Авторы

  • Дилдора Азимова
    Магистрант, Международный университет Нордик

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp159-163

Ключевые слова:

высшее образование кадровая политика система управления критерии отбора профессиональная компетентность человеческие ресурсы инновационный подход стратегическое развитие международный опыт

Аннотация

В статье проводится всесторонний анализ теоретических и практических аспектов отбора и эффективного управления кадрами в системе высшего образования. Особое внимание уделяется стратегической значимости кадровой политики, четкости критериев отбора, уровню профессиональной компетентности специалистов, а также механизмам повышения их эффективности. Рассматриваются преимущества внедрения инновационных технологий, современных моделей управления и передового зарубежного опыта в процессы управления человеческими ресурсами в вузах. Автор предлагает научно обоснованные подходы к формированию конкурентоспособных кадров и обеспечению их профессионального развития. Также обозначены актуальные проблемы в данной сфере и предложены рекомендации по их решению.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Developing methods for selecting and managing
personnel in higher education

Dildora AZIMOVA

1


International Nordik University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2025

Received in revised form

28 February 2025
Accepted 20 March 2025

Available online

15 April 2025

This article provides an in-depth analysis of the theoretical

and practical aspects of personnel selection and effective

management in the higher education system. It highlights

scientific approaches based on the strategic importance of

personnel policy, the precision of selection criteria, the
professional potential of specialists, and mechanisms for

enhancing the effectiveness of their activities. The article also

outlines the advantages of utilizing innovative technologies,

modern management models, and advanced international
experiences in human resource management within higher

educational institutions. The author proposes methods for

developing competitive personnel in higher education and

ensuring their professional growth. Additionally, the article
presents existing challenges and offers scientifically grounded

suggestions and recommendations for addressing them.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp

159-163

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

higher education,

human resource policy,
management system,
selection criteria,

professional competence,
human resources,

innovative approach,
strategic development,

international experience.

Oliy ta’limda kadrlarni tanlash va ularni boshqarish
yo‘llarini rivojlantirish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

oliy ta’lim,

kadrlar siyosati,

boshqaruv tizimi,

tanlov mezonlari,

kasbiy salohiyat,

inson resurslari,

innovatsion yondashuv,
strategik rivojlanish,

xorijiy tajriba.

Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida kadrlarni tanlash va

ularni samarali boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari

chuqur tahlil etilgan. Kadrlar siyosatining strategik ahamiyati,

tanlov mezonlarining aniqligi, mutaxassislarning kasbiy
salohiyati va ularning faoliyat samaradorligini oshirish

mexanizmlari

asosida

ilmiy

yondashuvlar

yoritilgan.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida inson resurslarini

boshqarishda innovatsion texnologiyalar, zamonaviy boshqaruv

1

Master degree student, International Nordik University. E-mail: azdil9393@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

160

modellari va ilg‘or xorijiy tajribalardan foyda

lanishning

afzalliklari

ko‘rsatib

o‘tilgan.

Muallif

oliy

ta’limda

raqobatbardosh kadrlarni shakllantirish va ularning kasbiy

rivojlanishini ta’minlash yo‘llarini taklif etadi.

Maqolada mavjud

muammolar, ularni hal etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va

tavsiyalar ham bayon qilingan.

Развитие методов подбора кадров и путей управления

ими в системе высшего образования

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

высшее образование,

кадровая политика,

система управления,

критерии отбора,

профессиональная

компетентность,

человеческие ресурсы,

инновационный подход,

стратегическое развитие,

международный опыт.

В

статье

проводится

всесторонний

анализ

теоретических и практических аспектов отбора и

эффективного управления кадрами в системе высшего

образования. Особое внимание уделяется стратегической

значимости кадровой политики, четкости критериев

отбора,

уровню

профессиональной

компетентности

специалистов, а также механизмам повышения их

эффективности.

