https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
8
UCHINCHI JAHON URUSHI OLDINI OLISHDA DAVLATLARNING
IQTISODIY XAVFSIZLIGI AHAMIYATI
Shamsiddinov Bunyod Bahriddin o’g’li,
Shomurotova Zulfiya Akmaljon qizi,
Todjivoyev Mansur Ulug’bek o’g’li
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari
Annotatsiya: Zamonaviy dunyoda urushlarning asosiy sabablaridan biri
iqtisodiy manfaatlar, resurslar uchun kurash va geosiyosiy ustunlikka intilishdir.
Tarix davomida ko‘plab urushlar aynan iqtisodiy omillar tufayli boshlangan.
Masalan, tabiiy resurslar ustidan nazoratni qoʻlga kiritish, savdo yo'llarini
kengaytirish yoki iqtisodiy ta'sir doirasini oshirishga boʻlgan intilish turli davlatlarni
bir-biri bilan ziddiyatga olib kelgan. Bugungi kunda Rossiya–Ukraina va Isroil–
Falastin mojarolari shuni yana bir bor isbotlamoqda. Iqtisodiy xavfsizlik har bir
davlat mustaqilligining muhim omili bo‘lib, agar davlatlar o‘z iqtisodiy
barqarorligini saqlab qola olsalar, urushlarning oldini olish imkoniyati oshadi.
Ushbu maqolada iqtisodiy xavfsizlikning urushlarning oldini olishdagi ahamiyati va
hozirgi mojarolardan saboq sifatida chiqarilishi mumkin bo‘lgan xulosalar ko‘rib
chiqiladi. Shuningdek, xalqaro hamjamiyat iqtisodiy vositalar yordamida tinchlikni
saqlash uchun qanday choralar koʻrishi mumkinligi haqida xulosa chiqariladi.
Kalit so’zlar: Iqtisodiy xavfsizlik, mamlakat resurslari, yaqin o'tmishdagi
urushlar, uchinchi jahon urushi, iqtisodiy barqarorlik, mustahkam iqtisodiyot,
Rossiya- Ukraina, Isroil-Falastin
Annotation: One of the main causes of wars in the modern world is economic
interests, competition for resources, and the pursuit of geopolitical dominance.
Throughout history, many wars have been triggered by economic factors. For
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
9
example, the desire to gain control over natural resources, expand trade routes, or
increase economic influence has led various countries into conflicts. The ongoing
Russia-Ukraine and Israel-Palestine conflicts once again confirm this reality.
Economic security is a crucial factor in the independence of any state, and if countries
can maintain economic stability, the likelihood of preventing wars increases. This
article examines the importance of economic security in preventing wars and the
lessons that can be learned from current conflicts. Additionally, it explores the
measures the international community can take to maintain peace through economic
means.
Keywords: Economic security, national resources, recent wars, World War III,
economic stability, strong economy, Russia-Ukraine, Israel-Palestine
Аннотация: Одна из главных причин войн в современном мире — это
экономические интересы, борьба за ресурсы и стремление к геополитическому
превосходству. На протяжении истории многие войны начинались именно по
экономическим причинам. Например, стремление установить контроль над
природными ресурсами, расширить торговые пути или увеличить сферу
экономического влияния приводило различные страны к конфликтам.
Современные конфликты между Россией и Украиной, а также Израилем и
Палестиной вновь подтверждают эту реальность. Экономическая
безопасность является важным фактором независимости любого
государства, и если страны смогут сохранить экономическую стабильность,
вероятность предотвращения войн возрастает. В данной статье
рассматривается значение экономической безопасности в предотвращении
войн и выводы, которые можно сделать на основе современных конфликтов.
