Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The Unification of Craftsmen into Artels in the Fergana
Valley in 1920
–
1924: The Process of Nationalization
Policy
Zukhra OLIMJANOVA
1
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2025
Received in revised form
15 January 2025
Accepted 25 February 2025
Available online
25 March 2025
The article presents a comprehensive analysis of the
organization of craft cooperatives in the Fergana Valley during
the period from 1920 to 1924. It examines the peculiarities of
their formation and development, as well as their role in the
socio-economic progress of the region.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
small and medium
enterprises,
private property,
industrial enterprises,
the Council of People's
Commissars of the RSFSR,
the New Economic Policy
(NEP), central and local
economic bodies,
private entrepreneurship,
artels.
1920
–
1924-
yillarda
Farg‘ona
vodiysida
kosib
-
hunarmandlarning artellarga birlashishi: milliylashtirish
siyosati jarayoni
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
o‘rta va kichik korxonalar,
xususiy mulk,
sanoat korxonasi,
RSFSR Xalq Komissarlari
Soveti,
Yangi iqtisodiy siyosat
(NEP),
Mazkur maqolada 1920
–
1924-
yillarda Farg‘ona vodiysidagi
kosib-hunarmandlar artellarining tashkil etilishi, ularning
rivojlanishi va ushbu jarayonning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
tahlil qilinadi.
1
PhD Student, Andijan State University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
63
markaziy va mahalliy
xo‘jalik organlari,
xususiy tadbirkorlik,
artellar.
Объединение ремесленников в артели в Ферганской
долине
в
1920–1924
гг.:
процесс
политики
национализации
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
средние и мелкие
предприятия,
частная собственность,
промышленные
предприятия,
Совет Народных
Комиссаров РСФСР,
новая экономическая
политика (НЭП),
центральные и местные
хозяйственные органы,
частное
предпринимательство,
артели.
В статье проведён всесторонний анализ организации
ремесленных артелей Ферганской долины в период с 1920
по 1924 гг. Рассмотрены особенности их формирования и
развития, а также роль в социально
-
экономическом
развитии региона.
1917-
yilda sovet hokimiyati o‘rnatilganidan keyin Turkistonda sanoatni davlat
tasarrufiga o‘tkazish jarayoni boshlandi. Dastlab yirik korxonalar natsionalizatsiya
qilingan bo‘lsa, 1918
-
yil o‘rtalaridan boshlab o‘rta va kichik korxonalar ham davlat
nazoratiga o‘tkazila boshlandi.
1920-yil oxiriga kelib, sovet hukumati, mahalliy sovetlar va Turkiston respublikasi
xo‘jalik kengashlari tomonidan olib borilgan milliylashtirish siyosati natijasida
respublikaning deyarli barcha sanoat korxonalari davlat mulkiga aylantirildi. Bu
korxonalar markaziy va mahalliy xo‘jalik organlari orqali boshq
arila boshlandi.
1920-yillar boshlarida sovet davlati milliylashtirish siyosati doirasida xususiy
mulk va erkin tadbirkorlikni bartaraf etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga
oshirdi. Bu jarayon qishloq xo‘jaligi, sanoat, moliya va savdo sohalaridagi o‘zgarishlar
bilan bir qatorda kosibchilik va hunarmandchilik sohasini ham qamrab oldi. Xususan,
Farg‘ona vodiysida hunarmandlarning va kosiblarning artellarga birlashishi ishlab
chiqarish jarayonlarini markazlashtirish va davlat nazoratiga o‘tkaz
ish siyosatining
muhim qismiga aylandi.
1921-yil 1-yanvarga kelib, Turkistonda 1175 ta sanoat korxonasi milliylashtirildi,
lekin ularning ko‘pchiligi kichik korxonalar edi. Shuningdek, milliylashtirilgan korxonalar
asosan davlat buyurtmalarini bajarish uchun ishlatilgan. Masalan, terini qayta ishlash
korxonalari armiya ehtiyojlari uchun ishlab chiqarishga yo‘naltirildi. 1919
-yildan boshlab
Turkiston Respublikasidagi jun titish, teri-
ko‘n, to‘qimachilik, vinochilik va tamaki
sanoati korxonalari ham natsionalizatsiya qilindi hamda ular ham faqat armiya
ehtiyojlari uchun ishlay boshladi .
RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining 1918-yil 28-iyundagi yirik sanoat va
transportni umummilliylashtirish to‘g‘risidagi dekretidan so‘ng, Turkistonda sanoat
korxonalarini milliylashtirish jarayoni yanada kuchaydi. Bu jarayon Andijonda ham
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
64
davom ettirildi. 1920-yil oxiriga kelib, bu yerda barcha korxonalar va elektr stansiyalar
milliylashtirildi. Andijonning butun sanoati front ehtiyojlarini ta’minlashga qaratildi.
Shahar
tegirmonlari armiyani un bilan ta’minlasa, to‘quvchilik va tikuvchilik ustaxonalari
jangchilar uchun poyabzal tayyorlab bera boshladi. Faqatgina 1919-yilda Andijon sanoati
frontga 5 ming juft erkaklar ichki kiyimi, 3 ming juft yozgi gimnastyorka va shim, 1500 ta
furajka, 700 ta mo‘ynali jun kurtka, 500 ta papaxa, 100 ta jun gimnastyorka, 500 ta jun
shim, 2100 juft etik va boshqa mahsulotlarni yetkazib berdi. Andijon yog‘ zavodi
qoshidagi ustaxonalarda turli xil jangovar qurollar ta’mirlandi.
Biroq milliylashtirish jarayoni iqtisodiy muammolarni ham keltirib chiqardi. Ishlab
chiqarish hajmi keskin kamaydi, chunki hunarmandchilik asosida faoliyat yuritgan kichik
korxonalar markazlashgan boshqaruv tizimiga to‘liq moslasha olmadi. Shuningdek,
mutaxassislar tanqisligi, xomashyo yetishmovchiligi va transport tizimining izdan
chiqishi ham sanoatni rivojlantirishga to‘sqinlik qildi.
Shunday qilib, 1917
–
1921-yillarda Turkistonda sanoatni milliylashtirish keng
ko‘lamda amalga oshirilgan bo‘lsa
-da, bu jarayon turli iqtisodiy va ijtimoiy muammolar
bilan kechgan. Keyinchalik Yangi iqtisodiy siyosat (NEP) davrida milliylashtirilgan
korxonalarning bir qismi xususiy tadbirkorlarga ijaraga berildi va iqtisodiy faoliyatni
tiklashga harakat qilindi.
1920-yil oxiriga kelib, sovet hukumati, mahalliy sovetlar va Turkiston respublikasi
xo‘jalik kengashlari tomonidan amalga oshirilgan sanoatni natsionalizatsiya qilish
natijasida, respublikaning aksariyat sanoat korxonalari davlat tasarrufiga o‘tkazildi.
Bu korxonalar markaziy va maha
lliy xo‘jalik organlari orqali boshqarila boshlandi.
1921-yil 1-yanvarga kelib, Turkistonda 1175 ta sanoat korxonasi davlat mulkiga
aylantirildi, bularning ko‘pchiligi kichik korxonalar edi. [2, c.138] Davlat korxonalari
barcha yollanma ishchilarning 90 foizini va respublika sanoatidagi barcha mexanik
dvigatellarning 80 foizdan ortig‘ini o‘z ichiga olardi. O‘lka yalpi sanoat mahsulotining
qariyb to‘rtdan uch qismi davlat sektori hissasiga to‘g‘ri keldi.
[3, c.80] Xususiy va
kooperativ mulkda faqat kichik k
orxonalargina qoldi, xolos. Bu korxonalarda o‘rtacha
to‘rt nafardan ortiq yollanma ishchi bo‘lmagan yoki ularda umuman yollanma mehnatdan
foydalanilmagan. [4, c. 264]
Sovet davlatining milliylashtirish siyosati xususiy mulkni yo‘q qilib, barcha ishlab
chiq
arish vositalarini davlat qo‘liga o‘tkazishni o‘z oldiga maqsad qilgan edi. Bu siyosat
qishloq xo‘jaligi, sanoat, moliya
-bank tizimi va savdo sohalarida amalga oshirildi. Uning
natijasida ishlab chiqarishning barcha shakllari ustidan davlat monopoliyasi o‘
rnatildi, bu
esa iqtisodiyotning markazlashgan boshqaruvini ta’minladi. Xususiy tadbirkorlikning
yo‘q qilinishidan kelib chiqqan holda, bozor munosabatlari o‘rnini markazlashtirilgan
rejali iqtisodiyot egalladi.
Bu jarayon, ayniqsa, sanoat va bank sektorla
rida qattiq keskinlik bilan o‘tkazildi.
Korxonalar, fabrikalar, yerlar va moliyaviy institutlar davlat tasarrufiga o‘tkazildi.
