Авторы

  • Kadirova Maloxat Vaxobjonovna

Биография автора

  • Kadirova Maloxat Vaxobjonovna

    Andijon viloyati Marxamat tuman 2- son politexnikumi tarix fani o’qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99760

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: tarix fani omillar g’oyaviy-badiiylik tamoyillar usullar xolislik ilmiylik badiiy adabiyotlar o’qituvchi. Ключевые слова: история факторы идейно-художественный принципы методы объективность научность художественная литература учитель. Keywords: history factors ideological and fiction principles methods objectivity scientificity fiction teacher.

Аннотация

Annotatsiya: Tarix ta’limida tarixiy - badiiy adabiyotlardan foydalanishda ta’lim oluvchilarning psixologik yosh xususiyatlarini hisobga olish va ularning, fanga oid qiziqishlarini ham inobatga olish kerak. Maqolada tarix fani mashg’ulotlarida tarixiy-badiiy adabiyotlar bilan ishlashninng  afzalligi to’g’risida bayon etildi.

Аннотация:При использовании исторической художественной литературы в преподавании истории необходимо учитывать психологические возрастные особенности учащихся и их интересы к науке. В статье рассказывается о преимуществах работы с историко-художественной литературой на уроках истории.

Abstract: When using historical and fiction literature in history education, it is necessary to take into account the psychological age characteristics of students and their interests in science. The article describes the advantages of working with historical and fiction literature in history lessons.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

221

TARIX FANI MASHG’ULOTLARIDA TARIXIY-BADIIY

ADABIYOTLAR BILAN ISHLASHNINNG AFZALLIGI

Kadirova Maloxat Vaxobjonovna

Andijon viloyati Marxamat tuman 2- son politexnikumi tarix fani

o’qituvchisi.

Annotatsiya: Tarix ta’limida tarixiy - badiiy adabiyotlardan foydalanishda

ta’lim oluvchilarning psixologik yosh xususiyatlarini hisobga olish va ularning,

fanga oid qiziqishlarini ham inobatga olish kerak. Maqolada tarix fani

mashg’ulotlarida tarixiy-badiiy adabiyotlar bilan ishlashninng afzalligi

to’g’risida bayon etildi.

Kalit so’zlar: tarix fani, omillar, g’oyaviy-badiiylik, tamoyillar, usullar,

xolislik, ilmiylik, badiiy adabiyotlar, o’qituvchi.

Аннотация:При

использовании

исторической

художественной

литературы

в

преподавании

истории

необходимо

учитывать

психологические возрастные особенности учащихся и их интересы к науке.

В статье рассказывается о преимуществах работы с историко-

художественной литературой на уроках истории.

Ключевые слова: история, факторы, идейно-художественный,

принципы,

методы,

объективность,

научность,

художественная

литература, учитель.

Abstract: When using historical and fiction literature in history education, it

is necessary to take into account the psychological age characteristics of students

and their interests in science. The article describes the advantages of working with

historical and fiction literature in history lessons.

Keywords: history, factors, ideological and fiction, principles, methods,

objectivity, scientificity, fiction, teacher.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

222

KIRISH

Har bir davlatning kelajagi va uning ravnaqi dastavval ilm-fan taraqqiyoti

hamda ta’lim-tarbiyaning rivojlanishi va takomillashishi bilan belgilanadi. Shu

bois O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ilm-fan, ta’lim-tarbiya

va kasb-hunar o‘rgatish hamda sifatli kadrlar tayyorlash masalalariga davlatimiz

siyosatining ustivor yo‘nalishilaridan biri sifatida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, har bir

ta’lim oluvchilarda chuqur va mustahkam bilim, teran fikr, yuksak ma’naviyat va

madaniyat, ijodkorlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarni tarkib

toptirishga e’tibor kuchaydi. Tarixni o’qitishda qo’llaniladigan matnlarga - darslik

matni, tarixiy hujjatlar, asarlar, ilmiy-ommabop va badiiy, tarixiy adabiyotlar va

