Авторы

  • Шерзод Тургунов
    Докторант, кафедра «История Узбекистана», Ферганский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1/S-pp278-287

Ключевые слова:

Охрана труда Трудовой кодекс Андижанское швейное производственное объединение Когайский хлопкоочистительный комбинат газета «Коммунистический фонд страхования промышленного строительства» газета «Сталинская правда»

Аннотация

В данной статье представлена информация о фактическом положении дел в сфере охраны труда женщин, работавших на промышленных предприятиях Андижанской и Наманганской областей в 1946-1970 годах, а также о значимости процессов, осуществленных в области социальной защиты женщин.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Reflections on Women's Labor Protection in Industrial
Enterprises of Andijan and Namangan Regions (based on
the analysis of documents from the State Archives of
Andijan and Namangan regions and articles published in
periodicals from 1946 to 1970)

Sherzod TURGUNOV

1

Fergana State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2024
Received in revised form

15 December 2024

Accepted 20 January 2025

Available online

15 February 2025

This article presents information on the actual state of

measures implemented within the framework of labor
protection for women employed at industrial enterprises

operating in Andijan and Namangan regions from 1946 to 1970.

It also discusses the significance of processes carried out in the

field of social protection for women during this period.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1/S-pp

278-287

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

labor protection,

Labor Code,

Andijan Sewing Production

Association,

Qo'gay Cotton Ginning Plant,
Industrial Construction

Insurance Fund,

Communist newspaper,
Stalin's Truth newspaper.

1

Doctoral student, Department of History of Uzbekistan, Fergana State University. E-mail: turgunovs979@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

279

Andijon va Namangan viloyatlaridagi sanoat korxonalarida

xotin-qizlarning mehnat muhofazasi haqida ayrim fikr
mulohazalar (Andijon viloyati va Namangan viloyati Davlat
arxivi fondlari hujjatlari va 1946

1970-yillarda chop

etilgan vaqtli matbuot nashrlarida chop etilgan maqolalar
tahlili asosida)

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

mehnat muhofazasi,

Mehnat Kodeksi,

Andijon tikuvchilik ishlab
chiqarish birlashmasi,

Qo‘gay paxta tozalash

zavodi,

Sanoat qurilish sug‘urta

kassasi,

kommunist gazetasi,

Stalin haqiqati gazetasi.

Ushbu maqolada o‘tgan asrning 1946–

1970-yillarida

Andijon, Namangan viloyatlarida faoliyat olib borgan sanoat
korxonalarida

mehnat faoliyati bilan shug‘ullangan xotin

-

qizlarning mehnat muhofazasi doirasida amalga oshirilgan

tadbirlarning haqiqiy holati haqida, shuningdek, xotin-

qizlarning ijtimoiy muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan
jarayonlarning ahamiyati

haqida ma’lumotlar taqdim etilgan.

Некоторые мнения по охране труда женщин на
промышленных

предприятиях

Андижанской

и

Наманганской области

(на основе анализа фондов

Государственных архивов Андижанской и Наманганской
области и статей

,

опубликованных в периодических

изданиях

,

вышедших в 1946–1970 гг.)

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Охрана труда

,

Трудовой кодекс

,

Андижанское швейное
производственное
объединение

,

Когайский
хлопкоочистительный
комбинат

,

газета
«Коммунистический фонд
страхования
промышленного

строительства»

,

газета «Сталинская
правда».

В данной статье представлена информация о

фактическом положении дел в сфере охраны труда

женщин

,

работавших на промышленных предприятиях

Андижанской и Наманганской областей в 1946

-

1970 годах

,

а также о значимости процессов

,

осуществленных в

области социальной защиты женщин.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

280

KIRISH

O

zbekiston SSR hududida 1946

1991-yillarda faoliyat olib borgan sanoat

korxonalarida mehnat qilayotgan mehnatkashlar orasida xotin-qizlarning nufuzi ham

ko

pchilikni tashkil etgan. Respublikaning yengil sanoat tizimiga mansub tikuvchilik,

to

quvchilik sun

iy gazlamalar ishlab chiqaruvchi korxonalarida, badiiy buyumlar ishlab

chiqarish fabrikalarida, farmatsevtika fabrikalarida, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari

ishlab chiqaruvchi kombinat va zavodlarda mehnat faoliyati bilan shug

ullanayotgan

ishchilar orasida ayol ishchilarning soni erkak ishchilarga nisbatan ortiqroq bo

lgan.

