https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
319
ICHKI ISHLAR ORGANLARI SURISHTIRUVCHI VA
TERGOVCHILARINING KASBIY-HUQUQIY ONGINING HOLATI.
IIV Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, kapitan
Xamraev Jasur Qudrat o‘g‘li.
Annotatsiya. Maqolada surishtiruvchi va tergovchilarning kasbiy huquqiy
ongini shakllanishidagi muammolarning tahlili ilmiy tahlil qilinib amalga
oshirilgan islohotlarning dastlabki tergov tizimining shakllanishidagi
ilmiy
tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganishga
alohida e’tibor qaratiladi.
Kalit so‘zlar. Ilmiy tadqiq qilish, tadqiqot metodlari, dastlabki tergov
faoliyati, tergovchi, surishtiruvchi, demografik xususiyatlar, huquqiy tartibga
solish.
Аннотатсия. В стате осуществляется научный анализ проблем
формирования профессионално-правового сознания дознавателей и
следователей, а также особое внимание уделяется изучению научных
исследований, проводимых в рамках реформ, как объекта научного
исследования при формировании первоначалной системы расследования.
Ключевые слова. Аучное исследование, методы исследования,
началная
следственная
деятелност,
следовател,
дознавател,
demograficheskie xarakteristiki, правовое регулирование.
Annotation. The article provides a scientific analysis of the problems of
forming the professional-legal consciousness of investigators and detectives, with
special attention given to studying the scientific research conducted within the
framework of reforms as the object of scientific research in the formation of the
initial investigative system.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
320
Keywords. Scientific research, research methods, initial investigative
activities, investigator, detective, demographic characteristics, legal regulation.
Huquqiy ong holati muammosi davlat va huquq nazariyasi fanida
o‘rganiladigan asosiy masalalardan biridir. Ushbu masala yuzaidan bir qancha
olimlar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Xususan, A.K.Uledov ijtimoiy ong bir
butun sifatida va o‘zining individual ko‘rinishlarida doimo nimanidir boshdan
kechiradi, ya’ni ma’lum bir holatni namoyon bo‘ladi deb hisoblagan. Unga ko‘ra
odamlar faoliyatiga alohida siyosiy, huquqiy, axloqiy va boshqa g‘oyalar va
qarashlar emas, balki ularning uyg‘unligi bevosita ta’sir ko‘rsatadi
. Shunday
mazmundagi qarashlardan bir, X.T.Odilqoriev tomonidan bildirilgan. Uning
fikricha huquqiy ong deganda, kishilarning huquq haqidagi tushuncha va
bilimlarga ega bo‘lishi, shuningdek huquq borasidagi tasavurlarning inson ongida
aks etishi tushunilib, ijtimoiy ongning shakillaridan biridir. Demak, hayotning
sohalari g‘oyat xilma-xil bo‘lib, ularning xar biri jamiyat ijtimoiy ongida diniy,
siyosiy, huquqiy, axloqiy va boshqa aniq shakillarida namoyon bo‘ladi
Ushbu masala bilan chambar-chas bog‘liq gipoteza Ichki ishlar organlari
surishtiruvchi va tergovchilarining kasbiy-huquqiy ongi holatini o‘rganish
xisoblanadi. Ularning kasbiy huquqiy ongi holatining nazariy jihatini birinchi
marta P. P. Baranov tomonidan taqdim etilgan va bu muammoni hal qilishda
yondashuvlarning ko‘pligiga e’tibor qaratildi
. Shunga qaramay Ichki ishlar
organlari surishtiruvchi va tergovchilarining kasbiy huquqiy ongining holati
(alohida individual ko‘rinishda yoki ommaviy ko‘rinishda) yetarli darajada
o‘rganilmagan. Bu masalaga tegishli bir qancha ma’lumotlar qoida tariqasida
mavjud bo‘lsada, umumlashtirilmagan. Ushbu ma’lumotlarni bugungi kunda
ommaviy axborot vositalarida, IIOning idoraviy xujjatlari: hisobotlar, xizmat
1
Uledov A.K. //
Jamoat ongining tuzilishi. Moskva 1968 yil. 256 – 257 bet.
2
X.T.Odilqoriev
// Davlat va huquq nazariyasi // darslik: Adolat-2021 yil 273-bet.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
321
tekshiruvlarida, prokuratura organlariga tegishli xujjatlarda, jinoyat ishlari va
sudning hukm yoki ajrimlarida ko‘rishimiz mukin.
Bizningcha, agar huquqiy ongning asosiy tuzilmasini tashkil etuvchi asosiy
elementlarning holatini tavsiflovchi ma’lumotlarga, tergov faoliyatining
xususiyatlari, shuningdek, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati to‘g‘risidagi
ma’lumotlarga asoslanilsa tergov faoliyati xodimlarining kasbiy huquqiy ongining
holati to‘g‘risida etarlicha, to‘liq, tizimlashgan va ob’ektiv fikrlarni shakllantirish
mumkin. Bu holda nazariy va amaliy qiymatdagi quyidagi ma’lumotlarni
quydagicha tizmizlashadi:
—
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti va
uning quyi tizilarida xizmat olib borayotgan surishtiruvchi tergovchilarning
xizmatga oid umumiy tavsifi;
—
Tergov faoliyati xodimlarining Ichki ishlar organi xodimi sifatida
huquqiy savodxonligining sifati;
—
Tergov faoliyati xodimlarining mavjud yuridik institutlarga bo‘lgan
munosabati;
—
Surishtiruvchi va tergovchilarning huquqiy dunyoqarashining
mazmuni.
