Авторы

  • Дилдора Искандарова
    Старший преподаватель, кафедры философии, Андижанский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss10/S-pp144-154

Ключевые слова:

студент молодежь ценностные ориентации личность общество социальная группа ценности образование демография диалектика

Аннотация

В статье рассматриваются особенности ценностных ориентаций студенческой молодежи и период молодости с социально-философской точки зрения. С аксиологической точки зрения молодость считается самым ярким и значимым этапом жизни человека, а молодые люди, переживающие этот период, представляют собой значительную социальную ценность. Их ценностные ориентации и жизненные выборы оказывают непосредственное влияние на развитие общества. Правильное направление потенциала и ценностей молодежи, а также их развитие и целенаправленная реализация становятся важными факторами социального прогресса.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Socio-philosophical aspects of studying the characteristics
of student youth

Dildora ISKANDAROVA

1


Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

15 September 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

The article examines the features of value orientations among

university students and the youth period from a socio-

philosophical perspective. From an axiological standpoint, youth

is considered the most vivid and significant stage in a person's

life, and young people experiencing this period represent an
important social value. Their value orientations and life choices

have a direct impact on society’s development. The proper

direction of youth's potential and values, along with their

development and purposeful implementation, become essential
factors in social progress.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss10/S-pp144-154

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

student,

youth,
value orientations,
personality,

society,
social group,
values,
education,

demography,
dialectics.

Talaba yoshlar

xususiyatlarini oʻrganishning ijtimoiy

-

falsafiy jihatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

talaba,

yoshlar,
aksiologik oriyentatsiya,
shaxs,

jamiyat,
ijtimoiy guruh,
qadriyat,

ta’lim,

demografiya,
dialektika.

Ushbu

maqolada

talaba

yoshlar

aksiologik

oriyentatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, yoshlik davri

ijtimoiy

falsafiy nuqtayi nazardan o‘rganilgan. Shuningdek,

aksiologik nuqtai nazardan inson umrining eng go‘zal davri

yoshlik davrining va uni boshdan kechirayotgan subyektlar

yosh

larning o‘zi ham ulkan ijtimoiy qadriyat ekanligi haqida so‘z

boradi.

1

Senior Lecturer, Department of Philosophy, Andijan State University.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

145

Социально

-

философские

аспекты

изучения

особенностей студенческой молодежи

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

студент,

молодежь,

ценностные ориентации,

личность,

общество,

социальная группа,

ценности,

образование,

демография,

диалектика.

В статье рассматриваются особенности ценностных

ориентаций студенческой молодежи и период молодости с

социально

-

философской точки зрения. С аксиологической

точки зрения молодость считается самым ярким и

значимым этапом жизни человека, а молодые люди,

переживающие

этот

период,

представляют

собой

значительную социальную ценность. Их ценностные
ориентации

и

жизненные

выборы

оказывают

непосредственное влияние на развитие общества.

Правильное направление потенциала и ценностей

молодежи, а также их развитие и целенаправленная

реализация становятся важными факторами социального
прогресса.

KIRISH

O‘zbekiston aholisining katta qismini yoshlar tashkil etadi. 2023

-yilning boshida

yoshlarning soni 19,6 millionga y

еtgan bo‘lib,

bu aholining 60 foizini tashkil etgan. Yoshlar

mamlakatning muhim resursi bo‘lib, jamiyat va millat kelajagining qanday bo‘lishi ularga
bog‘liq.

Yoshlar jamiyatda o‘ziga xos ijtimoiy qatlamni tashkil etadi. Bu qatlam yoshlik davri

xususiyatlari, jamiyatda egallab turgan ijtimoiy o‘rni, bajarayotgan funksiyalari, o‘ziga xos

faoliyati bilan ajralib turuvchi etnik, ijtimoiy-

demografik guruh bo‘lib, u

balog‘atga yеtish,

shaxs sifatida shakllanish davrini boshdan kechirayotgani bilan tavsiflanadi. Yoshlarning
ijtimoiy guruh sifatida yoshini aniqlashda turli yondashuvlar mavjud. Yoshlik davrini
mazkur soha mutaxassislari sotsiologlar, psixologlar, demograflar va boshqalar
tomonidan asosan 14

16 yoshdan boshlanib 25

–30 yoshda yakunlanishi ta’kidlanadi.

MATERIAL VA METODLAR

Yoshlik davrini ijtimoiy-

falsafiy nuqtayi nazardan o‘rganilganda imkoniyatlarga

to‘la davr –

inson hayotining evolyutsion, oddiydan murakkabga tomon dialektik tarzda

bosqichma-

bosqich borishi, o‘z maqsad va orzulari tomon harakat qilishi asosida kelajakka

qarab intilishi sifatida tushunish mumkin. Aksiologik nuqtai nazardan inson umrining eng

go‘zal davri yoshlik davrining va uni boshdan kechirayotgan subyektlar –

yoshlarning o‘zi

ham ulkan ijtimoiy qadriyatdir. Yoshlik davri unchalik barqaror bo‘lmagan, yo

shlarning

muntazam intiluvchanlik, biror kasbni egallashga tayyorgarlik, ijtimoiy o‘rni va ijtimoiy
mavqeini egallashga harakat qilish, qadriyatlarining barqaror emasligi ko‘p holatlarda

norozilik hissini kuchli aks ettiradigan kabi jihatlari inson hayotining boshqa davrlaridan
ajratib turadi.

NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI

Yoshlar, talaba yoshlar

kelajakda jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi muhim

subyektiv omil hisoblanadi. Talaba yoshlar

esa jamiyatda ro‘y berayotgan ijtimoiy

hodisalarga eng befarq bo‘lmagan qatlam —

ziyolilar qatlamini

ng muhim a’zolari,

yetakchilaridir. Ularning ongi, maqsadi, ijtimoiy ehtiyojlari, qanday qadriyatlarga amal

qilayotganligi jamiyatning ijtimoiy muhitiga, kayfiyati hamda ideallariga ta’sir etadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

146

Chunki tarixiy davrning xususiyatlaridan kelib chiqib, ularning yosh darajasi ham turlicha

bo‘lgan.

