https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
49
VAQTNI QO‘RQITA OLADIGAN INSHOOTLAR
Abdujalilova Odina Norqul qizi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada Qadimgi Misrning hayratomuz tarixidan guvohlik
beruvchi piramidalar, ularning qurilish tarixi, xususiyatlari haqida so’z boradi.
Shuningdek, Misr ehromlari, uning tuzilishi, fir’avnlar faoliyati bilan bog’liq
ma’lumotlar mavjud adabiyotlar tahlili asosida yoritib berildi.
Kalit soʻzlar: Qadimgi dunyoning yetti mo’jizasi, Misr piramidalari, Joser,
Imxotep, Sakkara, Xufu, Menkavra, Sfinks, Napaleon Banopart, Tutamxamon .
Tarixdan ma’lumki, inson hayoti moʻjizalarga boy. Insonlarning nafas olishi,
hayot kechirishining oʻzi bir moʻjiza. Lekin, dunyoda shunday moʻjizalar borki, ular
insonlar qoʻli bilan yaratila turib, ming yillardan beri insonlarni hayratga solishni davom
etmoqda. Bularga misol qilib Olimp xudosi Zevs haykali, Aleksandr mayogʻi, quyosh
xudosini Gelios haykali, mabuda Artemida ibodatxonasi, Semiramida osma bogʻlari,
Galikarnas maqbarasi va ming yillar davomida yashab kelayotgan, vaqtdan qo
ʻrqmaydigan Misr piramidalarini ham aytish mumkin.
Piramidalar jahon meʼmorchiligining eng yorqin namunasidir. Ushbu piramidalar
uch, toʻrt va koʻp burchakli geometrik shaklda boʻlib, yuqoridan pastga qarab kengayib
boradi. Misrda piramidalar Qadimgi Podsholik davrida hukmdorlar va a’yonlar oʻzlari
uchun
toshdan
ulkan
sagʻana-ehromlar
qurdirganliklarining
bir
belgisi
hisoblanadi[Kabirov A., 46-b.].
Odatda piramidalarga firʼavnlar, uning oila-aʼzolari va davlat a’yonlari dafn
etilgan. Har bir davr uchun piramidalar insonlarni mahobati va kattaligi bilan insonlarni
lol qoldirgan hamda bu inshootlar fir’avn va amaldorlarning kuch-qudrati ramzi ham
boʻlgan. Misr aholining e’tiqodi
bo’yicha, piramidalarga fir’avnlarni
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
50
mumiyolab, oyoq yetmas, koʻz koʻrmas, “abadiy yotogʻida” saqlanishini ta’minlab,
ularning ruhini mangu yashashiga qat’iy ishonishgan [Kurshkol Y., 152-153 b.].
Tadqiqotlardan aniqlanishicha, piramida va sag‘analari qurish uchun I va II sulola
fir’avnlari qurdirgan mastobalar namuna boʻlgan. III sulola vakili boʻlgan Joserga
balandligi 60 metr boʻlgan piramida mastoba oʻrnida quriladi. Bu kichrayib borayotgan
olti ustma- ust qoʻyilgan mastoba boʻlgan.
Ma’lumotlarda keltirilishicha, Joser koʻp harbiy yurishlar olib boradi va xazina
to’playdi. Shunda uning yordamchisi Imxotep ismli shaxs toshlarni bir birining ustiga
taxlab zinapoyasimon inshoot vujudga keladi va uning taklifi bilan Joser tomonidan
ushbu inshoot qurilishiga buyruq beriladi. Bu inshoot 20 yil davomida quriladi. U qurib,
bitkazilgandan keyin Misrdagi eng baland inshoot boʻladi. Va bu inshoot Joserga juda
yoqadi va yordamchisi Imxotepdan juda mamnun boʻlgan. Hatto, an’analarga qarshi
chiqib ushbu inshootga oʻz ismi bilan birgalikda yordamchisining ham ismini yozgan
ekan. Ushbu inshoot oʻziga xos boʻlib uning 13 ta eshigi boʻlgan faqat bittasi haqiqiy,
qolganlari esa, soxta eshiklar boʻlib, haqiqiy eshik janubda joylashgan boʻladi [Rajabov
R. 62-b.]. Shunday ekan, bu soxta eshiklar ehromlar ichidagi ma’lum bir xazinani
dushmanlardan asrash uchun qoʻllangan.
Shu o’rinda, Joser piramidasi, uning tuzilishi va qurilishiga bir nazar soladigan
bo’lsak, bu piramida Sakkarada joylashgan. Memfis shahri yaqinida mil.avv. 2600-yilda
to’rtinchi sulola fir’avni Xufu qurdirgan maqbara o’zining ulkanligi va hashamati bilan
kishini lol qoldiradi. Ehromning tomonlari 250 metr bo’lib, uning atrofini aylanib
chiqish uchun sayyoh bir kilometr yo’l bosishi kerak. O’z davrida uning balandligi 150
metrdan ziyod bo’lib, hozirgi holati 146 metrdir. Manbalar ma’lumotiga qaraganda
piramidani qurish uchun ikki million uch yuz ming dona taroshlangan tosh ishlatilgan.
