Авторы

  • Жавохир Бобожонов
    Преподаватель, Кафедра конституционного права, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss10/S-pp182-189

Ключевые слова:

естественное право международное право конституция конституционное право права человека исторический метод неотъемлемое право свобода личная неприкосновенность

Аннотация

Данная статья посвящена историческому анализу процесса правового закрепления права на жизнь. Право на жизнь является основополагающим элементом прав человека, и его юридическое оформление формировалось на протяжении длительного исторического периода. Основное внимание в статье уделено исследованию того, как право на жизнь закреплялось в древних правовых системах и как оно защищается в современном национальном и международном законодательстве.

Цель исследования — раскрыть исторические пути развития права на жизнь и оценить подходы, применяемые сегодня для его защиты. В работе использован историко-правовой метод, с анализом исторических документов, конституций различных государств и международных правовых актов. В результате проведенного анализа выявлено, как право на жизнь формировалось на основе норм, принятых в разные эпохи, и какие механизмы защиты его поддерживали.

Основные выводы статьи показывают, что процесс юридического закрепления права на жизнь был тесно связан, с одной стороны, с взглядами ученых и их теоретическим вкладом, а с другой стороны — с влиянием международных правовых норм. Статья представляет значительный интерес не только для юристов и исследователей, но и для специалистов, работающих в сфере защиты прав человека, а также для лиц, занимающихся законотворческой деятельностью. Изучение исторических подходов к правовому закреплению права на жизнь создает основу для более эффективной его защиты в современных правовых системах.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The legal consolidation of the right to life: theoretical and
legal analysis

Javokhir BOBOJONOV

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

15 September 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

This article offers a historical analysis of the legal

consolidation of the right to life. Recognized as a core component

of human rights, the right to life has undergone extensive

development across different historical periods. The article

traces the evolution of protections for the right to life, from
ancient legal systems to contemporary national and

international legislation.

The research aims to uncover the historical pathways of the

right to life and evaluate current approaches to its protection.
Using a historical-legal methodology, the study analyzes

historical documents, national constitutions, and international

legal instruments. This analysis reveals how the right to life has

been shaped by norms across eras and how protective
mechanisms have evolved over time.

The article concludes that the historical consolidation of the

right to life is intertwined with scholarly theories and their

enduring influence, as well as the impact of international legal
standards. This research is valuable not only to legal scholars and

researchers but also to professionals engaged in human rights

protection and legislative practice. By exploring historical
approaches to the legal foundation of the right to life, the study
helps to build a foundation for more effective protection of this

right in modern legal systems.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss10/S-pp242-249

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

natural law,

international law,
constitution,
constitutional law,

human rights,
historical method,
inalienable right,
freedom,

personal inviolability.

1

Lecturer, Department of Constitutional Law, Tashkent State University of Law.

E-mail: bobojavohir06@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

243

Yashash huquqining yuridik jihatdan mustahkamlanishi:

nazariy, huquqiy tahlil

АННОТАЦИЯ

Калит сўзлар

:

tabiiy huquq,
xalqaro huquq,
konstitutsiya,

konstitutsiyaviy huquq,
inson huquqlari,
tarixiy metod,

ajralmas huquq,
erkinlik,
shaxsiy daxlsizlik.

Mazkur maqola yashash huquqining yuridik jihatdan

mustahkamlanish jarayonini tarixiy nuqtai nazardan tahlil

qilishga bag‘ishlangan. Yashash huquqi inson huquqlarining

asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, uni huquqiy jihatdan

mustahkamlash uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida shakllangan.

Maqola, asosan, qadimiy huquqiy tizimlardan tortib zamonaviy

milliy va xalqaro qonunchilikda yashash huquqining qay tarzda

mustahkamlanib kelayotganini o‘rganishga qaratilgan.

Tadqiqotning maqsadi

yashash huquqining tarixiy

rivojlanish yo‘llarini ochib berish va uni himoya qilishning

bugungi kunda qo‘llanilayotgan

yondashuvlarini baholashdir.

