Авторы

  • Majidova Gulnmoza Qamariddinovna

Биография автора

  • Majidova Gulnmoza Qamariddinovna

    Vobkent 1-son Politexnikumi Ishlab chiqarish ta’lim ustasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99736

Аннотация

   Shaxs shakllanishida u yashayotgan muhit, kishilar, jamiyatning roli juda kattadir. Xalqimizning kelajagi, mustaqil O`zbekistonning istiqboli ko`p jihatdan pedagogga, uning saviyasiga tayyorgarligi, fidoiyligiga, yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash ishida bo`lgan munosabatiga bog`liq. Kelejak avlod haqida qayg`urish, sog`lom, barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir. Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo`lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk madaniyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta`lim tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg`unlashtirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

375

TARBIYA JARAYONINING SAMARADORLIGINI OSHIRUVCHI

PSIXOLOGIK JIHATLAR VA SHAXS SHAKLLANISHIGA TA`SIR

ETUVCHI OMILLAR.

Majidova Gulnmoza Qamariddinovna

Vobkent 1-son Politexnikumi Ishlab chiqarish ta’lim ustasi

Shaxs shakllanishida u yashayotgan muhit, kishilar, jamiyatning roli juda

kattadir. Xalqimizning kelajagi, mustaqil O`zbekistonning istiqboli ko`p jihatdan

pedagogga, uning saviyasiga tayyorgarligi, fidoiyligiga, yosh avlodni o`qitish va

tarbiyalash ishida bo`lgan munosabatiga bog`liq. Kelejak avlod haqida qayg`urish,

sog`lom, barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy

xususiyatimizdir. Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo`lidagi birinchi

qadamlaridanoq buyuk madaniyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy

ta`lim tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon

talablari bilan uyg`unlashtirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.

Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhitning roli haqida gap

borar ekan, shuni ham ta`kidlab o’tish zarurki, ayrim g’ayri tabiiy hodisalar inson

shaxsining tarkib topishida tashqi muhit ta`sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega

ekanligini to’la tasdiqlaydi. Shaxs va uning psixologiyasiga ta`sir etuvchi ikkinchi

omil ta`lim- tarbiyaning ta`siridir. Ma`lumki, ta`lim-tarbiya inson ongini

shakllantiradi, uning dunyoqarashi, e`tiqodi, hayotga bo`lgan munosabatini tarkib

toptiradi. Agar bolalarning ruhiy taraqqiyotlari va shaxsiy xususiyatlarining tarkib

topishi faqat tashqi ijtimoiy muhit bilan, ta`lim-tarbiyaning "o’zigagina bog’liq

bo`lganda edi, unday paytda biz bir xilda sun`iy va aynan bir xil ta`lim-tarbiya

sistemasini tashkil qilib, har tomondan bab-baravar taraqqiy etgan va deyarli bir xil

shaxsiy xususiyatlarga ega kishilarni yetishtirib chiqarar edik. Vaholanki, bunday

bo’lishi mumkin emas. Shuni aytib o’tish kerakki, bola shaxsining tarkib topishiga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

376

ta`lim-tarbiyaning

ta`siri

deganda,

albatta,

birinchi

navbatda

tarbiya

muassasalarida, ya`ni bog`cha, maktab, internat, litsey va kollejlarda beriladigan

ta`lim-tarbiya tushuniladi Biroq, bundan oilada bolaga beriladigan ta`lim-tarbiya

mutlaqo mustasno emas! Oiladagi umumiy ijtimoiy muhitdan tashqari oilada

beriladigan ta`lim-tarbiyaning roli kattadir. Bola tarbiyasi bilan sistemali

shug’ullanadigan va umuman shug’ullanmaydigan oilalarga misollar keltirish

mumkin.

Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvni o’rganish jarayoni sifatida qaraladigan

yosh psixologiyasida olingan natijalarga asoslanadi: bola o’zini egotsentrik emas,

balki tarbiyali tutishi uchun tarbiyalanganlik qanday rag’batlantirilishi kerak?

Tarbiya o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy jihatdan ijobiy ehtiyojlarni hosil qilishidir.