Bundan tashqari og

ir sanoatning mashinasozlik, kimyo, yoqilg

i ishlab chiqarish kabi

turlariga oid zavod va kombinatlarda ham ko

p sonli ayol ishchi va xizmatchilar mehnat

faoliyatlari bilan shug

ullanganlar. Shunday bo

lsa-da ayollar organizmi o

ziga xos

fiziologik xususiyatga ega bo

lganligi boisidan og

ir jismoniy mehnatga, ba

zi bir zararli

omillarga (chang, inson tanasining juda qizib yoki sovib ketishi kabi) juda ta

sirchan

ekanligi ularning erkaklar bilan bir xil mehnat sharoitlarida mehnat qilishiga to

sqinlik

qiladi. Ayniqsa inson sog

lig

i uchun zararli ish sharoitlarida mehnat qilish homiladorlik

holatida mehnat qilayotgan ayol ishchi va xizmatchilarga homiladorlik davrini salbiy

o

zgarishlar bilan yuz berishiga, jiddiy asoratlar qoldirishi (toksikoz, bola tushib qolishi,

bolaning o

lik tug

ilishi kabi) farzand tug

ish funksiyalarini buzilishi( farzand ko

rmaslik),

avloddagi o

zgarishlar (bolaning erta tug

ilishi, nogiron tug

ilishi kabi)ga sabab bo

lishi

mumkin. Shuning uchun ayollar mehnatini muhofaza qilishda ko

plab muammolar doimo

mavjud bo

lib, uning biologik va ijtimoiy jihatlarini hisobga olish muhim o

rin tutadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mustaqil O

zbekistonda aholining keng ommasini iqtisodiy-ijtimoiy ahvolini

yaxshilash, farovon turmush tarziga ega bo

lishi uchun bugungi kunda davlat miqyosida

keng miqyosda islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda aholining ish bilan

ta

minlamagan qismini doimiy ish o

rinlari bilan ta

minlash, aholing kambag

al qismini

kambag

allik darajasidan chiqarish eng asosiy maqsad sifatida ilgari surilmoqda. Bu

jarayonda yangi tashkil etilayotgan sanoat korxonalari va ularda ishchi va xizmatchilar

uchun yaratilgan mehnat muhofazasi, tibbiy

sog

lomlashtirish tadbirlarining ahamiyati

juda katta. Bundan tashqari keyingi yillarda davlat miqyosida xotin-qizlarning ijtimoiy

faolligini rivojlantirish, ularning huquq va erkinliklarini ta

minlash bo

yicha olib

borilayotgan islohotlar natijasida, shuningdek, xotin-qizlarning ish bilan ta

minlash va

ular uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratib berish yuzasidan olib

borilayotgan amaliy ishlar juda katta ahamiyatga ega bo

lmoqda. Maqolada yoritilgan

mavzuning ahamiyati shundaki sobiq sovet tuzumi davrida milliy respublikalarning turli

viloyatlarida faoliyat olib borgan sanoat korxonalarida xotin-qizlarning mehnat

sharoitlari, ularning sog

liklarini saqlash, ishlab chiqarishdan bo

sh vaqtlarini mazmunli

tashkil etish yuzasidan amalga oshirilgan amaliy tadbirlarning asl holatini o

rganish va

ushbu holatni yosh o

sib kelayotgan avlodga to

g

ri yoritib berish orqali yosh avlod

vakillarida, shuningdek barcha yosh toifasidagi yurtdoshlarimizda bugungi kunda

davlatimiz va hukumatimiz tomonidan aholining iqtisodiy, ijtimoiy, jismoniy jihatdan

yetukligini ta

minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asl mazmuni va

ahamiyatini yoritib berishda, shuningdek, shunday farovon hayotni qadrlash tuyg

usini

rivojlantirishda ahamiyati katta.

TADQIQOTNING AMALGA OSHIRILISHI

Tadqiqot jarayonida Andijon, Namangan viloyatlarida 1946

1970-yillarda faoliyat

olib borgan sanoat korxonalarining muhandis va texnik xodimlariga, ishchi va
xizmatchilariga va ushbu korxonalarda tibbiy

sog

lomlashtirish xizmatining holatini


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

281

yaxshilash asnosida ushbu korxonalarda mehnat faoliyati bilan shug

ullanayotgan

muhandis va texnik xodimlar, ishchi va xizmatchilarning mehnat sharoitlarini
yaxshilashda, ularning mehnat muhofazasini ta

minlash borasida mavjud holat bo

yicha

erishilgan yutuqlar va kamchiliklar to

g

risida Andijon, Namangan viloyatlari Davlat

arxivlarida saqlanayotgan sanoat korxonalarining faoliyatiga oid fondlarni va bundan
tashqari Andijon viloyati partiya qo

mitasi va viloyat kengashining rasmiy nashri

hisoblangan

Kommunist

gazetasining, Namangan viloyati partiya qo

mitasi va viloyat

kengashining rasmiy nashri bo

lgan

Stalin haqiqati (1960-yillardan Namangan haqiqati

)”

gazetasining 1946

1980-yillarda nashr qilingan sonlarida e

lon qilingan maqolalarni

o

rganish va tahlil qilish natijasida zarur ma

lumotlar qo

lga kiritildi. Bu jarayonda maqolaga

oid ma

lumotlarni to

plash jarayonlari Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur

nomli Axborot Kutubxona markazida, Namangan shahridagi Nodirabegim nomidagi Axborot
Kutubxona markazi fondlarida saqlanayotgan o