Mazkur tadqiqotda tarixiy-

huquqiy yondashuv qo‘llanilgan

bo‘lib, tarixiy hujjatlar, davlatlarning konstitutsiyalari va xalqaro

huquqiy hujjatlar tahlil qilingan. Ushbu tahlil natijasida yashash

huquqining turli davrlarda qabul

qilingan me’yorlar asosida

shakllanganligi

va

uni

himoya

qilishga

qaratilgan

mexanizmlarlarining rivojlanish yo‘llari aniqlangan.

Maqolaning asosiy xulosalari shundan iboratki, yashash

huquqining

tarixiy

mustahkamlanishi,

bir

tomondan,

olimlarning qarashlari, ularning ilmiy-nazariy merosi bilan

chambarchas bog‘liq bo‘lsa, boshqa tomondan, xalqaro huquqiy

me’yorlarning ta’sirida takom

illashgan. Maqola nafaqat

huquqshunoslar va tadqiqotchilar uchun, balki inson

huquqlarini himoya qilish sohasidagi mutaxassislar va

qonunchilik ijrosi faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar uchun ham

muhim ahamiyatga ega. Shu orqali yashash huquqini yuridik

ji

hatdan mustahkamlashda tarixiy yondashuvlarning o‘rganilishi

uning zamonaviy huquqiy tizimlarda yanada samarali himoya

qilinishiga zamin yaratadi.

Юридическое

укрепление

права

на

жизнь:

теоретический и правовой анализ

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

естественное право,
международное право,
конституция,

конституционное право,
права человека,
исторический метод,

неотъемлемое право,
свобода,

личная
неприкосновенность.

Данная статья посвящена историческому анализу

процесса правового закрепления права на жизнь. Право на

жизнь является основополагающим элементом прав
человека, и его юридическое оформление формировалось

на протяжении длительного исторического периода.

Основное внимание в статье уделено исследованию того,

как право на жизнь закреплялось в древних правовых
системах и как оно защищается в современном

национальном и международном законодательстве.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

244

Цель исследования —

раскрыть исторические пути

развития права на жизнь и оценить подходы, применяемые
сегодня для его защиты. В работе использован историко

-

правовой метод, с анализом исторических документов,

конституций различных государств и международных

правовых актов. В результате проведенного анализа
выявлено, как право на жизнь формировалось на основе

норм, принятых в разные эпохи, и какие механизмы защиты

его поддерживали.

Основные выводы статьи показывают, что процесс

юридического закрепления права на жизнь был тесно

связан, с одной стороны, с взглядами ученых и их
теоретическим вкладом, а с другой стороны —

с влиянием

международных правовых норм. Статья представляет
значительный интерес не только для юристов и

исследователей, но и для специалистов, работающих в

сфере защиты прав человека, а также для лиц,

занимающихся законотворческой деятельностью. Изучение

исторических подходов к правовому закреплению права на
жизнь создает основу для более эффективной его защиты в

современных правовых системах.


KIRISH

Yashash huquqi inson huquqlari tizimining eng muhim va ajralmas qismi bo

lib, u har

bir shaxsning hayoti va erkinligini himoya qilishni kafolatlaydi. Bu huquq insonning asosiy va
tabiiy huquqlaridan biri hisoblanadi va zamonaviy huquqiy tizimlarda, shuningdek xalqaro
huquqiy hujjatlarda eng yuqori qadriyat sifatida tan olingan. Yashash huquqining
himoyalanishi nafaqat milliy qonunchilik, balki xalqaro huquqiy mexanizmlar ham
kafolatlanadi, chunki bu huquqning mavjudligi jamiyatning ijtimoiy barqarorligi va huquqiy
davlat tamoyillariga asoslangan rivojlanishini ta

minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yashash huquqining tarixi chuqur ildizlarga ega bo

lib, uning zamonaviy tushunchasi

qadimgi davrlardan boshlab rivojlanib kelgan. Qadimgi jamiyatlarda hayotni himoya qilish,
shaxsiy xavfsizlikni ta

