Авторы

  • Junaydullayeva Mahliyo O’ktam qizi

Биография автора

  • Junaydullayeva Mahliyo O’ktam qizi

    Farg’ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi “Maxsus fanlar”kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99524

Ключевые слова:

Kalit so’zlar:Ob’ektiv tekshiruv Sub’ektiv tekshiruv UTT perinatal neonatal Keywords: Objective examination Subjective examination

Аннотация

Annotatsiya:Ushbu maqolada homiladorlarda skrining tekshiruvining ahamiyati, o’tkazilish vaqti va maqsadi  haqida aytib o’tilgan va muallif tomonidan tavsiyalar berilgan.

Annotation: This article discusses the importance, timing and purpose of screening tests in pregnant women, and the author provides recommendations.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

250

HOMILADORLARDA SKRINING TEKSHIRUVINING

AHAMIYATI

Junaydullayeva Mahliyo O’ktam qizi

Farg’ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

“Maxsus fanlar”kafedrasi o’qituvchisi

Annotatsiya:Ushbu maqolada homiladorlarda skrining tekshiruvining

ahamiyati, o’tkazilish vaqti va maqsadi haqida aytib o’tilgan va muallif

tomonidan tavsiyalar berilgan.

Kalit so’zlar:Ob’ektiv tekshiruv, Sub’ektiv tekshiruv, UTT, perinatal,

neonatal

THE IMPORTANCE OF SCREENING TESTS IN PREGNANT

WOMEN

Annotation: This article discusses the importance, timing and purpose of

screening tests in pregnant women, and the author provides recommendations.

Keywords: Objective examination, Subjective examination, UTT, perinatal,

neonatal

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda onalar va bolalar salomatligini asrash borasida

keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, sog‘lom avlod tug‘ilishi

uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan zamonaviy perinatal markazlar

hamda skrining xizmatlari takomillashtirildi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

251

Homiladorlikning dastlabki uch oyida ayollarni ommaviy tekshirish va xavf

guruhiga kiradigan homilador ayollarda genetik sindromlarni biokimyoviy

tekshirishni bosqichma-bosqich joriy etish orqali homilada tug‘ma va irsiy

kasalliklarning oldi olinmoqda.

Homilador ayollar qanday skrining tekshiruvlaridan o‘tishlari zarur? SSV

matbuot xizmati shu savolga batafsil javob

berdi

.

Prenatal, ya’ni tug‘ruqqacha skrining tekshiruvlari samaradorligini oshirish

hamda homilaning sog‘lig‘i va bolalar yashab ketishiga imkon bermaydigan

tug‘ma nuqsonlar va irsiy (xromosom) kasalliklar bilan tug‘ilishining oldini olish

maqsadida homilador ayollar ikki bosqichdan iborat bo‘lgan prenatal skrining

tekshiruvlaridan o‘tkaziladi.

B

irinchi bosqichdagi tug‘uruqqacha skrining tekshiruvlarida barcha

homilador ayollar ommaviy ultratovush tekshiruvidan o‘tkaziladi va uning


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

252

natijasida homilada tug‘ma nuqsonlar aniqlangan homilador ayollar “xavf

guruhi”ga kiritiladi.

“Bunday tekshiruvlar uch marotaba tuman (shahar) markaziy ko‘p tarmoqli

poliklinikalarining perinatal skrining xonasida amalga oshiriladi. Bunda birinchi

marotaba homiladorlikning 10 – 14 haftasida, ikkinchi marotaba 16 – 20 haftasida

boladagi tug‘ma nuqsonlarni aniqlash maqsadida; uchinchi marotaba esa 28 – 32

haftasida, kech namoyon bo‘ladigan tug‘ma nuqsonlarini aniqlash va homilaning

funksional holatini baholash uchun o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, “xavf guruhi”ga kirgan

homilador ayollar homilaning 16 – 20 haftasida Respublika ixtisoslashtirilgan ona

va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ona va bola skrining

bo‘limining hududiy filiallarida ikkinchi bosqichdagi perinatal tekshiruvlardan

o‘tkaziladi. Bunda ayol hududiy skrining markaziga poliklinikadan yo‘llanma va

avvalgi perinatal ultratovush tekshiruvlari natijalari aks etgan tibbiy kartasidan

ko‘chirmani olib boradi”.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

253

Qo‘shimcha qilinishicha, skrining markazida ultratovush, biokimyoviy

skrining tekshiruvi va uning natijasiga muvofiq homilaning xromosom sindromlar

bilan tug‘ilish xavfi darajasi yuqori bo‘lgan homilador ayollarda invaziv tekshiruv

(xorionbiopsiya, platsentotsentez, kordotsentez) usullari, keyinchalik esa homila

hujayralarini genetik tahlili va boshqa tekshiruvlar o‘tkaziladi.

