Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Methodology for developing logical thinking skills in
chemical assignments and solving tasks for academic
lyceum students
Zavkiddin NIGMATOV
Academic Lyceum of Animal Husbandry and Biotechnology, Samarkand State University of Veterinary
Medicine
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
This article examines issues that enhance logical thinking in
chemistry education, focusing on academic lyceum teachers'
challenges in developing students' thinking skills and cognitive
characteristics. It discusses the progression from concrete to
abstract logical thinking, highlighting the importance
of innovative technologies to foster logical thinking skills.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss10/S-pp21-25
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
logical thinking,
Haitian issues,
problematic situations,
representation,
imagination,
objective reality,
innovative technologies,
perception,
analysis.
Akademik litsey o‘quvchilarining kimyo fanidan mashq va
masalalar yechishda mantiqiy fikirlash ko‘nikmasini
rivojlantirish metodikasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
mantiqiy fikrlash,
haytiy masalalar,
muammoli vaziyatlar,
tasvirlash,
tasavvur,
ob'ektiv voqelik,
Maqolada
kimyo
ta’limida
mantiqiy
fikrlashni
rivojlantiradigan
masalalardan
akademik
litsey
o'qituvchilarning mantiqiy
fikrlash ko’nikmasini shakllantirish
masalalari va o'quvchilarining fikrlash xususiyatlari ko'rib
chiqiladi. Tafakkurning aniq tafakkurdan mavhum mantiqiy
tafakkurga o'tish ketmaketligi asoslanadi, mantiqiy fikrlash
1
Lecturer, Academic Lyceum of Animal Husbandry and Biotechnology, Samarkand State University of Veterinary
Medicine.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
22
innovatsion texnologiyalar,
idrok,
tahlil.
ko'nikmalarini
rivojlantirish
jarayonida
innovatsion
texnologiyalardan foydalanish zarurligi ta'kidlanadi.
Методика развития навыков логического мышления
при химических заданиях и решении задач у учащихся
академического лицея
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
логическое мышление,
гаитянские проблемы,
проблемные ситуации,
репрезентация,
воображение,
объективная реальность,
инновационные
технологии,
восприятие,
анализ
.
В статье среди вопросов, способствующих развитию
логического мышления в химическом образовании,
рассматриваются вопросы формирования умений и
особенностей
мышления
студентов,
с
которыми
сталкиваются учителя академического лицея. Обоснована
последовательность перехода от конкретного мышления к
абстрактно
-
логическому и подчеркнута необходимость
использования инновационных технологий в процессе
развития навыков логического мышления
.
So’nggi yillarda mamlakatda ta’lim
-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini
oshirish,
o’quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko’nikmalarni
shakllantirish,
ta’lim tizimlari
hamda ilm-
fan sohasi o’rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani,
ta’limning uzviyligi va
uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga
oshirilmoqda.Bugungi kunda mantiqiy fikrlash har bir sohada muhim ahamiyat kasb
etmoqda, shuningdek
ta’lim tizimida ham. Mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini egallash inson
uchun eng muhim hisoblanadi, chunki mantiqiy fikrlash bilan u ob'ektiv voqelikni
tushunishda katta muvaffaqiyatlarga erishishi va shaxs sifatida muvaffaqiyat qozonishi
mumkin.
Agar o'quvchilarning mantiqiy fikrlash ko’nikmasini rivojlantirishga tegishli e'tibor
berilmasa, u holda ular o'zlarining muhim xususiyatlarini ob'ektlar va ularni tasniflashini
aniqlay olmaydilar.O'rganishning keyingi bosqichlarida o'quvchilarda nafaqat individual,
balki umumlashtirilgan xususiyatlarni ham aniqlash ko'nikmalari shakllanadi.
Mantiqiy fikrlash
–
nafaqat o‘quvchining fikrlash qobiliyatini, balki izchil va to‘g‘ri
mulohaza yuritish, insonlarning kundalik faoliyatida, munosabatlarida tartibli, aniq, asosli
mantiqiy o‘ylay olishi tushuniladi.
Mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish mezonlari:
•
Tafakkurning mustaqilligi;
•
O‘quv materialini o‘zlashtirishning tezligi va mustahkamligi;
•
Standart bo‘lmagan vazifalarni hal
qilishda zehn (fikrlashning) tezligi;
•
O‘rganib chiqilayotgan huquqiy vaziyat mazmuniga chuqur kirib
boorish (muhim
bo‘lgan nazariyani muhim bo‘lmagan nazariyadan ajrata bilish);
•
Fikrlashdagi tanqidiylik.
