Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The problem of modern training of personnel in the
environment of digital society
Zebuniso KHUDAYOROVA
Namangan State University, Chirchik Higher Tank Command and Engineering School
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
This thesis provides a sociological analysis of the role of
education, particularly higher education, in developing human
capital. Although the topic demands extensive theoretical study,
it is examined here as a dialectical interplay of modern
educational trends, social cooperation, and interrelationships.
The thesis presents conclusions on how education contributes to
increased social and economic empowerment, the activation of
social norms and social mobility among young people, the
formation of skills and habits, and the promotion of income
growth and stability.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss10/S-pp48-54
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
capital,
digital society,
person,
abilities,
education,
competence,
economy,
skills,
socialization,
investment,
social mobility,
New Uzbekistan,
education,
employment,
society.
Raqamlashgan jamiyat muhitida zamonaviy kadrlarni
tayyorlash masalasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
kapital,
raqamlashgan jamiyat,
inson,
qobiliyat,
ta’lim,
Ushbu maqolada inson kapitali, uning bugungi kunda
jamiyatning barcha jabhalarida, xususan ta’lim tizimidagi o‘rni
va roli yoritilib, ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Mavzu
doirasida inson kapitali tushunchasining sotsiologik, tarixiy,
ilmiy, terminologik jihatlari obyekt sifatida tadqiq etilgan.
1
Independent applicant, Namangan State University, Senior Lecturer, Humanities Department, Chirchik Higher Tank
Command and Engineering School.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
49
kompetensiya,
iqtisodiyot,
ko‘nikma,
ijtimoiylashuv,
investitsiya,
sotsial mobillik,
Yangi O‘zbekiston,
ta’lim,
bandlik,
jamiyat.
Maqolada raqamlashgan jamiyat sharoitida inson kapitali va
ta’lim tizimining bog‘liqligi, aloqadorligi o‘rganilgan. Inson
kapitalini
yuksaltirish
asnosida
jamiyatda
mobillikni
faollashtirish, ko’nikma va odatlarni shaklantirish, hamda
daromadlar o’sib barqarorligini ta’minlash haqidagi xulosalar
berilgan. Zamonaviy investitsiya hisoblanmish Inson kapitali va
uning zamonaviy O‘zbekiston ijtimoiy hayotidagi o‘rni tahlil
qilingan.
Проблема современной подготовки кадров в среде
цифрового общества
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
капитал,
цифровое общество,
человек,
способности,
образование,
компетентность,
экономика,
навыки,
социализация,
инвестиции,
социальная мобильность,
Новый Узбекистан,
образование,
занятость,
общество.
В статье рассматривается человеческий капитал, его
место и роль в различных аспектах жизни современного
общества, особенно в системе образования, с социально
-
философской точки зрения. Исследуются социологические,
исторические, научные и терминологические аспекты
понятия человеческого капитала как объекта анализа.
Особое
внимание
уделено
взаимосвязи
между
человеческим капиталом и системой образования в
условиях цифрового общества. Сделаны выводы о том, что
рост человеческого капитала способствует повышению
мобильности в обществе, развитию навыков и привычек, а
также обеспечивает стабильный рост доходов. В
заключении анализируется роль человеческого капитала
как важной инвестиции в социальную жизнь современного
Узбекистана.
KIRISH
Mehnat bozorida ish joylarining intellektuallashuvi, raqamli iqtisodiyotga o
‘
tish va
bilimga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirishda inson kapitalini rivojlantirish alohida
ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois, dunyoning barcha mamlakatlarida inson kapitaliga
sarmoya kiritish hamda uning sifatini oshirishga alohida e
’
tibor qaratilmoqda. Jahonda
inson kapitali insoniyatning va har bir davlatning taqdirini belgilaydigan asosiy mezonga
aylandi.
