Авторы

  • Abdullayev Jamshid Djamilovich,

Биография автора

  • Abdullayev Jamshid Djamilovich,

    O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi, “Adliya a’lochisi”, Yuridik fanlar  bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99756

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Globallashuv OIV OITS COVID-19 pandemiyasi tibbiy xizmat ko‘rsatish shartnomalari xalqaro huquqdagi inson huquqlari va tibbiyot huquqi salomatlik huquqi “Iqtisodiy ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida Xalqaro Pakt” yuqumli endemik kasbiy va boshqa kasalliklar sanoatda mehnat gigiyenasi individual xususiyat Jinoyat kodeksi O‘zbekiston Respublikasi sud amaliyotlari

Аннотация

Annotatsiya. Maqolada tibbiy xizmat ko‘rsatish munosabatlarining barcha xаlqаro-huquqiy manbalari tahlil qilingan. O‘z navbatida xalqaro huquqda mavjud buyurtmachi – bemor hamda tibbiy tashkilot o‘rtasidagi munosabatlar, tibbiy xizmat va tibbiy yordam masalalari, O‘zbekiston Respublikasida mavjud tibbiy xizmat ko‘rsatish shartnomaviy munosabatlarining bugungi kundagi joriy holati o‘rganlgan. Bundan tashqari tibbiy xizmat va tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq tibbiy amaliyotning O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi hamda Jinoyat kodeksi tartibididagi moddalari, shuningdek sohaga oid O‘zbekiston Respublikasidagi sud amaliyotlari tahlil qilingan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

250

TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH MUNOSABATLARINING

XАLQАRO-HUQUQIY MANBALARI

Abdullayev Jamshid Djamilovich,

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi,

“Adliya a’lochisi”, Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

E-mail:

jamshidb003fb@gmail.com

.

Annotatsiya. Maqolada tibbiy xizmat ko‘rsatish munosabatlarining barcha

xаlqаro-huquqiy manbalari tahlil qilingan. O‘z navbatida xalqaro huquqda

mavjud buyurtmachi – bemor hamda tibbiy tashkilot o‘rtasidagi munosabatlar,

tibbiy xizmat va tibbiy yordam masalalari, O‘zbekiston Respublikasida mavjud

tibbiy xizmat ko‘rsatish shartnomaviy munosabatlarining bugungi kundagi joriy

holati o‘rganlgan. Bundan tashqari tibbiy xizmat va tibbiy yordam ko‘rsatish bilan

bog‘liq tibbiy amaliyotning O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi hamda

Jinoyat kodeksi tartibididagi moddalari, shuningdek sohaga oid O‘zbekiston

Respublikasidagi sud amaliyotlari tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar: Globallashuv, OIV/OITS, COVID-19 pandemiyasi, tibbiy

xizmat ko‘rsatish shartnomalari, xalqaro huquqdagi inson huquqlari va tibbiyot

huquqi, salomatlik huquqi, “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida

Xalqaro Pakt”, yuqumli, endemik, kasbiy va boshqa kasalliklar, sanoatda mehnat

gigiyenasi, individual xususiyat, Jinoyat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi sud

amaliyotlari

Jahonda globallashuv jarayonida tibbiy xizmat ko‘rsatishdan foydalanishga

bo‘lgan huquq ko‘pgina xalqaro hujjatlarda, jumladan BMTning Barqaror


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

251

rivojlanish maqsadlari, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Nizomi va direktivalari,

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar boʻyicha xalqaro Pakt va boshqa xalqaro

me’yoriy hujjatlarda mustahkamlangan. Xususan hamma hujjatlarda sifatli tibbiy

xizmatdan foydalanish har bir insonning asosiy ajralmas ijtimoiy huquqlaridan biri

ekanligi qayd qilingan.

