Авторы

  • Rajabov Ibratjon Ibrohim o‘g‘li

Биография автора

  • Rajabov Ibratjon Ibrohim o‘g‘li

    Jizzax davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99555

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Xiva Xeyvaq Istahriy Gurganch Hazorasp Terenojkin G’ulomov Tolstov Polvonyop Ichan qal’a Dishan qal’a Xiva me’morchiligi.

Аннотация

         Annotatsiya. Ushbu maqolada qadim va o’rta asrlarda Xivaning me’morchiligi, uning o’ziga xos xususiyatlari tarixi haqida so’z boradi. Xivaning me’morchiligi rang-barang bo’lib, Qadimgi Sharq me’morchiligining nodir namunlarini o’zida aks ettirgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

39

QADIMGI VA O‘RTA ASRLAR XIVA ME’MORCHILIGI XUSUSIDA

Rajabov Ibratjon Ibrohim o‘g‘li

Jizzax davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada qadim va o’rta asrlarda Xivaning me’morchiligi,

uning o’ziga xos xususiyatlari tarixi haqida so’z boradi. Xivaning me’morchiligi rang-

barang bo’lib, Qadimgi Sharq me’morchiligining nodir namunlarini o’zida aks ettirgan.

Kalit so’zlar: Xiva, Xeyvaq, Istahriy, Gurganch, Hazorasp, Terenojkin,

G’ulomov, Tolstov, Polvonyop, Ichan qal’a, Dishan qal’a, Xiva me’morchiligi.

Oʻzbekistonning qadim shaharlaridan biri Xiva hisoblanib, arxeologik

maʼlumotlarga koʻra, shahar miloddan avval V asrda barpo etilgan. Uning nomi

shaharning qadimiy qismida joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudugi bilan bogʻliq. Baʼzi

tadqiqotchilar shahar nomini xorazmiy tiliga yaqin boʻlgan qadimgi osetin tilidagi

“Xiauv” - qalʼa soʻzidan, boshqalari bu atamani antik davrdan Xiva hududidan oqib

oʻtgan Xeykaniq kanalining oʻzgartirilgan (Xeykaniq-Xeyvaniq-Xeyvaq-Xeva-Xiva)

nomidan kelib chiqqan deydilar.

Xorazmlik tarixchi solnomachi Xudoyberdi Qoʻshmuhammad oʻzining 1831-

yilda yozgan “Dili Gʻaroyib” asarida Xorazmning qadimiy shaharlarini nomma-nom

sanar ekan, “bu mamlakatning yana bir qalʼasi - Qalʼai Ramldir. Bu qalʼaga Som ibn

Nuh asos solgan boʻlib, u hozirgi Xivaq nomi ila mashhurdir” deydi.

Xalq rivoyatlarida ham shaharning bunyod etilishi Nuh zamonlariga borib

taqaladi. Bunda Nuhning oʻgʻli Som boʻlajak shahar yoniga kelib quduq qazdirgan va

shu bilan Xivaga asos solgan. Haqiqatan ham Xivaning Ichan qalʼasida qadimiy Xeyvaq

(Xivak) qudugʻi saqlanib qolgan[To’pchiyev U. 2024. 108-111-b.].

Xiva haqidagi dastlabki ishonchli maʼlumotlar X asrdan boshlab arab va fors

tilidagi tarixiy-geografik manbalarda uchraydi. Istaxriy Xivani oʻsha davrdagi eng yirik

30 ta shahar roʻyxatiga kiritgan. U

Xivani Hazoraspdan 8 farsax masofada


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

40

Jurjoniya (Gurganj) yoʻlida joylashganligini qayd qiladi. Muqaddasiyning

maʼlumotlariga koʻra esa Xiva bilan Hazorasp oʻrtasidagi masofa 8 dovon (10

farsax)dan iborat boʻlgan. Xiva Yoqut Xamaviy (XIII asr), Nizomiddin Shomiy (XIV

asr) asarlarida ham karvon yoʻlida joylashgan shahar sifatida eslatib oʻtiladi.

Xiva oʻzining tarixiy oʻtmishi, meʼmoriy tuzilishi, obidalarining yaxlit

saqlanganligi jihatidan mazkur qad. shaharlar orasida alohida oʻrin tutadi. Yer kurrasida

mashhur boʻlgan Qohira shahriga tengdosh boʻlgan bu shaharning Ichan Qalʼa qismi

(1990) Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan 100 shahar boʻlib, dunyoga al-Xorazmiy,

Najmiddin Kubro, Shihabuddin Xivaqiy, Pahlavon Mahmud, Muhammad Rahimxon

(Feruz), Munis va Ogahiy kabi buyuk zotlarni yetkazib bergan azim zamin

hisoblanadi[Davletov S., 2022. 37-38-b.].

Xivaning siyosiy tarixiga qisqacha to’xtalsak, miloddan avvalgi V asr oxirigacha

Xiva Xorazm tarkibida Ahamoniylar davlati tasarrufida, soʻngra mustaqil Xorazm

davlati tarkibida boʻlgan. Ilk oʻrta asrlarda Xiva orqali Sharqni Gʻarb bilan bogʻlovchi

Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. IV asr boshlaridan Xiva - Xorazm bilan birga Sosoniylar

davlati tarkibiga kirgan. Bu davrda u qalʼa devori bilan oʻrab olingan.