Bugungi kunda tadqiqotchilar tomonidan har bir samaradorlik darajasining
xususiyatidan kelib chiqib, quyidagi mezonlar ajratib ko‘rsatilmoqda:
yuqori
daraja
–
mantiqiy
fikrlashga
yo‘nalganlik,
moslashuvchanlik,
fikrlashning ravonligi, ratsionalizatorlik ko‘nikmasining mavjudligi, mantiqiy
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
23
fikrlash qobiliyatlarini rivojlanganlik sifatlarining shakllanganligi, sifat masalalarini
е
chish malakasining shakllanganligi;
o‘rta daraja
–
mantiqiy fikrlashga nisbatan ongli munosabatning tarkib
topganligi, mantiqiy fikrlashga oid nazariy bilimlarning o‘zlashtirilganligi, aktivlik,
tashabbuskorlik, yaratuvchanlik ko‘nikmalarining shakllanganligi;
past daraja
–
fikrlashga moyillikning yo‘qligi, passiv ishtirokning mavjudligi,
o‘z
-
o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan ishtiyoqning pastligi.
O‘quvchilarning muammoli vaziyatni tushunishlari, uning kelib chiqishi sabablari
hamda nimalarga, qanchalik darajada bogʻliqligini idrok qila olishlari natijasida hosil
boʻladi. Bunday tushuna olish esa o‘quvchilarga mustaqil ravishda muammoni ifodalay
olish imkoniyatini beradi.Muammoni yechish ta
хminlarini shakllantirishda o‘quvchi
oʻzlashtirgan bilimlari asosida kuzatish, solishtirish, tahlil, umumlashtirish, х
ulosa
chiqarish kabi aqliy faoliyatlarni bajaradi.
Aqliy faoliyatdagi asosiy jarayon fikrlash jarayoni boʻlib, fikrlashning sifati uning
mantiqiyligi, mustaqilligi, ijodiyligi, ilmiyligi, asosliligi, uzviyligi, tejamliligi, maqsadliligi,
tezligi, tahliliyligi, qiyosiyligi, umumlashtirilganligi,
х
ususiylashtirilganligi, kengligi,
chuqurligi, ishonarliligi, realligi, haqqoniyligi darajasi bilan belgilanadi. Shunga koʻra
o‘quvchilarda muammoni sezish, uni aniqlash, yechimiga doir taхminni toʻgʻri belgilash va
yechimning toʻgʻriligini tekshirish qobiliyatlari
rivojlanib boradi.
Amaliy faoliyat muayyan o‘quv jarayoni yoki layoqatning mahsuli hisoblanadi.Ta’lim
mazmunini kompetensiyaviy yondashuv asosida loyihalashda o‘quvchilarning amaliy
ko‘nikmalarini rivojlantirish asosiy maqsad sifatida belgilanishi lozim.
O‘qitishning asosiy muammosi ̶
bu muammoli vaziyatni yaratish, mazkur vaziyatni hal
etish jarayonida o`quvchilar ilmiy bilish mantiqi va ilmiy tadqiqot metodologiyasi
haqidagi g‘oyalarini shakllantirishi, bu esa o`quvchilarning ilmiy
-tadqiqot faoliyatiga
yo‘naltirilganlik, faoliyatlilik va motivatsion tarki
biy qismlarini shakllantirishga yordam
beradi.
O`quvchilarning kimyo fanidan
mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini
rivojlantirishga doir
topshiriqlar keltirilgan.
1.
Gulxayri ma’nosni bildiradigan mineral tarkibida metallning massa ulushini
aniqlang?
2.
a)binar kislorod birikmalar; b)binar vodorodli va binar kislorodli birikmalar
o‘zaro reaksiyaga kirishadimi? Asosli javob bering. D.I.Mendeleyev davriy sistemaning
ikkinchi va uchinchi davir elementlari misolida, mumkin bo‘lgan neytrallash, hamda
oksidlanish-qaytarilishreaksiya tenglamalarini yozing.
3.
Temir (II)-sulfiddan vodorod sulfid olishda nitrad kislotadan foydalansa
bo‘ladimi? Vodorod sulfidni sulfat kislota orqaali o‘tkazib quritish mumkin? Javoblarni
reaksiya tenglamalari orqali tasdiqlang.
4.
labaratoriyaga “qo‘rg‘oshin qog‘oz” (qo‘rg‘oshin atsetat eritmasi shimdirilgan
qog‘oz) kiritilgandan biroz vaqt o‘tib, u qorayib qoldi. Bu lobaratoriyada qanaqa gaz
borligidan dalolat beradi? Nima uchun kumish va mis buyumlar ochiq havoda qorayadi?
Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
5.
Ozon aralashgan kislorod kaliy yodid eritmasi orqali o‘tkazilganda, eritma rangli
holatga o‘tib, gazning hajmi o‘zgarmaydi. Xuddi shu ozon aralashgan kislorod vodorod
peroksid eritmasi orqali o‘tkazilsa, gazning hajmi ortadi, hosil bo‘lgan suyuqlik kaliy y
odid
eritmasi bo‘lmaydi, ifodalangan jarayonlarni tushuntiring, reaksiya tenglamalarini yozing.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
24
6.