Ushbu tadqiqotning ilmiy o‘rganish maqsadiga muvofiq IIV Tergov
boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan tergov faoliyati
xodimlarining 2018-2023 yillardagi ijtimoiy-demografik xususiyatlarini tahlil
qilish lozim. Tadqiqot davomida 400 ga yaqin surishtiruvchi va tergovchila bilan
ijtimoiy so‘rov o‘tkaziladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov
departamenti va uning quyi tizilarida xizmat olib borayotgan surishtiruvchi
tergovchilar umumiy sonining salmoqli qismini tashkil etdi. Tadqiqot davomida
olingan ma’lumotlar bizga quyidagi xususiyatlarni qayd etish imkonini beradi.
Surishtiruvchi va tergovchilarning sodir etilgan va tergov qilingan jinoyatlar
soniga nisbatan ish yuklamasi katta ekanligiga qaramay, surishtiruvchi yoki
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
322
tergovchi kasbini keng tarqalgan kasb deb e’tirof etib bo‘lmaydi. Chunki ushbu
ma’suliyatli kasb bo‘yicha qo‘yiladigan talablar shunchalik kattaki, tizimni kadrlar
bilan ta’minlash, tanlash va joylashtirishda qiyinchiliklar mavjud.
Amaldagi qonunchilik xujjatlari va surishtiruvchi va tergovchi lavozimining
masuliyatini inobatga olgan holda ushbu lavozimga faqat oliy yuridik ma’lumotga
ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarigina tayinlanadi.
Ichki ishlar organlarii tergov faoliyati uchun oliy ma’lumotli huquqshunos
kadrlarni tayyorlash O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining 2004
yil 19 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari faoliyatini yanada
takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni va uning asosida qabul qilingan O‘zbe-
kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-sentyabrdagi
«O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida ichki ishlar idoralariga
mutaxassislar tayyorlovini takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi qarori bilan
IIV Akademiyasida “Tergov faoliyati” mutaxasisligi bo‘yicha yo‘lga qo‘yildi
Vaholanki, Toshkent shaxar IIBB Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘limlarida
xizmat olib borayotgan surishtiruvchi va tergovchilarning 66 foizi IIV
Akademiyasi yohud HMQOlarning ta’lim muassasalarini tugatgan. Qolgan qismi
esa fuqarolik ta’lim muassasalarini tahsil olgan. Ushubu omil Ichki ishlar organlari
surishtiruvchi va tergovchilarning kasbiy-huquqiy ongining holati to‘g‘risida
umumiy tushuncha yuzaga kelishiga alohida omil bo‘ladi.
Ichki ishlar organlari surishtiruvchi va tergovchilarning kasbiy huquqiy
ongiga ta’sir qiluvchi kadrlar bilan ta’minlash bilan bog‘liq yana bir omil ularning
yoshi yoki ish staji bilan bog‘liq ko‘rsatgichlardir. Yoshi bo'yicha organlarning
tergov bo'linmalarining tergovchilari Ichki ishlar organlari xodimlarining
aksariyati qirq yoshdan oshmagan. Misol uchun, tadqiqot davomida Toshkent
shaxar IIBB Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘limlarida xizmat olib
borayotgan surishtiruvchi va tergovchilarning o‘rtacha yoshi yoshni, xizmatdagi
4
“
IIV Akademiyasi tarixi” IIV Akademiyasi-2018 y
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
323
ish tajribasi muddatiga, e’tibor qaratiladi. Bundan kelib chiqadi yosh pasayishi
tendensiyasi xam kasbiy-huquqiy ong shakillanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Umuman olganda, taqdim etilgan ma’lumotlar bugungi kunda surishtiruvchi
yoki tergovchi kasbining ayrim xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Xususan:
uning past tarqalganligi, yuqori ijtimoiy ahamiyatga egaligi, tergovchilarning
ma’naviy va tashkiliy fazilatlariga qo‘yiladigan yuqori talablar, tergov
faoliyatining murakkabligi va intensivligi.
Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi surishtiruvchi va tergovchilarining
yurisdiksiyasiga umumiy jinoyat ishlarning askariya qismi (taxminan 75 foizini)
bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshiradi
. Ma’lumot uchun 2023-yilda
mamlakatda 104 096 ta jinoyat ro‘yxatga olingan bo‘lib
qismni ichki ishlar organlari surishtiruvchi va tergovchilari tomonidan tergov
xarakatlari amalga oshirilgan. Ushbu raqamlar tergovchi va surishtiruvchilarning
ish yuklamasi va kadrlarni lavozimga tayinlash maslasi dolzar ekanligidan dalolat
beradi.
