https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
25
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SAYLOV JARAYONLARINING
HUQUQIY ASOSLARI
Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy gumanitar fanlarni o’qitish
metodikasi huquq ta’limi
magistranti
Tojiboyeva Zohida Yuldashboy qizi
Annotatsiya mazkur maqolamda O’zbekiston Respublikasida saylov
jarayonlarining huquqiy maqomi qaysi qoninlarda mustahkamlab qo’yilganligi hamda
O’zbekiston Respublikasidagi barcha fuqorolar saylash va saylanish huquqiga ega
ekanligi xaqida ma’lumot berib o’taman
Kalit so’zlar: O’zbekisron , Reaspublika , Konstitutsiya , saylov ,demokratik davlat
, fuqoro ,jamiyat ,davlat , prezident, parlament , xalq , deputat , viloyat , tuman,shahar
,mahalla, erkinlik, ixtiyorilik.
Kirish.
Saylov — fuqarolarning davlat boshqaruvida bevosita ishtirok etish
huquqining muhim faoliyati hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi
birinchi moddasiga ko’ra demokratik davlat bo‘lib, saylov jarayonlari konstitutsiyaviy
me'yorlarga va xalqaro standartlarga mos ravishda tashkil etiladi. Bu maqolada saylov
jarayonlarining huquqiy asoslari, normativ-huquqiy bazasi, hamda amaldagi
mexanizmlar ko‘rib chiqiladi O‘zbekistonda saylov jarayonlari quyidagicha asosiy
huquqiy manbalarga tayanadi .Bulardan birinchisi O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi bo’lib bu qonun davlatimizning asosiy qonuni xisoblanadi. Asosiy
qonunizda belgilanganidek
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda
bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish
o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda
shakllantirish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati
vositasida amalga oshiriladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
26
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasi
Darxaqiqat yana shuni aytish joizki konstitutsiyada 22-bob Saylov tizimi
deb ajratilgan Bunga asosan qat’iy belgilab qo’yilgan
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga
saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish
huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i
Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov
tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktabr oyi
uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi, bundan ushbu
Konstitutsiyada nazarda tutilgan muddatidan ilgari saylov o‘tkazish hollari mustasno.
Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish
yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan
fuqarolari saylash huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovini tayinlashga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar
va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma
majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida ular orasidan yashirin
ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan
fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida
saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz
deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun
sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar
saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida
mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini
1
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36
-moddasi
2
O’zbekiston resoublikasi konstitutsiyasi 128
-modda
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
27
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi bir vaqtning o‘zida ikkidan ortiq davlat hokimiyati vakillik organining deputati
bo‘lishi mumkin ema. Saylov o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga
saylovlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining referendumini tashkil etish va
o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy
prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat
bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi.O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov komissiyalari tizimiga boshchilik
qiladi, o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga amal qiladi.O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining
tavsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va
Senati tomonidan saylanadi.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan komissiya a’zolari
orasidan besh yillik muddatga komissiya majlisida saylanadi. Ayni bir shaxs
surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov
komissiyasining raisi etib saylanishi mumkin emas. Bunda barcha fuqorolarning
saylovlarda to’laqonlik ishtirok etish uchun baecha sharoitlar yaratilganligini ko’rish
mumkin .
O’zbekistonda saylov jarayonlaring huquqiy asosi sifatida asosiy qonunimiz
konstitutsiya bilan birgalikda Saylov kodeksida ko’rish mumkin. O‘zbekiston
Respublikasi Saylov kodeksi 2019-yil 25-iyun kuni qabul qilingan bo‘lib, tarkibi 18-bob
103 moddadan iborat bo’lib, bunda mamlakatda saylov jarayonlarini tashkil etish
hamda o‘tkazish bo‘yicha asosiy huquqiy me’yorlarni belgilab beradi. Saylov kodeksi
3
O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi 129
-maddasi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
28
saylov huquqining yagona qonunchilik asosini yaratish uchun ishlab chiqilgan hamda
ilgari amal qilgan bir qator qonunlarni birlashtiradi.
Saylov kodeksining asosiy jihatlari
1. Amal qilish sohasi:
Prezident saylovi;
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi;
Mahalliy kengash deputatlari saylovi;
Referendumlar.
2. Saylov huquqlari:
Har bir fuqaroga teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berish huquqi beradi.
Ovoz berish yashirin tarzda amalga oshiriladi.
3. Saylovlarni tashkil etish
Markaziy saylov komissiyasi (MSK) saylovlarni asosiy organ boshqaruvchisi
hisoblanadi. Saylov uchastkalari tashkil etiladi, ularning prinsiblari hududiy
prinsiplarga asoslanadi.
