Авторы

  • Нозима Матякубова
    Преподаватель, Ургенчский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp158-162

Ключевые слова:

Хорезм Амударья ирригационная система земледельческая культура археологические исследования С.П. Толстов культура Тазабагьяб культура Амирабад племенное управление аграрная цивилизация природно-географические условия

Аннотация

В статье рассматривается формирование искусственных ирригационных систем и развитие земледельческой культуры в Хорезмском оазисе на основе археологических исследований нижнего течения Амударьи. Освещены вопросы строительства оросительных сооружений в условиях сложной природно-географической среды и их роль в становлении аграрной цивилизации. Проведен анализ результатов археологических экспедиций под руководством С.П. Толстова, этапов развития древних каналов и арыков, а также взаимосвязи племенного управления с ирригационной системой. Показана тесная связь земледельческих оазисов с социально-экономическим строем и государственным управлением Древнего Хорезма.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The formation of artificial irrigation systems and
agricultural practices in Khorezm based on archaeological
research in the lower reaches of the Amu Darya

Nozima MATYAKUBOVA

1


Urgench State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025

Received in revised form

15 April 2025
Accepted 25 April 2025

Available online

25 May 2025

This article analyzes the formation of artificial irrigation

systems and the development of agricultural practices in the

Khorezm oasis, located in the lower reaches of the Amu Darya,

based on archaeological research. The construction of irrigation

structures in complex natural and geographical conditions and
their role in shaping agrarian civilization are highlighted. The

results of archaeological expeditions led by S.P. Tolstov, the

developmental stages of the ancient canal and irrigation ditch

systems, as well as the connection between tribal management
systems and irrigation networks, have been scientifically

analyzed. The article demonstrates that the location of

agricultural oases in ancient Khorezm was closely intertwined

with the socio-economic structure and state governance.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp

158-162

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Khorezm,

Amu Darya,

irrigation system,
agricultural culture,

archaeological research,

S.P. Tolstov,

Tazabagyab culture,

Amirabod culture,

tribal governance,

agrarian civilization,

natural and geographical
conditions.

Xorazmda sun’iy sug‘orish tizimlari va dehqonchilik

madaniyatining

shakllanishi

Amudaryoning

quyi

oqimidagi arxeologik tadqiqotlar asosida

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Xorazm,

Amudaryo,

sug‘orish tizimi,

dehqonchilik madaniyati,
arxeologik tadqiqotlar,

Ushbu maqolada Amudaryoning quyi oqimida joylashgan

Xorazm vohasida sun’iy sug‘orish tizimlarining shakllanishi va

dehqonchilik madaniyatining rivojlanishi arxeologik tadqiqotlar

asosida tahlil qilingan. Murakkab tabiiy-geografik sharoitlarda

sug‘orish ins

hootlarining barpo etilishi va uning agrar

1

Teacher, Urgench State University.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

159

S.P. Tolstov,

Tozabog‘yob madaniyati,

Amirobod madaniyati,
qabilaviy boshqaruv,

agrar sivilizatsiya,

tabiiy-geografik sharoit.

sivilizatsiyaning shakllanishidagi roli yoritilgan. S.P. Tolstov

boshchiligidagi arxeologik ekspeditsiyalar natijalari, qadimgi
kanallar va ariqlar tizimining rivojlanish bosqichlari, shuningdek,

qabilaviy boshqar

uv tizimining sug‘orish tarmoqlari bilan

bog‘liqligi ilmiy asosda tahlil etilgan. Qadimgi Xorazmda

dehqonchilik vohalarining joylashuvi, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum va

davlat boshqaruvi bilan chambarchas bog‘liqligi ko‘rsatib berilgan.

Формирование искусственных ирригационных систем
и земледельческой культуры в Хорезме на основе
археологических исследований нижнего течения

Амударьи

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Хорезм,

Амударья,
ирригационная система,
земледельческая
культура,

археологические
исследования,

С.П. Толстов,

культура Тазабагьяб,
культура Амирабад,
племенное управление,

аграрная цивилизация,
природно

-

географические условия

.

