Авторы

  • Нурбек Номозов
    Ассистент, Каршинский государственный технический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp541-545

Ключевые слова:

Образование цифровые технологии инженерное дело

Аннотация

В данной статье рассматривается связь проблем подготовки будущих инженеров с развитием образования и значимостью процессов цифровизации образования. Обсуждаются вопросы цифровизации образовательного процесса при сохранении его фундаментальности, а также обеспечения качества образования, соответствующего текущим и будущим потребностям личности, общества и государства.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Contemporary challenges and theoretical-methodological
foundations of teaching specialized subjects to future
engineers

Nurbek NOMOZOV

1


Karshi State Technical University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025

Received in revised form

15 April 2025
Accepted 25 April 2025

Available online

25 May 2025

This article explores how the challenges of training future

engineers are linked to the development of education and the

significance of educational digitalization processes. It examines

the issues of ensuring education quality that meets the current

and future needs of individuals, society, and the state, while
maintaining the fundamental nature of education through the

digitalization of the educational process.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp541-545

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

education,

digital technology,
engineering.

Bo‘lajak muhandislarga ixtisoslik fanlarini o‘qitishning

zamonaviy muammolari va nazariy-metodologik asoslari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

ta’lim,

raqamli texnologiya,

muhandislik.

Ushbu maqolada bo‘lajak muhandislarni tayyorlash

muammolari ta’lim rivojlanishi va ta’limni raqamlashtirish

jarayonlarining ahamiyati bilan bog‘liqligi. Ta’lim jarayonini

raqamlashtirish uning fundamentalligini saqlab qolgan holda,

shaxs, jamiyat va davlatning hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlariga

mos keladigan ta’lim sifatini ta’minlash masalalari ko‘rib

chiqilgan.

1

Assistant, Karshi State Technical University. E-mail: xolik2642@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

542

Современные проблемы и теоретико

-

методологические

основы преподавания специальных дисциплин будущим
инженерам

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

образование,

цифровые технологии,

инженерное дело

.

В данной статье рассматривается связь проблем

подготовки будущих инженеров с развитием образования

и значимостью процессов цифровизации образования.

Обсуждаются вопросы цифровизации образовательного
процесса при сохранении его фундаментальности, а также

обеспечения качества образования, соответствующего

текущим и будущим потребностям личности, общества и
государства.

KIRISH

Muhandislarni tayyorlash jarayonining nazariy-metodologik asoslarini ishlab

chiqish oliy ta’lim tizimidagi umumiy o‘zgarishlar kontekstida olib borilmoqda. Ushbu

o‘zgarishlarning asosiy tendensiyalari quyidagilardan iborat:

ta’lim mazmunining fundamental asoslarini mustahkamlash,

ta’lim dasturlarining yaxlitligini ta’minlash,

shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

Ta’limni yangilashning eng samarali yondashuvlaridan biri shaxsga yo‘naltirilgan

ta’lim konsepsiyasidir (V.A.

Bolotov va boshqalar). Ushbu konsepsiya madaniy-tarixiy va

faoliyat yondashuvlariga (L.S.

Vygotskiy va boshqalar) asoslanib, ta’limning gumanistik

falsafasiga tayangan holda rivojlantirilgan (O.S. Gazman va boshqalar).

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasi doirasida muhandislarni tayyorlash

maqsadi, mazmuni va texnologiyalari qayta ko‘rib chiqiladi. Ushbu yondashuv nuqtai

nazaridan, b

o‘

lajak muhandislarni tayyorlashning maqsadi quyidagi ikki asosiy tamoyil

asosida ochib beriladi:

1.

Ta’lim, avvalo, bo‘lajak muhadisning rivojlanishini ta’minlashi kerak.

2.

Ta’lim jarayoni nafaqat bilim, ko‘nikma va malakalar majmuasini bo‘

lajak

muhandislarga yetkazish bilan cheklanib qolmasligi, balki ularning shaxsiy rivojlanishiga

yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim

.

Psixologik-

pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning

muhim tamoyillaridan biri ijodiy o‘z

-

o‘zini rivojlantirishini ko‘rsatadi. Ushbu yonda

shuv

doirasida quyidagi muhim masalalar hal etilishi lozim :

T

a’limda fan bo‘yicha tayyorgarlikni qayta ko‘rib chiqish, uni bo‘

lajak

muhandislarning ijodiy rivojlanishini ta’minlash vositasiga aylantirish;

Bo‘lajak muhandisning shaxsiy

qadriyatlar tizimini shakllantirish, bunda nafaqat

o‘zining ijodiy rivojlanishi, ijodiy salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilganlikni ta’minlash.