Shuni keltirish kerakki, “2021 yilda dunyo boʻylab bolalar (0-14 yosh)

OIV/OITS bilan yashovchi barcha odamlarning 4 foizini tashkil etdi, bu esa ushbu

kasallik bilan bogʻliq barcha oʻlimlarning 15 foizini tashkil qiladi. 2015 yildan

2021 yilgacha sil kasalligidan vafot etganlar sonini kamayishi atigi 5,9 foizini

tashkil etdi. COVID-19 pandemiyasi 14,9 million qo‘shimcha oʻlimga sabab boʻldi

va 2020 – 2021 yillarda 336,8 millionta oʻlimga olib keldi

1

. Yuqoridagi raqamlar

albatta taraqqiyotning rivojlanishi bilan bir maromda kasallik turlarining ham

rivojlanishi tendensiyasini yaqqol namoyon qiladi. Ilm-fan qanchalik taraqqiy

etmasin lekin hali ham insoniyat tuzatishi mumkin bo‘lmagan kasalliklarning bir

qancha turlari mavjuddir.

Butun dunyo afkor ommasidagi mazkur vaziyat butun dunyo hamjamiyatiga

nafaqat jahon sogʻliqni saqlash tizimlarining nomukammalligini, tibbiy xizmat

ko‘rsatish shartnomalari institutining samarali ishlamayotganligi, balki chuqur

huquqiy boʻshliqlar mavjudligi va zudlik bilan hal etilishini talab qiluvchi

masalalarni tadqiq etishda tibbiy xizmat ko‘rsatishdan foydalanishga boʻlgan

huquq kategoriyasini chuqur oʻrganish va tibbiy xizmatda xalqaro hamkorlikning

xalqaro-huquqiy asoslarini yanada kengaytirish va takomillashtirishni dolzarbligini

yana bir marta isbotlaydi.

Dunyoda xalqaro va milliy tibbiyot huquqini rivojlantirish boʻyicha ilmiy

munozaralar, uning asosiy va konseptual asosi boʻycha ilmiy-tadqiqot ishlarning

1

World health statistics 2023: monitoring health for the SDGs, Sustainable Development Goals. © World Health

Organization 2023. https://www.who.int/publications/i/item/9789240074323


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

252

amalga oshirilishi jadal kechmoqda. Chunki, asl haqiqat shuki, inson hamisha

sifatli ta’lim bir birgalikda o‘z sog‘lig‘ini saqlashga tabiiy ehtiyoj sezgan.

Tibbiy xizmat ko‘rsatish shartnomalari yoʻnalishida zamonaviy qiyinchiliklar

va tahdidlar sharoitida sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, tibbiy xizmat

ko‘rsatish shartnomalari tizimida taraflarning huquq va majburiyatlarini masalasini

aniqlashtirish, aholining salomatligi bilan bog‘liq huquq normalarining

xususiyatlarini aniqlash, institusionalizasiya, kodifikasiya, tibbiy tashkilot hamda

buyurtmachi – bemorlarning huquq va majburiyatlari sohasida xalqaro normalarni

ishlab chiqish kabi ustivor masalalar katta ahamiyat kasb etmoqda.

Ayniqsa sobiq Sovet davlati tarkibida mustaqil suveren davlatlarning tashkil

topishi tufayli bozor munosabatlarining faollashuvi fonida tibbiy xizmat

ko‘rsatishda xususiy sektorning hal qiluvchi rolni bajara boshlashi an’anaviy tibbiy

xizmat ko‘rsatish qoidalarini eskirganini yaqqol ko‘rsatdi. Tibbiy xizmat

ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan munosabatlar huquqiy tartibga solinishini talab

qiladi.

Tibbiy xizmat ko‘rsatish shartnomalarini takomillashtirish uchun sohada

mavjud xalqaro normalarini implementasiya qilish orqali meʻyoriy-huquqiy bazani

takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Respublikamizda soʻngi yillarda tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasi tizimini isloh

qilish masalasida huquqiy baza bosqichma-bosqich yaratilmoqda. Davlat

siyosatining ijtimoiy yo‘nalishlari doirasida salomatlikni saqlashga oid normalar

qabul qilinmoqda yoki ma’nan eskirganlariga tuzatish va o‘zgartirishlar

kiritilmoqda. Tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida belgilangan vazifalarni amalga

oshirish maqsadida xalqaro huquqdagi inson huquqlari va tibbiyot huquqi

sohalarini rivojlantirish, sogʻliqni saqlash, tibbiy xizmatning sifati, tibbiy tashkilot

hamda buyurtmachi – bemorlarning huquqlarini rivojlantirish dolzarb ahamiyatga

ega. Masalaning yana bir qismi tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida huquq


