Авторы

  • Дилфузахон Ганиева
    Преподаватель, базовый докторант, Гулистанский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss8/S-pp5-9

Ключевые слова:

интеграция языковые навыки чтение письмо понимание на слух говорение диктоглосс сегрегация

Аннотация

В практике современного преподавания языка важно интегрировать языковые навыки, рассматривая их как единое целое. В данной статье рассматривается практическое значение метода диктоглосс в интеграции языковых навыков при обучении английскому языку. Диктоглосс способствует развитию всех основных навыков — аудирования, говорения, чтения и письма — через комплексный подход, что делает его эффективным инструментом в языковом обучении.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The importance of dictogloss in the integration of
language skills

Dilfuzakhon GANIEVA

1


Gulistan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2024

Received in revised form

15 August 2024

Accepted 25 August 2024

Available online

15 September 2024

In modern language teaching practices, it is crucial to

integrate language skills without isolating them from one

another. This article explores the practical significance of
dictogloss as a method for integrating language skills in English
language teaching.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss8/S-pp5-9

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

integration,

language skills,

reading,

writing,

listening comprehension,

speaking,

dictogloss,

segregation.

Til ko‘nikmalarining integrallashuvida diktoglossning

ahamiyati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

integratsiya,

til ko‘nikmasi,

o‘qish,

yozish,

tinglab tushunish,

so‘zlashish,

diktogloss,

segregatsiya.

Ushbu maqolada zamonaviy til o‘qitish amaliyotida, til

ko‘nikmalarini bir biridan ajratmagan holda ularni o‘zaro
uyg‘un ravishda integratsiya qilish haqida ma’lumotlar berilgan.

Shuningdek, ingliz tilini o‘qitish jarayonida til ko‘nikmalari

integratsiyasida dictoglossning amaliy ahamiyati muhokama
qilinadi.

1

Teacher, PhD student, Gulistan State University. E-mail: dilfuzaganiyeva57@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2024) / ISSN 2181-1415

6

Значение диктоглосcа в интеграции языковых
навыков

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

интеграция,

языковые навыки,

чтение,

письмо,

понимание на слух,

говорение,

диктоглосс,

сегрегация.

В практике современного преподавания языка важно

интегрировать языковые навыки, рассматривая их как
единое целое. В данной статье рассматривается

практическое значение метода диктоглосс в интеграции
языковых навыков при обучении английскому языку.
Диктоглосс способствует развитию всех основных навыков

аудирования, говорения, чтения и письма –

через

комплексный подход, что делает его эффективным

инструментом в языковом обучении.

KIRISH

Dunyodagi barcha davlatlarda xorijiy tillarni o‘rganish va zamonaviy bilimlarni

turli tillarda egallash globallashuv jarayoni bilan birgalikda ro‘y bermoqda. Bizning

respublikamizda ham xorijiy tillarni o

rganish, xususan ingliz tilini o

qitishga qaratilgan

e

tibor, bir nechta davlat rahbarining farmonlari va qarorlarida o

z tasdig

ini topmoqda.

Til ko‘nikmasi ilgarigi tajriba asosida fikrlarni ravon ifodalay olish hamda boshqalar

bilan muloqotga kirisha olish qobili

yatidir. Bu ko‘nikma tinglovchi ya’ni, qabul qiluvchiga

yetkazmoqchi bo‘lgan ma’lumotlarning tuzilishi va ahamiyatini ta’minlaydi. Kundalik
hayotda muloqot, til ko‘nikmalari ishtirokisiz amalga oshirilmaydi. Yozma muloqotda yozish

va o‘qish, og‘zaki muloqotda esa, so‘zlashish va tinglash ko‘nikmalaridan foydalaniladi.
Kommunikatsiya asosiy til ko‘nikmalarining integratsiyasidir.

Integratsiya lotin tilidan olingan bo‘lib, “integration” “tiklash, qaytadan boshlash,

to‘ldirish” degan ma’noni bildiradi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida “Ayrim qismlarning,

elementlarning bog‘liqlik holati, ularni qo‘shib birlashtirishni ifodalovchi tushuncha

[1].