В

статье

рассматривается

формирование

искусственных ирригационных систем и развитие

земледельческой культуры в Хорезмском оазисе на

основе археологических исследований нижнего течения

Амударьи.

Освещены

вопросы

строительства

оросительных

сооружений

в

условиях

сложной

природно

-

географической

среды

и

их

роль

в

становлении аграрной цивилизации. Проведен анализ

результатов

археологических

экспедиций

под

руководством С.П. Толстова, этапов развития древних
каналов и арыков, а также взаимосвязи племенного

управления с ирригационной системой. Показана тесная

связь

земледельческих

оазисов

с

социально

-

экономическим строем и государственным управлением
Древнего Хорезма.

KIRISH

Qadimgi Xorazm vohasi Markaziy Osiyoning eng qadimiy madaniy va iqtisodiy

markazlaridan biri

sifatida sun’iy sug‘orish tizimlari asosida shakllangan agrar

sivilizatsiyaning yorqin namunasi hisoblanadi. Amudaryoning quyi oqimidagi murakkab
tabiiy-geografik sharoitda dehqonchilikning rivojlanishi bevosita inson faoliyati bilan

bog‘liq bo‘lib, qadimg

i aholining suv resurslarini boshqarishdagi tajribasi va muhandislik

bilimlarini aks ettiradi. Sug‘orish tizimlarining barpo etilishi faqat iqtisodiy ehtiyoj emas,
balki ijtimoiy va siyosiy jarayonlarning ham mahsuli bo‘lgan.

Xorazm vohasida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar, xususan S.P. Tolstov

boshchiligidagi ekspeditsiyalar natijalari, qadimgi sug‘orish tizimlarining rivojlanish
bosqichlarini va ularning agrar hayotdagi o‘rnini ochib berdi. Ushbu tadqiqotda
Amudaryoning quyi oqimidagi sug‘orish tizim

lari, dehqonchilik madaniyatining

shakllanishi va ularning qadimgi Xorazm jamiyatining siyosiy-iqtisodiy tuzilmasi bilan
aloqadorligi tahlil qilinadi.




background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

160

ADABIYOTLAR TAHLILI

Qadimgi Xorazm sug‘orish tizimlari va dehqonchilik madaniyatini o‘rganishda bir

qator olimlarning ilmiy ishlari asosiy manba sifatida xizmat qilgan. S.P. Tolstovning

“Qadimgi Xorazm” asari bu borada fundamental tadqiqot bo‘lib, unda qadimgi kanallar,
ariqlar va sug‘orish inshootlarining tuzilishi, ularning geografik joylashuvi va tarixi

y

ahamiyati batafsil yoritilgan.

B.V. Andrianov qadimgi sug‘orish tizimlarining texnik va funksional xususiyatlarini

o‘rgangan bo‘lsa, V.I. Vaynberg o‘z tadqiqotlarida Xorazm va unga tutash hududlarning

tabiiy-geografik sharoitlari va arxeologik manzillarini tahlil qilgan. N.A. Egamberdiyeva
esa Amudaryo havzasidagi qadimgi madaniyatlarning shakllanishi va rivojlanishini

sug‘orish tizimlari bilan bog‘liq holda o‘rgangan.

Shuningdek, A.Asqarov, A.S. Sagdullaev, Sh.Shaydullaev kabi olimlarning qadimgi

Baqtriya va Sug‘d hududlaridagi dehqonchilik vohalariga oid tadqiqotlari ushbu mavzuni
kengroq kontekstdan tahlil qilish imkonini beradi. Bu asarlar sug‘orish tizimlari va agrar
sivilizatsiya o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni yoritishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat

qilmoqda.