Ehromlarning xomashyosi bo’lgan toshlar Nil daryosining o’ng sohili bo’ylab
cho’zilgan arab qirlaridagi tosh konlaridan qazib olingan hamda silliqlanib, sollarga
ortilgan holda suv yo’li bilan olib kelingan. Ushbu toshlar pastda taroshlanib,
silliqlangan.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
51
Maqbara qurilishiga taroshlab tayyorlangan toshlarning eng kichigi ikki yarim
tonna, kattasi esa o’n besh tonnadan iborat bo`lgan. Yunon tarixchisi Gerodotning
yozishicha, bu ehrom maqbara 25-30 yil mobaynida qurilgan ekan. Uning qurilishida
100 mingdan ortiq kishi doimiy ravishda ishlagan. Maqbara toshlari silliqlanib bir-biriga
shunday zich qilib terilganki, toshlar oralig’iga Misrga tashrif buyurgan fransuz
imperatori Napoleon Bonapart qilichining tig’i ham sig‘magan ekan[Avdiyev., 228-b.].
Piramidalar Qadimgi Misr me’morchiligining eng noyob yodgorliklaridan biri
hisoblanadi. Olimlar Xufu maqbarasini dunyodagi yetti mo’jizaning biri hisoblaydilar.
Ehromlarni qurishda silliqlangan katta-kichik bahaybat tosh plitalarini yuqoriga sudrash
usuli bilan olib chiqilgan bo`lsa kerak. Shubhasiz, bu ishda me’morlar qo’l kuchi va
ishchi hayvonlar – hokizlardan foydalangan bo‘lsalar ajab emas.
Ehromlarga ishlatilgan ulkan toshlarni yuqoriga chiqarish masalasi olimlar
orasida turli bahslar kelib chiqishiga sabab bo`lgan. Fikrimizcha, toshlarni yuqoriga olib
chiqish uchun pastdan yuqoriga yo’g’on-yo’g’on to‘sinlardan foydalanilgan. To’sinlarni
yo’nib, silliqlab, unga yog‘, moy surilgan hamda toshlar sirg’antirish usuli bilan
yuqoriga chiqarilib joylashtirilgan bolishi mumkin.
Yana bir piramida haqida fikr yuritadigan bo’lsak, Xafra piramidasi Gizada
joylashgan boʻlib, u Xufu piramidasidan 8 metr kichik. Lekin Xafra piramidasi
yaxshiroq saqlangan. Bu esa oʻsha davrda toshtaroshlik yaxshiroq rivojlanganini
bildiradi. Uchinchi piramida Menkavra tomonidan qurilgan boʻlib, bu piramida
boshqalariga nisbatan xiyla kichik va balandligi atiga 66 metr. Menkavra hukmronlik
qilgan davr IV-sulola davriga toʻgʻri kelib, bu davrda fir’avnlarning moddiy resurslari
va hokimiyat kuchi tushkunlikka uchragan boʻlsa kerak. Ushbu uch piramida
hukmdorning yaqin qarindoshlari, urugʻ aymoqlari, davlat a’yonlari tomonidan qurilgan
maqbaralar bilan oʻrab olingan[Avdiyev., 228-229-b]. Bu juda katta “Oʻliklar shahri”
hozirgi vaqtda sinchiklab kovlangan boʻlib, undan topilgan narsalar bu davrdagi moddiy
madaniyati, sanʼati va tarixining yorqin manzarasini ochib berdi.
Yana bir barcha uchun qiziqarli ma’lumotga e’tibor qaratsak, Qadimgi Misrda
piramidalarga yilda ikki marta quyosh
nuri tushish hodisasi Abu Simbel
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
52
ibodatxonasida kuzatilgan. Ushbu moʻjizaviy hodisa faqatgina 22-fevral va 22-
oktabrda kuzatilgan. Shu kunlarda quyosh nurini toʻgʻridan-toʻgri Ramzes II haykaliga
tushadi. Bu sanalarda quyosh nuri tushish hodisasi bekorga boʻlmasdan 22-fevralda
Ramzes II taxtga oʻtirgan boʻlsa, 22 oktyabrda esa Ramzes II tugʻilgan[Rajabov R. 65-
b.]. Bu hodisa qadimgi Misrliklar yulduzlar va quyosh holatini mukammal hisob kitob
qilganini koʻrsatadi.
