Авторы

  • Шарофиддин Хошимжонов
    Исследователь, Андижанский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss10/S-pp573-582

Ключевые слова:

Советская власть рабочий контроль экономическая политика классовая борьба промышленность Туркестана компания «Зингер»

Аннотация

В статье рассматривается политика большевиков по установлению рабочего контроля на предприятиях в процессе национализации промышленных отраслей, начатая после Октябрьской революции 1917 года, в рамках формирования новой социалистической экономики. Установление рабочего контроля представлено как важный этап политики советской власти по национализации промышленности. Отмечается, что на практике рабочий контроль часто приводил к установлению государственного надзора над предприятиями. Особое внимание уделяется правовым основам реализации этой политики, а также анализируются проблемы и противоречия, возникавшие в процессе её проведения, и их влияние на экономическое положение страны. На основании архивных документов и других источников исследуется спад в деятельности предприятий, где был введён рабочий контроль, а также реакция местных владельцев и предпринимателей на эти меры. Выявлены отрицательные последствия данного процесса не только для крупных, но и для средних и малых предприятий.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

From the history of the Soviet government's
implementation of workers' control institute in the
process of liquidating industrial enterprises in Turkestan

Sharofiddin KHOSHIMJONOV

1


Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

15 September 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

The article examines the Bolshevik policy of establishing

workers' control in enterprises as part of the nationalization of

industrial sectors following the October Revolution of 1917,

within the framework of introducing a new socialist economy.

The establishment of workers' control is characterized as a
phase in the Soviet government's policy of industrial

nationalization, substantiating that, in practice, workers'

control meant the establishment of state supervision. The

article assesses the legal foundations created to implement this
policy and the impact of problems and conflicts arising during

the process on the country’s economic condition. Additionally,

using archival documents and other sources, the article

analyzes the decline in the activity of enterprises where

workers' control was introduced and the measures taken by
local property owners and entrepreneurs in response. Negative

consequences of establishing workers' control were identified

not only in large industrial enterprises but also in medium and

small ones.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1

0

/S-pp573-582

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Soviet power,

workers' control,

economic policy,

class struggle,

Turkestan industry,

“Singer” Company.

1

Researcher, Andijan State University. E-mail: sharofiddinhoshimjonov@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

574

Turkistonda Sovet hokimiyatining sanoat korxonalarini

tugatish jarayonida ishchilar nazorati institutini joriy
etishi tarixidan

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Sovet hokimiyati,

ishchilar nazorati,

iqtisodiy siyosat,

sinfiy kurash,

Turkiston sanoati,

Zinger kompaniyasi.

Maqolada 1917-yildagi oktyabr

to‘ntarishidan so‘ng bolsheviklar

yangi sotsialistik iqtisodiyotni joriy etish asnosida sanoat

tarmoqlarini natsionalizatsiya qilishni boshlagani va bu jarayonda

korxonalarda ishchi nazoratini yo‘lga qo‘yish siyosati ko‘rib

chiqilgan. Bunda ishchi nazorati

ning o‘rnatilishi sovet

hokimiyatining sanoatni natsionalizatsiya qilish siyosatining bir

bosqichi sifatida ta’riflangan va amalda ishchilar nazorati davlat
nazorati o‘rnatilishini anglatishi asoslab berilgan. Ushbu siyosatni

amalga oshirishning huquqiy asoslarini yaratilishi, jarayonning

borishidagi muammo va ziddiyatlarning o‘lkaning iqtisodiy ahvoligi

ta’siri baholandi. Shuningdek, maqolada ishchi nazorati o‘rnatilgan

korxonalar faoliyatining orqaga ketishi, mahalliy mulkdor hamda
tadbirkor qatlamning bu

nga qarshi ko‘rgan choralari arxiv hujjatlari

va boshqa manbalar asosida tahlil qilingan. Bu jarayonda sovet

hukumati nafaqat yirik sanoat korxonalari, balki, o‘rta va kichik

korxonalarda ham ishchi nazoratini o‘rnatilishi salbiy oqibatlar

keltirib chiqargani aniqlandi.

Из истории внедрения советской властью в Туркестане

института рабочего контроля в процессе ликвидации
промышленных предприятий

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Советская власть,

рабочий контроль,
экономическая политика,

классовая борьба,
промышленность
Туркестана,

компания «Зингер».

В статье рассматривается политика большевиков по

установлению рабочего контроля на предприятиях в процессе

национализации промышленных отраслей, начатая после

Октябрьской революции 1917 года, в рамках формирования
новой социалистической экономики. Установление рабочего

контроля представлено как важный этап политики советской

власти по национализации промышленности. Отмечается, что
на практике рабочий контроль часто приводил к
установлению государственного надзора над предприятиями.

Особое внимание уделяется правовым основам реализации

этой политики, а также анализируются проблемы и

противоречия, возникавшие в процессе её проведения, и их
влияние на экономическое положение страны. На основании

архивных документов и других источников исследуется спад в

деятельности предприятий, где был введён рабочий контроль,

а также реакция местных владельцев и предпринимателей на
эти меры. Выявлены отрицательные последствия данного

процесса не только для крупных, но и для средних и малых

предприятий.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

575

This study examines the Bolsheviks' efforts to transform the socioeconomic

structure of Turkestan following the October Revolution of 1917. With the central goal of
nationalizing industry and consolidating state power, the Bolsheviks sought to institute

“workers’ control” over enterprises, shifting the means of production into the hands of

the state. This paper investigates the specific challenges and resistance encountered
during the implementation of this policy in Turkestan, where industrial development was
limited, and the local workforce was predominantly unskilled.