Yoshlar qatlamini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

1. Ishlovchi yoshlar.
2. Talaba yoshlar.

3. Ta’lim muassasalarida o‘qiydigan yoshlar

.

4. Ishsiz yoshlar.
5. Uyushmagan yoshlar.
6. Migrant yoshlar.

Sanab o‘tilgan guruhlar shartli ravishda bir

-

biridan ajratilgan bo‘lib, ular o‘rtasida

qat’iy chegara yo‘q. Mazkur guruhlarga yuqori dinamika xos bo‘lib, ularga birlashgan
yoshlarni jamiyatda egallab turgan ijtimoiy o‘rni, roli va bajarayotgan funksiyasi bo‘yicha

salohiyatlilik nuqtai nazaridan ham bir-biridan ajratish mumkin. Faylasuf olim Q.Nazarov

yoshlarni quyidagicha tavsiflaydi: “Yoshlar ma’naviy dunyoqarashi shakllanayotgan, qaror
topayotgan, asosiy ijtimoiy o‘sishni, intensiv ijtimoiylashuv va mosla

shuvni, ijtimoiy va

ruhiy fiziologik balog‘at yoshni boshdan kechirayotgan ijtimoiy demografik guruhdir.

Yoshlarning alohida ijtimoiy-ruhiy qiyofasi jamiyatning umumiy holati, ijtimoiylashuv

qonuniyatlari, ta’lim

-

tarbiya imkoniyatlari bilan belgilanadi” [

2. B. 353].

Yoshlik davri va yoshlarni ijtimoiy-

falsafiy nuqtai nazardan o‘rganish ularning

ijtimoiylashuvi kontekstida amalga oshirilishi zarur. Bu jarayonda ikki tomonlama

xususiyatga ega bo‘lgan hodisalar namoyon bo‘ladi. Yoshlar avlodlarning uzluksizligi,

davomiy

ligi va o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash orqali jamiyatning kelajagini belgilab

beruvchi ijtimoiy guruhdir. “Yoshlar –

obyektiv ijtimoiy hodisa, jamiyatning bir qismini

tashkil etuvchi o‘ziga xos katta ijtimoiy guruhdir. Shunga ko‘ra yoshlar muammolari butu

n

jamiyatning muammosi hisoblanadi. Jamiyat -

yoshlar o‘zaro munosabati butun va

qismning dialektik aloqadorligidir: yoshlar taraqqiy etayotgan jamiyatni o‘rganib, ular

uchun zarur sharoitlarni yaratishimiz mumkin, yoshlarni barcha muammolari ziddiyatlari

bilan tahlil etib, biz jamiyatning kelajak taraqqiyoti tendensiyalarini anglay olamiz” [3. B.

3].

Yoshlar qatlami barcha vakillarining maqsadlari, intilishlari, ehtiyojlari, ideallari

o‘xshash. Ularning vazifalari,

xatti-harakatlari va muammolari ham bir-

biriga o‘xshash.

“Yoshlar” kategoriyasini barcha avlodlarga nisbatan qo‘llash mumkin. Ularning yoshlik
davri va yoshi deyarli bir xil. Faqat avlod sifatida yoshlar turli davrlarda o‘zgacha ijtimoiy

-

tarixiy sharoitlarni, ijtimoiy munosabatlarni boshdan kechirgan. Ular turlicha vazifalarni
bajarib kelgan va jamiyatdagi roli ham davrning xususiyatidan kelib chiqib bir-biridan farq

qilgan. Hozirgi kunda umuman yoshlar muammosini o‘rganishga zamon talablaridan kelib
chiqib, o‘ziga xos yondashuvlar yuzaga kelmoqda.

Yoshlar haqida gapirganda, ular yashagan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan

tarixiy davr, tarixiy makonni hisobga olish zarur. Turli tarixiy davrlarda masalan XX asr

yoshlari yoki XXI asr yoshlari haqida gap borganda, albatta, bu yoshlarga ta’sir etayot

gan

ma’lum davr, masalan mustaqillik davri, XXI asr yoshlari zamonaviy axborot davri

xususiyatini yoshlarda, ularning xattiharakatlari, xarakteri, bilim olish va boshqalarda aks
etishini anglash mumkin. Jamiyat muammolari yoshlar muammolarini xam yuzaga
keltiradi. Yoshlarning faoliyati, ehtiyojlari bu davrning talablari va ehtiyojlari bilan

bog‘liq. “Yoshlar –

obyektiv ijtimoiy hodisa, jamiyatning bir qismini tashkil etuvchi o‘ziga

xos katta ijtimoiy guruhdir. Shunga ko‘ra yoshlar muammolari butun jamiyat

ning


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

147

muammosi hisoblanadi. Jamiyat-

yoshlar o‘zaro munosabati butun va qismning dialektik

aloqadorligidir: yoshlar taraqqiy etayotgan jamiyatni o‘rganib, ular uchun zarur

sharoitlarni yaratishimiz mumkin, yoshlarni barcha muammolari ziddiyatlari bilan tahlil
eti

b, biz jamiyatning kelajak taraqqiyoti tendensiyalarini anglay olamiz” [3. B. 3].

Bunday munosabatning asosida ijtimoiy jarayonlarga to‘g‘ri aksiologik munosabat

turadi. Chunki jamiyatda amalga oshayotgan har bir hodisa yoshlar uchun ma’lum nafaqat

ijtimoiy, aksiologik ahamiyatga ega. Jamiyat taraqqiyoti tobora tezlashib va
murakkablashib borgani sari bu jarayonda yuzaga kelayotgan hamda kun tartibiga qayta-

qayta qo‘yilayotgan muammolardan biri yoshlarning amal qiladigan qadriyatlari va
ularning aksiologik oriyentatsiyasi bo‘lib qolmoqda. Yoshlar aksiologik oriyentatsiyasi

muammosi insoniyat taraqqiyotining barcha tarixiy bosqichlarida hamda turli jamiyatlar

hayotida doimo mavjud bo‘lgan. Bu muammo mohiyatan kelajak taraqqiyotini belgilash,
uning istiqbolli yo‘nalishlarini, dinamikasini to‘g‘ri aniqlab olish muammosi sifatida

qaralishi mumkin.