Кроме того, анализируются меры, которые международное сообщество
может принять для сохранения мира с помощью экономических
инструментов.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
10
Ключевые слова: экономическая безопасность, ресурсы страны, недавние
войны, Третья мировая война, экономическая стабильность, сильная
экономика, Россия-Украина, Израиль-Палестина
Iqtisodiy xavfsizlik: Barqarorlik va urushlar o'rtasidagi bog'lanish
Iqtisodiy xavfsizlik, davlatning o‘zining iqtisodiy tizimlarini tashqi va ichki
tahdidlardan mustaqil ravishda boshqarish, resurslarga barqaror kirishni ta'minlash va
uzluksiz rivojlanish imkoniyatlarini yaratish qobiliyatidir. Iqtisodiy xavfsizlikni
ta'minlashda davlatning iqtisodiy mustaqilligi, ishlab chiqarish imkoniyatlari,
moliyaviy resurslar va savdo aloqalari muhim rol o'ynaydi. Agar bir davlatning
iqtisodiy vaziyati zaif bo'lsa, bu holat uning siyosiy mustaqilligi va xavfsizligini ham
xavf ostiga qo'yadi. Iqtisodiy xavfsizlik davlatning siyosiy va ijtimoiy barqarorligini
ta'minlash uchun juda muhim. Iqtisodiy mustahkamlik orqali davlatlar o‘zining tashqi
va ichki tahdidlarga qarshi turish qobiliyatini oshiradi, bu esa harbiy mojarolarga
qarshi tura olish imkoniyatlarini yaratadi. Iqtisodiy jihatdan kuchli davlatlar nafaqat
ichki barqarorlikni saqlab qoladi, balki xalqaro aloqalarda ham ishonchli bo‘lishadi,
bu esa urushlar va harbiy mojarolarning oldini olishda katta rol o‘ynaydi.
Iqtisodiy xavfsizlikning eng katta jihatlaridan biri – siyosiy barqarorlikni
ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Agar davlatning iqtisodiyoti zaif bo‘lsa, bu
uning xalqaro maydondagi mavqeyiga ham ta'sir ko‘rsatadi. Zaif iqtisodiy holat,
tashqi tahdidlarga qarshi himoya qilish imkoniyatlarini kamaytiradi, buning natijasida
boshqa davlatlar yoki tashkilotlar tomonidan bosimlar kuchayishi mumkin. Bunday
holat, o‘z navbatida, iqtisodiy resurslarni safarbar qilishga yoki harbiy operatsiyalarni
moliyalashga imkon bermaydi. Iqtisodiy zaifliklar ko‘p hollarda urushlar va harbiy
mojarolarga olib keladi yoki ularga turtki beradi. Bir davlat iqtisodiy tanazzulga
uchraganda, uning xalqaro aloqalari ham yomonlashadi, bu esa boshqa davlatlar bilan
raqobatni kuchaytiradi. Aynan shu raqobat va resurslar uchun kurash, ba’zi hollarda
urushga aylanishi mumkin. Misol uchun, energetika resurslari, suvlarga bo‘lgan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
11
ehtiyoj yoki boshqa tabiat boyliklari uchun kurashlar ko‘plab harbiy mojaro va
urushlarni keltirib chiqargan.
Bundan tashqari, iqtisodiy zaiflik bir davlatning ichki muammolariga ham turtki
beradi. Daxldorlik va milliy xavfsizlikni ta'minlashdagi qiyinchiliklar, muvozanatni
saqlashga urinishlar va iqtisodiy reaktivlar kurashi mahalliy nizolarni yuzaga
keltirishi mumkin. Masalan, davlatning iqtisodiy rivojlanishida adolatsizliklar va
boylikni taqsimlashda nomutanosiblik bo‘lsa, bu ichki to‘qnashuvlarni keltirib
chiqarishi va kelajakda tashqi qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lishi mumkin.
Urushlar nafaqat siyosiy yoki strategik maqsadlar uchun, balki iqtisodiy resurslarni
olish maqsadida ham boshlanishi mumkin. Iqtisodiy resurslar (masalan, tabiiy
boyliklar, er osti resurslari, texnologiyalar) uchun kurash o‘z navbatida harbiy
harakatlarni kuchaytiradi. Bunday holatlar davlatlarni yangi iqtisodiy imkoniyatlar va
resurslarga ega bo‘lish uchun harbiy choralar ko‘rishga undashi mumkin. Urushlar
nafaqat siyosiy yoki strategik maqsadlar uchun, balki iqtisodiy resurslarni olish
maqsadida ham boshlanishi mumkin. Iqtisodiy resurslar (masalan, tabiiy boyliklar, er
osti resurslari, texnologiyalar) uchun kurash o‘z navbatida harbiy harakatlarni
kuchaytiradi. Bunday holatlar davlatlarni yangi iqtisodiy imkoniyatlar va resurslarga
ega bo‘lish uchun harbiy choralar ko‘rishga undashi mumkin.