The research draws on primary Soviet documents, decrees, and reports concerning

the

introduction of workers’ control, supplemented by secondary analyses of Turkestan’s

industrial and social landscape. Comparative analyses of Bolshevik strategies in Moscow
and Turkestan highlight regional disparities and the effects of centralized policies on
peripheral areas.

The study reveals significant obstacles to establishing workers' control in

Turkestan due to its unique industrial profile and sociocultural context. Although the

central Soviet government implemented policies modeled on Moscow’s expe

riences, they

proved largely ineffective in Turkestan. The local workforce, constituting only 0.35% of
the population, was minimally integrated into revolutionary ideology. Moreover, 77.2%
of this workforce were ethnic minorities with limited exposure to class consciousness or
labor union structures. The seasonal nature of many local industries further constrained

the feasibility of sustained workers’ control.

The Bolshevik approach to implementing workers’ control in Turkestan faced both

practical and ideological challenges, ultimately accelerating the decline of local

industries. These findings suggest that the Soviet attempt to replicate Moscow’s

revolutionary framework in diverse regions failed to account for critical local factors,
leading to economic disruption and social unrest.


KIRISH

1917-

yildagi oktyabr to‘ntarishidan so‘ng bolsheviklar eski ijtimoiy

-iqtisodiy

tizimni yo‘q qilib, yangisini yaratishga kirishdilar. Bunda sovet hokimiyati eng avvalo
iqtisodiyot tarmoqlarini o‘z tasarrufiga olishga int

ildi.

Leninning fikricha, nazariyadan farqli o‘laroq, ishchilar sinfida odatda haqiqiy

inqilobiy ongni shakllantirish imkonsiz, ular kasaba uyushmalari tuzib, iqtisodiy kurash olib
borishlari mumkin, ammo ular talab qiladigan narsa adolatli mehnat sharoitlarini

ta’minlash edi, xolos. Shu sabab u “sinfiy ong ishchilar sinfining o‘zida rivojlana olmaydi, uni
faqat tashqaridan kiritish mumkin”, [1, b. 79] degan xulosaga keladi. Buni esa, sotsial

-

demokrat ishchilar partiyasining bolsheviklar fraksiyasi amalga oshirishga intildi.

Turkiston sanoatining zavod va jihozlarini ishchilar qo‘liga o‘tkazishga

shoshilayotgan mahalliy hukumat o‘z nigohini Moskvaga qaratdi. Rossiya va O‘rta Osiyo
o‘rtasidagi iqtisodiy bo‘shliqni ham, mahalliy sanoatning o‘ziga xos

xususiyatlarini ham

hisobga olmagan holda, u markaziy hukumatning harakatlariga taqlid qilishdan boshqa

narsa qilmadi. [2, b. 256] Harbiy kommunizm siyosati e’lon qilinib, oziq

-ovqat

razvyorstkasi joriy etildi. Razvyorstka sanoat xomashyosiga ham qaratilib, qayerda

bo‘lishidan qat’i nazar davlat foydasiga tortib olish belgilandi.

Korxona egalari o‘z mulkini asrab qolish maqsadida zavodlarni yopishga

kirishdilar, ko‘plab tadbirkorlar ish faoliyatini noma’lum muddatga to‘xtatishga qaror
qildilar. Bu esa, o‘z

navbatida ishchilarning maosh olmasliklariga va oqibatda ta’minotsiz,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

576

pulsiz qolishiga olib keldi. Bolsheviklar markazda korxonalarni ishchilar nazoratiga

o‘tkazish bo‘yicha keng ko‘lamli harakat boshladi, lekin bu Turkistonda samara bermasdi.

Chunki, birinchidan, Turkistonda ishchilar aholining 0.35% foizinigina tashkil qilardi,

ularning 77.2 foizi mahalliy millat vakillari bo‘lib, asosan kam malakali va qora

ishchilardan iborat edi. Bundan tashqari, asosiy sanoat korxonalari paxta tozalash,
pillachilik v

a teri oshlash zavodlari bo‘lib, faqatgina yilning ma’lum bir qismida ishlagan,

boshqa vaqtlarda ishchilar qishloq xo‘jaligida yoki uy xo‘jaliklarida mustaqil ishlaganlar.

Bunday sharoitda nafaqat sinfiy kurashni amalga oshirish, balki, inqilobiy kayfiyat

uyg‘otish ham katta muammo bo‘lgan. O‘lka bolsheviklari korxonalarda ishchi nazoratini
o‘rnatishga katta kuchlarini safarbar qildilar. Leninning fikricha, ishchi nazorati organlari

ishlab chiqarishni boshqarishning eng asosiy, shuningdek, burjuaziyaga qarshi sinfiy
kurashning siyosiy maktabiga aylanishi kerak edi.[3, b.8] Bizningcha, ishlab chiqarish

ustidan ishchilar nazoratini o‘rnatilishi sanoatni natsionalizatsiya qilishni muvaffaqiyatli
o‘tkazishga tayyorgarlik bosqichi sifatida xizmat qilib, eski iqtisodiy tizim o‘rnida barpo

etilayotgan yangi sotsialistik iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va tizimli

tashkil etish yo‘lidagi ilk qadam bo‘ldi.

METODLAR

Berilgan maqolada tarixiy, kontekstual, qiyosiy, manbalar tahlili metodlari

qo‘llanilgan bo‘lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin.