Xorijiy til lug‘atida esa, integratsiya –

bir narsani boshqa bir narsa bilan qo‘shilib,

butunlik hosil qilishidir [2].

An’anaviy o‘qitish metodida til ko‘nikmalari bir

-

biridan ajratilgan holda o‘qitilgan

va bir darsda faqat birgina til ko‘nikmasiga e’tibor qaratilgan. Bu o‘quvchilarni

kommunikatsion muhitga tayyorlash uchun ancha samarasiz ekanligi aniqlandi va

zamonaviy til o‘qitish amaliyotida til ko‘nikmalarini kombinatsiyasidan foydalanish
dolzarb masalaga aylandi. Diktogloss interaktiv metodi aynan til ko‘nikmalarining

integratsiyasida va kommunikatsion jarayonni tashkil etishda muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Til ko‘nikmalari integratsiyasi 2 yoki undan ortiq til ko‘nikmalarining

kommunikativ faoliyat jarayonidagi kombinatsiyasidir [3]. E.

Henkelga ko‘ra esa,

integrallashgan til ko‘nikmalari yondashuvi bu to‘rt asosiy til ko‘nikmalarini o‘qish,

yozish, so‘zlashish va tinglab tushunish hamda ularning kichik ko‘nikmalarini o‘rgatish
bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qitish usulidir. O‘tgan asrning 80

-

yillariga qadar til ko‘nikmalari

bir-

biridan ajratilgan holda segregatsiyon o‘rgatilgan. Ingliz tilini muvaffaqiyatli

o‘qitishda, to‘rt asosiy til ko‘nikmalarini o‘zaro bog‘lab o‘qitish samarali yondashuv

hisoblanadi. Bu ko‘nikmalar kommunikativ kompetensiyani asta

-sekin rivojlantirib


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2024) / ISSN 2181-1415

7

borishga yordam beradi. Tinglab tushunish va so‘zlashuv ko‘nikmalari doim yuqori

darajada bir-

biriga bog‘langan. Shu sababdan, bu ikkisi og‘zaki muloqotni samarali

bo‘lishiga asos bo‘ladi. O‘qish va yozish bir

-

biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan yozma muloqot

vositalaridir [6].

Ingliz tilini kommunikatsiya uchun o‘qitishning eng ustuvor yondashuvi

til ko‘nikmalari integratsiyadir. Yana shuningdek, to‘rt asosiy ko‘nikmalarning

integratsiyasi real kommunikativ vaziyatga yaqin bo‘lgan usulda, ingliz tilini o‘qitish

uchun auditoriya muhitini autentik sifatida tashkil etishda muhim hisoblanadi [5].

Integratsiya til o‘rganuvchilarga katta motivatsiya beruvchi yondashuv bo‘lib,

ularning o‘qish, yozish, so‘zlashish va tinglab tushunish ko‘nikmalarini yanada

oshirishlariga yordam beradi. Guruhlarda ishlash jarayonida, o‘rganuvchilar o‘zaro fikr

almashadilar, bir-

birlari bilan muloqot qiladilar hamda bilgan ma’lumotlarini

almashadilar, bilmaganini o‘rganadilar va bu ularga ingliz tilini o‘rganishni qiziqarli va
maroqli bo‘lishiga, til o‘rganishga qiziqishga undaydi.

Integratsiya, shuningdek, o‘rganuvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini

oshiradi shu sababdan, ular analiz qilish, sintezlash va ma’lumotni yaxshiroq baholay

olish ko‘nikmalarini oshiradilar

[7].

O‘qituvchi tanlagan matn mazmunini tiklash

jarayonida o‘quvchilar har bir ma’lumotga diqqatlarini qaratadilar va asl matnda

keltirilgan ma’lumot bilan o‘zlarida mavjud bo‘lgan bilimni solishtirib, matnni qayta

qurishda foydalanadilar.

