Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Implementation of reforms for the development of
physical education and sports in Uzbekistan
Alisher TISHABAEV
1
Ferghana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2024
Received in revised form
15 December 2024
Accepted 20 January 2025
Available online
15 February 2025
The article analyzes the implementation of physical
education and sports reforms in Uzbekistan and its main
aspects using data from scientific literature. At the same time,
the achievements of athletes in the country and in the
international arena are described in detail in the work.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Uzbekistan,
physical culture and sports,
young generation,
National Olympic
Committee,
sports,
healthy and harmonious
generation.
Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirishga
doir islohotlarning oʻtkazilishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Oʻzbekiston,
jismoniy madaniyat va sport,
yosh avlod,
Milliy olimpiya qoʻmitasi,
sport turlari,
sogʻlom va barkamol avlod.
Maqolada Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sport
islohotlarining oʻtkazilishi va uning asosiy jihatlari ilmiy
adabiyotlardagi ma’lumotlar yordamida tahlil qilingan.
Shu
bilan birga, sportchilarning mamlakatda va xalqaro arenalarda
erishgan yutuqlari ishda atroflicha bayon qilingan.
1
Researcher, Ferghana State University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
373
Реализация
реформ
по
развитию
физической
культуры и спорта в Узбекистане
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Узбекистан,
физическая культура и
спорт,
молодое поколение,
Национальный
олимпийский комитет,
спорт,
здоровое и зрелое
поколение.
В статье на основе данных научной литературы
анализируется
реализация
реформы
физического
воспитания
и
спорта
в
Узбекистане,
а
также
рассматриваются её ключевые аспекты. Кроме того,
подробно освещаются достижения спортсменов как в
стране, так и на международной арене.
O‘zbekistonda istiqlol yillarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining,
ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy tarbiya va
ommaviy sport bilan
muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart
-sharoitlar yaratish, sport
musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni
mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuy
g‘ularini kamol
toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini
tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada
rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Shu sa
babli
mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlanishiga milliy taraqqiyotga ko‘mak
beruvchi omil sifatida katta e’tibor qaratildi. Aynan shu sababli jismoniy tarbiya va sport
faoliyatidagi o‘zgarishlar jamiyatning yangi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va
madaniy
sharoitlariga moslashtirildi. Bu sohani muntazam ravishda taraqqiy ettirish va uni
qo‘llab
-
quvvatlashga yo‘naltirilgan sezilarli islohotlar amalga oshirildi. Chunki jamiyat
a’zolarini, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom va barkamol ruhda
tarbiyalash
bugungi kundagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Qisqa fursat ichida respublikada
milliy madaniyatning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan sport sohasi modernizatsiyasiga
qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tari
ldi. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida 1992
-yilning 14-yanvarida
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”[1,4]gi qonunning qabul qilinishi sohani ommaviy
ravishda taraqqiy ettirishda dastlabki qadam bo‘ldi. Mazkur qonun jami
28 moddadan
iborat bo‘lib, u o‘zbek xalqi milliy madaniyatining ajralmas qismi, jismoniy va ma’naviy
kamolotining muhim vositasi hamda fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi
huquqlari hamda vazifalari belgilandi. Bu qonun barcha aholi qatlamlar
ining sog‘ligini
mustahkamlash, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlariga qulay shart
-
sharoitlar yaratib berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Mamlakat sportchilari oldiga
qo‘yilgan vazifalar qayta ishlab chiqildi va yanada takomillas
htirildi. Shu bois 2000-yil
26-
mayda “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunning ikkinchi tahriri qabul
qilindi [2, 9]. U jami 27 moddadan iborat bo‘lib, qonunda jismoniy tarbiya va sport
sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari sifatida insonparvarlik, demokratizm,
fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi, jismoniy tarbiya va sport
tizimida davlat hamda jamoat boshqaruvining uyg‘unligi e’tirof etildi.
2015-yil 4-
sentyabrda “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”[3]gi qonun yangi
tahrirda qabul qilindi. Mazkur qonun 6 ta bob va 47 moddadan iborat bo‘lib, uning asosiy
maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlarni tartibga solish hisoblanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
374
Mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sportning huquqiy,
tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab, uning 4-
moddasida “Jismoniy tarbiya va
sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari” ko‘rsatilgan.