Tarixiy tahlil: Maqola Turkistondagi ishchilar nazoratining tashkil etilishi va sanoat

korxonalarining sotsializatsiya jarayonini tahlil qiladi. Maqolada O‘rta Osiyodagi sanoat

va ishchilarning mehnat sharoitlarini muhokama qilish orqali sotsializm siyosati va uning

jamiyatga ta’sirini tushuntirishga harakat qilingan. Shu orqali sovet hokimiyatining

tadbirkorlar va mulkdorlar sinfiga nisbatan siyosatining natijalari va sabablari

o‘rganiladi.

Kontekstual tahlil: Bu metod Turkistondagi ishchilar nazorati joriy etilishi va

ishchilarning ijtimoiy sharoiti kabi masalalarni o‘sha davrdagi kengroq ijtimoiy va siyosiy
sharoitda o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Maqolada Turkistonda ishchilarning tarkibi, milliy

xususiyatlari

va ularning jamiyatda tutgan o‘rni muhokama qilinadi va bu masalalar sovet

hokimiyatining tadbirkorlar qatlamiga nisbatan olib borgan siyosatini tushunish uchun

asos bo‘lib xizmat qiladi.

Qiyosiy tahlil: Sovet hokimiyatining markazdagi va Turkistondagi siyosiy

harakatlari qiyosiy tahlil qilingan. Turkistonda ishchilar kamligi va mahalliy sanoatning

o‘ziga xosliklari hisobga olinmaganligi masalasi markaziy hukumat siyosati bilan
qiyoslash orqali ta’kidlangan.

Manbalar tahlili: Maqolada sovet davridagi qonunlar, dekretlar, mahalliy

hukumatlar chiqargan qarorlar va ishchilarning murojaatlariga oid manbalarga
tayanilgan. Mazkur manbalar asosida ishchilarning vaziyati, ularning talablari va
bolsheviklarning siyosatini mufassal tahlil qilish imkoni yaratilgan.

Ushbu metodlar maqoladagi har bir tarixiy voqeani o‘sha davrning ijtimoiy

-

iqtisodiy va siyosiy kontekstida tahlil qilish va turli manbalarga asoslangan holda
baholash imkonini bergan.

NATIJA VA MUHOKAMALAR

1917-yil 14-noyabrda RSFSR XKS Lenin ishlab chiqqa

n “Ishchilar nazorati

to‘g‘risidagi Nizom” asosida “Ishchilar nazorati to‘g‘risida”gi dekretni qabul qildi.

Unga

ko‘ra, ishchilar nazorati komissiya va kengashlari ishchi, dehqon, soldat deputatlari


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

577

Sovetining organlariga aylandi. Barcha turdagi korxona, zavod va fabrikalar ishchilar

nazoratiga o‘tkazilishi belgilandi. Ishchi

lar

nazorati komissiyasi saylov yo‘li bilan tuzilib,

tegishlicha ma’muriy birlik

lar

sovetlariga bo‘ysunishi qayd etildi. Bundan tashqari,

komissiyaning barcha qarorlari korxona egalari uchun majburiy kuchga ega ekani,
bunday qarorlarni bajarmaslik, homashyoni yashirish yoki boshqa turdagi korxona ishiga
halal berish jinoiy javobgarlikka

sabab bo‘lishi belgilandi. Turkistondagi shusiz ham og‘ir

ahvolda bo‘lgan sanoat korxonalari

da ishlab chiqarish ustidan ishchilar nazorati

institutini joriy etilishi va jadal milliylashtirish ularning tanazzulini tezlashtirdi.

Bolsheviklar ustunligidagi ishchi va soldat deputatlari Toshkent soveti bu

masalada qatiy siyosat olib bordi. Bolsheviklarning sovetdagi siyosiy yo‘nalishiga
bag‘ishlangan yig‘ilishda Mehnat komissari va ayni paytda Toshkent shahar bolsheviklar

tashkiloti rahbarlaridan biri M.S. Kachu

riner “...ichki siyosat sohasida kommunistik

-

bolsheviklar fraksiyasi Xalq Komissarlari Soveti siyosatini himoya qiladi va amalga
oshiradi hamda aksil-inqilobga urinishlarni butun kuchi bilan bostiradi. Proletariat
huquq va erkinliklarining yagona kafolati

faqat iqtisodiy asos bo‘lishi mumkinligini

hisobga olib, kommunistik-bolsheviklar fraksiyasi ishchilar nazoratini va oziq-ovqat

taqsimotini amalga oshiradi…”, deya bolsheviklarning asosiy maqsadini aniq ifoda etadi.

[3, b. 105-106]

Sovet davri adabiyotlarida barcha korxona ishchilari bu qaror ijrosini katta

ishtiyoq bilan amalga oshirishga kirishganlari tasvirlanadi. Turkistonda ham ushbu

dekret asosida barcha xususiy korxonalar faoliyatining barcha jabhalarini to‘liq huquq

asosida nazorat qilishga harakat boshlandi, ishchilarni bu harakatga jalb qilish uchun

jozibador shiorlar ilgari surildi. Biroq, buning ortida iqtisodiyotni to‘liq davlat tasarrufiga
olish hamda mulkdor va tadbirkor qatlamni o‘z yo‘lidan supurib tashlash kabi sof siyosiy

maqsadlar yashiringan edi. Xususan, sovet hukumati ishchilarning ijtimoiy ahvolini

yaxshilash, maoshlarni oshirish, ish soatlarini qisqartirish kabi o‘z davri uchun ancha
ijobiy choralar ko‘rishni va’da qilib, “Barcha zavod va fabrikalar ishchilarniki”, “8 soatli

ish kunig

a erishamiz” va shu kabi ishchilarni o‘ziga chorlovchi shiorlar orqali ishchilarni

ham bu harakatni qo‘llashiga harakat qildi. Xususan, 1917

-

yil oxirida Sulukta ko‘mir koni

ishchilari, shu yilning dekabrida Belgiya anonim jamiyatiga qarashli “Toshkent tramvayi”
aksionerlik jamiyati ishchilari o‘z ish joylarida nazoratni qo‘lga olganlari haqida xabarlar

berilgan.