Til ko‘nikmalarini dars jarayonida integrallashtirish uchun “diktogloss” eng

samarali va natijasi ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan isbot etilgan interaktiv metod

hisoblanadi. An’anaviy diktoglosda kichik matn o‘qib eshittiriladi, o‘quvchilar tinglash
davomida matndagi muhim ma’lumotlarni eslatma shaklida keyinchalik foydalanish

uchun yozib oladilar. Yozib olgan eslatmalari yordamida juft holda yoki kichik guruhlarda
asl matn mazmunini saqlagan holda qayta yozib chiqadilar. Diktogloss birinchi bor

avstraliyalik o‘qituvchi

-

murabbiy Rut Wajnrib tomonidan uning “Grammar Dictation”

kitobida keltirilgan. Uning asosiy maqsadi o‘rganilgan grammatik qoidani darsda

mustahkamlash maqsadida qo‘llashni nazarda tutgan. An’anaviy diktant ko‘rinishlaridan
biri deb e’tirof etilgan diktogloss

interaktivligi va boshqa xususiyatlari bilan diktantdan

farqlidir. “Grammar dictation” kitobida Rut diktogloss quyidagicha bosqichlarga ega deb

tanishtiradi:

a)

Tayyorgarlik. Mavzu va unga bog‘langan so‘zlar oldindan tanlanadi va mavzu

asosida matn tayyorlab qo‘yiladi.

b)

O‘qish. Matnni o‘quvchilar o‘rta tezlikda eshitadilar va kerakli ma’lumotlar,

sanalar hamda nomlarni yozib oladilar.

c)

Qayta qurish. Bu bosqichda, o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, bir

-birlari

bilan ma’lumot almashgan holda, o‘qib eshittirilgan matnni qayta yozadilar.

d)

Tahlil va to‘g‘rilash. Bu yakuniy bosqichda, o‘rganuvchilar yozgan matnlarini

tekshirib, tahlil qiladilar. Guruhlar yozgan matnlarni bir-birlariniki bilan va asl matn

bilan solishtirib ko‘radilar. Xatolarini to‘g‘rilaydilar

[8].

Diktoglossning turli variantlari bo‘lib, til o‘rgatuvchilar ta’lim jarayonida

foydalanganlarini e’tirof etib o‘tganlar.

Diktoglossdan o‘quv jarayonida foydalanish

til

ko‘nikmalarining deyarli barchasini bir darsda kombinatsiyalash imkonini beradi.

Tinglab tushunish ko‘nikmasi an’anaviy yondashuvga ko‘ra, boshqa til ko‘nikmalari
singari alohida yoki so‘zlashish ko‘nikmasi bilan birga o‘qitilgan. Biroq, real voqelik

muhitidagi muloqotda tinglash boshqa til ko‘nikmalari bilan integrallashgandir.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2024) / ISSN 2181-1415

8

Zorana Vasilyevikga ko‘ra, tinglab tushunish va tilni qayta ishlash deyarli avtomatik

bo‘lishini talab qiladi. Nutq tezligi oshgani sayin, talabalar leksik va grammatik ma’nosini
qayta ishlashga ko‘proq e'tibor berishlari va izohlashga kamroq e'tibor berishlari kerak

bo‘ladi. Diktoglossdan birinchi bor foydalanilganda o‘quvchilar bir necha bor matn
audiosini eshitishlariga to‘g‘ri kelishi mumkin. Birinchi bor eshittirilganda o‘quvchilarga

eslatma yozib olishga ruxsat berilmaydi. Matning asosiy mazmunini tinglab tushunadilar.
Ikkinchi bor eshittirilganda, eslatma yozib oladilar. Uchinchi marta audio eshittirilganda

eslatmalarni mustahkamlab oladilar [4].

Bu diktoglossning ikkinchi bosqichi bo‘lib aynan

o‘quvchilarning tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga yordam beradi.