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

253

ustuvorligini taʻminlash, sogʻliqni saqlash sohasidagi qonunchilikni xalqaro

standartlarga

muvofiqlashtirish,

sogʻliqni

saqlash

tizimi

faoliyatini

takomillashtirish, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishga boʻlgan huquqqa oid

normalarni oʻrganish va amaliyotga joriy etish hamda inson ishtirokida

davolashning yangi biomedisina usullaridan foydalanishni huquqiy tartibga solish,

shuningdek, inson salomatligi uchun tibbiy xizmat ko‘rsatishda sun’iy intelektdan

foydanish chegarasi va boshqalar xususida tibbiyot huquqi, tibbiy xizmat ko‘rsatish

shartnomalari institutiti sohasini oʻrganish muhimlik kasb etadi.

Shu maqsadda bir qancha normalar qabul qilingan. Jumladan, Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son “2022 – 2026-

yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi

toʻgʻrisida”

2

gi, 2023-yil 11-sentyabrdagi PF–158-son “Oʻzbekiston – 2030”

Strategiyasi toʻgʻrisida”

3

gi, 2021-yil 5-maydagi PF–6221-son “Sogʻliqni saqlash

tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot

xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish

toʻgʻrisida”

4

gi, 2018-yil 7-dekabrdagi PF–5590-son “Oʻzbekiston Respublikasi

sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks

choratadbirlar toʻgʻrisida”

5

gi Farmonlari, “2019-2025-yillarda Oʻzbekiston

Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi

6

, 2023-yil 1-

maydagi PQ–140-son “Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir

qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”

7

gi qarori va boshqalar qabul qilingan.

Tibbiy xixmat ko‘rsatish xalqaro huquqdagi inson huquqlarida sog‘liqqа

bo‘lgаn huquqning kontseptual va institutsional asoslari sog‘liqqа bo‘lgаn huquqni

shakllantirish xususiyatlari orasida muhim o‘rin tutadi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish

2

https://lex.uz/uz/docs/-5841063

3

https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/uzbekiston_-_2030_strategiyasi_asosiy_goyalar

4

https://yuz.uz/uz/news/tibbiyotda-kadrlar-taqchilligi-muammosi-echiladi

5

https://lex.uz/docs/-4096197?ONDATE2=24.02.2022&action=compare

6

https://president.uz/oz/lists/view/3326

7

https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/sogliqni_saqlash_tizimini_raqamlashtirishga_-_505_mln_evro


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

254

jarayonida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq tizimida sog‘liqqа bo‘lgаn

huquq, tibbiy xizmat olish huquqini mustaqil zamonaviy kategoriyasidir. Tibbiy

xizmat ko‘rsatish jarayonida sog‘liqqа bo‘lgаn huquqning huquqiy mohiyati

yotadi. Bundan tashqari tibbiy xizmat ko‘rsatishning boshqa xizmat ko‘rsatish

usullaridan farqli tomonlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda, tibbiyot huquqi

sohasining ham milliy, ham xalqaro miqyosda shakllanishi bilan bevosita

bog‘liqligi va uning institutsional asosi bo‘lib, bu turdagi xizmatning yakunida

inson salomatligini saqlashga qaratilgan yoki ta’minlash nazarda tutiladi.

Tibbiy xizmatdan foydalanish bir paytning o‘zida ham ijtimoiy va shaxsiy

huquqning chegarasi oralig‘idagi insonning huquqlari konsepsiyasidan kelib

chiqadi. Biroq o‘zining ayrim jihatlari bilan fuqarolik huquqi bilan tutashadi. Inson

huquqlariga nisbatan tibbiy xizmat ko‘rsatish nazariy yondashuvning huquqiy

asoslari deyarli barcha davlatlarda ishlab chiqilgan. Tibbiy xizmat ko‘rsatishda

sog‘liqni saqlashga bo‘lgаn huquq bo‘yicha umumiy nazariy va amaliy qarashlar

doirasida mutlaqo yangi manzara, yangi yondashuvlar, xizmat ko‘rsatish bozorida

xususiy tibbiy tashkilotlarning salmog‘ining ortishi kabi faktorlar tufayli xalqaro

huquqda ham tibbiy xizmat ko‘rsatishning nizoli tomonlarini hal qilish muhim.

Tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida sog‘liqqа bo‘lgаn huquqning huquq

tizimidagi o‘rnini aniqlashga harakat qilmoqda. Tibbiy xizmatning asosiy

jihatlaridan biri salomatlik huquqi bo‘lib, u xalqaro tibbiyot huquqning asosiy

instituti sifatida taqdim etilgan.

Tibbiy xizmatning asl maqsadi bo‘lgan - salomatlik huquqi insonning ijtimoiy

huquqlari toifasiga kiritiladi. Bu masala tadqiqotlarda xilma-xil ta’riflanadi.

Tadqiqotchi N.E.G‘afurova tomonidan shunday fikr yuritiladi: “Tadqiqotlar

natijasida ilk bora salomatlik huquqi insonning somatik huquqlari toifasiga kiritish


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

255

fikri ilgari surilgan va muallifning ta‘rifi berilgan

8

. Uning fikrlarida qo‘shilgan

holda bunga qo‘shimcha tarzda “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar

to‘g‘risida Xalqaro Pakt”ning ayrim moddalaridan namuna keltiramiz. “12-modda.

1. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining jismoniy va ruhiy

salomatlik jihatdan oliy darajaga yetishi huquqini e’tirof etadi.

2. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ko‘rishi kerak bo‘lgan choralar

quyidagi ishlar uchun zarur tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

a) o‘lik go‘daklar tug‘ilishini va bolalar o‘limini qisqartirish hamda

bolalarning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash;

b) tashqi muhitning hamma jihatlarini va sanoatda mehnat gigiyenasini

yaxshilash;

s) yuqumli, endemik, kasbiy va boshqa kasalliklar oldini olish, davolash

hamda ularga qarshi kurashish;

b) kasal bo‘lgan hollarda hammaga tibbiy yordam ko‘rsatish va tibbiy

parvarishni ta’minlaydigan sharoit yaratish

9

. Demak, xalqaro miqyosda qabul

qilingan hujjatlarda ham tibbiy xizmatdan foydalanish qayd qilingan.

Tibbiy xizmat ko‘rsatishning xalqaro yoki milliy huquq tizimi o‘rganilishida

masalaning eng nozik tomoni bemor hisoblanadi. Bemor – sog‘lig‘ini saqlashni

ko‘zda tutib, qonun hujjatlari doirasida tibbiy xizmat yoki yordam olish, tibbiyot

hamda farmatsevtika xizmat(lar)ining qonunda ta’qiqlanmagan barcha turlaridan

foydalanish uchun tibbiy muassasa yoki yakka tartibdagi tibbiyot xodimi bilan

munosabat(lar)ga kirishuvchi shaxsdir.

8

N.E.G‘afurova. O‘zbekiston Respublikаsidа sog‘liqqа bo‘lgаn huquqni tа‘minlаshning xаlqаro-huquqiy аsoslаri.

12.00.10 – Xalqaro huquq yuridik fanlar doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent – 2024
B.15.

9

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida Xalqaro Pakt. 16.12.1966. https://lex.uz/docs/-2686000


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

256

Demak, bemorlarning huquqlari qat‘iy individual xususiyatga ega

hisoblanadi. Ayni paytda bemor huquqlarini himoya qilish doktrinasi allaqachon

shakllangan. Biroq unda asosiy masala bemor huquqlarini jinoyat huquqi bilan

huquqiy tartibga solishga qaratilgan. Biroq tibbiy xizmat ko‘rsatish faqat jinoyat

huquqi bilan emas, balki asosiy munosabatlar qamrovi fuqarolik huqiqi doirasida

hal qilinadi. Bemorlar huquqlarini himoya qilish, sohaga oid huquqiy

munosabatlarni tartibga solish sohasidagi mavjud muammolarni tanqidiy tahlil

qilish va aniqlash maqsadida bemorlar huquqlarini himoya qilish doirasidagi

O‘zbekiston Respublikasi sud amaliyotlari o‘rganilib, tahlil qilindi. O‘rganish

davomida O‘zbekiston Respublikasida bemorlar huquqlarining buzilishi bilan

bog‘liq o‘ttizdan ortiq jinoyat ishlari bo‘yicha sud ishlari o‘rganilib, eng ko‘p

murojaatlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari

doirasida ish qo‘zg‘atilganligi ma‘lum bo‘ldi:

O‘zR JK: 116-modda – Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada

bajarmaslik;

O‘zR JK: 117-modda – Xavf ostida qoldirish;

O‘zR JK: 167-modda – O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj

qilish;

O‘zR JK: 168-modda – Firibgarlik;

O‘zR JK: 207-modda – Mansabga sovuqqonlik bilan qarash;

O‘zR JK: 209-modda – Mansab soxtakorligi;

O‘zR JK: 210-modda – Pora olish va boshqalar. Umumiy xulosa sifatida shuni

aytish lozimki, mazkur ish hujjatlari bilan tanishish yakunida asosan kasb

yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik holatlari umimiy

“delo”larning taxminan 90 foiziga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, tibbiy xizmat


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

257

ko‘rsatishning tana a’zolini kichik yoki katta holatga keltirish, yuz va bo‘yin qismi

bilan aloqador tibbiy amaliyotlarning yakunida asosan murojaat qiluvchi yohud

jabrlanuvchiga, uning bu munosabatlar yuzasidan da’vogar sifatida fuqarolik

sudiga murojaat qilishi mumkinligi aytiladi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish

munosabatlarining xаlqаro-huquqiy manbalari o‘z navbatida shaxsning bunday

huquqi mavjudligini e’tirof etadi va tan oladi. Sudga murojaat qilgan bemor asosan

o‘ziga yetkazilgan zararni huquqiy asoslantirishi kerak bo ‘ladi. Asosan tomonlar

barcha masala(lar)ni og‘zaki kelishuv hamda tibbiy amaliyotga rozilik bilan

boshlashgani, ularning o‘rtasida xech qanday yozma kelishuv shartnoma mavjud

emasligi tufayli aksariyat hollarda sud tartibida ularning masalasiga huquqiy

yechim berish mushkul ishga aylanadi.

Masalaning ikkinchi tomoni tibbiy tashkilot tomonidan bemorga yetkazilgan

moddiy va ma’naviy zarar bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, kosmetologiya

sohasida asosiy amaliyotlarda inson sog‘lig‘iga aniq zarar yetmagan holatda inson

tanasining ma’lum bir a’zosi bir umr xunuk bir shakl yoki holatga kelishi ham

mumkin. Kundalik amaliyotda bu kabi natijasiz va samarasiz tugagan tibbiy

xizmatlar talaygina hisoblanadi.

Tibbiy xizmat ko‘rsatish munosabatlarining xаlqаro-huquqiy manbalari

masalasida yakuniy xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, xalqaro huquq

aynan bemor huquqlarini himoya qilishning samarali mexanizmlari vositasida

milliy huquqning mos sohasida tarkibiy o‘zgarishlar qilinmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. World health statistics 2023: monitoring health for the SDGs, Sustainable

Development Goals. © World Health

Organization 2023. https://www.who.int/publications/i/item/9789240074323


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

258

2. https://lex.uz/uz/docs/-5841063

3.

https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/uzbekiston_-

_2030_strategiyasi_asosiy_goyalar

4. https://yuz.uz/uz/news/tibbiyotda-kadrlar-taqchilligi-muammosi-echiladi

5. https://lex.uz/docs/-4096197?ONDATE2=24.02.2022&action=compare

6. https://president.uz/oz/lists/view/3326

7.https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/sogliqni_saqlash_tizimini_

raqamlashtirishga_-_505_mln_evro

8. N.E.G‘afurova. O‘zbekiston Respublikаsidа sog‘liqqа bo‘lgаn huquqni

tа‘minlаshning xаlqаro-huquqiy аsoslаri. 12.00.10 – Xalqaro huquq yuridik fanlar

doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent – 2024 B.15.

9. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida Xalqaro Pakt.

16.12.1966. https://lex.uz/docs/-2686000