Авторы

  • Ibrohimov Oyatilloh G‘ayratjon o‘g‘li

Биография автора

  • Ibrohimov Oyatilloh G‘ayratjon o‘g‘li

    Jizzax davlat pedagogika universiteti Tasviriy san’at va

    muhandislik grafikasi yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99553

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Farg’ona vodiysi Marg’ilon shahri Iskandar tovuq va non maysazor o’tzor Yunesko Xonliklar davri oriflar sandig’i.

Аннотация

         Annotatsiya. Ushbu maqolada Farg’ona vodiysining markaziy shaharlaridan biri sanaluvchi Marg’ilon shahri, uning paydo bo’lishi, etimologiyasi haqida so’z boradi. Marg’ilon shahrining qisqacha tarixi mavjud adabiyotlar tahlili va ma’lumotlari asosida, atroflicha yoritib berildi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

46

MARG‘ILON SHAHRI VA UNING TARIXIDAN LAVHALAR

Ibrohimov Oyatilloh G‘ayratjon o‘g‘li

Jizzax davlat pedagogika universiteti Tasviriy san’at va

muhandislik grafikasi yo’nalishi talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada Farg’ona vodiysining markaziy shaharlaridan biri

sanaluvchi Marg’ilon shahri, uning paydo bo’lishi, etimologiyasi haqida so’z boradi.

Marg’ilon shahrining qisqacha tarixi mavjud adabiyotlar tahlili va ma’lumotlari

asosida, atroflicha yoritib berildi.

Kalit so’zlar: Farg’ona vodiysi, Marg’ilon shahri, Iskandar, tovuq va non,

maysazor, o’tzor, Yunesko, Xonliklar davri, oriflar sandig’i.

Qo‘qon xonligi me’morchiligining o‘ziga xos tomonlarini ko‘rib chiqar ekanmiz,

bu mintaqaning qadim zamonlardan boshlab taraqqiy etgan madaniy maskanlardan biri

bo‘lganligini va teran me’mor chilik hamda shaharsozlik tarixiga ega ekanligini

ta‘kidlab o‘tmoq lozimdir. Qo‘qon xonligining shaharsozlik madaniyati miloddan

avvalgi II-I ming yilliklarga borib taqaladi. Jumladan, Elaton

Buzilmas, Olis Iskandariya (Aleksandriya Esxata), Oq tepa, Qul tepa, Munchoq tepa,

Mug‘ qal‘a, Ershi singari 2-3 ming yillik tarixni o‘zida mujassamlashtirgan shahar

xarobalarining qazib o‘rganilganligi bundan dalolat berib turibdi. Shuningdek Koson,

Quva, O‘zgan, Axsi shaharlari o‘rta asr tarixiy manbalarida ko‘p o‘rinlarda tilga

olinadi[To’pchiyev U. 2024. 24-b.].

Yuqorida keltirilgan shaharlar sirasidan yana biri Marg’ilon shahri bo’lib, uning

2007-yil xalqaro Yunesko qaroriga binoan, shaharning 2000 yillik tantanalari oʻtkazildi.

Margʻilon toʻgʻrisidagi dastlabki yozma maʼlumotlar X asrga taalluqli edi. Oʻsha

davrlarda shahar “Margʻinon” deb atalgan va keyinchalik har ikki nomi ham ishlatilib

kelingan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

47

Marg’ilon shahrining etimologiyasi haqida so’z yuritadigan bo’lsak, Margʻilon

nomining kelib chiqishi haqida aniq bir maʼlumot yoʻq. Ayrim toponimistlar “marg” —

“maysazor”, “oʻtzor”dan deb taxmin qiladilar. Bundan tashqari, Margʻilon “murg”, va

“yunon” soʻzlaridan degan mahalliy toʻqima rivoyat ham bor.

Tarixchi olim Is’hoqxon Ibratning “Tarixi Fargʻona” qoʻlyozma asarida

yozilishicha, shaharga 833-yilda asos solingan. Arxeologik topilmalar Margʻilon

oʻrnida milodiy asr boshlaridan aholi yashab kelayotganligini, X asrda u katta qishloq

boʻlganligini, XI-XII asrlarda esa shaharga aylanganligi tasdiqlamoqda

[

www.wikipedia.org

. internet sayti].

