Авторы

  • Шербек Оманов
    Научный сотрудник, Национальный центр археологии Академии наук Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss10/S-pp583-592

Ключевые слова:

Ахсикет Караханиды кухонная посуда гончарные изделия лепная расписная керамика каменные котлы котел "чайник" кумган крышка

Аннотация

В статье рассматриваются виды кухонной посуды Ахсикета периода Караханидов и особенности её изготовления. Выделены три основные группы изделий: гончарные сосуды, изготовленные на гончарном круге, лепная расписная керамика и каменные казаны. Каждая из этих групп отличается уникальными практическими и эстетическими характеристиками. В статье анализируются формы посуды, технологии её производства и особенности её применения в быту. Особое внимание уделяется значению этих изделий для изучения культурного наследия периода Караханидов, что позволяет глубже понять материальную культуру того времени.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Kitchenware of the Karakhanid period in Ahsiket

Sherbek OMANOV

1

National Archaeology Center, Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024
Received in revised form

15 September 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

The article presents the types of kitchenware from the

Karakhanid period in Ahsik

е

t and the techniques used for their

production. These items are divided into three main groups:

pottery vessels made on a potter's wheel, hand-made painted
ceramics, and stone cauldrons. Each of these groups possesses

unique practical and aesthetic characteristics. The article

analyzes the shapes of the kitchenware, the technologies of

their production, and their functional features. It also highlights
the significance of these items for understanding the cultural

heritage of the Karakhanid period.

2181-14

15/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1

0

/S-pp583-592

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Ahsiket,

Qarakhanids,

kitchenware,

pottery items,

hand-made painted

ceramics,

stone cauldrons,

cauldron,

"teapot,"

kumgan,

lid.

Axsikatning Qoraxoniylar davri oshxona idishlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Axsikat,

Qoraxoniylar,

oshxona idishlari,

charxda ishlangan sopol
idishlar,

qo‘lda yasalgan bezakli

sopol idishlar,

tosh qozonlar,

qozon,

“choynak”,

qumg‘on,

qopqoq.

Maqolada Axsikatning Qoraxoniylar davridagi oshxona

idishlari turlari va ularning yasalish texnikasi berilgan. Ushbu

idishlar asosan uch turga bo‘linadi: kulollik charxida yasalgan
sopol idishlar, qo‘lda yasalgan bezakli sopol idishlar va

tosh qozonlardan

iborat bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos

amaliy va estetik xususiyatlarga ega. Maqola idishlarning

shakli, tayyorlanish texnologiyasi va ulardan foydalanish

xususiyatlarini tahlil qiladi. Shuningdek, Qoraxoniylar davridagi
madaniy merosni tushunishda ushbu idishlarning ahamiyati

alohida ta’kidlangan.

1

Scientific Researcher, National Archaeology Center, Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan.

E-mail: omanovsherbek@gmail.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

584

Кухонная утварь эпохи Караханидов в Ахсикете

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Ахсикет,

Караханиды,

кухонная посуда,

гончарные изделия,
лепная расписная
керамика,

каменные котлы,

котел,

«чайник»

,

кумган,

крышка.

В статье рассматриваются виды кухонной посуды

Ахсикета периода Караханидов и особенности её

изготовления. Выделены три основные группы изделий:
гончарные сосуды, изготовленные на гончарном круге,

лепная расписная керамика и каменные казаны. Каждая из

этих групп отличается уникальными практическими и

эстетическими характеристиками. В статье анализируются
формы посуды, технологии её производства и особенности

её применения в быту. Особое внимание уделяется

значению этих изделий для изучения культурного
наследия периода Караханидов, что позволяет глубже
понять материальную культуру того времени.


KIRISH

Axsikat Qoraxoniylar davrida (XI

XIII asr boshlari)

o‘z davrining yirik megapolisga

aylangan. Shahar xoqonlikning yirik ma’muriy markazlaridan biri hisoblangan. Axsikatda

hunarmandchilikning barcha turlari, jumladan kulolchilik ham taraqqiy etgan. Bu uning

yirik iqtisodiy markaz bo‘lishini ta’minlagan.

Jahon arxeologiyasida hunarmandchilik turlaridan biri bo‘lgan kulolchilikni

o‘rganish ma’lum bir hududning ijtimoiy

-iqtisodiy va etnomadaniy tarixini tiklashga

xizmat qiladigan asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida qaraladi. Shu boisdan,
o‘rganilayotgan hudud tarixining muhim jihatlarini o‘rganishda kulolchilikni tadqiq qilish

katta ahamiyatga ega. Qadimgi kulolchilik tarixini alohida tarixiy manba sifatida

o‘rganishda ma’lum mehnat ko‘nikmalari va texnologik jarayonlarning avloddan

-avlodga

o

‘tib madaniy an’analarda saqlanib qolganligiga e’tibor bilan qaraladi. Sopol idishlar, ular

yasalgan loyning tarkibi, ularni ishlab chiqarishning texnologik xususiyatlari va bezak
berish usullari turli mintaqalardagi etnik-madaniy xususiyatlar, migratsiya jarayonlari va
savdo aloqalarini aks ettiruvchi muhim manbadir.