Ma’lumki, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ulkan modernizatsiya jarayonlari amalga

oshmoqda. Uning natijasida jamiyat a’zolari ayniqsa, yoshlarning ijtimoiy ongida tubdan
o‘zgarishlar yuz bermoqda. Jamiyatda asrlar davomida shakllangan qadriyatlarga,

madani

yat, milliy turmush tarziga nisbatan o‘zgacha zamonaviy munosabat

shakllanmoqda [4. B. 140]. Jamiyat ijtimoiy ongining mamlakatda amalga oshib

borayotgan islohotlar sharoitida o‘zgarib borishi, o‘zgarishlar borasida faol pozitsiyaga
ega bo‘lib, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan sohada yangiliklarga intilishi va ularni joriy etishi
orqali davlatimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha olishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda davrning o‘ta dinamik xususiyatga ega bo‘lib borayotgan zamonaviy

ruxi yoshlardan yuksak intellektual va ma’naviy

-

axloqiy sifatlarga ega bo‘lish orqali qayd

etilgan ijtimoiy jarayonda faol bo‘lishni talab etayotganligi aniq. Bu nuqtai nazarda

n

jamiyat a’zolarining amal qilayotgan qadriyatlari, ularning ijtimoiy ongida qanday
qadriyatlarni ustuvor bo‘lishi hamda hozirgi zamonda milliy va umuminsoniy qadriyatlar
doirasida tanlab olinayotgan qadriyatlari doirasida, ya’ni qadriyatlar oriyentats

iyasi

jamiyatning kelajak taraqqiyotiga albatta, ta’sir ko‘rsatadi.

Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy, madaniy, ma’naviy taraqqiyotini mamlakatimiz

yoshlarining maqsad va manfaatlari, tanlab olgan yo‘llari faoliyati, salohiyati,
innovatsiyalarga intilishlari kabi xususiyatlari ma’lum jihatdan belgilab beradi. Bu borada

amalga oshirilayotgan tadqiqotlarning vazifasiga yoshlarning qadriyatlar tizimini
aniqlash, ularni ijtimoiy taraqqiyotning subyekti sifatida maqsadlari, manfaatlari

faoliyatini, bir so‘z bilan aytganda, jamiyatdagi o‘rni va roliga ular tomonidan tanlab

olina

yotgan qadriyatlarning qanday ta’sir etayotganligini aniqlash ilmiy

-nazariy hamda

amaliy ahamiyatga ega. Chunki subyektning ongi, dunyoqarashi, qadriyatlari u amalga

oshirayotgan faoliyati orqali jamiyat taraqqiyoti sur’atlarini tezlashtirib, ma’lum tom

onga

yo‘naltirishda ahamiyatli bo‘lishi mumkin. Bu jarayonda yoshlarning aksiologik

oriy

entatsiyasi o‘ziga xos progressiv rolni bajarishi mumkin. So‘nggi yillarda mamlakatda

yangi ijtimoiy reallikning yuzaga kelishi, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ularni

moddiy va ma’naviy qo‘llab quvvatlash borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Biz yuqorida yoshlarni ijtimoiy guruh sifatida shartli ravishda turli guruhlarga

ajratib klassifikatsiyasini keltirilgan. Yoshlarning ijtimoiy guruh sifatida tizimida talaba
yoshlar muh

im o‘rin egallaydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

148

Talaba

lotinchadan, “tinmay ishlovchi”, “o‘rganuvchi” degan ma’noni anglatadi.

Qadimda biror narsa yoki hodisani bilishga intilib, bilish jarayoni bilan band bo‘lgan
kishilarni talaba, deb atalgan. Universitetlarning yuzaga kelishi natijasida “talaba”

so‘zi

“bilim oluvchi” tushunchasi bilan sinonim sifatida ishlatila boshlandi [5]. Bu tushuncha
talaba yoshning jamiyatdagi mavqeini, o‘rni va xususiyatini anglatadi.

Talaba yoshlar yoshlarning boshqa vakillariga nisbatan bilimi, kasbga tayyorligi,

ma’naviyati, axloqi, intellektual salohiyati kabi jihatlari bilan farq qiladi. Jamiyat ularni
mas’uliyatli, vatanimiz, jamiyat, millat kelajagi uchun javobgar bo‘lgan hamda b

u

mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan ziyolilar guruhining bo‘lajak a’zolari sifatida tasavvur

etadi. Talaba yoshlar yoshlarning asosiy xususiyatlarini ifoda etadi va shu bilan birga farq

qiladi. Talabalar yoshlar qatlamining bo‘lajak mutaxassis sifatida

tayyorlanayotgan, ta’lim

olgan yuqori darajali mavqega ega bo‘lgan guruhidir. Talaba yoshlarning kelajakda ma’lum

kasbning egasi yoki jamiyatda faol shaxs sifatida shakllanishi borasida ham boshqalarga
nisbatan imkoniyatlari hamda sharoitlari kengroq 1 hisoblanadi.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlar va talaba yoshlarga qaratilgan davlat

siyosatida ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari katta rol o‘ynaydi. Ta’lim tizimi yoshlar
siyosatini tarbiya orqali amalga oshirsa, ommaviy axborot vositalari turli ta’s

irlar orqali

bajaradi.

