Авторы

  • Малика Туйчиева
    Преподаватель, кафедра Теории государства и права, Базовый докторант, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss10/S-pp212-216

Ключевые слова:

юридическая профессия адвокат профессиональная подготовка повышение квалификации Центр повышения квалификации юристов Адвокатская палата

Аннотация

В данной статье рассматриваются научные и теоретические вопросы, связанные с профессиональной подготовкой и повышением квалификации адвокатов. Автор анализирует национальное и зарубежное законодательство в этой области и инициирует научную дискуссию. Особое внимание уделено обязательствам по повышению квалификации, мерам, предпринимаемым в Республике Узбекистан для её улучшения, а также вопросам реструктуризации системы на основе иностранных стандартов и существующим проблемам. В завершение представлены научно-теоретические выводы и рекомендации.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Prospects for improving the system of professional
training and qualification enhancement for lawyers

Malika TUYCHIEVA

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

15 September 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

The article examines scientific and theoretical aspects of

professional training and qualification enhancement for

lawyers. It analyzes both national and international legislation

on these issues, highlighting a scientific debate within the field.

The study delves into the obligation of continuing legal
education, the initiatives underway in the Republic of

Uzbekistan to improve this area, and the restructuring efforts

inspired by foreign standards, alongside existing challenges.

The author presents scientific-theoretical conclusions and
offers proposals to address these issues.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1

0

/S-pp212-216

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

advocacy,

lawyer,

professional training,
professional development,

Lawyers’ Qualification

Improvement Center,

Bar Association.

Advokatlarning kasbiy tayyorgarligi va malakasini
oshirish tizimini takomillashtirish istiqbollari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

advokatura,

advokat,

kasbiy tayyorgarlik,

malaka oshirish,

Yuristlar malakasini oshirish
markazi,

Advokatlar palatasi.

Mazkur maqolada advokatlar kasbiy tayyorgarligi va malaka

oshirishining ayrim ilmiy-

nazariy masalalari ko‘rib chiqilgan.

Muallif tomonidan advokatlar kasbiy tayyorgarligi va malaka

oshirishiga oid milliy va xorijiy qonunchilik tahlil qilinib, ilmiy
munozaraga kirishilgan. Jumladan, malaka oshirish majburiyati,

O‘zbekiston Respublikasida uni takomillashtirish va xorijiy

standartlar asosida qayta tashkil etish bo‘yicha amalga

oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda tizimdagi mavjud
muammolar atroflicha tahlil qilinib, ilmiy-nazariy xulosalarga

kelingan hamda takliflar ilgari surilgan.

1

Doctoral Student, Teacher, Department of Theory of State and Law, Tashkent State University of Law.

E-mail: malikatuychiyeva97@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

213

Перспективы

совершенствования

системы

профессиональной

подготовки

и

повышения

квалификации адвокатов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

юридическая профессия,

адвокат,

профессиональная

подготовка,

повышение

квалификации,

Центр повышения

квалификации юристов,

Адвокатская палата.

В данной статье рассматриваются научные и

теоретические вопросы, связанные с профессиональной

подготовкой и повышением квалификации адвокатов.

Автор

анализирует

национальное

и

зарубежное

законодательство в этой области и инициирует научную

дискуссию. Особое внимание уделено обязательствам по

повышению квалификации, мерам, предпринимаемым в

Республике Узбекистан для её улучшения, а также

вопросам

реструктуризации

системы

на

основе

иностранных стандартов и существующим проблемам.

В

завершение

представлены

научно

-

теоретические

выводы и рекомендации.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda sud

-huquq islohotlarining muhim tarkibiy qismi

sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini

himoya qilishni ta’minlashning samarali institutlaridan biri bo‘lgan advokaturaning roli

va ahamiyatini kuchaytirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, tahlillar ko‘rsatganidek, advokatura hanuzgacha odamlar

ishonchini qozongan huquqni himoya qiluvchi institutga aylana olmadi, advokatlarning

huquqlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qilayotgan va ular tomonidan sifatli

yuridik yordam ko‘rsatilishiga xalal berayotgan qator omillar mavjud.

Shu bois, advokatura tizimini tubdan takomillashtirish, professional yuridik

yordam sifatini va advokat kasbining nufuzini oshirish, shuningdek, sud ishini yuritishda

tenglik va tortishuv prinsiplarini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadida, ularning kasbiy

faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish va malakasini oshirish dolzarb ahamiyat kasb

etadi.