MUNOZARA

Yodgorlikning barcha qazishma obyektlarning barchasidan oshxona idishlari

aniqlangan. Ayniqsa, Axsikent ochiq osmon osti muzeyiga aylantirilishi munosabati bilan
qazishmalarning kengayishi oshxona idishlarini yangi turlari va xillari aniqlandi.
Axsikatning qoraxoniylar davri oshxona idishlari uchta guruhdan, xususan kulollik

charxida ishlangan, qo‘lda ishlangan bezakli sopol idishlar va tosh qozonlardir.

KULOLLIK CHARXIDA ISHLANGAN OSHXONA IDISHLARI.

Oshxona idishlari X asrdan to‘laligicha kulol charxida yasala boshlaydi. Bundan

faqat qoraxoniylar davrida keng tarqalgan qo‘lda ishlangan bezakli idishlar bundan

mustasno.

Sirlanmagan sopol buyumlar ko‘zalar, tuvaklar, qozonlar,

tovalar, qopqoqlar,

xumlar, xumchalar, tog‘oralardan iborat. Shu bilan birga ro‘zg‘orda simobko‘zachalar,
dasturxonlar, go‘sht, sut mahsulotlari uchun maxsus idishlar, terrakota o‘choqlar,

puldonlar, sopol qopqonlar ham ishlatilgan. Mazkur oshxona idishlarining birinchi guruhi

o‘z navbatida bir nechta guruhlarga bo‘linadi. Ular qozon, qumg‘on, tovalardan iborat.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

585

Qoraxoniylar davriga kelganda Axsikatning sirlanmagan sopol idishlari

tarqqiyotida ko‘plab o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. Bular AK

-16-19 komplekslardir

[Анарбаев. 2013. 446

-476].

Axsikent yodgorligida keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlarda Qoraxoniylar

davriga ko‘plab miqdorda oshxona sopol idishlari aniqlandiki, bular orqali sopol ishlab

chiqarishning dinamikasini tiklashda foydalanish mumkin.

Qumg‘onlar.

Bu turga oid idishlar sirsiz sopollar orasida juda ko‘pchilikni tashkil

etgan bo‘lib, ularning

hissasi davrma davr ortib borgan. Masalan 1981

1986-yillardagi

tadqiqot natijalariga qaraydigan bo‘lsak, IX–

XIII asr boshlarida oshxona sopollari

sirlanmagan idishlarning 22-33%ni, IX

X

asrlarda qumg‘onlar oshxona idishlarini

10

–13%ni tashkil etgan bo‘lsa, qoraxoniylar davriga kelib, ya’ni XI

-XIII asr boshlarida

ularning hissasi yanada ortganiga guvoh bo‘lamiz

[Мирзалиев,1991.C.182].

Axsikatning

rivojlangan o‘rta asrlar qumg‘onlarining 4 ta turi mavjud ekanligi

ma’lum (1

-

rasm). Birinchi turi silindrik qoringa ega bo‘lib, ularning yelka qismi kengligi

bilan ajralib turadi. Tadqiqotlarda Axsikentdagi ilk qumg‘onlar VIII

- IX asr boshlarida

qo‘lda ishlangan ko‘rinishda paydo bo‘lgan. Biroq IX asrning oxirlaridan boshlab, oshxona
idishlari, xususan qumg‘onlar asosan kulollik charxida yasala boshlangan. Umuman
olganda birinchi turga oid qumg‘onlar XI asrning 1 choragiga qalar yo‘qolib ketgan.

Qumg‘onlarning ikkinchi turi tuxumsimon qorinli va balan silindrsimon bo‘yinga

ega idishlardir. Bu turga xos qumg‘onlar Axsikatda X asrning ikkinchi yarmida paydo
bo‘la boshlagan va deyarli o‘zgarmagan holda XIII asr boshlariga qadar uy

-

ro‘zg‘or

ishlarida foydalanib kelingan.

Uchinchi turga oid qumg‘onlar juda keng va past qorinli bo‘lib, uzun silindrsimon

bo‘yinga ega bo‘ladi. Ular XII asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan.

Xuddi shu turga oid

qumg‘on

2024-yilda Axsikatning XI qazishmasidan aniqlangan.

Analoglari bilan qiyosiy tahlilga ko‘ra

, XII asrning ikkinchi yarmiga

oid. Qo‘lda yasalgan.