Toshkent soveti “Tashsam” fabrikasi va boshqa qator korxonalar ishchi nazorati

komissiyalariga o‘z vakillarini “sayladi”. Albatta, bu tashviqot o‘z

ta’sirini o‘tkazdi, biroq,

jarayon baribir kuchli ma’muriy bosim o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirildi. Bu
harakatlar o‘z

-

o‘zidan tadbirkor va mulkdorlar orasida katta norozilikka sabab bo‘ldi,

ko‘plab korxona egalari o‘z faoliyatini noma’lum muddatga to‘xtatish haqida qarorlar
qabul qildilar. Ishlab chiqarish vositalarini davlat qo‘liga olish oson kechadigan jarayon
emasligi ko‘rinib qoldi. Shu munosabat bilan 1917

-yil 29-noyabrda Turkiston XKS

tomonidan “Tadbirkorlar sabotaji bilan kurash to‘g‘risida”gi

dekreti qabul qilindi. Dekret

juda qisqa bo‘lib, unda “Barcha tadbirkorlardan o‘z korxonalarini maxsus ruxsatsiz
yopmasliklari so‘raladi. Ushbu buyruqqa rioya qilmaganlar uchun korxonalarni
rekvizitsiya qilishgacha bo‘lgan eng qattiq choralar ko‘riladi.”

[4, b. 9],

deya qat’iy

tartibot belgilandi. Biroq, bunday qarorlarning ta’sir kuchi katta emasdi, sovet hokimiyati
ham barcha joyda o‘z tartibotlarini to‘liq o‘rnata olmagandi. Masalan, “G‘arbiy

-Osiyo

savdo-

sanoat aksionerlik jamiyati” ga qarashli guruch

tozalash va sovunpazlik

zavodlarining 25 nafar ishchisining Mehnat komissarligiga murojaatida keltirilishicha,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

578

aksionerlik jamiyati o‘ziga qarashli bir zavodni yopganini, yana bir zavod yopilish

arafasida ekanini, keyingi navbatga ular ishlayotgan zavod ham berkilish mumkinligini
aytib, shikoyat qiladilar. Murojaatda, ushbu aksionerlik jamiyati ishchilar ittifoqiga
birlashgan ishchilarni ishdan chetlatayotgani, ittifoqqa kirmaganlarni esa, ishchi nazorati
tizimi vaqtinchalik ekani, agar, ular ittifoqqa yok

i yana shunga o‘xshash boshqa

tashkilotlarga a’zolikka kirsa, ishdan bo‘shatish haqida ogohlantirayotganini ma’lum

qilingan. Bundan tashqari, kontora tomonidan xususiy tadbirkorlarga olib sotish uchun
guruch va sovun mahsulotlari yetkazib berilayotgani haqida ham xabar beriladi.

Murojaatchilar bu bo‘yicha ishchilar ittifoqiga ma’lumot berganlarini, biroq, ittifoq esa,

bunga qarshi harakat qilish uchun hech qanday kuchga ega emasligini bildirganini

keltirib o‘tadilar. [5, b. 7] Bu murojaat mazmunidan butun j

arayon haqida tushunchaga

ega bo‘lish mumkin. Birinchidan, o‘sha vaqtda butun dunyoda bo‘lgani kabi, Turkistonda
ham ishchilarning mehnat sharoitlari va ijtimoiy ahvoli juda achinarli bo‘lgan, ish soatlari
ko‘p, maosh kam bo‘lgan. Ikkinchidan, zavod va fab

rika egalarining ishchilarni asoratga

solish hollari mavjud bo‘lgan, bundan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Turkistonda sanoatlashish
darajasi juda past bo‘lsa

-

da, mehnat munosabatlari bo‘yicha dunyoda kechayotgan

umumiy tendensiyalar qisman bo‘lsa

-da kuzatilgan. Bu yerda muhim jihat mahalliy millat

vakillari orasida malakali ishchilarning kamligi, haqiqiy ma’nodagi kasaba
uyushmalarining shakllanmaganligi bo‘lib, asosan yevropa millatiga mansub ishchilar
korxona va zavod egalari bilan o‘zaro konfliktga borganlar. Rivojlangan dunyoda bo‘lgani
kabi sanoatchilar oldiga turli talablarni qo‘yish, mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha
talablar keskin yangrashi tabiiy hol bo‘lishi mumkin, lekin, bunda radikal yo‘ldan borish,

tadbirkor va mulkdorlarni oddiy fuqaroviy huqu

qlardan ham mahrum qilish, butkul yo‘q

qilish juda yomon oqibatlarga olib kelganini ko‘rishimiz mumkin. Bu borada yuqorida

aytilganidek, Leninning ishchilarning talablari mehnat sharoitlarining yaxshilanishi bilan
tugashi, siyosiy talablar esa hokimiyatga kelgan bolsheviklar guruhining mafkuraviy

yo‘nalishidan kelib chiqib qo‘yilishi lozimligi haqidagi ko‘rsatmasini hayotga keng tatbiq
qilish muhim rol o‘ynadi. Shu prizmadan qaraganda Toshkent sovetining dastlabki

vaqtda olib borgan siyosati markaz bilan ha

mohang kechdi. Ishchilarga o‘zlari istaganlari

va’da qilindi, buni niqob qilib, sinfiy dushmanlarni yo‘ldan supurib tashlash maqsad

qilindi.