Natijada, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari davlat nazoratiga o‘tdi va shaxsiy mulkdorlar,
ishbilarmonlar o‘z mulklaridan mahrum bo‘ldi.
Sovet davlatining milliylashtirish siyosati jamiyatning barcha iqtisodiy resurslarini
davlat qo‘lida to‘plashga qaratilgan edi. Bu, birinchi navbatda, xususiy mulkni yo‘q qilish
va iqtisodiyotni markazlashtirilgan rejali boshqaruvga o‘tkazish orqal
i amalga oshirildi.
Qishloq xo‘jaligida, yerlar va xo‘jalik vositalari xususiy mulkdan tortib olinib,
davlat tasarrufiga o‘tkazildi. Yer milliy mulk sifatida e’lon qilindi va unda ishlash davlat
tomonidan tashkil etilgan kolxozlar va sovxozlar orqali yo‘lga qo‘yildi. Bu aholi
o‘rtasida iqtisodiy erkinlikning yo‘qolishiga, qishloq xo‘jaligining markazlashuviga va
tadbirkorlikning cheklanishiga olib keldi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
65
Sanoat sohasida, katta va o‘rta korxonalar davlat nazoratiga o‘tkazildi. Hatto kichik
ishlab
chiqarish ustaxonalari ham yo‘q qilindi yoki davlatga qaram bo‘ldi. Barcha sanoat
korxonalari milliylashtirilib, ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish markazlashtirilgan
tarzda olib borildi. Natijada sanoatda xususiy mulkdorlik umuman barham topdi.
Moliya-bank tizimida, barcha xususiy banklar, kredit muassasalari va moliyaviy
institutlar davlat mulkiga aylantirildi. Sovet Ittifoqi davlat banki yagona moliyaviy
institut sifatida tashkil etildi, va barcha moliyaviy operatsiyalar faqat uning nazoratida
bo
‘lib o‘tdi. Hatto shaxsiy moliyaviy amaliyotlar ham keskin cheklandi.
Savdo sohasida, xususiy savdo va xususiy tijorat faoliyati taqiqlandi. Bozorlar va
do‘konlar davlat tasarrufiga o‘tkazilib, tovarlar taqsimoti va savdosi markazlashtirilgan
davlat rejala
riga muvofiq amalga oshirildi. Bu aholining iste’mol ehtiyojlarini cheklashga
va tovar taqchilligining yuzaga kelishiga olib keldi.
Mazkur siyosat iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida davlatning mutlaq ustunligini
o‘rnatdi, lekin bu ko‘plab ijtimoiy
-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqardi, jumladan,
ishlab chiqarish samaradorligining pasayishi, rag‘batlantirish tizimining yo‘qolishi va
tovar yetishmovchiligi kabi muammolar.
Sovet davlatining qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, moliya
-bank tizimi va
savdo sohasidagi natsionalizatsiya siyosati mohiyatan xususiy mulkni yo‘q qilishga,
ishlab chiqarishning barcha ko‘rinishlari ustidan davlat monopoliyasini o‘rnatishga
qaratilgan edi. Bu siyosat pirovardida respublikada iqtisodiy ahvolning keskin
yomonlashishiga olib keldi. Bu xato siyosat natijasida Turkistondagi sanoat
korxonalarining yarmidan ko‘pi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. 1920
-yilda respublikada sanoat
ishlab chiqarish hajmi 1914-yilga nisbatan 80 foizga qisqardi.
Yirik, o‘rta va hatto mayda fabrika
-zavod tipidagi korxonalarni natsionalizatsiya
qilish bilan bir vaqtda bolsheviklar rejimi ko‘pgina hunarmandchilik ustaxonalarini ham
o‘z nazoratiga oldi. Hunarmandchilik ustaxonalari asosan ma’muriy usullar bilan
birlashtirilib, hunarmandchilik artellari t
ashkil qilindi. To‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarga
qaraganda, 1920-yil dekabriga kelib, Turkistonda qariyb 800 ta hunarmandchilik
artellari (shu jumladan, 10 tasi
–
xotin-qizlar ishlaydigan artel) bor edi, ularga
25 mingdan ortiq hunarmand birlashgan edi. Hunarmandchilik artellari mustaqil faoliyat
ko‘rsatishdan butunlay mahrum etilgan bo‘lib, turli davlat va harbiy tashkilotlarning
buyurtmalarini bajarar edilar. Bolsheviklar tuzumi organlarining xalq xo‘jaligida muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan hunarmandchilik tarmoqdari ustidan qatiy nazorat o‘rnatishi
bilan Turkistonda moddiy ishlab chiqarishning keng tarqalgan bu sohasida xususiy
mulkchilikni tugatish borasidagi vazifasi butunlay hal etildi va shu asosda
bolsheviklarning shturmchilik, harbiy-
ma’muriy usullar bilan “mustabid sotsializm
tuzumi”ni qurish yuzasidan o‘z oldiga qo‘ygan vazifasini hal qilishda katta qadam
tashlandi .
