Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Foreign studies and their analysis on the topic of the
historical geography of the Fergana Valley in Arabic
language sources of the IX
–
XIII centuries
Saidanvarbek YULDASHEV
1
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
15 November 2024
Accepted 15 December 2024
Available online
25 January 2025
In their studies on the historical geography of Fergana from
the 9th to 13th centuries, scholars from various countries
including Austria, Turkey, Russia, Azerbaijan, and France have
proposed a range of ideas and observations. Although these
contributions differ in scope and perspective, several offer
particularly noteworthy insights related to the problem under
investigation.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
A. Sprenger,
V. Tomashek,
K. Brockelman,
Barthelemy Dyerbelo de
Molinville,
E. de Zambaur,
S. Whiting Marvin,
Beisebayev Rakhat
Sansizbayevich.
IX
–XIII asrlar arab tilli manbalarda Farg‘ona vodiysi
tarixiy geografiyasi mavzusiga oid xorijiy tadqiqotlar va
ularning tahlili
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
A. Sprenger,
V. Tomashek,
K. Brokkelman,
Bartelemi Dyerbelo de
Molinvill,
E. de Zambaur,
S. Vayting Marvin,
Beysebayev Raxat
Sansizbayevich.
Farg‘onaning IX–
XIII asrlar tarixiy geografiyasiga oid
xorijiy mamlakatlarda, jumladan, Avstriya, Turkiya, Rossiya,
Ozarbayjon,
Fransiya
olimlari
tomonidan
yaratilgan
tadqiqotlarda ma’lum bir fikr va mulohazalar bildirilgan.
Shunga qaramay, ularning ba’zilarida bizni qiziqtirgan
muommo doirasidagi ba’zi e’tiborga loyiq fikrlar bayon etilgan.
1
Associate Professor, Department of World History, Fergana State University. E-mail: bahromzoda_turkzod@mail.ru
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
391
Зарубежные исследования и их анализ по теме
исторической географии Ферганской долины в
арабоязычных источниках IX–XIII вв.
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
А. Шпренгер,
В. Томашек,
К. Брокельман,
Бартелеми Дьербело де
Молинвиль,
Э. де Замбаур,
С. Уайтинг Марвин,
Бейсебаев Рахат
Сансизбаевич.
В исследованиях, посвящённых исторической географии
Ферганы IX–XIII веков, учёные из зарубежных стран,
включая Австрию, Турцию, Россию, Азербайджан и
Францию, высказывают различные мнения и суждения.
Некоторые из них содержат заслуживающие внимания
точки зрения, которые представляют интерес в контексте
изучаемой проблемы.
Hozirgi kunga qadar jahon va O‘zbekiston tarixshunosligida Farg‘onaning o‘rta asr
tarixiy georafiyasiga oid qator ilmiy asarlar yaratilgan. Ushbu tadqiqotlarda mintaqa
tarixining ayrim jihatlari xususida jiddiy ilmiy mulohazalar uchraydi. Yaratilish vaqti va
joyiga ko‘ra, mavjud adabiyotlarni quyidagi 3 ta guruhga ajratish mumkin:
1. Xorijiy
mamlakatlarda chop etilgan adabiyotlar; 2. Rossiya imperiyasi va sovet ittifoqida nashr
etilgan ilmiy ishlar; 3. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda olib borilgan tadqi
qotlar.
Xorijiy mamlakatlarda chop etilgan adabiyotlar davr, til va hududlar kesimida juda
xilma-
xil bo‘lib, asosiy adabiyotlar sirasiga kiradi. Farg‘ona vodiysi haqida ma’lumotlarni
o‘z ichiga olgan, arab tilidagi geografik asarlar foydalanilgan birinchi
asar mashhur
avstriyalik arabshunos A.Sprenger qalamiga mansubdir [1]. A.Sprenger IX
–
XIII asrlarga
oid arab tilli tarixiy-
geografik manbalaridan foydalangan holda o‘g‘uzlar, O‘zgand,
Axsikent va boshqa Farg‘ona shaharlari haqida bir qancha ishonchli ma’lum
otlarni
aniqlaydi. Sharqshunos olim o‘z asarini yozishda Ibn Xordodbeh (IX asr), al
-Istaxriy
(X asr), Ibn Havqal (X asr), al-
Idrisiy (XII asr) asarlaridan Farg‘ona shaharlari haqidagi
ma’lumotlarning tarjimasini keltiradi [2]. Bu asar Farg‘ona vodiysi geo
grafiyasi haqida
aniq ma’lumotga ega bo‘lmagan holda yozilganligini alohida qayd etish lozim.