Ta’kidlash o‘rinliki, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlariga quyidagilar kiritildi, ya’ni, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni
davlat tomonidan qo‘llab
-quvvatlanishi, har kimning jismoniy tarbiya va sport bilan erkin
shug‘ullanishga bo‘lgan huquqini ta’minlanishi ustuvorligi, sportning barcha turlari va
tarkibiy qismlarini rivojlantirishga ko‘maklashish joizligi hamda nogironlar va jismoniy
imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslar, shuningdek, yuqori darajada jismoniy
himoyaga muhtoj aholi guruhlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni taraqqiy ettirishga
yordam berish, milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini ommalashtirish uchun shart
-
sharoitlar yaratish vazifalari belgilandi.
Mamlakatda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qabul qilinadigan huquqiy
hujjatlar “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonun me’yorlariga mos bo‘lishi joizdir.
Ushbu qonun turli tashkilot va muassasalarda jamiyatning barcha a’zolari ishtirokidagi
sport va jismoniy tarbiya hamda sog‘lomlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarning
ommaviy hamda individual shakllarining rivojlanishiga zamin yaratadi. U, eng avvalo,
sog‘liqni saqlash, shaxsning mehnatsevarlik xususiyatini ta’minlash, vatanparvar
fuqarolarni tarbiyalash, millatlararo do‘s
tlik va hamjihatlik aloqalarini mustahkamlash
vositasini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Qonunda xalqaro hujjatlarda aks etgan inson va fuqaro huquqlariga oid normalar
oʻz aksini topgan. Unda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, di
ni,
ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodlari, shaxsiy va jamiyatdagi holatidan qat'iy nazar, jismoniy
tarbiya va sport mashgʻulotlarida qatnashishga, jismoniy tarbiya
-sport jamoatchilik
birlashmalarini tuzishga, jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarishda ishtirok etish
huquqlariga egadir. Bundan tashqari, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan
shaxslar uchun jismoniy tarbiya va sport sohasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari
bilan teng huquqlilik tamoyillari kafolatlangan.
Hujjatda O‘zbekiston
Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi, jismoniy tarbiya
-sport
jamiyatlari, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar, jamg‘armalar, jismoniy tarbiya
-
sog‘lomlashtirish, sport klublarining eng asosiy maqsadi sifatida jismoniy tarbiya hamda
sportni rivojlantiri
shdan iborat bo‘lgan boshqa jamoat birlashmalarining vakolatlari
belgilab qo‘yilgan [4, 3]. Mazkur tashkilotlar o‘z faoliyati doirasida qonun va davlat
boshqaruv organlari huquqiy normalariga amal qilishi muhim vazifalar qatoriga
kiritilgan.
O‘zbekiston hu
kumatining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish huquqiy-
me’yoriy asoslari Respublika Konstitutsiyasi va xalqaro huquq normalariga mos ravishda
yaratilgan bo‘lib, bu hujjatlar aholining sog‘ligini mustahkamlash, ularning jismoniy
tarbiya va sport bila
n shug‘ullanishlariga shart
-
sharoitlar yaratib berishga mo‘ljallangan.
Yuqoridagi qonunga muvofiq “Maktabgacha bolalar tarbiya muassasalari va o‘quv
yurtlari har yili kamida bir marta maktabgacha yoshdagi bolalarning hamda o‘quvchi
yoshlarning jismoniy tay
yorgarlik darajasini ko‘rikdan o‘tkazish belgilab qo‘yildi. Bundan
tashqari, qonunda umumta’lim maktablarida, boshqa o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya
bo‘yicha imtihonlar o‘tkaziladi”
[5]
–
deya, alohida ta’kidlandi. Bu esa o‘quvchi
yoshlarning salomatligini mustahkamlash, jismoniy kamolotini oshirish, ularni mehnat va
mudofaa ishlariga layoqatli kishilar qilib tarbiyalashga qaratildi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
375
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining Farmoni bilan 1993
-yil martda
“Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi.
Uning nizomida ifodalanishicha, ta’lim
-tarbiya
hamda tibbiyot maskanlarida a’lo darajada xizmat qilgan xodimlar, rahbarlar va bu
sohaga ulkan hissa qo‘shgan shaxslarga I
-III darajali ordenlar berilishi belgilandi [6, 12].
Istiqlol yillari respublikaning deyarli barcha viloyatlaridagi jismoniy tarbiya
o‘qituvchilari, BO‘SMning murabbiy va rahbarlari, sport tashkilotlarining mas’ul
xodimlari bu orden bilan mukofotlandi. Aynan shu davrda jismoniy tarbiya va sport
ishlari ancha jadallashdi. Xususan, futbol, te
nnis, o‘zbek kurashi, boks, sharqona yakka
kurashlar (karate, dzyudo, taekvondo, ushu, qo‘l to‘pi va boshq.) ayniqsa yoshlar orasida
tobora ommalashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997
-yil 10-
oktyabrdagi “Ta’lim
-tarbiya
va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish
to‘g‘risida”gi Farmoni sport sohasini taraqqiy ettirishda dasturilamal bo‘ldi.