Yuqoridagi murojaat yuzasidan Mehnat komissarligi “G‘arbiy

-Osiyo savdo-sanoat

aksionerlik jamiyati” guruch tozalash

zavodi rahbariyatiga xat yo‘llaydi. [5, b. 8] Xatda

aksiyadorlik jamiyati ijrochi direktori A.V. Yemelyanov hamda peterburglik savdogar,
jamiyat aksiyadori V.G.

Sorokinga zavod ishchi nazorati qo‘mitasi qarorlariga so‘zsiz

bo‘ysunishlari buyurilgan va zavod qo‘mitasi qarorlarini bajarmaslik inqilobiy xalq
huquqlarining buzilishi sifatida ko‘rilishi va bu javobgarlikka tortishga sabab bo‘lishi

eslatiladi.

1918-yil 7-

fevralda Turkiston o‘lka sovetlarining 4 syezdida ham ko‘rilgan asosiy

masalalardan biri ish

chi nazoratini amalga oshirish bo‘ldi. Syezd rezolyutsiyasida

“O‘lkada ishlab chiqarish ustidan zudlik bilan ishchi nazoratini o‘rnatish va kasaba
uyushmalari tarmog‘ini yaratish” alohida qayd etildi.[3, b.75] Viloyatlarda xalq xo‘jaligi

kengashlari qoshida ishchilar nazorati viloyat kengashlari tuzila boshlandi. Ushbu

kengashlar viloyat bo‘yicha korxonalardagi barcha ishchilar nazorati komissiyalari

faoliyatiga yordam berishi nazarda tutildi. Masalan, Samarqandda ana shunday kengash

o‘z faoliyatini avgust oyi boshida boshladi. Ishchilar nazoratini o‘rnatishda hukumat


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

579

nazorati ostidagi kasaba uyushmalari ham katta rol o‘ynadilar. Kasaba uyushmalari
joylarga vakillarini yuborib, ishchilar nazorati komissiyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish,
uning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berish orqali sovet hukumatiga katta

yordam berdi. Xususan, 1918-yil 29-iyunida Samarqand shahar kasaba uyushmalari

ittifoqi shahardagi tegirmonlarda ishchilar nazoratini o‘rnatish uchun 4 nafar vakillarini
yuborgani bo‘yicha

ma’lumotlar mavjud. [3, b. 99]

Ko‘plab korxonalarda ishchi

lar

nazorati o‘rnatilib,

komissiyalar butun ishlab

chiqarish jarayonini qo‘lga olishga, korxona egalarining boshqaruv

dagi rolini cheklashga

harakat qildi. Shuningdek, ishchilar orasida inqilob beradigan imkoniyatlar, sinfiy kurash,
mulkdor qatlam, korxona va zavod boshqaruvchilari hamda egalariga qarshi kurash,

kapitalistik munosabatlarni inkor qilish bo‘yicha kuchli targ‘ibot ishlari ham olib
borilgan. Masalan, “Tashsam” zavodida 6 kishidan iborat

ishchi nazorati komissiyasi

tuzilib, korxonaning kundalik masalalarini hal etishni ularga topshirdi. Muhim masalalar

esa, ishchilarning umumiy yig‘ilishida hal etilishi belgilangan. Firma ishchilarining

1918-yil 14-

fevraldagi umumiy yig‘ilishida 290 nafar

ishchilar qatnashgani qayd etilib,

unda ishchi nazorati organi a’zolari ro‘yxati tasdiqlanadi. Bundan tashqari, yig‘ilish
qaroriga ko‘ra, firma rahbariyatiga ishchi nazorati organi ish boshlagani, uning qarorlari

majburiy kuchga ega ekanligi yetkazilishi

belgilandi. [8, №26] Yig‘ilishda ishchilarga ham

siyosiy, ham iqtisodiy nuqtayi nazardan kapitalga qarshi kurash taktikasini tushuntirish

masalasi ham ko‘riladi. Xorijiy kompaniyalar korxonalarini ham nazoratga olish, ularni

rejali tarzda natsionalizatsiya qilishga tayyorlash uchun harakat qilingan. Arxiv

hujjatlarida “Singer Company” firmasida ishchi nazoratini o‘rnatish haqidagi ma’lumotlar
jarayonni to‘liq tushunish uchun yordam beradi. 1918

-yilning 2-martida AQSHning

Moskvadagi konsulxonasi tomonidan “Zinger kompaniyasi”ga uning korxonalari ustidan
ishchi nazoratini o‘rnatishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida maxsus guvoxnoma yuboriladi.

