Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The Historiography of the Avesta: A Study Based on
Research by Azerbaijani Scholars
Dilovar NASRIDDINOV
1
Termez State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
15 April 2025
Accepted 25 April 2025
Available online
25 May 2025
This article chronologically examines the analysis of
research conducted by Azerbaijani scholars on the study of the
Avesta book, presenting general views on Zoroastrianism. The
authors provide their conclusions regarding some issues related
to the sacred "Avesta" book in their works.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp432-438
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
The Avesta book,
"memory sheets,"
"good thought,
good word,
good deed,"
analysis of works by A.O.
Makovelskiy,
F. Gosimzoda and T. Hojiyev,
I. Aliyev,
A. Foziliy and other scholars,
ancient ruins of
Antrapotepa.
Avesto kitobi tarixshunosligi (Ozarbayjon olimlari
tadqiqotlari misolida)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Avesto kitobi,
”xotira varaqlari”,
“ezgu fikr,
ezgu so`z ezgu amal”,
A.O.Makovelskiy,
F.G‘osimzoda va T.Hojiyev,
I. Aliyev,
A.Foziliy va boshqa olimlar
asarlari tahlili,
Antrapotepa qadimiy
xarobasi.
Ushbu maqolada "Avesto" kitobini o‘rganishda Ozarbayjonlik
olimlarning tadqiqotlari tahlili xronologik tarzda
o‘rganilgan
bo‘lib, Zardushtiylik dinidagi umumiy qarashlar bayon etilgan.
Mualliflar o‘z asarlarida muqaddas “Avesto” kitobidagi ba’zi
muammolarga o‘z xulosalari keltirilgan
.
1
Master degree student, Termez State University
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
433
Историография
книги
Авеста
(на
примере
исследований азербайджанских ученых)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
книга Авеста,
"листы памяти",
"благая мысль,
благое слово,
благое дело",
анализ трудов А.О.
Маковельского,
Ф. Гасымзоды и Т.
Ходжиева,
И. Алиева,
А. Фазили и других
ученых,
древние руины
Антрапотепа
.
В данной статье в хронологическом порядке
анализируются исследования азербайджанских ученых по
изучению
книги
"Авеста",
излагаются
общие
представления в зороастрийской религии. Авторы в своих
трудах приводят собственные выводы касательно
некоторых проблем, связанных со священной книгой
"Авеста"
.
“
Avesto
”
kitobi haqida ko
‘
plab xorijiy olimlar tomonidan asarlar yozilgan bo
‘
lib,
umumiy savollarga yechimlar topishga harakat qilingan. Ana shunday olimlar misolida
ozarbayjonlik olimlarni misol keltirishimiz mumkin. Ushbu olimlar o
‘
z asarlarida oldingi
davr mualliflari asarlaridan foydalanib,o
‘
z xulosalarini kitoblarida aks ettirishgan.
Mualliflar o
‘
z kitoblarida
“
Avesto
”
kitobiga umumiy sharhlar,Zardushtiylik dinining
paydo bo
‘
lish omillari,kitobdagi ijtimoiy fikrlar va tahlillar qatorida ba
’
zi xatolar
(Zardushtiylikning vatani sifatida Ozarbayjon hududlari deb hisoblash) ham keltirilgan.
Ozarbayjon olimlari tomonidan Zardushtiylik diniga qiziqish va
“
Avesto
”
kitoblari
tahlili o
‘
tgan asrning o
‘
rtalaridan boshlab rivojlana boshladi. 1950-yillarning boshlarida
A.O.Makovelskiyning bir nechta maqolalari e
’
lon qilingan bo
‘
lib, ular uning "Avesto"
nomli umumlashtiruvchi monografiyasiga kiritilgan. Bu monografiya ozarbayjon
tarixshunosligida Avestoni ilmiy tushunishga bo‘lgan birinchi urinish edi[1]. Avvalo,
muallif tarixshunoslik sharhini amalga oshiradi va Avestoni o‘rganishdagi asosiy
yo‘nalishlarni tahlil qiladi. So‘ngra Avesto tarkibi, uning tili avesto alifbosi ko‘rib
chiqiladi, Avesto kitoblari tahlil qilinadi, Gatlar va Yasnaning ba’zi boblari qisqacha
mazmuni keltiriladi[2]. A.O.Makovelskiy Avestoning "g‘arbiy" va "sharqiy" kelib chiqishi
to‘g‘risi
da mualliflarning fikrlarini tahlil qiladi, Avestoning ayrim qismlarini tuzishning
turli davrlarga oidligi va ularning Kichik Osiyo, Ozarbayjon, Eron va O‘rta Osiyo
hududlarida shakllangan bo‘lishi mumkinligi haqida to‘xtaladi. So‘ngra muallif asosan
Videvdatning "Geografik poema"si materiallari asosida Avestoning tarixiy geografiyasini
qayta tiklashga harakat qiladi.