Respublika Vazirlar Mahkamasi sohani qo‘llab
-quvvatlash maqsadida mamlakatda
ommaviy va professional futbolni yanada rivojlantirish, uning moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash, futbolchilarning yangi avlodini tayyorlash va tarbiyalash, sohaning
xalqaro nufuzini orttirish uchun 1993-yil 18-
martda “O‘zbekiston Respublikasida
futbolni yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Unga
ko‘ra, qisqa vaqt davomida respublikaning barcha viloyatlarida xalqaro andozalarga mos
bo‘lgan zamonaviy sport inshootlari qurildi. Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport
-
sog‘lomlashtirish majmui noyob inshoot hisoblanadi. Usti yopiq tennis kortining tomi
issiq kunlarda surilib, sof havo kirishini ta’minlash bilan birga sohaga doir turli
musobaqalar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Shu bilan bir qatorda, poytaxtdagi
“Jar” sport
-
sog‘lomlashtirish majmui zamonaviy shaklda barpo etilgan. Masalan, Jizzax,
Nukus, Andijon, Samarqand, Chirchiq, Urganch va boshqa shaharlarda ham sportning
barcha turlari bilan shug‘ul
lanish uchun etarlicha shart-sharoitlar yaratilgan yirik sport
majmualari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Sport inshootlarining mavjud bo‘lishi, eng avvalo,
respublikada an’anaviy musobaqalarni o‘tkazish imkoniyatini beradi va sport turlarini
rivojlanishiga ko‘
maklashadi.
1996-yil 17-
yanvarda “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari
va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi maxsus qaror
qabul qilindi. Respublikada “Sogʻlom avlod” Davlat dasturi ishlab chiqild
i va keng
koʻlamda amalga oshirildi. Ushbu dasturga muvofiq jismoniy tarbiya va sport sohasidagi
milliy qadriyatlarni tiklashga katta e'tibor berildi. Milliy oʻyin va sport turlari boʻyicha har
yili musobaqalar oʻtkazish odat tusiga kirdi. Shuningdek, Dasturning asosiy yoʻnalishi
tibbiyot, ta’lim, mahalla va boshqa sohalarda aholining salomatligini muhofaza qilish,
sogʻliqni yaxshilash boʻyicha ta'lim
-tarbiya jarayonlarini yanada yaxshilash, bunda
asosan oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy turmush sharoitni yaxshilashga
qaratilgan tadbirlarni maqsadli oʻtkazish koʻzda tutildi. Eng avvalo, unda “Sogʻlom ona va
sogʻlom bola” shiori ustuvor boʻlishi ta’kidlangan.
1999-yil 27-
mayda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi jismoniy tarbiya
va sportni
ng kelajakdagi taqdiri uchun muhim boʻlgan “Oʻzbekiston Respublikasida
jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni
qabul qildi. Ushbu qarorning ahamiyati shundan iborat boʻldiki, jismoniy tarbiya va sport
sohasidagi hamma subyektlar faoliyatini davlat yangi siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlariga moslashtirish, shu asosda avvalgi mavjud boʻlgan sovet totalitar tuzumi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
376
nuqsonlaridan qutilish asosiy maqsad sifatida belgilandi. Qarorga ilova qilingan Davlat
dasturida (konsepsiya) mamlakat aholisini ommaviy ravishda sportga jalb qilish, ularga
zarur shart-sharoitlar yaratib berish, ayniqsa, eng zamonaviy sport majmua (kompleks)
larini yangidan qurish bosh vazifa qilib qoʻyildi. Respublika sportchilarini xalqaro
sport
musobaqalariga tayyorlash, ularni gʻalabalarga erishishlari uchun barcha imkoniyatlarni
ishga solish, bunda asosan murabbiylar, mutasaddi sport tashkilotlari hamda davlat
idoralari rahbarlarining mas'uliyatlarini oshirish alohida qayd qilindi. Bundan tashqari,
mazkur Dasturga muvofiq ayniqsa qishloq yoshlari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport
shoxobchalirini kengaytirib, ularning moddiy-texnika bazalarini kuchaytirish tadbirlari
belgilandi. Bunga javoban esa oʻtgan bir yildan koʻproq vaqt ichida qis
hloq tumanlarida
184 ta sport-
sogʻlomlashtirish klublari tashkil qilindi [7, 602].