Qo‘shimchalarni aniqlashning kimyoviy usullarni taklif eting: a) kisloroddagi ozon:
b)korbanat angidriddagi sulfid angidrid: d)suyultirilgan sulfat kislotadagi sulfit kationi; e)
bariy sulfatdagi karbonatni. Reaksiya tenglamalarini yozing
7.
Ikki yosh kimyogarlar kaliy sulfid va kaliy bixromatlarning o‘zaro tasirlashishini
kuzatdi. Birinchisi suyultirilgan sulfat kislotada erimaydigan, lekin qizdirilganda
konsentirlangan nitrad kislotada eriydigan cho‘kma, ikkinchisi suyultirilgan suyultirilga
n
sulfat kislotada qisman eriydigan cho‘kma olishdi. Kuzatuvlar turli natija berganligini
isbotlab bering. Reaksiya tenglamalarini yozing.
8.
Molekular massalari bir xil bo‘lgan, ikkita oddiy modda A gaz va sariq rangli B
kristall modda reaksiyaga kirishganda, hajmi reaksiyaga kirishgan A gaznikiga teng,
nisbiy zichligi A gazga nisbatan 2 ga teng bo‘lgan C gaz hosil bo‘ldi. C gazning suvli eri
tmasi
lakmusni qizil rangga bo‘yashi aniq bo‘lsa, A,B,C moddalarni aniqlang. Reaksiya
tenglamasini yozing.
9.
Ikkita A va B moddalar aralashtirilganda S gazni hosil qildi. A ga bariy karbonat
qo‘shilganda, ohakli suvni loyqalantiradigan va S gazni hosil qiladi. A ga ariy korbanat
qo‘shilganda, ohakli suvni loyqalantiradigan va S ga nisbatan zichligi 1,57 ga teng bo‘lgan
D gaz ajralib, E tuz hosil bo‘ldi. B ga E tuz qo‘shilganda oq cho‘kma tushdi. A
-E
moddalarning mumkin bo‘lgan tformulalarini taklif etib, reaksiya tenglamalarini yozing.
Nils Bor 1922 yilda atom tuzilish nazariyasini yaratgani uchun Nobel mukofotiga
sazovor bo’lgan. Ikkinchi jahon urushi davrida nemislar Daniyani bosib olganida Bor
medalni dushman qo’liga tushmasligi uchun yo’q qildi. Bunda u qanday usuldan
foydalangan? (
Shoh arog’ida eritgan).
1934 yilda Bor Kopengagenni tark etishga majbur bo’lgan, lekin Borning qo’lida
yana ikkita antifashistlar, nemis fiziklari- Jeyms Frank va Maks fon Lauellarning Nobel oltin
medallari bor edi. U bu medallarni qanday asragan?
Javob variantlari:
a)
ularni alyuminiy bo’yog’i bilan qoplagan;
b)
shoh arog’ida eritgan;
c)
shokolad bilan qoplagan.
Javob:
Nils Bor ularni shoh arog’ida eritib, shishaga solib, uni chang bosgan boshqa
shishalar orasiga joylashtirib ketgan.Nemislar laboratoriyaga kirib, hech narsa
topolmaganlar.Urushdan keyin o’z laboratoriyasiga qaytgan Bor, avvalo, qimmatbaho
shishani topib, eritmadan oltinni ajratib olib, ikkala medalni ham qaytadan tayyorlatgan.
Kimyoda “quruq
spirt” degan
atama bor. Uni boshqacha
qilib “quruq
yoqilg‘i” deb
ham ataladi. "Quruq spirt"
–
bu urotropine yoki geksametilentetramin (CH
₂
)
6
N
₄
ning oz
miqdordagi paraffin bilan aralashmasi
bo‘lib, uni
formaldegid (HCHO) va ammiak (NH
3
)
aralashmasini vakuumda
bug‘latish
yo‘li
bilan olinadi:
6HCHO + 4NH
3
= (CH
₂
)
6
N
₄
+ 6N
₂
O
Birinchi marta ushbu modda Butlerov tomonidan 1860 yilda sintez qilingan. U
shirin ta’mli oq kristall modda bo‘lib, yonganda sarg‘ish
-
ko‘k alanga berib yonadi (etil
spirti kabi).Yongandan keyin kul qolmaydi, sababi, barcha yonish mahsulotlari gaz holatda
hosil bo‘ladi va bug‘lanib ketadi:
(CH
₂
)6N
₄
+ 9O
₂
= 6CO
₂↑ + 2N₂↑ + 6H₂O↑
Urotropinning haqiqiy spirtlarga aloqasi yo‘q (uni spirt kabi suvga aralashtirib ichish
xavfli!).Yoqilg‘I sifatida quruq spirt juda qulay: u oson yonadi, yonayotgan vaqtda
ustinimetall qopqoq bilan yopilsa oson o‘chadi. Shuning uchun u laboratoriyalarda,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
25
sayohatlarda olov yoqish uchu ishlatiladi. Saqlash paytida uni namlikdan himoya qilish
kerak.
