Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Problems of increasing the methodological competence of
teachers
Dildora SARIMOVA
Tashkent Regional National Center for Teacher Training in New Methodologies
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received November 2023
Received in revised form
15 December 2023
Accepted 25 December 2023
Available online
15 February 2024
This article analyzes the problems of improving the
methodical competence of our pedagogues. The possibility of
practical application of students' acquired knowledge, skills,
and qualifications in their personal and social activities is
described.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss11/S-pp1-4
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
competence,
methodical competence,
knowledge,
skill,
qualification,
quality education,
initiative,
priority tasks.
O‘qituvchilarning metodik kompetentligini takomillashtirish
muammolari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
kompetensiya,
metodik kompetentlik,
bilim,
ko‘nikma,
malaka,
sifatli ta’lim,
tashabbuskorlik,
ustuvor vazifalar.
Ushbu
maqolada
pedagoglarimizning
metodik
kompetentligini takomillashtirish borasida muammolar tahlil
qilingan. O‘quvchilarning egallangan bilim, ko‘nikma va
malakalarini o‘z shaxsiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay
olish imkoniyati bayon etilgan.
1
Deputy Director for educational and methodological works, Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences,
Associate Professor, Tashkent Regional National Center for Teacher Training in New Methodologies.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
2
Проблемы повышения методической компетентности
учителей
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
компетентность,
методическая
компетентность,
знания,
умение,
квалификация,
качество образования,
инициативность,
приоритетные задачи.
В данной статье анализируются проблемы повышения
методической компетентности наших педагогов. Описана
возможность практического применения полученных
знаний, умений и квалификации студентов в их личной и
общественной деятельности.
KIRISH
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 28-avgust kuni maktablarda
ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish va o‘qituvchilarni qo‘llab
-quvvatlashga
qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. “Yangi O‘zbekiston –
maktab ostonasidan boshlanadi”, degan ezgu g‘oya asosida bu sohada katta ishlar amalga
oshirilmoqda. So‘nggi yillarda yuzlab zamonaviy maktablar barpo etildi. Prezident
maktablari, ijod maktablari hayotimizga kirib keldi, ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i
kengaytirildi. Yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratildi. Davlatimiz rahbari
maktablarni ham mazmun, ham sharoit jihatidan yaxshilash bo‘yicha yangi tashabbuslarni
bildirayotgan vaqtda pedagoglarimizning metodik kompetentligini takomillashtirish dolzarb
masala sifatida qaralishi lozim.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Ta’limda kompetensiyaviy yondashuv jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari
va ilmiy markazlarida fundamental va amaliy tadqiqotlar sifatida o‘rganilmoqda.
Bu jarayonda o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishda innovatsion ta’lim
texnologiyalar yaratish va tatbiq etish, o‘quvchilarni ilmiy
-tadqiqot faoliyatiga
yo‘naltirish kabi ustuvor yo‘nalishlar aniqlanmoqda.
Izlanishlar jarayonida “kompetentlik”, “kompetensiya”, “kasbiy kompetentlik”
tushunchalari va ularni tatbiqi bo‘yicha qator tadqiqot ishlari o‘rganildi. Jumladan, xorijiy
va mamlakatimiz olimlari ishlarida N.V. Matyash, V.P. Bespalko, T.G. Breje, M.P. Lapchik,
Rossiyalik olimlar I.Y. Lerner, V.V. Krayevskiy, V.V. Davidova, N.
Xomskiy, o‘zbek
olimlaridan J. Usarov, K. Suyarov, N. Muslimov, R. Xamdamov, N. Azizxodjayeva,
U. Begimqulov, Z.A.
Qo‘ychiyeva, B.
Xodjayev, F.O.
G‘oziyevalar izlanishlar olib borgan.
Tadqiqotlarni o‘rganishda amin bo‘ldikki, kompetensiya so‘zi lotincha: competo –
erishyapman, munosibman, loyiqman degan ma’nolarni beradi va kishi egallagan
muayyan sohadagi bilim, ko‘nikma, malakalar majmuasini anglatadi. Ta’lim jarayonlarida
kompetensiya tushunchasi 1960-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlaridan boshlab
keng qo‘llanila boshlandi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqolani yozish davomida quyidagi mulohazalar o‘rganilayotgan muammoning
asosiy rivojlantiruvchi omili sifatida tadqiq etildi:
–
umumiy o‘rta ta’limda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim –
o‘quvchilarning egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy va ijtimoiy
faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish imkoniyatidir;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
3
–
o‘quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish,
tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z
faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-
hunar tanlash, sog‘lom raqobat
hamda umummadaniy ko‘nikmalarini shakllantiradi;
–
ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda, shu fanning
o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, shu fanga tegishli xususiy
kompetensiyalar ham shakllantiriladi. Kompetensiyali yondashuv, inson faoliyatida har
tomonlama kompetentlikni shakllantirish hozirgi zamon jamiyati va ta’limining asosiy
sharti hisoblanadi. Bu talab o‘qituvchi
-pedagoglar faoliyatiga ham bevosita daxldor;
–
bugungi kunda dunyo ta’limini yangilashning asosiy yo‘nalishi ta’lim jarayonida
faoliyatli yondashuv orqali dunyoni, hayotni, kasbiy faoliyatni yaxlit tizimli ko‘ra olish,
unda tizimli faoliyat ko‘rsatish, yangi
-yangi muammo va topshiriqlarni hal eta olish
tajribasini shakllantirishdan iboratdir.