tgan asrning 50

80-yillariga oid vaqtli

matbuot nashrlari o

rganildi va ilmiy tadqiqot ishiga oid muhim ma

lumotlar qo

lga

kiritildi. Bu jarayonda

Kommunist

,

Stalin haqiqati (1960-yildan Namangan haqiqati

”)

gazetalarining 1946

1980-yillarda nashr etilgan sonlari va Andijon, Namangan viloyatlari

Davlat arxivlarining fondlari xronologik tartibda ko

rib chiqildi. Ushbu gazetalarning deyarli

barcha sonlarida sanoat yangiliklari rukni mavjud bo‘lgan. Ushbu ruknda viloyatda sanoat

sohasida yuz berayotgan muhim yangiliklar, sanoat korxonalarida ishchilar va xizmatchilar
uchun yaratilayotgan mehnat sharoitlarida erishilayotgan yutuqlar va shu bilan bir qatorda
mavjud kamchiliklar haqida,

mehnatkashlarning sog‘liklarini saqlash va mehnat qilish

qobiliyatini qayta tiklash va ish unumdorligini oshirish yuzasidan bajarilgan tadbirlar,
xususan, sanatoriylar, kurortlar va dam olish uylarida mehnatkashla

rni o‘z sog‘liklarini

tiklash va mustahkamlash bo‘yicha bajarilgan amaliy ishlar va sanoat korxonalarining

moddiy-texnik holati, ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etilayotgan yangiliklar, sanoat
korxonalaridagi novatorlik, ratsionalizatorlik faoliyatlari haqida va viloyatdagi zavod va

fabrikalarning davlat tomonidan qo‘yilgan mehnat majburiyatlarini bajarish sohasidagi
yutuqlari va kamchiliklari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu ma’lumotlarni
o‘rganish jarayonida qiyosiy taqqoslash usullaridan h

am foydalanildi. Bu jarayonda xuddi

shu davrda sobiq sovet ittifoqining markaziy hududlarida, xususan RSFSRdagi sanoat
korxonalari yoki sovet ittifoqining markaziy hududlarida joylashgan Ukraina SSR,
Belorussiya SSR kabi respublikalardagi sanoat korxonalarida ishchilar uchun yaratilgan
mehnat sharoitlari va mehnatkashlarning mehnat muhofazasi haqida va ushbu hududlardagi
zavod va fabrikalarda ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etilgan eng yangi jihozlar va
uskunalar va ularning afzalliklari, ish

chilarning mehnat muhofazasini ta’minlashdagi

ahamiyati haqida ushbu gazetada berilgan ma’lumotlar bilan qiyosiy tahlil qilindi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Sobiq sovet ittifoqida xotin-qizlarni sanoat ishchilariga aylanish jarayoni 2-jahon

urushi yillarida avj olgan jarayon

bo‘lib

,

O‘zbekiston SSRning barcha oblastlaridan harbiy

xizmat yoshidagi erkak ishchilarning harbiy xizmatga jalb etilishi natijasida zavod va
fabrikalarda ishchi kuchining soni keskin qisqarishi va sovet ittifoqining urush

bo‘layotgan hududlaridan 300 ga yaqin sanoat korxonalarini O‘zbekiston SSR hududiga
ko‘chirib keltirilib

qisqa muddatlarda qayta ishga tushirilishi natijasida ishchi kuchiga

bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi zavod va fabrikalarda ayol ishchilar miqdorining
ko‘payishiga asosiy sabab bo‘ldi. 2

-

jahon urushi yillarida O‘zbekiston SSRning Andijon

,

Namangan,

Farg‘ona oblastlaridagi to‘qimachilik

, tikuvchilik fabrikalarida va qurilish


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

282

ashyolari ishlab chiqaruvchi g‘isht zavodlarida

, paxtani qayta ishlash zavodlarida, oziq-

ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida,

qishloq xo‘jaligi texnikalarini

ta’mirlash korxonalarida

asosiy ishchi kuchi ayollardan iborat bo‘ldi. Ayniqsa urush

yillarida qishloq xo‘jaligi tizimida mehnat qilgan xotin–

qizlarning fidoiy mehnatlari

g‘alabaga juda katta hissa qo‘shgan. Ayol ishchilarning fidoiy mehnatlari natijasida
O‘zbekiston SSR hududidagi sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan harbiy qurol

-

aslahalar, kiyim-kechak mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari frontlarda dushman
ustidan

g‘alaba qozonilishida

muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 2

-jahon urushidan keyingi

davrdagi

xalq xo‘jaligini qayta tiklash jarayonlarida ham O‘zbekiston SSR hududidagi

,

xususan, Andijon, Namangan,

Farg‘ona oblastlaridagi zavod va fabrikalarda mehnat qilib

kelayotgan xotin

qizlarning faoliyatlari

katta o‘rin tutdi.