Agar ta`lim shaxsning ongini shakllantirish bo’lsa, tarbiya uning ongsizlik

sferasiga ta`sir etishdir. Bolalarga ularni tarbiyalaydiganlarga hissiy yaqinlik xos.

Odatda 6 oylik bolalar unga gamxo’ik qiladigan ota-onasiga bog`lanib qoladilar.

Ota-onaning oldida bo’sh, ular bilan muloqotda bo’lish bolalarga juda yoqadi,

ularning yo’qligi bolaga yoqmaydi. Ota-onaning g`amxo’rligini bildiradigan

so’zlar, xatti-harakatlar bola uchun juda katta ahamiyatga ega, uni erkalamaslik,

suymaslik salbiy ahamiyatga ega bo’ladi. Xulq-atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi

xuddi shu o’rganish jarayoni orqali sodir bo’lishi mumkin: xulq-atvorning istalgan

shakllari gamxo’rlik va e`tibor bilan taqdirlanadi, kutilmagan shakllari esa qo’llab-

quvvatlanmaydi. Lekin, yaxshi xulq-atvorni rag`batlantirish va yomon xulq-atvor

uchun jazolash axloqiy ijtimoiylashuvning kichik bir qismidir. Biz ko’rib chiqqan

xulq-atvor hamma bolalarga ham taalluqli emas.

Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda an`ana va urf-odatlarning roli

katta.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

377

Xalq urf-odatlari, an`analari va marosimlari katta tarbiyaviy ahamiyatga

egadir. Ular odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, do’stlik-birodarlik his-tuyg’ulari

rivojlantiradi. Bular o’z navbatada yoshlar uchun ibrat namunasini o’taydi.

Mustaqil jamiyatning baxt-saodati yo’lida halol mehnat qilish: jamiyat

boyligini saqlash va ko`paytirish yo’lida har bir kishining tinmay g`amxo’rlik

qilishi, ijtimoiy burchni yaxshi anglash; jamiyat hayotida va shaxsiy hayotda

halollik va rostgo’ylik, axloqiy sofdillik, odamiylik va kamtarlik, milliy va irqiy

adovatlarga aslo yo’l qo’ymaslik va shu kabilar tarbiya jarayonining muhim

xislatlaridir.

Tarbiya jarayonida g`amxo’rlikning funktsiyasi kattadir. Bolalar befarq ota-

onalarga nisbatan g`amxo’r ota-onaga ko`proq taqlid qiladilar. G’amxo’r ota-

onalar bolaning salbiy xulq-atvorini qo’llab-quvvatlamaganda bola o’z xatti-

harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi.

Tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda g`amxo’rlik bilan bir qatorda yaxshi

ko’rishga asoslangan intizomga rioya qilish zarurdir. Bu bola bilan doimiy

muloqotni - tushuntirishni, muhokama qilishni, agar bolaning xulq-atvori shuni

talab qilsa, og`zaki tanbeh berishni, yaxshi xulq-atvor uchun taqdirlashni nazarda

tutadi.

Tarbiya jarayonining texnologiyasini quyidagicha sharhlash mumkin: ,

1. Tarbiyalanuvchini alohida takrorlanmas, individuallik sifatida tushunmoq

lozim. Uning ehtiyojlari strukturasini aniqlash kerak.

2. Ijobiy emotsiyalar vositasida ijobiy xulq-atvor odatlarini shakllantirmoq

kerak. Ong ham, iroda ham motivlar iyerarxiyasini shakllantira olmaydi. Zotan, bir

ehtiyojning o’rnini faqat boshqa ehtiyojgina egallashi mumkin.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

378

3. Shu ehtiyojlarni qondirish vositalari bilan bolani qurollantirish tarbiya va

tarbiyachidan muloqotni ham, hamdardlikni ham emas, aynan shu vositalar bilan

qurollantirishni kutadi. Arastu aytganidek: «

Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi:

iste`dodga, ilmga, mashqqa».

Konfutsiy: «

Eskini o’zlashtirgan va yangini

tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo’la oladi»

degan edi. Mustaqillikning

dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta`lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-

hunarga o’rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi.