Sharqshunos olim V. V. Bartold “Moʻgʻullar istilosi davrida Turkiston” asarida

Qoraxoniylar davrida ham Margʻilon viloyatning bosh shahri hisoblanganligini qayd

etgan. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida Margʻilon Fargʻonadagi

8 ta shahardan biri ekanligi, shaharning obodligi, shirin mevalari haqida soʻz yuritilib,

uning „donayi kalon“ deb ataluvchi anori va „subhoniy“ navli oʻrigi maqtaladi[O‘rta

Osiyo me’moriy yodgorliklari.2011.78-b.].

Shaharning qadimgi qismida oʻtkazilgan arxeologik qazilmalar natijasida

Margʻilonga bundan 2 ming yil avval asos solinganligi aniqlandi. Mahalliy maʼlumotlar

boʻyicha, shaharning 12 darvozasi boʻlgan. Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan Margʻilon

aholisi qadimdan atlas toʻqish bilan shugʻullanib kelgan va shu tariqa uni jahonga

mashhur qilgan. Margʻilonning shoyi matolari Misr, Eron va Yunoniston, Qashgʻar

savdogarlari tomonidan koʻplab xarid qilingan. Shuningdek, Margʻilonda doʻppidoʻzlik,

misgarlik rivojlangan, shaharda vaqt-vaqti bilan tanga ham zarb qilingan. Ushbu

shaharning siyosiy tarixi haqida so’zlaydigan bo’lsak, shahar turli davrlarda Temuriylar,

Shayboniylar davlatlari, keyingi davrda Qoʻqon xonligi tarkibida boʻlgan. 1875-yilda

rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingan [

www.wikipedia.org

. internet sayti].

Afsonalarga koʻra, Margʻilonga Iskandar Zulqarnayn tomonidan asos solingan.

Aytishlaricha Zulqarnayn ovqatlangani toʻxtaganda, unga Murgʻ yaʼni “tovuq” va “non”

berilgan ekan va shundan Murgʻinon boʻlib shaharni nomi kelib chiqqan ekan. Lekin,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

48

boshqa ishonchliroq maʼlumotlarga qaraganda Margʻilon miloddan avvalgi IX asrda

Buyuk Ipak yoʻlidagi muhim shaharlardan boʻlgan.

XV asrda yashab oʻtkan vatandoshimiz va Boburiylar imperiyasining asoschisi

Bobur oʻzinig “Boburnoma” kitobida Marg’ilon „koʻp yaxshi narsalarga boy shahar.

Uning shaftolilari va anorlari ham koʻp yaxshidur“ deb yozgan. Boburning aytishicha

„Samarqandning va Toshkentning eng koʻzga koʻringan bezori va urishqoqlari

Margʻilonliklardir“[Davletov. 2022. 104-105-b.].

Xonliklar davri tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, 1710-1876-yillarda Qo’qon

xonligi davrida shahar Margʻilon bekligi markazi, xonlikning muhim strategik

ahamiyatga molik kenti boʻlgan. Margʻilon Podsho Rossiyasi hukmronligi davrida

Turkiston guberniyasi takibidagi, Farg’ona viloyati, Margʻilon uyezdi markazi boʻlgan.

Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak, Marg’ilon shahri Farg’onaning qadim va

navqiron shaharlaridan biri hisoblanib, 2000 yillik tarixiga egadir. Bu nomning ta’rifi va

tavsifiga ko’ra, so’nggi yillardagi tadqiqotlar bu shaharning ma’nosini mayzasor, o’tzor

nomlari bilan ta’riflaydilar. Marg’ilon shahri O’zbek davlatchiligi tarixida faoliyat

ko’rsatgan davlatlar tarixida munosib o’rin egallagan bo’lib, o’zining ma’naviy,

madaniy muhiti juda yaxshi shakllanganligi bilan tarixida qolgan. Zero, manbalarda

Margʻilonni „Sunduqul orifiyn“ ya’ni Oriflar sandigʻi deydilar. Bunga sabab esa, bu

shahardan juda koʻp olimu fuzalo, oriflarning chiqqanligidandir. Shaharda hamma

zamonlarda ham hunarmandchilik va savdo-sotiq sohalari yuksak darajada rivojlangan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Davletov S., Abdullayev M. O‘zbekistonning me’moriy yodgorliklari tarixi.

Toshkent. 2022.

2. To’pchiyev U. S. O’rta Osiyo me’moriy yodgorliklari. Jizzax. 2024.

3. O‘rta Osiyo me’moriy yodgorliklari – Vatanimiz tarixini o‘rganishning moddiy

manbalari (mutaxassis talabalar uchun fan majmuasi). Samarqand. 2011.

4.

www.wikipedia.org

. internet sayti