[6, b. 21] AQSH

konsuli M.Sommers imzolagan guvohnomada “Zinger kompaniyasi”

AJning korxonalari Amerika hukumati homiyligi va himoyasida ekani hamda Amerika

bosh konsuli roziligisiz “Zinger kompaniyasi” bilan munosabatlarda hech qanday taftish
va tortib olishlar mumkin emasligi ko‘rsatiladi. Turkistonning sovet hukumati esa buni
amerika kapitalizmining ishchi nazoratini o‘rnati

shga halal berishga urinish deb baholadi

va shuningdek, kompaniyani keng agentlar tarmog‘i orqali Turkistonni amerika kapitali

bilan iqtisodiy ekspansiya qilishidan xavotir ham oldi. Shu sabablar tufayli Zinger

korxonalari ustidan ishchi nazorati o‘rnatishga faol kirishildi. Bu o‘ziga xos diplomatik
muammolarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lsa ham, sovet hokimiyati bosimni

kuchaytirib bordi. Xususan, ishchi va soldat deputatlari Toshkent shahar Kengashi ijroiya

qo‘mitasining 1918

-yilning 5-

maydagi yig‘ilishida “Zinger kompaniyasi”da ishchilar

manfaatlarini himoya qilish masalasi muhokama qilinib, kompaniyaning Turkistondagi

barcha korxonalari ustidan ishchi nazorati o‘rnatilishi belgilandi. Amerikaning
Toshkentdagi konsuli Tredvell bunga qarshilik ko‘rsatis

hga harakat qildi. Uning Toshkent

sovetiga yo‘llagan xatida ishchilar “to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘z ishlarini bajarish bilan cheklanib
qolmay, “Zinger kompaniyasi”ning boshqaruv ishlariga jalb qilinganidan”

g‘azablangan.

Tredvell “Zinger kompaniyasining ishlarig

a ishchilar va xizmatchilar tomonidan hech

qanday halal berilmasligi kerakligini” talab qildi. [3, b. 80] Biroq, “Zinger kompaniyasi”da
ishchi nazorati o‘rnatish ishida ortga surilmadi. Shu yilning 13

-may kuni firma

korxonalari ustidan ishchi nazorati komissiyasi tasdiqlandi, 15-may kuni esa, ishchilar

tomonidan ishlab chiqilgan ishchi nazoratini tashkil qilish tartibi ko‘rib chiqildi. Yakunda,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

580

Turkiston o‘lkasidagi “Zinger kompaniyasi” korxonalari ustidan samarali nazorat
o‘rnatish uchun “Zinger kompaniyasi” viloyat ishlari boshqarmasi sifatida 5 nafar

a’zo

dan

iborat hududiy nazorat komissiyasi tuzilib, uning tarkibiga quyidagilar kirishi belgilandi:
4 nafar

hozirda ishlayotgan korxona ishchilardan va xalq xo‘jaligi kengashi yoki mehnat

komissari ko‘rsatmasi bo‘yicha ushbu tashkilotdan 1 nafar xolis. Ushbu nazorat
komissiyasi o‘z xohishiga ko‘ra “Zinger kompaniyasi”ning viloyatdagi har bir bo‘limiga
mahalliy xodimlardan hududiy nazorat komissiyasi ko‘rsatmasi bo‘yicha joylarda ishchi

nazoratni amalga oshir

uvchi nazorat komissiyasi a’zolarini tayinlaydi. Komissiya va

uning joylardagi bo‘limlari qarorlari kompaniya firmalari boshqaruvchilari uchun
majburiy kuchga ega bo‘ldi. [6, b. 46] 27

-

mayda esa, ushbu nazorat komissiyasi yig‘ilishi

o‘tkazildi va unda uchta masala ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish qaroriga ko‘ra, nazorat
komissiyasi nomi “Zinger kompaniyasi” ishlari bo‘yicha

Turkiston nazorat-

xo‘jalik

komissiyasi”ga o‘zgartirildi. Shuningdek, yig‘ilish qarorining eng muhim qismi, darhol
kompaniya ma’muriyatiga ishchi nazoratini amalga oshirish to‘g‘risida xabarnoma
yuborish haqida bo‘ldi. Xususan, “Shu kundan boshlab Mehnat Komissarligining

15-maydagi 11-

sonli buyrug‘iga muvofiq, nazorat

-

xo‘jalik komissiyasi barcha huquq va

majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan holda ma’lum qiladiki, bundan buyon Muxtor
Turkistondagi “Zinger kompaniyasi” bilan bog‘liq barcha masalalar nazorat

-

xo‘jalik

komissiyasi orqali hal etilishi lozim” [6, b. 74], deb xabar yuborish belgilandi. Shu yilning

19-iyulida esa, kompaniyaning Turkiston

bo‘limi qoshidagi nazorat komissiyasi

to‘g‘risida vaqtinchalik nizom ham qabul qilindi.

Umuman olganda, mulkdorlarning katta qarshiligiga qaramay o‘lkadagi deyarli

barcha sanoat korxonalarida shu kabi nazorat komissiyalari tuzilib, faoliyati yo‘lga
qo‘yildi. Bunda asosiy tashabbuskorlar odatda ishchilar emas, xalq xo‘jalik kengashlari va

kasaba uyushmasi vakil

lari bo‘lar, ishni qanday tashkil etish haqida aniq ko‘rsatmalar

berib borilardi.