U "Avesto" xalqining afsonaviy vatanidan tarqalishi tasvirlanganini, Videvdatda
ko‘rsatilgan hududlar esa bu xalqning vaqtinchalik "to‘xtash
joylari" ekanligini taxmin
qiladi.Ba’zi Avesto toponimlarini asossiz ravishda Ozarbayjon, aniqrog‘i Midiya va
Atropatena bilan bog‘laydi.
O.Makovelskiy esa Yasna va Yashtlarning "xotira varaqalari" deb ataluvchi,
Zardusht qarindoshlari va birinchi izdoshlari, shuningdek "birinchi inson" Gayomartdan
boshlab afsonaviy shohlar ro‘yxati keltirilgan qismlarini tahlil qiladi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
434
A.O.Makovelskiy avesto jamiyatining iqtisodiy turmushi va ijtimoiy tuzilishini
qayta tiklash jarayonida, ayniqsa mag‘larning kelib chiqish
i va ularning ijtimoiy hamda
diniy hayotdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratadi.
Muallif Avestoga singib ketgan dualizmni ta’kidlab, axloq va huquqiy g‘oyalarni
tahlil qiladi, mashhur zardusht uchligini -
"ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal"ni qayd
etadi,
Zardushtning diniy faoliyatini dastlabki ko‘pxudolikni yakkaxudolikka aylantirish
bo‘yicha islohotchilik deb hisoblaydi, Ahmoniylar dinini esa "Zardushtsiz zardushtiylik"
deb ataydi[3].
Muallif Zardusht tarixiy shaxs bo‘lgan degan xulosaga keladi, b
iroq uning miloddan
avvalgi VI asrda yashagani va hatto fors shohi Kambizdan nafratlanganini taxmin qiladi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, avesto atamalarining, toponimlari va atoqli
otlarining ko‘plab noto‘g‘ri talqinlari aynan uning asari orqali Ozarbayj
on
tarixshunosligiga Avesto va zardushtiylik bo‘yicha kirib kelgan.
I. Aliyev "Midiya tarixi" asarida Avestoning Ozarbayjonda yaratilishi mumkin
emasligi haqidagi nuqtai nazarga moyil bo‘lgan.Uning fikricha, Avestoda tasvirlangan
chorvador-dehqonchilik turmush tarzini yurituvchi va asta-
sekin o‘troqlashayotgan
qabilalarning hayot tarzi tasvirlangan.
I. Aliyevning fikricha, dastlabki avesta ta’limotlarining vatanini eng yaxshi holatda
faqat sharqiy midiyalik qabilalar yashaydigan hududlardagina izlash mumkin. Muallif
Avestoni ahmoniylardan oldingi davrga tegishli deb hisoblaydi. I. Aliyev Zardusht Sharqiy
Midiya viloyati (shahri) Ragadan kelib chiqqan deb taxmin qiladi [4].