minlash va hayotga tahdid soluvchi omillarni bartaraf etish tamoyillari

mavjud edi. Shu bilan birga, yashash huquqi tushunchasi o

z rivojlanish jarayonida turli

bosqichlarni bosib o

tdi va har bir tarixiy davrda ijtimoiy-siyosiy o

zgarishlar ta

sirida qayta

shakllangan. Qadimgi Rim va Gretsiya huquqiy tizimlarida ham yashash huquqiga oid
me

yorlar shakllanib, jamiyat va davlat tomonidan tartibga solingan. Biroq, aynan shu

davrlarda insonning shaxsiy huquqlarini himoya qilishga emas, balki davlat manfaati va
ijtimoiy tuzumni saqlashga ko

proq urg

u berilgan.

Insonning yashash huquqiga oid zamonaviy yondashuvlar esa XVIII asrda shakllangan

Inson va fuqaroning huquqlari deklaratsiyasi va AQSh Konstitutsiyasi singari muhim huquqiy
hujjatlar asosida rivojlandi. Bu davr inson huquqlarini himoya qilishning yangi bosqichini
boshlab berdi va yashash huquqi davlat himoyasiga olinishi zarurligini belgilab berdi. XX
asrda esa inson huquqlari borasidagi xalqaro huquqiy hujjatlar qabul qilinib, yashash
huquqining xalqaro miqyosda himoyalanishiga asos yaratildi. Xususan, Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi va Fuqarolik va siyosiy huquqlar haqidagi xalqaro pakt yashash
huquqini mustahkamlagan asosiy xalqaro hujjatlar hisoblanadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

245

Bugungi kunda yashash huquqi nafaqat milliy qonunchilikda, balki xalqaro

hamkorlikda ham ustuvor o‘rin egallab, ko‘plab davlatlar tomonidan tan olingan va himoya

qilinadigan huquq sifatida qaraladi. Shu bilan birga, zamonaviy huquqshunoslikda yashash
huquq

ining qonunchilikdagi o‘rni, uni ta’minlash va himoya qilish mexanizmlari hamon

dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu huquqning samarali amalga oshirilishi

uchun davlat tomonidan maxsus huquqiy kafolatlar va mexanizmlar joriy qilinishi talab
etiladi.

Ushbu maqola yashash huquqining tarixiy rivojlanishi, uning yuridik jihatdan

mustahkamlanishi va zamonaviy huquqiy tizimlarda tutgan o‘rnini tahlil qilishga qaratilgan.

Tadqiqot davomida milliy va xalqaro huquqiy hujjatlar, hamda inson huquqlarini himoya
qilishga oid xalqaro shartnomalar tahlil qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadi

yashash

huquqining zamonaviy huquqiy tizimdagi ahamiyatini ko‘rsatish va bu huquqni yanada
samarali himoya qilish uchun xalqaro tajribadan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishdi

r.

Maqola davlatlarning inson huquqlarini ta’minlashdagi mas’uliyatini yanada

kuchaytirish va yashash huquqini yuridik jihatdan himoya qilish sohasida qabul qilinadigan

qarorlar uchun ilmiy asos yaratishga qaratilgan bo‘lib, u huquqshunoslar hamda inson

huquq

larini himoya qilish sohasidagi mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

METODLAR

Ushbu tadqiqotda yashash huquqining yuridik jihatdan mustahkamlanishini tahlil

qilish uchun tarixiy-huquqiy va qiyosiy, yuridik metodlardan keng foydalanildi. Tarixiy-
huquqiy metod orqali yashash huquqining rivojlanish bosqichlari, uning qadimiy davrlardan

zamonaviy huquqiy tizimlargacha bo‘lgan evolyutsiyasi o‘rganildi. Bu usul orqali inson
huquqlari tarixida yashash huquqining turli davrlarda qanday mazmunga ega bo‘lganini tahlil

qilish imkoniyati yaratildi.

Yuridik metod esa milliy va xalqaro huquqiy hujjatlarni, davlatlar konstitutsiyalari va

xalqaro konvensiyalardagi yashash huquqiga oid me’yorlarni tahlil qilish imkonini berdi.
Maqola doirasida milliy va xalqaro huquqiy me’yorlar tahlili orqali yashash huq

uqining

zamonaviy huquqiy tizimlardagi ahamiyati ochib beriladi. Ushbu metodologik yondashuv

yashash huquqining o‘rni, zamonaviy huquqdagi ahamiyati va uni samarali himoya qilish

uchun ilmiy asos yaratish imkonini beradi.