Shaxs tushunchasi falsafa, sotsiologiya, pedagogika va psixologiya fanlarining

tadqiqot obyekti bo‘lib, turli ilmiy maktablar unga o‘z ta’rifini beradi. Faoliyatning

madaniy-tarixiy nazariyasi nuqtai nazaridan, shaxs tushunchasi insonning boshqa

odamlardan farqlovchi shaxsiy xususiyatlari majmuasi bilan cheklanmaydi. Ushbu

xususiyatlar shaxsning shakllanishi va faoliyat yuritishi uchun shart-sharoitlar sifatida

qaraladi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, shaxs –

bu ijodiy va iste’dodli faoliyat

yurituvchi inson bo‘lib, u jamiyat hayotining yangi shakllarini yaratadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

543

Ijodkorlik bo‘lmagan joyda shaxsning shaklla

nishi ham kuzatilmaydi; bunday

holda, inson shunchaki individ yoki reproduktiv faoliyat subyekti bo‘lib qoladi. Shaxsning

ijodiy faoliyat subyekti sifatida shakllanishi uning o‘z rivojlanishiga bo‘lgan qimmatli

munosabatini o‘z ichiga oladi.

Bu b

o‘

lajak muhandislarda nafaqat muhandislik ishiga,

balki innovatsion faoliyat va o‘zini rivojlantirish jarayonlariga qiziqish uyg‘otishni talab

etadi. Shu bois, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim an’anaviy ta’limdan tubdan farq qiladi

.

Bugungi kunda shaxsga yo‘naltirilgan

ta’lim tizimi

raqamli texnologiyalaridan

samarali foydalanish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, quyidagi muhim vazifalarni bajarishga

yordam beradi:

B

o‘

lajak muhandislarning individul salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va

mustahkamlash;

B

o‘

lajak muhandislard

a bilish qobiliyatlarini shakllantirish, o‘zini o‘zi

takomillashtirishga intilish;

Reallik hodisalarini kompleks o‘rganish imkoniyatini yaratish;

Ta’lim jarayonining mazmuni, shakllari va usullarini dinamik yangilash

.

Raqamli texnologiyalari ta’lim

jarayoniga nafaqat kompyuter vositalari orqali

to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri ta’sir etish, balki butun o‘quv jarayoni va uning ishtirokchilari o‘rtasidagi

munosabatlarni o‘zgartirish orqali ham ta’sir qiladi. Shu bois bo‘

lajak muhandislarni

tayyorlashda raqamli texno

logiyalaridan foydalanish shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim

tamoyillariga muvofiq rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, zamonaviy pedagogik ta’lim tizimining muhim

yo‘nalishlaridan biri bo‘

lajak muhandislarning yuqori malakali kadrlar sifatida

tayyorlanishini ta’minlash ekanligini ta’kidlash mumkin.

Raqamlashtirish jarayonlarining jadallashuvi hamda ta’lim jarayonining

konseptual qayta ko‘rib chiqilishi bo‘

lajak muhandislarning kasbiy sifatlari va

tayyorgarlik darajasiga nisbatan yangi talablarni yuzaga keltirmoqda.

Zamonaviy muhandis kompyuterdan samarali foydalanish, uning samaradorligini

oshirish va kasbiy faoliyatda foydaliligini ta’minlashga qodir bo‘lishi lozim. Ushbu

jarayonda bo‘lajak muhadis quyidagi maxsus ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi:

Kompyuter dasturlarining kasbiy faoliyatdagi o‘rnini aniqlash va ularning

samaradorligini baholash;

Dasturlarni qo‘llash natijalarini tahlil qilish va moslashtirish;

Kompyuter qo‘llanilishi lozim bo‘lgan muhandislik materiallarini

tanlash va

ularni b

o‘

lajak muhandislarning ehtiyojlariga moslashtirish.