Yaqin o’tmishdagi urushlarning iqtisodiy jihatdan tahlili
Rossiya–Ukraina urushi, nafaqat harbiy, balki iqtisodiy va geosiyosiy jihatdan
ham muhim oqibatlarga olib keldi. Urushning asosiy sabablaridan biri Rossiyaning
Ukrainani o‘z ta’sir doirasida saqlash va G‘arb davlatlari bilan iqtisodiy hamkorligini
cheklashga bo‘lgan intilishidir. Ukraina, o‘z navbatida, G‘arb bilan yaqinlashishga va
NATO va Yevropa Ittifoqi bilan iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga harakat qilgan,
bu esa Rossiyaning milliy manfaatlariga tahdid sifatida qaralgan. Rossiyaning
Ukrainaga qarshi bosim qilishdagi asosiy vositalaridan biri energiya resurslari
bo‘lgan. Ukraina, ko‘p jihatdan, Rossiya gazining asosiy tranzit yo‘li sifatida muhim
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
12
o‘rin tutgan. Rossiya, bu orqali, Ukrainani iqtisodiy qiyinchiliklarga solish va ularni
o‘z iqtisodiy ta’sir doirasidan chiqarib yuborishga harakat qilgan. Urushning natijalari
juda jiddiy bo‘ldi. Rossiyaga qarshi joriy qilingan qattiq iqtisodiy sanksiyalar, uning
ichki iqtisodiyotiga katta zarba yetkazdi. Yevropa Ittifoqi va Amerika Qo‘shma
Shtatlari tomonidan qo‘llanilgan sanktsiyalar natijasida Rossiyaning valyutasi
pasayib, inflyatsiya kuchaydi va iqtisodiy o‘sishning qisqarishi kuzatildi. Shu bilan
birga, urushning to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqibatlaridan biri sifatida, Ukraina iqtisodiyoti
keskin zararlanganini ko‘rish mumkin. Sanoat va infratuzilma obyektlarining vayron
bo‘lishi, odamlarning millionlab soni qochqin bo‘lib qolishi va xalqaro yordamga
bo‘lgan ehtiyojning ortishi bu jarayonning salbiy ko‘rsatkichlari edi. Agar
Ukrainaning iqtisodiy xavfsizligi yetarlicha mustahkam bo‘lganda va Rossiya bilan
savdo aloqalari muvozanatli bo‘lganida, ehtimol, bu mojaro bunday darajaga yetib
kelmagan bo‘lar edi. Biroq, urushning boshlanishi, ayniqsa, Ukrainaning G‘arb bilan
iqtisodiy aloqalarini mustahkamlashga bo‘lgan intilishi, barcha tomonlar uchun
iqtisodiy va siyosiy natijalarga olib keldi.Xuddi shunday yaqin o’tmishda boshlangan
va hozir ham qisman davom etayotgan Isroil-Falastin urushida ham yetarlicha
iqtisodiy sabablarni ko’rish mumkin. Isroil–Falastin mojarosi o‘zining asosan siyosiy
va diniy sabablaridan tashqari, iqtisodiy beqarorlikni ham o‘z ichiga olgan bir nechta
murakkab omillarning natijasidir. Falastinning iqtisodiy imkoniyatlari juda
cheklangan bo‘lib, mamlakatning resurslari va sanoat infratuzilmasi yetarli darajada
rivojlanmagan. Ishsizlik darajasi juda yuqori, bu esa aholi orasida umidsizlikni
kuchaytiradi. Falastin iqtisodiyotining asosiy muammolaridan biri, uning Isroilga
qarab turishidir. Isroil bilan yuqori darajadagi iqtisodiy bog‘liqlik bo‘lsa-da, Falastin
o‘zining to‘liq iqtisodiy mustaqilligiga erisha olmagan. Bu o‘z navbatida hududda
ijtimoiy va siyosiy beqarorlikni kuchaytiradi. Falastin aholisining iqtisodiy
umidsizlikka tushishi, zo‘ravonlik va radikallashuv xavfini oshiradi. Bu esa, o‘z
navbatida, hududda xavfsizlikni ta’minlashda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi va
urushlar davom etadigan muhitni yaratadi. Shuningdek, Isroilning o‘zining iqtisodiy
salohiyatiga ham doimiy harbiy
xarajatlar ta’sir ko‘rsatadi. Harbiy
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
13
harakatlar va urushlar, albatta, iqtisodiy o‘sishni cheklaydi va mamlakatning
resurslarini sarflaydi. Agar Falastin o‘z iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashga
muvaffaq bo‘lsa, u holda xalqaro hamjamiyatdan samarali yordam olish orqali, bu
mojaroning intensivligi pasayishi mumkin edi. Iqtisodiy mustahkamlik va tinchlik
jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash, hududda barqarorlikni saqlashga yordam berishi
mumkin edi.