MUHOKAMA VA NATIJALR.

Yashash huquqi

insoniyat tarixida eng qadimgi va eng asosiy huquqlardan biri bo‘lib,

u har bir insonning jismoniy xavfsizligi, shaxsiy mustaqilligi va erkin hayot kechirish
imkoniyatlarini himoya qiladi. Tabiiy huquqlar nazariyasida yashash huquqi davlat va

jamiyatdan mustaqil ravishda mavjud bo‘lib, uni asosan insonning o‘z tabiati, mavjudligi va

aql-

idroki asosida tushunish kerak. Bu nazariya insonning tug‘ma huquqlarini himoya qilish

va ularning erkinliklarini ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Tabiiy huquq nazariyasi qadimgi yunon va Rim falsafasida paydo bo‘la boshlagan.

Qadimgi yunon faylasufi Aristotel tabiiy huquqni o‘z asarlarida “tabiiy adolat” va “tabiiy
sabablar” tushunchalari orqali tushuntiradi. U “tabiiy huquq” atamasini to‘g‘ridan

-to

‘g‘ri

ishlatmagan bo‘lsa

-da, odamlarning tabiatidan kelib chiqadigan adolat va odil amallarni

alohida ta’kidlaydi.[1] Keyinchalik Rim huquqi ham tabiiy huquq tushunchasini rivojlantirib,

bu huquqlarni insoniy ongi va axloqiy qoidalarga asoslangan holda muhokama qiladi.

O‘rta asrlarda, ayniqsa Xristianlik va Islom falsafasi rivojlanishi bilan tabiiy huquqlar

yanada chuqurroq tushuntirilgan. Misol uchun, mashhur islom huquqshunosi Abu Mansur al-
Moturudiy insonlarning yashash huquqi, adolat va haqli hayot kechirish huquqi haqida


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

246

yozgan.[2] Shu bilan birga, Xristianlik ta’limotidagi Tomas Akvinskiy tabiiy huquqlarni
Xudoning irodasidan kelib chiqadigan deb hisoblaydi va ularni insonning hayotiga qo‘l urish
mumkin emasligi haqida ta’kidlaydi. Bu qarashlarning hammasi bir nuqtada ins

onning tabiiy

huquqlari, jumladan, yashash huquqini hurmat qilish va muhofaza qilish zarurligini
anglatadi.[3]

Tabiiy huquqlar nazariyasini aniq tushuntirib bergan va uni keng ommalashtirgan

faylasuflar qatorida Gugo Grotsiy, Jon Lokk va Tomas Gobbs kabi mutafakkirlar bor. Gugo

Grotsiy “De Jure Belli ac Pacis” asarida tabiiy huquqlarni qo‘llab

-quvvatladi va yashash huquqi

haqida, ya’ni insonning o‘z hayotini himoya qilish huquqi haqida qimmatli fikrlarni ilgari
surdi.[4] U tabiiy huquqlarni davlat va jamiyatdan mustaqil holda mavjud bo‘lishini
ta’kidlaydi. Grotsiy fikriga ko‘ra, bu huquqlar Xudo yoki axloqiy asoslar

dan kelib chiqadi va

ular hech qachon odamlar tomonidan bekor qilinishi mumkin emas.

