Авторы

  • Akramov Muhammadali Baxodirjon o‘g‘li

Биография автора

  • Akramov Muhammadali Baxodirjon o‘g‘li

    Jizzax davlat pedagogika universiteti Tasviriy san’at va

    muhandislik grafikasi yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99554

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Farg’ona vodiysi Andijon shahri Andi Adoq-yakun A. Muhammadjonov Boburnoma Andijon va Axsi Amir Temur va temuriylar davri Xonliklar davri.

Аннотация

         Annotatsiya. Ushbu maqolada Farg’ona vodiysining markaziy shaharlaridan biri sanaluvchi Andijon shahri, uning shakllanishi, etimologiyasi, davlatchilik tarixi tutgan o’rni haqida so’z boradi. Andijon shahri haqida atroflicha ma’lumotlar mavjud adabiyotlar tahlili asosida yoritib berildi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

43

ANDIJON TARIXI XUSUSIDA AYRIM MA’LUMOTLAR

Akramov Muhammadali Baxodirjon o‘g‘li

Jizzax davlat pedagogika universiteti Tasviriy san’at va

muhandislik grafikasi yo’nalishi talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada Farg’ona vodiysining markaziy shaharlaridan biri

sanaluvchi Andijon shahri, uning shakllanishi, etimologiyasi, davlatchilik tarixi tutgan

o’rni haqida so’z boradi. Andijon shahri haqida atroflicha ma’lumotlar mavjud

adabiyotlar tahlili asosida yoritib berildi.

Kalit so’zlar: Farg’ona vodiysi, Andijon shahri, Andi, Adoq-yakun, A.

Muhammadjonov, Boburnoma, Andijon va Axsi, Amir Temur va temuriylar davri,

Xonliklar davri.

Farg‘ona vodiysi ham O‘rta Osiyoning qadimdan odamlar istiqomat qilgan

manzillardan hisoblanadi. Miloddan avvalgi I minginchi yillar o‘rtasida ayni shu

yerlarda dastlabki shahar davlati vujudga kelgan. Parkana (Dovon) ana shunday davlat

birlashmalaridan bo‘lib, poytaxti Ershi bo‘lgan. Arxeolog olim V.M.Masson shu yerlar

iqtisodiy madaniy hayoti haqida fikr yuritib, bu yerda qo‘rg‘oshin, metal kabi rudalari

ko‘p bo‘lganligini ta’kidlab[To’pchiyev. 2024. 41-b.], bu mahsulotlar Turkmaniston,

Buxoro yerlaridagi jamoalar bilan tovar ayriboshlash asosini yaratganligini e’tirof etadi.

Farg’ona vodiysida ko’plab mashhur shaharlar bo’lib, ular orasida Andijon shahri

o’zgacha o’rin va e’tibor markazida turadi. Shahar toponomiyasi haqida turli

tadqiqodlar, har xil fikrlarni ilgari suradilar. Masalan, baʼzi manbalarda bu nom “andi”,

“azoq” urug’lari nomidan olingan deyiladi. Ammo, hozirgi kunda ko’plab olimlar yakdil

fikrga kelishdi. Jumladan akademik olim A. Muhammadjonov fikrlariga ko’ra,

“Andijon” nomi so’g’dcha “adoq”, yaʼni “yakun”, “oxir” va “kon” – “ariq”, “soy”

so’zlarining birlashuvidan kelib chiqqan[

www.wikipedia.org

. internet sayti].


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

44

Yaʼnikim “Adoqkon” degani “Soyning oxirida joylashgan yer” maʼnosini

anglatadi. Bu faraz hozirda o’z tasdig’ini topmoqda. Bilamizki, Andijon shahri

Andijonsoy yoqasida, qadimgi Oqbo’yra soyi oxirida joylashgan.

O’z navbatida bu hududda amalga oshirilgan tadqiqotlarga to’xtalsak,

Andijonning Ark qismida va Shahristonda olib borilgan arxeologik qazishlar natijasida

VII-VIII asrlarga oid buyumlarning topilishi uning Oʻrta Osiyodagi koʻhna shaharlardan

biri ekanligini tasdiqlaydi. Oʻrta asrlarda shahar Arki mudofaa devorlari bilan oʻrab

olingan[Davletov. 2022. 67-68-b.]. Arab xalifaligi davrida Andukon deyilgan.