Talaba yoshlarni falsafiy muammo sifatida o‘rganishga bir qator olimlar e’tibor

qaratmoqdalar. O‘tgan asrda talaba yoshlar muammosiga bag‘ishlab amalga oshirilgan

ilmiy tadqiqotlar borasida rus olimlari P.A.Sorokin, S.N.Ikonnikova, V.T.Lisovskiylarning
il

miy izlanishlari muhim o‘rin egallaydi. Ularning fikricha, talabalik so‘zsiz ma’lum vaqt va

makonda qaytariluvchi, jamiyatning ko‘plab a’zolariga, ijtimoiy guruhlariga ta’sir
ko‘rsatuvchi muhim ijtimoiy guruh hisoblanadi. S.N.Ikonnikova, V.T.Lisovskiy ijt

imoiy

mavqeiga ko‘ra talabalar ijtimoiy guruh bo‘lib, fan, texnika, boshqaruv, madaniyat
sohalarida faoliyat olib boruvchi yuqori malakali mehnat bilan shug‘ullanuvchi ziyolilar
qatlamiga yaqin turuvchi va bu qatlamni muntazam to‘ldirib boruvchi, o‘ziga xo

s zaxira

guruhini tashkil etadi. Talaba V.T.Lisovskiyning fikricha, o‘ziga xos shaxs sifatida kelajakda
moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish sohasida oliy ma’lumotli mutaxassisning ijtimoiy

tayyorgarlik funksiyasini bajaradi. Demak, talaba yoshlar yoshlar

qatlamining ma’rifatli,

bilimli hamda ilg‘or qismini tashkil etadi [6].

Chunki ularning bilim olish, madaniy-

ma’naviy, axloqiy tarbiya olish uchun

imkoniyatlari, vaqti, axborotlashuv jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan yеngilliklar,
davlatimiz tomonidan kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarga berilayotgan kreditlar va

boshqalar jamiyatning boshqa yoshlariga nisbatan ularga keng sharoitlar

yaratilayotganligini anglatadi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda ta’lim, oliy ta’limning tobora

liberallashib borishi, bu tizimlarda amalga oshirilayotgan modernizatsiya va demokratik
jarayonlar va ularda talabalarning ishtiroki yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada
kengaytirmoqda.

Maqsadlarning umumiyligi

o‘qish, turmush tarzi, ijtimoiy hayotda faol bo‘lish kabi

jarayonlar talaba yoshlarning jipslashuviga xizmat qiladi. Ularning muntazam o‘zaro yaqin
muloqotda bo‘lishi, hayotda o‘z o‘rnini topishga intilishi, yangi g‘oyalarga va

jamiyatda

progressiv islohotlarga intilishi kabilar talabalarning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi [7].

Talaba yoshlar, ularning jamiyatdagi o‘rni, xususiyatlari va boshqa muammolarini

o‘rganish bo‘yicha bir qator dissertatsiya ishlari bajarilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

149

Talaba yoshlar yoshlar qatlami boshqa guruhlaridan quyidagi o‘ziga xos

xususiyatlari bilan farq qiladi:

-

talaba yoshlarga yoshlar qatlamining guruhi sifatida o‘tish davri xos;

- talaba yoshlar ijtimoiy-

madaniy, ma’naviy

-

psixologik muhitining o‘ziga xosligi va

uyushganligi;

-

oila, mehnat kollektivi, bank va boshqa ijtimoiy institutlarga bog‘liq bo‘lgan guruh;

- talaba yoshlarning turli yoshlar

harakati bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar bilan

bog‘liqligi.

Talaba yoshlar mutaxassislik va malakalilik xususiyati bo‘yicha quyidagi jihatlari

bilan farq qiladi:

- talaba yoshlar hali biror soh

ani to‘la diplomli mutaxassis sifatida egallamagan;

-

kelajakda intellektual salohiyatga va kasbga ega bo‘lishi asosida jamiyat

taraqqiyotining uzluksizligini ta’minlash va uni qayta ishlab chiqish va tashkil etishdagi

roli;

-

kelajakda ma’lum kasb

-hunar egasi sifatida faoliyat olib borishi;

- talaba yoshlar ziyolilar qatlamining kelajak zaxirasi;

Hozirgi kunda talaba yoshlar bilan bog‘liq quyidagi masalalarning o‘rganilishi

dolzarb hisoblanadi:

- talaba yoshlarning biologik yoshini aniqlash masalasi;
-

talaba yoshlarning ijtimoiylashuv jarayonining o‘ziga xosligi;

-

ta’lim tizimida talaba yoshlarning o‘ziga xos ta’lim olishi, bilim olishi bilan birga

axloqiy, kasbiy tarbiyasi;

-

talaba yoshlarning intellektual, madaniy, ma’naviy va boshqa salohiyatini aniqlash,

uni yuksaltirish hamda bu salohiyatni yuzaga chiqarish va realizatsiya qilish masalalarini
hal etish;

- talaba yoshlarning qadriyatlari va aksiologik oriyentatsiyasi.

Talaba yoshlarning xususiyatlari to‘g‘risida gapirilganda, bu masala tadqiqotchilar

tomonidan turlicha tavsiflanadi. Rossiyalik olima O.V.Yakupovaning fikricha: “Talaba

yoshlar

o‘tish xususiyatiga ega bo‘lgan ijtimoiy guruh. Talabalar oliy ma’lumotli

mu

taxassis bo‘lmasa

-da, yuqori intellektual saloh

iyatga ega. Talabalar ular mavjud bo‘lgan

ijtimoiy muhit va ijtimoiy institutlar (oila, ta’lim) bilan bog‘langan. Zamonaviy talaba

yoshlarning qadriyatlar oriyentatsiyasi, hayotiy rejalari va ijtimoiy muammolarini

o‘rganish tadqiqotchilarning dolzarb muammosi hisoblanadi. O‘tish davri xos bo‘lgan

ijtimoiy guruh sifatida talabalik qadriyatlar nuqtai nazaridan kelajakda ziyolilar guruhini

to‘ldirib boruvchi yangi intellektual qatlamning asosiga aylanib bormoqda” [7.

B.67].