2000-yilning 26-mayida mamlakat talaba-yoshlari hayotida unutilmas voqea
bo‘ldi. Respublika oliy ta’lim muassasalarining talaba va aspirantlari (hozirgi bazaviy
doktorant)
o‘rtasida “Universiada” musobaqalari boshlandi. Mazkur musobaqalarning
har uch yilda bir marta an’anaviy tarzda o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002
-yil 24-
oktyabrdagi “O‘zbekiston
bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi Farmonida yoshlar
sportini ommalashtirish va ularni jismonan baquvvat qilib tarbiyalashga alohida urg‘u
berildi. Shu bilan bir qatorda bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan
zamonaviy tizimlari, shakl va uslublarini joriy etish sohasida muhim vazifalar belgilandi.
2003-yil 3-
iyundagi “O‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan
uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi qabul qilingan qarorda
ham maktabgacha o‘quv maskanlar
idan boshlab mamlakat aholisining barcha
qatlamlarini sog‘ligini saqlash va mustahkamlashga e’tiborni kuchaytirish alohida
ta’kidlangan. Uzoq muddatga rejalashtirilgan uch bosqichli davlat sport dasturi asosida
mamlakatda “Umid nihollari” (o‘rta maktab o‘quvchilari uchun), “Barkamol avlod” (o‘rta
maxsus ta’lim talabalari uchun) va “Universiada” (oliy ta’lim talabalari uchun)
musobaqalarni o‘tkazish belgilandi [8, 4].
2010-
yilning mamlakatda “Barkamol avlod yili” deb nomlanishi hamda bu
boradagi maxsus Davla
t dasturining ishlab chiqilishi yoshlarning jismoniy va ma’naviy
sog‘lom o‘sishi, ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lishi hamda uyg‘un
rivojlangan insonlar bo‘lib etishishiga yaqindan ko‘mak berdi. Dasturda yoshlarning
jismoniy jihatdan
sog‘lom bo‘lib etishishlariga ham katta e’tibor qaratilgan. Bu vazifani
amalga oshirish jismoniy tarbiya tashkilotlariga, ayniqsa, shu soha oliy va o‘rta maxsus
o‘quv yurtlariga juda katta mas’uliyatlarni yukladi. Shu sababli jismoniy tarbiya va sport
jarayonlariga rahbarlik qilish, soha uchun yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash, ularni
o‘qitish, qayta o‘qitish o‘ta muhim vazifalar qatoridan o‘rin oldi.
2010-yil iyunida Andijonda
“
Universiada
–
2010
”
sport musobaqalari boʻlib oʻtdi.
Respublika final bosqichida Andijon viloyati jamoasi musobaqalarda faxrli 2-
oʻringa
sazovor boʻldi. Andijon viloyati vakillari sport turlari boʻyicha jamoa hisobida 4 ta oltin,
4 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qoʻlga
kiritdi. Shaxsiy birinchiliklarda esa
29 ta oltin, 23 ta kumush va 29 ta bronza jami 81 ta medal oldi.
Oʻzbekiston Prezidentining 2013
-yil 25-fevraldagi Farmoni mamlakat
sportchilarini Rio-de-
Janeyro (Braziliya) shahrida oʻtkaziladigan XXXI yozgi Olimpiy
a va
XV Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishi va iqtidorli, istiqbolli oʻquvchi yoshlarni
izlab topish va tayyorgarlikning koʻp yillik sikllariga yoʻnaltirish masalalariga qaratilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
377
2013-yil 6
–
9-
iyun kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilgan “Universi
ada
–
2013”ning
respublika final bosqichida Andijon viloyati oliy o‘quv yurtlari faol qatnashdilar.
Andijonlik yosh sportchilar 76 ta medal sohibi bo‘lib, Toshkent shahri va Samarqand
viloyati vakillaridan so‘ng faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. Viloyat jamoasi bo‘lib o‘tgan har
ikki Universiadada Prezident sovg‘asi –
“Damas” avtomobili bilan taqdirlandi.
Universiadada ishtirok etib, unda g‘olib bo‘lganlarni taqdirlash Andijon davlat
universitetida o‘tkazildi. Unda yosh sportchilarning ota
-onalari va ustozlari ishtirok etdi.