Ma’lumki

, urush yillarida sobiq

sovet ittifoq hududidagi barcha sanoat korxonalarida mehnat qilayotgan ishchilar o‘g‘ir
mehnat sharoitlarida mehnat qilishga majbur bo‘lganlar. Urushdan keyingi tin

ch qurilish

yillarida sanoat korxonalaridagi mehnat sharoitlari asta-sekinlik bilan ijobiy tomonga

o‘zgara boshlaganligi sanoatning turli tarmoqlariga oid zavod va fabrikalarda

,

kombinatlarda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ayol ishchi va xizmatch

ilar

uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratila boshlanganidan ham ma’lum bo‘ladi.
O‘zbekiston SSR hududida faoliyat olib borgan sanoat korxonalarida ayol ishchi va
xizmatchilar uchun mehnat muhofazasi masalalariga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib

,

1946

1991-yillar davomida ayollarning mehnatini himoya qilish masalasida bir qancha

imtiyozlar va qulayliklar joriy etilgan. Sobiq Sovet tuzumi davrida mehnat qonunchiligida
ayol ishchi va xizmatchilarni mehnatini muhofaza qilish borasida quyidagi imtiyozlar
joriy etilgan:

1. Ish sharoitlarini yaxshilash masalasida:

O‘gir va zararli mehnat sharoitlarda ayollar mehnati cheklangan yoki umuman

ta’qiqlangan.

Ayollar ishlayotgan sexlarda va boshqa ishlab chiqarish bo‘limlarida maxsus

xavfsizlik texnikalarini joriy etilgan.

Har bir sanoat korxonasida ayollar uchun alohida sanitariya-gigiyena talablariga

javob beradigan maxsus xonalar (misol uchun dam olish xonalari, bolalarni
ovqatlantirish xonalari) tashkil etilgan.

2. Ish vaqti va mehnat ta;tili masalasida:

Ayol ishchi va xizmatchilar uchun qisqartirilgan ish kuni yoki ish haftasi joriy

etilgan. Bu jarayonda ayniqsa homilador ayol ishchi va xizmatchilar hamda yosh farzandi
bor ayol ishchi va xizmatchilar uchun qisqartirilgan ish kuni va ish haftasini joriy etish

ko‘zda tutilgan.

Homiladorlik va tug‘ruq ta’tilining muddati 126 kun etib belgilangan

(tug‘ilishdan oldin 70 kun

,

tug‘ruqdan keyin 56 kun).

Bolalarni parvarishlash uchun 3 yilgacha ish o‘rni saqlangan holda qo‘shimcha

ta’til berilgan.

3. Yosh farzandi bor ayol ishchi va xizmatchilar uchun yaratilgan imtiyozlar

Yosh farzandli onalar uchun ular uchun qulay ish grafigi tuzilgan.

Ko‘krak suti bilan farzandini parvarishlaydigan ayol ishchi va xizmatchilarga har

3 soatda farzandini ovqatlantirish uchun 30 daqiqa tanaffus berilgan.

Bog‘cha yoshidagi farzandi bor ayollarning farzandlari bolalar bog‘chalari va

maktabgacha ta’lim muassasalari sanoat korxonalari qoshida tashkil etilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

283

4.

Zararli va og‘ir mehnat sharoitlaridan himoyalash borasidagi

imtiyozlar

Inson sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lgan moddalar bilan ishlanadigan mehnat

sharoitlaridan ayollar ozod etilgan, agarda ayollar bunday mehnat jarayonlariga jalb etilganda
ular uchun taqdi etiladigan himoya vositalarining sifatiga alohida

e’tibor qaratilgan.

Ayollar mehat qilayotgan sexlarda va boshqa ishlab chiqarish bo‘limlarida havo

almashtirish jihozlarining faoliyatiga alohida e’tibor qaratilgan.

5. Mehnat qonunchiligida ayol mehnatkashlar uchun joriy etilgan moliyaviy

yordam va imtiyozlar:

Homiladorlik va tug‘ruq nafaqasi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan to‘langan.

Kam ta’minlangan va ko‘p farzandli ayollar oilalariga moddiy yordam ko‘rsatish

bo‘yicha dasturlar amalga oshirilgan.

Ayollarga ijtimoiy sug‘urta va pensiya ta’minoti bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar

berilgan.

6.

Ayol ishchi va xizmatchilarning ta’lim olishi va o‘z malakasini oshirishi

uchun yaratilgan imtiyozlar:

Ayol ishchi va xizmatchilar uchun maxsus texnika va malaka oshirish kurslari

tashkil etilgan

Ishlab

chiqarish bilan bir vaqtda ta’lim olish imkoniyati (masalan kechki ta’lim

yoki sirtqi ta’lim)

yaratilgan.

Ushbu imtiyozlar SSSR Oliy Soveti tomonidan 1971-yilda yangi tahrirda qabul

qilingan

Mehnat kodeksida va O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan 1971

-yil

17-

dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston SSR Mehnat qonunlari kodeksini tasdiqlash

to‘g‘risida”gi qonunda belgilab qo‘yilgan

[1.3-bet]. Sobiq Sovet tuzumi davrida ushbu

chora tadbirlarni amalga oshirish orqali ayollarning mehnatini muhofaza qilish va

ularning ijtimoiy xavfsizligini ta’minlash

jarayonlari orqali ayollarni sanoatda va

iqtisodiyotda muhim kuch sifatida faol ishtirok etishi rag‘batlantirilgan.Bundan tashqari
SSSR Oliy Soveti va O‘zbekiston Oliy Soveti tomonidan 1944

-, 1956-, 1968-yillarda

qilingan “Ayollar mehnatini muhofaza qilish

va onalikni qo‘llab quvvatlash

chora

tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarda ayollar uchun maxsus ishlash sharoitlarini belgilash

,

bolalar tarbiyasiga ko‘maklashish va ayollarning ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilg

an.