Jon Lokk esa “Ikkinchi hukumat risolasi” asarida yashash huquqi, mulk va erkinlik

huquqlarini eng muhim tabiiy huquqlar sifatida e’tirof etdi. U davlatni insonning tabiiy
huquqlarini himoya qiluvchi bir mexanizm sifatida ko‘radi va davlatning vazifasi inso

nning

yashash huquqini ta’minlash ekanligini ta’kidlaydi. Lokkning fikricha, agar davlat inson
huquqlarini buzsa yoki ularga tahdid solsa, fuqarolar davlatni o‘zgartirish huquqiga ega
bo‘lishi kerak. Bu fikr, asosan, keyinchalik demokratiyaning rivojlanish

iga va inson

huquqlarini himoya qilish konsepsiyasining shakllanishiga katta hissa qo‘shdi.[5] [6]

Tomas Gobbs esa “Leviathan” asarida tabiiy huquqlar va davlat o‘rtasidagi

munosabatni tushuntiradi. Gobbsning fikricha, insonning tabiiy holati “hamma hamma bilan
urushda” bo‘lgan holatdir. Shuning uchun, insonlar o‘z xavfsizliklarini ta’minlash va yashash

huquqini himoya qilish maqsadida ijtimoiy shartnoma tuzib, davlat tashkil qilishadi. Gobbs

uchun davlat insonlarni himoya qiluvchi bir vosita sifatida muhim rol o‘ynaydi va yashash

huquqining kafolatlanishi uchun davlat boshqaruvi zarur deb hisoblaydi.[7][8]

Yashash huquqi insonning tabiiy huquqi sifatida hamisha o‘

ta muhim hisoblangan.

Tabiiy huquq nazariyasi yashash huquqini insoniyatning eng asosiy va zaruriy huquqi sifatida

ko‘radi. Yashash huquqi nafaqat insonning jismoniy mavjudligini, balki uning ruhiy va
ma’naviy o‘sishini ham kafolatlaydi. Shuningdek, yashas

h huquqi boshqa huquqlar va

erkinliklarning ham asosidir. Chunki agar insonning yashash huquqi hurmat qilinmasa, u

holda boshqa huquqlar ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Shu bois yashash huquqi tabiiy huquqlar
tizimining o‘zagi va markazida turadi. [9]

Yashash huquqining asosiy falsafiy jihatlari o‘z

-

o‘zini himoya qilish, shaxsiy erkinlik va

mavjudlik huquqlaridan iborat. Bu jihatlar orqali yashash huquqi insonning o‘ziga va uning

atrof-

muhitiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishini talab qiladi.

Yashash huquqi

insonning ijtimoiy hayotda faol qatnashishi, jamiyatga o‘z hissasini qo‘shishi va o‘zini
rivojlantirishi uchun zarur huquq sifatida qaraladi. Ushbu huquqni qo‘llab

-quvvatlash orqali

davlat va jamiyat insonni ko‘proq qadrlaydi va insoniy muno

sabatlarni hurmat qiladi.

Bugungi kunda yashash huquqi xalqaro huquqning ham asosiy qismi hisoblanadi va bu

huquqni himoya qilish xalqaro huquqning asosiy vazifalaridan biridir.

Yashash huquqi xalqaro huquqiy tizimda eng oliy qadriyat sifatida tan olingan. Buning

sababi shundaki, yashash huquqi insonning boshqa barcha huquqlari va erkinliklarining asosi

bo‘lib, ularning mavjudligi va amalda qo‘llanilishi uchun zarur shartdir. Bu h

uquq nafaqat

insonning jismoniy salomatligi, balki uning ruhiy va ijtimoiy hayotining muhimligini
ifodalaydi. Xalqaro hamjamiyat ushbu huquqni hurmat qilish va himoya qilish uchun bir qator


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

247

xalqaro hujjatlar qabul qilgan bo‘lib, ular orqali barcha davlatlardan yashash huquqiga rioya

qilish va uni buzilishlardan himoya qilish talab etiladi.

Yashash huquqi xalqaro huquqiy tizimda dastlab 1948-yilda qabul qilingan Birlashgan

Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida mustahkamlangan.
Ushbu hujjatning 3-

moddasida “Har bir inson yashash, erkinlik va shaxsiy xavfsizlik huq

uqiga

ega” deb qayd etilgan. Bu deklaratsiya inson huquqlarini xalqaro miqyosda tan olishning
dastlabki hujjatlaridan biri bo‘lib, unda yashash huquqi barcha insonlar uchun ajralmas va
teng ravishda berilgan tug‘ma huquq sifatida e’tirof etiladi.[10]

1966-

yilda qabul qilingan “Fuqaroviy va siyosiy huquqlari to‘g‘risida”gi xalqaro pakt

yashash huquqining xalqaro huquqiy majburiyat sifatida mustahkamlanishida muhim rol

o‘ynaydi. Ushbu paktning 6

-

moddasi yashash huquqini “ajralmas huquq” sifatida belgilab

,

davlatlardan bu huquqni hurmat qilish va uni himoya qilish choralarini ko‘rishni talab etadi.