Urushlarning oldini olish uchun iqtisodiy xavfsizlikning ahamiyati
Yuqoridagi urushlardan saboq chiqaradigan bo‘lsak, iqtisodiy xavfsizlik
Uchinchi Jahon urushining oldini olishda muhim rol o‘ynashi mumkin. Davlatlar
o‘rtasidagi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy ziddiyatlar ko‘pincha iqtisodiy resurslar,
savdo, va strategik qiziqishlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun, iqtisodiy
xavfsizlikni ta’minlash orqali urushlarning oldini olish, barqarorlikni saqlash va
tinchlikni mustahkamlash mumkin. Birinchidan, davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy
integratsiya muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy aloqalar kuchaygan sayin, davlatlar
o‘rtasida urush qilish ehtimoli kamayadi. Masalan, Yevropa Ittifoqining tashkil
etilishi va uning a'zolari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik, siyosiy ziddiyatlar o‘rtasida
ham, tinchlikni ta’minlashga yordam berdi. Iqtisodiy integratsiya, umumiy iqtisodiy
manfaatlar, o‘zaro savdo va o‘zaro bog‘lanish davlatlarni o‘zaro qarama-
qarshiliklardan voz kechishga undaydi. Ikkinchidan, energetik mustaqillikni
ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Energiya resurslari bo‘yicha bog‘liqlik va
xavfsizlikka tahdidlar davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni kuchaytirishi mumkin.
Buning eng yaxshi misoliga Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi mojaro orqali energiya
ta’minoti va resurslarining strategik ahamiyati misol bo‘la oladi. Davlatlar o‘z
energetik mustaqilligini ta’minlash uchun diversifikatsiyalangan ta’minot tizimlarini
yaratishlari, barqaror energiya manbalarini izlashlari zarur. Shuningdek, tashqi
iqtisodiy bosimlarga chidamli tizimlar yaratish ham muhimdir. Sanksiyalar yoki
iqtisodiy blokadalar ko‘pincha davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada
murakkablashtiradi. Shuning uchun,
davlatlar
iqtisodiy
tizimlarini
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
14
barqaror va mustahkam qilib, tashqi bosimlarga chidamli bo‘lishi kerak. Bu, o‘z
navbatida, iqtisodiy urushlarni kamaytiradi va xalqaro siyosatda barqarorlikni
ta’minlashga yordam beradi. Shu tarzda, iqtisodiy xavfsizlikni kuchaytirish orqali,
global miqyosda urush ehtimoli kamaytirilib, barqaror va tinch dunyo yaratish
mumkin bo‘ladi. Iqtisodiy integratsiya, energetik mustaqillik, tashqi bosimlarga
chidamli tizimlar va iqtisodiy tengsizlikni bartaraf etish kabi chora-tadbirlar orqali
davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar kamaytirilib, global urushlarning oldini olishga
erishish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Xalqaro tajriba. (2021).
Iqtisodiy xavfsizlik: uni ta'minlashning
mezonlari va yo‘nalishlari.
2.
https://www.researchgate.net/publication/356595614_Iqtisodiy_xavfsiz
lik_uni_taminlashning_mezonlari_va_yonalishlari_Xalqaro_tajriba
3.
Yashil
iqtisodiyot
taraqqiyoti.
(2023).
Iqtisodiy
xavfsizlik
tushunchasining mohiyati.
4.
taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/2097
5.
Herald Kokand University. (2022).
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlar
tahlili.
https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/779
6.
Best Publication. (2023).
Rossiya-Ukraina mojarosining iqtisodiy
harajatlari.
https://bestpublication.org/index.php/pedg/article/view/7296