F.G‘osimzoda va T.Hojiyevning "Avestodan hozirgi kungacha" nomli sharh
risolasida mual
liflar ta’kidlaydilarki, bir necha asrlar davomida (miloddan avvalgi IX
asrdan VI asrgacha) tuzilgan Avesto Yaqin va O‘rta Sharq xalqlarining yodgorligi
hisoblanadi. Ular qayd etadilarki, rivoyatlarga ko‘ra 21 kitobdan iborat bo‘lgan
Avestodan Iskandar Mak
edoniydan keyin faqat uchta kitob, arab istilosidan so‘ng esa
undan ham kamrog‘i saqlanib qolgan. Ularning fikricha, Gatlarning muallifi miloddan
avvalgi VI asrda yashagan midiyalik Spitama bo‘lib,u Zardusht payg‘ambarlaridan biri
edi. Mualliflar Beruniyga (973-1048) tayanib, Zardushtning asli Ozarbayjondan ekanligi,
shuningdek, Avestoda Kaspiy dengizi va ozarbayjonliklar yashaydigan hududlar tilga
olinganini ta’kidlaydilar. So‘ngra mualliflar Avesto falsafasi dualistik xarakterga ega
ekanligini va ezgulik
bilan yovuzlik o‘rtasidagi kurashga asoslanganini yozadilar.
Ularning fikricha, oliy xudo Hurmuz, yovuzlik xudosi esa Axriman bo‘lib, bu ismlar
Ozarbayjon va Eronda erkaklar ismi sifatida keng tarqalgan. Mualliflar zardushtiylik
uchligini - "ezgu fikr, ezg
u so‘z va ezgu amal"ni, erkak va ayolning qalb go‘zalligi va
pokligining belgilarini, axloqiy-
estetik ideallarni ta’kidlab, zardushtiylarning musiqasi,
qo‘shiqlari va bayramlarini o‘rganadilar.[5]
S.Qosimovaning "Janubiy Ozarbayjon III-VII asrlarda" nomli monografiyasida
ta’kidlanishicha, Avesto ko‘p qatlamli va turli davrlarga oid yodgorlik bo‘lib, uning eng
qadimgi qismlari miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri - I ming yillikning boshlarida
shakllangan. TadqiqotchiAhamoniylar, Parfiyaliklar va hatto ilk Sosoniylar davrida
Avestoning (yoki uning alohida qismlarining) yozilgani haqida ishonchli ma’lumotlar
yo‘qligini ta’kidlaydi. Uning fikricha,avesto alifbosi kitobiy pahlaviy yozuvining bir turi
asosida paydo bo‘lgani va bu yozuv IV asr oxiri
- V asr boshlaridan oldin mavjud
bo‘lmagani sababli, faqat
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
435
IV-V asrlar chegarasida bu alifbo bilan yozilgani haqida ishonch bilan gapirish
mumkin. So‘
ngra muallif Denkard, Bundahishn kabi pahlaviy zardushtiylik asarlarini
tahlil qiladi S.Yu.Qosimova an’anaga ko‘ra Zardusht (Zoroastr) va’zi Ozarbayjon bilan
bog‘lanishini qayd etadi. Uningcha, Got ta’limotini Zardushtgacha bo‘lgan "xalq dini" bilan
murosali birlashtirish natijasida yuzaga kelgan ilk zardushtiylik transformatsiyasi
ellinizm davrida va Parfiya podsholigi davrida davom etgan. S.Yu.Qosimova aynan
Sosoniylar davrida "kichik avesto" zardushtiylik dogmatik davlat diniga aylanib, bosib
olingan hud
udlarga zo‘rlik bilan joriy qilinganini va boshqa din hamda mazhablarga
ochiqdan-
ochiq dushmanlik qilganini ta’kidlaydi. Uning fikricha, zardushtiylik qonunlari
matnlarining, ularning o‘rta fors tilidagi tarjimasi va sharhlarining hamda boshqa ko‘plab
pahl
aviy diniy asarlarining uzoq vaqt og‘zaki an’ana sifatida mavjud bo‘lib, asosan VI
asrdan boshlab yozma ravishda qayd etilishi va kodifikatsiyasi e’tiqod tizimi konsepsiyasi
va marosim qoidalarining bir xil bo‘lmasligiga olib kelgan. Uningcha,Ozarbayjon
Ad
urgushnasp ibodatxonasi bilan zardushtiylik kohinligining asosiy tayanchi bo‘lgan.