Inson kapitali o‘z tarkibida bir qator ijtimoiy
-biologik yaxlitlik komponentlarini
qamrab oladi va uni sotsiumga yo‘naltirib boradi. Bular demografik, sog‘liqni saqlash,
ta’lim, mehnat, madaniy, fuqarolik, ma’naviy
-axloqiy, axborotlarga egalik komponenti va
shu kabilardan iborat. Belgilangan tarkibiy qismlarning har biri kapital sifatida ijtimoiy
zarur faoliyat turlari va funksional imperativlarga mos keladi. Shu bilan birga, inson
kapitaliga xizmat qiluvchi uch xil salohiyat turini ajratib ko‘rsatish mumki
n. Bular: a) shaxs
va jamoaning ehtiyoj, qobiliyat va ijtimoiy hayotni qo‘llab
-quvvatlashga oid komplekslar
tizimi; b) ehtiyoj, qobiliyat va malakaga oid tizimlar majmuasi; v) odatiy hayot faoliyatidir.
Inson kapitalining rivoji ham shaxsning ongi, odob-ax
loqi, ma’naviyati, dunyoqarashi,
talab-ehtiyojlarining qondirilishi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlarga, ijtimoiy
tuzum mohiyati va tabiatiga bevosita bog‘liqdir. Jamiyat qanday bo‘lsa, ijtimoiy
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
50
munosabatlar majmui bo‘lgan inson kapitali ham unga mos bo‘ladi. Inson aql
-idrok sohibi
bo‘lganligi uchun real dunyodagi voqealarni biladi, ilm
-u tafakkuri, mehnati, salohiyati
bilan dunyoni boshqaradi. Inson kapitalining yuksalishiga uni o‘rab turgan barc
ha ijtimoiy
muhitda ro‘y berayotgan voqealar ta’siri kuchli bo‘ladi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da
inson faktori, inson omili va inson kapitali xususidagi sharhlar “inson” va “omil” so‘zlariga
bag‘ishlangan izohlarda, afsuski, mavjud emas .
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD
Ishlab chiqarishni intensiv rivojlantirish, fan va texnikaning, madaniyat va
san’atning taraqqiyoti insonning yanada yaxshi yashashi, ma’naviy dunyosining kamolga
erishishi uchundir. Bu jarayonlarning kaliti ta’lim tizimi va insonga beriladigan ta’limning
sifati va hajmidir. Shu sababli davlatlar va jamiyatlar har bir inson uchun ta’lim olish
imkoniyatini yaratib berishga intilishi lozim. XXI asrda bu hol aksiomadek haqiqatga
aylanmoqda.
Inson kapitali tushunchasining nazariy asoslari o‘tgan asrning o‘rtala
rida
faylasuf, sotsiolog, siyosatchi olimlari va iqtisodchilar orasida vujudga kela boshladi.
Inson kapitalini rivojlantirishning iqtisodiy jihatlari, nazariy-metodologik asoslari
va ijtimoiy-falsafiy jihatlari, milliy qadriyatlarning va raqamlashtirishning inson kapitalini
rivojlantirishdagi roli va ahamiyatini mamlakatimizda akademik olimlarimizdan
R.Abdullayeva, Q. Abduraxmonov, S. G‘ulomov, Sh. Akramov, M. Abdullayeva, Q. Nazarov,
F.Yuldasheva, G.G‘affarova, G.Jalalova, M.Sharipov, M. Sodirjonov, Z. Abdullayevalar
tоmonidan ham o‘rganilib, ilmiy jihatdan izlanishlar olib borilmoqda.
Insonning intellektual va amaliy salohiyatining ahamiyati hamda inson kapitali
konsepsiyasining o‘rtaga kelishida ilk tamal toshlarini qo‘ygan siyosiy iqtisod fanining
asoschisi A. Smit edi. U insonni ijtimoiy boylikning bir qismi va ishlab chiqarishning
pirovard maqsadi, deb bilar edi. XIX asr oxirida boshqa bir mutafakkir A. Marshall esa
boylik to‘plashni inson taraqqiyoti bilan bevosita bog‘lab quyidagicha tushuntirgan edi:
“Moddiy boyliklarni ishlab chiqarish bu faqat inson hayotini ta’minlash, uning e
htiyojlarini
qondirish va uning jismoniy, aqliy va ma’naviy imkoniyatlarini o‘stirish uchundir. Ammo
insonning o‘zi bu boylikni ishlab chiqarishning asosiy vositasidir, bu boylikning pirovard
maqsadi ham insondir” .