Tuprog‘i tarkibida oz miqdorda qum, dresva bilan ohak mavjud

(2-rasm).

Axsikatning qoraxoniylar davri qumg‘onlari olovga c

hidamli loydan yasalgan

bo‘lib, sirtiga o‘yma va kertma usus yordamida sodda naqshlar tushirilgan. Ularning
tarkibida dresva, shamot, gips va qum uchraydi. Odatda qumg‘onlarning balandligi

25

–35 sm, bo‘yni diametri 7–

13 sm, tagdoni diametri 12

23 smga ten

g bo‘ladi.

To‘rtinchi tur bo‘yoq bilan bezatilgan va shakli ham, o‘lchami ham ikkinchi turga

juda yaqin (3-rasm).

Stratigrafik va qiyosiy tahlilga asoslanib, XI qazishmada topilgan naqshli

qum

g‘

onlar XII asrning ikkinchi yarmi

XIII asrning boshlariga taalluqli ekanligini

taxmin qilish mumkin. Shuningdek, shu davrdagi Ahsiket qatlamlarida

soxtatripole

turidagi sopol

majmualar soni ko‘payganligini ta’kidlash lozim. Bu an’ananing talab yoki

ehtiyoji sababli, ehtimol, ayrim kulolchilik charxi yordamida tayyorlangan sopol

buyumlar yuzasiga mineral bo‘yoq yoki angob surtish bilan bog‘liq bo‘lgan

bo‘lishi

mumkin.

Qozonlar.

Oshxona sopol idishlarining 2 turi bu qozonlar tashkil etadi. Axsikatda

olib borilgan tadqiqotlar natijasida rivojlangan o‘rta asrlarga oid juda ko‘plab nusxada
xar xil o‘lchamlarga ega qozonlar aniqlangan [Ахраров,1969. C.146

-152].

Axsikatning XI-XIII asr boshlariga oid qozonlari oldingi davr qozonlari kengroq va

naqshlari ham bir muncha murakkabroqdir. Axsikatning Qoraxoniylar davri qozonlarini
quyidagi beshta turga ajratish mumkin.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

586

Birinchisi sferik shaklga ega bo‘lib, gardishi diametri 18–

25 sm, balandligi

20

27 sm, qorin qismi diametri 30

35 sm va devori qalinligi esa 6

8 mmni tashkil etadi.

Ikkinchi turga mansub qozonlar sharsimon ko‘rinishga ega bo‘lib, gardishi

diametri 20

24 sm, tagdoni diametri 6

8 sm, balandligi 25

30 sm, qorin qismi diametri

30

34 sm, devori qalinligi esa 4

6 mmni va gardish 2 sm kengligi tashkil etadi.

Uchinchi tur yassi sferik shaklga ega bo‘lib, gardishi diametri 20–

24 sm, balandligi

20

24 sm, qorin qismi diametri 30

42 sm va devori qalinligi esa 4

6 smni tashkil etadi.

To‘rtinchi tur yarimsferik shaklga ega bo‘lib, gardishi diametri 18–

20 sm,

balandligi 22

30 sm, qorin qismi diametri 30

40 sm, tagdon diametri 8

12 sm va devori

qalinligi esa 4

6 smni tashkil etadi. Qozonlarni yana ochiq va yopiq turdagi qozonlarga

ham bo‘lish

mumkin.

Qozon gardishi. Kulollik charxida ishlangan. Gardishining yuzasi bo‘ylab to‘rsimon

naqsh berilgan. To‘rsimon naqsh qozon pishirilmasdan oldin qattiq qurol yordamida

tirnash texnikasi yordamida tushirilgan. XII asrning ikkinchi yarmi

XIII asr boshlariga

oid (4-rasm).

Axsikatda olib borilgan 2024-yilgi qazishmalar davomida yana bitta tur qozonlar

anqlandi. Beshinchi tur qozonlar. Xumchasimon qozoncha. Boshqa tur qozonlardan

yasalish texnikasi va shakli bilan bir muncha farq qiladi. Sirti silliqlangan va qizil tusda.

Loyi tarkibida ohak, dresva va ohak mavjud. XII asrning ikkinchi yarmi

XIII asr

boshlariga oid (5-rasm).

Qo‘lda ishlangan kichik hajmli xumchasimon qozon. Loyi tarkibida dresva, qum va

ohak ko‘p uchraydi. Ilmoqchimon dastali. Juda

mo‘rt va yupqa qilib ishlangan. XII asrning

ikkinchi yarmi -XIII asr boshlariga oid (6-rasm).

Qopqoqlar.

Ular asosan

qozonlar uchun mo‘ljallangan. Qopqoqlarning aksariyati

qozon uchun mo‘ljallangan

.

“SOXTA TRIPOLYE” MAJMUASI OSHXONA IDISHLARI.

