Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Scientific and theoretical analysis of the execution of the
penalty for confiscation of property with the condition of
payment
Shogrukh KUSHBOKOV
1
Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2024
Received in revised form
15 December 2024
Accepted 20 January 2025
Available online
15 February 2025
This article specifically examines the procedure and
conditions for executing the penalty of confiscation with the
requirement to pay for the item, and the unique characteristics
of this type of punishment are interpreted separately.
Additionally, the author has studied the experiences of
advanced foreign countries in applying this penalty and has
developed proposals and recommendations.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
administrative penalty,
administrative legislation,
seizure with reimbursement,
supplementary punishment.
Narsani haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish jazosini ijro
etishning ilmiy-nazariy tahlili
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
ma’muriy jazo, ma’muriy
qonunchilik, haqini to‘lash
sharti bilan olib qo‘yish,
qo‘shimcha jazo.
Ushbu maqolada narsani
haqini to‘lash sharti bilan olib
qo‘yish jazosini ijro etish tartibi va shartlari alohida o‘rganilgan
bo‘lib, ushbu jazo turining o‘ziga xosligi alohida talqin qilingan.
Shuningdek, ushbu jazoni qo‘llanilishi borasida ilg‘or xorijiy
davlatlar tajribalari o
‘rganilib, muallif tomonidan taklif va
tavsiyalar ishlab chiqilgan.
1
Senior Lecturer, Captain, Department of Administrative Law, Academy of the Ministry of Internal Affairs of the
Republic of Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
88
Научно
-
теоретический анализ исполнения наказания
в виде возмездного изъятия предмета
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
административное
взыскание,
административное
законодательство,
возмездное изъятие,
дополнительное
наказание.
В данной статье отдельно рассмотрены порядок и
условия исполнения наказания в виде возмездного
изъятия предмета, а также детально проанализирована
специфика данного вида наказания. Кроме того, изучен
опыт передовых зарубежных стран в его применении, а
автором разработаны соответствующие предложения и
рекомендации.
Narsani haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish jazosi ma’muriy qonunchilikda eng
kam qo‘llanilgan ma’muriy jazo turi hisobl
anadi.
Qonunchilikda
narsani haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish jazosi
-
ma’muriy
huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan
ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish shu ashyoni majburiy tarzda tortib
olib,
uni keyinchalik sotib yuborish hamda sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga
tortib olingan ashyoni sotish xarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirishdan
iboratdir [1].
Izlanishlar natijasida ushbu jazo faqat xorijiy davlatlardan Tojikiston
Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksining 44
-moddasi bilan
o‘z aksini topgan bo‘lib, unda
narsani haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish jazosi
-
ushbu jazo ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita obyekti
bo‘lgan
ashyoni haq evaziga majburiy olib qo‘yish uni majburiy olib qo‘yish va keyinchalik
sotishdan iborat bo‘lib, olingan summa olib qo‘yilgan ashyoni realizatsiya qilish xarajatlari
chegirib tashlangan holda sobiq mulkdorga beriladi deb tarif berilgan
[2].
Fikrimizcha, yuqoridagi tariflardan kelib chiqib
narsani haqini to‘lash sharti bilan
olib qo‘yish jazosi
-
ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan o‘qotar ov
qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning o‘q
-dorilarini majburiy olib auksion savdo
orqali sotish va sotilgan pul miqdorini xarajatlarni chegirib qolgan xolda o‘qotar ov
qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning o‘q
-
dorilarini egasiga qaytarish tushunilmog‘i
lozim.
Ushbu jazoni ijro etish tartibi yurtimizda quyidagicha amalga oshiriladi. Jumladan,
jazoni olib qo‘yish predmeti bu o‘qotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning
o‘q
-
dorilarini haqini hisoblanib, asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga
nisbatan qo‘llanilmaydi.
Ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish ma’muriy jazo chorasi
mazmuniga ko‘ra ketma
-
ketlikda o‘zaro bog‘langan quyidagi uch harakatni amalga
oshirishdan iborat:
huquqbuzar shaxsdan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan
yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni majburiy tarzda olib qo‘yish;
majburiy tarzda olib qo‘yilgan ashyoni sotish;
ashyoni sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga ashyoni sotish
xarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirish.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
89
Ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish ham asosiy, ham qo‘shimcha
ma’muriy jazo chorasi sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Asosiy jazo chorasi sifatida ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish faqat
O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 220
-
moddasi birinchi qismida o‘qotar qurollar va o‘q
-
dorilarni saqlash yoki tashish qoidalarini buzganlik uchun jarima bilan muqobil tarzda
nazarda tutilgan.
Qo‘shimcha jazo chorasi sifatida haqini to‘lash sharti bilan olib
qo‘yish
, xavfli moddalar va ashyolarni transportda tashish qoidalarini buzganlik uchun
(MJtKning 142-m. 2-q.)
va qurolning va uning o‘q
-
dorilarining muomalada bo‘lishi
qoidalarini buzish uchun
(MJtKning 220-m.)
belgilangan.
Shu bilan birga, birinchi huquqbuzarlik uchun ashyoni haqini to‘lash sharti bilan
olib qo‘yishni qo‘shimcha jazo choras
i sifatida nazarda tutsa, ikkinchi huquqbuzarlik
uchun mazkur jazo chorasini albatta asosiy jazo chorasi bo‘lgan jarima bilan to‘ldiradi.
Tojikiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra
, haq evaziga olib qo‘yishni
qo‘llash tartibi va olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan narsalar ro‘yxati ushbu Tojikiston
Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksi va boshqa normativ
-
huquqiy hujjatlari bilan belgilanadi. Haq to‘lanadigan majburiy olib qo‘yish faqat sudya
tomonidan tayinlanadi. Haq evaziga majburiy
olib qo‘yish sodir etilgan ma’muriy
huquqbuzarlik xususiyatiga muvofiq bo‘lishi kerak. Uchinchi shaxsning huquqbuzarga
tegishli bo‘lmagan mol
-mulki uni olish vaqtida uchinchi shaxs huquqbuzarning niyati
to‘g‘risida xabardor bo‘lganligi isbotlangan taqdird
agina haq evaziga majburiy olib
qo‘yiladi [2].
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita obyekti bo‘lgan
ashyolarni haq evaziga olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish. Tojikiston
Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida
gi kodeksining 846-moddasiga
binoan Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita obyekti bo‘lgan
ashyolarni haq evaziga olib qo‘yish to‘g‘risidagi sudyaning qarori Tojikiston Respublikasi
qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda ijro etiladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish
quroli yoki bevosita obyekt bo‘lgan olib qo‘yilgan ashyolarni sotish Tojikiston
Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu jazo turi 201 yil 28 dekabrdagi 398-FZ-sonli "Fuqarolik qurollari muomalasi
sohasida nazoratni kuchaytirish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining ayrim qonun
hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi Federal qonuni [3] bilan Rossiya
Federatsiyasining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodek
sining chiqarib
tashlangan.
Ushbu jazo turi yildan yilga qo‘llanilish darajasini yurtimizda ham o‘z kuchini
yo‘qotmoqda, jumladan, ushbu jazo shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi yillar kesimida
quyidagicha o‘z aksini topadi:
•
2020-yilda
15 ta
shaxsga;
•
2021-yilda
14 ta
shaxsga;
•
2022-yilda
3 ta
shaxsga;
•
2023-yilda
1 ta
shaxsga;
•
2022-yilning birinchi yarmida
2 ta
shaxsga qo‘llanilgan.
Ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish jazo turi viloyatlar kesimida
quyidagicha qo‘llanilgan:
2020-yilda:
•
Andijon viloyatida
6 ta
;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
90
•
Buxoro viloyati
1 ta
;
•
Qashqadaryo viloyatida
3 ta
;
•
Namangan viloyatida
2 ta
;
•
Farg‘ona viloyatida
3 ta
shaxsga nisbatan ushbu jazo tayinlangan.
2021-yilda:
•
Buxoro viloyati
1 ta
;
•
Qashqadaryo viloyatida
2 ta
;
•
Navoiy viloyatida
1 ta
;
•
Namangan viloyatida
4 ta
;
•
Surxondaryo viloyatida
4 ta
;
•
Farg‘ona viloyatida
2 ta
shaxsga nisbatan ushbu jazo tayinlangan.
2022-yilda:
•
Sirdaryo viloyatida
1 ta
;
•
Farg‘ona viloyatida
1 ta
;
•
Xorazm viloyatida
1 ta
shaxsga nisbatan ushbu jazo tayinlangan.
•
2023-yilda Jizzax viloyatida
1 ta
shaxsga nisbatan ushbu jazo tayinlangan [4].
2024-yilning birinchi yarmida:
•
Qashqadaryo viloyatida
1 ta
;
•
Jizzax viloyatida
1 ta
shaxsga nisbatan ushbu jazo tayinlangan.
Xulosa qilib aytganda,
fikrimizcha, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksidan narsani haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish
jazosini ma’muriy jazolar safidan chiqarish maqsadga muvofiqdir deb hisoblaymiz va bu
taklifimizni quyidagilar bilan isbotlash mumkin:
birinchidan
, ushbu jazo deyarli qo‘llanilmasligi bu yuqoridagi statistikadan
ko‘rinib turibdi;
ikkinchidan
, ushbu jazo bor-
yo‘g‘i ikkita huquqbuzarlik uchun qo‘llanilishidir.
Ya’ni xavfli moddalar va ashyolarni transportda tashish qoidalari
ni buzganlik uchun
(MJtKning 142-m. 2-
q.) va qurolning va uning o‘q
-
dorilarining muomalada bo‘lishi
qoidalarini buzish uchun (MJtKning 220-m.)
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. [Elektron
manba: https://lex.uz/docs/-97664. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
2.
Кодекс
Республики
Таджикистан
об
административных
правонарушениях
[Elektron manba: https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=30414710 Murojaat vaqti:
10.02.2024 y].
3.
Федералный закон от 28.12.2010 Н 398
-
ФЗ.
[Elektron manba:
https://www.consultant.ru/ document/cons_doc_LAW_1 08553/30b3f8c55f65557c
253227a65b908cc075 ce114a/ #dst100160. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
4.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning 2024 yil 1
-yarmidagi faoliyat yakunlarining
asosiy ko‘rsatkichlari
[Elektron manba: https://stat.sud.uz/. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
