https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
447
INGLIZ TILI FANI O‘QITUVCHILARINING KLASTERLI
KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDAGI MUAMMOLAR
VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LIDAGI VAZIFALAR
Аtaboyeva Muyassar Baxromovna
Toshkent tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali,Ijtimoiy fanlar va xorijiy tillar
kafedrasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada bo’lajak ingliz tili o‗qituvchilarining
intelektual saloxiyatini shaklantirishda klasterli yondashuvlar yoritib berilgan
bo’lib bo’lajak ingliz tili o’qituvchilalarida kommunikativ ko‗nikmalarni
shakllantirishning ahamiyatli yo’llari haqida ma‘lumotlar berilgan. Shuningdek,
o’quvchilarda intelektual ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga yordam
beruvchi kommunikativ treninglardan namunalar keltirilgan. Bugungi kun
jamiyatimizda chet tillarni ayniqsa ingliz tilini o‘qitish kundan kun rivojlanib
bormoqda. Ingliz tilini o‘qitish protsessida ta’lim metodlari mexanizmi muhim rol
o‘ynaydi. Samarali metod kompetentlarini dars mashg‘ulotlari davomida qo‘llash
bu har bir professor-o‘qituvchining o‘z kasbiga bo‘lgan intelektual yondashish va
izlanish mahsuli sifatida baholanadi. Zamonaviy pedagogik texnalogiyalarning
funksional serunumligi tilni o‘qitish jarayonidagi integratsional bog‘lanish
protsessini mukammalashtiradi.
Kalit so‘zlari: qobiliyat, o’qituvchini qobiliyatini rivojlantirish, ―train‖,
―trainingintelektual saloxiyat treninglar. zamonaviy pedagogik texnalogiyalar,
funksional protsess, intellektual aspekt, kasbiy samaradorlik, metod, usul,
tamoyillar
ABSTRACT: In our society today, the teaching of foreign languages,
especially English, is developing day by day. The mechanism of teaching methods
plays an important role in the process of teaching English. The use of effective
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
448
method competencies in the classroom is valued as a product of the intellectual
approach and research of each faculty member to their profession. The functional
serenity of modern ped- technologies improves the process of integrated
communication in the process of language teaching.
Keywords: modern ped-technologies, functional process, intellectual aspect,
professional efficiency, methods, ways, approaches
АННОТАЦИЯ: Сегодня в нашем обществе обучение иностранным
языкам, особенно английскому, развивается день ото дня. Механизм
методики обучения играет важную роль в процессе обучения английскому
языку. Использование эффективных методов в классе ценится как
результат интеллектуального подхода и исследования каждого
преподавателя в своей профессии.
Функциональная
безмятежность
современных
пед-технологий
улучшает процесс интегрированного общения в процессе обучения языку.
Ключевые слова: современные пед-технологии, функциональный
процесс, интеллектуальный аспект, профессиональная эффективность,
метод, принцип, способ
Bugungi kunda kasbiy mahoratli pedagoglarni jumladan, ingliz tili fani
o‘qituvchilarini tayyorlash, kompetensiyaviy yondashuvlar sharoitida ularga
bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash, kasbiy va ijtimoiy-psixologik moslashuvini
ta’minlash muhim hisoblanadi. Tahlillar, bugungi kunda ingliz tili o‘qituvchisining
klasterli kompetensiyalarini shakllantirishda qator muammolar borligini
ko‘rsatadi, ya’ni: ingliz tili fanidan o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik
tayyorgarligi, ta’limning mazmuni, metodi, zamonaviy vositalarini bilishda talab
etiladigan bilim va ko‘nikmalarining talab darajasida emasligi; tibbiyot
yo‘nalishidagi OTMlarida ingliz tili fani o‘quv dasturi va rejasidagi mavzularni
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
449
integrasiyalashning bu faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy ko‘nikmalarni
egallashga imkon beruvchi asosiy turlari yetarlicha amalga oshirilmaganligi va
boshqalar.