1920-
yilda Farg‘ona viloyatidagi ko‘plab kosib
-
hunarmandlar o‘z faoliyatlarini
markazlashtirish va davlat siyosatiga muvofiqlashtirish maqsadida artellarga
birlashdilar. Bu jarayon milliylashtirish va iqtisodiy tarmoqlarni davlat nazoratiga
o‘tkazish siyosatining bir qismi edi.
1920-
yilga kelib, Farg‘onada 180 ta artel tashkil etilgan bo‘lib, ularda 3922 nafar
a’zo mehnat qilgan. Artellar hunarmandchilikning turli yo‘nalishlarida, jumladan,
tikuvchilik, to‘qimachilik, poyabzal ishlab chiqarish va boshqa sohalarda ish olib borgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
66
Bu jarayon keyingiyillarda yanada keng quloch yoydi. 1924-yilga kelib,
Farg‘onadagi artellar soni 6933 taga yetdi
, ularda jami 26 453 kishi mehnat qilgan. [5, b.
46-
47] Bu artellar faqat iqtisodiy faoliyat markazlari bo‘lib qolmasdan, ishchilarning
o‘zaro hamkorligini ta’minlovchi ijtimoiy tizimga ham aylandi.
Bu jarayonning ijobiy jihatlari sifatida kosibchilik va hunarmandchilikni
rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish va ishlab chiqarishni rejali tarzda tashkil etishni
ko‘rsatish mumkin. Ammo, bu davlat siyosati doirasida amalga oshirilgani sababli, ko‘p
hollarda kosiblar va hunarmandlar o‘z
-
o‘zidan erkin faoliyat
olib borish imkoniyatidan
mahrum bo‘lgan.
1920-
yilda Farg‘ona vodiysida kosibchilik va hunarmandchilik sohasidagi
faoliyatni davlat nazoratiga moslashtirish jarayonida artellar muhim rol o‘ynagan.
Kosiblar va hunarmandlardan tashkil topgan bu artellar, avvalo, iqtisodiy markazlashuv
siyosatini amalga oshirishning bir usuli sifatida tashkil etilgan bo‘lsa
-da, ular ishlab
chiqarishda muayyan tartib va tashkilotchilikni ta’minlashda ham ahamiyatli bo‘lgan.
1920-
yilda Farg‘onadagi 180 ta artel hunarmandchilikning an’anaviy tarmoqlari,
jumladan, tikuvchilik, to‘qimachilik, teri ishlab chiqarish, zargarlik va boshqa sohalarda
faoliyat yuritgan. Bularda ishlab chiqarish jarayonlari hamkorlik asosida tashkil etilgan
bo‘lib, har bir hunarmand o‘z mahoratini umumiy ishga qo‘shgan. Bunda asosiy maqsad
mahsulot hajmini oshirish va bozor ehtiyojlarini qondirish bo‘lgan.
1924-yilga kelib, artellarning soni 6933 taga yetdi va bu artellarda 26 453 kishi
mehnat qilgani ularning faoliyati keng quloch yoyganidan dalolat beradi. Bu jarayonda
hunarmandlar faqat ishchi kuchi emas, balki ishlab chiqarishning asosiy uyushgan
ishtirokchilari sifatida namoyon bo‘ldilar. Har bir artel qo‘shma harakat va taqsimot
asosida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, ishchilar o‘z mehnatlarining natijasini
umumiy tarzda
taqsimlashgan.
Shu bilan birga, bu jarayon davlatning xususiy mulkchilikni bosqichma-bosqich
bartaraf etishga qaratilgan milliylashtirish siyosati doirasida amalga oshirildi.
Xunarmandlar va kosiblar o‘z mustaqil faoliyatini yo‘qotgan bo‘lsa
-da, davlat
boshchiligida ishlab chiqarish markazlashgan va tartibli bo‘lishi ta’minlandi. Biroq,
buning oqibatida shaxsiy tashabbuslar kamayib, ijtimoiy va iqtisodiy faoliyat davlat
rejalariga to‘liq bog‘langan holatga kelgan.
