Авторы

  • Комила Халматова
    Университет мировой экономики и дипломатии image/svg+xml

Биография автора

  • Комила Халматова, Университет мировой экономики и дипломатии
    студент 2 курса

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.strategy-2030-young-scientists.33231

Ключевые слова:

Евросоюз Узбекистан интеграция перспектива идеи партнерство экономическое сотрудничество

Аннотация

O'zbekistonning ayni damda mahalliy va xalqaro maydonda olib borayotgan siyosati xorijiy davlatlar, xususan Yevropa Ittifoqi bilan erkin iqtisodiy munosabatlarga imkoniyat yaratayabti. Mazkur maqolaning maqsadi O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan olib birgan integratsiyalashuv jarayonini tahlil qilish hamda ikki davlat o'rtasida yo'lga qo'yilishi nazarda tutilgan istiqbolli g'oyalarni o'rganishdan iborat. Maqolaning ilmiy va amaliy dolzarbligi Yevropa Ittifoqining 0‘zbekiston milliy iqtisodiyotini internalizatsiyalashda tutgan o'rnini o'rganishdan iborat. Unda tarixiy, qiyosiy, event-tahlil va induksiya ilmiy metodlaridan foydalanilgan. 1991- yilda qabul qilingan “Sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi shartnoma” o'zaro iqtisodiy aloqalarga yo'l ochgan bo'lib.munosabatlarning keying davrida Yevropa Ittifoqining O'zbekistonni markazlashtirilgan Sovet uslubidagi iqtisodiy tuzilishidan bozor iqtisodiyotiga o'tishiga, O'zbekistonni 9-benefitisar davlat deb qabul qilin, u eksport qilgan tovarlarga imtiyozli bojlarni joriy qilishga va inson kapitalini mustahkamlashga qaratilagan loyihalarni amalga oshirishga sababchi bo'ldi. Maqolaning ilmiy ahamiyati unda zamonaviy xalqaro munosabatlarda Yevropa Ittifoqi-O'zbekiston Respublikasi bo'yicha eng yangi bilimlar tahlil qilinganidan iborat. U soha mutahasisslari va ilmiy izlanuvchilar uchun foydali bo'lishi mumkin.

background image

159

O‘ZBEKISTON-YEVROPA ITTIFOQI IQTISODIY MUNOSABATLARI

BOSHLANISHINING DASTLABLI DAVRI

Xalmatova Komila Shuxrat qizi,

JIDU 2-bosqich talabasi E-mail:

komilaxalmatova@gmail.com

Annotatsiya

. O‘zbekistonning ayni damda mahalliy va xalqaro

maydonda olib borayotgan siyosati xorijiy davlatlar, xususan Yevropa Ittifoqi

bilan erkin iqtisodiy munosabatlarga imkoniyat yaratayabti. Mazkur maqolaning

maqsadi O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng Yevropa

Ittifoqi davlatlari bilan olib birgan integratsiyalashuv jarayonini tahlil qilish hamda

ikki davlat o‘rtasida yo‘lga qo‘yilishi nazarda tutilgan istiqbolli g‘oyalarni

o‘rganishdan iborat. Maqolaning ilmiy va amaliy dolzarbligi Yevropa Ittifoqining

O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini internalizatsiyalashda tutgan o‘rnini

o‘rganishdan iborat. Unda tarixiy, qiyosiy, event-tahlil va induksiya ilmiy

metodlaridan foydalanilgan. 1991-

yilda qabul qilingan “Sheriklik va hamkorlik

to‘g‘risidagi

shartnoma”

o‘zaro

iqtisodiy

aloqalarga

yo‘l

ochgan

bo‘lib,munosabatlarning keying davrida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistonni

markazlashtirilgan Sovet uslubidagi iqtisodiy tuzilishidan bozor iqtisodiyotiga

o‘tishiga, O‘zbekistonni 9-benefitisar davlat deb qabul qilin, u eksport qilgan

tovarlarga imtiyozli bojlarni joriy qilishga va inson kapitalini mustahkamlashga

qaratilagan loyihalarni amalga oshirishga sababchi bo‘ldi. Maqolaning ilmiy

ahamiyati unda zamonaviy xalqaro munosabatlarda Yevropa Ittifoqi-

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha eng yangi bilimlar tahlil qilinganidan iborat.

U soha mutahasisslari va ilmiy izlanuvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Kalit so‘zlar.

