Авторы

  • Шохижахон Файзуллоев
    Преподаватель, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1/S-pp423-428

Ключевые слова:

всемирная торговая организация международное публичное право международное частное право международное экономическое право международное торговое право урегулирование международных споров

Аннотация

Всемирная торговая организация (ВТО) является одним из основных институтов международного экономического права, правовая природа которого во многом сформировалась в рамках международного публичного права. ВТО, как международная организация, регулирующая межгосударственные торговые отношения, определяет правовые обязательства суверенных государств и разрабатывает правила международной торговли. В то же время нормы ВТО прямо или косвенно влияют на субъекты частного права, что демонстрирует ее неразрывную связь с международным частным правом. В данной статье анализируется роль ВТО в рамках международного публичного права, ее влияние на правовые отношения между государствами и степень связи правил ВТО с международным частным правом. Статья направлена на более глубокое изучение правовой природы ВТО и анализ ее места в мировой торговой системе.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The legal nature of the World Trade Organization: its role
in public international law and impact on private
international law

Shokhijakhon FAYZULLOEV

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2024

Received in revised form

15 December 2024
Accepted 20 January 2025

Available online

15 February 2025

The World Trade Organization (WTO) is one of the main

institutions of international economic law, the legal nature of

which was largely formed within the framework of

international public law. The WTO, as an international

organization regulating interstate trade relations, defines the
legal obligations of sovereign states and develops the rules of

international trade. At the same time, WTO rules directly or

indirectly affect subjects of private law, which demonstrates its

inextricable connection with international private law. This
article analyzes the role of the WTO within the framework of

international public law, its impact on legal relations between

states and the degree of connection of WTO rules with

international private law. The article is aimed at a more in-

depth study of the legal nature of the WTO and an analysis of its
place in the world trading system.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1/S-pp

423-428

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

World Trade Organization,
international public law,
international private law,
international economic law,

international trade law,
settlement of international
disputes.

Jahon savdo tashkilotining huquqiy tabiati: xalqaro

ommaviy huquqdagi o‘rni va xalqaro xususiy huquqqa ta’siri

ANNOTATSIYA

Kalit so

zlar:

Jahon savdo tashkiloti,
xalqaro ommaviy huquq,

xalqaro xususiy huquq,
xalqaro iqtisodiy huquq,
xalqaro savdo huquqi,
xalqaro nizolarni hal etish.

Jahon savdo tashkiloti (JST) xalqaro iqtisodiy huquqning

asosiy institutlaridan biri bo‘lib, uning huquqiy tabiati ko‘p

jihatdan xalqaro ommaviy huquq doirasida shakllangan.

JST davlatlararo savdo munosabatlarini tartibga soluvchi
xalqaro tashkilot sifatida suveren davlatlarning huquqiy

majburiyatlarini belgilaydi va xalqaro savdo tartib-qoidalarini

1

Teacher, Tashkent State University of Law. E-mail: sh.fayzullayev@tsul.uz


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

424

ishlab chiqadi. Shu bilan birga, JST normalari xususiy huquq

subyektlariga ham bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadi, bu

esa uning xalqaro xususiy huquq b

ilan uzviy bog‘liqligini

namoyon etadi. Ushbu maqolada JSTning xalqaro ommaviy

huquq doirasidagi o‘rni, uning davlatlar o‘rtasidagi huquqiy

munosabatlarga ta’siri va JST qoidalarining xalqaro xususiy
huquq bilan qanchalik bog’liq ekanligi tahlil qilinadi.

Maqola

JSTning huquqiy tabiatini yanada chuqurroq o‘rganish va uning

jahon savdo tizimidagi o‘rnini tahlil qiladi.

Правовая природа Всемирной торговой организации:
ее роль в международном публичном праве и влияние
на международное частное право

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Всемирная торговая

организация,
международное
публичное право,
международное частное

право,

международное
экономическое право,

международное торговое
право,

урегулирование

международных споров.

Всемирная торговая организация (ВТО) является одним

из основных институтов международного экономического

права,

правовая

природа

которого

во

многом

сформировалась в рамках международного публичного

права.

ВТО,

как

международная

организация,

регулирующая межгосударственные торговые отношения,

определяет

правовые

обязательства

суверенных

государств и разрабатывает правила международной

торговли. В то же время нормы ВТО прямо или косвенно

влияют на субъекты частного права, что демонстрирует ее
неразрывную связь с международным частным правом.