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2023-yil, 11-sentyabrdagi PF

158-sonli

“O‘zbekiston –

2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining qonun ustuvorligini

ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish borasida advokatura

institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam

ko‘rsatish tizimini rivojlantirish maqsadida advokatlar malakasini oshirishning

zamonaviy va xalqaro standartlarga mos keluvchi hamda muqobillik tamoyiliga

asoslangan

tizimini joriy etish vazifasi belgilangan bo‘lib [1], bugungi kunda mazkur

masalada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Y. Shigurovaning fikricha, malaka oshirishning samarali va maqbul tizimini

yaratmasdan turib advokatlar tomonidan ko‘rsatilayotgan yuridik yordam sifatining

yuqori darajasiga erishish mumkin emas. Malaka oshirish mutaxassislarning malaka

darajasiga talablarning oshishi va kasbiy muammolarni hal qilishning zamonaviy

usullarini o‘zlashtirish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarini yangilashga qaratilgan.

Shu bilan birga, advokat yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashdan shaxsan

manfaatdor hamda malaka oshirish shakllarini tanlashda erkin bo‘lgandagina ularning

malakasini oshirish samarali bo‘ladi [2].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

214

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 367

-moddasida xodimlarni kasbga

tayyorlash va ularning malakasini oshirish tushunchalariga ta’rif berilgan bo‘lib, unga

ko‘ra, xodimlarni kasbga tayyorlash deganda xodimlarda nazariy va amaliy bilimlarni

shakllantirishga, shuningdek muayyan sohada kasbiy faoliyatni amalga oshirishga va

(yoki) muayyan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha ishlarni bajarishga imkon beruvchi

ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish tushuniladi.

Xodimlarni kasbga tayyorlash ish beruvchining yo‘llanmasi bo‘yicha ixtiyoriy ravishda

ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi.

Malaka oshirish deganda xodimning undagi mavjud kasb va mutaxassislik bo‘yicha

ishlarni bajarishga tayyorligini tavsiflovchi, xodimning kasbiy bilimlari, malakalari va

ko‘nikmalari darajasini takomillashtirish tushuniladi [3].

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentyabrdagi 544-son qaroriga 1-ilovaga

asosan, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish

markazida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq,

yuristlar malakasini oshirish jarayonlari markaz va uning filiallarida o‘qitish,

mutaxassislik bo‘yicha xodimning ish joyida o‘qitish, kredit

-

modul tizimi asosida o‘qitish

va masofaviy ta’lim shakllarida amalga oshirib kelinmoqda. Markazda va uning filiallarida

o‘qitish 1+3, 2+2 yoki 3+1 sxemalari bo‘yicha (tegishli ravishda 25, 50 yoki

75 %

mustaqil ravishda bilim orttirish, 75, 50 yoki 25 %

bevosita Markaz yoki uning

filiallarida) masofaviy ta’lim yoki manfaatdor tashkilotlar bazasida yakka tartibdagi

topshiriqlarni bajarish shaklida tashkil etilishi mumkin.[4]

Yuristlar malakasini oshirish markazida tashkil etilgan “Advokatlarning malakasini

oshirish” o‘quv kursining o‘quv dasturiga ko‘ra, mazkur o‘quv kursni o‘rganish uchun

72 soat ajratilgan. Auditoriya mashg‘ulotlari: ma’ruza –

22, seminar

24, amaliy

mashg‘ulot –

20 va yakuniy sinovlar

6 soat ajratilgan.

Shuningdek, mazkur kurs 7 ta moduldan iborat:

1-modul: advokatura faoliyatini takomillashtirish hamda kafolatlarini kengaytirish

yo‘nalishlari va istiqbollari;

2-

modul: fuqarolik va iqtisodiy ishlarda advokat ishtirokining o‘ziga xos

xususiyatlari;

3-

modul: ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritishda advokatning ishtiroki;

4-modul: advokatlik faoliyatida IT-texnologiyalar va kiber xavfsizlik hamda

intellektual mulk huquqlarini huquqiy himoya qilish;

5-modul: soliqqa oid ishlarini yuritishda advokatning ishtiroki;

6-

modul: advokatlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar va maxsus bilim talab

etiladigan sohalar;

7-

modul: inson huquqlarini ta’minlashda advokaturaning roli va advokatlar uchun

xorijiy hamkorlik.