Maʼlumki, XX asrning asosiy yutugʻi jismoniy mehnat ishtirokchilari (konveyerlar,
sanoatni avtomatlashtirish va b.) samaradorligini oshishi bilan ahamiyat kasb etgan.
Sotsiolog P. Drukkerning taʼkidlashicha, XXI asrning dominant egalari albatta, “bilimli”
va
“ilmli” kishilardir. Ularni mutaxassis sifatida yaxshiroq tayyorlash, har qanday
mamlakatning intellektual yutugʻi hisoblanadi. Bilimli mutaxassis boʻlish har qanday ishda
intellektual mehnatning yuqori unumdorligini taʼminlaydi. Mamlakatdagi intellektu
al
salohiyat davlatga investitsiyalar jalb etish imkoniyatini oshiradi va inson kapitalining
barqaror, uzoq muddatli oʻsishi uchun muhim omil sifatida xizmat qiladi.
MUHOKAMA
Ma’lumki, yoshlar yangicha fikrlashga, yangi
-
yangi g‘oyalarni dadil o‘rtaga tashlab,
ularni amalga oshirishga, muammolarni ijodiy va nostandart yondashuvlar asosida hal
etishga moyil bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi kunda yosh avlod vakillarining bilim olish
i,
ilm-
fan, innovatsiyalar, adabiyot, san’at va sport sohasidagi iste’dod va salohiyatini yuzaga
chiqarishi, ularning jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun
barcha sharoitlarni yaratishga ustuvor ahamiyat bermoqdamiz.
“Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib
-
o‘rgansak, ishimizni mukammal va unumli
bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
51
hayotimiz va jamiyatimiz o‘zgaradi”
,
deya ta’kidlagan edi Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev. Ha chindan ham bugungi shiddat bilan tinimsiz rivojlanayorgan kunlik
yangilik va o‘zgarishlar aqlbovar qilmis darajada o‘sayotgan ,integratsiyalashuv
jarayonlarida eng avvalo tinimsiz o‘qib
-
o‘rganish
lar va izlanishlar natijasida
egallanayotgan bilim va ilm-
fan omiligina insonga tayanch bo‘la oladi.
Zero ilmsiz inson
hech vaqosi yo‘q kimsadek go‘yo.
Imom Buxoriy bobomiz to‘plagan muborak hadislardan birida: “Yoshlikda
o‘rganilgan ilm toshga o‘yilgan naqsh kabidir”, deb aytiladi. Buyuk allomalarimiz ana
shunday hikmatlarga amal qilib, ilm-fan sohasida buyuk kashfiyotlarni amalga
oshirganlari va umumbas
hariy tafakkur rivojiga hissa qo‘shganlari tarixdan yaxshi
ma’lum.
O‘z
-
o‘zidan ko‘rinib turibdiki, yuqoridagi omillarning barchasi mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan, islohotlarning tub mohiyati aynan madaniyat, ilm- fan va yuksak
ma’naviy qarashlarni yanada yuqori pog‘onalarga olib chiqish hamda ertangi kunga
bo‘lgan x
alq ishonchini kuchaytirishga asoslanganligini amaldagi ifodasidir.