Andijon oblastidagi sanoat korxonalarida ayol ishchilar uchun qulay mehnat

sharoitlarini yaratishda muhim jarayonlardan biri bo‘lgan yosh farzandli ayol

ishchilarning farzandlari uchun bolalar

bog‘chalarini tashkil etishga 1946

-yilda ham

alohida e’tibo

r qaratilgan. Xususan, A

нджон

ОБЛПРОМСТРАХКАССА

(

Проми

шленно

строителъная

страховая

касса

-

keying o‘rinlarda Sanoat qurilish sug‘urta jamg‘armasi

deb ketiladi-

) tomonidan Andijon shahrining o‘zida 5 dona bolalar bog‘chalari tashkil

etilgan. Ana shunday bo

lalar bog‘chalaridan biri shaharning T.Shevchenko

nomidagi

ko‘chasida joylashgan. Ushbu bolalar bog‘chasi 50 o‘rinli bo‘lib

, unda Andijon shahridagi

“Krasnaya Zvezda”

,

“Tikuvchi”

,

“Mehnat guli” artellarida mehnat qilayotgan ayol

mehnatkashlarning farzandlari tarbiyalangan. Andijon shahrining Qizil Yulduz nomli

ko‘chasida joylashgan 7

-

sonli bolalar bog‘chasida “Pillakash”

,

“Bolshevik” “Qizil botir”

,

“Vatan uchun”

,

“Qizil O‘zbekiston” artellarida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan

ayol ishchilarning farzandlari tarbiyalangan. 1946-yilda oblastdagi sanoat korxonalarida
mehnat qilayotgan yosh farzandli ayol ishchi va xizmatchilarning farzandlari uchun
nafaqat Andijon shahrida,

balki oblastning bir qator tumanlarida ham bolalar bog‘chalari

tashkil etilgan. Masalan, Andijon oblastining Shaxrixon rayon markazi Shaxrixon


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

284

shahrida Beregovaya ko‘chasida 1946

-yilda

tashkil etilgan bolalar bog‘chasi ushbu

rayonning “Sverdlov”

,

“Yangi yo‘l”

,

“Madaniyat” artellarida mehnat qilayotgan ayol

ishchilarning farzandlari uchun xizmat qilgan [2.4-bet].

Sanoat qurilish sug‘urta

jamg‘armasi tomonidan

, shuningdek, oblastdagi artellarda mehnat qilib kelayotgan ishchi

va xizmatchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yuzasidan samarali ishlar

amalga oshirilgan. 1947-

yilda o‘tkazilgan ana shunday chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik

natijasida artellarda mehnat qilayotgan xotin-

qizlar orasida sog‘lig‘ida muammolarga ega

bo‘lganlarining soni ko‘pchilikni tashkil etishi aniqlangan.Ushbu ishchilarga Sanoat

quril

ish sug‘urta jamg‘armasi tomonidan

Farg‘ona oblastidagi Shohimardon

,

Qirg‘iziston

SSR ning Jalolobod sharidagi, RSFRSning Omsk shahridagi dam olish uylariga davolanish

uchun yo‘llanmalar taqdim etilgan

[3.14-bet].

Bu davrda Namangan oblastidagi sanoatning turli tarmoqlariga oid korxonalarda

minglab ayol ishchi xizmatchilar mehnat faoliyati bilan shug‘ullangan. Ayniqsa

, bu davrda

Namangan oblastida faoliyat olib borayotgan yengil sanoatning tikuvchilik, ipak ishlab
chiqarish fabrikalarida, badiiy buyumlar ishlab chiqarish fabrikalarida, oziq-ovqat
sanoatiga taalluqli konserva zavodlarida, hon mahsulotlari ishlab chiqarish
kombinatlarida mehnat qilayotgan ishchilarning asosiy qismini xotin-qizlar tashkil

etganligini ko‘rish mumkin. Oblastdagi eng yirik sanoat

korxonalari hisoblangan

1-besh yillik artelida, 2-sonli tikuvchilik fabrikasida, Namangan Konserva zavodida,
Namangan non kombinatida, Namangan sut-

moy zavodlarida ko‘p sonli xotin

-qizlar turli

lavozimlarda mehnat qilganlar. Bundan tashqari mahalliy sanoat boshqarmasi

tasarrufidagi artellarda ham ko‘p sonli ayollar mehnat faoliyatlari bilan shug‘ullanib

kelganlar.Misol uchun Namangan shahrida joylashgan Stalin nomidagi, Yangi rivojiya

nomidagi artellarda ham mehnatkashlar safida ko‘p sonli ayol ishchilar

mavjud

bo‘lganlar. Xususan

,

Yangi rivojiya artelida gilam to‘qish sexida asosiy ishchi kuchi

ayollardan iborat bo‘lgan

[4.1-bet]. 1950-yilda VLSKM 25 yilligi nomidagi Namangan

konserva zavodida mehnat qilayotgan xotin-qizlar uchun talab darajasidagi mehnat

muhofazasini joriy etish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar bajarilgan.Buning natijasida

1950-yilning iyul oyiga kelib iyul oyi uchun belgilangan mahsulot ishlab chiqarish rejasi
muddatidan 4 kun oldin bajarilgan va bundan 7 oylik mehnat

majburiyati ham to‘liq

bajarilgan.