O‘rta Osiyoda o‘rta

asrlarga xos (asosan X

XIII

asr boshlari) qo‘lda yasalgan

bezakli sopol idishlarning kelib chiqishi masalasi hamon dolzarbligicha qolmoqda. O‘tgan

davr tadqiqotlarda ham

qo‘lda yasalgan bezakli sopollarning tarixiy ildizlari muammosi

ko

‘tarilgan. O‘rta

asrlarga xos qo‘lda yasalgan sopol idishlar ko‘p jihatdan so‘nggi jez,

temir, antik va ilk o‘rta

asrlarda mavjud bo‘lgan qo‘lda yasalgan sopol idishlarga

o‘xshashligi tadqiqotchilarda ularning ildizlarini qadimiy davrlardan

izlashga undagan.

Keyingi paytlarda Axsikatda olib borilayotgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha,

Farg‘ona vodiysining Qoraxoniylar davriga mansub qo‘lda yasalgan bezakli sopol idishlar

(“soxta tripole”) Movarounnahrga Sharqdan, Farg‘ona vodiysidan kirib kelganga

o‘xsha

ydi

[Оманов, 2020.103 b].

Ikkinchisi, qo‘lda ishlangan bezakli sopol idishlar ya’ni “soxta tripole” sopol

majmuasiga oid oshxona idishlaridir. Ular ikki turdan “choynak” va qozondan iborat.

“Choynak”.

I turga oid sopol idishlarga “choynakni” kiritish mumk

in. Uning shakli

qisman krujka turga xos idishlarga o‘xshasada, unda ochiq jo‘mragining mavjud bo‘lishi

va ostki qismi kuchli kuyganligidan alohida tur ekanligini anglatadi. Choynaklarning

dastasi va jo‘mragi o‘zaro simmetrik joylashmagan. Bu suyuqlikni bo

shqa idishga

quyishni yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri ichishni osonlashtirgan. Axsikatdan bir nechta nusxadagi

choynaklar aniqlangan.

Axsikat yodgorligida 2019-

yilda olib borilgan qazish mavsumida XVIII ob’ektining

markaziy qismda Qoraxoniylar davriga mansub mahobatli turar joy devori yonidan

qo‘lda yasalgan bezakli choynak topilgan. U deyarli to‘liq holda saqlanib qolgan. Choynak


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

587

yarim sferik shaklga ega bo‘lib, tag qismi tekis. Uning yuzasiining bir qismi qorayib

ketgan. Jo‘mragi ham yarim oysimon bo‘lib, gardish

ga tutashgan qismining kengligi

4,2 santimetrni tashkil etadi. Choynakning dastasi jo‘mrakka nisbatan simmetrik tarzda

o‘rnatilmagan. Choynakning

balandligi 7,8-

8,2 sm, og‘zi qismining diametri 10 sm, tag

qismining diametri 8 sm, qorin qismining eng keng joyining diametri esa 14 smni tashkil

etadi. Qorin qismining devorlarining qalinligi pastdan yuqoriga qarab qisqarib borgan.

Tag qismining qalinligi 10 mm bo‘lsa, gardish qismining qalinligi 6 mmdan iborat. Uning

sirti va tashqi tomoniga och sariq rangli angob surtilgan. Tashqi tomoniga och sariq

angob ustidan jigarrang yetti qator to‘lqinsimon naqsh tushirilgan. To‘lqinsimon naqsh

choynakning gardishidan 1 sm pastroqdan boshlanib, qorin qismining yarmida tugagan.

Idish gardishining har ikkala tomoniga ham bir-

biriga parallel bo‘lgan jigarrang chiziq

tortilgan.

Axsikatdan aniqlangan ikkinchi choynak VIII

qazishmadan topilgan. Uning sirti

va ichki qismiga oq massa berilgan. Shu oqish fon ustida jigarrang to‘lqinsimon naqsh

tushirilgan. Topilmaning loyi

dag‘al va tarkibida mayda qum zarrachalari bor.

Dastasining pastki qismda kuchli kuyish izlari ko‘zga tashlanadi.

XIV qazishmadan topilgan qo‘lda yasalgan bezakli sopol choynakning dastali qismi.

Tuprog‘i tarkibida gips va qum mavjud. Devorlarining qalinl

igi 7-8 mm.ga teng. Idish

sirtiga to‘lqinsimon naqsh tushirilgan.

Choynak jo‘mragi. Uning sirti silliqlanib, och jigarrang fon ustidan to‘q jigarrang

taram-taram naqshlar berilgan.

Kelib chiqishi va tarqalishi. Axsikatning XI

XII asrlarga oid choynaklarining

analoglari Ustrushona va Panjikentdan aniqlangan. Ularning yoshi Axsikatning
choynaklari bilan teng.

