O‘zbekiston ichki siyosiy taraqqiyoti trendlari va tashqi siyosat masalalari

CC BY f
55-60
25
Поделиться
Музафаров, Д. (2023). O‘zbekiston ichki siyosiy taraqqiyoti trendlari va tashqi siyosat masalalari . Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право, 1(1), 55–60. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/strategy-2030-young-scientists/article/view/28692
Джавохир Музафаров, Университет Мировой Экономики и Дипломатии
Студентка 3 курса факультета международных отношений
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqoladaO‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatdagi o’zgarishlar tadqiq etiladi va respublikaning tashqi siyosatdagi ustuvor yo’nalishlariga siyosiy baho beriladi. Tadqiqot, shuningdek, o’z ichiga respublikaning tashqi siyosatdagi asosiy savdo va iqtisodiy sheriklari bilan bo’lgan munosabatlarini tahlil qiladi va munosabatlarning rivojlanish tendensiyalarini yoritib beradi. Undan tashqari, mamlakatning turli integratsion loyihalarda ishtiroki va ulardagi manfaatlari yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi.


background image

95

O‘ZBEKISTON ICHKI SIYOSIY TARAQQIYOTI TRENDLARI VA TASHQI

SIYOSAT MASALALARI

Muzafarov Javohir Ulugbek o‘g‘li, JIDU Xalqaro

munosabatlar fakulteti 3-bosqich talabasi E-mail:

javohirmuzafarov20020608@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqoladaO‘zbekiston Respublikasining ichki va

tashqi siyosatdagi o’zgarishlar tadqiq etiladi va respublikaning tashqi siyosatdagi

ustuvor yo’nalishlariga siyosiy baho beriladi. Tadqiqot, shuningdek, o’z ichiga

respublikaning tashqi siyosatdagi asosiy savdo va iqtisodiy sheriklari bilan bo’lgan

munosabatlarini tahlil qiladi va munosabatlarning rivojlanish tendensiyalarini

yoritib beradi. Undan tashqari, mamlakatning turli integratsion loyihalarda ishtiroki

va ulardagi manfaatlari yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi.

Kalit so‘zlar

: O’zbekiston Respublikasi, Turkiy davlatlar tashkiloti,Xitoy,

Rossiya, Markaziy Osiyo,sammit.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida xalqaro maydonda e’tirof

etilgan davrdan boshlab o’zining mustaqil tashqi va ichki siyosatini olib borishni

boshladi. Boshqa davlatlar singari zamon va davr o’zgarishi natijasida

respublikaning ham ichki va tashqi siyosatdagi asosiy masalalar va ustuvor

yo’nalishlari ham bosqichma-bosqich o’zgarib bordi. Agar mustaqillikning

dastlabki yillarida ichki va tashqi siyosatdagi asosiy vazifa sifatida suverenitet

masalasi turgan bo’lsa, hozirgi kundagi hukumatning asosiy e’tibori respublikani

imkon qadar ko’proq xalqaro jamiyatga integratsiyasini ta’minlashdan iborat bo’lib

turibdi. Ichki siyosatdagi hukumatning asosiy vazifasi aholining tinchligini

ta’minlashdan iborat bo’lgan bo’lsa, bugungi kunga kelib, asosiy urg’u xalqning

iqtisodiy ahvolini yanada yaxshilash, hukumat va davlat o’rtasidagi siyosiy

rishtalarni yanada mustahkamlash va respublikada yashayotgan barcha millat va

elatlarning hamjihatligini ta’minlashdan iborat bo’lib qolmoqda. Tashqi siyosatdagi

munosabatlarga to’xtaladigan bo’lsak, bu yerda ham ba’zi bir o’zgarishlarni

ko’rishimiz mumkin.Oldingi hukumat davrida tashqi siyosiy masalalar yuzasidan

dixotomik geosiyosiy qarash ustunlik qilgan bo’lsa, bugungi kunga kelib, buning


background image

96

o’rnini pragmatik siyosiy qarash egalladi. Hozirgi kunga kelib, respublika xalqaro

maydondagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlarda yanada faol ishtirok etmoqda.Buning

yaqqol isboti sifatida Turkiy davlatlar tashkiloti va Jahon savdo tashkiloti doirasida

boshlangan muzokaralar misolida ko’rishimiz mumkin. Xususan, 2023-yilning 3-

oktabr kuni Qozog’iston respublikasining poytaxti Ostona shahrida Turkiy

davlatlar tashkilotining navbatdagi 10-sammitida unga a’zo va kuzatuvchi

davlatlar ushbu tashkilot faoliyatini yanada muvofiqlashtirish va rivojlantirish

yuzasidan o’zlarining taklif va mulohazalarini bayon etishdi. Ushbu sammitda

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etib,

tashkilot ishtirokchilari o’rtasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirish

yuzasidan o’zining taklif va mulohazalarini aytib o’tdi. Jumladan, davlat rahbari

tomonidan 7 ta asosiy nuqtaga alohida e’tibor qaratildi:

1)

Turkiy davlatlar Xartiyasini qabul qilish;

2)

Turkiy davlatlar taraqqiyot bankini yaratish;

3)

Turkiy davlatlar savdo munosabatlarini yanada yaxshilash;

4)

Turkiy davlatlar o’rtasida logistika zanjirini yaratish;

5)

Ekologiya yuzasidan lohiyalar ishlab chiqish;

6)

Iqtidorli yoshlarni qo’llab quvvatlash;

7)

Afg’onistondagi vaziyatga e’tibor berish.

Davlat rahbari tomonidan kiritilgan taklif va mulohazalarni tahlil qiladigan

bo’lsak, tashkilotga a’zo davlatlar o’rtasida Xartiya ishlab chiqishdan asosiy

ko’zlangan maqsad ular o’rtasida yagona qarash va standartlarni ishlab

chiqishdan iborat. Undan tashqari, Turkiy davlatlar taraqqiyot banki esa davlatlar

o’rtasida iqtisodiy integratsiyani yanada mustahkamlashdan iborat, sababi

iqtisodiy munosabatlarning yaxshi bo’lishi integratsiyani sifat jihatdan yangi

darajaga olib chiqadi. Prezident tomonidan alohida e’tibor berilgan yana bir mavzu

bu yagona transport logistika tarmog’ini yaratish zarurligidir. Loyihani amalga

oshirish uchun “TEMIR YO’L KENGASHI” yaratilishi kerakligi ta’kidlandi. Bu esa

kelajakda loyihaning samarali faoliyatini ta’minlaydi. Sammitda ekologiya

mavzusiga ham alohida to’xtalib o’tildi va bu borada vazirlar doirasida forumlar


background image

97

tashkil qilish va ekologiyaga oid loyihalarni amalga oshirish zarurligi aytib o’tildi.

Qolaversa, yoshlarga oid siyosat prezident e’tiboridan chetda qolmadi, jumladan,

O‘zbekistonda “Turkiy dunyo kreativ yoshlar markazi”ni tashkil qilish taklif qilindi.

Bundan ko’zlangan maqsad, iqtidorli yoshlarni bir nuqtada jamlash va ularning

qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda amaliy yordam berishdan iborat. Afg’oniston

masalasiga to’xtalar ekan, davlat rahbarimiz bu davlatni tinch va barqaror

rivojlanishi turkiy dunyo uchun juda muhimligi ta'kidladi.

Turkiy davlatlar bilan integratsiyaga kirishish O‘zbekiston uchun ko’p

jihatdan manfaatli bo’ladi, sababi respublikaning turkiy davlatlar bilan hech

qanday jiddiy siyosiy muammolari mavjud emas. Qolaversa, turkiy dunyo o’zining

ichiga qariyb 400 millionlik kishini qamrab oladi, bu esa, katta bozor va katta

iqtisodiy imkoniyatlar deganidir [1].

O‘zbekiston

Respublikasi

o’zining

tashqi

siyosat

masalalariga

bag’ishlangan ko’pgina hujjatlarida o’zining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida

Markaziy Osiyo mintaqasini belgilaydi [2]. Bunga bir nechta sabablar mavjud.

Xususan, bu mintaqa yagona tarix, din, madaniyatga ega va mana shu omillar

mintaqada joylashgan davlatlar o’rtasida munosabatlarning yaxshi bo’lishida ijobiy

rol o’ynaydi. O’tgan davr mobaynida mintaqa davlatlari o’rtasida ko’plab

mintaqaviy integratsiya loyihalarini amalga oshirishga harakat qilindi. Lekin

vaziyatga xolis baho beradigan bo’lsak, bu loyihalardan hech biri jahondagi

muvaffaqiyatli amalga oshirilgan integratsion loyihalar singari amalga oshmadi.

Biroq so’ngi yillarda davlatlar o’rtasida munosabatlar qayta ko’rib chiqildi va oldingi

davrga nisbatan biroz yaxshilandi. O‘zbekiston mintaqadagi barcha davlatlar bilan

savdo va iqtisodiy munosabatlardan to’la manfaatdor va mintaqadagi davlatlar

bilan integratsion loyihalarini amalga oshirishdan o’zining strategik manfaatlarini

ko’zlaydi. Undan tashqari, O‘zbekiston mintaqaning bir bo’lagi bo’lgan

Afg’onistonda tinchlik o’rnatilishi va bu davlat bilan munosabat o’rnatishdan

manfaatdor. Sababi Afg’onistonda tinchlik o’rnatilishi O‘zbekistonning azaliy

orzusi bo’lgan dengizga chiqish muammosini hal qilishi mumkin. Bu borada

hozirgi kunda ikkala tomon o’rtasida muzokaralar olib borilmoqda va


background image

98

munosabatlar o’z tabiatiga ko’ra ijobiy deb baholashimiz mumkin.