Zamonaviy talabalar guruhi tizimining o‘zida ham turli sifatli o‘zgarishlar yuz

bermoqda. Masalan, talabalar safiga qo‘shilayotgan yoshlarning ham yoshi ortib
bormoqda. Bu holat mehnat bozorida talablarning o‘zgarishi, yangi kasb

-hunarlarning

yuzaga kelish

i va ularga nisbatan ehtiyojning ortib borayotganligi va ayrim kasblarning o‘z

dolzarbligini yo‘qotib, keraksiz bo‘lib qolayotganligi kabi holatlar bilan bog‘liq.

So‘nggi yillarda talabalar safida xotin

-qizlar sonini ortib borishining sabablaridan

yana biri jamiyatda ularning ijtimoiy mavqeining va rolining ortib borishiga hamda ularni

talabalik bilan bog‘liq ayrim moddiy muammolarini hal etishda hukumat tomonidan

amaliy yordam ko‘rsatilayotganligi bilan bog‘liq. Jumladan, magistraturaga qabul qilingan

xotin-

qizlarning o‘qishi bepul bo‘layotganligi, bakalavrda ta’lim olayotgan talaba qizlarga

davlat tomonidan 7 yilga foizsiz kreditlar ajratilayotganligi bunga miso

l bo‘la oladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

150

Albatta, talabalar ijtimoiy kelib chiqishi, yashash joyi, mentaliteti va boshqa

xususiyatlari turlicha bo‘lsa

-

da, ularning barchasini yagona faoliyat, ya’ni bilim olish bilan

bandligi bitta ijtimoiy guruhga birlashtiradi. “Eng avvalo, talabalik ijtimoiy

kelib

chiqishidagi o‘ziga xos farqlarga qaramasdan, umumiy faoliyat turi bilan bog‘liq va bu
ma’noda ma’lum ijtimoiy

-kasbiy guruhni tashkil etadi. Talabalarning umumiy faoliyati va

ma’lum hududda birlashganligi ularda umumiy manfaatlar, guruh sifatida o‘z

-

o‘zini

anglashi, o‘ziga xos madaniyat va turmush tarzini yuzaga keltiradi. Ularning boshqa

ijtimoiy-

kasbiy guruhlarga xos bo‘lmagan yosh jihatdan ham deyarli birxilligi bu holatni

yanada to‘ldiradi” [8. B. 152–

153].

Talaba yoshlarga berilgan ta’riflar asosida quyidagicha ta’rifimizni taklif etamiz:

talaba yoshlar -

yoshlarning o‘ziga xos ijtimoiy

-

madaniy, ma’naviy

-ruxiy, ilmiy jihatdan

ilg‘or va uyushgan, ma’lum kasbni egallashga qaratilgan o‘qish faoliyati bilan

shug

‘ullanuvchi, kelajakda jamiyat ziyolilar qatlamini to‘ldirib boruvchi zaxira, milliy va

zamonaviy qadriyatlar, madaniyatni muntazam o‘zlashtirib boruvchi, yuqori intellektual
salohiyatga ega bo‘lgan yoshlar guruhidir

.

Yoshlar qatlamida talaba yoshlar jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining muhim omillarini,

imkoniyatini hamda salohiyatini kelajakka uzatuvchi va tashuvchi o‘ziga xos ijtimoiy

guruh hisoblanadi. Talaba yoshlar jamiyat kelgusi taraqqiyotida ziyolilar qatlamini
t

o‘ldirib boruvchi va tashkil etuvchi guruhdir. Bu guruh mamlakatning va millatning

kelajakda xalqaro ijtimoiy makonda egallaydigan o‘rni, obro‘si va boshqa jamiyatlar bilan
o‘zaro munosabatlarining mohiyatini belgilab beradi. Shu bilan birga talaba yoshl

ar

jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-

ma’naviy taraqqiyotiga katta

ta’sir etuvchi bo‘lajak ziyolilar guruhining davomchisi sifatida o‘zini namoyon etadi.

Chunki talaba yoshlar faoliyatidan kelib chiqib, jamiyatga yangiliklarni, innovatsiyalarni
olib keluvchi va ularni tarqatuvchi, modernizatsiya va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirish bilan birga ularni faol harakatlantiruvchi subyekti hamda ijtimoiy kuchini
tashkil etadi.

Ma’lumki, ziyolilar jamiyat a’zolarining ilg‘or ijtimoiy qatlami. Tarixiy

taraqqiyotning barcha bosqichlarida, ayniqsa o‘tish davrlarida, jamiyatning iqtisodiy va
ma’naviy taraqqiyotida islohotlar amalga oshirilishi bosqichlarida ham ziyolilarga katta

m

as’uliyatlar yuklanib kelingan. Shunga ko‘ra jamiyat talaba yoshlardan kelajakda faollik,

kreativlik, yuksak intellektual salohiyat, yеtakchi bo‘la olish, vaziyatni o‘z vaqtida va to‘g‘ri

baholab, kutilmagan holatlarda qaror qabul qila olish kabi xatti-harakatlarni kutadi.

Jamiyat tomonidan ularga qo‘yiladigan talablar ham yoshlar qatlamining boshqa

guruhlariga nisbatan yuqoriroq [9].

Talaba yoshlar hali oliy ma’lumotga yoki biror kasb

-

hunarga ega bo‘lmasa

-da,

ma’lum intellektual salohiyat orttirgan bo‘lib, bu salohiyat ularning bilim olish davrida

yanada ortib boradi. Bugungi zamonaviy postindustrial taraqqiyot, innovatsiyalar davrida

yoshlarning katta qismini oliy ma’lumotga ega bo‘lish, bilim olish hamda tarqalayotgan
eng yangi axborotlarga birinchilardan bo‘lib ega bo‘lish orqali, uni o‘zlashtirishga

undamoqda.