METODIKA

Hozirgi psixologik-pedagogik tadqiqotlar va amaliyotda kompetentli yondashuv

faol rivojlanib bormoqda. Ushbu yondashuv hali to‘liq shakllangan konseptual apparatga

ega

bo‘lmasa

-da, uning asosiy jihatlarini quyidagicha izohlash mumkin:

Kompetensiya bilim va amaliy ko‘nikmalarni o‘z ichiga oluvchi tushunchadir

;

Kompetensiya faqatgina bilim va amaliy harakatlarni emas, balki motivatsion,

axloqiy, ijtimoiy va xulq-atvorga oid jihatlarni ham qamrab oladi;

Kompetensiya insonning olgan bilim, ko‘nikma va tajribalarini muayyan sharoit

va faoliyat doirasida qo‘llay olish qobiliyatini ifodalaydi

;

Kompetensiyalar an’anaviy yondashuvdan farqli ravishda, ta’lim natijalari

bo‘yicha shakllanadi (“natijaga yo‘naltirilgan standart”)

;

Kompetensiyalar nafaqat rasmiy ta’lim jarayonida, balki norasmiy va

informatsion ta’lim muhitida ham shakllanadi

.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

544

Kompetentli yondashuvning yana bir muhim xususiyati shundaki, bu model

b

o‘

lajak muhandislarga shunchaki bilim berishni emas, balki ularga mavjud bilimlarni

amaliy qo‘llash va yangilab borish imkoniyatini berishni talab qiladi. Bu yondashuv bilim,

ko‘nikma va malakalarni rad etmaydi, aksincha, ularni faoliyat jarayonida qo‘llash va

yangi muhitlarga m

oslashuvchanligini oshirish orqali mukammallashtirishni ta’minlaydi

.

Kompetentli yondashuv doirasida ta’lim quyidagi uch asosiy kompetensiyani

shakllantirishga qaratilgan:

1.

Umumiy kompetensiyalar

har qanday zamonaviy mutaxassis uchun muhim

bo‘lgan

shaxsiy va kasbiy qobiliyatlar (masalan, muloqot, tanqidiy tafakkur,

muammolarni hal qilish qobiliyati).

2.

Tayanch kompetensiyalar

muayyan kasbiy sohada zarur bo‘lgan tayanch

kompetensiyalar (informatika, pedagogika va metodikaga oid bilimlar va ularni qo‘

llash

qobiliyati).

3.

Maxsus kompetensiyalar

kasbiy faoliyat yoki kasbiy vazifalarni bajarishga

mo‘ljallangan kompetensiyalar (loyihalash, konstruksiyalash, boshqarish, sozlash)

.

Shunday qilib, zamonaviy muhandis:

Raqamli

texnologiyalaridan

kasbiy

faoliyatda

samarali

foydalanish

ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

Muhandislik faoliyatda raqamli texnologiyalarni qo‘llashni bilishi;

Kompetentli yondashuv asosida o‘z kasbiy faoliyatini olib borishi;

Kasbiy faoliyatini tahlil qilish va natijalarini baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi

lozim.

Shu bois, b

o‘

lajak muhandislarni tayyorlash jarayonida nafaqat texnik bilim va

ko‘nikmalar, balki innovatsion pedagogik texnologiyalar va shaxsiy rivojlanish

tamoyillari ham birdek e’tiborga olinishi lozim.

Bo‘lajak muhandisning kas

biy kompetensiyasi uning chuqur nazariy bilimlari va

muhandislik kompetensiyasining uyg‘unligi bilan belgilanadi. Shunday ekan, bo‘

lajak

muhandislarni tayyorlash tizimini shakllantirishda quyidagi tamoyillar asos qilib olinishi

lozim:

Muhandislik faoliyatining maqsadlarini hisobga olish;

Kasbiy faoliyat tuzilmasi va funksiyalarini inobatga olish;

Kasbiy vazifalar sinfini aniqlash.

B

o‘

lajak muhandis quyidagi asosiy rollarni bajarishi lozim:

1.

Muhandis (muhandislik sohasifda kasbiy faoliyat olib boruvchi shaxs);

2.

Muhandislik kasbiy faoliyatda axborot manbalaridan to‘g‘ri foydalanish

madaniyatini shakllantirish);

3.

Muhandislik faoliyatda raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha

muvofiqlashtiruvchi va innovator.

B

o‘

lajak

muhandislarni tayyorlashning o‘ziga xos muammolari ularning

fundamental tayyorgarligini belgilash masalasi bir qator tadqiqotchilar tomonidan tahlil

qilingan (A.A. Kuznetsov va boshqalar).

Shu sababli b

o‘

lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligi quyidagi

aspektlarni o‘z

ichiga olishi lozim:

Nazariy va amaliy fundamental tayyorgarlik;

Raqamli texnologiyalar bo‘yicha ilg‘or bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

Kasbiy faoliyatda raqamli texnologiyalar vositalaridan samarali foydalanish

qobiliyati.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

545

XULOSA

Muhan

dislik sohasi doimiy ravishda rivojlanib borayotganligi sababli, o‘quv

dasturining mazmuni ham doimiy ravishda yangilanib borishi hamda mutaxassislik

bo‘yicha yangi bilimlarni doimiy egallashga qaratilgan bo‘lishi lozim.

FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

N.R.Yusupbekov,

R.A.Aliyev,R.R.Aliyev.A.N.Yusupbekov

Boshqarishning

intellektual tizimlari va qoror qabul qilish.2015y.

2.

Акбаров Д. Е. и др. Исследования Вопросов Необходимых Условий Крипто

Стойкости Алгоритмов Блочного Шифрования С Симметричным Ключом

//CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES.

2021. Т. 2. –

No. 11.

–С. 71

-79.

3.

Matematik modellashtirishda hisoblash algoritmlaridan foydalanish. Primov T.I.,

Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. 2 (2), 48-50

4.

Primov T.I. Matematik modellashtirishning umumiy prinsiplari.

«Экономика и

социум», Выпуск №2(81) часть 1 (февраль, 2021).

5.

Primov T.I., Qurbonov S.Z. Matematik modellarni tuzishda variatsion tamoillar.

“Academic Research in Educational Sciences”. 2021, Volume 2, Issue 4.

6.

Shoimov B.S., Jamolov Sh.J. Singulyar koeffitsiyentga ega bo‘lgan giperbolik

tipdagi tenglama uchun Koshi masalasi. “Buxoro Davlat Universiteti ilmiy axboroti”.

2/2023

7.

Sh.Z. Kurbanov, Steam educational programs in implementation of independent

education of students in the module credit system. American Journal of Technology and
Applied Sciences ISSN (E): 2832-1766| Volume 10, | March, 2023.

8.

Sodiq o‘g‘li R. E., Jamil o‘g‘li J. S. Parabolik–

giperbolik tipdagi tenglamalar uchun

xarakteristikadan siljigan chiziqlarni oz ichiga olgan quyi yarim sohada chegaraviy
masala //Finland International Scientific Journal of Education, Social Science &
Humanities.

2023.

Т

. 11.

№.

4.

С. 2340

-2347.

9.

T. Primov. Axborot modellashtirishni o'rgatishda o'quvchilarning bilish

faoliyatini boshqarish.

Наука и инновация 1 (11), 153

-157.

10.

The simplest mathematical models of economic processes. Primov T.I., Central

asian journal of mathematical theory and computer sciences 4 (1), 80-82.

Библиографические ссылки

N.R.Yusupbekov, R.A.Aliyev,R.R.Aliyev.A.N.Yusupbekov Boshqarishning intellektual tizimlari va qoror qabul qilish.2015y.

Акбаров Д. Е. и др. Исследования Вопросов Необходимых Условий Крипто Стойкости Алгоритмов Блочного Шифрования С Симметричным Ключом //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES. – 2021. Т. 2. –No. 11. –С. 71-79.

Matematik modellashtirishda hisoblash algoritmlaridan foydalanish. Primov T.I., Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. 2 (2), 48-50

Primov T.I. Matematik modellashtirishning umumiy prinsiplari. «Экономика и социум», Выпуск №2(81) часть 1 (февраль, 2021).

Primov T.I., Qurbonov S.Z. Matematik modellarni tuzishda variatsion tamoillar. “Academic Research in Educational Sciences”. 2021, Volume 2, Issue 4.

Shoimov B.S., Jamolov Sh.J. Singulyar koeffitsiyentga ega bo’lgan giperbolik tipdagi tenglama uchun Koshi masalasi. “Buxoro Davlat Universiteti ilmiy axboroti”. 2/2023

Sh.Z. Kurbanov, Steam educational programs in implementation of independent education of students in the module credit system. American Journal of Technology and Applied Sciences ISSN (E): 2832-1766| Volume 10, | March, 2023

Sodiq o’g’li R. E., Jamil o’g’li J. S. Parabolik–giperbolik tipdagi tenglamalar uchun xarakteristikadan siljigan chiziqlarni oz ichiga olgan quyi yarim sohada chegaraviy masala //Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities. – 2023. – Т. 11. – №. 4. – С. 2340-2347.

T. Primov. Axborot modellashtirishni o'rgatishda o'quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish. Наука и инновация 1 (11), 153-157

The simplest mathematical models of economic processes. Primov T.I., Central asian journal of mathematical theory and computer sciences 4 (1), 80-82