Namangan oblastidagi nogironlar kooperatsiyasi tarkibidagi artellarda mehnat

qilayotgan xotin-qizlarning soni 1950-

yilda ko‘pchilikni tashkil etmagan.

Bu

haqida 1950-yil 15-

avgustda Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan oblast

nogironlar

kooperatsiyasining syezdida ta’kidlab o‘tilgan. Syezdda

, shuningdek, kooperatsiya

boshqaruvida mahalliy millatlardan bo‘lgan xotin

-qizlar soni kam ekanligi va ularni

jamoat ishlariga jalb etishni kuchaytirish kerakligi aytib o‘tilgan

[5.3-bet].

Shuningdek, bu davrda nisbatan

og‘ir mehnat sharoitiga ega paxtani qayta ishlash

zavodlarida, kimyo sanoati korxonalarida, qurilish va binokorlik mahsulotlari ishlab

chiqaruvchi uysozlik kombinatlari va g‘isht ishlab chiqarish zavodlarida ham ayol ishchi
va xizmatchilar mehnat qilganlar. Misol uchun Uchqo‘rg‘on rayonidagi Qo‘g‘ay paxta

tozalash zavodida Olga Yatsenko, Tatyana Andrianovalar smena masterlari lavozimida
mehnat qilganlar [6.1-bet]. Keyingi yillarda ham Andijon oblastidagi sanoat
korxonalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning mehnat muhofazasini tashkil etish
borasida bir qancha tadbirlar amalga oshirib borilgan. Bu jarayonlarda sanoat
korxonalaridagi ayol ishchi va xizmatchilarning mehnat sharoitlarini talab darajasida


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

285

bo‘lishini ta’minlash

,

ularning sog‘lig‘ini saqlash va qabul qilingan me’yorlar asosida

xavfsiz ish sharoitlarini tashkil etish jarayonlari bilan sanoat korxonalarining boshqaruv

ma’muriyatlari

,

mahalliy kasaba uyushma qo‘mitalari

, zavod va fabrikalarda tashkil

etilgan xotin-qiz

lar qo‘mitalari shug‘ullangan. Xususan

, 1965-yilda Andijon Oblsovprof

(Oblasnoy sovet profsoyuzov

Oblast kasaba uyushma ittifoqlari kengashi keyingi

o‘rinlarda shunday

nom bilan yuritiladi) tomonidan sanoat korxonalarida mehnat

qilayotgan xotin-qizlarning mehnat muhofazasining muhim tadbirlaridan biri
hisoblangan

homiladorlik ta’tili uchun 79 ming so‘m miqdorida ta’til

pul mablag‘lari

,

farzand ko‘rganlik uchun 148 ming so‘m miqdorida mukofot pullari ajratilgan. Bundan

tashqari sanoat korxonalarining ayol ishchi va xizmatchilaridan 102 nafariga davolanish

va dam olish uchun dam olish uylariga va sanatoriylarga yo‘llanmalar taqdim etilgan

[7.20-bet]. Andijon oblastidagi zavod va fabrikalardagi mahalliy kasaba uyushma

qo‘mitalari tomonidan ijtimoiy sug‘urta fondi mablag‘lari hisobidan zavod va fabrikalarda

mehnat qilayotgan homilador ayol ishchilarning 385 nafariga,

farzand ko‘rgan ayol ishchi

va xizmatchilardan 32 nafariga moddiy yordam pul mablag‘lari berilgan. Lekin shunga

qaramasdan oblastdagi sanoat korxonalarida mavjud mehnat sharoitlarini qoniqarsiz
darajada ekanligi natijasida

mehnat qilayotgan ayollar o‘rtasida turli kasalliklar bilan

kasallanish holatlarining soni keskin ko‘paygan. Ayniqsa

, bunday salbiy holatlar

mashinasozlik sanoati, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda, neftni
qayta ishlash sanoatiga mansub korxonalarda mehnat qilayotgan xotin-

qizlar o‘rtasida

ko‘p uchragan. Bunday turdagi korxonalarda mehnat qilayotgan xotin

-qizlarning

nevrologik kasalliklar, radikulit, bronxit va ayollarning jinsiy kasalliklari bilan

kasallanishi holatlari ko‘p marotaba

yuzaga kelayotganligi aniqlangan [8.34-bet].

