Авторы

  • Олимбек Алиев
    Начальник канцелярии и архивного отдела, старший преподаватель Кафедры теории гражданского общества, Андижанский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss10/S-pp155-161

Ключевые слова:

информационно-коммуникационные технологии кибершпионаж интернет-стратегия поисковая система alta vista электронная медиаиндустрия

Аннотация

В данной научной статье отмечается, что в докладах ряда европейских стран Китай упоминается как одно из ведущих государств, занимающихся хакерскими атаками и кибершпионажем. По мнению американских экспертов, в составе китайской армии существуют специализированные подразделения, ориентированные на ведение кибервойн. Эти подразделения, при необходимости, способны нанести значительный ущерб информационной инфраструктуре США, уничтожив значительную часть данных.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Evolution and development of state policy in the field of
information security in China

Olimbek ALIYEV

1


Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

15 September 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

In this article, China is identified as a leading country in

conducting hacking attacks and cyber espionage activities,

according to reports from European countries. U.S. experts note

that the Chinese military has specialized units focused on cyber

warfare, which, if necessary, could potentially disrupt a
significant portion of the United States' information

infrastructure.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss10/S-pp155-161

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

information and

communication
technologies,

cyber espionage,

Internet strategy,

Alta Vista search engine,
electronic media industry.

Xitoyda axborot xavfsizligi sohasida davlat siyosati

evolyutsiyasi va rivojlanishi

ANNOTATSIYA:

Kalit so’zlar:

axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari,
kiber-josuslik,

internet strategiyasi,
Alta Vista qidiruv tizimi,
elektron mediaindustriya.

Ushbu maqolada Yevropa mamlakatlari hisobotlarida Xitoy

xakerlik hujumlari va kiber-josuslik harakatlarini amalga

oshirishda peshqadam davlatlar sifatida keltirilishi haqida so‘z

boradi. AQSh ekspertlarining yozishicha Xitoy armiyasida

kiberurushlarga ixti

soslashgan maxsus bo‘linmalar mavjud

bo‘lib, ular zarurat tug‘ilganida AQSh axborot infratuzilmasining

aksariyat ma’lumotlarini yo‘q qilib tashlashi mumkinligi qayd
etib o‘tiladi.


1

Head of the Chancellery and Archives Department, Senior Lecturer, Department of Theory of Civil Society, Andijan

State University.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

156

Эволюция и развитие государственной политики в

области информационной безопасности в Китае

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

информационно

-

коммуникационные
технологии,

кибершпионаж,

интернет

-

стратегия,

поисковая система alta

vista,

электронная
медиаиндустрия.

В данной научной статье отмечается, что в докладах ряда

европейских стран Китай упоминается как одно из ведущих

государств, занимающихся хакерскими атаками и
кибершпионажем. По мнению американских экспертов, в

составе китайской армии существуют специализированные

подразделения, ориентированные на ведение кибервойн.

Эти подразделения, при необходимости, способны нанести
значительный ущерб информационной инфраструктуре

США, уничтожив значительную часть данных

.

Xitoy kibermakondagi o‘z yutuqlarini bo‘rttirib ko‘rsatishga ham moyil emas.

Xitoylik ekspertlar ko‘pincha mamlakat axborot tizimlari xavfsizligi rivojlanishning

dastlabki bosqichida ekanligini va dunyoning yetakchi kuchlarining kiberstrategiyalarida
belgilangan chora-tadbirlar va texnologiyalarga nisbatan hali ancha zaif ekanligini

ta’kidlab keladi . Xitoyga nisbatan keng ko‘lamli kiberhujum sodir bo‘lgan taqdirda esa

Xitoy rahbariyati axborot infratuzilmasining asosiy tayanch nuqtalari ustidan nazoratni

yo‘qotishdan xavfsirashadi, bu voqelik Xitoy obro‘sini kamaytirishi mumkin, de

b

hisoblaydi.

Esonomist Intelligence Unitva Booz Allen Hamilton konsalting kompaniyasi tuzgan

Kiberqudratlilik indeksida Xitoy 13-

o‘rinni, Axborot

-kommunikatsiya texnologiyalari

(AKT) rivojlangan sektorga ega bo‘lgan mamlakatlar reytingida esa faqat 36

-

e5 o‘rinni

egallagan.