Ma’lumotlar ham asosan tarjima holida berilgan, ular tahlil etilmagan.
Yevropada tadqiqotlar olib borilgan olimlardan V.Tomasshekning tarixiy-geografik
asarida Fa
rg‘onaga alohida e’tibor qaratilgan [3], Zarafshon daryosi havzasining tarixiy
geografiyasi ko‘rib chiqilgan [4]. V.
Tomashek ba’zi o‘rinlarda Farg‘onaning toponimikasi,
etimologiya va alohida joy nomlarining kelib chiqishini o‘rgangan, lekin bu materialni
ng
asosiy qismi Amudaryo havzasiga tegishlidir.
Ibn al-
Asir ma’lumotlarining at
-Tabariy asaridagi faktlar bilan aloqasi masalasiga
bag‘ishlangan dastlabki tadqiqotlardan biri nemis olimi K.Brokkelmanning asari
hisoblanadi [5]. Bizning tadqiqotimiz uchun K.
Brokkelmanning ishi Farg‘ona vodiysi
haqidagi tarixiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan o‘rta asr asarlarini tadqiq etgani bilangina
qiziq hisoblanadi. U o‘z tadqiqotida Farg‘ona vodiysiga oid ma’lumotlarga e’tibor
bermasdan, faqat Ibn al-Asir hamda at-Tabari
y asarlari matnlari o‘rtasidagi bog‘liqlik
masalasini ko‘rib chiqishga harakat qiladi.
Farg‘ona vodiysi tarixiy geografiyasi haqida ma’lumot beruvchi dastlabki tadqiqot
Bartelemi Dyerbelo de Molinvillning “Bibliotheque oriental” (“Sharq kutubxonasi”)
bibli
ografik to‘plami hisoblanadi. Ushbu asar g‘arbda yaratilgan musulmon sharqi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
392
to‘g‘risidagi birinchi ilmiy ensiklopediyadir. Muallif o‘zining asarida Farg‘ona vodiysi
ilmiy markazlari, bu yerdan yetishib chiqqan olimlar hamda Farg‘onaning Andijon,
Ahsikent,
Xo‘jand, Quva, Koson kabi o‘rta asr shaharlari to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Qiziq jihati shundan iboratki, asar yangi davr ya’ni XVII asrda yaratilgan bo‘lsa
-da, muallif
asarni yozishda o‘rta asr asr arab va fors
-tojik tilidagi manbalardan unumli foydalana
olgan [6].
Fransuz tadqiqotchisi E. De
Zambaur o‘zining “Manuel l genealogie et de
chronologie pour l’historie de l’islam” (Islom tarixi uchun nasabnoma va yilnoma
bo‘yicha qo‘llanma) nomli asarida islom tarixidagi ko‘plab sulolalar haqida hikoya qiladi.
Ular qatori Farg‘ona vodiysidan yetishib chiqqan Xoqoniylar va Somoniylar sulolalari
to‘g‘risida ham e’tiborga molik ma’lumot berib o‘tgan [7].
Vodiyning siyosiy tarixiy geografiyasi sulolalar tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Shu jihatdan arablar hukmronligi ostidagi hududlarni boshqargan hamda kelib chiqishi
Farg‘onadan bo‘lgan Ixshidiy va Somoniylar sulolalari to‘g‘risida arab
-fors tillaridagi
manbalariga asoslangan ma’lumotlarni ozabayjonlik olim Ali
-
zade Aydin Arif o‘g‘lining
“Хроники мусульманских
государств I–VII веков хиджры”
[8]
(“Hijriy I–
VII asrlardagi
musulmon davlatlari solnomasi”) nomli asarida ko‘rishimiz mukin
[9].
Yana bir turkiyalik tadqiqotchi Yunus Akyurekning “Fergana bölgesinin islâm
tarihindeki yeri ve önemi (VIII.–XIII. Yüzyillar arasi)” nomli dissertatsiyasida
VIII
–XIII asrlarda Farg‘ona vodiysidagi siyosiy, ijtimoiy
-iqtisodiy va madaniy jarayonlar
masalalariga to‘xtalib o‘tadi. Ammo tadqiqotchi oldiga qo‘ygan masalalarni yoritishda
asosan ilmiy tadqiqot natijalariga suyanadi, shu jihatdan ushbu doktorlik
dissertatsiyasini ilmiy tadqiqotdan ko‘ra fundamental tadqiqot sifatida qabul qilish
mumkin. Arab va fors tilli manbalardan foydalanish kam uchraydi. Manbashunoslik tahlili
juda kam [10]. Siyosiy tarix masalalari Arab xalifaligi, Somoniylar, Qoraxoniylar, Kidanlar,
Kuchluk dalati, Saljuqiylar, Xorazmshohlar va Chig‘atoy ulusi tarixini qamrab oladi.