Keying yillarda Markaziy Osiyoga, xususan, O‘zbekiston Respublikasiga

Xitoy davlatining qiziqishlari ham tobora o’sib bormoqda. Bunga sabab mintaqada

joylashgan davlatlar tabiiy resurslarga boyligi bilan baholansa, ikkinchidan,

Markaziy Osiyo strategik nuqtai nazardan muhim makro hudud hisoblanadi.

Xitoyning global mega loyihasi “BIR MAKON BIR YO’L” ning ma’lum bir qismi ham

respublika hududidan o’tadi.O‘zbekistonning ushbu loyihada ishtirok etishi

iqtisodiy tomondan foydali bo’lishi mumkin: logistika muammosi hal etiladi,

davlatlar o’rtasida tovar ayirboshlash osonlashadi, savdo hajmining oshishi esa

bevosita respublikaning yalpi ichki mahsulot hajmining oshishiga sabab bo’ladi.

Shu bilan bir qatorda, buning ba’zi oqibatlarini ham hisobga olish ham zarur.

Masalan, milliy ishlab chiqaruvchilarning manfaatlari yuzasidan davlat siyosati

ishlab chiqilishi zarur va siyosiy jihatdan ham ba’zi ehtiyotkorlik ham talab qilinadi.

Ushbu loyihada ishtirok etish O‘zbekiston Respublikasi uchun tashqi siyosiy

vektorlari o’rtasida balansni ushlashda qo’l kelishi mumkin. Mana shu nuqtai

nazardan ham Xitoy davlati respublika uchun strategik jihatdan ahamiyatga ega

hisoblandi.

O‘zbekiston uchun AQSh yana bir strategik va iqtisodiy jihatdan muhim

davlat hisoblanadi. Hech kimga sir emaski, AQSh dunyoda iqtisodiy, texnologik

nuqtai nazardan yetakchi davlatlardan biridir va bu davlat bilan yaqinlashuv

respublikaga yangi texnologiyalarning kirib kelishini ta’minlaydi va investitsiyalar

oqimini ham oshiradi. Shu kunga qadar ikki davlat o’rtasida qator rasmiy

uchrashuvlar tashkil qilindi. Xususan, “Markaziy Osiyo+1” doirasida ko’plab

uchrashuvlar tashkil qilinmoqda. Bu uchrashuvlar davomida eng ko’p ta’kidlangan

masala bu integratsiya masalasidir. AQShlik ko’plab ekspertlarning fikricha, bu

davlat Markaziy Osiyo integratsiyasidan manfaatdor va bu yerda bo’layotgan

islohotlardan mamnun. Albatta bunday o’zgarishlar ikki davlat o’rtasidagi

munosabatlarning yanada iliqlashuviga sabab bo’lishi shubhasiz. AQSh davlat

kotibi Entoni Blinken o’zining O‘zbekistonga tashrifi chog’ida respublikada

bo’layotgan islohotlarni ijobiy baholadi va bu islohotlar davom etishi kerakligini


background image

99

ta’kidladi. So’nggi yillarda respublikaga AQSh va shunga o’xshash davlatlarning

e’tibori oshganligi, shubhasiz, mintaqa strategik nuqtai nazardan kata ahamiyatga

ega ekanligidan darak beradi.

Tarixan Rossiya mintaqaning, xususan, respublikaning asosiy savdo-

iqtisodiy sherigi bo’lib kelgan. So’nggi 150 yil ichida esa bu munosabatlar yanada

mustahkamlandi. Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston tashqi savdo

aylanmasidagi ulushi yuqori va ikki davlat o’rtasida strategik sherikchilik

darajasida munosabatlar o’rnatilgan [3]. Rossiyaning mintaqaga taklif qiladigan

loyihalaridan biri bu “YEVROOSIYO IQTISODIY ITTIFOQI” hisoblanadi. Hozirgi

kunda respublika bu tashkilotda kuzatuvchi maqomida va hozircha hukumat

tashkilotga to’la a’zo bo’lishga shoshilmayapti. Tashkilotga a’zo bo’lish

O‘zbekiston uchun savdo munosabatlarida o’sish kuzatilishi va’da qilinsa-da, lekin

hukumat bu borada chuqur o’ylangan qaror qabul qilishi maqsadga muvofiq.