Tergov amaliyotida tergovchilarning protsessual mustaqilligini cheklash
tendentsiyasi sezilarli darajada kuzatiladi. Jinoyat-protsessual kodeksiga asosan,
surishtiruvchi va tergovchilar o‘z ish yurituviga qabul qilingan ishlar bo‘yicha
tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish to‘g‘risida yozma topshiriqlar berish huquqiga
ega.
Ammo xizmat bo‘yicha surishtiruvchi va tergovchilar ichki ishlar bo‘limi
boshlig‘iga bo‘ysunadi. Bundan kelib chiqadiki jinoyat protsessual qonunining
surishtiruvchi tergovchining vakolati to‘g‘risidagi qonun talablari amalda
bajarilishiga to‘siqlar mavjud.
Shuni xam ta’kidlash joizki tizimdagi surishtiruvchi va tergovchilarga Ichki
ishlar organi boshlig‘i va uning o‘rinbosaridan tashqari tergov bo‘limi boshlig‘i va
prokuror tomonidan nazorat qilinadi. Qonun chiqaruvchi tomonidan ularning
5
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi // Toshkent-2023. 248 – 250 bet.
6
https://senat.uz/oz/events/post-1844
7
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi // Toshkent-2023. 19 – 22 bet.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
324
raxbarlik qilishi amaldagi jinoyat protsessual kodeksi bilan mustahkamlangan.
Masalan, prokurorning shaxsni ayblanuvchi sifatida jalb qilish, jinoyatning
kvalifikatsiyasi va ayblov va ayblanuvchilar doirasi, ishni sudga chiqarish yoki
jinoyat ishini tugatish masalalari hal qilish bo‘yicha protsessual vakolatlari mavjud.
Bunday holatda surishtiruvchi va tergovchilar o‘z ish yurituvidagi jinoyat ishlari
bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda qarshilik bildirishi mukin. Ammo amalda,
shaxsiy tajribamva sotsiologik so‘rov natijalariga ko‘ra shuni ko‘rsatadiki, Ichki
ishlar organlarining surishtiruvchi va tergovchilari prokurorga e’tiroz bildirishga
jur’at etolmaydilar. Bunday holatda, surishtiruvchi va tergovchilari o‘zini prokuror
yordamchisi kabi uning fikrini ma’qullashni lozim topadi.
Ichki ishlar organlari rahbariyatiga tashkiliy jihatdan bo‘ysungan holda
(bunday bo‘ysunish IIOlari bilan ma’lum psixologik va ideologik birlikni nazarda
tutadi), tergov faoliyati xodimlari tashqi tomondan huquqni muxofaza qilish
faoliyatida yakkaboshchilik prinsipi sifatida namoyon bo‘ladi. Ya’ni,
surishtiruvchi va tergovchilar boshqa ichki ishlar organlari xodimlari kabi maxsus
atributlarga ega bo‘lgan formali kiyim-bosh kiyib yuruvchi, maxsus vakolat va
imtiyozlaridan foydalanish bilan bir paytda ichki ishlar organlarining zimmasiga
qo‘yilgan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy
va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan, qonun
ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashdan, shuningdek
huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini amalga oshirishi belgilab
qo‘yilgan
. Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun tergov faoliyati xodimlari
hududiy IIO rahbariyatiga bo‘ysunishi shart. Ushbu qoida O‘zbekiston
Respublikasining 2016-yil 16-sentyabr kunidagi 407-sonli “Ichki ishlar organlari
to‘g‘risida” gi qonuni va boshqa bir nechta qonun osti hujjatlari bilan
mustahkamlangan.
8
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 21.09.2024 y., 03/24/963/0735-son
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
325
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, Ichki ishlar organlari surishtiruvchi va
tergovchilari faoliyati asosini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual
kodeksi tashkil etib, ularning jinoyat-protsessual qonunidagi vazifalari jinoyatlarni
tez va to‘la ochishdan, jinoyat sodir etgan xar bir shaxsga adolatli jazo berilishi
xamda, aybi bo‘lmagan xech bir shaxs javobgarlikga tortilmasligiva hukm
qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etishdan xamda qonunining to‘g‘ri tadbiq
etilishini tamminlashdan iborat.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
326
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasi; T;O‘zbekiston - 2023
2.
O‘zbekiston Respublikasi Jnoyat-protsessal kodeksi. T; Adolat - 2023
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 aprel kuni “Ichki
ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi kunidagi PQ-2898-sonli qarori.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabr kuni
“Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat
jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”dagi PF-257-son farmoni.
5.
X.T.Odilqoriev// Davlat va huquq nazariyasi darslik: Adolat-2021 yil.
6.
Аверченко А.К., Серов Д.О // Организатсия следственного
аппарата России: история и современност. // Вестник 2006 йил.
7.
IIV Akademiyasi tarixi” IIV Akademiyasi-2018 y
8.
http://lex.uz (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi) sayti