Albatta buncha ko‘p masalalarni bitta ilmiy tadqiqot doirasida to‘liq, tizimli tarzda tahlil
qilish imkonsizdir. Muall
ifning dissertatsiyada keltirilishicha, Farg‘ona vodiysida islom
dini XI asrda uzil-kesil umumiy din sifatida qabul qilingan [11]. Ammo tarixiy
manbalarda bu ma’lumotni tasdiqlovchi faktlar topilmadi.
Ko‘pgina tadqiqotchilar tarixiy
tadqiqotlarning asosini tarixiy manbalar tahlili
tashkil etadi, deb hisoblaydi va yozma manbalardan unumli foydalanadi. Lekin ba’zi
tadqiqotchilar havaskorlik nuqtai nazaridan tadqiqotida biror-bir manba yoki adabiyotni
havola tarzida keltirmaydi hamda ushbu kitobning ahamiyati ham shunga yarasha
bo‘ladi. Shulardan biri S.Vayting Marvin tomonidan 2002
-yilda Nyu-York Yorkda
nashr etilgan “Imperial Chinese military history: 8000 BC –
1912 AD” [12] (Xitoy
imperiyasining harbiy tarixi: mil.avv. 8000-milodiy 1912 yilgacha) nomli
monografiyasidir. Unda VIII asr birinchi yarmida Tang imperiyasi va Farg‘ona davlati
o‘rtasida o‘zaro aloqalar to‘g‘risida hikoya qilinadi. Uning asarida keltirilishicha, Alutar
715 yilda arablar yordami bilan taxtga kelgan [13]. S.Vayti
ng Marvin o‘z asarida keltirgan
ma’lumotlarni asoslashda birorta ham asar yoki manbadan havolalar keltirmaydi. Demak,
uning fikrlari bahs talab hisoblanadi.
Beysebayev Raxat Sansizbayevichning
“Арабские источники IX
-
начала XIII вв.
о Восточном Мавераннахре” (IX–
XIII asrlar arab manbalarida Sharqiy Movarounnahr
haqida) nomli nomzodlik dissertatsiyasida arab tilli tarixiy hamda tarixiy-geografik
manbalarda keltirilgan Sharqiy Movarounnahr haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
393
Dissertatsichning manbaviy asosi mustahkam jumladan, tadqiqotni yozish jarayonida
IX
–
XIII asr boshlariga oid arab tarixiy hamda tarixiy-
geografik mazmundagi “Ta’rix Xalifa
ibn Hayyot” (“Tarixi Xalifa Ibn Hayyot”), al
-
Balazuriyning “Kitob futuh al
-
buldon”
(Mamlakatlar zabd etish kitobi)
, Ibn A’sam al
-
Kufiyning “Kitob al
-
futuh” (“Fathlar
kitobi”), al
-
YA’qubiyning “Ta’rix” (“Tarix”), “Kitob al
-
buldon” (“Mamlakatlar kitobi”), Ibn
al-
Faqih Hamadoniyning “Kitob al
-
buldon” (“Mamlakatlar kitobi”), ad
-Dinavariyning
“Kitob axbar at
-
tival” (“Xabarlar kitobi”), Mutahhar ibn Tohir al
-
Muqaddasiyning “Kitob
al-
bad’ va
-t-
ta’rix” (“Yaratilish kitobi va tarix”), at
-
Tabariyning “Ta’rix ar
-rusul va-l-
muluk” (“Payg‘ambarlar va podshohlar tarixi”), Ibn al
-
Asirning “Al
-Komil fi-t-
ta’rix”
("Mukammal tarix"), al-
Mas’udiyning "Muruj" az
-
zahab va ma’adin al
-jauhar" ("Oltin
konlari va qimmatbaho toshlar"), as-
Sam’oniyning nasabnomaga oid ensiklopedik asari
“Kitob al
-
ansab” (“Nasablar kitobi”), al
-
Xorazmiyning “Kitob surat al
-
ard” (“Yer surati
kitobi”), Ibn Xordodbehning “Kitob al
-masolik va-l-
mamalik” (“Yo‘llar va davlatlar
kitobi”), al
-
YA’qubiyning “Kitob al
-
buldan” (“Mamlakatlar kitobi”), Ibn Rustaning “Kitob
al-
a’lak an
-
nafisa” (“Qimmatbaho marjonlar kitobi”), Qudoma ibn Ja’farning “Kitob
al-xaraj va-
san’at al
-Ki
taba”. ("Xoraj kitobi va kotiblik san’ati"), al
-
Mas’udiyning "Kitob
at-tanbih va -l-
ishraf" ("Ogohlantirish va qayta ko‘rib chiqish kitobi"), al