boshqalar kiradi. Bosma matnlar ta’lim oluvchilar tarixiy bilimlarining asosiy

manbai bo’lgani kabi ta’lim beruvchining bilim manbaini, bayonining asosini

tashkil etadi. Tabiiydirki, o’qituvchi shu manbalardan to’g’ri va unumli

foydalangan taqdirdagina, uning bayoni didaktika talablariga, umuman tarix

ta'limining yuksak talablariga javob berishi, o’qituvchi bayonining o’quvchilarga

tushunarli, mazmundor, maroqli, g’oyaviy va ilmiy jihatdan ishonarli, obrazli va

ta'sirli bo’lishi mumkin. Tarixiy-badiiy adabiyotlar tarixiy jarayonlarni

o’zlashtirishda muhim omil hisoblanadi. Tarix ta’limida tarixiy - badiiy

adabiyotlardan foydalanishda ta’lim oluvchilarning psixologik yosh xususiyatlarini

hisobga olish va ularning, fanga oid qiziqishlarini ham inobatga olish kerak.

Adabiy manbaalardan tarix ta’limida foydalanishning bir qator usullari keltirilib

o’tilgan:

- mavzuga oid adabiy manbalarni tavsiya etish;

- manbalardagi mavzuga oid shaxs va tarixiy voqealar xususida

suhbatlashish;

- manbaalardan foydalanish metodlari;

Badiiy adabiyot yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda ahamiyatli

bo’lib, badiiy adabiyotning qimmati ta’lim oluvchi voqelikni adibning iste'dodi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

223

darajasida idrok etishga, uni ko’zi bilan ko’rishga, uning shaxsi orqali, ma'naviy

dunyosi orqali tasavvur etishga, u olg’a surgan o’z amaliy faoliyatida ongli

ravishda amal qilishga erishishi bilan belgilanadi. Ta’lim oluvchi asarda

tasvirlangan timsollar galereyasi va badiiy vositalarni faqat ko’zatuvchisiga

aylanmasligi, balki adib olg’a surgan ta'lim-tarbiyaviy g’oyani qanday natijaga

erishganligi nuqtai nazaridan baholashga o’rgangan taqdirdagina uning mohiyatini

to’liq, chuqur anglab yetishi muqarrar. Badiiy asarni to’g’ri tanlay bilish ham asar

g’oyasini ta'lim-tarbiyaviy tomondan chuqur o’zlashtirishning muhim omillaridan

biri bo’lib, uni tanlashda ma'lum mezonlarga asoslaniladi, ya'ni badiiy asarning

yuksak g’oyaviy-badiiy qimmati, adib ijodida asarning xarakterli o’rni asarning

yaratilgan va o’rganilayotgan davr uchun ahamiyati badiiy asarning ta'limiy,

tarbiyaviy, rivojlantiruvchi xususiyati ega bo’lib; badiiy asarning ta’lim oluvchilar

yoshiga mosligi, munosibligi; o’quvchida qiziqish uyg’otishi; o’quvchining

ma'naviy qiziqishi; talabi, ehtiyojlariga javob bera olish darajasidan iboratdir.

Proza yo’lida yozilgan asarlar hayotning keng va ob'ektiv manzarasini tasvirlashi,

ma'naviy qadriyatlar mohiyatini atroflicha ochib berishi, poeziyada bunday

tasvirga keng imkoniyat yo’qligi, dramatik asarlarda esa voqelik yozuvchi nutqi

orqali emas, balki obrazlarning hatti-harakati, so’zlari orqali ifodalanishi bilan farq

qiladi. Adabiy turlar o’rtasidagi bunday farqlanish ularning tarbiyaviy

imkoniyatlari jihatidan ham farqlanishiga olib keladi. Mazkur janrlardagi

asarlarning ahamiyatli jihatlari e’tiborli bo’lib, u ta’ilm oluvchiga: birinchidan,