Misr ehromlari bilan bog’liq bo’lgan me’moriy qurilma bu sfinksdir. “Sfinksʼʼni
eshitganimizda Misrdagi Giza shahri yaqinidagi piramidalar yonida joylashgan Buyuk
Sfinksni tasavvur qilamiz. Aslida, sfinks qadimgi afsonalardagi maxluqdir. Yunonlar
uni ayol kishi boshi, sherning tanasi va qanotlar bilan tasvirlagan. Misrliklar uni erkak
kishining boshi va koʻkragiga ega qanotsiz sher sifatida tasavvur qilgan. Misr Sfinksi
dastlab Buyuk Piramida qurilishidan qolgan ulkan tosh boʻlgan. Keyinchalik bu toshdan
odam boshiga ega, balandligi 20 m, uzunligi esa 73 m boʻlgan ulkan sher
tarashlangan[Kabirov A., 49-50-b.]. Chamasi, sfinksda Misrning toʻrtinchi sulolasiga
mansub firʼavn Xafrenning yuzi aks ettirilishi kerak boʻlgan.
Qadimda sherlar Nil vodiysi ortidagi choʻlda yashagan. Ular kuchli va chiroyli
boʻlgani sababli misrlik haykaltaroshlar toshlardan ularning haykallarini tarashlab
yasab, ibodatxonalarni qoʻriqlashi uchun kirish joylariga qoʻygan. Keyinchalik,
sherning boshi oʻrniga firʼavn boshini yasay boshlashgan. Qadimgi Misrda firʼavnlar Ra
ismli Quyosh xudosining elchisi va vafot etganida, uning oʻzi Quyosh xudosiga aylandi,
deb hisoblangan. Shuning uchun Buyuk Sfinks firʼavnni piramidalarni qoʻriqlayotgan
Quyosh xudosi sifatida tasvirlaydi.
Buyuk Sfinksdan kattaroq sfinks boʻlmasa-da, koʻplab firʼavnlar oʻz tasvirlarini
sfinks shaklida qoldirgan. Bir holatda sfinks taxtni egallab olib, mamlakatni boshqargan
ayol - malika Xatshepsutning yuzi bilan yasalgan. Bu sfinks malika Xatshepsutning
kuchini aks ettirish uchun yuzi soqolli etib tarashlangan[
. internet
sayti].
Piramidalarning ichki qismi ham oʻziga xos tuzilgan boʻlib, u bir nechta
xonalardan iborat boʻlgan. Ularda
Firʼavn dafn etilgan xona alohida,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
53
kohinlar uchun ajratilgan ibodat qiladigan xona alohida shakllantirilgan. Firʼavn qizlari
uchun ajratilgan butxona ham alohida boʻlgan. Shuningdek, Piramidalar ichiga
Firʼavnlar boyliklari bilan dafn etiladi. Bu boyliklar keyinchalik talon-taroj qilingan.
Oradan vaqt oʻtib Yangi podisholik davridan piramidalar ham qurilmay qoʻyiladi.
Firʼavn Tutanxamon baland togʻ qoyasi o‘yilib ichiga dafn qilingan. Shu tariqa tog’larda
maqabaralar qurilishi yo’lga qo’yiladi. Bunday maqbalarni qurilishi piramidalarga
nisbatan ancha oson va ko’p mablag’ talab etmas edi. Yangi podsholikning fir’avini
Tutanxamonning kichik siyosiy tarixiga qaralsa, u 10 yoshida taxtga oʻtirib 19 yoshida
vafot etib, piramida qurishga ulgurmagan [
. internet
sayti].
Xulosa qilib shuni aytish mumkinmi, ushbu piramidalar toʻrt ming yil oldin
qancha insonlar mehnati natijasida qurilib, hozirda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.
Ushbu inshootlar hozirda Misr davlatining tashlif qogʻoziga aylangan. Olimlar
tomonidan hozirgi kunda Giza shahri atrofida 119 piramida borligi aniqlangan. Bu
piramidalarni koʻrish uchun juda koʻp turistlar tashrif buyuradi. Texnika taraqqiy
etmagan bu davrda shunday inshootlarning qurilishi shubhasiz moʻjiza edi. Shuning
uchun ham ushbu me’morchilik namunalari dunyoning yetti moʻjizasidan biriga aylandi.
Bu dunyo moʻjizalariga aylangan piramidalar qurilgandan buyon to hozirgacha boʻlgan
davrda insonlarni oʻziga jalb etib kelmoqda. Misrga tashrif buyurib, ushbu mahobatli
piramidalarni koʻrgan har bir kishi, unga doim hayrat bilan boqmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Avdiyev R. Qadimgi Sharq tarixi. Toshkent. 1964.
2. Krushkol Y. Qadimgi dunyo tarixi. Toshkent. 1974.
3. Kabirov A. Qadimgi Sharq tarixi. Toshkent. 2016.
4. Rajabov R. Qadimgi dunyo tarixi. Toshkent. 2009.
5.
. internet sayti.