Talaba yoshlarning oldida talaba bo‘lmagan yoshlarga nisbatan ko‘proq vazifalar

turadi, deyish mumkin. Chunki ularning o‘qishni tugatishi, ma’lum kasbga ega bo‘lishi,
jamiyatda mutaxassisligi bo‘yicha ish topa olishi, barqaror hayotni boshlay olishi,

jamiy

atda ma’lum erkinliklarga ega bo‘lib o‘zini “erkin shaxs” sifatida his eta boshlashi,

mustaqil hayot boshlashi, o‘zini mustaqil deb hisoblay olishi, oila qurishi, jamiyatda o‘z


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

151

o‘rniga ega bo‘lganligi hamda mustaqil ekanligini his eta olishi va boshqa muammolarni
mustaqil tarzda hal etishi zarur bo‘ladi. Bu jarayon talaba yoshlarning ijtimoiylashuvining

muhim bosqichi hisoblanadi.

Har bir insonning aksiologik ongida qadriyatlarning shaxsiy, milliy, umuminsoniy

va boshqa turlari va ularning o‘zaro aloqadorligi dialektikasi aks etadi. Jamiyatning har bir
a’zosi, ayniqsa,

yoshlar o‘z hayotida turli qadriyatlarning uyg‘unligi ta’sirida

yashayotganligi aniq. Bu holat albatta, yoshlar uchun aksiologik tanlov imkoniyatlarini

kengaytirib, ularning ijtimoiylashuvi, faoliyati hamda kelajagiga ta’sir etadi. Yoshlar

jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanayotgan munosabatlarga

qo‘shilib, ularga kirib borishlari boshqa xalqlar madaniyati, urf

-odatlari hamda

traditsiyalarini ham o‘zlashtirib boradilar [10. B.103].

Har bir millat va davlat uchun jamiyat taraqqiyotining subyektlari tizimida

yoshlarning guruh sifatidagi mohiyati ularning maqsadlari, intilishlari, qadriyatlari

strategik ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ular mazkur jamiyat taraqqiyotining uzluksizligini

va

evolyutsiyasini ta’minlovchi kuch sifatida kelajakning qanday bo‘lishini belgilab bergan.

Jamiyat hayotining obyektiv qonuniyatlari tabiat qonuniyatlaridan farq qilgan xolda
insonning subyektiv ijtimoiy faoliyati orqali amalga oshadi. Jamiyatda amal qilinayotgan
qonunlar, urf-

odatlar, an’analar, qadriyatlar va boshqalar mazkur jamiyatda yashayotgan

insonlarning ham hayotiga ta’sir etib, uning ijtimoiy

-madaniy olamini, hayot qoidalarini,

turmush tarzini, ma’naviy

-madaniy, axloqiy-estetik ongini belgilab beradi. Ijtimoiylashuv

jarayonida bir qator soha olimlarining fikricha, madaniyat asosiy o‘rin tutadi.
“Ijtimoiylashuv insonning tarbiyasi bilan teng amalga oshib boradi, ya’ni tarbiya
beruvchining tarbiyalanuvchiga ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan, unda zarur

x

ususiyatlarni shakllantirishga qaratilgan ta’siridan iborat. Ijtimoiylashuv shaxs

shakllanishining qismi sifatida ba’zan tarbiya liniyasiga nisbatan ziddiyatli bo‘lishi

mumkin. Bu holat mazkur madaniyatda h

ukm surayotgan inson to‘g‘risidagi

tasavvurlarning ta’siri ostida shakllangan bo‘lishi mumkin” [11. B. 85].

Ma’lumki, marksizm mafkurasidan boshlab shaxsning shakllanishida iqtisodiy

munosabatlar, moddiy ishlab chiqarish, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish

munosabatlari, bozor iqtisodiyoti kabi iqtisodiy omillar asosiy rol o‘ynashi to‘g‘risidagi

fikrlar keng tarqalgan. Bunda shaxsning shakllanishi jarayonida moddiy hayot asosiy

sababchi qilib ko‘rsatilgan. Shaxs shakllanishining asosiy determinantlaridan biri sifatida
insonning biologik jihati, ya’ni genetik xususiyatlari muhim ahamiyatga ega ekanligi

ni

e’tirof etuvchi olimlar shaxsning biologik jihatlari asosiy, ijtimoiy jihati ikkilamchi, deb
ko‘rsatilgan.

Yuqorida shaxs shakllanishiga oid fikrlardan kelib chiqib, bu boradagi ilmiy

yondashuv shaxsning shakllanishida ham biologik, ham ijtimoiy jihatlar muhim omillar
ekanligi, bu omillar konkret sharoit va zarurat doirasida yuzaga chiqishini isbotlashga
asoslangan, deb aytish mumkin. Chunki shaxsning shakllanishida ayrim xollarda biologik

xususiyatlar yеtakchi bo‘lsa, boshqa sharoitlarda ijtimoiy omillar muhim hisoblanadi.
Aytish mumkinki, yoshlarning ijtimoiylashuv jarayoni ham yuqorida sanab o‘tilgan omillar
bilan bog‘liq bo‘lib, unga hozirgi zamonning modernizatsiya, innovatsiya jarayonlari
hamda globallashuv olib kelayotgan turli madaniyatlarning elementlari kuchli ta’sir
etmoqda. Yoshlarga bunday ta’sirlar boshqa yoshdagi shaxslarga nisbatan kuchli bo‘lish

i

aniq, chunki yoshlar o‘zining qiziquvchanligi, ta’sirga tez berilishi, yangiliklarga intilishi

kabi jihatlari bilan qayd etilgan hodisalarga tez tortiladilar.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