Рассматриваются

преимущества

внедрения инновационных технологий, современных

моделей управления и передового зарубежного опыта в

процессы управления человеческими ресурсами в вузах.

Автор предлагает научно обоснованные подходы к

формированию

конкурентоспособных

кадров

и

обеспечению их профессионального развития. Также

обозначены актуальные проблемы в данной сфере и

предложены рекомендации по их решению.

KIRISH

Zamonaviy globallashuv sharoitida oliy ta

lim tizimining barqaror rivojlanishi har

qanday davlatning raqobatbardoshligi, intellektual salohiyati va innovatsion taraqqiyot

darajasini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Oliy ta

lim muassasalarining

samarali faoliyat yuritishi esa, avvalo, u yerdagi inson resurslari

ya

ni professor-

o

qituvchilar, ilmiy xodimlar, rahbar kadrlar va xizmat ko

rsatuvchi mutaxassislarning

kasbiy salohiyati, boshqaruv madaniyati va doimiy yangilanib boruvchi bilimlariga

bevosita bog

liqdir. Shuning uchun kadrlarni tanlash, ularni joy-

joyiga qo‘yish, malakasini

oshirish hamda boshqarishn

ing ilg‘or mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish oliy

ta’lim tizimining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017

-yil 20-apreldagi

PQ

2909-sonli

qarori

(“Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish

chora-

tadbirlari to‘g‘risida”) va unga mos

ravishda keyingi yillarda qabul qilingan strategik hujjatlar kadrlar siyosatini sifat jihatdan

yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Xususan, 2022-yil 5-aprelda tasdiqlangan

va amalda bo‘lgan “Oliy ta’l

im tizimini boshqarishda kadrlar salohiyatini oshirishga

qaratilgan chora-

tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarorida oliy ta’lim muassasalarida

kadrlar tanlovi va ularni boshqarish tizimini zamonaviy mezonlar asosida tashkil etish

bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur qaror bilan oliy ta’lim muassasalari

rahbarlari va pedagog xodimlarini lavozimga tayinlashda ochiqlik, shaffoflik, raqobat va

meritokratiya tamoyillariga asoslangan yondashuvlar joriy qilinmoqda.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

161

Bundan tashqari, xalqaro reytinglarda ishtirok etish, xalqaro akkreditatsiyadan

o‘tish, xorijiy universitetlar bilan qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish kabi omillar ham oliy
ta’lim muassasalarining kadrlar salohiyatini doimiy ravishda oshirib borishni talab

qilmoqda. Raqamli texno

logiyalarni joriy etish, masofaviy ta’lim imkoniyatlarini

kengaytirish va boshqaruv jarayonlarida elektron tizimlardan foydalanish esa yangi
tipdagi rahbar va mutaxassislarga ehtiyojni kuchaytirmoqda. Ushbu maqolada oliy

ta’limda kadrlarni tanlash va ularn

i samarali boshqarishning nazariy asoslari, amaliy

yo‘nalishlari va ilg‘or tajribalari tahlil qilinadi. Mavjud muammolar va ularni bartaraf
etish yo‘llari o‘rganilib, milliy oliy ta’lim tizimida inson resurslari bilan ishlash siyosatini

takomillashtirish b

o‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

ADABIYOTLAR SHARHI VA METOD

Oliy ta

lim tizimida kadrlar siyosatini takomillashtirish, inson resurslarini samarali

boshqarish hamda rahbar-pedagog xodimlarning kasbiy rivojlanishini ta

minlashga doir

masalalar ko

plab ilmiy va uslubiy manbalarda chuqur tahlil etilgan. Jumladan,

M.M. Azlarovaning

Inson resurslarini boshqarish

nomli qo

llanmasida zamonaviy

boshqaruv nazariyalari asosida oliy ta

limda inson kapitalining o

rni yoritilgan bo

lsa,

I.A. Bakiyevaning

Kadrlar xizmatida ish yuritish

asarida kadrlar bilan ishlashning

tashkiliy-huquqiy asoslari va hujjat aylanishi tartiblari izchil ochib berilgan. Shuningdek,