Yevropa Ittifoqi, O‘zbekiston, integratsiya, istiqbolli

g‘oyalar, sheriklik, iqtisodiy hamkorlik

Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar Sovet

Ittifoqi qulashi fonida ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari asosida yo‘lga


background image

160

qo‘yildi. Mustaqillikka erishgandan so‘ng, Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan

O‘zbekiston, markazlashtirilgan Sovet uslubidagi iqtisodiyotdan bozor

iqtisodiyotiga o‘tqazishda jiddiy muammolarga duch keldi [1]. Bularga javoban,

Yevropa Ittifoqi mintaqadagi iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash uchun

moliyaviy va texnik yordam berdi. 1991-

yildan beri kuchda bo‘lgan “Sheriklik va

hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma” o‘zaro aloqalarning ustuvor yo‘nalishlarini

belgilab bordi [2]. Hozirgi kunda O‘zbekistonning mahalliy va mintaqaviy

siyosatidagi yangicha dinamika davlatl

ar o‘rtasidagi aloqalarning yangi

bosqichiga yo‘l ochadi. Shubhasiz, zamonaviy dunyoda sodir bo‘layotgan

geosiyosiy kelishmovchiliklar bu jarayonlarga ta’sir etmay qolmaydi. Shuning

yuzasidan, bu maqola o‘zaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish yo‘lini va

amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan istiqbolli loyihalarni o‘rganishni ko‘zda

tutadi.

Iqtisodiy hamkorlikning boshlanishi

Mustaqillikning birinchi kunlaridanoqYevropa Ittifoqi O‘zbekiston

Respublikasi bilan diplomatil aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Ikki davlat o‘rtasida

“Anglashuv

Memorandumi”

imzolanib,

bu

hujjat

ikki

tomonlama

munosabatlarga huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi [3]. Yevropa Ittifoqi o‘zaro

iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish uchun Post-Sovet hududida joylashgan

davlatlar bilan “Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma” ni imzoladi.

Ushbu shartnomaga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi ushbu davlatlarni ochiq bozor

iqtisodiyotini qurishda va tadbirkorlik uchun sog‘lom muhit yaratishda qo‘llab-

quvvatlaydi hamda savdo aloqalarini yaxshilash uchun moliyaviy yordam

ajratadi [4]. Yaqindagina mustaqillikka erishgan O‘zbekiston uchunbu

shartnoma katta ahamiyatga ega bo‘lib, ichki va tashqi iqtisodiy siyosatni

shakllantirishda yordam berdi.


background image

161

TACIS

O‘zaro aloqalarning keyingi yillarida Yevropa Ittifoqi Mustaqil Davlatlar

Hamdovstligi davlatlariga texnikaviy yordam berishni nazarda tutgan TACIS

(Technical Assistance to Commonwealth of Independent States) loyihasini

amalga oshirdi va O‘zbekiston han bevosita ushbu loyihaning ishtirokchisga

aylandi [5].Bu loyiha yaqindagina mustaqillikka erishgan davlatlar (NIS) va

Yervopa Ittifoqi o‘rtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalarni mustahkamlashni ko‘zda

tutgan bo‘lib, davlatlarning bozor iqtisodiyoti va demokratik jamiyatga

aylanishiga yordam berdi. O‘zbekiston TACIS bilan olib borilayotgan

islohotlarga ehtiyotkorlik bilan yondashdi.

1996- yilga kelib yalpi ichki mahsulotning pasayishi 2 foizgacha qisqartirildi,

davlat tomonidan boshqariladigan korxonalarning 80 foizi xususiylashtirildi [6].

Xalqaro Valyuta Fondi yangicha shakllanayotgan iqtisodiy muhitga

ko‘maklashish uchun 258 million yevro miqdorda mablag‘ ajratdi [5]. 1996-

1999-

yillarda asosiy e’tibor makroiqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va

hukumatning sektorlraro siyosatini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi. Iqtisodiy va

instotutsional refirmatsiyalar, agrosanoat, energiya va telekommunikatsiya

infrastrukturasi tayanch yo‘nalishlar sifatida tanlab olindi. Dasturni amalga

oshirish uchun 57 million yevro ajratildi va undan 22 million yevro 1996-

1997-

yillardagi faoliyatga yo‘naltirildi.

1993-

yilda loyiha hech qanday moliyalashtirilmagan bo‘lsada, 1996-

yilda jami 28 million yevro investitsiya sanab yuqorida sanab o‘tilgan sohalarga

ajratildi. Davlat boshqaruvi islohoti, ijtimoiy xiznatlar va ta’lim asosiy e’tibor

ostidagi soha b

o‘lib, keying o‘rinlarda agrosanoat va energiya 5 yillikdagi muhim

yo‘nalishlardan

bo‘ldi.

Yadroviy

xavfsizlik

va

atrof-muhit

hamda

telekommunikatsiya sohalari eng kam moliyalashtirilgan loyihalarni o‘z ichiga

oldi.


background image

162

TRACECA

1993-yil BrusseldaYevropa Ittifo

qi hamda O‘rta Osiyo va Janubiy

Kavkaz mintaqasi davlatlari o‘rtasida TRACECA (Transport Corridor Europe-

Caucus-

Asia) loyihasiga asos solish bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tdi [6].

