Авторы

  • Xolmatova Maftuna Odiljonovna

Биография автора

  • Xolmatova Maftuna Odiljonovna

    Marxamat 2-son politexnikumi informatika fani o‘qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99745

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fan o‘qituvchilari axborotlashtirish kompyuterda ishlash operatsion tizimlar dasturiy ta’minot. Ключевые слова: информационно-коммуникационные технологии учителя естественных наук информатизация работа на компьютере операционные системы программное обеспечение. Keywords: information and communication technologies science teachers informatization computer work operating systems software.

Аннотация

Annotatsiya:Ushbu maqolada kasbiy  ta’lim muassasasi  pedagog kadrlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid kompetensiyalari to‘g‘risida ma'lumotlar keltirilgan.

Аннотация: В статье представлена ​​информация о компетенциях педагогических работников профессионального учебного заведения в области информационно-коммуникационных технологий.

Abstract: This article provides information on the competencies of pedagogical staff of a vocational education institution in information and communication technologies.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

321

KASBIY TA’LIM MUASSASASI PЕDAGOG KADRLARINING

AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TЕXNOLOGIYALARIGA OID

KOMPЕTЕNSIYALARI

Xolmatova Maftuna Odiljonovna

Marxamat 2-son politexnikumi informatika fani o‘qituvchisi.

Annotatsiya:Ushbu maqolada kasbiy ta’lim muassasasi pedagog

kadrlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid kompetensiyalari

to‘g‘risida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, fan o‘qituvchilari,

axborotlashtirish, kompyuterda ishlash, operatsion tizimlar, dasturiy ta’minot.

Аннотация: В статье представлена информация о компетенциях

педагогических работников профессионального учебного заведения в

области информационно-коммуникационных технологий.

Ключевые слова: информационно-коммуникационные технологии,

учителя естественных наук, информатизация, работа на компьютере,

операционные системы, программное обеспечение.

Abstract: This article provides information on the competencies of

pedagogical staff of a vocational education institution in information and

communication technologies.

Keywords: information and communication technologies, science teachers,

informatization, computer work, operating systems, software.

KIRISH

Jamiyat insonlarning jamoa bo‘lib yashashga tabiiy ehiyojlari asosida paydo

bo‘lgan bo‘lsa, zamonaviy jamiyat rivojlanishining o‘ziga xosligi uning global


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

322

xarakterga ega bo‘lgan axborotlashtirish, jumladan, ta’limni axborotlashtirish

jarayoni bilan bog‘liqligida ko‘rinadi.

MUHOKAMA

]Manbalarda ta’limni axborotlashtirishning bosh maqsadi axborotlashgan

jamiyat sharoitida ta’lim tizimi qatnashchilarini (pedagog kadrlar, ta’lim

oluvchilar, texnik-muhandis xodimlar, ma’muriy-boshqaruv xodimlari va

boshqalar) hayot faoliyatlaridagi maishiy, ijtimoiy va kasbiy sohalariga to‘liq va

samarali ishtirok etishlariga tayyorlashdan iborat bo‘lib, axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari (AKT) sohasidagi ta’lim rivojlanishi muammolarining kompleks

hal etilishi kadrlar tarkibini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish,

xodimlarning kasb darajasini oshirishni ta’minlashi ta’kidlanadi.

Bundan AKTni ta’lim jarayoniga samarali joriy etish uchun uni jarayon

subyektlari, jumladan, o‘qituvchilar ehtiyojlariga yo‘naltirish zarur, degan kichik

xulosaga kelish mumkin.

Olib borilgan ilmiy tadqiqotimizdagi samaradorlik va natijaviylik bilan

bevosita bog‘liq bo‘lgan omillarga tayanib, kasbiy ta’lim muassasasi pedagog

kadrlariga

qo‘yiladigan

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalariga

oid

kompetensiyaviy talablar tarkibi mavjudligini ko‘rsatdi.

Kasbiy talim muassasasi fan o‘qituvchilarining AKTga oid kompetensiyasi

– bu o‘qituvchilar faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirishda axborot

texnologiyalarini integratsiyalash uchun zarur bo‘ladigan layoqat tarkibidan iborat.

Uning funksiyasi AKT siyosati, kompyuterda ishlashning tayanch usullari,

pedagogik faoliyatda ta’lim resurslaridan foydalanish, virtual tarzda samarali

pedagogik hamkorlik qilish layoqatiga oid talablar qo‘yiladi.

Ushbu kompetensiyani 4 ta yo‘nalishga ajratish maqsadga muvofiq, ya’ni

ular:

A) AKT siyosatini tushunish;

B) Kompyuterda ishlashning tayanch usullarini bilish;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

323

V) Pedagogik faoliyatda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish;

G) Virtual pedagogik hamkorlik qilish layoqati.

A) AKT siyosatini tushunishga oid layoqat tarkibi ta’limda AKTdan

foydalanish tamoyillarini tavsiflash va tahlil qilish (axborotlashtirish, ta’limni

axborotlashtirish, AKTning samarasi, AKTga oid Davlat siyosati, umumiy

talablarga oid) hamda kompyuter va uning qurilmalaridan foydalanish qoidalarini

tavsiflash (texnik, xavfsizlik, ergonomik va boshqa talablarga oid) iborat bo‘ladi.

B) Kompyuterda ishlashning tayanch usullarini bilishga oid layoqat tarkibiga

quyidagilarni kiritish mumkin:

- AKTning keng tarqalgan texnik va dasturiy vositalarini tavsiflash va

ko‘rsatish (kompyuter va uning qurilmalari, ishga tushirish va ishni yakunlash,

operatsion tizimlar, dasturiy ta’minot kabilarga oid);

- keng tarqalgan elektron ta’lim resurslarini tavsiflash va ko‘rsatish (elektron

darsliklar, trenajerlar, multimedia resurslariga oid);

- matn va jadvalli, namoyish muharrirlarining imkoniyatlarini tavsiflash va

ko‘rsatish (matn va jadvalli muharrirlari, yaratish, tahrirlash, formatlash, saqlash,

chop etish va boshqa tayanch funksiyalariga oid);

- internet va unda ishlashni tavsiflash va ko‘rsatish (Internet, brauzer, sahifa,

sayt, portal, havola va boshqalarga oid), qidirish tizimlarini tavsiflash va ko‘rsatish

(qidirish tizimlari, funksiyalari, eng ko‘p tarqalgan qidirish tizimlariga oid);

- elektron pochtani tavsiflash va ko‘rsatish (elektron pochta xizmati, elektron

pochta ochish, ma’lumot almashish va boshqalarga oid);

- turli ma’lumotlar ombori va ularning vazifalarini tavsiflay olish (ma’umotlar

ombori, vazifasi, keng tarqalganlariga oid);

- tarmoq orqali muloqot vositalarni tavsiflash (keng tarqalgan matn xabar,

video konferensiya, ijtimoiy tarmoq, tarmoq muhitlari, ularning afzalliklari va

kamchiliklariga oid).

V) Pedagogik faoliyatda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish layoqati:


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

324

- o‘z faoliyatiga oid elektron ta’lim resurslari, tayyor dasturiy mahsulotlardan

foydalanishning ahamiyatini tavsiflash va ko‘rsatish (mazmuni, tizimlashtirish,

zarurligini baholash, maqsadli foydalanish, ahamiyati, tajriba, samara, natijalarga

oid);

- qidirish tizimlari, internet saytlari, elektron pochta, tarmoq ma’lumotlar

ombori yordamida hamkorlar va resurslarni izlash, foydalanish (qidirish tizimlari,

internet saytlari, elektron pochta, tarmoq ma’lumotlar omboridan foydalanish

maqsadlari, tajriba, samara, natijalarga oid);

- turli elektron o‘qitish dasturlari va trenajerlarning o‘quvchilarga bilim

berishdagi ahamiyatini tushuntirish (maqsadlar, ahamiyati, tajriba, samara,

natijalarga oid);

- o‘qituvchi faoliyati unumdorligini yaxshilash, kasbiy bilimlarini oshirib

borishda AKT vositalaridan foydalanishni bilish (multimediali darslarni tashkil

etish, materiallarini tayyorlash, matn va jadvalli muharrirlardan foydalanish,

predmetiga oid bilimlar va o‘qitish usullarining elektron manbai, integratsiyalash,

tajriba, samara, natijalarga oid).

G) Virtual pedagogik hamkorlik qilish boshqalar bilan pedagogik muammoni

yechish va ta’lim maqsadiga erishish bo‘yicha virtual hamkorlik qilish (keng

tarqalgan matn xabar, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash, maqsadlar, tajriba, samara,

natijalarga oid) hamda veb-resurslar, virtual muloqotlardagi axborotlarning

ishonchliligi va foydaliligini tavsiflash, ularni ajrata olish (veb-resurslar va veb-

muloqotlarning ishonchliligi, ishonchsiz va zararli axborotlarni saralash kabilarga

oid) dan iboratdir.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Закирова Ф. М. Подготовка будущих учителей к профессиональной

деятельности в среде ИКТ // Информатика и образование. - 2017. -Н 10. - С.

101- 103.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

325

2. Sulaymanova D.B. ―Experience in the application of mediatechnologies

in teaching informatics in 5thgrade of schools‖ //Middle European Scientific

Bulletin, ISSN 2694-997080, volume 12 May 2021, 80-83 b.

3. Абдукадыров А., Тайлаков Н., Болтаев Б. и др. Основы информатики

и вычислителной техники. 9 класс. Учебник. — Ташкент: Издателско-

полиграфический творческий дом имени Чулпана, 2016.

4. Йулдашева Г., Йўлдошева М. Использования информационных

технологий в организациях //Scientific progress. – 2022. – Т. 3. – №. 3. – С. 477-

480.

5. Йўлдашева М.,Тешабаева О., Йўлдашева Г. Эффективное управление

инвестиционной

деятельностью

информационно-коммуникационных

технологий Узбекистана //Студенческий вестник. – 2021. – №. 3-4. – С. 11-13.

6. Yuldasheva G. I. Ta'lim samaradorligini oshirishda elektron darsliklardan

foydalanish //youth, science, education: topical issues, achievements and

innovations. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 36-39.

7. Yuldasheva G., SHermatova H. Aniq fanlarni o‘qitishda axborot

texnologiyalaridan foydalanish //Scientific progress. – 2022. – Т. 3. – №. 1. – С.

372-376.