tadqiqotchi N.R. Narziquvloning

Inson resurslari iqtisodiyoti

nomli o

quv qo

llanmasida

kadrlar siyosatining iqtisodiy jihatlari, ularni rejalashtirish va strategik boshqarish

masalalari tahlil etilgan. Mazkur manbalar tadqiqotning nazariy asoslarini

mustahkamlab, metodologik yo

nalishni aniqlashda muhim manba bo

lib xizmat qildi.

Shuningdek, metodologik jihatdan tadqiqotda ilmiy tahlil, qiyoslash, umumlashtirish va

amaliy kuzatuv metodlaridan foydalanildi. Tanlangan adabiyotlar asosida oliy ta

lim

muassasalarida kadrlar tanlovi va boshqaruv mexanizmlarini o

rganish imkoniyati

yuzaga keldi hamda mavjud tizimning ustun va zaif jihatlari aniqlab berildi.

Oliy ta

lim tizimida kadrlarni tanlash va ularni boshqarish masalasi so

nggi yillarda

ilmiy va amaliy nuqtai nazardan keng tadqiq etilayotgan yo

nalishlardan biri hisoblanadi.

Bu masalaga oid adabiyotlarda, asosan, inson resurslarini boshqarishning zamonaviy

yondashuvlari, kadrlar siyosatini shakllantirish tamoyillari, professional kompetensiyani

baholash va rivojlantirish usullari yoritilgan. Jumladan, oliy ta’lim muassasalarida

samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish uchun kadrlar salohiyatini to‘g‘ri baholash va

tanlov asosida malakali mutaxassislarni jalb etish zarurligi ko‘pl

ab manbalarda

asoslangan. O‘zbekistonda bu borada olib borilayotgan tadqiqotlarda inson kapitalining

ta’limdagi o‘rni, rahbarlik faoliyatining mezonlari hamda kasbiy rivojlanishni

rag‘batlantiruvchi mexanizmlar alohida e’tiborga olingan. Ayni paytda, xorij

iy tajribalar

ham keng o‘rganilmoqda; ular orasida Germaniya, Janubiy Koreya, Finlyandiya va

Singapur kabi mamlakatlarning oliy ta’limda kadrlar boshqaruvi bo‘yicha ilg‘or modellari

alohida ahamiyat kasb etadi. Bu mamlakatlarda ochiq tanlov asosida rahbarlar

tayinlanadi, ularning faoliyati muntazam baholanadi va professional rivojlanish doimiy

nazorat ostida olib boriladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ham xalqaro

tajriba asosida mahalliy modelni shakllantirishga intilish kuzatilmoqda. Adabiyotlarda

rahbar kadrlarning strategik fikrlash qobiliyati, innovatsion yondashuvlarga tayangan

boshqaruv ko‘nikmalari va ijtimoiy mas’uliyat darajasi ularning samarali faoliyat

yuritishida hal qiluvchi omillar sifatida ta’riflanadi. Ta’kidlash joizki, ko‘plab ilmiy

manbalarda oliy ta’limda inson resurslarini boshqarish faqatgina texnik va tashkiliy

jarayon bo‘lib qolmasdan, balki ijtimoiy

-

psixologik, motivatsion va etika bilan bog‘liq

omillarni ham o‘z ichiga oluvchi murakkab tizim sifatida qaraladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

162

Us

hbu tadqiqotda oliy ta’lim tizimida kadrlarni tanlash va boshqarish jarayonlarini

tahlil qilish uchun umumlashtiruvchi va tizimli yondashuv asos qilib olindi. Asosiy metod

sifatida ilmiy adabiyotlarni o‘rganish, mavjud nazariy qarashlarni tahlil qilish ham

da ularni

amaliyot bilan qiyoslash yondashuvi qo‘llandi.