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining 2024

-yil 1-yanvar holatiga

bergan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatimizdagi jami advokatlar

soni 5219 nafarni tashkil etmoqda[5]. Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini

oshirish markazi tomonidan berilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2021

-yil 623 nafar,

2022-yil 979 nafar hamda 2023-yilning 3 oyi davomida 190 nafar advokatlar kasbiy

malakasini oshirgan. Shunday xulosa qilishimiz mumkinki, malaka oshirishga bo‘lgan

ehtiyojni to‘liq qamrab olish maqsadida Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan bir

qatorda Advokatlar palatasi qoshida ham malaka oshirish kurslarini tashkil qilish

zarurati mavjud.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

215

O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunining 3

-moddasida

oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini
beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi
O‘zbekiston Respublikasida advokat bo‘lishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Qonunning 7

-

moddasiga asosan, advokat o‘z bilimlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishi,

Advokatlar palatasi tomonidan belgilangan tartibda uch yilda kamida bir marta kasbiy
malakasini oshirishi shartligi belgilangan. Shuningdek, ushbu qonuning 122-moddasiga
muvofiq, advokatlarning kasbiy tayyorgarligi va malaka oshirishini tashkil etish

Advokatlar palatasining asosiy vazifasi sifatida ko‘rsatilgan.[6]

Ammo, bugungi kunda qonunchilikda advokatlarni kasbiy tayyorgarligini tashkil

etish Advokatlar palatasining asosiy vazifasi sifatida ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramay, uni

qanday amalga oshirilish tartibi qonun yoki qonunosti hujjatlarida nazarda tutilmagan,

amaliyotda ham kasbiy tayyorgarlikka yo‘naltirilgan kurslar mavjud emas.

Xorijiy davlatlar tajribasiga yuzlanadigan bo‘lsak, Rossiya Federatsiyasida

“Advokatlar va advokat stajyorlarini kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlashning yagona
metodikasi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan [7], advokatlar va yuridik stajyorlarni

tayyorlashning asosiy vazifalaridagi, shuningdek, yuridik amaliyotda turli tajribaga ega

bo‘lgan advokatlarni tayyorlashning kasbiy darajasidagi farqlar, o‘quv jarayonini
samarali tashkil etish zarurati ularning quyidagi guruhlarga bo‘linishiga olib keldi:

1) 1 yilgacha yuridik tajribaga ega bo‘lgan advokatlar;

2) 1 yildan ortiq yuridik tajribaga ega advokatlar;
3) stajyor yuristlar.

Mazkur Nizomga asosan, 1 yilgacha yuridik tajribaga ega bo‘lgan advokatlar

“Kasbga kirish” dasturi bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining Advokatlar palatasi
tomonidan kamida 30 soat davomida tashkil etilgan majburiy treningdan o‘tadilar.

Shuningdek, 1 yildan ortiq yuridik tajribaga ega bo‘lgan advokatlar Rossiya

Federatsiyasining ta’sis subyektining advokatlar palatasi tomonidan tashkil etilgan
“Advokatlarni malakasini oshirishning umumiy dasturi” bo‘yicha yiliga kamida 20 soat
yoki har besh yilda 100 soat majburiy ta’lim oladilar.

N.P. Ogoryova nomidagi Mordoviya davlat universitetining yuridik fakulteti,

jinoyat protsessi, odil sudlov va prokuror nazorati kafedrasi qoshida yosh advokatlar

maktabi o‘z faoliyatini boshladi hamda ish staji besh yilgacha bo‘lgan talabgor

advokatlarga kasbiy malakasini oshirish imkonini taqdim etdi [8].

Malaka oshirish kurslarida talabgorlar ustidan muayyan nazoratni amalga oshirish,

jumladan, darslarda davomat yuritish, turli topshiriqlar berish, amaliy mashg‘ulotlardagi
ishtirokni ta’minlash, individual vazifalar berish, yakka test nazoratlarini o‘tkazish va
boshqalarni ijobiy sifatiga ega deb baholasa bo‘ladi.