Shu o‘rinda, mamlakatimizda yuqori bilim va malakaga ega bo‘lgan raqobatbardosh
kadrlar tayyorlash maqsadida oliygohlar soni 141 taga yetkazildi, 26 ta xorijiy oliy ta’lim
muassasasining filiallari ochildi. Holbuki, 2016-yilda respublikamizda oliygohlarning soni
77 ta edi. Keyingi besh yilda oliy ta’limga qabul kvotasi 3 barobar oshirilib, joriy yilda 182
ming nafar yoshlar uchun talab bo‘lish imkoniyati yaratildi. Toshkent shahrida eng yuksak
xalqaro talablarga javob beradigan “Yangi O‘zbekiston” universit
eti tashkil etildi. Hozirgi
vaqtda yurtimizda “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan g‘oya
asosida maktab ta’limi tizimida ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Bu ishlarning zamirida avvalo mamlakatimiz va xalqimizning buyuk kelajagi,
farovon va obod turmushi, erkin va tinch-
osuda hayot tarzini ta’minlash hamda barqaror
rivojlanish yo‘liga erishish yotadi. Chunonchi, yuqoridagi barcha maqsadlarga borish
uchun eng
to‘g‘ri, maqbul va albatta mukammal yo‘l bu ilm
-
ma’rifat yo‘lidir. Manashu joyda
fikrimiz isboti o‘laroq quyidagi jumlalarni keltirib o‘tmoqchiman: “Maorifdan, funun va
madaniyatdan mahrum qolg‘on xalq jaholat panjalarini orasida xamir kabi ezilgandek,
af
’oli zamimdan ham o‘z nafsining yoqasini bo‘shatolmas”
-deb yozgan edi
mashhur
ma’rifatparvar adibimiz Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq”
nomli asarida[1]. Ha chindan ham barcha jaholat zanjirlari-yu, qulflarini buzuvchi narsa
bu ilmdir.
Aynan shu sabablar inobatga olingan holda muhtaram prezidentimiz tomonidan
mamlakatimizni rivojlantirishga va taraqqiyotimizni yanada yuksaltirishga qaratilgan
“Harakatlar Strategiyasi” va “Taraqqiyot strategiyasi” davlat dasturlari ishlab chiqilgan
bo‘lib
, bu davlat dasturlarida ham ilm-
fan va madaniyat, ma’naviyat sohasiga alohida
e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan yondashganlar. Bu ishlarning barchasi xalqimiz ertasi bo‘lmish
yosh avlodni ma’nan ,jismonan va aqlan yetuk hamda barkamol shaxs sifatida kamol
topishlari uchun xizmat qiladi, 2017-2021-
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson
manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi qabul qilindi. Bu esa da
vlat va xalq
o‘rtasidagi aloqa ular orasidagi munosabatni o‘zgartirishni, ya’ni xalq idoralariga emas,
davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi zarurligini bildiradi .
Ayniqsa, so‘ngi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi
O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy
-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-
ma’rifiy
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
52
asoslari yaratildi. Taraqqiyot strategiyasi doirasida Jahon miqyosida murakkab
jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan
holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini
yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal
rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik
jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini bel
gilash
maqsadida bir nechta ishlarni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, ulardan birida vazifalar
quyidagicha belgilangan:
Koʻpgina rivojlangan davlatlar, xususan, Yaponiya, Malayziya, Singapur, Janubiy
Koreya davlatlarining rivojlanishida taʼlim tizimi hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.
Bugungi kundagi rivojlanish bizning ham oldimizga ushbu davlatlar singari mehnat
bozorida t
alab katta boʻlgan sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlash masalasini qoʻymoqda.
Hozirgi davrda jahon bozorida shunday kasb va hunarlar vujudga kelganki, ularning
aksariyati universitet va kollejlarda emas, balki oddiy oʻquv markazlarida uch yoki bir
yilda ema
s, juda qisqa vaqt ichida tayyorlanmoqda. Bunga koʻplab misollar keltirishimiz
mumkin. Masalan,
Singapurda ham taʼlimga iqtisodiy taraqqiyotning birinchi galdagi
vazifasi sifatida qaralgan. Taʼlim sohasini rivojlantirish bilan bogʻliq masalalar amerikacha
taʼlim modeli bilan oʻzaro aloqaga kirishish yoʻli orqali hal etildi.