1968-yilda

Andijon oblastidagi to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarida mehnat

qilayotgan xotin-qizlar uchun to

‘qimachilik va yengil sanoat xodimlari oblast

soveti

tomonidan homiladorlik ta’tili va farzand ko‘rishi munosabati bilan beriladigan mukofot
pullari uchun yillik moliyaviy rejada 44 ming 700 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini
ajratish ko‘zda tutilgan bo‘lib amalda esa 80 ming 500 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari

ana shu maqsadlarda sarflangan. Bu jarayonda ayol ishchi va xizmatchilar uchun

to‘langan pul mablag‘larining miqdori ortib ketganligi yil davomida oblastdagi
to‘quvchilik va tikuvchilik sanoat korxonalarida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan

xotin-

qizlarning soni ortib borishi bilan bog‘liq bo‘lgan.[9.41

-bet]

Sobiq Sovet Ittifoqida xotin-qizlarning jamiyat hayotida faolligini oshirish hamda

ularning

siyosiy faoliyatini qo‘llab

quvvatlash uchun maqsadli tadbirlar amalga oshirib

borilgan.Bu jarayonlar sanoat korxonalaridagi xotin-qizlar saflarida mehnat qilayotgan

ishlab chiqarish ilg‘orlarini faoliyatini qo‘llab quvvatlash va ularning faoliyatini targ‘ib

qilish masalalariga va ul

arni siyosiy organlarda faoliyatini targ‘ibotiga alohida e’tibor

qaratishda aks etgan. Masalan,

Andijon poyabzal fabrikasida mehnat qilayotgan ilg‘or

ishchilardan biri Ilniyaz Gabitova 1972-yilda poyabzal fabrikasi ishchilari tomonidan
Andijon shahar xalq deputatlari sovetiga deputat etib saylangan. Ilniyaz Gabitova shahar

deputatlari sovetidagi faoliyati davomida o‘zining saylovchilarining muammolarni
bartaraf etish bo‘yicha murojaatlarini ijobiy hal qilishda ma’lum bir yutuqlarga erishgan.

Masalan, poyabzal fabrikasining ishchisi F. Xusanbekovning fabrika hisobxonasi
tomonidan oylik maoshini hisoblashda yuzaga kelgan muammosini ijobiy hal etib

yetkazilgan zararni qoplanishiga muvaffaq bo‘lingan. Bundan tashqari I.

Gabitovaning

sa’y

-harakatlari

bilan

ushbu

fabrikada

mehnat

qilayotgan

L.

Yo‘ldosheva

,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

286

X. Sotoboldieyavalarga

uy qurish uchun fabrika ma’muriyati tomonidan

qurilish

ashyolari ajratilgan. Quvonarlisi I. Gabitova bilan poyabzal fabrikasining mahalliy kasaba

uyushma qo‘mitasi hamkorlikda

fabrikada mehnat qilayotgan xotin-qizlarning mehnat

sharoitlarini sifatini yaxshilash bo‘yicha samarali ishlarni amalga oshirilgan.[10.1

-bet]

XULOSA

Andijon va Namangan viloyatlari

Davlat arxivlari fondlarida saqlanayotgan o‘tgan

asrning 1946

1970-yillarig

a oid bo‘lgan viloyatda faoliyat olib borgan sanoat

korxonalarining arxiv hujjatlarini, shuningdek, Andijon viloyat Kasaba uyushma

ittifoqlari viloyat Kengashining arxiv hujjatlarini

o‘rganish va tahlil qilish jarayonida

shunday xulosalar shakllandi. Sovet Ittifoqidagi yakka-hukmron partiya KPSS

dasturlarida,

ko‘rsatmalarida

kommunistik partiyaning zarbdor kuchi deb hisoblangan

ishchilar va xizmatchilar uchun qulay mehnat sharoitlari, farovon moddiy turmush tarzi

yaratish bo‘yicha katta va’dalar berilgan bo‘lsa

-da, amalda 1947

1970-yillarda

sanoatning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan muhandis va texnik xodimlar, ishchi va

xizmatchilar saflarida bo‘lgan xotin

-

qizlar uchun ko‘rsatilgan tibbiy xizmat va ularning

sog‘liklarini tiklash uchun turli sanatoriylar va sog‘lomlashtirish kurortlariga yuborish

jarayonlari talab darajasida bo‘lmaganligi

, zavod va fabrikalarda tibbiy xizmat va tibbiy

uskunalar uchun ko‘p miqdorda mablag‘lar ajratilgan bo‘lsa

-da, tibbiy-

sog‘lomlashtirish

yuzasidan belgilangan vazifalar a

sosan rasmiy hujjatlardagina talab darajasida bo‘lganligi

ma’lum bo‘ldi. Ayniqsa

, Andijon viloyatidagi mashinasozlik va kimyoviy mahsulotlar

ishlab chiqaruvchi zavod va fabrikalarda ishchilarning ishlab chiqarish jarayonlarida

jarohatlanishi, kasbiy kasalliklar bilan kasallanish kabi salbiy holatlarning miqdori