S.Yu.Qosimova davlat olov kulti Sosoniylar zardushtiylik cherkovining islohotidan ancha
oldin mavjud bo‘lganini ta’kidlaydi. U Adurgushnasp olov ibodatxonasini hozirgi Taxti
Sulaymon yodgorligi o‘rnidagi Shiz shahrida joylashgan deb hisoblaydi. Muallif bu
ibodatxonaning batafsil tavsifini arab mualliflari va Nizomiy ma’lumotlariga hamda
arxeologik qazishmalar natijalariga asoslanib keltiradi. So‘ngra u Midiya maglarining
zardushtiylikdagi rolini, shuningdek ilk yoki "kichik avesto" deb ataladigan
zardushtiylikning o‘zgarishini tahlil qiladi.
S.Yu.Qosimova
Adurbadagandagi
Sosoniylar
davri
zardushtiyligining
pozitsiyalarini batafsil o‘rganadi. Muallif Adurgushnasp ibodatxonasi
zardushtiylik
kohinligining asosiy tayanchi bo‘lganini ta’kidlaydi, shuningdek Avestoning tuzilgan
joyini aniqlash muammosiga to‘xtaladi. S.Yu.Qosimova Avesto, Sosoniylar Sudnomasi va
o‘rta asr zardushtiylik asarlarining olov ibodatxonalari haqidagi ma’lumotlarini ko‘rib
chiqadi. So‘ngra muallif arab tarixchilari va geograflari asarlarini, shuningdek
Nizomiyning "Iskandarnoma" dostonidagi Adurxushnasp ibodatxonasi haqidagi
ma’lumotlarni tahlil qiladi va ularni Shizdagi arxeologik qazishmalar natijalari bila
n
taqqoslaydi.[6] Ta’kidlash joizki, S.Yu.Qosimovaning monografiyasida manbalarga
asoslanib Janubiy Ozarbayjondagi zardushtiylik muammolari ilk bor batafsil tadqiq
etilgan.
1985-
yilda M.Dadashzodaning "O‘rta asrlarda ozarbayjon xalqining ma’naviy
madaniyati" kitobi nashr etildi. U zardushtiylikning Sosoniylar davlatining rasmiy dini
sifatida e’lon qilinishi Ozarbayjonning mavqeini sezilarli darajada oshirganini ta’kidlaydi.
Muallifning ko‘rsatishicha, o‘rta asr arab mualliflari Balazuriy, Yakubiy, Mas’udiy,
Tabariy, Ibn Balxiy, Ibn Xurdodbeh, Ibn Miskaveyx, Yoqut Hamaviy va boshqalar
Ozarbayjonni zardushtiylikning vatani deb hisoblashgan . M.Dadashzoda Zardusht Midiya
davlati vujudga kelishidan oldin yashagan deb taxmin qiladi. Muallif "Avesto" tilining
O‘rta Osiyo va Eronning sharqiy xalqlari tillaridan tubdan farq qilishini ta’kidlaydi. U
"Avesto" tilini Ozarbayjonga nisbat beradi. M.Dadashzoda Shizdagi olov ibodatxonasidan
tashqari, Ardabil, Tabriz, Boku va boshqa shaharlarda ham ko‘plab olov ibodatxonalar
i
mavjud bo‘lganini yozadi. So‘ngra muallif ko‘p sonli olov ibodatxonalarining qurilishi
kohinlar ko‘payishiga hamda Sosoniylar davlati tarixining ayrim davrlarida ularning roli
va hokimiyatining kuchayishiga yordam berganini ta’kidlaydi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
436
M. Dadashzodaning fikricha, Hamadondagi mashhur olov ibodatxonalaridan biri
Midiya shohi Kiaksar davrida ham mavjud bo‘lgan. Muallif "yangi avesta" taqvimini
batafsil tahlil qiladi. U Daitiyani Araks daryosi bilan izohlaydi. M.Dadashzode
zardushtiylik bilan bog‘liq bo‘lgan va ozarbayjon madaniyatiga alohida ta’sir ko‘rsatgan
Navro‘z, Mehrigan, Sade va Abrizagan xalq bayramlarini batafsil tasvirlaydi[7]. Bu,
ehtimol, muallifning zardushtiylikni tadqiq etishga qo‘shgan eng qimmatli hissasidir.