Bugungi kunda Yaponiyada joriy qilingan ta’lim tizimi butun jahonga o‘rnak bo‘larli
darajada taraqqiy etgan. Xuddi yurtimizdagi kabi o‘z ichiga boshlang‘ich va o‘rta ta’limni
qamrab oluvchi majburiy ta’lim yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda yaponiyalik bolalarn
ing
deyarli 100%i qamrab olinadi. Ularning 96%i esa 2 bosqich maktab ta’limida tahsil
olishadi. Zamonaviy yapon pedagogikasida ta’lim tizimi bilan uzviy uyg‘unlashgan axloqiy
tarbiya tamoyili shakllangan. Oʻrta asrlardayoq maktablarda amaliy etikaga eʼtibo
r
qaratila boshlangan edi. Yaponiya e’tibor bering: hududiy jihatdan tabiiy boyliklar va
milliardlab daromad keltiradigan zaxiralarga ega bo‘lmasada rivojlanishning eng ilg‘or
namunasihisoblanmish “Yapon mo‘jizasi” ham aynan shu davlatda ta’lim va inson
kapitaliga asoslangan edi. Bundan tashqari yana quyidagi mamlakatlarni eslash ham shu
o‘rinda joiz:
AQSH (Dunyoning eng rivojlangan va demokratik qarshilarga ega bo‘lgan
mamlakati);
Fransiya (Kapitalistik inqiloblarni dunyoda XVII va XVIII asrlarda nafaqat iqtisodiy
soha balkim ijtimoiy va siyosiy jabhalarda ham boshlab bergan davlat);
Germaniya(kam sonli aholi va 2-
jahon urushidan keyin bo‘yniga ilingan qarzlar
hamda trillion dollarlik zararlar ham bu davlatni har bir resurs ya’ni inson omilidan
samaraliroq foydalanishga majbur qilgan esada, bu bugungi kunda o‘z mevasini juda
hosildor k
o‘rinishda bermoqda);
Finlandiya (dunyoda aholisi eng baxtli hisoblanadigan bu mamlakat o‘zining “Fin
ta’lim tizimi” nomi bilan mashhur bo‘lgan insonga e’tibor va ikki tomonlama ishonchga
asoslangan o‘z modeli bilan har yili dunyoni lol qoldirib kelmoqda);
Buyuk Britaniya (Yevropa oqsoqoli, tom ma’noda Fransiya va ushbu davlatda eng
dastlabki oliy ta’lim muassasalar faoliyat boshlagan bo‘lib, ular bugungi kunda ham
insonning jamiyat hayotida eng yuqori ta’sir koiffisentiga ega ekanligini isbotlab
kelishmoqda) kabi rivojlangan davlatlarda inson kapitali asosiy boylik va eng qimmatli
manbai, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy mezoni hisoblanadi. Ayniqsa, inson
kapitalini shakllantirish, rivojlantirish, uning ijodiy fazilatlari va qobiliyatlari, inson
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
53
kapitaliga sarmoya kiritish masalasi dunyo fanining asosiy va markaziy muammolaridan
biridir. Shu sababli ham ilmiy tadqiqotlarda inson kapitali, uning ravnaqiga e’tibor, shart
-
sharoit yaratish, mamlakatni tez rivojlanishida inson kapitalining ahamiyatiga
doir ko‘plab
tadqiqotlar olib borilmoqda.
NATIJALAR
Bugungi kunda zamonaviy dunyo nazdida resurslar o‘z doirasini kengaytirib
bormoqda, endi an’anaviy hisoblab kelingan uch resurs: mehnat, yer, kapital omillariga
fan-
texnika taraqqiyoti omili ham qo‘shildi, axborot va bilimlar esa eng muhim resurslarga
aylandi. Innovatsion iqtisodiyot bevosita ana shu asosda shakllanib, ushbu iqtisodiyotda
inson va uning salohiyati hal qiluvchi rol o‘ynamoqda.
Biz YAIM ni o‘stirish uchun ham albatta ushbu “kapital”ni ko‘paytirmog‘imiz zarur.