1918-yilning 8-mayida Turkiston ASSR Xalq Komissarlari

Sovetining “Fabrika

-

zavod va nazorat komissiyalari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.[4, b. 9] Qarorda barcha
korxonalarda tuzilgan nazorat komissiyalari davlat tashkiloti sifatida e’tirof etilishi

lozimligi belgilandi. Korxonalarda tashkil etilgan bunday komissiyalar davlat nazoratini
amalga oshiradi deb hisoblash mumkin. Bundan tashqari, komissiyalarga fabrika, zavod,
ustaxona, savdo-sanoat muassasalarida (davlat tomonidan tashkil etilgan korxona va
muassasalar bundan mustasno) mulkiy va ishlab chiqaris

h jarayonlari bo‘yicha to‘liq

mas’uliyat yuklandi. Ushbu qarorga amal qilmaslik esa, inqilobiy sud tomonidan jinoiy
javobgarlikka tortishga sabab bo‘lishi qayd etildi. Bu nazorat komissiyalariga bir
tomondan mas’uliyat yuklar, boshqa tomondan amalda xususi

y korxona egalarining

boshqaruv organlarini butkul inkor qilishga huquq berardi. Yakunda esa, ishlab

chiqarishni boshqarish ishida malakaga ega bo‘lmagan xodimlarni korxonalar
boshqaruviga olib kelar, bu o‘z navbatida samaradorlikni tushishiga sabab bo‘lar

di.

Mulkdorlarning ishlab chiqarish korxonalarini ishchi nazorati niqobi ostida davlat

nazoratiga o‘tkazish ishi turli ko‘rinishlarda davom ettirildi. Xususan, davlat bankining

tegishli qarori bilan Turkiston shaharlaridan Rossiya va boshqa davlat shaharlariga pul

o‘tkazmalarini amalga oshirish faqatgina ishchi nazorati komissiyalari ruxsati bilan
amalga oshirish belgilab qo‘yildi. [7, b. 1] Bu mulkdorlarni o‘z mulklarini ishchilar
nazoratidan yoki davlat foydasiga musodara etilishidan qo‘rqib, o‘z aktivlar

ini Rossiyaga

yoki boshqa davlatlarga olib ketishini cheklashga imkon berdi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

581

Korxonalarda ish boshlagan ishchi nazorati organlari endi korxona egalarining

boshqaruv ishlarida to‘liq nazoratni o‘rnatishga intildilar. Nazorat komissiyalari

yig‘ilishlarining

asosiy mavzusi ham shu masala bo‘lib qoldi. Biroq, ko‘p hollarda savdo

-

sanoat tashkilotlari, zavod va fabrika egalari bunga qarshi chiqib, komissiyalar faoliyatini

tan olmaganlar. Masalan, 1918-

yil avgustida “Pinxas Abramov va birodarlari” shirkati

ishchi

nazorati organi yig‘ilishida barcha ishchi qog‘ozlar, moliyaviy va oddiy turdagi

yozishmalar ishchi nazorati komissiyasi nazorat uchun taqdim etilishi lozimligini qayd

etib, shirkat rahbariyatiga bunday hujjatlarni korxona xo‘jayinidan tashqari ishchi

nazorati komissiyasi ham imzolashi qatiy eslatiladi. [3, b.104-105] 29-avgust kuni

komissiya savdo uyining vinochilik kombinati kassa kitobini va kassa orderlarini

qo‘shimcha tekshirish uchun taqdim etishini so‘raydi. 6

-sentyabr kuni esa, ishchi nazorati

komi

ssiyasi Samarqand viloyati xalq xo‘jalik kengashiga korxona xo‘jayinlari ularga kassa

daftari va orderlarini bermayotgani yuzasidan murojaat qiladi va bunday holatda ishlab

bo‘lmasligini, kombinat xo‘jayinlari komissiyani to‘liq inkor qilayotganini bildira

dilar.

Bundan tashqari, xatda viloyat xalq xo‘jaligi kengashidan Samarqand deputatlari

Sovetidan xo‘jalikni yaxshi tushunadigan komissar yuborishlarini so‘rashini iltimos

qiladilar. Komissiya buning sababini tushuntirarkan, kombinat xo‘jayini bilan

suhbatl

arda ularning takliflari bajarilmayotgani, ularning ishi faqat og‘zaki

so‘zlashuvlardan iborat bo‘lib qolayotgani keltiriladi. Bizningcha, yuqorida

aytganimizdek, ishchi nazorati komissiyalari ishchilardan tuzilib, ularga xalq xo‘jaligi

kengashlari yo‘l ko‘rsatib tursa

-

da, komissiya a’zolarida xo‘jalikni boshqarish, moliyaviy

hisob-

kitoblarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki bilimlar yo‘qligi ularning korxona

egalariga ta’sir o‘tkazish kuchini kamaytirgan, oddiy qilib aytganda, menejerlik bilimi

yo‘qligi korxona egalariga qo‘l kelgan.

1918-yilning 11-

sentyabrida Samarqand viloyati xalq xo‘jaligi kengashi “Pinxas

Abramov va birodarlari” savdo uyi nomiga xat yo‘llab, zudlik bilan zavod ishchi nazorati

komissiyasiga kassa daftarlarini topshirish lozim ekanini, aks holda hukumatga qarshilik

ko‘rsatishda ayblanib, mahkamaga tortilishidan ogohlantiriladilar. Biroq, bu talab ham

bajarilmaydi va komissiya oxir-

oqibat Samarqand viloyati Ijroiya qo‘mitasiga xat bilan

murojaat qiladi. Xatda ishchi nazorati komissiyasi zavod egalariga bir necha bor kassa

daftarini topshirish lozimligi, tovarlarni sotishdan tushgan ortiqcha pullar (taxminan