I. Aliyevning "Atropagen tarixi ocherki" asarida zardusht yozuvlari arshakiylardan
ancha oldin mavjud bo‘lganligi ta’kidlanadi. Muallif fikricha, "Avesto" dastlab Parfiya
Arshakiylari davrida, so‘ngra Sosoniylar davrida bir necha marta
- III, IV, VI va VII
asrlarda kodifikatsiya qilingan. I.Aliyev bizgacha yetib kelgan "Avesto"ning tuzilishini
batafsil ko‘rib chiqadi. Keyin muallif zardushtiylikning diniy
-falsafiy tizimini tadqiq etadi.
I.Aliyev zardushtiylik Eronning g‘arbiy viloyatlarida, shuningdek, Janubiy Ozarbayjonda
tarqala boshlagan, degan xulosaga keladi. Bu yerlarda miloddan avvalgi I ming yillikning
boshlarida unga o‘xshash e’tiqodlar
-
mazdaparastlik, dualizm, olov kulti mavjud bo‘lgan.
Muallif Zardushtning vatanini Ozarbayjonda joylashtirishning sababini bu yerda
Adurgushnasp olov ibodatxonasi mavjudligi bilan izohlaydi. Sosoniy shohlari taxtga
o‘tirishda bu ibodatxonaga ziyorat qilishlari kerak bo‘lgan Biroq I.Aliyevning Videvdat
(muallifning fikricha, "aniqrog‘i Proto
-
Videvdat") g‘arbiy eron viloyatlarida paydo
bo‘lgani va uni faqat midiyalik sehrgarlar tuzgan bo‘lishi mumkin degan fikrni ilgari
surgan. I.Aliyevning fikriga ko‘ra, miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida G‘arbiy
Midiyada turli mazdaviylik kultlari keng tarqalgan degan umumiy xulosaga kelgan.[8]
1990-
yilda S.Ashurbeylining "O‘rta asrlarda Ozarbayjonning Hindiston bilan
iqtisodiy va madaniy aloqalari" asari nashr etildi. Unda muallif yana Suraxanidagi
Atyashgah ibodatxonasini keng manbalar asosida batafsil o‘rganishga qaytadi. Ushbu
asarda muallif Ozarb
ayjonda olov sig‘inishi va zardushtiylikning tarqalishi haqida
guvohlik beruvchi arxeologik ma’lumotlarni tadqiq etadi, shuningdek, Suraxanidagi
Atyashgah olov ibodatxonasidagi yozuvlarning tarjimalarini keltiradi[9]
A. Foziliyning "Atropatena (miloddan avvalgi IV asr - milodiy VII asr)"
monografiyasida muallif Atropatena[10] Fraaspasini parfiylar davrida qurilgan Taxti
Sulaymon bilan bir degan xulosaga keladi, bu yerda Anaxita ibodatxonasi joylashgan deb
hisoblaydi [8, 156-158], sehrgarlar diniy vazifalarni bajarish bilan bir qatorda, yuqori
martabali ota-onalarning farzandlarini tarbiyalash, tibbiyot, astrologiya hamda tarixiy
solnomalar tuzish bilan shug‘ullanganligini ta’kidlaydi. A.Fozili zardushtiylik dinining
asoslarini ko‘rib chiqadi, shuningdek, ant
ik mualliflarning xabarlari va pahlaviy
asarlarida Zardusht va uning dini haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi. Muallif Avestoning
tuzilishini o‘rganar ekan, uning yaratilish vaqti va joyi muammosiga to‘xtaladi, Avestoni
biror bir xalqning madaniy yodgorli
gi deb hisoblash noto‘g‘ri ekanligini, Avesto va
zardushtiylik mafkurasi Ozarbayjon, Eron, Kichik va O‘rta Osiyoda keng hududda
tarqalganligini ta’kidlaydi. Muallif Ozarbayjon hududida zardushtiylikning tarqalishi
davrida Midiya kohinlarining diniy ta’limotlari zardushtiylikka ta’sir ko‘rsatganini qayd
etadi, hatto Ahamoniylar davridan boshlab zardushtiylik Ozarbayjon, Eron va O‘rta
Osiyoning qadimgi qabilalari dini bo‘lganligini ko‘rsatadi, Sosoniylar davrida
Atropatenaning zardushtiylikning g‘oyaviy va diniy markaziga aylanganligini ta’kidlaydi.