Boisi shuki, kuchli va ilm-
salohiyatga ega bo‘lgan shaxslarga ega davlat iqtisodiyoti har
qachon baquvvat va barqaror bo‘lib, keyingi islohotlar uchun zamin hozirlanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda ta’limning to‘lik sikliga investitsiya kiritishga, ya’ni, bola
3 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e’tibor
beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda
esa bu ko‘rsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan ta’limga
yo‘naltirilgan investitsiyalar nafaqat mamlakatni rivojlantirishning muhim usuli, inson
kapitali va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy
siyosatdir. Buning natijasida inson kapitalini takomillashtirib moddiy farovonlik va
sog‘lom turmush tarziga erishiladi. Shuni ta’kidlash kepakki, inson kapitali har bir
insonning individual kapital shaklidir. Inson qobiliyatlari, bilimlari,
ko‘nikmalari va
tajribasi har bir yosh fuqaroning shaxsiy mulki hisoblanadi. To‘liq o‘rta ma’lumotga ega
kishilar bilan universitet diplomiga ega mutaxassislar o‘rtasidagi farq solishtirilganda, oliy
ma’lumotli kishilar topgan daromad va keltirilgan foyda
dagi afzallik keskin farqlar bilan
ajralib turishini ko‘rish mumkin. Masalan, Indoneziyada oradagi farq 80 foizdan oshsa,
Ushbu ko‘rsatkich Paragvayda 300 foizni tashkil etgan. uning faoliyati makon
-zamonda
cheksiz bo‘ladi, chunki bilimlar ma’lumotlar manb
asi sifatida axborotlarni nafaqat
manzilga tezda etkazadi, balki tahliliy prognoz asosida istiqbolni belgilaydi.
XULOSA
Yuqoridagi ta’riflardan shunday xulosa qilish mumkinki, inson kapitali bu oddiy bir
termin emas, balki zamonning eng ilg‘or qatlami bo‘lgan yetuk kadrlarga berilgan
nisbatdir. Ushbu nisbat berilgan jumla bugungi raqamlashgan jamiyatning barcha
talablariga
javob bera oluvchi shaxslarga qo‘llanilishi juda o‘rinlidir. Zero, inson kapitali
uchun tikilgan sarmoya hamisha o‘zini ming chandon oqlay oladi. Biz buni ushbu “kapital”
ni yetishtirib berishda beqiyos o‘ringa ega bo‘lgan ta’limga berilgan e’tibor va
inv
estitsiyalarning keyingi davrda olib keladigan foyda ko‘lami orqali ham bilishimiz
mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi.
-
Toshkent: “O‘zbekiston”
nashriyoti, 2021.-B.51-230.
2. O‘zbekiston Pespublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
murojaatnomasi // Xalq so‘zi. 2020 yil 25 yanvar.
3. 2022-2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida PF
-60, https://lex.uz. 28.01.2022.
–
B-2,3.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
54
4. Pitep F. Dpukep. Эффективний управляюший. –
M.: BCI, 1994.
–
C. 268.
5.
Копицкий, А. В. Введение в теорию человеческого капитала.
//
http://sibupk.nsk.su/New /04/ chairs / c_ ectheory/ kapital/book1.htm
6.
Курганский С.А.
Введение в теорию человеческого капитала.
- SPb.: GUEF,
1999. -
60 S.; Korchagin Y. A. Современная экономика России. –
Ростов
-
на Дону
: Feniks,
2008 ISBN 978-5-222-14027-7.
7. Becker G. S. Human capital: A theoretical and empirical analysis, with special
reference to education.
–
University of Chicago Press, 2009// Becker G. S. Human capital
and the economy //Proceedings of the American philosophical society.
–
1992.
–
T. 136.
–
№. 1. –
S. 85-92.
8.
Каменский, Ю. А. Концептуализация формирования человеческого
капитала в социоэкономической системе региона // Научные сообщения.
Экономика и управление. –
2010.
–
№5. –
С. 102–
110.