Harbiy maqsadlar uchun ishla
b chiqarish bilan bir qatorda ma’lum darajada xalq
iste’moli mollari ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yildi. Bu vazifani hal etishda
hunarmandlar muhim rol o‘ynadi. Ularning urush holati va xom ashyo taqchilligi
sharoitida o‘lka xo‘jalik hayotiga qo‘shgan hi
ssasi izchil ravishda ortib bordi. Sanoat
ishlab chiqarishining umumiy hajmida hunarmandchilik-kosibchilik sanoatining ulushi
1913-yildagi 22,3 foizdan 1920-yilda 30-
35 foizgacha ko‘tarildi. [6, c. 265] Tovar
taqchilligi sharoitida eng tanqis bo‘lgan mahsu
lotlarni ishlab chiqaradigan
hunarmandchilik tarmoqlari, xususan to‘qimachilik, ko‘nchilik, poyabzal, tikuvchilik va
boshqalar ayniqsa tez va keng rivojlandi. Masalan, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlaridagi
hunarmandchilik-
to‘qimachilik korxonalarida ishlovc
hilar soni 1913-yildagi 1100 nafar
kishidan 1920-
yilda 2280 nafarga, ya’ni 2 barobardan ziyodga oshdi. [7, c. 68
-69]
Farg‘ona viloyatida 1920–
1924-yillarda kosib-hunarmandlarning artellarga
birlashishi davlat siyosati doirasida iqtisodiy markazlashuv va milliylashtirish
jarayonining muhim qismi bo‘ldi. Bu orqali ishlab chiqarish hajmini oshirish, tartibli
mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish va davlatning iqtisodiy nazoratini kuchaytirish maqsad
qilingan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
67
Artellarning tezkor ravishda ko‘payishi (1920
-yilda 180 ta, 1924-yilda esa 6933 ta)
va ularda mehnat qiluvchilar sonining sezilarli oshishi (26 453 kishi) aholi mehnatini
tashkil etishdagi samaradorlikni ko‘rsatadi. Biroq bu jarayon shaxsiy tashabbus va erkin
hunarmandchilik faoliyatining yo‘qolishi, davlat re
jali iqtisodiyotiga moslashuv zaruriyati
va iqtisodiy erkinlikning cheklanishi kabi oqibatlarni ham olib keldi.
Shunday qilib, artellar milliylashtirish siyosati sharoitida hunarmandchilik va
kosibchilikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynagan bo‘lsa
-da, ular asosan davlat
monopoliyasi va rejali iqtisodiyot talablariga moslashgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar
sifatida namoyon bo‘ldi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ульмасов А.У.
Национализация промышленности в Советском Туркестане.
2.
Отчет о деятельности Совета Народных Комиссаров и Экономического
Совета Туркестанской республики на I октября 1922 г. –
Т.. 1922. С. 138.
3.
История народного хозяйства Узбекистана. Том 1. Ред. колл.: О.Б.
Джамалов (Отв. ред) и др. –
Ташкент: Изд
-
во Академии наук УзССР, 1962. –
С. 80.
4.
Туркестан в начале XX века: к истории истоков национальной
независимости. Коллектив авт.: Р.М. Абдуллаев, С.С. Агзамходжаев, И.А. Алимов и
др. –
Ташкент: Шарк, 2000. –
С. 264.
5.
Farg‘ona oblasti. (Tarixiy
-iqtisodiy spravochnik).
–
Toshkent: O‘zbekiston, 1974.
–
B. 46-47.
6.
Туркестан в начале XX века: к истории истоков национальной
независимости. Коллектив авт.: Р.М. Абдуллаев, С.С. Агзамходжаев, И.А. Алимов и
др. –
Ташкент: Шарк, 2000. –
С. 265.
7.
История народного хозяйства Узбекистана. Том 1. Ред. колл.: О.Б.
Джамалов (Отв. ред) и др. –
Ташкент: Изд
-
во Академии наук УзССР, 1962. –
С. 68
-69.
8.
Safarov, T. “Farg‘ona vodiysida iqtisodiy va ijtimoiy hayot (1917–1925).”
Toshkent: Mehnat, 1984.
–
S.50-55.
9.
Hasanov, M. H. “1920
-yil
larda O‘zbekistonda ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar.”
Toshkent: Fan, 1990.
–
S. 100.