Maqola doirasida xorijiy va mahalliy

manbalar o‘rganilib, mavjud boshqaruv amaliyotlarining samaradorligi solishtirildi. Bunda
kadrlar tanlovining ochiqligi, ularni baholash mezonlari, rag‘batlantiri

sh tizimi va kasbiy

rivojlanish imkoniyatlari markaziy e’tiborda bo‘ldi. Shuningdek, ba’zi oliy ta’lim

muassasalarining tajribasi kuzatilib, ular orqali mavjud tizimning kuchli va zaif jihatlari tahlil
qilindi. Tadqiqotda statistik tahlil metodlariga muroj

aat qilinmagan bo‘lsa

-da, sifatli tahlil

asosida muammolarni aniqlash va ularning sabablarini izohlashga e’tibor qaratildi. Umuman

olganda, metodologik yondashuv tadqiqot mavzusini nazariy va amaliy asosda yoritishga
xizmat qilib, taklif va tavsiyalarni ilmiy mantiq asosida shakllantirishga imkon berdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Oliy ta’lim tizimida kadrlar bilan ishlash siyosati nafaqat ta’lim sifatiga, balki butun

boshqaruv jarayonining samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida

aniqlanishi

cha, kadrlarni tanlash va ularni boshqarishda qo‘llanilayotgan amaldagi

mexanizmlar qator ijobiy natijalarga erishayotgan bo‘lsa

-da, ayrim jihatlarda tizimli

yondashuv yetishmayotgani kuzatilmoqda. Xususan, mutaxassislarni tanlashda shaffoflik
va obyektivl

ik tamoyillarining to‘liq ta’minlanmasligi, professional faoliyatni baholash

mezonlarining yagona standart asosida yo‘lga qo‘yilmagani, rahbar kadrlarning kasbiy

rivojlanishini monitoring qilish tizimining izchil emasligi amaliyotda aniqlangan
muammolar sirasiga kiradi.

Ayni vaqtda, oliy ta’lim muassasalarida inson resurslarini boshqarishga doir

zamonaviy yondashuvlar, ya’ni kompetensiyaga asoslangan tanlov, funksional baholash,

strategik rejalashtirish hamda raqamli boshqaruv vositalaridan foydalanish holatlari

ijobiy tajriba sifatida baholanishi mumkin. Ayrim ilg‘or OTMlarda tanlov asosida ishga

qabul qilish amaliyoti, pedagoglarning faoliyatini indikatorlar orqali baholash tizimi

hamda o‘quv

-metodik va ilmiy faoliyatni raqamli monitoring qilish mexanizmlarining

joriy etilishi bu borada muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, kadrlar
siyosatida xalqaro tajribadan foydalanish imkoniyatlari hali to‘liq ishga solinmagan.
Ko‘plab rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’limdagi i

nson

resurslarini boshqarish faqat ma’muriy jarayon emas, balki strategik rejalashtirish,

tashkilot madaniyatini shakllantirish va inson kapitalini rivojlantirish bilan bevosita

bog‘liqdir. Bu esa, milliy ta’lim tizimida ham kadrlar siyosatini faqat byurok

ratik

yondashuv bilan emas, balki kompleks, zamonaviy boshqaruv nazariyalari asosida qayta

ko‘rib chiqishni taqozo etadi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, oliy ta’lim muassasalarida kadrlarni

tanlash va boshqarish tizimini takomillashtirish uchun

bir necha yo‘nalishlarda chora

-

tadbirlar zarur. Bular qatoriga tanlov jarayonlarining shaffofligini kuchaytirish, kadrlarni

baholash va rag‘batlantirishning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish, rahbar kadrlar