Shu o‘rinda, Xitoyning innovatsion rivojlanish davlat strategik dasturida

kibermakonni kengaytirish va uning xavfsizligini mustahkamlashga oid muhim vazifalar
mujassamlashgan. Xitoy uchun axborot xavfsizligi - avvalambor bu innovatsiyalar, shu

tufayli ham bu yondashuv kiberxavfsizlikni ta’minlashning o‘ziga xos xususiyati

hisoblanadi.

Innovatsion rivojlanishning Xitoy modeli milliy manfaatlardan kelib chiqadi, Ilmiy-

tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (ITTKI) ishlab chiqishda ilmiy-texnikaviy
rivojlanishga innovatsiyalarni qaratishga, ularga oid qonunchilikni takomillashtirishga

muhim e’tibor qaratiladi.

Xitoy strategik dasturlarida hali ham yuqori texnologiyalir asosida AKT

mahsulotlarini ishlab chiqarishda G‘arb texnologiyalariga ancha qaramligi tan olinadi, bu

holatga barham berish sohadagi asosiy va dolzarb vazifa hisoblanadi.

Xitoy jamiyati hayotida AKTning salmoqli rolini ifoda etadigan asosiy hujjat - bu

Xitoy milliy xavfsizligining keng qamrovli konsepsiyasi hisoblanadi. Unda ta’kidlanishicha,
zamonaviy dunyoda axborot nafaqat ko‘plab imkoniyatlarni ishga solishga sharoit ya

ratib

qolmay, balki siyosiy hayotga nisbatan turli tahdidlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

Mazkur konsepsiyada Xitoyning iqtisodiy va harbiy xavfsizligini ta’minlashda, global

axborot makonida eng kam nazorat qilinadigan segmenti sifatida Internetga katta e’tibor

qaratiladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

157

Xitoyda Internet dastlab 1987-yil 20-sentyabrda Pekin fizika va yuqori energiyalar

instituti professori Syan Tyanbay CANET (Chinese Academic Netvork) dasturi doirasida

Xitoydan birinchi elektron xatni jo‘natishi munosabati bilan o‘z davrini boshladi. Insti

tut

sayti (http://vvv.ihep.ac.cn)

Xitoy va xorijda eng eski va mashhurlik kasb etib, ko‘plab

davlat va tijorat veb-sahifalari uchun start maydoni sifatida xizmat qila boshlagan edi.

Xitoy Internet segmentiga Germaniya va Kanada o‘quv yurtlari ko‘maklashd

i .

1990-yil oktyabrda Xitoy domen zonasi -

.cn ro‘yxatga olindi, shu yilning o‘zida bu

domen zonasida elektron pochta sayti rasmiy ravishda ochildi . 1994-yilda birinchi marta
Internetga Sprint liniyasiga 64 bit/s orqali chiqishga erishildi, bu bilan Xitoy xalqaro

hamjamiyat tomonidan rasmiy ravishda Internetning barcha funksiyalariga ega bo‘lgan
mamlakat sifatida e’tirof etildi. 1995–

1996-yillarda Xitoy kompartiyasi tomonidan fan va

texnikani rivojlantirish dasturi asosida Internetni rivojlantirish avj oldirildi.

2011-yilga kelib mamlakatda Internetdan foydalanuvchilar soni 513 mln ga yetdi.

Internetga keng tasmali ravishda kirishdan foydalanuvchilar soni 93,5 mln ga yetdi.
Shuningdek, .

cn zonasi unda ro‘yxatdan o‘tgan domenlar soni bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga

kiritdi. .cn domen zonasida ro‘yxatdan o‘tgan vebsaytlar miqdori 2,3 mln ga yetdi

.

Xitoyning internet texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish strategiyasi G‘arb

yondashuvidan ancha farq qiladi. “Internet –

vaqt o‘tkazish vositasi emas, ish uchun

vositadir” shiorining e’lon qilinishi davlat hokimiyaitning yangi turdagi ommaviy axb

orot

vositalariga munosabatini yaqqol aks ettiradi.

Xitoy xalqi tomonidan Internet tarmoqlarida ishlash usullarini tezlik bilan

o‘zlashtirishi, xalq uchun foydali va zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish davlat
rasmiylarining fikriga ko‘ra, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi turmush darajasini oshirish,

qoloq hududlarni rivojlantirishni jadallashtirish, yangi tarmoqlarni yaratishi mumkin

ekanligi o‘z isbotini topa boshladi.