Mazkur sport musobaqasi sovrindorlarini viloyat hokimi Sh. Abdurahmonov taqdirladi.
Bu musobaqalarda aksar medallarni suzuvchilar, jumladan ular 48 ta medal qo‘lga kiritdi.
Ayniqsa, universitet talabalari R. Omonova (3 ta oltin, 3 ta kumush), S.Amilov (3 ta oltin,
2 ta kumush, 1 ta bronza) va D.
Abdumo‘minov (2 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza) lar
ana shunday yuqori natijalarni qayd qildilar.
Andijon qishloq xo‘jalik instituti (hozirgi Andijon qishloq xo‘jaligi va
agrotexnologiyalar instituti) talabalari
–
M. Iskandarov va X.
Ro‘zievlar belbog‘li kurash
turi bo‘yicha barcha raqiblarni yengib, “Universiada –
2013” ning oltin medallariga
sazovor bo‘ldilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017
-yil 15-
fevraldagi “Madaniyat va
sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga asosan, Madaniyat va sport ishlari vazirligi
negizida Madaniyat hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari tashkil etildi. Shu bilan
birga, bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro apparati, sport yo‘nalishi bo‘yicha
256 ta sport maktabi va sport yo‘nalishidagi maktab
-
internatlari Xalq ta’limi vazirligi
ixtiyoridan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi [10]. Ta’kidlash joizki,
olimpiya va jahon chempionlarining o‘z individual sport maktablarini ochishi uchun
mexanizm joriy etildi va ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratildi. 2017-yilda
o‘zbekistonlik sportchilar 235 ta xalqaro musobaqada ishtirok etib
[11], jami 1413 ta
medalni qo‘lga kiritdi [9, 52]. 2018
-yilda futbolni, jismoniy tarbiya va sport sohasini,
suzish sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi, O‘zbekiston
davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil etildi [9, 116].
Mamlakatda mustaqillik yillarida aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy
tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos
shart-
sharoitlar yaratildi, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʻz irodasi, kuchi
va
imkoniyatlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona
Vatanga sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab
olish va maqsadli tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish borasida keng koʻla
mli ishlar
amalga oshirildi. Aynan istiqlol yillarida Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va
sport rivojlandi, koʻplab sport turlari ommalashdi, ya’
ni bu soha yangi ma
’
no-mazmun
bilan boyidi va yanada takomillashdi, jahon sportiga qoʻshildi hamda x
alqaro maydonda
salmoqli oʻrinni egalladi. Bu esa oʻz navbatida mamlakat sportini jahonga yuz tutishiga
samarali ta’sir koʻrsatdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ўзбекистон Республикаси Олий кенгашининг Ахбортномаси.
-
Тошкент,
1992.-
№3б
160-
модда.
-
Б.4.
2.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси.
-
Тошкент,
2000. -
№5
-6, 147-
модда.
-
Б.9.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
378
3.
https://lex.uz/docs/-
2742233/OʻRQ
-394-
son 04.09.2015 “Jismoniy tarbiya va
sport toʻgʻrisida”gi qonuni.
4.
Djalilova L.A. Mustaqil Oʻzbekiston Respub
likasida jismoniy tarbiya va sport.-
Toshkent: ITA-PRESS, 2015.-B.3.
5.
Расулов Д. Жисмоний тарбия ва спортни ривожлантириш амалда // Халқ
сўзи, 1992 йил 19 февраль.
6.
Abdullayev M.J. Sport mahoratini oshirish (yengil atletika).-
Toshkent: Choʻlpon
nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2019.-B.12.
7.
Ўзбекистон
тарихи
/
Р
.
Муртазаева
умумий
таҳрири
остида
.-
Тошкент
:
Янги
аср
авлоди
, 2003.-
Б
.602.
8.
Usmonxoʻjayev T., Tursunov Oʻ. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti.
-
Toshkent: Oʻqituvchi, 2004.
-B.4.
9.
Туляков Э., Деҳқонов Ш., Рашидова Д. Ва бошқ. Ҳаракатлар стратегияси
билан 3 йил: кутилган натижалар, юқори самарадорлик ва юксак марралари.
-
Тошкент: Konrad Adenauer Shifting, 2020.
-
Б.52
10.
O‘zbekiston M
illiy arxivi, M.1-fond, 1-
ro‘yxat, 17
-
yig‘majild, 12
-varaq.
11.
O‘zbekiston M
illiy arxivi, M.1-fond, 1-
ro‘yxat, 17
-
yig‘majild, 1
4-varaq.