Topshiriq:
Qorong‘u joyda quruq spirt, etil spirt va shamni yoqib ko’ring.Qaysi birida
yorug’lik ko’p tarqalishini kuzating?Xulosani o’qituvchingiz bilan muhokama qiling?
Afsonalarda aytilishicha tashqarida o’z ishi bilan mashg’ul bo’lib yurgan yosh
kelinchak zilzila boshlanganini va tog’ ko’chayotganligini sezib, g’or ichida qolgan yosh
bolasi tomon chopib boradi, bolasini bag’riga boshgach, qulab tushayotgan g’orni ko’tar
ib
qolish uchun bir qo’lini yuqoriga ko’taradi.Shunda mo’jiza ro’y berib ona va bola tosh bo’lib
qotib qoladi.Shundan buyon bu g’or “kelinchak g’ori” nomi bilan ataladi.G’orni ko’tarib
turgan kelinchak timsolidagi bu tosh haykal qanday paydo bo’lgan bo’lis
hi mumkin?
Javob: Tog’larda CaCO
3
CO
2
va H
2
O ta’sirida eruvchan Ca(HCO
3
)
2
ga aylanadi.U esa
harorat
ta’sirida osongina CaCO
3
ga aylanadi.G`orning yuqori qismida sirtqi qismida CaCO
3
uning tagida Ca(HCO
3
)
2
to’planadi.Zilzilada CaCO
3
qavat ochilib Ca(HCO
3
)
2
u pastga
tushadi.Kelinchak kirganda uning tanasida Ca(HCO
3
)
2
CaCO
3
ga aylanadi va kelinchak
haykalga aylanadi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, darslarda o‘quvchi
larning mantiqiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ularda aql sifatlarini, umumiy aqliy qobiliyatlarini
rivojlantirish zarur. N. S. Leytesning koʻrsatishicha, oliy nerv
faoliyati xususiyatlarida
aktivlik va oʻz
-
oʻzini tartibga solishning ayrim shart
-
sharoitlari yashiringan boʻlib, bular
umumiy aqliy qobiliyatlarni tarkib toptirishning muhim ichki shartlaridan biridir.
Oʻqituvchilarda strategik fikr, pedagogik tafakkurni r
ivojlantirish pedagogik
texnologiyalarni qoʻllash va texnologiyalashtirilgan darslarni olib borish pedagogik
mahoratni talab qiladi. Yuqoridagi mantiqiy fikrlashga undaydigan topshiriqalar va mashq,
masalalarni
har bir fan oʻqituvchisi amaliyotga joriy qilsagina mashgʻulot mazmuni
serqirra,
o‘quvchi
lardagi z
ukkolik, hozirjavoblik ko’nikmalarini rijovlantiradi
. Bu bilan
oʻziga, maktabiga, hayotiga, kelajagiga boʻlgan ishonch ortib boradi. Oʻz oʻrnini mustaqil
topadigan, k
o‘
nikma va malakalarini orttirib boradigan kadrlarning milliy tizimi yaratiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Saidov, J., Irsaliyev, F., Temirxolova, B., & Ismoilova, C. (2024). TALABALARNING
BILIM
OLISHGA
BO‘LGAN
QIZIQISHLARINI
OSHIRISH
MUAMMOLARI.
Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в
области управления, 1(2), 134
-137.
2.
O.M.Yoriyev, H.N.Mavlyanov, G’.Q.Shirinov, M.S.Sharipov. Noorganik birikmalarning
kimyoviy xossalari. Buxoro. BuxDU “Ziyo
-
rizograf”, 2006 yil,
-484 b.
3.
M.S.Sharipov, H.N. Mavlyanov, A.R.Hafizov. Kimyodan masala va mashqlar to’plami. (I
qism) Buxoro. BuxDU “ZIyo
-
rizograf”, 2005.
-148 b.
4.
Ahadov M.Sh. Kimyo ta’limidagi uzviylik va uzluksizlikni takomillashtirish
metodikasi.
Monografiya.
–
T.: Imperss Media, 2023.
–
207 b.
5.
Ahadov M.Sh. Kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar. Darslik. –
Navoiy: Navoiy
nashryoti, 2022.
–
350 b.
6.
Ahadov M.Sh. Anorganik kimyo. Darslik.
–
Navoiy: Navoiy nashryoti, 2022.
–
523 b.