“Ikkinchi bosqichdagi perinatal skrining tekshiruvi natijasida homilador

ayolga tibbiy-genetik xulosa beriladi.

“Homilada tug‘ma rivojlanish nuqsonlari va irsiy (xromosoma) kasalliklar

mavjud bo‘lganda homilador ayol tibbiy-genetik xulosa bilan tegishli poliklinikaga

yuboriladi. Ushbu tibbiy-genetik xulosa ko‘rib chiqish uchun tuman (shahar) ko‘p

tarmoqli markaziy poliklinikalarining Tibbiy-maslahat komissiyasiga taqdim

etiladi.

Komissiya homilador ayol va uning yaqin qarindoshlariga perinatal skrining

tekshiruvlari natijalari to‘g‘risida, homilada mavjud tug‘ma rivojlanish nuqsonlar

borligi, tug‘ilgandan so‘ng chaqaloqning sog‘lig‘i va hayotiga taʼsiri, davolash

usullari va ular bilan bog‘liq xavf-xatar darajasi, qo‘llash mumkin bo‘lgan tibbiy

muolajalar va ularning oqibatlari hamda davolash natijalari haqida to‘liq axborot

beradi.

Shundan keyingina homilador ayol va uning yaqin qarindoshlari o‘zlari

maʼqul deb topgan qarorni qabul qilishadi.

Shu o‘rinda barcha “tibbiyot brigadalari” tarkibiga qo‘shimcha doya shtatlari

ajratilgani ham skrining jarayonini tashkil qilishni yengillashtirganini taʼkidlab

o‘tmoqchimiz. Tuman va shahar perinatal skrining xonalarida soatma-soat grafik

tuzilgan bo‘lib, patronaj doyalar homilador ayolni rejaga muvofiq skrining

tekshiruviga boshlab keladi va tekshiruv xulosasini hududiy polikinikaning tegishli

mutaxassisiga yetkazadi”.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

254

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.YA.N. Allayorov.”Onalikda hamshiralik parvarishi” Toshkent 2012

2.YA.N. Allayorov “Akusherlik” Toshkent, 2008

3.M.F. Ziyaeva, G.Mavlonova “Ginekologiya” Toshkent, 2007.

Qo‘shimcha adabiyotlar:

4.YA.N.Allayorov “Reproduktiv salomatlik va kontratseptiv texnologiya”

Toshkent , “Istiqlol” nashriyoti 2005 yil.

5.A.A. Qodirova, M.X.Kattaxo‘jaeva “Akusherlik amaliyoti”,Toshkent,

2001

6.R.Xo‘jaeva, X.Saburov. “Homiladorlik ayol va emizikli onaning hayot

tarzi” Toshkent, 1991 yil.

7.V.I.Bodyajina, “Akusherlik” Meditsina, 2000.

8.N.E.Kretova, L.M.Smirnova ''Akusherlik va ginekologiya'' Toshkent

“Ibn Sino” nomidagi nashriyoti 1991 yilA.

9.P.Kiryushchenko, X.S.Saburov “Akusherlik seminari” Meditsina 1984 y

10.YA.N.Allayorov “Akusherlik va ginekologiya fanidan test savollari va

masalalar to‘plami». Toshkent. 1996 y.

11.A.A.Qodirova , V.E. AshurovaM.X. Kattaxo‘jaeva, D.A. Abdullaeva

“Akusherlikdagi jarrohlik amaliyoti». Toshkent. Ibn Sino nomidagi tibbiyot

nashriyoti. 1999 yil.

16.Internet saytlar:

www.Ziyonet

,