Xitoyning Internet strategiyasi birinchi bosqichda rivojlangan mamlakatlarning

texnologik yutuqlarini

o‘zlashtirish va ularni o‘zlarining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va

madaniy rivojlanishining o‘ziga xos milliy xususiyatlariga moslashtirishga asoslangan edi.

Ikkinchi bosqichda Xitoy rahbariyati yuqori texnologiyali sanoat zonalari va
texnoparklarni yaratishga kirishdi, ularda internet texnologiyalari ishlab chiqish avj oldi.

Bu soha uchun zarur bo‘lgan xodimlar tayyorlash tizimi shakllantirildi.

2005-yil noyabr oyida Xitoy hukumati 2006

2020-

yillarga mo‘ljallangan

axborotlashtirishni rivojlantirish davlat strategiyasini qabul qildi. U Internetni

rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. Iqtisodiy tuzilmalarni zamonaviy
o‘zgarishlarga nisbatan moslashtirish uchun milliy iqtisodiyotda Internetni targ‘ib qilish,
shuningdek, iqtisodiy o‘sish usullarini yangilash va hamjihatlikka asoslangan jamiyat
qurish uchun axborotlashtirishni rag‘batlantirish muhim va dolzarb vazifa sifatida

islohot

lar kun tartibida paydo bo‘lgan edi

.

Internet vositasida hal qilish uchun mo‘ljallangan birinchi vazifalar qatorida tibbiyot

xizmatini sifatini yaxshilash va xitoyliklarning keng ommasining ta’lim sohasida
o‘zgarishlarni amalga oshirish vazifalari paydo bo‘ldi. Bu ikki yo‘nalishga bejiz e’tib

or

berilmadi. Axborot kommunikatsiyalari vositasida masofaviy tibbiyot chekka va olis

hududlarda yashaydigan va shaharlarga tibbiiy ko‘rikdan o‘tish imkoniyati chegaralangan
fuqarolarning sog‘lig‘ini aniqlash imkoniyatlarini yaratdi

.

Hukumat shu tariqa, ta’lim, tibbiyot, bank sektori, ilmiy tadqiqotlar va biznesni

rivojlantirish uchun Internetdan foydalanishni rag‘batlantirib borish amaliyotini joriy etdi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

158

Shahar va qishloqlarni hamma joyda internetga ulash kampaniyasi boshlandi. 2009-yilda
shahar va aholi punktlarining 95% ga yaqini global tarmoqqa yuqori tezlikda kirish

imkoniga ega bo‘ldi, Xitoy qishloqlarining 92,5% aholisi esa telefon liniyasi orqali

in

ternetga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi

.

Davlatning ta’siri ostida Internet

-

provayderlar soni tez sur’atlar bilan o‘sib bordi.

Tijorat provayderlariga rasman 1995-

yilda Internet xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat

berildi. Rivojlanish natijasi o‘laroq eng yirik internet

-provayderlar

ChinaTelecom18,

China Mobile19 va China Unicom 20 mamlakat va xorijiy fuqarolarga xizmat ko‘rsata

boshladi.

Internetning Xitoy segmentining asosiy infratuzilmasi Xitoyni tashqi dunyo bilan

bog‘laydigan barcha jismoniy kanallarni boshqaradigan to‘qqizta Internet

-provayderdan

iborat bo‘ldi. Ularga quyidagilar kirdi:

- ilmiy-

tadqiqot yo‘nalishida China Science and Technology Netvork

(CSTNet,http://www.cnc.ac.cn). Bu tarmoq davlat va ilmiy-

tadqiqot institutlari va ba’zi

akademik muassalarni birlashtiradi;

-

ta’limga oid tarmoq China Education and Research Netvork (CERNET,

http://www.edu.cn) o‘zida Xitoyning ta’lim muassasalari –

yirik shaharlardagi o‘rta

maktablar, universitetlarni birlashtirdi;

-yirik tijorat tarmoqlari - China Net (http://www.bta. net.cn)

bu davlatga qarashli

tarmoq bo‘lib, davlat tashkilotlari tomonidan internet

-servis sifatida internet xizmati

ko‘rsatadi. U bilan birga yana shu sohada Golden Bridge Netvork (GBNet, http://www

.

gb.co.cn) ham faoliyat yuritadi .