152

Jamiyat taraqqiyoti bilan birga oliy ta’lim tizimining ahamiyati yuksalib borishi

natijasida talabalarning ham ijtimoiy subyekt sifatida mavqei ortib boradi. Ayniqsa, oliy

ma’lumotli mutaxassis bo‘lishning ahamiyati saqlanib qolayotgan va ommaviylik kasb

etib

borayotgan hozirgi davrda talabalikning va ularga tarbiya berayotgan oliy o‘quv yurtlarida

ishlab faoliyat olib borayotgan subyektlarning ham jamiyatda roli ortib boradi. Bu borada
xotin-

qizlarning o‘rnini alohida qayd etish zarur, chunki ular talaba

larning katta qismini

tashkil etadi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston aholisining yoshlarning 1/3 qismini talaba yoshlar

tashkil etadi. 2023-yil 23-

may kuni Toshkent shahrida “Gender tenglik va munosib

mehnat” mavzusida o‘tkazilgan anjumanda aytilishicha, hozirgi vaqtda “Oliy ta’lim

muassasalarida b

akalavr yo‘nalishida ta’lim olayotgan xotin

-qizlar ulushi 38 foizdan 49

foizga, magistratura yo‘nalishida 37 foizdan 50 foizga ko‘tarilgan” [12.1]. Yaqinda talaba
bo‘lgan xotin qizlar hozirgi kunda “Sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida mehnat qilayotgan

kishilarning 77 foizini, iqtisodiyot va sanoat sohasida 46 foizini ayollar tashkil etmoqda.
Ikki ming nafarga yaqin xotin-qizlar davlat va jamoat tashkilotlarida rahbarlik

lavozimlarida faoliyat yuritmoqda” [12.2].

Yurtimiz ravnaqi uning yoshlari uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘lida qabul

qilinayotgan huquqiy-

me’yoriy hujjatlar, shuningdek, milliy madaniyatni yanada

rivojlantirish konsepsiyasida, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti strategiyasida milliy
ma’naviy

-madaniyatni rivojlantirish masalalariga doir muhim vazifalar belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2021

-yilning eng muhim ustuvor

vazifalari haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda

Uchinchi Renessans

poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning

uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni
tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va

tarbiyani rivojlan

tirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm

-fan va

innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi
lozim” –

degan edi [13].

Ayni ana shu maqsadlarni amalga oshirish borasida mamlakatimiz Prezidentining

bir qator Farmon va Qarorlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrda qabul qilingan 1059-son

Uzluksiz ma’naviy

tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risidagi

Qarori qabul qilindi [14].

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, hukumatimiz tomonidan qabul

qilinayotgan muhim hujjatlar amaliy ahamiyatga ega bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda oliy
ta’limni taraqqiy ettirish bo‘yicha qabul qilingan Farmonlar va Qarorlar mazkur sohani

rivojla

ntirishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2020

-yil 23-sentyabrdagi

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, 2019

-yil 8-

oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim

tizimini 2030-

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF

-5847-

sonli, 2021-yil 9-

sentyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan,

ilmiy-

tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab

-

quvvatlash to‘g‘risida”gi PF

-6309-sonli va boshqa Farmonlari muhim ahamiyat kasb etadi.

“2022–

2026-

yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning 46

-

50 maqsadlari yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan bo‘lib, unga ko‘ra yoshlarni “oliy ta’lim
bilan qamrov darajasini 50 foizga yеtkazish va ta’lim sifatini oshirish”, “Qariyb 100ming
o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish” ko‘zda tutilgan [15].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

153

2023-yil 30-

aprelda bo‘lib o‘tgan Referendumda O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi keng muhokama qilindi. Referendumda fuqarolarning 90 foizga yaqini faol

ishtirok etdi. Referendum natijalaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasinin

g XIV bobiga o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, bobning 78 moddasiga

quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi: Unda yozilishicha: “Davlat va jamiyat bolalarda hamda

yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning
boy madan

iy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr

-muhabbat

tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi” [16. 78

-

modda]. Ko‘rinib turibdiki,

davlatimiz yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, millatga sadoqat va
vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishiga strategik vazifa sifatida qaraydi.

Shuningdek,

Referendum

natijalariga

ko‘ra

O‘zbekiston

Respublikasi

Konstitutsiyasiga avvalgisidan farq qilgan xolda yoshlarga bag‘ishlangan alohida 79

-

modda kiritildi. Unda quyidagilar yozilgan: “Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy,

ijtimoiy

, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va

davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi.

Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi

hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy

-joyga, ishga

joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shar

t-

sharoitlar yaratadi” [16. 79

-modda].

Ko‘rinib turibdiki, yoshlar muammosi davlat darajasida o‘z ifodasini topayotgan

strategik muammoga aylangan bo‘lib, ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlikni davlat to‘la o‘z bo‘yniga
olmoqda. Aslida yoshlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab

-quvvatlash, ularning ehtiyojlarini

qondirish, ish bilan ta’minlash kabi vazifalarni bajarish doim ham davlatning ustuvor
vazifalari qatorida bo‘lib kelgan. Endilikda bu vazifa O‘zbekiston Konstitutsiyasida aks
etib, belgilanib qo‘yildi.

Davlatimizda olib borilayotgan yoshlar siyosati ularning ehtiyojlarini qondirishga

qaratilgan bo‘lib, yoshlarning faolligini oshirish, ularni davlat, jamiyat va millat hayotida
ro‘y berayotgan islohotlar, innovatsiyalar rivojlanishi jarayonida subyektiv o

mil sifatida

ishtirok etishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston
taraqqiyot strategiyasi” kitobida ta’kidlanganidek, “Biz –

g‘ururi, oriyati, ma’naviyati

baland xalqmiz. Bu, hech shubhasiz, katta boylik. Ajdodlarimiz asrlar davomida asrab-

avaylab kelgan bu boylikni yo‘qotib qo‘ysak, kelgusi avlodlar bizni aslo kechirmaydi.

Aksincha

bu fazilatni xalqimizni, millatimizni birlashtiradigan eng kuchli tamoyilga

aylantirishimiz kerak. Negaki, milliy g‘ururi baland xalqning

qadr-qimmati ham baland

ma’naviyati, irodasi kuchli bo‘ladi. Bunday xalq bilan har qanday buyuk maqsadlarga еtish
mumkin ”

[17. B. 297

298].