METODOLOGIK ASOSLAR

Tadqiqotda qadimgi Xorazm sug‘orish tizimlari va dehqonchilik madaniyatini

kompleks o‘rganish uchun arxeologik, tarixiy, kartografik, paleoekologik hamda
stratigrafik tahlil usullari qo‘llanildi. Qadimgi kanallar

va ariqlar qoldiqlari, ularning

geografik joylashuvi va tarixiy rivojlanish bosqichlari chuqur o‘rganilib, sug‘orish
tizimlarining agrar hayot va ijtimoiy tuzumdagi o‘rni aniqlashtirildi. Turli metodlarning
uyg‘unligi qadimgi Xorazmning agrar va madaniy ta

raqqiyot jarayonlarini ilmiy asosda

kompleks tahlil qilish imkonini yaratdi.

TAHLIL

Amudaryoning quyi oqimida murakkab tabiiy sharoit bo‘lganligi sababli, sun’iy

sug‘orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati tarkib topgan. Amudaryoning o‘zanlari
bo‘ylarida dehqonchilik qilishning imkoni bo‘lmagan. Bu yerlarda doimo suv toshqinlari
bo‘lib turganligi sababli donli ekinlarni bu joylarga ekib bo‘lmagan. Daryo toshqini
paytlarda o‘zanlarning kengligi o‘zgarib turgan, 3 kilometrdan to 5 kilometrgacha

kengay

gan. Uning qirg‘oqlari yotiq bo‘lganligi sababli suv toshqini davrida suv 0,6 –

1,6

metr balandlikgacha ko‘tarilgan. Atrof –

muhitni suv toshqinidan himoya qilish uchun

ikkala qirg‘oqqa aholi dambalarni o‘rnatgan. Amudaryoda yiliga bir necha marotaba
toshqin bo‘lgan. Aholi bu toshqinlarni tabiat hodisalarini o‘rganish orqali aniqlashgan va
bu toshqinlardan dehqonchilikda unumli foydalanlar. Daryo qirg‘oqlarida doimo toshqin
va suv bo‘lib turganligi sababli, u yerlar to‘qayzorlarga aylangan. Daryoga y

aqin

qairlarga ham ekin ekishmagan, chunki bir tomondan bu yerlar yumshoq bo‘lgan,

ikkinchi tomondan suv toshqini kuchli vaqtlarda ekinlarni yuvib ketgan. Dehqonchilik

qilinadigan dalalar daryo qirg‘og‘idan uzoqroq bo‘lgan joylarda bo‘lgan. Ekin dalalariga

suv kanal va ariqlar yordamida olib borilgan. Xorazm vohasidagi dehqonchilik hududlari

daryo yoqalarida emas, balki sahro va daryo oralig‘idagi yerlarni egallagan.

Amudaryo eski o‘zanlari bo‘ylarida yoki toshqin natijasida paydo bo‘lgan ko‘llar

atrofida dehqonchilik qilishgan. Xorazm vohasida dastlabki dehqonchilik izlari mil.avv. II

ming yillikning uchinchi choragi, ya’ni bronza davriga oidligi aniqlangan[2,С.103.].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

161

Arxeologlar janubiy Oqchadaryo hududidan Tozabog‘yob va Suyorgan madaniyatlariga

oid

dastlabki sug‘orish tuzilmalarining izlari topishgan. Oddiy sug‘orish tizimlarining

izlari Bozorqal’a yodgorligining shimoliy qismlaridan, Ko‘kcha 1, 3 manzilgohi va
qabristoni, Oqchadaryo o‘zanining janubiy qismidagi Jonbosqal’a yodgorligining shimoli