Xalqaro paktning ahamiyati shundaki, u davlatlar uchun majburiy xususiyatga ega va unga

qo‘shilgan davlatlar yashash huquqini himoya qilish bo‘yicha xalqaro majburiyatni o‘z

zimmalariga oladilar.[11]

Inson huquqlari xalqaro pakti 6-

moddasi quyidagi qoidalarni o‘z ichiga oladi:

Insonning yashash huquqi ajralmas huquqdir, va hech bir insonning bu huquqi

noqonuniy ravishda cheklanishi yoki buzilishi mumkin emas.

Davlatlar yashash huquqini himoya qilish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rishi

kerak va insonlarni noqonuniy o‘limdan himoya qilish majburiyatiga ega.

O‘lim jazosi masalasi: Ushbu modda o‘lim jazosi qo‘llanadigan davlatlar uchun ham

ushbu jazoni

cheklangan holda qo‘llashni talab etadi, xususan, og‘ir jinoyatlar uchun va

adolatli sudlov jarayoniga rioya qilgan holda.

Ushbu moddaning qabul qilinishi xalqaro hamjamiyat tomonidan yashash huquqining

muhimligi va uning buzilishidan himoya qilish zarurligini anglatgan. Shuningdek,
davlatlardan yashash huquqini buzmaslik va insonlarni himoya qilishni talab etadi.

Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya (1989) yashash huquqini bolalar uchun

maxsus himoya qilishni talab etadi. Konvensiyaning 6-

moddasida “har bir bola yashash

huquqiga ega” deb belgilangan va davlatlardan ushbu huquqni ta’minlash uchun maxsus

choral

ar ko‘rish talab etiladi. Ushbu hujjat bolalarning yashash huquqini nafaqat jismoniy

xavfsizlik, balki ruhiy va ijtimoiy rivojlanish nuqtai nazaridan ham qo‘llab

-

quvvatlashni ko‘zda

tutadi. Konvensiya davlatlardan bolalarning yashash huquqini to‘liq ta’min

lash, ularning

o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur shart

-sharoitlarni yaratishni talab qiladi.[12]

Bolalar huquqlari konvensiyasi xalqaro miqyosda keng tan olingan va aksariyat

davlatlar ushbu hujjatga qo‘shilib, bolalar huquqlarini himoya qilishni o‘z zimmalariga olgan.

Ushbu konvensiyaning qabul qilinishi bolalar yashash huquqining xalqaro miqyosda
muhimligini tasdiqlaydi va davlatlarni bu huquqni buzilishidan himoya qilish majburiyatini
kuchaytiradi.

“Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki

qadr-

qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi” konvensiya ham yashash huquqini himoya

qilish borasida muhim xalqaro hujjatlardan biridir. Ushbu konvensiya insonni har qanday
qiy

noq, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr

-qimmatini tahqirlovchi munosabatlardan himoya

qilishni talab etadi. Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz,

g‘ayriinsoniy yoki qadr

-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi konvensiya xalqaro

miqyosda inson qadr-qimmatini himoya qilish va ularning yashash huquqini tahdidlardan
himoya qilish maqsadida qabul qilingan.[13]


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

248

Ushbu konvensiya davlatlarga shaxsning jismoniy va ruhiy xavfsizligini ta’minlashni,

har qanday qiynoq va shafqatsiz munosabatlardan himoya qilishni talab etadi. Ushbu hujjat

yashash huquqini to‘liq himoya qilishning bir qismi sifatida qaraladi, chunki qiy

noqlar

insonning yashash huquqiga tahdid solishi mumkin va insonning jismoniy hamda ruhiy
holatini buzadi.