XULOSA

Talaba yoshlar ijtimoiy-

madaniy muhitni dinamikasiga ta’sir etib o‘zi ham

o‘zgaruvchi faol subyektiv omil sifatida tavsiflanishi mumkin. “Yoshlar” kategoriyasini
barcha avlodlar hayotining ma’lum davriga nisbatan qo‘llash mumkin. Yoshlar barcha

davrlarda

ham o‘ziga xos ijtimoiy munosabatlar, funksiyalar, ehtiyojlarni tashuvchi,

ijtimoiy siyosatning faol subyekti bo‘lgan. O‘zbekistonning taraqqiyotida yoshlar va
ularning qadriyatlari muhim omil bo‘lib qolmoqda.




background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

154

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Назаров Қ. Жаҳон фалсафаси қомуси. 1

-

китоб. –

Тошкент: Маънавият, 2019.

920 б.

2.

Смирнова Л.Г. Гуманистическое содержание национально

-

регионального

компонента молодежной политики: Дисс. ... канд. филос. наук. –

Чебоксары, 2006. –

150 с

3.

Қодиров А. Анъанавий жамият ва уни модернизaциялаштириш

стратегияси. –

Тошкент: ТДЮИ, 2006. –

216 б.

4.

https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия –

Эркин энциклопедия веб

сахифаси (12.05.2022).

5.

Лисовский В.Т., Дмитриев В.А. Личность студента. –

Ленинград: Изд

-

во ЛГУ,

1974.

184 с.

6.

Якупова О.В. Особенности студенческой молодежи. // Пермский

Гос.Технический университет Пермский педагогический журнал (демо

-

версия) –

7. С–

94.

7.

Шафигуллина Ю.В. Социокультурные особенности современного

студенчества. // Система ценностей современного общества, 2009. –

№ 9. –С.149–

154.

8.

Алимардонов Т. Зиёлик ким ёхуд орифликнинг масъулияти нимада? //

Халқ сўзи, 2021 йил 11 март.

9.

Туленов Ж. Жамият фалсафаси. –

Тошкент: Ўзбекистон, 2001. –

Б.94.

10.

Минюшев Ф.И.Социальная антропология. Москва,”Братья Карич”, 1997.

-

С.85.

11.

URL: https//senat.uz/internation cooperation/post781 (23.09.2022).

12.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 29 dekabr 2021 yilning

eng

muhim

ustuvor

vazifalari

haqidagi

Oliy

Majlisga

Murojatnomasi.

[internetmanba].URL:https://nrm.uz/contentf?doc=646642_ozbekiston_
respublikasi_prezidenti_shavkat_mirzieevning_oliy_majlisga_murojaatnomasi_(2020_yil_
29_dekabr)&products=1_vse_zakonodatelstvo_uzbekistana

13.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi

-

Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora

-

tadbirlari to‘g‘risidagi 1059

-son Qarori 1 -

ilovasi //Qoun xujjatlari ma’lumotlari milliy

bazasi.03.01.2020 y, 09/20/1059/4265-son

14.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022

-2026

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” PF–

60-sonli Farmoni

// (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.222 y., 06/22/60/0082

-son, 18.03.2022

y., 06/22/89/0227-son) https://lex.uz/pdfs/5841063

15.

URL: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/6445145

(12.07.2022)

16.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 28-

yanvardagi “2022–

2026-

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” PF–

60-sonli

farmoni // (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.222 y., 06/22/60/0082

-son,

18.03.2022 y., 06/22/89/0227-son) https://lex.uz/docs/3107036.

17.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –

https://lex.uz/docs/6445145

Библиографические ссылки

Назаров Қ. Жаҳон фалсафаси қомуси. 1-китоб. – Тошкент: Маънавият, 2019. – 920 б.

Смирнова Л.Г. Гуманистическое содержание национально-регионального компонента молодежной политики: Дисс. ... канд. филос. наук. – Чебоксары, 2006. – 150 с

Қодиров А. Анъанавий жамият ва уни модернизaциялаштириш стратегияси. – Тошкент: ТДЮИ, 2006. – 216 б.

https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия – Эркин энциклопедия веб сахифаси (12.05.2022).

Лисовский В.Т., Дмитриев В.А. Личность студента. – Ленинград: Изд-во ЛГУ, 1974. – 184 с.

Якупова О.В. Особенности студенческой молодежи. // Пермский Гос.Технический университет Пермский педагогический журнал (демо-версия) – № 7. С–94.

Шафигуллина Ю.В. Социокультурные особенности современного студенчества. // Система ценностей современного общества, 2009. – № 9. –С.149–154.

Алимардонов Т. Зиёлик ким ёхуд орифликнинг масъулияти нимада? // Халқ сўзи, 2021 йил 11 март.

Туленов Ж. Жамият фалсафаси. – Тошкент: Ўзбекистон, 2001. – Б.94.

Минюшев Ф.И.Социальная антропология. Москва,”Братья Карич”, 1997.-С.85.

URL: https//senat.uz/internation cooperation/post781 (23.09.2022).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 29 dekabr 2021 yilning eng muhim ustuvor vazifalari haqidagi Oliy Majlisga Murojatnomasi. [internetmanba].URL:https://nrm.uz/contentf?doc=646642_ozbekiston_ respublikasi_prezidenti_shavkat_mirzieevning_oliy_majlisga_murojaatnomasi_(2020_yil_29_dekabr)&products=1_vse_zakonodatelstvo_uzbekistana

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi - Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 1059-son Qarori 1 -ilovasi //Qoun xujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.03.01.2020 y, 09/20/1059/4265-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” PF–60-sonli Farmoni // (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.222 y., 06/22/60/0082-son, 18.03.2022 y., 06/22/89/0227-son) https://lex.uz/pdfs/5841063

URL: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/6445145 (12.07.2022)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” PF–60-sonli farmoni // (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.222 y., 06/22/60/0082-son, 18.03.2022 y., 06/22/89/0227-son) https://lex.uz/docs/3107036.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – https://lex.uz/docs/6445145