Rossiya keyingi yillarda ham respublika uchun asosiy savdo sherigi bo’lib

qolaveradi va shunday bo’lishi ijobiy hisoblanadi. Sababi Rossiya va

respublikamiz o’rtasida transport logistika tizimi yaxshi rivojlangan va Rossiya

bozorida o’zbek tovarlariga ehtiyoj yuqori hisoblanadi. Mana shu omillarni hisobga

olgan holda, Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston tashqi siyosiy vektorida muhim

ahamiyatga ega davlat hisoblanadi [4].

Shuni ta’kidlash kerakki, so’nggi yillarda republikaning ichki va tashqi

siyosatida ko’plab ijobiy o’zgarishlar sodir bo’ldi va bu xalqaro hamjamiyat

tomonidan ham keng e’tirof etilmoqda. Islohotlar natijasida xalqning huquqiy va

siyosiy madaniyatida ham o’sish kuzatilmoqda va bu fuqorolik jamiyatini yaratish

yo’lida muhim qadam hisoblandi. Respublika bugungi kunga kelib har

qachongidan ham dunyoning muhim nuqtalaridan biri bo’lib turibdi va bu yerda

dunyoning yetakchi davlatlarining manfaatlari to’qnashayotganini ko’rishimiz

mumkin.

Hozirgi tendensiyalarga qaraydigan bo’lsak, davlatimiz asosiy e’tiborini

Markaziy Osiyo bilan munosabatlarni chuqurlashtirishga qaratmoqda. Qolaversa,

Xitoy davlati bilan ham munosabatlar, ayniqsa, savdo-iqtisodiy sohalarda har


background image

100

qachongiga nisbatan chuqurlashgan. Rossiya ham bu mintaqa bilan nafaqat

iqtisodiy, balki harbiy sohada ham kelishuvlarga erishishni xohlaydi, bu borada

respublikamiz hukumati jiddiy bosh qotirishi kerak. So’nggi yillarda AQSh ham bu

mintaqada o’zining manfaatlarini izlashga jiddiy kirishgan va tomonlar o’rtasida

ko’plab savdo va iqtisodiy kelishuvlarga erishildi. O‘zbekiston hukumatining asosiy

vazifasi bugungi sharoitda bo’layotgan bu o’zgarishlardan unumli foydalanish va

pragmatik siyosatini barqaror davom ettirishdan iborat bo’lib qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Bo’ronov S. O’zbekiston geosiyosati, Toshkent, 2021.111-118 b.

2. Umarov X.P. O’zbekiston Respublikasining geosiyosiy holatining

geostrategik jihatlari, Toshkent,2004.

3. Safoyev S.S. Markaziy Osiyodagi geosiyosat, Toshkent,2005.

4. Sirojov O. Markaziy Osiyo mintaqasida hamkorlik jarayonlari.

Toshkent,2016.

5. Kadirova, Nargiza Rashitovna. "ANALYSIS OF IMMUNITY BASED

ON THE VIENNA CONVENTION ON CONSULAR RELATIONS WITHIN THE

CONTEXT OF THE NATIONAL INTERESTS OF THE REPUBLIC OF

UZBEKISTAN." International Journal of Legal Studies (IJOLS) 4.2 (2018): 441-

455.

6. Mirzayuldashevna, Khamdamova Shirin. "Practical realization of the

classical principle of the separation of powers: foreign experience and

achievements of Uzbekistan." Вестник науки и образования 14-1 (50) (2018):

51-55.

7. Исраилова, Зарина. "Понятие «эффективность» и его критерии в

деятельности депутатов представительного органа государственной власти

на местах." in Library 19.4 (2019): 59-63.

Библиографические ссылки

Bo’ronov S. O’zbekiston geosiyosati, Toshkent, 2021.111-118 b.

Umarov X.P. O’zbekiston Respublikasining geosiyosiy holatining geostrategik jihatlari, Toshkent,2004.

Safoyev S.S. Markaziy Osiyodagi geosiyosat, Toshkent,2005.

Sirojov O. Markaziy Osiyo mintaqasida hamkorlik jarayonlari. Toshkent,2016.

Kadirova, Nargiza Rashitovna. "ANALYSIS OF IMMUNITY BASED ON THE VIENNA CONVENTION ON CONSULAR RELATIONS WITHIN THE CONTEXT OF THE NATIONAL INTERESTS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN." International Journal of Legal Studies (IJOLS) 4.2 (2018): 441-455.

Mirzayuldashevna, Khamdamova Shirin. "Practical realization of the classical principle of the separation of powers: foreign experience and achievements of Uzbekistan." Вестник науки и образования 14-1 (50) (2018): 51-55.

Исраилова, Зарина. "Понятие «эффективность» и его критерии в деятельности депутатов представительного органа государственной власти на местах." in Library 19.4 (2019): 59-63.