Zamonaviy xalqaro huquqiy tizimda yashash huquqi ajralmas huquq sifatida

mustahkamlangan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro
tashkilotlar yashash huquqini buzilishidan himoya qilish uchun bir qator dasturlarni amalga
oshirmoqda. Shu bilan birga, xalqaro hujjatlar davlatlarga bu huquqni buzmaslik va

fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash majburiyatini yuklaydi. Inson huquqlari bo‘yicha

Yevropa sudi, Xalqaro jinoiy sud kabi xalqaro tashkilotlar yashash huquqi buzilishiga oid

ishlarda huquqiy himoya va adolatni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Yevropa inson huquqlari konvensiyasi va unga qo‘shilgan davlatlar yashash huquqini

o‘z fuqarolariga kafolatlab beradi va ushbu huquqni buzgan davlatlarga qarshi chora

-tadbirlar

ko‘radi. Shu bilan birga, Amerika inson huquqlari konvensiyasi, Afrika inson va

xalqlar

huquqlari xartiyasi kabi boshqa xalqaro hujjatlar ham yashash huquqini ta’minlashga

qaratilgan.

XULOSA

Yashash huquqining tabiiy huquq va tarixiy huquqiy rivojlanishlar orqali yuridik

mustahkamlanishi uning xalqaro va milliy huquqiy tizimlarda asta-sekin tan olinishi va
himoya qilinishini imkoniyatlarini berdi. Tabiiy huquqning falsafiy ildizlaridan tortib,
zamonaviy konstitutsiyalarning mustahkam qoidalariga qadar yashash huquqi dunyo bo'ylab
huquqiy tizimlarning asosiy tamoyili bo'lib qolmoqda. Shu bilan birga, iqlim o'zgarishi va
texnologiyalar kabi yangi muammolar yashash huquqini himoya qiluvchi mexanizmlarni
takomillashtirishni talab qiladi.

Mazkur maqola yashash huquqining yuridik jihatdan mustahkamlanish jarayonini

tarixiy va huquqiy nuqtai nazardan tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, bu huquqning inson
huquqlari tizimida markaziy o‘rin tutishini yoritishga qaratildi. Yashash huquqi qadimi

y

jamiyatlardan tortib to bugungi kunning zamonaviy huquqiy tizimlarigacha rivojlanib kelgan
va insoniyat tarixida ajralmas asosiy huquqlardan biri sifatida qaralgan. Qadimgi yunon va

Rim huquqiy tizimlarida yashash huquqining ilk tushunchalari paydo bo‘li

b, davlat va jamiyat

tomonidan tartibga solingan. Ammo ushbu davrlarda yashash huquqini himoya qilishning
asosiy maqsadi insonning shaxsiy erkinligi emas, balki ijtimoiy va siyosiy tuzumni saqlashga
qaratilgan edi.

O‘rta asrlarda yashash huquqi diniy qarashlar orqali yanada mustahkamlangan. Foma

Akvinskiy kabi mutafakkirlar yashash huquqini Xudoning irodasidan kelib chiqadigan va

davlat tomonidan hurmat qilinishi zarur bo‘lgan huquq sifatida qaradilar. Yashash huquqi

zamonaviy yondashuvlar asosida shakllanishi XVIII asrda Inson va fuqaroning huquqlari

deklaratsiyasi va AQSh Konstitutsiyasida qo‘yildi, bu esa inson huquqlarini himoya qilishning

yangi davrini boshlab berdi. XIX-XX asrlarda yashash huquqi xalqaro miqyosda tan olingan va
xalqaro huquqiy tizimlarda mustahkamlanishi uchun qator muhim hujjatlar qabul qilindi.

Bugungi kunga kelib, yashash huquqi xalqaro va milliy huquqiy tizimlarda oliy qadriyat

sifatida e’tirof etilib, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Fuqarolik va siyosiy
huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt kabi hujjatlar orqali xalqaro miqyosda himo

ya qilinmoqda.