-

sharqidagi Ko‘kcha 15, 16 manzilgohlaridan topilgan. Ilk temir davriga oid suvg‘orish

tizilmalari Amirobod madaniyat shakllangan hududdan aniqlangan. Amirobod

madaniyatining aksariyat manzilgohlari janubiy Oqchadaryoning g‘arbiy tomonidan

aniqlangan. Kich

ik Qavatqal’adan Yakkaparson hududigacha bo‘lgan joylarda bronza va

ilk temir davriga oid kanal izi va uning atrofida ko‘plab manzilgohlar topilgan. Amirobod

madaniyati mil.avv. IX-

VIII asrlarda mavjud bo‘lib, ular asosan chorvachilik bilan

shug‘ullanishgan, shu bilan bir qatorda daryo o‘zanidan keng, sayoz kanallar chiqarib
dehqonchilik ham shug‘ullanganlar.

NATIJALAR

S.P.Tolstov boshchiligidagi Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi a’zolari tomonidan

olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari natijasida

mil.avv. I ming yillikning o‘rtalari

Xorazm vohasida Amudaryoning ikkala qirg‘og‘ida ham sun’iy sug‘orish tizilmalari
mavjud bo‘lganligini isbotlagan. Uning “Drevniy Xorezm (Qadimgi Xorazm)” asarida
qadimgi davrdagi kanallar daryo o‘zanlarining yo‘nalishlari bo‘ylab qazilgan, ba’zi
joylarigina to‘g‘rilangan. Aynan shu hududlarda aholi zich joylashgan deb ko‘rsatgan[9,C.
45.]. Dehqonlar daryoning qaytib borayotgan suvi yana o‘zining dalalariga olib kelish

uchun harakat qilganlar. Bu esa, keyinchalik yirik

kanallarning paydo bo‘lishiga zamin

yaratgan.

S.P.Tolstov fikricha, Xorazm vohasidagi yirik sug‘orish tarmoqlari qisqa davr ichida

bunyod etilgan va bunday ulkan miqyosdagi ishni bajarish faqat yirik mustahkam

markazlashgan davlat qo‘lidan keladi deb ko‘

rsatadi[10,C. 48.]. Davlat boshqaruvining

o‘ziga xos jihatlaridan biri boshqaruv qabilalar birlashuvi asosida olib borilgan. Bunday
boshqaruv uslubida hududlardagi urug‘ va qabila oqsoqollari muhim o‘rinni tutgan.
Shuni e’tiborga oladigan bo‘lsak, dehqonch

ilik vohalarini tahlil qilish orqali qabilalar

joylashgan hududlarni aniqlash imkoni bo‘ladi. Dehqonchilik vohalari esa, sug‘orish

tizimlari va ularning atrofida saqlanib qolgan arxeologik yodgorliklarni tipologik tahlili
orqali aniqlash mumkin.

XULOSA

Qadimgi Baqtriya hududidagi dehqonchilik vohalari A.Asqarov[4, Б. 185.],

A.S.Sagdulaev[7,С.32–37.], Sh.Shaydullaev[11,Б.39.], qadimgi Sug‘ddagi dehqonchilik

vohalari R.X.Sulaymonov[8], M.X.Isamiddinov[5], A.R.Muxamedjanov, qadimgi Xorazm
vohasidagi dehqon

chilik vohalari S.P.Tolstov, A.B.Andrianov[3,С.103.], V.I.Vaynberg,

N.A.Egamberdieva[1,B.186.], X.Matyoqubov, M.A.Qurbonov[6,Б. 52

-54.]lar tomonidan

tadqiq qilingan. S.P.Tolstov, Ya.G‘.G‘ulomov, A.B.Andrianov, V.I.Vaynberg tomonidan olib

borilgan tadqiqot

ishlari Xorazm vohasining o‘zida bevosita olib borilgan arxeologik

ishlar bilan bog‘liqligi sababli ham juda qimmatlidir. Ular dehqonchilik vohalarining
geografik joylashgan hududlarini ta’riflashda asosan, sug‘orish tizimlari bilan bog‘langan

holda bayon etishgan va yodgorliklar izchil xronologik tartibda yoritilgan. Har bir

hududning geografik tasviri, o‘zan va kanallarning yo‘nalishlari aniq o‘z ifodasini topgan.