Loyiha Yevropa-

Xitoy savdo yo‘li yratish uchun yuqorida sanab o‘tilgan

hudu

dlar orqali uzilmagan temiryo‘l korridorini qurishni o‘z oldiga maqsasd qilib

qo‘yadi. O‘zbekiston uchun ushbu iqtisodiy aloqalarning o‘rnatilishi siyosiy va

iqtisodiy suverenitetini yanada mustahkamlab olishi va xalqaro savdoga

bevosita ishtirokchi sifati

da qatnashishi uchun zamin yaratdi. Bu transport yo‘li

o‘z navbatida TRACECA davlatlari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni qo‘llab-

quvvatladi va xalqaro moliyaviy markazlar orqali mintaqaviy resurslarni

rag‘batlantirdi. O‘zbekiston hududidan temiryo‘lning umumiy hisobda 1698

kilometri o‘tgan bo‘lib, liniyalarning uzunligi bo‘yicha Qozog‘istondan keyin

ikkinchi o‘rinda bo‘ldi [3]. O‘zbekiston ushbu yo‘l orqali asosan paxta

transportarsiyasiga qiziqish bildirdi. Jami 105 ming tonna paxta xorijiy davlatlar,

jumladan, Yevropa Ittifoqiga eksport qilindi. Munosabatlarning keying

davrlarida O‘zbekiston TRACECA loyihalaridan sezilarli uzoqlashdi [7].

Xulosa

Yuqorilardan kelib chiqib, quyidagilarni xulosa qilishimiz mumkin.

Birinchidan, Yevropa Ittifoqi mustaqil O‘zbekistonning dastlabli iqtisodiy

hamkorlaridan bo‘ldi.

Ikkinchidan, iqtisodiyotning Post-Sovet uslubidan bozor iqtisodiyotiga

o‘tishida Yevropa Ittifoqining xissasi katta bo‘ldi.

Uchinchidan, Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston Respublikasining mintaqa

hududidagi va

xalqaro maydondagi davlatlar bilan o‘zaro iqtisodiy aloqalarini

mustahkamlashga amaliy yordam berdi.


background image

163

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Mamuka Tsereteli, “The Economic Modernization of Uzbekistan”,

Silk Road Paper, 2018.

2.

Dauren Aben and Kanat Makhanov, “Uzbekistan’s Path to

Enhanced Partnership with the European Union”, Eurasian Research Institute

Press, 2020.

3.

Khaydarali Yunusov, “Partnership and Cooperation

Agreements of the European Union with Central Asian Countries”, Studii

Europene.

https://nbn-resolving.org/urn:nbn:de:0168-ssoar-418806

4.

Alexander Frenz, “The European Commison’s TACIS

programme”,

2018.

https://www.osce.org/files/f/documents/2/1/33459.pdf

5.

Nargiza Murzatolieva and Emilbek Dzhuraev, “The EU strategy

on

Central

Asia”,

2020.

https://library.fes.de/pdf-

files/bueros/bischkek/16168.pdf

6. European Comission: The TACIS Programme, Annual Report,

1997.

https://eur-lex.europa.eu/legal-

content/EN/TXT/PDF/?uri=CELEX:51996DC0345&from=DE

7.

S.Frederick Star and Svante E. Cornell, “The EU and Central Asia:

Developng Transport and Trade”, Analytical Articles, 2015.

8.

Хамедов, И. "Открытость государственного управления как

принцип и механизм." Жамият ва бошқарув 2 (2013).

9.

Хамедов,

Иса.

"Некоторые

вопросы

дальнейшей

демократизации и модернизации государственной власти и управления и

административно-правового обеспечения этих процессов в Республике

Узбекистан." Общество и управление 1.1 (2013): 14-25.

Библиографические ссылки

Mamuka Tsereteli, “The Economic Modernization of Uzbekistan”, Silk Road Paper, 2018.

Dauren Aben and Kanat Makhanov, “Uzbekistan’s Path to Enhanced Partnership with the European Union”, Eurasian Research Institute Press, 2020.

Khaydarali Yunusov, “Partnership and Cooperation Agreements of the European Union with Central Asian Countries”, Studii Europene. https://nbn resolvinq.Org/um:nbn:de:0168-ssoar-418806

Alexander Frenz, “The European Commison’s TACIS programme”, 2018.https://www.osce.Org/files/f/documents/2/1/33459.pdf

Nargiza Murzatolieva and Emilbek Dzhuraev, “The EU strategy on Central Asia”, 2020. https://library.fes.de/pdf-files/bueros/bischkek/16168.pdf

European Comission: The TACIS Programme, Annual Report,1997. https://eur-lex.europa.eu/leqal-content/EN/TXT/PDF/?uri=CELEX:51996DC0345&from=DE

S.Frederick Star and Svante E. Cornell, “The EU and Central Asia: Developng Transport and Trade", Analytical Articles, 2015.

Хамедов, И. "Открь1тость государственного управления как принцип и механизм.” Жамият ва бошқарув 2 (2013).

Хамедов, Иса. "Некоторью вопрось! дальнейшей демократизации и модернизации государственной власти и управления и административно-правового обеспечения этих процессов в Республике Узбекистан." Обьцество и управление 1.1 (2013): 14-25.