Ushbu xalqaro hujjatlar davlatlarga yashash huquqini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlar
yuklaydi va fuqarolarining xavfsizligini ta’minlashga da’vat etadi. Shuningdek, Qiynoqlarga


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

249

qarshi konvensiya va Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya kabi hujjatlar yashash

huquqini yanada kengaytirib, barcha yoshdagi insonlar, shu jumladan, bolalar uchun ham bu
huquqni kafolatlash zarurligini belgilaydi.

Maqolaning xulosalari shundan iboratki, yashash huquqi insoniyat tarixida ijtimoiy-

siyosiy rivojlanish bilan chambarchas bog‘liq holda shakllangan. Shu bilan birga, xalqaro
huquqiy me’yorlar orqali yashash huquqi davlatlar tomonidan hurmat qilinishi zarur bo‘lgan

majburiyat sifatida mustahkamlangan. Xalqaro hamjamiyatning hamkorligi va qabul

qilinayotgan huquqiy hujjatlar insonning yashash huquqini himoya qilishda dolzarb o‘rin
tutadi. Mazkur tadqiqotda qo‘llangan tarixiy

-huquqiy va qiyosiy metodlar yashash

huquqining jamiyatda qanchalik muhim o‘rin tutishini va bu huquqning zamonaviy huquqiy
tizimlarda qanday himoya qilinishini ko‘rsatib beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Strauss, Leo. "Natural right and the historical approach." The review of politics 12.4

(1950): 422-442.

2.

Emon, Anver M. “Natural law and natural rights in Islamic law.” Journal of Law and

Religion 20.2 (2005): 351-395.

3. Murphy, Tim. "St Thomas Aquinas and the natural law tradition." Western

Jurisprudence (Dublin, Thomson Round Hall, 2004) (2004): 94-125.

4. Grotius, Hugo. The rights of war and peace: Including the law of nature and of nations.

Cosimo, Inc., 2007.

5. Locke, John. The second treatise of civil government. Broadview Press, 2015.
6. Quabeck, Franziska. John Locke's concept of natural law from the Essays on the law

of nature to the Second treatise of government. Vol. 3. LIT Verlag Münster, 2013.

7. Hobbes, Thomas. "Leviathan." (2022).
8. Carmichael, Donald JC. "The Right of Nature in Leviathan." Canadian journal of

philosophy 18.2 (1988): 257-270.

9. Barnett, Randy E. "Law Professor's Guide to Natural Law and Natural Rights, A."

Harv. JL & Pub. Pol'y 20 (1996): 655.

10. Universal Declaration of Human Rights. https://www.un.org/en/about-

us/universal-declaration-of-human-rights

11.

Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risida. https://lex.uz/docs/

-2640479

12.

Bola

huquqlari

to‘g‘risidagi

konvensiya.

https://www.ohchr.org/en/instrumentsmechanisms/instruments/convention-rights-child

13.

Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki

qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi Konvensiya. https://lex.uz/docs/-2655293

Библиографические ссылки

Strauss, Leo. "Natural right and the historical approach." The review of politics 12.4 (1950): 422-442.

Emon, Anver M. “Natural law and natural rights in Islamic law.” Journal of Law and Religion 20.2 (2005): 351-395.

Murphy, Tim. "St Thomas Aquinas and the natural law tradition." Western Jurisprudence (Dublin, Thomson Round Hall, 2004) (2004): 94-125.

Grotius, Hugo. The rights of war and peace: Including the law of nature and of nations. Cosimo, Inc., 2007.

Locke, John. The second treatise of civil government. Broadview Press, 2015.

Quabeck, Franziska. John Locke's concept of natural law from the Essays on the law of nature to the Second treatise of government. Vol. 3. LIT Verlag Münster, 2013.

Hobbes, Thomas. "Leviathan." (2022).

Carmichael, Donald JC. "The Right of Nature in Leviathan." Canadian journal of philosophy 18.2 (1988): 257-270.

Barnett, Randy E. "Law Professor's Guide to Natural Law and Natural Rights, A." Harv. JL & Pub. Pol'y 20 (1996): 655.

Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risida. https://lex.uz/docs/-2640479

Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi Konvensiya. https://lex.uz/docs/-2655293