В данной статье анализируется роль ВТО в рамках

международного публичного права, ее влияние на

правовые отношения между государствами и степень связи
правил ВТО с международным частным правом. Статья

направлена на более глубокое изучение правовой природы

ВТО и анализ ее места в мировой торговой системе.


Jahon savdo tashkiloti (JST) xalqaro savdo tizimining asosi hisoblanib, u a

zo davlatlar

o

rtasida savdo bitimlari bo

yicha muzokaralar olib borish va nizolarni hal etish uchun

fundament yaratib kelmoqda. Biroq, uning huquqiy tabiati va xalqaro huquqning keng
doirasidagi o

rni hamon bahsli munozaralarga sabab bo

lib qolmoqda. An

anaviy

yondashuvlarga asosan, Jahon Savdo Tashkiloti xalqaro ommaviy huquq instituti sifatida
qaraladi, chunki u davlatlararo munosabatlarni tartibga soladi va suveren davlatlar
tomonidan ratifikatsiya qilingan shartnomalar orqali faoliyat yuritadi. Shunga qaramay,
Jahon Savdo Tashkiloti qoidalarining ta

siri davlatlar doirasidan chetga chiqib, transmilliy

korporatsiyalar, kichik korxonalar va iste

molchilar kabi xususiy huquq subyektlarga ham

o

z ta

sirini o

tkazib kelmoqda. Ushbu maqolada Jahon Savdo Tashkilotining xalqaro

ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquqda tutgan o

rni ko

rib chiqilib, uning ushbu ikki

soha o

rtasida ko

prik vazifasini o

tashdagi o

ziga xos roli ta

kidlanadi.

Xalqaro ommaviy huquq davlatlar va xalqaro tashkilotlar o

rtasidagi

munosabatlarni tartibga solib, davlatlarning suvereniteti, ularning xohish-irodasi va


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

425

davlatlararo nizolarni hal etishga alohida e

tibor qaratadi. Jahon savdo tashkiloti (JST)

bunday ta

rifga to

liq mos keladi, chunki u o

zining asosiy shartnomasi hisoblangan

Marokash bitimi

” (1994)

asosida tashkil etilgan hukumatlararo tashkilotdir. Jahon

Savdo Tashkilotining asosiy vazifalari savdo kelishuvlari bo

yicha muzokaralar olib

borish, savdo siyosatini kuzatib borish va nizolarni hal etishdan iborat bo

lib, bular

mohiyatan xalqaro ommaviy huquq faoliyati hisoblanadi.

Jahon savdo tashkiloti shartnomaviy tuzilma hisoblanib, uning huquqiy tuzilishi

Tariflar va savdo bo

yicha bosh kelishuv

” (

GATT

), “

Xizmatlar savdosi bo

yicha bosh

kelishuv

” (

GATS) va

Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari to

g

risidagi kelishuv

(TRIPS) kabi shartnomalarga asoslanadi. Ushbu bitimlar a

zo davlatlar uchun majburiy

hisoblanib, Jahon Savdo Tashkiloti nizolarni hal etish mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu

mexanizm davlatlar o

rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Jahon savdo tashkiloti davlatlararo markazlashgan nizolarni hal etish tizimiga

asoslanadi. Jahon savdo tashkiloti (JST)ning nizolarni hal qilish tizimi xususiy huquq

subyektlari emas, balki a’zo davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni

bartaraf etishga

mo‘ljallangan. Masalan, “AQSH –

Krevetkalar” (1998) deb nomlangan alohida ahamiyatga

molik bo‘lgan ishda Amerika Qo‘shma Shtatlarining krevetka importiga qo‘yilgan

cheklovlari yuzasidan bir qator davlatlar, jumladan, Hindiston, Malayziya, Pokiston va

Tailand e’tiroz bildirib, AQSH ustidan Jahon Savdo Tashkilotiga shikoyat qilishgan. Ushbu

ish Jahon Savdo Tashkilotining davlatlararo savdo nizolarini hal qilish uchun xalqaro

maydon sifatidagi rolini yaqqol ko‘rsatib beradi.

Jahon savdo tashkiloti davlatlarning xohish-iroda erkinligi tamoyili asosida ish olib

boradi, chunki a’zo davlatlar Jahon savdo tashkilotining qoida va qarorlariga ixtiyoriy

ravishda amal qilishga rozilik bildiradilar. Bu xalqaro ommaviy huquqning davlatlar

suvereniteti va mustaqilligini nazarda tutuvchi asosiy tamoyillariga muvofiq keladi.