TAHLIL VA NATIJALAR
Metodik kompetensiyaning mazmun-
mohiyatini o‘rganish va tahlil
qilish asosida
quyidagi ta’rif keltirildi.
Metodik kompetensiya
–
barcha sohalarga mos tushuncha bo‘lib, ta’lim jarayonida
samarali faoliyat olib borish uchun zarur bo‘lgan o‘qituvchining nazariy bilimlarni
yetkaza oladigan ta’limiy tayyorgarligidir.
Ta’limiy jarayon davlat ixtiyorida bo‘lgan, oldindan belgilangan ijtimoiy talab
bo‘lib, u o‘quvchilarning muayyan sohada samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur
bo‘lgan ta’limiy tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan kimyo fani
o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirishda pedagogik va ilmiy va
metodik adabiyotlarni tahlil qilish va mavjud muammolarni yechishga imkon beradigan
sharoitlarni aniqlash zarur. Pedagoglarda metodik kompetentlikning modelini
takomillashtirishda o‘qituvchilar uchun yangi metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish va
amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar tayyorlash lozim.
Tadqiqotlar tahlil qilinar ekan, “Metodik kompetentlikni takomillashtirish orqali
o‘quv faoliyatini jadallashtirish va o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga undash, kimyo fanini
o‘rganishga motivatsiyalar berishimiz mumkin. O‘qituvchilarda metodik kompetentlikni
takomillashtirish asosida o‘quvchilarning fanni o‘rganishdagi ehtiyojlarini aniqlash,
qiziqishlarini o‘rganishning turli usullarini izlash, kimyoviy jarayonlar natijalarini
prognozlash, fanni o‘rganishda maqsadni to‘g‘ri qo‘ya olish ko‘rsatkichlarini ishlab
chiqish lozim” deb hisoblaymiz.
Zero, davlatimiz rahbari Sh.M.
Mirziyoyev ta’kidlaganidek, taraqqiyotning tamal
toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-
fan, ta’lim va
tarbiyadir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kompetensiyaviy yondashuv va uning tatbiqlari
bo‘yicha me’yoriy
-
dasturiy ta’minotlar takomillashtirilgan, o‘quv dasturlari mazmuni
o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ularning qiziqishlariga ko‘ra
individual yondashuv asosida o‘quv dasturlari ishlab chiqilayotgan, ijobiy natijalar berib
kelayotgan vaqtda o‘qituvchilarning metodik kompetentligini takomillashtirish amalga
oshirilayotgan islohotlarni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi deb o‘ylaymiz.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
4
XULOSA VA TAKLIFLAR
Umumiy o‘rta ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishda ustuvor yo‘nalishlarni
belgilab olish, o‘quvchilarning ma’naviy salohiyati, axloqiy
-intellektual qobiliyatlarini
rivojlantirishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishda, o‘quv jarayoniga ta’limning
innovatsion shakllarini joriy etishda o‘qituvchilarning metodik kompetentligini
takomillashtirish
muhim.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2022
-yil
29-
yanvardagi “2022–
2026-
yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–
60-
son Farmonida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha
belgilangan vazifalar doirasida “Maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedagog
-kadrlarning
bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish” masalasi belgilanganligi ham tadqiqot
ishining dolzarbligini oshiradi.
E’tibor qilsak, Uchinchi renessans poydevorini yaratish yoʻlidan dadil
odimlayotgan Yangi Oʻzbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlar davlat siyosatining
ustuvor yoʻnalishiga aylangan. Soʻnggi yillardagi asosiy islohotlar ham oʻqituvchi kasbi
nufuzini oshirishga qaratilmoqda.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida taʼlim sifatini taʼminlash, ilm
-fan taraqqiyotini
rivojlantirish, taʼlim, fan va
ishlab chiqarish hamkorligini rivojlantirish, yosh avlodning
intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish borasida amalga oshirilgan ishlar va
istiqboldagi vazifalarni amalga oshirishda o‘qituvchilarning metodik kompetentligini
takomillashtirish lozim.
Yurtimizda maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilish
boshlanmoqda. Bu ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, yangi darsliklarni ishlab chiqish, ilg‘or
ta’lim standartlari va metodikalarini joriy etish uchun alohida ilmiy institut va
laboratoriyalar tashkil etilayotgan vaqtda maktablarda shu islohotlarni samarali amalga
oshiradigan pedagoglarni tayyorlashimiz zarur.
Ta’lim sifatini oshirish masalalariga birinchi galdagi vazifa sifatida qaralayotgan
vaqtda pedagoglar salohiyatini oshirishga harakat qilishimiz lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO
‘
YXATI:
1.
Sh.Mirziyoyev, Maktablarda taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan ustuvor
vazifalar. Toshkent-2023.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 29-
yanvardagi “2022
-2026-
yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-60-son Farmoni.
3.
J.Usarov. Tayanch va fanga oid
kompetensiyalar asosida ta’lim mazmunini
takomillashtirish va o‘quvchilar kompetentligini takomillashtirish. ped.f.d. (DSc) diss.
Toshkent-2019.