-Istaxriy va Ibn
Haukalning shu nomdagi "Kitob al-masalik va-l-
mamalik” (“Yo‘llar va mamlakatlar
kitobi”) al
-Mu
qaddasiyning “Ahsan at
-
taqosim fi ma’rifat al
-
aqolim”, al
-Beruniyning
“al
-Qonun al-
Mas’udiy” (“Mas’ud qonuni”), Yoqut al
-
Hamaviyning“Mu’jam al
-buldan"
("Mamlakatlar alifbosi ro‘yxati" yoki "Mamlakatlar lug‘ati") asarlari nashrlaridan,
shuningdek ularning
qo‘lyozma nusxalaridan foydalangan [14]. Tadqiqotning
2-
3 boblarida Sharqiy Movarounnahr tarkibiga kiruvchi Farg‘ona vodiysi haqida ham
ma’lumotlar berilgan. Ammo Farg‘ona masalasiga alohida bob yoki paragraflar
ajratilmagan. Shu jihatdan ishni jiddiy, juqur ilmiy tadqiqot, deb aytish qiyin. Barcha
masalalar manbalar mazmuniga qarab ajratilgan va umumiy berilgan, ko‘p hollarda
ma’lumotlar aralash holda yozilgan [15].
XULOSA
Mavzuga oid tadqiqotlar tahlili Farg‘ona vodiysi tarixiy
geografiyasini hozirga
qadar tarix fanida yaxlit tarzda kompleks ravishda o‘rganilmaganligidan dalolat beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Sprenger A. Die Post- und Reiserouten des Orients. Abhandlungen fur die Kunde'
des Morgenlande, 1864.
III, №
3. Leipzig.
–
Р. 25.
2.
Sprenger A. Die Post- und Reiserouten des Orients. Abhandlungen fur die Kunde'
des Morgenlande, 1864.
III, №3. Leipzig.
–
Р. 25
-26.
3.
Tomaschek W. Centralasiatische Studien. I. Sogdiana. Wien. 1877.
–
Р. 20, 50
-51.
4.
Tomaschek W. Centralasiatische Studien. I. Sogdiana. Wien. 1877.
–
Р. 20.
5.
Brockelmann
С
. Das Verhaltniss von Ibn-el-Atirs Kamil fit-ta'rih zu Tabaris
Ahbar errusul wal muluk. Strassburg. 1890.
6.
D`herbelot M.B. Bibliotheque oriental ov dictionaire universel.
–
Paris:
Compagnie des Libra`res, 1777.
–
Р. 340
-341, 739, 985.
7.
Zambaur E. de. Manuel l genealogie et de chronologie pour l’historie de l’islam.
Hannover: Orient-Buchhangung Heinz Lafaire, 1927.
–
P. 13, 240.
8.
Али
-
заде А.А. Хроники мусульманских государств I–VII веков хиджры. Изд.
2/е, испр. и доп. –
Москва: Умма,
2004.
–
445 с
(кейинги ўринларда –
Али
-
заде А
.
А
.
Хроники мусульманских государств
).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
394
9.
Али
-
заде А
.
А
.
Хроники мусульманских государств
.
–
С. 303.
10.
Yunus А. Fergana bölgesinin islâm tarihindeki yeri ve önemi (VIII.
-XIII.
Yüzyillar arasi). Doktora Tezi. –
Bursa, 2008.
–
S. 4-19, 20-27, 36-128.
11.
Yunus А. Fergana bölgesinin islâm tarihindeki yeri ve önemi (VIII.
-XIII.
Yüzyillar arasi). Doktora Tezi. –
Bursa, 2008.
–
S. 4.
12.
Marvin C Whiting. Imperial Chinese military history: 8000 BC
–
1912 AD. New
York: Writes club press, 2002. 605 p
(кейинги ўринларда –
Marvin C Whiting. Imperial
Chinese military history).
13.
Marvin C Whiting. Imperial Chinese military history.
–
Р. 276.
14.
Бейсебаев Р.С. Арабские источники IX
–
начала XIII вв. о Восточном
Мавераннахре
.
Диссертация на соискание ученой степени кандидата исторических
наук
.
–
Санкт
-
Петербург
, 2008.
–
С. 6.
15.
Бейсебаев Р.С. Арабские источники IX
–
начала XIII вв. о Восточном
Мавераннахре
.
Диссертация на соискание ученой степени кандидата исторических
наук
.
–
Санкт
-
Петербург
, 2008.
–
С. 42
-82, 83-171.