A.Fozilining fikricha, dastlab Avesto parfiya tilida tuzilgan. Ta’kidlash joizki, A.Fozilining
yuqoridagi fikrlarida qiziqarli kuzatishlar va xulosalar bilan bir qatorda ko‘plab noto‘g‘ri
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
437
talqinlar va xatolar (ayniqsa atoqli otlar, joy nomlari, shuningdek pahlaviy asarlari
nomlarini berishda) ham uchraydi.[11]
1996-yilda B.Shofizodaning "Zardusht, Avesto, Ozarbayjon..." nomli kitobi nashr
etildi. Kirish qismida muallif "Avesto" tilining prototurk tili, ya’ni ozarbay
jon turkiy
tilining eng qadimgi shakli ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, Avesto turkiy xalqlarning
eng qadimgi til yodgorligidir. .Shofizoda "Avesto" alifbosini alban va O‘rxun
-Enasoy
alifbosi bilan qiyoslaydi. Shundan so‘ng muallif antik davr faylas
uflari va XVIII-XVIII
asrlar mualliflarining fikrlarini "tahlil" qiladi. Zardusht bundan 9-10 ming yil muqaddam
yashagan degan xulosaga keladi. So‘ngra Firdavsiy, Nizomiy, Fuzuliy dostonlaridagi
zardushtiylik haqidagi ma’lumotlarga to‘xtaladi.[12]
2004-yil
da R.Melikovning "Avesto va uni o‘rganish tarixi haqida" nomli maqolasi
e’lon qilindi. Unda Avestoning tarkibi, uning yaratilish vaqti va kodifikatsiya joyi
muammolari, hamda uni o‘rganish tarixi ko‘rib chiqiladi. Maqolaga "Geografik doston"
deb ataluvchi (Videvdatning I fargardi) avestocha matnning tarjimasi ilova qilingan
bo‘lib, u Avestoning yaratilishi mumkin bo‘lgan geografik chegaralarni aniqlash uchun
muhim ahamiyatga ega.
Shu yili E. Alibeyzodaning "Avesto -
ozarbayjon xalqining ma’naviy madaniyati
tarixi" kitobi nashr etildi [3]. Kitobda keltirilgan "Avesto"dan olingan parchalarning
ozarbayjon tiliga rus tiliga qilingan turli tarjimalaridan amalga oshirilgan. Muallif yana
Zardushtdan keyin "Avesto" saqlanib qolganini va bizgacha qadimgi fors-pahlaviy tilida
yetib kelganini ta’kidlaydi. Aslida, yodgorlikning tili na qadimgi fors, na pahlaviy tilidir.
Ilmda u "Avesto" tili deb atalib, o‘ziga xos qadimgi eroniy til hisoblanadi. E. Alibeyzoda
"Avesto" aynan Ozarbayjonda tuzilgan va Zaratushtra (Zardusht)
kelib chiqishiga ko‘ra
turkiy bo‘lgan deb hisoblaydi, o‘z fikrini XIX asr va XX asr boshlaridagi tarixchilarning
asarlariga havolalar bilan asoslaydi. Muallif shumer mifologiyasidagi otashparastlik
elementlarini zardushtiylik bilan taqqoslab, otashparastlik va zardushtiylik
tushunchalarini aralashtirib yuboradi.[13]
Avesto alifbosi haqidagi ma’lumotlar, Avesto yozilgan ikki lahjaning til tarkibi
tahlili,ushbu yozma yodgorlikning yaratilish joyi va kodifikatsiya bosqichlari haqidagi
qisqacha ma’lumotlar R.
Melikovning "Avesto tili"[14] maqolasida keltirilgan. 2008-yilda
R. Melikovning "Avesto afsonasidagi Yima" [31] maqolasi nashr etildi. Unga Videvdatning
bir bobini avesto tilidan tarjimasi ilova qilingan. So‘zboshida Yima haqidagi avesto va
zardushtiylik
an’analarining turli jihatlari tahlil qilingan. Videvdatning ikkinchi fargardi
tarjimasida birinchi yer hukmdori
–
qahramon Yima haqida hikoya qilinadi[15]. U
keyinchalik Sharqda, jumladan Ozarbayjon an’anasida ham Jamshid nomi bilan tanilgan.