OTMlari o‘quv jarayonining tahlili, ingliz tili o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan
suhbatlar hamda anketa so‘rovlari natijasi shuni ko‘rsatdiki, hozirgi ularning
klasterli kompetensiyalarini shakllantirishda yana boshqa bir qator muammolar
ham mavjud: ingliz tili o‘qituvchilarining klasterli kompetensiyalarini
shakllantirishda ularning bilim berish hamda zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalaridan
foydalanish
bo‘yicha
malaka
va
ko‘nikmalarining
yetishmasligi; hozirda fan-texnika taraqqiyotining, ishlab chiqarishning tez
shakllanayotganligi sababli axborotlarning ko‘payib borayotganligi va ularni
talabalarga yetkazish uchun vaqtning chegaralanganligi; ingliz tili o‘qituvchilari
uchun o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha yangi avlod o‘quv-metodik
adabiyotlarining yetishmasligi; o‘qituvchilarning klasterli kompetensiyalarini
shakllantirishda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish shakllari, usullari va
vositalar innovasion uslublarda zaruriy darajada qo‘llanilmayotganligi va
boshqalar.
Shunday ekan, ingliz tili fani o‘qituvchisining klasterli kompetensiyalarini
shakllantirish, OTMlarining asosiy vazifalaridan biri bo‘lmog‘i lozim. Chunki,
ushbu muammolarni bartaraf etish, ingliz tili o‘qituvchilariga, ularning pedagogik
qobiliyatiga, o‘quv jarayonini samarali tashkil eta olishlariga bog‘liq.
Shuning
uchun
kompetensiyaviy
yondashuv
asosida
ingliz
tili
o‘qituvchisining klasterli kompetensiyalarini, ya’ni: nazariy va amaliy bilimlarga
egalik; o‘qitishning zamonaviy metod, shakl va vositalarini tanlay olish va ulardan
amaliyotda samarali foydalana olish; darsni ryejalashtirish va maqsadlarini
aniqlashtira olish; o‘quv materiali mazmunini tanlash va dars strukturasini moslay
olish; bosqichlararo bog‘lanishni amalga oshira olish; analitik fikrlay olish; dars
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
450
natijalarini oldindan ko‘ra olish jarayonini loyihalash va uni amalga oshirishga
yetarli e’tibor qaratish lozim.
Shu bilan bir qatorda, bu jarayonga ilmiy-amaliy jihatdan yondashish; ulardan
foydalanish masalalariga ingliz tili o‘qituvchilari e’tiborini kuchaytirish; ularni
xolisona rag‘batlantirish usullarini takomillashtirish; ularni imkon darajasida
ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish; zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida
ularning samarali kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish va
amaliyotga joriy etish muhimdir. Demak, ingliz tili fani o‘qituvchisining klasterli
kompetensiyalarini shakllantirish dolzarb muammolardan biridir.
Ingliz tili o‘qituvchisining klasterli kompetensiyalarini shakllantirishda
dastlab, ko‘zlangan maqsadlarga erishishda istiqbol maqsad va imkoniyatlarni
o‘qituvchilar manfaati bilan uyg‘unlashtirish, uni zamonaviy o‘zgarishlarga
moslab borish, istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish hamda ta’lim jarayoniga joriy
qilish muhim. Bu o‘z navbatida, maqsadga erishishda, shakllanishga ta’sir etuvchi
omillarni oldindan tahlil qilish, yangi g‘oyalar va ularni amalga oshirishda zaruriy
kompetensiyalarni talab qiladi.
OTMlarida ingliz tili o‘qituvchilarining klasterli kompetensiyalarini
shakllantirish mexanizmlari yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularda
o‘quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, bunda fan-texnika yutuqlariga
asoslangan samarali metod, shakl va vositalardan foydalanish, bu yo‘nalishda bilim
va kasbiy sifatlarni taqozo etadi.
Ingliz
tili
o‘qituvchisining
turli
darajadagi
kompetensiyalarini
shakllantirishga ko‘p omillar salbiy ta’sir etadi: jumladan: OTMlarining
kompyuterlar va elektron vositalar bilan ta’minlanganlik darajasining pastligi;
ularning Internet tarmoqlariga to‘liq ulanmaganligi; ilmiy-uslubiy manbalarning
yetarli emasligi (elektron ko‘llanma, testlar); o‘qituvchilarning zamonaviy
kompyuter texnikasi bo‘yicha malakasining yetishmasligi va boshqalar. Bunday
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
451
muammolarni bartaraf etish uchun: Internet tarmog‘i orqali anjuman va seminarlar
tashkil etish; OTMlarida multimedia xonalari, laboratoriyalar sonini ko‘paytirish;
elektron o‘quv vositalaridan foydalanish soatlari mikdorini ko‘paytirish; ingliz tili
o‘qituvchilari bilan zamonaviy axborot texnologiyalari haqida ko‘proq suhbatlar
olib borish zarur. Mazkur tadbirlarning o‘tkazilishi, nafaqat ingliz tili
o‘qituvchilarining klasterli kompetensiyalarini shakllantirish sifatini oshiradi, balki
ularning bilimlarining ommalashuviga ham erishiladi.