4. Nomzodlar ko‘rsatish:
Siyosiy partiyalar tomonidan nomzodlar ko‘rsatadi.
Fuqarolar tashabbuskor guruhi orqali mustaqil nomzodlar ham ko‘rsatilishi
mumkin. 5.
Saylov kampaniyasi:
Nomzodlar saylovoldi tashviqotini o‘tkazishi mumkin.
Saylovoldi tashviqoti teng sharoitlarda va qonuniy asosda amalga oshiriladi.
6. Ovoz berish va ovozlarni hisoblash:
Ovoz berish kuni fuqarolar ovozlarini saylov uchastkalarida beradi.
Ovozlar ochiq va shaffof hisoblanadi.
7. Saylovlarning natijalarini e’lon qilish:
MSK tomonidan ovoz berish natijalari rasmiy e’lon qilinadi.
8. Saylov qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik:
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
29
Saylov jarayonlariga aralashish, firibgarlik yoki boshqa qonunbuzarliklar uchun
javobgarlik belgilangan.
Saylov kodeksi saylovlarning erkin, oshkora va demokratik tamoyillar asosida
o‘tkazilishini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan. Mazkur kodeks saylovlarni o‘tkazishda
xalqaro standartlarga mos bo‘lishni nazarda tutadi.
Saylovlar har qanday demokratik jamiyatning ajralmas qismi bo‘lib,
fuqarolarning o‘z davlat boshqaruviga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini beradi.
Demokratiya asoslaridan biri bo‘lgan saylovlar, fuqarolar tomonidan erkin va adolatli
o‘tkazilgan taqdirdagina jamiyatda barqarorlik hamda taraqqiyotga zamin yaratadi.
Saylovlar orqali fuqaro o‘z vakillari sifatida kimlarni ko‘rishni xohlasa, ularning
orzulari va ehtiyojlariga mos qarorlar qabul qiladigan shaxslarni tanlash imkoniyatiga
ega bo’lishadi. Saylov jarayonining adolatl bilan birgalikda shaffof o'tkazilishi,
aholining davlat boshqaruvida ishtirok etishiga bo'lgan ishonchini oshiradi. Ovoz berish
fuqarolar o'z xohish-irodasini ochiq-oydin ifoda etadigan mexanizmdir. Ayniqsa, saylov
kodeksining rivojlanib borishi hamda yangi texnologiyalarning joriy qilinishi
jarayonning yanada samarali bo‘lishiga xizmat qilmoqda. Har bir fuqaroning ovozi
davlatning kelajagini belgilashda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun saylovlarda
qatnashish – bu nafaqat huquq, balki katta mas’uldir . Fuqarolar jamiyat hayotida faol
ishtirok etib, davlat boshqaruviga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vakillarga ovoz
berish orqali mamlakat taqdiriga o‘z hissasini qo‘shidi Saylov – bu fuqarolar davlat
boshqaruvida ishtirok etadigan muhim demokratik institutdir. Saylovlar orqali fuqarolar
o‘z vakillarini tanlab, o‘z davlatining kelajagini belgilashda faol qatnashadi. Ushbu
jarayon adolatli va shaffof o‘tkazilganda, davlat boshqaruvi tizimida xalqning ishonchi
va ishtiroki ortadi.
Saylovlar qadim zamonlardan buyon davlat boshqaruvining asosiy qismi
hisoblangan. Qadimgi Yunoniston va Rimda demokratik boshqaruv shakllarining ilk
elementlari shakllangan bo‘lib, fuqarolar o‘z huquq va burchlarini bajarish uchun ovoz
berish imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Bugungi kunda esa saylovlar dunyo bo‘ylab keng
qo‘llanilib, zamonaviy demokratik
jamiyatlarning asosi sifatida qaraladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
30
Saylovlar orqali davlatning muhim vazifalari hal qilinadi. Ular jamiyatda
qonuniylik va barqarorlikni ta’minlash, fuqarolarning xohish-istaklarini hisobga
oladigan siyosiy kursni belgilash imkonini beradi. Shu sababli, saylovda qatnashish har
Bir fuqoroning huquqi, balki burchidir. .
O‘zbekiston siyosiy tizimining rivojlanishida ushbu o‘zgarishlar muhim tarixiy
qadam bo‘ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (yangi tahrir).
2. O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi.
3. Markaziy saylov komissiyasi materiallari.
4. YEXHT va BMT saylov standartlari bo‘yicha hujjatlar.
5.LEX.uz saytidan