Axsikatdan topilgan choynakda suv yoki boshqa suyuqlik solingan bo‘lishi

mumkin. Shuningdek, uning devorlarining singan qismidan (kesimidan) kuygan joyi
yaqqol bilinib turibdi. Bu- ushbu

idish olov yonib turgan o‘choq yoki cho‘g‘ ustida

turganligidan dalolat beradi. Choynakda qaynagan suv yoki biron bir boshqa suyuqlik

turgan. Idishning ochiq jo‘mragining dastasiga nisbatan joylashuvi ham undan

foydalanishning oson qilinganidan dalolat beradi.

Mazkur choynakka o‘xshash idishlar O‘rta Osiyoning boshqa mintaqalaridan ham

aniqlangan. Ammo ularning shakli Axsikatdan topilgan choynakka o‘xshasada

naqshlaridagi farq sezilarli. Panjikentdan topilgan choynakning o

‘lchamlari ham Axsikat

choynagiga shaklan ancha yaqin. Ustrushonada joylashgan To‘rtko‘ltepa va Kultepa
yodgorliklaridan ham Axsikatdagi singari choynaklar topilgan. To‘rtko‘ltepa va Kultepa
choynaklari hajmi va shakli Axsikat choynaklari singari bo‘lsada

naqshlari esa

boshqacharoq. Shu o‘rinda ta’kidlash joiski, Axsikat choynaklarining barchasida
to‘lqinsimon naqsh elementlari mavjud.

Ta’kidlash joizki, Ustrushonadan topilgan choynaklarning ham ustki qismi qattiq

kuygan. Jo‘mragining joylashuvi ham xuddi A

xsikat choynagiga

o‘xshash.

Ushbu ikki holat

ham bunday idishlarda suv qaynatilganligidan dalolat beradi Qoraxoniylar davriga oid

qatlamlaridan aniqlangan qo‘lda yasalgan bezakli

sopol idishlar turlariga nazar

tashlaydigan bo‘lsak,

ularning deyarli barchasi oddiy turmush tarzi uchun zaruriy

idishlari ekanligini ko‘ramiz. Qo‘lda yasalgan

bezakli choynakni oshxona sopol idishi

tarkibiga kiritishimiz mumkin.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

588

Qo‘lda ishlangan bezakli

butun

“choynak”. Sirtiga jigarrang tusdagi taram

-taram va

uchburchaksimon naqshlar tushirilgan. U Qoraxoniylar davrida Axsikatda keng tarqalgan

“soxta tripole” sopol majmuasiga oid. XII asrning ikkinchi yarmi

-XIII asr boshlariga oid

(7-rasm).

Qo‘lda ishlangan bezakli “choynak”

tutgichi

. Sirtiga qo‘ng‘ir tusdagi

to‘lqinsimon

naqsh elementlari tushirilgan. U Qoraxoniylar davrida Axsikatda keng tarqalgan “soxta

tripole” sopol majmuasiga oid. XII asrning ikkinchi yarmi

-XIII asr boshlariga oid (8-rasm).

Qozon.

II tur

qo‘lda ishlangan bezakli qozonlardir. Axsikatdan aniqlangan shu

turga oid qozon VII-

qazishmadan chiqqan bo‘lib,

gardishi tashqariga qayirilgan qozon

parchasidir. Sirtiga krapin shaklidagi qora donachali naqsh tushirilgan (20.1-rasm).

Qo‘lda yasalgan bezakli qozonlarning aksariyat qismi rivojlangan o‘rta asrlarga oid

charxda yasalgan qozon shakllariga ancha yaqin. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki charxda

yasalgan va sirtiga xuddi “soxta tripole” sopollari singari naqsh berilganlari ham mavjud.

Charxda ishlangan va sirtiga angobli naqsh tushirilgan sopol qozonlar Axsikat va

Afrosiyobdan aniqlangan.

Qo‘lda ishlangan bezakli qozonlarga ishlatilgan loy tarkibi

xuddi charxda yasalgan qozonlar kabi materiallardan, jumladan maydalangan dresva

hamda olovga bardoshli bo‘lish uchun kvarsit va gips qo‘shilgan.

Keyingi topilma ham qozonning gardishi va uning ushlagich-quloq qismidir.

U kulollik charxida ishlangan bo‘lib, sirtiga jigarrang naqsh berilgan.

Analogiyasi.

Qo‘lda yasalgan bezakli sopol majmualarida qozonlarning s

oni boshqa

turga nisbatan kamroq uchraydi. Ularning shakli IX

X

va undan keyingi davrlardagi

qozonlarga juda yaqin. “Soxta tripole” qozonlari Axsikat, Afrosiyob, Quldortepa, Termiz,

Panjikent va Qashqadaryo vohasidani Yalpoqtepa yodgorliklarining XI

XII asr madaniy

qatlamlaridan aniqlangan.

