvchi so‘z. Masalan, toponimik

indikatorlar: qishloq, daha, dasht, cho‘l. Gidronomik indikatorlar ko‘l, daryo, ariq kabilar.
Lotincha “indikos” “ko‘rsatmoq” so‘zidan yasalgan”[4] deb ikki guruhga bo‘lib ta’riflangan

.

Indikatorli toponimlar “toponim –

kompozitlar” deb ham o‘rganilgan va ular toponimik,

gidronimik, funksional indikatorlar sifatida uchga bo‘lingan. T.Nafasov: “Indikator joy
nomi yasashda qatnashib, uning tarkibida obyekt turini bildiradigan so‘z: buloq
(Toshbuloq), qishloq (Kattaqishloq)”[5] deb uni lingvistik jihatdan izohlagan. P.Gʻulomov
“Jugʻrofiya atamalari va tushunchalari izohli lugʻati”da ushbu termin haqida “Indikator

(toponimikada) toponimlarni hosil qiluvchi mahalliy geografik terminlar: qum, tepa,

daryo, suv, kent va boshqalar”[6] degan ta’rifni geografik jihatdan bergan.

Tilshunoslikda esa ular toponimlarni yasayotgan til materiali, lisoniy material

sifatida namoyon bo‘ladi. Shu sababli ham “toponimik indikator” bu leksemalarning
vazifaviy mohiyatini to‘g‘ri ochib beradi. “Toponimik indikator” termini va tushunchasini
o‘zbek toponimikasiga Z.Do‘simov olib kirgan va Xorazm toponimiyasi materiallariga

tatbiq qilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

81

Demak, mazkur termin haqida aytilgan fikrlar lingvistik va geografik jihatdan bir-

birini to‘ldiradi. Sababi, ular indikatorning obyektning belgi

-xususiyati, xarakteri, soni, turi

kabilarni ko‘rsatuvchi so‘zligi va mahalliy geografik terminligini ko‘rsatib

turibdi.

Indikatorlar toponimlarning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Shuni aytishimiz mumkinki, o‘zbek tilining onomastik ko‘lami nihoyatda murakkab

va keng hajmli tushuncha sanaladi. O‘zbek tilidagi barcha makroko‘lam, mikroko‘lam va
ko‘lamchalarga kiruvchi atoqli ot materiallarini sinchiklab to‘plash, ularning nominativ,

motivatsion, funksional xusus

iyatlarini tadqiq qilish o‘zbek nomshunosligining dolzarb

muammolaridan biridir. Bunday keng ko‘lamli tadqiqot onomastika sohasi uchun faqat

nazariy emas, balki ulkan amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki bunday ilmiy ishning

natijalari tilimiz lug‘at boyligining g‘oyat murakkab va serqirraligini namoyish qiladi,

tabiiy-

jug‘rofiy obyektlarni nomlash ishini ilmiy asoslarda olib borishga yaqindan yordam

beradi, o‘zbek xalqi tarixi, madaniyati, ma’naviyati hamda tilining teran ildizlarini

chuqurroq anglab yetishi

miz uchun boy material manbai bo‘lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI

:

1.

Улуқов Н. Ўзбек тили гидронимларининг тарихий

-

лисоний тадқиқи.

Монография. –

Тошкент: Фан, 2008. –

Б. 151.

2.

Ҳожиев А. Ўзбек тилида сўз ясалиш тизими. –

Тошкент: Ўқитувчи, 2007. –

Б. 7.

3.

Мурзаев Э.М. Апеллятивы в топонимах Средней Азии // Ономастика

Средней Азии. –

Фрунзе: Илым, 1980. –

С. 128.

4.

Дўсимов З., Эгамов Х. Жой номларининг қисқача изоҳли луғати. –

Тошкент:

Ўқитувчи, 1977. –

Б. 15.

5.

Нафасов Т. Қашқадарё қишлоқномаси. –

Тошкент: Муҳаррир, 2009. –

Б. 89.

6.

Ғуломов П. Жуғрофия атамалари ва тушунчалари изоҳли луғати. –

Тошкент: Ўқитувчи, 1994. –

Б. 67.

7.

Подольская Н. В. Словарь русской ономастической терминологии. 2

-

е изд.,

перераб. и доп. М., 1988. 96

-95

8.

Марузо Ж. Словарь лингвистических терминов. М., 1960.

9.

Розенталь Д. Э.,Теленкова М. А. Словарь

-

справочник лингвистических

терминов: Пособие для учителя. 2

-

е изд., испр. и доп. М., 1985.

10.

Большой энциклопедический словарь. М.; СПб., 2000.

(Antroponimiya,

Toponimiya).

11.

Матвеев А. К. Апология имени // Вопр. ономастики. 2004. № 1. С. 7–

13.

Библиографические ссылки

Улуқов Н. Ўзбек тили гидронимларининг тарихий-лисоний тадқиқи. Монография. – Тошкент: Фан, 2008. – Б. 151.

Ҳожиев А. Ўзбек тилида сўз ясалиш тизими. – Тошкент: Ўқитувчи, 2007. – Б. 7.

Мурзаев Э.М. Апеллятивы в топонимах Средней Азии // Ономастика Средней Азии. – Фрунзе: Илым, 1980. – С. 128.

Дўсимов З., Эгамов Х. Жой номларининг қисқача изоҳли луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1977. – Б. 15.

Нафасов Т. Қашқадарё қишлоқномаси. – Тошкент: Муҳаррир, 2009. – Б. 89.

Ғуломов П. Жуғрофия атамалари ва тушунчалари изоҳли луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1994. – Б. 67.

Подольская Н. В. Словарь русской ономастической терминологии. 2-е изд., перераб. и доп. М., 1988. 96-95

Марузо Ж. Словарь лингвистических терминов. М., 1960.

Розенталь Д. Э.,Теленкова М. А. Словарь-справочник лингвистических терминов: Пособие для учителя. 2-е изд., испр. и доп. М., 1985.

Большой энциклопедический словарь. М.; СПб., 2000. (Antroponimiya, Toponimiya).

Матвеев А. К. Апология имени // Вопр. ономастики. 2004. № 1. С. 7–13.