o’tmishning madaniy merosi, uning rang-barangligi, o’zbek xalqining

takrorlanmas iste'dod egalari bo’lgan ajdodlari haqida aniq va qiziqarli ma'lumot

beradi; ikkinchidan ta’lim oluvchilarning o’zligini anglashi uchun boy ma'naviy

oziq beradi; uchinchidan, o’zbek millati, sharq xalqlari tarixi, dini madaniyati, urf-

odatlari, an'analari; udumlari haqida badiiy ifoda vositalari asosida ilmiy,

haqqoniy, tarixiy ma'lumotlarni egallashga muvaffaq bo’ladi; to’rtinchidan, sharq

xalqlari, o’zbek xalqi ruhiy holati, axloq-odob mezonlaridan qahramonlik, jasurlik,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

224

mehnatsevarlik insonparvarlik, mehmonnavozlik, imon e'tiqod, sevgida sadoqat

kabi qadriyatlar haqida atroflicha ma'lumot olishga muyassar bo’ladi. Badiiy

adabiyot obrazlaridan foydalanish o’qituvchi bayoniing ko’rsatmaliligini

ta'minlaydi, uni aniqlashtiradi, o’quvchilar o’tmish haqida jonli tasavvur hosil

qiladi. Badiiy adabiyotning roli bu bilan tugamaydi. Ma'lum davrning ijtimoiy

hodisalarini real aks ettiruvchi haqiqiy badiiy obraz, tipik obrazlar o’sha ijtimoiy

hodisaning mohiyatini ifodalaydi. O’qituvchi bayonida badiiy adabiyotdan

olingan namunalar bayonning emotsional bo’lishini ham ta'minlaydi,

o’rganilayotgan tarixiy voqealarga nisbatan o’quvchilarda xayrixohlik, zavqlanish,

afsuslanish kayfiyatlarini, nafrat yoki hayrat tuyg’ularini tug’diradi. Tarix

o’qitishda foydalaniladigan badiiy adabiyotlarni ikki guruhga bo’lish mumkin:

-o’rganilayotgan davrning adabiy yodgorliklari;

-tarixiy belletristik asarlar.

Adabiy yodgorliklariga tarixiy hodisa va voqealarni o’z zamondoshlari yozib

qoldirgan asarlar kiradi. Bu guruhga kirgan asarlar tarix fani uchun o’tmishning

o’ziga xos manbai bo’lib xizmat qiladi. Badiiy adabiyot yodgorliklari yozib

olingan og’zaki ijodiyot asarlarini: afsonalar, dostonlar, qo’shiqlar, masallar va

boshqalarni o’z ichiga oladi. Bunday asarlarning juda ko’pida voqelik qayta-qayta

ishlangan, xalq fantaziyasi bilan boyitilgan va bezatilgan bo’ladi. Voqelikni

ob'ektiv suratda tasvir qilgan asarlar, yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan

taqdirda o’zoq o’tmishni, masalan qadimgi Gretsiya tarixini yoritib berishda ana

shunday asarlardan ham tanqid g’alviridan o’tkazib foydalaniladi. Gomer

davridagi jamiyat tarixi Gomer dostonlaridan va qisman Grek afsonalaridan

olingan epizodlarni tahlil qilish asosida ta'riflab beriladi, Badiiy yodgorliklarning

asosiy ahamiyati shundan iboratki, ular o’z zamonidagi jamiyatning g’oyasini aks

ettiradi va buni o’quvchilarning tushunib olishlariga tarixiy hodisalar va

arboblarning yorqin badiiy obrazlarini ravshan tasavvur qilishlariga yordam beradi.