Axsikatning VIII qazishmasidan, suv yo‘lidan nazorat punktidan 2024

-yilda

aniqlangan.

Qo‘lda ishlangan bezakli qozon. Devori juda yupqa. Sirtiga qizg‘ish tuzda

qo‘yoshsimon va spiralsimon naqshlar tushirilgan. U Qoraxoni

ylar davrida Axsikatda

keng tarqalgan “soxta tripole” sopol majmuasiga oid.

XII asrning ikkinchi yarmi

XIII asr

boshlariga oid (9-rasm).

Qopqoqlar.

Ular asosan

qozonlar uchun mo‘ljallangan.

Qo‘lda ishlangan bezakli qopqoqcha. Sirtiga jigarrang tusdagi taram

-taram va

qo‘yoshsimon naqshlar tushirilgan. Qoraxoniylar davrida Axsikatda keng tarqalgan

“soxta tripole” sopol majmuasiga oid. XII asrning ikkinchi yarmi –

XIII asr boshlariga oid

(10-rasm).

Kulollik charxida ishlangan bezakli qopqoq. XII asrning ikkinchi yarmi

XIII asr

boshlariga oid. U ham

Qoraxoniylar davrida Axsikatda keng tarqalgan “soxta tripole”

sopol majmuasiga oid (11-rasm).

TOSHDAN ISHLANGAN OSHXONA IDISHLARI

Bu kabi

topilmalar O‘rta Osiyoda juda kam uchraydi. Biroq Axsikatdan bir nechta

xuddi shunday idish va uning bo‘laklari aniqlangan. Oshxona idishlari sirasiga kiruvchi

tosh qozonlar o‘zining shakli va kamyobligi bilan sopoldan yasalgan qozonlardan ancha

farq qilgan. Ular odatda mineral jins-

talkaning o‘ta pishiq turi steatitdan ishlangan. Tosh

qozonlar o‘rta asr tosh o‘ymakorlarining ham amaliy san’ati namunasi bo‘la oladi.

Yuqorida aytganimizdek, Axsikatdan ilgari ham tosh qozon parchalari aniqlangan.

Bunday qozon

lar X asr oxirlarida paydo bo‘lgan bo‘lsa,

XI

XII asrlarda keng tarqalgan.

Bu davr O‘rta Osiyo shaharlarining keskin o‘sishi, hunarmandchilik va savdoning tarqqiy

etishi bilan izohlanadi [Ахраров.1965, 11].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

589

2024 yilgi arxeologik qazishmalar chog‘ida, yod

gorlikning XVIII qazishma

ob’ektining shimoliy

-

sharqiy burchagidan tosh qozonning ushlagich qismi “qulog‘i”

aniqlandi (12-

rasm). Uning ushlagichi yarim oysimon ko‘rinishga ega bo‘lib qozonning

tanasidan taroshlab chiqarilgan. Qozon ushlagichining yon tomonlari uzunasiga chiziq va

X ko‘rinishida o‘yma naqshlar tushirilgan. ushlagichning o‘rtasi teshilib temir o‘tkazilgan.
Aftidan bu temir mix qozonni osishga mo‘ljallangan ilgichi qismi bo‘lsa kerak.

YASALISH TEXNIKASI VA LOYI TARKIBI

Axsikatdan aniqlangan bezakli sopollar tarkibi mikroskop yordamida tahlil

qilinganda quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdik:

Qo‘lda yasalgan bezakli sopol idishlarning

hajmi unchalik katta bo‘lmaydi. Odatda bunday idishlarning balandligi 10 smdan

25

30 smgacha yetadi.

Bu turdagi idishlarning ko‘pchiligi, ayniqsa qalin devorlilari

(0,7

0,9 mm) yetarli darajada pishirilmagan. Ul

arning yuqori qismiga panja bilan bo‘yoq

surkalib jilo berilgan

yoki bo‘yoqqa botirilgan latta bilan sayqallangan. Ayrim hollarda

idishlarning yuqori qismining ichki tomoni ham sayqallangan. Barcha idishlarning tubi

tekis. Idishlarning bo‘g‘zi, bo‘yni, dastasi va o‘rta

-qorin qismi bir-biridan mustaqil tarzda

tayyorlab olingan va hali pishirmasdan turib birlashtirilgan. Shu bois birlashtirilgan
qismlarning tutashgan joyining izlar saqlanib qolgan. Alohida tayyorlab olingan qismlarni
birlashtirish jarayonida

kulolning barmoqlar bilan qilingan chuqurchalar ko‘rinadi. Hajmi

yirikroq idishlar tuproq yoki qum to‘ldirilgan xaltachali qolip yordamida, kichikroqlari
esa qo‘lda yasalgan. Bunday idishlarning bir tekisda pishirilmaganligi ularning boshqacha

usulda pishirilganligidan dalolat beradi[Omanov, 2023.158-159 b].