2012-2013-yillarda R.S.Melikovning "Ozarbayjonda zardushtiylik tarixidan" va
"Ozarbayjon folklorida avesto mifologik obrazlari" maqolalari nashr etildi. "Ozarbayjon
qadimgi tarixi bo‘yicha yozma manbalar" xrestomatiyasida R.S. Melikov Avesto haqida
qisqacha ma’lumot
berdi va Yasnaning bir parchasi, shuningdek Videvdatning I va II
fargardlarini ozarbayjon tiliga tarjima qildi.
2014-yilda E.Kerimov va P.Ahanchining "Zardushtiylik va hinduiylik kontekstida
otashparastlik" kitobi nashr etildi, bu kitob batafsil etnograf
ik sharhni o‘z ichiga oladi.
Ayniqsa, XVII-
XIX asrlardagi sayohatchilar va tadqiqotchilar tomonidan to‘plangan,
hozirda bibliografik nodir hisoblanadigan keng qamrovli tarixiy-etnografik
materiallarning ilmiy muomalaga kiritilishi nihoyatda qimmatlidir. Kitobga ilova sifatida
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
438
A.B.Xmelnikovning "Suraxani qishlog‘idagi otashparastlar ibodatxonasi" albomidan
olingan rasmlar ishlatilgan.
2015-yilda A.Alimirzoyevning "Dastlabki otashparastlar klinopis manbalarida"
nomli maqolasi chop etilgan. Muallif fikricha, otashparastlar haqidagi ilk tarixiy
ma’lumotlar miloddan avvalgi 509
-
494 yillarda elam mixxati bilan tuzilgan xo‘jalik
matnlarida qayd etilgan. U otashparastlarning uchta kohinlik unvonini qayd etgan[16].
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
Маковельский А.О. ’’Авеста’’. Баку, 1960.
2.
O`sha kitob 25-28-betlar
3.
O`sha kitob 95-133-betlar
4.
Алиев И. История Мидии. Баку, 1960.
5.
Qas
ı
mzad
ə
F., Hac
ı
yev T. Avestadan bu g
ü
n
ə
d
ə
k, Bak
ı, 1982.
6.
Касумова С.Ю. Южный Азербайджан в
III-VII
вв. Баку, 1983
7.
Dadaşzadə
M. Az
ə
rbaycan xalqının orta ə
sr m
ə
n
ə
vi m
ə
d
ə
niyy
ə
ti (tarixi-
etnoqrafık tə
dqiqat). Bakı, 1985.
8.
Алиев И. Очерк истории Атропатены. Баку, 1989
9.
Ашурбейли С. Экономические и культурные связи Азербайджана с
Индией в средние века. Баку
10.
Hozirgi Eronning shimoli-
g‘arbida joylashgan tarixiy viloyat va qadimgi
davlat. U taxminan Eron va hozirgi Ozarbayjon Respublikasining janubi-sharqiy
hududlari (Kura va Araks daryolarining janubida) bilan mos keladi
11.
Fazili A. Atropatena (er.
ə
v. IV - er. VII
ə
sri). Bakı,
1992
12.
Şə
fızadə
B. Z
ə
rdüşt, Avesta, Azə
rbaycan... Bakı, 1996.
13.
Ə
lib
ə
yzad
ə
E. «Avesta» Azə
rbaycan xalqının mə
n
ə
vi m
ə
d
ə
niyy
ə
t
tarixidir. Bak: 2005.
14.
Меликов Р. Язык Авесты // “Tarix və
onun probleml
ə
ri”. Bakı, 2007,
15.
Меликов P. Авестийский миф о Йиме
// “Tarix və
onun probleml
ə
ri”.
Bakı, 2008
16.
Ə
limirz
ə
yev A. İlk atə
şpə
r
ə
stl
ə
r mixi yazılı mə
nb
ə
l
ə
rd
ə
// İlahiyyat
fakültə
sinin elm: m
ə
cmüə
si, № 23. Bakı Dövlə
t Universiteti, 2015