Xalqaro xususiy huquq, kollizion huquq nomi bilan ham atalib, mahalliy

yurisdiksiyalar osha xususiy huquq subyektlari o‘rtasidagi chet el elementi bilan

murakkablashgan huquqiy nizolarni hal etishni tartibga soladi. Jahon savdo tashkiloti

(JST) xalqaro xususiy huquqning to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri subyekti bo‘lmasa

-da, uning qoidalari

va qarorlari xususiy huquq subyektlariga, ayniqsa xalqaro savdo bilan shug‘ullanuvchi

korxonalarga sezilarli

ta’sir ko‘rsatadi.

Jahon savdo tashkilotining xususiy huquq subyektlariga ta’siriga to‘xtalib o‘tadigan

bo‘lsak, Jahon Savdo Tashkiloti bitimlari ko‘pincha a’zo davlatlardan yuridik shaxslarga

va yuridik shaxs tashkil etmagan holda yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan

shug’ullanuvchi shaxslarga bevosita ta’sir etuvchi ichki davlat qonunlarni joriy etishni

talab qiladi. Masalan, “Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari to‘g‘risidagi

kelishuv” (TRIPS) bitimi xususiy huquq subyektlariga to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri ta’sir

ko‘rsatadigan intellektual mulkni himoya qilishni belgilaydi. Shuningdek, “Tariflar va

savdo bo‘yicha bosh kelishuv” (GATT) va “Xizmatlar savdosi bo‘yicha bosh kelishuv”

(GATS) doirasidagi savdoning erkinlashtirilishi jahon bozorlarida faoliyat yuritayotgan

yuridik shaxslar uchun ham imkoniyatlar, ham muammolarni yuzaga keltiradi.

Jahon savdo tashkiloti bir vaqtning o‘zida xususiy

-huquqiy nizolarga ham bilvosita

ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Garchi, Jahon Savdo Tashkiloti xalqaro xususiy nizolarni ko‘rib

chiqmasa-

da, uning qarorlari milliy sudlar va hakamlik sudlariga ta’sir ko‘rsatishi

mumkin. Masalan, Jahon Savdo Tashkilotining antidemping choralari kabi savdoni

himoya qilishga qaratilgan qarorlari, milliy sudlarning yuridik shaxslar ishtirok etadigan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

426

ishlarda savdoga oid qonunlarni qanday talqin qilishi va qo‘llashini belgilab berishi

mumkin.

Jahon savdo tashkilotida savdoni tartibga solishda davlat-xususiy hamkorligi

xususida aytib o‘tadigan bo‘lsak, Jahon savdo tashkiloti avvalo

hukumatlararo organ

sifatida ish yuritadi, ya’ni uning qarorlari va muzokaralari milliy hukumatlar ishtirokida
amalga oshiriladi. Biroq, so‘nggi yillarda Jahon Savdo Tashkiloti xususiy manfaatdor

tomonlar, jumladan korxonalar, savdo uyushmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari

(NNT) bilan tobora ko‘proq hamkorlik qilmoqda.

Xususiy sektor bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida JST jamoatchilik

bilan maslahatlashuvlar va manfaatdor tomonlar forumlarini tashkil etdi. Bu platformalar
xususiy subyektlarga

o‘z muammolari bo‘lishish, ekspertlik bilimlarini taqdim etish va

savdo muzokaralariga ta’sir o‘tkazish imkonini beradi. Jahon Savdo Tashkiloti savdo
bilan bog‘liq muammo va imkoniyatlarni muhokama qilish uchun korxonalar, sanoat

vakillari va fuqarolik jamiyati tashkilotlarini muntazam ravishda taklif etib turadi.

Jahon savdo tashkilotining xususiy huquq subyektlari hisoblanmish manfaatdor

tomonlar bilan tobora kuchayib borayotgan hamkorligi ularning jahon savdosidagi

muhim o‘rnini alohida e’tirof etadi. Bi

znes doiralari, sanoat guruhlari va fuqarolik

jamiyatini jalb etish orqali Jahon Savdo Tashkiloti o‘zining savdo siyosati barcha iqtisodiy
subyektlar uchun amaliy, samarali va foydali bo‘lishini ta’minlashga intilmoqda.

Jahon savdo tashkilotining xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq

kolliziyasidagi o‘ziga xos o‘rni uning global savdoni tartibga solish tizimidagi
takomillashib borayotgan rolida namoyon bo‘lmoqda. Xalqaro ommaviy huquq instituti

maqomini saqlab qolishiga qaramay, tashkilotning xusus

iy subyektlarga ta’siri va

nodavlat manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro aloqalari mazkur huquqiy sohalar o‘rtasidagi
an’anaviy chegaralarning noaniqlashib borishiga olib kelmoqda.