Bu kabi ixtisoslashuvlar Internetdan foydalanuvchilarning onlayn tarzda ishlashini

osonlashtirdi, ularning maqsad va manfaatlariga qarab World Wide Web tarmog‘ida tezkor

harakat qilish imkonini bera boshladi. Internet segmentlari esa mansabdor rasmiylarga
Internetdan foydalanuvchilarning faoliyatini nazorat qilish va barcha noqonuniy xatti-
harakatlarini monitoring qilib borish imkonini berdi.

Xitoy fuqarolari va xorijlik Internet tarmoqlaridan foydalanuvchilarning xatti-

harakatlarini to‘liq nazorat qilishning iloji yo‘qligini sezgan davlat hokimiyati organlari

Internet tarmoqlari ustidan nazorat funksiyalarini aloqa operatorlari va mahalliy
hok

imiyat organlari o‘rtasida taqsimladi.

Xitoyda Internet tarmoqlarini nazorat qiluvchi asosiy organ - Sanoat va

axborotlashtirish vazirligi hisoblanadi. Mazkur vazirlik 2008-yilda mamlakatda Internet,

simsiz aloqalar, elektron va axborot mahsulotlari ishlab chiqarish, dasturiy ta’minotlar

sanoatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan edi. Lekin ushbu vazirlik internet va

axborot texnologiyalarining faqat texnik jihatdan ishlashini ta’minlash uchun mas’ul

hisoblanadi.

Elektron mediaindustriya va kontentni muvofiqlashtirish yana bir muassasa

Radioeshittirish, kinematografiya va televideniye davlat boshqarmasiga yuklangan. U
internet-

provayderlar tomonidan pornografik resurslar va qimor o‘yinlarini taklif qiluvchi

saytl

arga kirish hodisalarini markazlashtirilgan darajada bloklab turish uchun mas’ul

hisoblanadi.

Internet-

provayderlar o‘z mablag‘lari hisobidan o‘rnatishi kerak bo‘lgan maxsus

filtrlar, shuningdek, “dissident”, “Tayvan”, “Tibet” kabi maxsus kalit so‘zlardan

foydalangan holda siyosiy kontentning milliy va xorijiy manbalariga kirishni bloklab
turadi. U

lar avtomatik ravishda nuqtalar bilan almashtiriladi va begona xabarlar o‘zidan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

159

o‘zi o‘chib ketadi. Senzura o‘rnatilgan resurslar sifiga ko‘pchilik g‘arb OAV, ko‘plab AQSh

universitetlari saytlari va Alta Vista qidiruv tizimi kabilar kiradi. Senzura talablarini
buzganlar jazoga tortiladi: man qilingan aloqalar uchun provayderlarni litsenziyasi olib

qo‘yiladi, hukumat taqiqlagan materiallarni e’lon qilgan xususiy shaxslar o‘lim jazosiga

ham hukm qilinishi mumkin.

Xitoyda internet rivojlanishini muvofiqlashtiruvchi, tartibga soluvchi qonun va

qoidalar ham ishlab chiqildi. 1994-

yilda XXR Davlat Kengashi “Kompyuter va axborot

tizimlari xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi nizomini e’lon qildi. Natijada XXR Davlat

xavfsizlik vazirligiga Internet tarmoqlarini boshqarish huquqi va vakolatlarini berildi. Bu
qoidalarga muvofiq tarzda hukumat deyarli har qanday nomaqbul resursni

zararsizlantirish huquqiga ega bo‘ldi. Masalan, “davlat obro‘siga putur etkazuvchi

materiallar

”ni nashr qilish uchun javobgarlik nazarda tutildi, lekin Internet

foydalanuvchisi o‘zi e’lon qilgan materialning zararli yoki zararsiz ekanligini aniqlash

imkoniyatiga ega emas edi (unga oid tushunchalar qonunlarda berilmagan edi).

Milliy qonunchilikka muvofiq, Xitoyda ikki bosqichli Internet ishlashi lozim: birinchi

darajada - foydalanuvchilar global tarmoqlarga faqat magistral aloqalar tugunlari

vositasida kirishi mumkin bo‘lgan magistral tarmoqlardan iborat bo‘ldi

.