O’rta asrlar davrida, jumladan, 712-yil Xivani arablar istilo qilgan. Arab

sayyohlari Istaxriy va Muqaddasiy qoʻlyozmalarida keltirilishicha, Xiva X asrda

Xorazm vohasida eng yirik shaharlardan biri boʻlgan. 1221-yildan moʻgʻullar

imperiyasi, 1388-yildan temuriylar davlati tarkibida, XVI asr boshlaridan 1920-yil 2-

fevralgacha Xiva xonligi poytaxti boʻlgan. Xonlik 1873-yil rus qoʻshinlari tomonidan

zabt qilinib, Gandimiyon shartnomasiga koʻra, Rossiya imperiyasi protektoratiga

aylantirilgan. 1920-24-yillarda Xiva Xorazm Xalq Sovet Respublikasi poytaxti boʻlib

turgan[

www.wikipedia.org

. internet sayti].

Xivani arxeologik jihatdan oʻrganish qisman S.P.Tolstov, Yahyo Gʻulomov,

A.I.Terenojkin va boshqa tomonidan XX asr oʻrtalarigacha olib borilgan. 1984-

1993-yillarda arxeologik kazishma ishlari rejali ravishda keng miqyosda olib borildi.

Qazishmalar Oʻzbekiston Fanlar Akademiasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi arxeologlari va


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

41

xorazmlik arxeologlar hamkorligida amalga oshiridi. Shahar hududida 6 ta stratigrafik

qazilma va 7 shurf belgilandi.

Xivaning qadimiy qismi - Ichan Qalʼada 1200 m² boʻlgan maydon qazib

oʻrganildi. Arxeologik ashyolarning 7 metrgacha chuqurlikdan topilganligi, shaharning

paydo boʻlish davri qadimiy ekanligidan dalolat beradi. Shahar tarixiy taraqqiyotining

ilk davrida Ichan qalʼa oʻrnida odamlar yashay boshlagan. Arxeologik materiallarning

shahodaticha, bu davr miloddan avval V asrga toʻgʻri keladi. Kulolchilik charxida

tayyorlangan sopol buyumlar majmuasi, shuningdek, paxsa devor qoldiqlari shu davrga

mansub[To’pchiyev U. 2024. 108-11-b.]. Miloddan avvalgi V asr oxirida Xorazm

Eronning siyosiy tazyiqidan xalos boʻlgach, Xivada shahar sistemasining asosiy

elementlari shakllana boshladi.

Miloddan avvalgi IV-III asrlarda qalʼa atrofi 2 qavatli qalin devor bilan oʻrab

olindi. Devor oldin paxsa, uning ustiga xom gʻisht terilib, bunyod etilgan. Gʻishtlarning

aksariyatiga tamg’a bosilgan. Devor orasida (ichida) eni 2 m li yoʻlak boʻlgan. Devor

boʻylab, har 22-27 m masofada minoralar tiklangan. Devordagi minoralar toʻgʻri

burchakli boʻlgan. Qalʼa devorining butun tizimi asosiy devordan 4,4-8,5 m masofadagi

qoʻshimcha toʻsiq - devor bilan oʻrab chiqilgan. Devor ichi va yoʻlaklardan topilgan

sopol buyumlar miloddan avvalgi IV-III asrlarga taalluqli[Zohidov S. 1998. 42-45-b.].

Boʻyin qismi ingichka, nozik kilib ishlangan xum va xumchalarning sirtiga och pushti

rangda gul naqshi solingan. Yana bir nodir topilma-koʻzachaning sher kallasi shaklidagi

dastasidir. Qadimiy qalʼa devori va yoʻlaklar Xiva oʻsha davrda vohada yirik

shaharlardan biri sifatida Xeykaniq (Polvonyop) kanali sohillari hamda sohilga yaqin

hududlarni nazorat qilib turganligini tasdiqlovchi dalildir.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, Xiva XVI asrning 2-yarmidan Xorazmning

poytaxtiga aylangach, har tomonlama rivojlandi. Meʼmoriy qiyofasi ham oʻzgara bordi.

Shahardan oʻzaro koʻndalang kesishgan 2 ta katta koʻcha va 4 darvoza (Ota, Polvon,

Bogʻcha, Tosh) orqali Dishan Qalʼa (rabod) ga chiqiladi. Ichan Qalʼa devorining

uzunligi 2200 metr, balandligi 6-8 metr, tag zaminining qalinligi 5-6 metr. Qalʼa toʻgʻri


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

42

toʻrtburchak shaklida qurilgan boʻlib, uzunligi 650 metr, eni 400 metr, jami 26 gektar

maydonga ega[O’rta Osiyo me’moriy yodgorliklari, majmua, 2011. 61-62-b.].

Xivaning rabod qismi Dishan Qalʼa 1842-yil Olloqulixon davrida (1825-

1842) baland devor bilan oʻrab olingan. Oʻsha davrda Ichan qalʼada 33 mahalla va

Dishan Qalʼada 34 mahalla boʻlgan. Mahallalar nomi shu yerda yashayotgan aholining

kasbkori yoki shaxs lavozimi bilan atalgan. Shaharda 109 katta kichik koʻcha, 79 masjid

va 120 qorixona boʻlgan. Xivada XIX asr oʻrtalarida 20 ming kishi yashagan. Shahar,

asosan, XIX asrning 2-yarmidan kengaya bordi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Davletov S., Abdullayev M. O‘zbekistonning me’moriy yodgorliklari tarixi.

Toshkent. 2022.

2. To’pchiyev U. S. O’rta Osiyo me’moriy yodgorliklari. Jizzax. 2024.

3. Zoxidov P.Sh. Me’mor olami. Toshkent. 1998.

4. O‘rta Osiyo me’moriy yodgorliklari – Vatanimiz tarixini o‘rganishning moddiy

manbalari (majmua). Samarqand. 2011.

5.

www.wikipedia.org

. internet sayti