Shu bilan birga o’quvchilar badiiy adabiyotning jamiyat hayotidagi roli bilan ham


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

225

aniq misollarda tanishadilar. Masalan, “Roland haqida qo’shiq” nomli asarda

Karlning o’zi va uning jangchilari ideallashtirilib u olib borgan urushlar tarixi

buzib ko’rsatiladi. Shu bilan birga, bu asar ritsarlarning mardligi, o’z senyoriga

sodiqligi, fidokorligi bilan, shuningdek o’rta asrlar adabiyotining ana shu turi bilan

tanishtiradi. “Roland haqida qo’shiq” shu adabiyot turining eng yaqqol

namunasidir. Roland uydirma obraz bo’lsada undagi ajoyib fazilatlar

o’quvchilarga ijobiy tarbiyaviy ta'sir ko’rsatadi. O’rta asrlarda yaratilgan “Tulki

haqida roman” dan shaharliklarning feodallarga munosabatini, ular o’rtasida

keskinlashib borayotgan kurashini hamda uni yoritishda hajviyadan qanday

foydalanilganligini o’quvchilar tushunib oladi. Qadimgi dunyo va o’rta asrlarda

yaratilgan afsonalardan, qahramonlik dostonlari va boshqa adabiy asarlardan tarix

darslarida foydalanganda, o’quvchilarni bu asarlarga tanqidiy ko’z bilan qarashga

o’rgatib borish kerak. Shuningdek, ularga bu asarlar o’tmishdan qolgan badiiy

yodgorliklar ekanligini, ulardan o’sha davrlarda bo’lib o’tgan voqealarga oid ba'zi

ma'lumotlardan foydalanish va qay tariqa foydalanish mumkinligini, bu

asarlarning qaysi joyi uydirma va qaysi joylarida real voqelik aks etganini

tushuntirish lozim. Qahramonlik eposlarida turkiy xalqlarga xos qahramonlik,

vatanparvarlik, Shiroqning - jasurlik , To’marisning - xalqparvarlik, sevgida

sadoqat Alpomish, Tohir va Zuhra, Yusuf va Zulayho, Farxod va Shirin obrazi

tarbiyaviy ahamyati kattadir, jangnoma xarakteridagi dostonlarda o’tmish

qahramonlar, tarixiy va hayotiy haqiqatning aks etadi, pandnoma xarakteridagi

dostonlarda kishining kundalik hayotida amal qilishi lozim bo’lgan xulq-atvor

mezonlari diniy va dunyoviy axloq qonun-qoidalari Qutadg’u bilig sharq

xalqlarining turmush tarzi, tarixiga xos voqealar tasviri ko’proq o’z ifodasini

topadi. Shuning uchun ham bu janrlarda yaratilgan adabiyot namunalari ta’lim

oluvchilarga ma'naviy madaniyatimizning tarixiy boy qirrallari haqida sharq

xalqlari, shu jumladan o’zbek xalqining o’tmishi, qadriyatlari, axloq-odob

mezonlari haqida atroflicha ma'lumot berish imkoniyatiga ega.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

226

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, o‘qitish jarayonida badiiy manbalardan foydalanish

usullarining samaradorligi ta’lim oluvchi tomonidan ta’lim beruvchilarning tarixiy

ma’lumotlarni bilish faoliyatini o‘qitish vazifalari va maqsadlariga muvofiq tashkil

eta olish ko‘nikmalarini egallaganlik darajasiga bog’liq bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Абдурахманова Ж. Н. (2020). Инновацион тажриба майдони –

“мактаб–лаборатория”нинг таълим тизимидаги ўрни. Муғаллим ҳем

ўзликсиз билимлендири. (Issue 1) –Б. 22-26.

2. Gafforov Ya. X. (2019). THE STATE OF HUSTORICAL EDUCATION

IN

UZBEKISTAN DURING WORLD WAR II. USA(Philadelphia) . -P. 173-

175.

3. G'afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the

Beginning of the "Great Game". Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-

2802.

4. Тошев, С. (2020). Ўзбекистоннинг совет мустамлакачилиги даври

тарихини ўрганишда турк тилидаги манбаларни ўрни. In Тарихий

манбашунослик,тарихнавислик,

тарих

тадқиқотлари

методлари

ва

методологиясининг долзарб масалалари (pp. 121-127).