kamaymaganligi viloyatdagi sanoat korxonalarida ishchilarning mehnat muhofazasining

muhim jihati hisoblangan tibbiy-

sog‘lomlashtirish tadbirlarining talab darasida

bo‘lmaganligini ko‘rsatadi. To‘g‘ri 1960

-yillardan boshlab Andijon viloyatidagi sanoat

korxonalarida ayol ishchi va xizmatchilar uchun ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat va

ularning sog‘lomlashtirish muassasalariga yuborish orqali ularning sog‘liklarini

yaxshilash va buning n

atijasida ularning mehnat qilish qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha

ba’zi ijobiy o‘zgarishlar yuz bergan. Lekin sanoat korxonalarida mavjud ishlab chiqarish

jihozlarining ma’nan eskirganligi

, zavod va fabrikalardagi havoni tozalash uskunalarining

talab darajasida ishlamasligi, sanoat korxonalarida sanoat sanitariyasi talablarini

qoniqarsiz holatda ekanligi, ishchi va xizmatchilarga berilayotgan shaxsiy himoya

vositalarining sifatsiz darajada ekanligi natijasida ayol ishchi va xizmatchilarning

texnogen avariyalar natijasida jarohat olishi va buning natijasida mehnat qilish

qobiliyatini vaqtincha yoki butunlay yo‘qotish jarayonlari

, ularning revmatizm, nafas

olish yo‘llari kasalliklari bilan kasallanishi

, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi

zavodlarda is

hchilarning jigar faoliyati buzilishi kasalligining og‘ir ko‘rinishi kabi

kasalliklar bilan kasallanishi singari salbiy jarayonlar davom etib kelgan.

Maqolada tadqiq etilgan jarayonlarni bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida

faoliyat olib borayotgan sanoat korxonalarida, xususan, Andijon, Namangan viloyatlarida

faoliyat olib borayotgan zavod va fabrikalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar uchun

amalga oshirilayotgan tibbiy-

sog‘lomlashtirish tadbirlari bilan qiyoslash orqali

bugungi kunda O‘zbekiston Resp

ublikasida davlat rahbari va hukumat tomonidan

mehnatkashlarni sog‘liklarini saqlash va ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni amalga

oshirish, shuningdek,

xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish yuzasidan juda ko‘plab ijobiy

tadbirlar amalga oshirilayotg

anligini guvohi bo‘lamiz.Albatta bu jarayonda bugungi

kunda mamlakatimiz davlat rahbari va hukumati tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy

siyosatda inson omili yuksak o‘ringa qo‘yilganligi alohida ahamiyat kasb etadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

287

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Lex

.uz.O‘zbekiston Oliy Sovetining Vedemostlari 1971

-

yil №34.

2.

Andijon Davlat arxivi.601-fond.1-

ro‘yhat.4

-ish.4-bet.

3.

Andijon Davlat arxivi.601-fond.1-

ro‘yhat.41

-ish.14-bet.

4.

“Yubileyga atab gilam to‘qilmoqda” Stalin xaqiqati.7.01.1950.14

-son 1-bet.

5.

A.Tilla.”Oblast invalidlar kooperatsiyasi soyuzining syezdi” Stalin xaqiqati.

19.08.1950. 164-son 3- bet.

6.

“Ilg‘or

kollektiv ahdi” Stalin xaqiqati gazetasi.12.02.1949.29

-son(4310).1-bet.

7.

Andijon viloyat Davlat arxivi.618-fond.1-

ro‘yhat.1

-ish.20-bet.

8.

Andijon viloyat Davlat arxivi.618-fond.1-

ro‘yhat.1

-ish.34-bet.

9.

Andijon viloyat Davlat arxivi.618-fond.1-

ro‘yhat.34

-ish.41-bet.

10.

I.Shabanov. “Ishonch katta baxt”.Kommunist gazetasi.22.01.1972.16

-son.1-bet.

Библиографические ссылки

Lex.uz.O‘zbekiston Oliy Sovetining Vedemostlari 1971-yil №34.

Andijon Davlat arxivi.601-fond.1-ro‘yhat.4-ish.4-bet.

Andijon Davlat arxivi.601-fond.1-ro‘yhat.41-ish.14-bet.

“Yubileyga atab gilam to‘qilmoqda” Stalin xaqiqati.7.01.1950.14-son 1-bet.

A.Tilla.”Oblast invalidlar kooperatsiyasi soyuzining syezdi” Stalin xaqiqati. 19.08.1950. 164-son 3- bet.

“Ilg‘or kollektiv ahdi” Stalin xaqiqati gazetasi.12.02.1949.29-son(4310).1-bet.

Andijon viloyat Davlat arxivi.618-fond.1-ro‘yhat.1-ish.20-bet.

Andijon viloyat Davlat arxivi.618-fond.1-ro‘yhat.1-ish.34-bet.

Andijon viloyat Davlat arxivi.618-fond.1-ro‘yhat.34-ish.41-bet.

I.Shabanov. “Ishonch katta baxt”.Kommunist gazetasi.22.01.1972.16-son.1-bet.