malakasini oshirishning uzluksiz mexanizmini joriy etish, shuningdek, xalqaro
tajribalarni adaptatsiya qilish kiradi. Shuningdek, kadrlar faoliyatining natijadorligini
raqamli indikatorlar asosida baholash va bu baholash natijalarini mansabga tayinlash

yoki lavozimni saqlab qolish bilan bog‘lash t

izimi samaradorlikni sezilarli darajada

oshirishi mumkin.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

163

Yuqoridagi holatlar asosida xulosa qilish mumkinki, oliy ta’limda kadrlar siyosatini

rivojlantirish

bu ta’lim sifatini ta’minlashda, ilmiy

-innovatsion faoliyatni kuchaytirishda

va universitetlarning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirishda hal qiluvchi

omillardan biridir. Shuning uchun ushbu yo‘nalishdagi islohotlar kompleks yondashuv

asosida, tizimli tarzda va ilmiy-nazariy asosda olib borilishi lozim.

XULOSA

Olib borilgan tadqiqotlar n

atijasi shuni ko‘rsatdiki, oliy ta’lim muassasalarida

kadrlar siyosatini takomillashtirish va samarali boshqaruv tizimini shakllantirish
bugungi kunda dolzarb va strategik ahamiyatga ega masalalardan biridir. Kadrlarni
tanlash jarayonida ochiqlik, shaffoflik va meritokratiya tamoyillariga asoslanish, ularning

kasbiy kompetensiyasini baholashda aniq va mezonli yondashuvlarni joriy etish ta’lim
sifati va boshqaruv samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ayrim oliy ta’lim muassasalarida inson resurslarini

boshqarishga doir ilg‘or yondashuvlar joriy etilgan bo‘lsa

-da, bu tajribalar tizimli

ravishda barcha muassasalarda tatbiq qilinmagan. Shu boisdan, ta’lim muassasalari

miqyosida yagona strategik yondashuvni shakllantirish, raqamli texnologiyalar asosida
boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va pedagog hamda rahbar kadrlarning kasbiy

rivojlanishini tizimli qo‘llab

-quvvatlash zaruriyati mavjud. Bundan tashqari, xorijiy

tajribalar tahlili asosida aniqlanishicha,

inson resurslarini boshqarish faqat ma’muriy

jarayon emas, balki oliy ta’lim muassasasining taraqqiyot strategiyasining ajralmas qismi

hisoblanadi. Shuning uchun kadrlar siyosati faqat yillik rejalashtirish doirasida emas,
balki uzoq muddatli rivojlanish konsepsiyasi asosida shakllantirilishi lozim.

Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim tizimida kadrlarni tanlash va boshqarishning

ilmiy asoslangan, tizimli, innovatsion yondashuvlarga asoslangan modeli ishlab chiqilishi
va amaliyotga joriy etilishi zarur. Bund

ay yondashuv, bir tomondan, ta’lim

muassasalarining raqobatbardoshligini oshirsa, ikkinchi tomondan, ta’lim sifatining
barqaror rivojlanishini ta’minlashda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI

:

1.

Azlarova M.M. Inson

resurslarini boshqarish: o‘quv qo‘llanma. –

Toshkent:

Iqtisodiyot, 2019.

207 b.

2.

Bakiyeva I.A. Kadrlar xizmatida ish yuritish: o‘quv qo‘llanma. –

Toshkent:

Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2019. –

224 b.

3.

Narziqulov N.R., Murtazayev B.CH., Bakiyeva I.A. Inson resurslari iqtisodiyoti:

o‘quv qo‘llanma. –

Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi

nashriyoti, 2005.

160 b.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim

tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsep

siyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoni.

Библиографические ссылки

Azlarova M.M. Inson resurslarini boshqarish: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2019. – 207 b.

Bakiyeva I.A. Kadrlar xizmatida ish yuritish: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2019. – 224 b.

Narziqulov N.R., Murtazayev B.CH., Bakiyeva I.A. Inson resurslari iqtisodiyoti: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2005. – 160 b.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoni.