https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
326
NOYOB TOPILMALAR
Muhammadxon Akramov, Inomjon Po‘latov
Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi Kosonsoy tuman
filiali ilmiy xodimlari
Annotatsiya: Ushbu maqolada mualliflar Namangan viloyat tarixi va
madaniyati davlat muzeyi Kosonsoy tuman filiali faoliyati, unda saqlanayotgan
nodir kitoblarni tadqiq qilishga harakat qilishgan.
Annotatsiya: V dannoy stat'ye avtory popytalis' issledovat' deyatel'nost'
Kosonsoyskogo rayonnogo filiala Gosudarstvennogo muzeya istorii i kul'tury
Namanganskoy oblasti, i khranyashchiyesya v nem redkiye knigi.
Abstract: In this article, the authors tried to research the activities of the
Kosonsoy district branch of the State Museum of History and Culture of the
Namangan region, and the rare books stored in it.
Kalit so‘zlar: Milliy meros, Uzunqishloq, Mulla Asomiddin Namongoniy,
Matbai Isoqiya, Buxoro, qadimgi Koson.
Ключевые слова:
Natsional'noye naslediye, Uzunkishlak, Mulla Asomuddin
Namongoni, Matbay Isokiya, Bukhara, drevniy Koson.
Key words: National heritage, Uzunqishlaq, Mulla Asomuddin Namongoni,
Matbai Isoqiya, Bukhara, ancient Koson
.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
327
KIRISH
Kosonsoydagi tarix muzeyi ayni paytda Namangan viloyat tarixi va
madaniyati davlat muzeyining filiali hisoblanadi. Muzeyda tumanning uzoq va
yaqin o‘tmishiga doir juda ko‘p qiziqarli ashyolar to‘plangan. Qadimda Koson deb
atalgan ushbu go‘shada hali to‘la o‘rganilmagan Mug‘tepa, Mug‘xona,
Go‘rimiron, Dashttepa,Navjartepa, Nag‘oratepa, Tergachi,Yumaloqshayxmozor,
G‘o‘zapoyamozor Tagijar kabi o‘nlab manzilgohlar mavjud bo‘lib, ushbu
manzilgohlardan topilgan yoki hududdagi aholi xonadonlarida saqlanib
kelinayotgan hozir ham uzoq o‘tmish nafasini o‘zida aks ettirgan nodir ashyolar
muzeyga keltirib turiladi.Ayniqsa, mamlakatimiz Prezidentining 2022-yil 27-
maydagi "Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"
gi PQ-261-sonli qaroriga asosan tumanda izchil yo‘lga qo‘yilayotgan "Milliy
merosga mening hissam" umumxalq aksiyasi bu ishlarni yanada kuchaytirishda
muhim omil bo‘lmoqda. Birgina o‘tgan 2024-yilda aksiya doirasida fuqarolardan
muzeyga 205 dona qadimiy ashyolar qabul qilindi.
Tumanning Uzunqishloq mahallasida yashovchi Shokirjon ota
Abdumalikov va Risliqjon opa Madirova xonadonlarida ota-bobolaridan qolgan
eski kitoblar saqlanardi.
Mamlakatimiz Prezidentining qaroriga asosan tumanda "Milliy merosga
mening hissam!" umumxalq aksiyasi o‘tkazilayotganidan xabardor bo‘lgan piru
badavlat otaxon va onaxon yaqinda bu xayrli ishga hissa qo‘shish maqsadida
ma’naviy xazinalarini Kosonsoy tarix muzeyiga tortig‘ qildilar.
Mutaxassislarning tadqiqotlariga ko‘ra, muzeyga topshirilgan qo‘lyozma va
toshbosma kitoblar jamlanmasidan islom tarixi, fiqh, mantiq, adabiyot, hadis,
sharhiga oid bir qator kitoblar, «Marotil muaqqadin» (turkiy hadislar to‘plami),
«G‘azal kitobi» (Fazliy Namangoniy),"Tuhfatul obidin va insol oshiqin","Qissai
Ibrohim Adham" "Qissasul Anbiyo" kabi kitoblar o‘rin olgan.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
328
Ushbu asarlarning aksari 1875-1917-yillar oralig‘ida Namangandagi "Matbai
Is'hoqiya" va Toshkentdagi G‘ulom Hasan Orifjonovlar bosmaxonalarida chop
etilgan.
Muzeyga tortiq etilgan kitoblar orasida hijriy 1325-yilda(milodiy 1908-yil)
Buxoroning Kogon shahrida arab alifbosi, o‘zbek tilidagi "Tuhfatul obidin va insul
oshiqin" g‘azal va she’rlar to‘plami mavjud bo‘lib,bular hamyurtimiz Mulla
Asomiddin Namongoniyga tegishli ekan.
Mulla Asomiddin Namongoniy kim? Bu kishi haqida qanday ma’lumotlar
mavjud? Izlanishlarda tayinli ma’lumotga ega bo‘lolmadik. Lekin "Tuhfatul obidin
va insul oshiqin" kitobida bu hamyurtimiz haqida ba’zi ma’lumotlar uchradi.
Kitobning kirish qismida noma’lum muallif tomonidan bitilgan satrlarda Mulla
Asomiddin Namongoniyga ta’rifu tavsiflar berilgan:
"... Alhamduliloh alo zolika va yana ma’lum oxun safo va mafhum sohiboni
zukko bo‘lg‘ayki, Mulla Asomiddin mashhur va marhum, ma’ruf Namongoniy
erdilar. Qator arz va kanof jahong‘a gulshani vositasamo erdilar. Sanai 1325
hijriyda dorulg‘ururdin dorulshururg‘a intiqom qildilar.Ul zot mazharir sifat
bandag‘a bag‘oyat muhib va mushfiq erdilar. Badarajaiki, agar imkon bo‘lsa bir
kun va illo ikki kun yo uch kunda, loaqal haftada bir bor kechasi bolazzat hujrai
g‘aribonimg‘a tashrifi qadami muborak lazum qilib, nihoyat bahaybati surur birla
suhbat tutib, rashk ganjinai gulzor qilur erdilar va aksar uqod asnoi suhbatda kalomi
meli alqabi murshid va ustodlari bor Muhammad Namongoniy muxlisni zikr qilur
erdilar va baytlaridin o‘qub suxan qilur erdilar." Bu bitiklarda Mulla Asomiddin
vafotlari sanasi, ustodlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.
Xulosa.
Mulla Asomiddin Namongoniy ma’lum muddat o‘zga yurtlarda,
ayniqsa, Buxoroda ko‘p vaqt o‘tkazganlari haqida ham gap boradi: "... Ul
janobning aksar umr karomillari Buxoroi sharifda va o‘zga viloyatlarda sayr qilib
o‘tgan ekanlar."
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
329
Shoirning Buxoroi sharifga mehri balandligi "Muxammas dar sha’ni Buxoroi
sharif" sarlavhali bitiklarida o‘z aksini topgan:
"Viloyatlar ichinda mulki mubinot Buxorodir,
Bahori rahmat ichra gavhari qimmat Buxorodir,
Sharif ham latif va afzal mamlakat Buxorodir,
Ki yavmul jazoni naqs be ofat Buxorodir"
Mulla Asomiddin qaysi yurt, shaharda bo‘lmasin, har lahzada ona yurti
Namanganga talpinib yashaydi.
"Tuhvatul obidin va insul oshiqin" kitobidan o‘rin olgan "G‘azali obid"
g‘azali shunday jumlalar bilan boshlanadi:
"Namongon ichra ey jononingdek dilrabo yo‘qtur,
Meni ishqingda kuygon man kabi bag‘ri ado yo‘qtur,
Meningdek bormikin jonosini yo‘lingda jon bergon,
Asir ishqing o‘lg‘on xonumonidin judo yo‘qtur,
Na bo‘lg‘ay ey nigorim qo‘ling soriy nazar qiling,
Bu ko‘nglim shahri ichra sandan ortuq podshoh yo‘qtur,
Xat holing firog‘ida yuragim kuyib o‘rtandi,
Tamom huri jannat ichra sandek xush ado yo‘qtur".
Hamyurtimizning muxammas, musaddas, g‘azallardan iborat to‘plami
ma’naviy xazinamizni yanada boyitdi.
Hamyurtimiz Mulla Asomiddin Namongoniyning ilmiy va ijodiy merosi,
faoliyatini o‘rganish bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
330
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.M. Akramov va boshqlar. Kosonsoyning tabarruk ziyoratgohlari,
Namangan," Zakovat "nashriyoti, 2020-yil.
2.Namangan haqiqati 2023-yil. 100-son.
3.Mulla Asomiddin Namongoniy. Tuhfatul Obidin va insul oshiqin. Kogon
matbaa uyi, 1325 h. y.(melodiy 1908-yil.