2 mln rubl)ni Davlat bankiga qo‘yish kerakligini aytishlariga qaramay, bu so‘zlarni

inobatga olmayotgani, shu sabab zavodga juda j

iddiy e’tibor qaratish kerakligini

so‘raydilar.[3, b.108] “Shundan keyin savdo uyi vinochilik korxonasi ishchi nazorat

komissiyasi zavodga davlat bankidan joriy hisobvaraq ochish to‘g‘risida Samarqand

viloyati xalq xo‘jaligi kengashiga ariza yuboradi. Arizada “Pinxas Abramov birodarlari

bilan” savdo uyining ishchi nazorati komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq hozirgi

vaqtda amaldagi tartibda Davlat bankida joriy hisobvaraq ochish uchun ariza berashi, bu

hisobraqamga ko‘rsatilgan korxona pullari depozitga qo‘yilishi ko‘rsatiladi. O‘z navbatida

Samarqand viloyat xalq xo‘jaligi kengashi tomonidan arizaga “Agar tadbirkor joriy hisob

raqamini ochishga rozi bo‘lmasa, u holda summa Sovet kassasiga topshiriladi.” [3, b. 109],

deya rezolyutsiya tortilgan.

Yirik korxona va zavodlarda ishchilar nazorati organlari tuzilganidan keyin, navbat

kichik korxonalar va xususiy xizmat ko‘rsatish subektlariga qaratildi. 1918

-yil

7-

oktyabrida kasaba uyushmalari kengashining navbatdagi yig‘ilishida oshpazlar

uyushmasi iltimosi

ga ko‘ra, umumiy ovqatlanish shaxobchalari ustidan ham ishchilar

nazorati o‘rnatishga qaror qilindi. Bu shusiz ham iqtisodiy bo‘xronlarda qolgan kichik

tadbirkorlarning faoliyatiga qo‘shimcha yuk bo‘ldi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

582

XULOSA

Ishlab chiqarish ustidan ishchilar nazoratini

o‘rnatish xususiy mulkni

natsionalizatsiya qilish uchun o‘tish bosqichi bo‘lib, dastlab ko‘plab korxonalar va sanoat
tarmoqlarida ishchilar nazorati o‘rnatildi, shundan keyinroq xususiy mulk ko‘rinishidagi
barcha korxonalar va xizmat ko‘rsatish subyektlar

ini xalq (amalda hukumat) foydasiga

musodara qilish jarayoni boshlanib ketdi. Korxonalarda ishchilar nazorati komissiyalari
faoliyati tugatila boshlandi.

Bu jarayonda, albatta, korxona egalarining turli ko‘rinishdagi qarshiligi ham

kuzatildi. Xususan, nazorat komissiyalarining har qanday qarorlarini ochiqchasiga inkor

etish, ularning talablariga umuman e’tibor qilmay o‘z ishini davom ettirish, nazorat
komissiya a’zolarini ishdan bo‘shatish kabi choralar ko‘rganlar. Biroq, bunday harakatlar

hukumat tomonidan sabotaj sifatida qabul qilinib, korxonalarni rekvizitsiya qilish kabi

qattiq choralar ko‘rishiga ham olib keldi.

Ishchilar nazorati o‘rnatilishining asosiy salbiy natijasi tajribali boshqaruv

kadrlarning jarayondan olib qo‘yilishi va korxonalarni samarali

boshqarishga qodir

bo‘lmagan shoshilinch ravishda tuzilgan ishchilar nazorati komissiyalarining paydo
bo‘lishi edi. O‘z

-

o‘zidan bu mehnat intizomi va unumdorligining pasayib ketishi,

uskunalar tezda yaroqsiz holga kelib qolishi, ishdan bo‘shatish va noto‘g‘ri ishlashning

kuchayishiga olib keldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Ленин В.И. Полное собрание сочинений. Том 6. Госиздат политической

литературы. Москва, 1963. Стр. 620.

2.

Park Alexander. Bolshevism in Turkestan (1917-1927). Columbia University

Press, New York. 1957, p. 428.

3.

Рабочий контроль и национализация промышленности Туркестане (1917

-

1920 гг.). Сборник документов. Под редакцией к.и.н. Воскобойникова Э.А.
Государственное издательство УзССР, Ташкент. 1955 г. Стр.238.

4.

O‘zMA, 25

-fond, 1-

ro‘yxat,

6-yi

g‘

majild.

5.

O‘zMA,

35-fond, 1-

ro‘yxat,

21-

yig‘majild.

6.

O‘zMA,

35-fond, 1-

ro‘yxat,

71-

yig‘majild.

7.

O‘zMA,

35-fond, 1-

ro‘yxat,

63-

yig‘majild.

8.

Nasha gazeta №26, 1918

-yil 14-fevral.

Библиографические ссылки

Ленин В.И. Полное собрание сочинений. Том 6. Госиздат политической литературы. Москва, 1963. Стр. 620.

Park Alexander. Bolshevism in Turkestan (1917-1927). Columbia University Press, New York. 1957, p. 428.

Рабочий контроль и национализация промышленности Туркестане (1917-1920 гг.). Сборник документов. Под редакцией к.и.н. Воскобойникова Э.А. Государственное издательство УзССР, Ташкент. 1955 г. Стр.238.

O‘zMA, 25-fond, 1-ro‘yxat, 6-yig‘majild.

O‘zMA, 35-fond, 1- ro‘yxat, 21- yig‘majild.

O‘zMA, 35-fond, 1- ro‘yxat, 71-yig‘majild.

O‘zMA, 35-fond, 1- ro‘yxat, 63-yig‘majild.

Nasha gazeta №26, 1918-yil 14-fevral.