Yozma manbalarda ham Qoraxoniylar davri turkiy xalqlarida kulollik bilan

bog‘liq ko‘plab atamalar ham uchraydi. “Devonu lug‘at at

-turk

asarida sopol idish

turlaridan tashqari sopol idish tayyorlash b

ilan bog‘liq juda ko‘plab so‘z va iboralar ham

yetib kelgan. E’tiborli tomoni ushbu atamalar orasida charxda yasalgan va sirlangan
idishlarga xos atamalardan tashqari qo‘lda ishlangan sopol idishlarga mos keluvchilari

ham bor, xususan,

očaq

(=

očuq

)

o‘cho

q,

ašu

va

baqanliγ qaδis

qizil loy,

liju

qum

aralashgan quruq va qattiq loy,

saγiz topraq

egiluvchan va yog‘li tuproq

va

saγizliy jer

kulollikka mos keluvchi tuproqli joy kabilar bor. Mahmud Koshg’ariy asarida o‘z ifodasini

topgan sopol idish

tarkibi haqidagi ma’lumotlar labaratoriya tahlillariga to‘la mos keladi.

Yuqoridagi ma’lumotlarda biz uchun muhimi qizil loy

baqanliγ qaδis

va qum aralashgan

loyni ifodalovchi

liju

kabi atamalarning borligidir [Omanov, 2024.18 b].

Etnografik tadqiqotla

rda qo‘lda yasalgan sopollar ochiq havoda qurilgan sodda

qurilmalarda pishirilgan. Bu jarayon ikki xil usulda amalga oshirilgan. Birinchi usulda

tekis yer ustiga tappi yoki o‘tin terilgan va uning ustiga sopol idish joylashtirilgan.

Shundan keyin idishlarn

ing yon va tepa qismi ham o‘tin yordamida berkitilgan. O‘tinlar

4-

5 soat yongach, sopol idish tayyor bo‘lgan.

Ikkinchi usulda esa yerdan ovalsimon chuqur kovlangan va o‘raning ostiga o‘tin

quyishib, uning ustiga esa

qizigan ko‘mirni qo‘yib chiqishgan. Shu

nday keyin idishlar

terib chiqilgan. chuqurning yuqori qismi ham o‘tin bilan berkitilgan.

Ular qo‘lda yasalganligi bois, devorlari qalinligi bir xilda emas. Ko‘zalarning bo‘yni,

qorin qismining yuqorisi va o‘rta qismi pastki qismiga nisbatan qalinroq. Shu

ningdek

idishlarning shaklida simmetriklik mavjud emas. Qo‘lda yasalgan bezakli idishlarning
ma’lum bir turiga oidlarida ham bir xillilik umuman kuzatilmaydi. Masalan, aynan bir xil
o‘lcham yoki bir xil naqshga ega idish turlari mavjud emas.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

590

Aksariyat idis

hlar loyi juda dag‘al bo‘lib, tarkibida mayda qum zarrachalari, shamot

va dresva bor. Biroq Axsikat topilmalaridan tuproq tarkib mayin va aralashmalarsiz

qo‘lda yasalgan bezakli idish parchalari ham mavjud. Aftidan bunday idishlarni shahar

kulollari ishlatadigan toza soz tuproqdan yasalgan. Idishlarni yasashda xom-ashyo

sifatida qizg‘ish loyli qum aralashgan dag‘al cho‘kmali tog‘ jinslari xizmat qilgan

[Оманов,

2019. 27 b]. Axsikatning XI

XIII asr boshlariga oid madaniy qatlamlaridan aniqlangan

“soxta tripole” sopol idishlari orasida kulollik charxida yasalganlari ham mavjud. Biroq
ularning ham tarkibi va naqshlari qo‘lda yasalgan bezakli sopol idishlarniki kabi bir xil.

Fikrimizcha, charxda ishlanganlari maxsus buyurtma yordamida professional kulol
tomonida

n ishlangan bo‘lishi kerak. Axsikat, Afrosiyob va Xulbukdan kulollik charxida

ishlangan, sirtiga bo‘yoq yordamida naqsh tushirilgan qozonlar aniqlangan.

XULOSA

O‘rta asrlarda Axsikatning kulolchilik san’ati rivojlangan va unda

yasalgan oshxona

idishlari o‘sha davrning turmush tarzi, madaniyati va

iqtisodiyotida muhim o‘rin tutgan.