Diktoglossning uchinchi bosqichida o‘quvchilar Rut Vajribga ko‘ra bir

-birlari bilan

yozib olgan ma’lumotlarini almashadilar va o‘zaro muloqotga kirishadilar. Bu jarayon

davomida ingliz tilida fikr almashish, so‘zlashish ko‘nikmasi amaliyotda qo‘llaniladi.
Bundan keyingi bosqichda, o‘rganuvchilar

asl matn mazmunini qayta yozib chiqadilar.

Bu bosqichda ular yozuv ko‘nikmalari bilan birga grammatik va leksik sub

-

kompetensiyalarini rivojlantiradilar. Oxirgi bosqichda, o‘quvchilar yozgan matnlarini

o‘zaro solishtirish uchun o‘qib eshittiradilar. O‘qituvchi asl matnni qayta qo‘yib
eshittiradi va o‘quvchilar o‘zlarining matnlaridagi xatolarni tekshiradilar. Shunday qilib,

diktogloss til ko‘nikmalarining deyarli barchasini bir dars davomida integrallashuvida
ishtirokini ko‘rsatadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Diktogloss

ko‘plab ilmiy izlanuvchilarning va tadqiqotchilarning tadqiqot obyekti

bo‘lgan. Hashem A.

Alsamadani “Talabalarning yozma ko‘nikmalarini rivojlantirishda

diktoglossning samarasi” nomli ilmiy maqolasida arab kollej talabalari bilan tadqiqot

o‘tkazadi. Izlanuvchi ikkita guruh: nazorat va

eksperimental guruhlar bilan besh hafta

davomida tadqiqot olib boradi. Eksperimental guruhda yozma nutq ko‘nikmasini

rivojlantirish uchun, diktoglossdan foydalaniladi, nazorat guruhida esa an’anaviy o‘qitish
metodi qo‘llaniladi. Besh haftadan so‘ng yakuniy test va so‘rovnoma o‘tkaziladi. Yakuniy

statistik ma’lumot va xulosalarga ko‘ra, diktoglossdan foydalangan eksperimental guruh
diktoglossning talabalar yozuv ko‘nikmasini va ularning motivatsion yondashuvini

rivojlantirishini isbotladi [10].

Suzana Kurtaj “Yozish orqali grammatikani o‘qitishda

diktoglossdan foydalanish” ilmiy maqolasida yozish, tinglab tushunish va so‘zlashish

ko‘nikmlarini rivojlantirish va ularning kombinatsiyalashuvida diktoglossning o‘rni
haqida so‘z boradi. S.

Kurtaj o‘ninchi sinf maktab o‘quvchilarini tadqiqoti uchun tanlab oladi.

Jami sakson nafar har xil bilim darajasidagi talaba ishtirok etadi. Diktoglossdan ikki bor

foydalanildi. Birinchi bor foydalanilganda grammatik xatolar ko‘p bo‘lib, ikkinchi marotaba

foydalanilganda ularning deyarli ko‘pi bartaraf etiladi. Grammatik kompetensiyani va

interaktivlikni rivojlantirishda diktogloss foydali ekanligi isbotlanadi [9]. Mostafa Sayedning

“Ikkinchi bosqich talabalarining ingliz tilidagi Grammatik kompetensiyasini va ingliz tilini
o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini

rivojlantirishda diktogloss strategiyasidan

foydalanish” maqolasida o‘tkazgan tadqiqoti va uning natijasi beriladi. Tadqiqotchi

tadqiqot ishi uchun 60 nafar birinchi bosqich talabalarini jalb etadi. Ikkita guruh nazorat

va eksperimental guruhlari tashkil etildi. Eksperimental guruhda sinov vositasi sifatida
diktoglossdan foydalaniladi. Tadqiqot natijalari eksperimental guruhdagi talabalarning

grammatik ko‘nikmasi nazorat guruhiga nisbatan rivojlanganini muallif tadqiqot

natijalarini test orqali tekshirish orqali isbotlab beradi [11].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2024) / ISSN 2181-1415