Bunday aloqalarning asosiy tugunlarning cheklangan soni mavjud bo‘lib, ular

markaziy vazirliklar yoki hokimiyatni siyosiy qo‘llab

-quvvatlovchi tuzilmalar tomonidan

boshqarila boshlandi. Xitoy Internet-trafigi murakkab fayrvollar tizimi (system of
firevalls) - xavfsizlik devorlari bilan himoyalangan edi.

Mamlakatda “Oltin qalqon” loyihasi (norasmiy nomi –

Buyuk Xitoy fayrvoli (Xitoy

buyuk devoriga o‘xshatma) mamlakat internet tarmoqlariga o‘rnatilgan murakkab

filtrlash tizimi doirasida tashkil etilgan. Bu loyiha doirasida internet-kanallardagi
serveolar tizimi provayderlar va xalqaro tarmoqlarda uzatiladigan axborotlarni filtrlash
qobiliyatiga ega edi.

2001-yilda Xitoy Internet tarmoqlaridan foydalanuvchilar jamiyati tashkil etildi. U

Internetni rivojlantirishga xizmat qilish uchun mo‘ljallangan. Aslida esa u hukumat

tomonidan global tarmoq ustidan nazorat qilish sohasidagi hukumat qarorlarini amalga
osh

irish maqsadida yaratilgan. Bu jamiyat mamlakatdagi keyingi o‘n yillikda Internetdan

foydalanuvchilar faoliyatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab hujjatlarni ishlab

chiqdi. Ular orasida XXR interneti sohasida tarmoqlar ishida intizomga amal qilish
Konvensiyasi, Internetda fahsh va axloqsizlik, pornografiya va boshqa qonunlarga zid
materiallarni taqiqlashga oid intizom qoidalari yaratildi.

Xitoyning Internet-

sanoatining o‘zini intizomga solish qoidalari, Zararkunanda

dasturlarni boykot qilish Konvensiyasi, Bloglar sohasida xizmat ko‘rsatishda o‘zini o‘zi
intizom talablariga rioya qildirish, Tarmoqlar viruslariga qarshi kurashda o‘zini o‘zi

intizom talablariga rioya qildirish, Internetni rivojlantirishga qaratilgan inernetda nashr

etish huquqi sohasi va boshqa hujjatlarga rioya qilishda o‘zini o‘zi intizom talablariga
bo‘ysundirish Manifesti kabi huquqiy hujjatlar qabul qilindi

.

2005-

yildan boshlab Xitoy o‘z fuqarolarning internet bilan ishlash faoliyatini

tartibga solish bo‘yicha jiddiy chora

-tadbirlar amalga oshirdi. Jumladan, anonim

muloqotlar taqiqlandi, saytlarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish talabi kiritildi, qonundan

tashqarida faoliyat yuritayotgan internet-kafelarni tintuv qilish boshlandi. 2006-yildan

boshlab Xitoyda internetni nazorat qilish uchun maxsus politsiya muassasasi o‘z ishini

boshladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

160

Internet politsiyasi saytlar mazmuni, ijtimoiy tarmoqlardagi onlayn-forumlarni

kuzatish tizimi asosida nazorat qila boshladi. Xitoyning aksariyat yirik Internet saytlarida

blog ochish yoki forumda xabar qoldirish uchun majburiy ro‘yxatdan o‘tish, unda haqi

qiy

shaxsiy ma’lumotlar –

Internet tarmog‘iga kirgan shaxsning ismi, manzili va

aynanlashtirilgan raqamini ko‘rsatishning majburiy ekanligi qoidasi qabul qilindi. Mazkur
ma’lumotlarning barchasi kompyuter ma’lumotlar banki orqali haqiqiyligini tekshirish,
shundan keyin ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi o‘rnatildi.

Jahon Internet tarmoqlaridan korporativ tarzda foydaluvchilar uchun juda qattiq

qoidalarga amal qilish tartiboti o‘rnatildi. Internet tarmog‘iga ulanishni istagan har qanday
kompaniya bir necha oy davomida to‘liq tekshiruvdan o‘tishi talabi o‘rnatildi. 200

8-yildan

boshlab, yangi qabul qilingan qoidalarga binoan radioeshittirish yoki onlayn translyatsiya
(video) olib borish uchun litsenziya olishga faqat hukumatga qarashli yoki davlat
tomonidan nazorat qilinadigan kompaniyalarga ruxsat berildi.