Jahon Savdo Tashkilotining (JST) 2014-yilda qabul qilingan Savdoni

Soddalashtirish to'g'risidagi Bitimi (Trade Facilitation Agreement) bojxona tartib-

qoidalarini takomillashtirish va savdo to‘siqlarini kamaytirish maqsadida qabul qilingan.

Mazkur bitimni amalga oshirish hukumatlar va xususiy sektor subyektlari, jumladan,
logistika ko

mpaniyalari hamda bojxona brokerlari o‘rtasida yaqin hamkorlikni talab

etadi. Ushbu jarayon JST maqsadlariga erishish uchun davlat-xususiy sherikligini
rivojlantirishdagi rolini yaqqol namoyon etadi.

Elektron tijorat va raqamli savdoning jadal rivojlanishi Jahon Savdo Tashkiloti

(JST) doirasida xalqaro ommaviy va xalqaro xususiy huquq o‘rtasidagi o‘zaro

aloqadorlikni yanada yaqqolroq namoyon etmoqda. Jahon Savdo Tashkiloti davlatlararo

darajada raqamli savdoni tartibga solish uchun me‘yoriy

-huquqiy bazani

ta‘minlasa

-da,

xususiy kompaniyalar raqamli iqtisodiyotni shakllantirishda markaziy ahamiyat kasb
etmoqda.

Garchi, Jahon savdo tashkiloti (JST) avvalo o‘z a’zo davlatlari o‘rtasidagi nizolarni

hal etishga qaratilgan bo‘lsa

-da, xususiy subyektlarning bu nizolardan kelib chiqadigan

natijalarda muhim manfaatlarga ega ekanligini e’tirof etish zarur. Buning yorqin misoli
sifatida “Yevropa Ittifoqi –

bananlarni import qilish, sotish va taqsimlash tartibi” (1997)

ishini keltirib o‘tish mumkin. Ushbu ish doirasida

Jahon Savdo Tashkilotining qarorlari

asosida, Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy qilingan import cheklovlari sababli banan

yetishtiruvchi va tarqatuvchi xususiy korxonalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

427

Xulosa qiladigan bo‘lsak, Jahon savdo tashkilo

ti (JST) xalqaro ommaviy huquq va

xalqaro xususiy huquq kolliziyasida o‘ziga xos va muhim o‘rin egallaydi. Jahon Savdo
Tashkiloti xalqaro ommaviy huquqning ma’lum bir tarmog‘ini tartibga soluvchi tashkilot
sifatida a’zo davlatlar o‘rtasidagi savdo munosabatlarini tartibga solish va ular o‘rtasidagi

nizolarni hal etish vazifasini bajaradi. Shunga qaramay, tashkilotning qoidalari va

qarorlari xususiy huquq subyektlariga sezilarli va keng qamrovli ta’sir ko‘rsatib

kelmoqda. Bu esa jahon savdosida xalqaro huquqning ommaviy va xususiy jihatlari

o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning tobora kuchayib borayotganini namoyon etadi.

Jahon savdo tashkiloti (JST) iqlim o‘zgarishi, barqaror rivojlanish va raqamli

transformatsiya kabi yangi global muammolarni hal etishda ko‘pla

b qiyinchiliklarga duch

kelmoqda. Bu muammolar innovatsion yondashuvlar hamda davlat va xususiy sektorlar

o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikni talab etadi.

Bundan tashqari, JST o‘zining shaffoflik va inklyuzivlik borasidagi tanqidlariga

tayyor turishi lozim. Uning davlat-markazlashgan tuzilmasi xalqaro ommaviy huquqqa

asoslangan bo‘lsa

-

da, jahon savdosida xususiy subyektlar ta’sirining ortib borishi

nodavlat manfaatdor subyektlar uchun yanada yuqoriroq e’tibor talab qilmoqda. Rasmiy

maslahatlashuv jarayonlari va jamoaviy nazorat kuzatuvchisi maqomi kabi xususiy

sektor ishtirokini ta’minlash mexanizmlarini mustahkamlash davlat va xususiy
manfaatlar o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishga yordam berishi mumkin.