B.I.Vaynberg asarida quyi Amudaryo, Ustyurt, quyi Sirdaryo hududlarining tabiiy


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

162

geografik sharoitlari ham tadqiqot doirasiga tortilgan. Qadimgi davrning tabiiy sharoiti,
iqlimi ham misollar bilan yoritib berilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:

1. Egamberdiyeva N.A. Amudaryo havzasi hududlarining qadimgi madaniyati.-

B.186.

2.

Андрианов Б.В. Древние оросительные системы Приаралья. –

С. 103.

3.

Андрианов Б.В. Древние оросительные системы Приаралья. –

С. 103.

4.

Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. –

Тошкент: O`zbekiston,

2015.

Б. 185.

5.

К исторической топографии древнего и средневекового Самарканда. –

Ташкент: Фан, 1981. –

С. 6; Самаркандского Согда (проблемы взаимодействия

культурных традиции в периоды раннежелезного века и античности). Автореф. на
соис.уч.ст.докт. ист.наук. –

Самарканд. 2000.

6.

Қурбанов

М.А. Хоразм воҳасида микровоҳаларнинг вужудга келиши ва

ривожланиш тарихи(мил.авв. VI

-

V асрлар). // Хоразм Маъмун академияси

Ахборотномаси. №3.2018.

-

Б. 52

-54.

7.

Сагдуллаев А.С. Основные черты и генезис культуры доантичной Бактрии.

// Античные и раннесредневековые древности Южного Узбекистана. –

Ташкент:

Фан, 1989. –

С. 32–

37.

8.

Сулаймонов Р.Х. Древний Нахшаб.

-

Тошкент.Фан.2000.

9.

Толстов С.П. Древний Хорезм. –

C. 45.

10.

Толстов С.П. Древний Хорезм. –

C. 48.

11.

Шайдуллаев Ш.Б. Ўзбекистон ҳудудида давлатчиликнинг пайдо бўлиши

ва ривожланиши (Бақтрия мисолида). т.ф.д. илм. даражасини олиш учун ёзилган
дисс. автореферати. –

Самарқанд, 2009. –

Б. 39.

Библиографические ссылки

Egamberdiyeva N.A. Amudaryo havzasi hududlarining qadimgi madaniyati.-B.186.

Андрианов Б.В. Древние оросительные системы Приаралья. – С. 103.

Андрианов Б.В. Древние оросительные системы Приаралья. – С. 103.

Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. – Тошкент: O`zbekiston, 2015. – Б. 185.

К исторической топографии древнего и средневекового Самарканда. – Ташкент: Фан, 1981. – С. 6; Самаркандского Согда (проблемы взаимодействия культурных традиции в периоды раннежелезного века и античности). Автореф. на соис.уч.ст.докт. ист.наук. – Самарканд. 2000.

Қурбанов М.А. Хоразм воҳасида микровоҳаларнинг вужудга келиши ва ривожланиш тарихи(мил.авв. VI-V асрлар). // Хоразм Маъмун академияси Ахборотномаси. №3.2018.-Б. 52-54.

Сагдуллаев А.С. Основные черты и генезис культуры доантичной Бактрии. // Античные и раннесредневековые древности Южного Узбекистана. – Ташкент: Фан, 1989. – С. 32–37.

Сулаймонов Р.Х. Древний Нахшаб. -Тошкент.Фан.2000.

Толстов С.П. Древний Хорезм. – C. 45.

Толстов С.П. Древний Хорезм. – C. 48.

Шайдуллаев Ш.Б. Ўзбекистон ҳудудида давлатчиликнинг пайдо бўлиши ва ривожланиши (Бақтрия мисолида). т.ф.д. илм. даражасини олиш учун ёзилган дисс. автореферати. – Самарқанд, 2009. – Б. 39.