2009-

yilda domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qonun kuchga kirib, unga

binoan .cn zonasida domen nomini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yozma ariza berish, unga
ilova tariqasida barcha shaxsiy ma’lumotlar, korxonaning tijorat faoliyatiga berilgan

litsen

ziyani taqdim etish tartibi o‘rnatildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Occupying the Information High Ground: Chinese Capabilities for Computer

Network Operations and Cyber Espionage. Prepared for the U. S.

China Economic and

Security

Review

Commission

by

Northrop

Grumman

Corp.

2012,

7

марта,//http://http://www.uscc.gov/RFP/2012/USCC%20Report_Chinese_Capabilitiesf
orComputer_Net work OperationsandCyberEspionage.pdf (последнее посещение

- 30

августа 2012 г.).

2. Segal A. Is China a Paper Tiger in Cyberspace? Council on Foreign Relations. 2012,

8

февраля,//http://blogs

.cfr.org/asia/2012/02/08/is

-china-a-paper-tiger-in-

cyberspace/(последнее посещение

-

30 августа 2012 г.).

3.

O‘sha joyda.

4.

Мальцев А. Китайский Интернет: как за каменной стеной. Вебпланета:

журнал

для

подключенных.

2009,

3

июня,

http://http://www.webplanet.ru/review/life/2008/06/11/china.html.

(последнее

посещение

-

30 августа 2012 г.).

5.

Интернет в Китае. Справка. РИА Новости. 2010, 13 января,

http://ria.ru/world/ 20100113/ 204310750.html (последнее посещение

-

30 августа

2012 г.).

6.

Число пользователей интернета в Китае превысило размеры населения

США. РИА Новости. 2009, 26 июля, //http://ria.ru/society/20090726/178669834.html
(последнее посещение

-

30 августа 2012 г.).

7.

Число пользователей интернета в Китае превысило полмиллиарда

человек,

больше

двух

миллионов

сайтов.

Gazeta.ru.

2012,

17

января,//http://http://www.gazeta.ru/news/lenta/2012/

01/17/n_2168345.shtml

(последнее посещение —

30 августа 2012 г.).

8.

Ball D. China’s Cyber Warfare Capabilities. Security Challenges. 2011. Vol. 7, No. 2

(Winter),

//http://www.

securitychallenges.org.au/ArticlePages/vol7no2Ball.html

(последнее посещение

-

30 августа 2012 г.).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

161

9.

Положение интернета в Китае. Пресс

-

канцелярия госсовета КНР. 2011, 1

февраля,

//http://russian.china.

org.cn/government/archive/baipishu/txt/2011–

02/01/content_21857458_8.htm.(последнее посещение

-

30 августа 2012 г.).

10.

Мажаров И. Интернет в Китае. Мир Интернет. 2008, 2 февраля,

http://abirus.ru/content/564/581/582/ 591. html (последнее посещение

-

30 августа

2012 г.).

11.

Число пользователей интернета в Китае превысило размеры населения

США. РИА Новости. 2009, 26 июля.

\\ http://ria.ru/society/20090726/178669834.html

(последнее посещение

-

30 августа 2012 г.).

12.

Ball D. China’s Cyber Warfare Capabilities. Security Challenges.

2011.Vol.7,No.2(Winter),

http://www.Secure-

tychallenges.org.au/ArticlePages/vol7no2Ball.html (последнее посещение

-

30 августа

2012 г.).

13. Magistral tugunlar (backbone networks)

yuoqori tezlikdagi magistral

kanallarga qo‘shilib, taqsimlangan tarmoqlar bazaviy tugmalarini ifodalash uchun

ishlatiladigan umumiy atama. Korxona miqiyosi segmenti, shuningdek klasterlar va
alohida ishlayotgan

stansiyalar magistiral tarmoqlarga ko‘priklar, marshrutiztorlar va

konsentratorlar vositasida ulanadi

14.

Firewall (файрвол, синоними

-

брандмауэр)

-

компьютер, маршрутизатор

ёки ҳимояланган тармоқларга иришни чеклайдиган ва ушлаб олинган тармоқ
пакетларини фильтрлаш ҳамда назорат қилишга оид

коммуникациявий тузилмалар.

15.

Положение интернета в Китае. Пресс

-

канцелярия госсовета КНР. 2011, 1

февраля,//http://russian.china.org.cn/

govern

-ment

/archive/baipishu/txt/2011

02/01/content_21857458_8.htm.

Библиографические ссылки

Occupying the Information High Ground: Chinese Capabilities for Computer Network Operations and Cyber Espionage. Prepared for the U. S.–China Economic and Security Review Commission by Northrop Grumman Corp. 2012, 7 марта,//http://http://www.uscc.gov/RFP/2012/USCC%20Report_Chinese_CapabilitiesforComputer_Net work OperationsandCyberEspionage.pdf (последнее посещение - 30 августа 2012 г.).

Segal A. Is China a Paper Tiger in Cyberspace? Council on Foreign Relations. 2012, 8 февраля,//http://blogs .cfr.org/asia/2012/02/08/is-china-a-paper-tiger-in-cyberspace/(последнее посещение - 30 августа 2012 г.).

O‘sha joyda.

Мальцев А. Китайский Интернет: как за каменной стеной. Вебпланета: журнал для подключенных. 2009, 3 июня, http://http://www.webplanet.ru/review/life/2008/06/11/china.html. (последнее посещение - 30 августа 2012 г.).

Интернет в Китае. Справка. РИА Новости. 2010, 13 января, http://ria.ru/world/ 20100113/ 204310750.html (последнее посещение - 30 августа 2012 г.).

Число пользователей интернета в Китае превысило размеры населения США. РИА Новости. 2009, 26 июля, //http://ria.ru/society/20090726/178669834.html (последнее посещение - 30 августа 2012 г.).

Число пользователей интернета в Китае превысило полмиллиарда человек, больше двух миллионов сайтов. Gazeta.ru. 2012, 17 января,//http://http://www.gazeta.ru/news/lenta/2012/ 01/17/n_2168345.shtml (последнее посещение — 30 августа 2012 г.).

Ball D. China’s Cyber Warfare Capabilities. Security Challenges. 2011. Vol. 7, No. 2 (Winter), //http://www. securitychallenges.org.au/ArticlePages/vol7no2Ball.html (последнее посещение - 30 августа 2012 г.).

Положение интернета в Китае. Пресс-канцелярия госсовета КНР. 2011, 1 февраля, //http://russian.china. org.cn/government/archive/baipishu/txt/2011–02/01/content_21857458_8.htm.(последнее посещение - 30 августа 2012 г.).

Мажаров И. Интернет в Китае. Мир Интернет. 2008, 2 февраля, http://abirus.ru/content/564/581/582/ 591. html (последнее посещение - 30 августа 2012 г.).

Число пользователей интернета в Китае превысило размеры населения США. РИА Новости. 2009, 26 июля. http://ria.ru/society/20090726/178669834.html (последнее посещение - 30 августа 2012 г.).

Ball D. China’s Cyber Warfare Capabilities. Security Challenges. 2011.Vol.7,No.2(Winter), http://www.Secure-tychallenges.org.au/ArticlePages/vol7no2Ball.html (последнее посещение - 30 августа 2012 г.).

Magistral tugunlar (backbone networks) – yuoqori tezlikdagi magistral kanallarga qo‘shilib, taqsimlangan tarmoqlar bazaviy tugmalarini ifodalash uchun ishlatiladigan umumiy atama. Korxona miqiyosi segmenti, shuningdek klasterlar va alohida ishlayotgan stansiyalar magistiral tarmoqlarga ko‘priklar, marshrutiztorlar va konsentratorlar vositasida ulanadi

Firewall (файрвол, синоними - брандмауэр) - компьютер, маршрутизатор ёки ҳимояланган тармоқларга иришни чеклайдиган ва ушлаб олинган тармоқ пакетларини фильтрлаш ҳамда назорат қилишга оид коммуникациявий тузилмалар.

Положение интернета в Китае. Пресс-канцелярия госсовета КНР. 2011, 1 февраля,//http://russian.china.org.cn/ govern-ment /archive/baipishu/txt/2011–02/01/content_21857458_8.htm.