Bu idishlarning ahamiyati bir necha jihatlarda namoyon bo‘ladi

. Axsikatning kulolchilik

mahsulotlari o‘ziga xos shakl va bezaklarga ega bo‘lib, o‘sha davr aholisining

badiiy didi,

urf-

odatlari va turmush tarzini aks ettiradi. Qo‘lda yasalgan bezakli idishlar nafaqat

amaliy vazifani bajargan, balki estetik qiymatga ham ega bo‘lgan.

Axsikatdagi kulolchilik

mahalliy iqtisodiyotning muhim tarmog‘i bo‘lgan. Qo‘lda yasalgan v

a kulolchilik charxida

ishlangan idishlar bozorlarda sotilib, savdo aloqalarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan.

Oshxona idishlari turli vazifalarni bajarish uchun ishlatilgan: ovqat pishirish,

saqlash va xizmat qilish. Toshdan yasalgan idishlar ustun mustahkamligi va issiqlikni
saqlash qobiliyati bilan ajralib turgan. Texnologik rivojlanishni aks ettirishi Axsikat

kulolchiligida gonchar charxidan foydalanish qo‘l mehnatini yengillashtirib,
mahsulotlarning sifatini oshirgan. Mineral bo‘yoqlar va angobdan foydalanish esa san’at
va texnologiyadagi ilg‘orlikni namoyon etgan. Axsikatda topilgan idishlar o‘sha davrning

ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari, texnologiyasi va savdo aloqalari haqida qimmatli

ma’lumot beradi. Ular o‘rta asr madaniyatini o‘rganishda muhim

manba hisoblanadi.

Shuningdek, bu idishlar Axsikatning o‘ziga xos madaniy va hunarmandchilik an’analarini
keng miqyosda tarqatganini ko‘rsatadi.

Ilovalar

4

1-rasm.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

591

2-rasm

3-rasm

4-rasm

5-rasm

6-rasm

7-rasm

8-rasm

9-rasm


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

592

10-rasm

11-rasm

12-rasm

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Анарбаев А. Ахсикет –

столица древней Ферганы. Ташкент. 2013.

2.

Ахраров И. Кухонная керамика Ферганы XI

-

XII вв.// ИМКУ. Вып. 8.

Ташкент. 1969

3.

Ахраров И

.

Каменные котлы средневековой Ферганы

//

Из истории

культуры народов Узбекистана. Сборник статей. Ташкент. 1965. с.9

-12

4.

Мирзалиев Г.А. Об одной группе кухонной посуды Ахсикета // ИМКУ.

Вып.25. Ташкент.1991

5.

Оманов Ш.А. Ахсикатдан топилган қўлда ясалган безакли “чойнак”

тўғрисида // O’zbekiston arxeologiyasi. №4. Samarqand. 2020

6.

Omanov Sh.

O‘rta asrlar qo‘lda yasalgan bezakli sopollar yasash texnikasi

xususida ayrim mulohazalar//SamDU ilmiy axborotnomasi. 2023-yil, 4-son, 2-seriya.
DOI: https://doi.org/10.59251/2181-1296.2023.v4.140.2.2367

7.

Оманов Ш. “Сохта триполье” сополлари тарихига доир// O’tmishga nazar.

25 (2019). DOI: http://dx.doi.org/10.26739/2181-9599-2019-25-04

8.

Omanov Sh

.

A. Axsikatning Qoraxoniylar davri qoʻlda yasalgan bezakli sopol

idishlari //Tar

ix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati.

Toshkent. 2024.

Библиографические ссылки

Анарбаев А. Ахсикет – столица древней Ферганы. Ташкент. 2013.

Ахраров И. Кухонная керамика Ферганы XI-XII вв.// ИМКУ. Вып. 8. Ташкент. 1969

Ахраров И. Каменные котлы средневековой Ферганы// Из истории культуры народов Узбекистана. Сборник статей. Ташкент. 1965. с.9-12

Мирзалиев Г.А. Об одной группе кухонной посуды Ахсикета // ИМКУ. Вып.25. Ташкент.1991

Оманов Ш.А. Ахсикатдан топилган қўлда ясалган безакли “чойнак” тўғрисида // O’zbekiston arxeologiyasi. №4. Samarqand. 2020

Omanov Sh. O‘rta asrlar qo‘lda yasalgan bezakli sopollar yasash texnikasi xususida ayrim mulohazalar//SamDU ilmiy axborotnomasi. 2023-yil, 4-son, 2-seriya. DOI: https://doi.org/10.59251/2181-1296.2023.v4.140.2.2367

Оманов Ш. “Сохта триполье” сополлари тарихига доир// O’tmishga nazar. 25 (2019). DOI: http://dx.doi.org/10.26739/2181-9599-2019-25-04

Omanov Sh. A. Axsikatning Qoraxoniylar davri qoʻlda yasalgan bezakli sopol idishlari //Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent. 2024.