Bugungi kunda tarbiya jarayonida ham qator o`zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Shuni ta`kidlash lozimki, ma`rifat xalqimiz, millatimiz qonidadir. An`anaviy

sharqona qarashga ko’ra, ma`rifatlilik faqat bilim va malaka emas, ayni paytda

chuqur ma`naviyat va go’zal axloq degani hamdir.

Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga almashishi, shuningdek, milliy

mustaqillik va uning ne`matlari respublikamiz fuqarolarida tub o’zgarishlarni

vujudga keltirmoqda. Milliy tuyg’u, qiyofa, xarakter, ta`b, kuy, raqs, ma`naviyat,

qadriyat hamda ruhiyat ta`siri ostida o’zining tub mohiyatini aks ettira boshladi.

O’tmishning boy merosi, uning an`analari milliy istiqlol tufayli o’z egalariga

qaytarib berildi. Fuqarolarning ijtimoiy ongi asta-sekin o’zgarib borishi natijasida

etnopsixologik xususiyatlar tiklana boshladi, milliy, umumbashariylik xislatlari

o’rtasida adolatlilik, teng huquqlilik aloqalari o’rnatilmoqda.

XXI asrda shaxs shakllanishida, uning tarbiyalanganlik darajasini ortishida

dinning, xususan «Hadis» ilmining ahamiyati kattadir. Shaxslararo munosabatda

tenglik, g`amxo’rlik, samimiylik, o’zaro yordam, simpatiya, antipatiya,

hamdardlik, sevgi-muhabbat singari milliy xususiyatlarni tarkib toptirishda

hadislarning roli yanada ortmoqda.

O’zbek oilasida tarbiya mohiyati, mazmuni tarbiyaning kundalik va istiqlol

rejasi, bolalarga ta`sir o’tkazish vositasini tanlash va undan unumli foydalanish

o`ziga xos xususiyatga ega, chunki uning asosida xalq an`analari yotadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

379

O’zbek xalqining etnopsixologik xususiyatlaridan unumli foydalanish har

tomondama taraqqiy etgan inson shaxsini tarkib toptirishda muhim rol o’ynaydi.

Abdulla Avloniy aytganidek: «

Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot; yo najot, yo

halokat; yo saodat - yo falokat masalasidir».

Yosh avlod tarbiyasida milliy ruhiyat, umuminsoniy, xalqchillik milliy

qadriyatlar, urf-odatlar, an`analar yetakchi o’rin tutmog’i lozim (tarbiya

etnopsixologik va etnopedagogak munosabat). Bular orqali yoshlarda quyidagi

fazilatlarni tarbiyalash lozim:

a) yoshlarda vatanparvarlik his-tuyg’ularini shakllantirish;

b) xayrixohlik, odamlarga hurmat, mehr-oqibat;

v) kattalarni hurmat qilish, e`zozlash;

g) muloyimlik;

d) ishbilarmonlik, mohirlik, ishchanlik, iqtisodiy tafakkur;

e) kichik yoshda mehnatsevarlik;

j) jismoniy baquvvatlik;

z) axloq-odoblilik; i) oilaparvarlik; k) ayollarga hurmat;

l) o’zaro hamkorlikka yo’naltiruvchanlik.

Ma`lumki, yoshlarning ma`naviy-axloqiy tarbiyasi bilan oila, mahalla, ta`lim

muassasalari, ommaviy axborot vositalari, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar,

ilmiy-pedagogik

kadrlar

shug’ullanadilar.

Tarbiya

jarayoni

barcha

ishtirokchilarining bahamjihatlik bilan olib boradigan ishlarigina o’zining ijobiy

natijalarini berishi mumkin.

“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni

amalga oshirish

vazifalari ana shuni taqozo qiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

380

Adabiyotlar ro’yxati:

1. Gafarov A. Z., Yugay A. X. Pedagogik amaliyot. Toshkent, 2002.

2. Davletshin M. G., To’ychieva S. M. Umumiy psixologiya. Toshkent, 2002.

3. Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o’qituvchisi psixologiyasi. Toshkent,

1998,

4. Serbakov A.I. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyadan

praktikum. Toshkent, 1991.

5. Psixologiya. Qisqacha izohli lug’at, Toshkent, 1998

6. G’oziev E.G. Psixologiya. Toshkent, 1994.