JST uchun yana bir muhim jihat uning nizolarni hal qilish mexanizmini

mustahkamlash hisoblanadi. Bu mexanizm so‘nggi yillarda jiddiy qiyinchiliklarga duch
keldi, jumladan, Apellyatsiya organi faoliyatining to‘xtashi bunga yaqqol misol bo‘lishi

mumkin. Ushbu tizimning ishlash mexanizmini tiklash nafaqat davlatlararo nizolarni hal

etish uchun, balki ishonchli va qonuniy kuchga ega bo‘lgan bunday mexanizm xalqaro
savdo qoidalaridan bevosita manfaatdor bo‘lgan xususiy subyektlarga huquqiy aniqlikni
ta’minlash uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Jahon Savdo Tashkiloti oziq-ovqat xavfsizligi, vaksinalar va tibbiy mahsulotlardan

adolatli foydalanish kabi dolzarb masalalar bo‘yicha global hamkorlikni rivojlantirishda
hal qiluvchi rol o‘ynash imkoniyatiga ega. JST o‘zining xalqaro ommaviy va xalqaro

xususiy huquq tutashga

n kollizion joyidagi noyob o‘rnidan foydalanib, davlatlarga ham,

xususiy tashkilotlarga ham manfaat keltiradigan yechimlarni ishlab chiqishga

ko‘maklashishi va shu orqali global savdo tizimining fundamenti sifatidagi mavqeyini

mustahkamlashi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Pauwelyn, J. (2003).

Conflict of Norms in Public International Law: How WTO Law

Relates to Other Rules of International Law

. Cambridge University Press.

https://institutes.abu.edu.ng/idr/public/assets/docs/Conflict%20of%20Norms%20in%
20Public%20International%20Law_%20How%20WTO%20Law%20Relates%20to%20o
ther%20Rules%20of%20International%20Law%20(%20PDFDrive%20).pdf

2.

Trachtman, J. P. (1999). The domain of WTO dispute resolution.

Harvard

International Law Journal

, 40(2), 333-377. https://www.wto.org/english/forums_e/

public_forum2007_e/session2_trachtman_e.pdf

3.

Cottier, T., & Schefer, K. N. (1997). The relationship between World Trade

Organization law, national and regional law.

Journal of International Economic Law

, 1(1),

83

122. https://doi.org/10.1093/jiel/1.1.83


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

428

4.

Steger, D. P. (2004).

The world trade organization: A new constitution for the

trading system.

Oxford University Press. https://www.researchgate.net/publication/

228149272_The_World_Trade_Organization_A_New_Constitution_for_the_Trading_System

5.

World Trade Organization. (2014).

Trade Facilitation Agreement.

World Trade

Organization. https://www.wto.org/english/res_e/res_e/242285_e.htm

6.

Burri, M. (2016).

The governance of data and data flows in trade agreements:

The pitfalls of legal adaptation.

Journal of International Economic Law, 19

(4), 761

782.

https://doi.org/10.1093/jiel/jgw039

7.

Davey, W. J. (2006).

The WTO dispute settlement system: The first ten years.

Journal of International Economic Law, 8

(1), 17

50. https://doi.org/10.1093/jiel/jgi027

Библиографические ссылки

Pauwelyn, J. (2003). Conflict of Norms in Public International Law: How WTO Law Relates to Other Rules of International Law. Cambridge University Press. https://institutes.abu.edu.ng/idr/public/assets/docs/Conflict%20of%20Norms%20in%20Public%20International%20Law_%20How%20WTO%20Law%20Relates%20to%20other%20Rules%20of%20International%20Law%20(%20PDFDrive%20).pdf

Trachtman, J. P. (1999). The domain of WTO dispute resolution. Harvard International Law Journal, 40(2), 333-377. https://www.wto.org/english/forums_e/ public_forum2007_e/session2_trachtman_e.pdf

Cottier, T., & Schefer, K. N. (1997). The relationship between World Trade Organization law, national and regional law. Journal of International Economic Law, 1(1), 83–122. https://doi.org/10.1093/jiel/1.1.83

Steger, D. P. (2004). The world trade organization: A new constitution for the trading system. Oxford University Press. https://www.researchgate.net/publication/ 228149272_The_World_Trade_Organization_A_New_Constitution_for_the_Trading_System

World Trade Organization. (2014). Trade Facilitation Agreement. World Trade Organization. https://www.wto.org/english/res_e/res_e/242285_e.htm

Burri, M. (2016). The governance of data and data flows in trade agreements: The pitfalls of legal adaptation. Journal of International Economic Law, 19(4), 761–782. https://doi.org/10.1093/jiel/jgw039

Davey, W. J. (2006). The WTO dispute settlement system: The first ten years. Journal of International Economic Law, 8(1), 17–50. https://doi.org/10.1093/jiel/jgi027