Mazkur yuridik fakultetda 2015-yil dekabr oyida besh yilgacha ish stajiga ega

yuristlar uchun 72 soatlik malaka oshirish kurslari o‘tkazilgan. Mashg‘ulotlar “Jinoyat

-

protsessual, odil sudlov va prokuror nazorati” kafedrasining katta amaliy tajribaga ega
bo‘lgan professor

-

o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan. Mashg‘ulotlar davomida

ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha tinglovchilarning mustaqil pozitsiyalarni
shakllantirishga yordam beradigan zamonaviy, interfaol o‘qitish usullaridan

foydalanilgan. Xususan, sud majlisidan parchalar tinglash va uni tahlil qilish, aniqlangan

huquqbuzarliklar bo‘yicha advokat pozitsiyasidan kelib chiqqan holda dalolatnomalar
tuzish, sud muhokamasi ishtirokchilari bilan ziddiyat mavjud bo‘lgan taqdirda xatti

-


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

216

harakatlar modelini ishlab chiqish va boshqalar. Tinglovchilarga jinoyat ishi

materiallarini o‘rganish, qarama

-qarshiliklarni aniqlash, mavjud dalillarni baholash,

himoyachi yoki vakillik huquqini himoya qilish pozitsiyasini ishlab chiqish va bir qator
protsessual hujjatlarni (shikoyat, ariza, iltimosnoma) tuzish, advokatning himoya nutqini
ishlab chiqish taklif qilindi.

Yaponiyada esa, advokat bo‘lish uchun talabgorlar yuridik fakultetni tamomlab,

Yagona malaka imtihonidan o‘tish talab etiladi. Advokat, sudya yoki prokuror bo‘lish
uchun imtihon bir xil bo‘ladi. Ushbu tizim o‘rnatilganiga o‘n yildan oshgan bo‘lib, har yili

bir yarim mingga yaqin yuridik fakultet bitiruvchilariga imtihon topshirishga ruxsat

beriladi, biroq ularning faqat uchdan bir qismi to‘rt kun davom etadigan va muayyan
huquqiy vaziyatlarga javob berishni o‘z ichiga olgan imtihondan muvaffaqiyatli o‘ta oladi.
Imtihonda har bir kun turli huquq sohasiga bag‘ishlangan bo‘lib, to‘rtinchi kuni yakuniy
sinov bo‘lib o‘tadi. Yagona imtihondan o‘tganlar bir yillik stajirovkaga yuboriladilar.
Stajyor ikki oy davomida sud, prokuratura va advokatura tizimida ishlaydi, so‘ngra olti oy
davomida Oliy sud huzuridagi Milliy yuridik institutida tashkil etiladigan ma’ruzalarda

bilimlarini orttiradilar.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, advokatlarning kasbiy tayyorgarligi va malakasini

oshirish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etib, mazkur sohalarni zamon talabidan
hamda xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda takomillashtirish davlat va

jamiyat oldida turgan muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

https://lex.uz/ru/docs/-6600413

2.

Шигурова Е.И. Формы и методы повышения квалификации адвокатами.

Мир науки и образования. 2016. №3(7)

3.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.

https://lex.uz/ru/docs/6257288#6265801

4.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,

29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son

https://lex.uz/ru/docs/-4987967

5.

https://paruz.uz/uploads/2024/01/2024-uz.pdf

6.

O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni Qonunchilik

ma’lumotlari milliy bazasi, 03/24/911/0142

-son; 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son

7.

https://fparf.ru/documents/fpa-rf/the-documents-of-the-council/the-

regulation-on-a-uniform-methodology-of-professional-training-and-retraining-of-
lawyers-and-train/

8.

Соткова В.В. Школа молодых адвокатов на юридическом факультете

Мордовского госуниверситета //Адвокатура в Республике Мордовия. 2016. №3. С. 51.

Библиографические ссылки

Шигурова Е.И. Формы и методы повышения квалификации адвокатами. Мир науки и образования. 2016. №3(7)

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. https://lex.uz/ru/docs/6257288#6265801

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son https://lex.uz/ru/docs/-4987967

O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03/24/911/0142-son; 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son

Соткова В.В. Школа молодых адвокатов на юридическом факультете Мордовского госуниверситета //Адвокатура в Республике Мордовия. 2016. №3. С. 51.