Andijon ilk bor yozma manbalarda X asr arab sayyoxlari Ibn Havqal va

Muqaddasiy asarlarida Andukon shaklida qayd etilgan. Andijon shahrining siyosiy

tarixi, O’zbek davlatchiligi tarixidagi faoliyati haqida so’z yuritadigan bo’lsak, XI asrda

shahar Qoraxoniylar hukmronligi ostiga oʻtgan. XI-XII asrlarda Fargʻona vodiysining

yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Shahar moʻgʻullar istilosi davrida

vayron etilgan va manbalarda qayd etilishicha, XIII asr oxirlarida moʻgʻul xonlari

boʻlmish Tuva va Xaydu tomonidan qayta tiklangan.

Andijon XIV asr 70-ylarida Fargʻona vodiysi bilan birga Amir Temur davlati

tarkibiga kirgan. XV asr ikkinchi yarmidan Amir Temur va temuriylar davlatiga qarashli

Fargʻona viloyatining poytaxti boʻlgan. Ayniqsa Umarshayx Mirzo va uning oʻgʻli

Zahiriddin Muhammad Bobur davrida shaharda xoʻjalik, fan, madaniyat rivoj

topgan[

O‘rta Osiyo me’moriy yodgorliklari. 2011. 97-98-b.

].

Andijon tarixi bo’yicha yetarlicha ma’lumotni shubhasiz Zahiriddin Muhammad

Boburning shoh asari Boburnomadan olamiz. Boburnomada unga quyidagicha ta’rif

beriladi: „…Oshligʻi vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi boʻlur. Qovun

mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas… Andijon noshpotisidan yaxshiroq

noshpoti boʻlmas. Movarounnahrda Samarqand va Kesh (hozirgi Shahrisabz)

qoʻrgʻonidin soʻngra mundin ulugʻroq qoʻrgʻon yoʻqtur. Uch darvozasi bor… Toʻqqiz

tarnov suv kirar. Bu ajabdurkim bir yerdan ham chiqmas… Eli turqdur“[

www.wikipedi.org

. internet sayti].


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

45

Andijonnning Xonliklar davri tarixiga to’xtalsak, shahar 1504-yildan

shayboniylar qoʻl ostiga oʻtgan va XVIII asr boshlariga qadar Buxoro xonligi tasarrufida

bo’lgan. Keyinchalik, Andijon shahri 1710-yilda Qoʻqon xonligi tarkibiga kirgan va

Rossiya Qoʻqon xonligini butunlay bosib olguniga qadar ya’ni, 1876-yilgacha Andijon

bekligining qarorgohi boʻlgan[

O‘rta Osiyo me’moriy yodgorliklari. 2011. 98-b.

].

Shaharda mahalliy xalqdan tashqari Sharqiy Turkiston (Sinszyan)dan kelganlar ham

yashagan.

Shahar oʻzining hunarmandchilik buyumlari, ip va ipak gazlamalari bilan shuhrat

qozongan. XIX asr oʻrtalarida Andijon 4 dahaga boʻlingan edi. Har bir dahaning qozisi,

mingboshisi boʻlgan. Dahalar oqsoqol boshliq mahallalarga boʻlingan. 1877-yilda

shaharga yondosh Xoqon (Xaqan) qishlogʻi aholisi koʻchirilib oʻrnida rus bosqinchilari

uchun yangi shahar qurila boshladi [

www.wikipedia.org

. internet sayti].

Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak, Andijon Farg’ona vodiysining bir qator

markaziy shaharlari qatori Markaziy Osiyoning taniqli shaharlaridan biri hisoblanadi.

Andijon shahri O’zbekiston tarixida faoliyat ko’rsatgan bir qator davlatlar tarkibida

ma’muriy markazlarning poytaxt maqomidagi shahar vazifasini o’tagan. Bu shahar

haqidagi asosiy ma’lumotlar Boburnomada keltirilgan bo’lib, shahar O’zbek

davlatchiligi tarixida munosib o’rin egallagan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Davletov S., Abdullayev M. O‘zbekistonning me’moriy yodgorliklari tarixi.

Toshkent. 2022.

2. To’pchiyev U. S. O’rta Osiyo me’moriy yodgorliklari. Jizzax. 2024.

3. O‘rta Osiyo me’moriy yodgorliklari – Vatanimiz tarixini o‘rganishning moddiy

manbalari (mutaxassis talabalar uchun fan majmuasi). Samarqand. 2011.

4.

www.wikipedia.org

. internet sayti