N.N.Azizxo‘jayeva
[17]ning
ta’kidlashicha,
o‘qituvchilarning
kompetensiyalarini shakllantirishning o‘ziyoq bir qancha vazifalarning
bajarilishini, ya’ni ularga zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, nazorat qilish, tahlil
qilish va baholash, shuningdek, mazkur jarayonni amalga oshirish uchun moddiy-
texnika bazasini yaratish va mustahkamlab borish, pedagogik va axborot
texnologiyalari bilan qurollantirish, malakali pedagoglar bilan ta’minlash kabi
qator vazifalarni ham amalga oshirishni nazarda tutadi.
V.A.Ponomarenko [125] fikricha o‘qituvchi nafaqat pedagogik tajribaga ega
bo‘lishi, balki zamonaviy pedagogik texnologiya vazifalari, metodlari va ulardan
foydalanish yo‘llarini ham mukammal bilishlari kerak. Bu texnologiyalar bilimni
o‘zlashtirish, unga qiziqtirish, o‘ziga ishonish tuyg‘ularini shakllantirish, o‘quv-
bilish kompetensiyalarini egallashiga ko‘maklashish, yangilikka va ijodkorlikka
chorlashga qaratilgan. Ko‘rinib turibdiki, ingliz tili o‘qituvchilarining turli
darajadagi kompetensiyalarini shakllantirishning o‘rni beqiyos bo‘lib, bu ularga
texnologiyalarning asosiy tushunchalari, vazifalari, maqsadi, metod, usul, shakl va
vositalari sirlarini o‘rgatadi.
V.M.Monaxov [126] o‘qituvchi omonidan har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra
bilish va uni tasavvur etish uchun mazkur jarayonni avvaldan loyihalashtirib olish
kerak deb ta’kidlaydi. Muallif ta’kidlashicha, bunda o‘qituvchi uchun darsning
texnologik xaritasini tuzib olish muhim, chunki texnologik xarita har bir mavzu,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
452
har bir dars xususiyatidan kelib chiqqan holda tuziladi. Texnologik xarita qanday
tuzilgan bo‘lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo‘lishi hamda aniq
belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil
etishning texnologiyasi to‘liq o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak. Texnologik
xaritaning tuzilishi o‘qituvchini konspekt yozishdan xalos etadi, chunki bunday
xaritada dars jarayonining hamda o‘qituvchi va talabalar faoliyatining barcha
qirralari o‘z aksini topadi.
Shunday qilib, OTMlarida ingliz tili o‘qituvchilarining klasterli
kompetensiyalarini shakllantirish mexanizmlari muammolari va vazifalarini
o‘rganish, ularni tahlil qilish, shuningdek muammolarni bartaraf etish hamda
vazifalarni bajarish asosida avvaldan darslarni loyihalashtirib olish mumkin. Bu
kompetensiyalarni shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Yuqorida ta’kidlangan muammolarni bartaraf etish uchun quyidagi
vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: ingliz tili fani
o‘qituvchilarining klasterli kompetensiyalarini shakllantirishda zamonaviy o‘qitish
texnologiyalaridan foydalanish masalasining bugungi ahvolini tahlil qilish, ular
samaradorligiga erishish tamoyillarini aniqlash; mazkur texnologiyalardan
foydalanishga qaratilgan metodik shakl va usullarning mazkur jarayon
samaradorligini oshirishdagi ahamiyatini ilmiy asoslash, ulardan foydalanish
asosida o‘qituvchilarning mazkur kompetensiyalarini shakllantiruvchi turli
metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
REFERENCES
1.
Jalolov J. “Ingliz tilini o’qiish metodikasi” (darslik) T.- 2012
2.
Hoshimov O’., Yoqubov I. “INGLIZ TILINI O’QITISH
METODIKASI” (o’quv
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
453
qo’llanma) T.-., Sharq Nashriyoti. 2013
3.
Рахманова, М. Қ. (2020). Таълим жараёнида ўқув мунозараларини
ташкил этишда ўқитувчининг педагогик маҳорати, ижодкорлиги ва
фаоллиги. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal, 4(4), 68-73.
4.
Penny Ur “A Course in Language Teaching: Practice of Theory
“Cambridge Teacher Training and Development. 2009
5.
https://monster-evo.ru/uz/studentu/metody-priemy-raboty-na-uroke-
angliiskogo- yazyka-metody-i-priemy/