9

XULOSA

Ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitishda

diktogloss eng samarali va natijasi ko‘plab

tadqiqotchilar tomonidan sinalgan usul hisoblanadi. Kommunikativ muhitda ingliz tilida

muloqot qila olishlik uchun barcha til ko‘nikmalari integratsion o‘qitish muhim
hisoblanadi va diktoglossdan foydalanish bir vaqtning o‘zida tinglab tushunish, o‘qish,

so‘zlashish, yozish, grammatik kompetensiyalarini va lug‘at boyligini oshirish uchun eng
foydali usullardan biri ekanligi tadqiqotlar isbotlab bergan. Dars jarayonida qo‘llash, dars

sifatini va o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini egallashni osonlashtirish bilan birga ularda
til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqlarini va motivatsion yondashuvlarini

oshiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 tomlik. Ikkinchi jild.

-

Tshkent:O‘zME davlat ilmiy

nashriyoti, 2020.

671 b

2.

Oxford English Dictionary. https://www.oed.com

3.

[5]. Integrating Four Language Skills in Curriculum. https://www.daily-

sun.com/printversion/details/587287

4.

Zorana Vasiljevic. Dictogloss as an Interactive Method of Teaching Listening

Comprehension to L2 Learners// English language teaching.

2010.

1.

b.41

5.

Integrating Language Skills: The Key to Successful Language Learning.

https://www.cambridge.org/elt/blog/2020/01/30/integrating-language-skills-the-key-
to-successful-language-learning/

6.

Rebecca L. Oxford. Integrating the language skills//SYSTEM.

1994.

№ 22

.

b.257-268

7.

Evelina Galakzi. Benefits of testing the four skills (reading, listening, writing and

speaking)

https://www.cambridgeenglish.org/blog/benefits-of-testing-the-four-skills
8.

Vajnrib. R. Grammar Dictation. Resource book for teachers. Series Editor.

Oxford: Oxford University Press,1990.

6b

9.

Syzana Kurtaj. The Use of Dictogloss Technique in Teaching Grammar Through

Writing//European Journal of Language and Literature Studies.

2021.

–№

7.

b 84

10.

Hashem A. Alsamadani. Dictogloss in Saudi EFL Context: Potential Effects On

Students’ Writing Skill and Attitudes towards

Learning English//Arab World English

Journal.

2022.

13.

b27-37

11.

Mustafa Sayed. Using Dictogloss Strategy for Developing Secondary Stage

Students' English Grammar Competence and Motivation Towards Learning English

Language//BSU Journal of Pedagogy and Curriculum.

2023 2(3): 134-152.

Библиографические ссылки

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 tomlik. Ikkinchi jild.- Tshkent:O‘zME davlat ilmiy nashriyoti, 2020. – 671 b

Oxford English Dictionary. https://www.oed.com

Integrating Four Language Skills in Curriculum. https://www.daily-sun.com/printversion/details/587287

Zorana Vasiljevic. Dictogloss as an Interactive Method of Teaching Listening Comprehension to L2 Learners// English language teaching. –2010. – № 1. – b.41

Rebecca L. Oxford. Integrating the language skills//SYSTEM. – 1994. – № 22. – b.257-268

Evelina Galakzi. Benefits of testing the four skills (reading, listening, writing and speaking)

Vajnrib R. Grammar Dictation. Resource book for teachers. Series Editor. – Oxford: Oxford University Press,1990. – 6b

Syzana Kurtaj. The Use of Dictogloss Technique in Teaching Grammar Through Writing//European Journal of Language and Literature Studies. –2021.–№7. – b 84

Hashem A. Alsamadani. Dictogloss in Saudi EFL Context: Potential Effects On Students’ Writing Skill and Attitudes towards Learning English//Arab World English Journal. – 2022. – №13. – b27-37

Mustafa Sayed. Using Dictogloss Strategy for Developing Secondary Stage Students' English Grammar Competence and Motivation Towards Learning English Language//BSU Journal of Pedagogy and Curriculum. – 2023 2(3): 134-152