https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
109
MAQOLA NOMI: ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINING
KASBIY FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING
PSIXOLOGIK YECHIMLARI VA SHART SHAROITLARI
O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasi
3-o’quv kursi 330-guruh kursanti
Bahronov Fahriddin Bahodirovichning ilmiy maqolasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada ichki ishlar organlari xodimlarining
kasbiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan psixologik yechimlar va
shart-sharoitlar tahlil qilinadi. Ichki ishlar organlari xodimlarining psixologik
holati, ularning ishdagi stress va yuqori jismoniy va aqliy yuklamalariga qanday
ta'sir qilishi muhim ahamiyatga ega. Psixologik yechimlar sifatida ichki ishlar
organlari xodimlarini o‘qitish, malakali psixologik maslahatlar va stressni
boshqarish texnikalariga asoslangan treninglar ishlab chiqildi. Xodimlar orasida
jamoaviy ruhni shakllantirish, individual va guruh psixologik yondashuvlarni
qo‘llash orqali ishlash muhitini yaxshilash, rahbarlar va xodimlar o‘rtasida
samarali kommunikatsiya o‘rnatish kabi psixologik texnikalar ko‘rib chiqildi va
tavsiyalar berildi.
Аннотация: В данной статье анализируются психологические
решения и условия, направленные на повышение эффективности
профессиональной деятельности сотрудников органов внутренних дел.
Важное значение имеет психологическое состояние сотрудников органов
внутренних дел, то, как оно влияет на их трудовую нагрузку и высокую
физическую и умственную нагрузку. В качестве психологических решений
разработаны тренинги, основанные на подготовке сотрудников органов
внутренних дел, квалифицированном психологическом консультировании и
методиках управления стрессом. Рассмотрены и даны рекомендации такие
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
110
психологические приемы, как формирование коллективного духа среди
сотрудников, улучшение рабочей среды путем применения индивидуальных и
групповых
психологических
подходов,
установление
эффективной
коммуникации между руководителями и сотрудниками.
Abstract: This article analyzes the psychological solutions and conditions
aimed at increasing the efficiency of the professional activity of the employees of
the internal affairs bodies. The psychological state of the employees of internal
affairs bodies, how it affects their work stress and high physical and mental
workload is important. As psychological solutions, trainings based on the training
of employees of internal affairs bodies, qualified psychological counseling and
stress management techniques were developed. Psychological techniques such as
formation of collective spirit among employees, improvement of working
environment by applying individual and group psychological approaches,
establishment of effective communication between leaders and employees were
considered and recommendations were given.
Kirish
Ichki ishlar organlari xodimlari, o'z faoliyatlarida nafaqat jismoniy, balki
ruhiy va psixologik jihatdan ham katta yuklama ostida bo'ladilar. Ular kundalik
ravishda xavf-xatarlar, stressli vaziyatlar, muammolarni hal qilish va tezkor
qarorlar qabul qilish kabi vazifalarni bajaradilar. Shuning uchun, ichki ishlar
organlari xodimlarining kasbiy faoliyat samaradorligini oshirishda psixologik
omillarni hisobga olish juda muhimdir. Psixologik yordam, treninglar va
motivatsion tizimlar, ular o'z vazifalarini bajarishda yanada samarali bo'lishlari
uchun zarur vositalar sifatida xizmat qiladi. Psixologik jihatdan baquvvat va ruhiy
barqaror xodimlar samarali ishlashlari mumkin, bu esa ichki ishlar organlarining
umumiy samaradorligini oshirishga yordam beradi. Psixologik stress, zo‘riqish va
ishdagi tugalmaslik, xodimlarning kasbiy faolligini kamaytiradi va xatoliklar
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
111
sonini oshiradi. Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy faoliyat samaradorligi
jamiyatning xavfsizligi va tartibini ta'minlashda bevosita muhim ahamiyatga ega.
Ularning kundalik faoliyatida yuzaga keladigan turli stressli holatlar, tezkor
qarorlar qabul qilish va ekstremal vaziyatlar o‘zining psixologik ta'sirini ko‘rsatadi.
Shuning uchun ichki ishlar organlarida xodimlarning psixologik holatini barqaror
saqlash, stress va kasbiy charchoqni kamaytirish, shuningdek, ularning
motivatsiyasini va ishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish uchun psixologik yechimlar
va shart-sharoitlar yaratish zarurdir. Ichki ishlar organlarining xodimlari har kuni
jismoniy va psixologik yuklamalarga dosh berishga, xavf-xatarli vaziyatlarga duch
kelishga, muammolarni tez va samarali hal qilishga majbur bo‘ladilar. Bunday
og‘ir sharoitlarda ularning psixologik holati va ruhiy barqarorligi nafaqat ularning
o‘zlari uchun, balki butun jamiyat uchun ham muhimdir. Shu bois, ichki ishlar
organlarining samaradorligini oshirishda psixologik yondashuvlar va shart-
sharoitlarning ahamiyati kattadir. Psixologik yechimlar, o‘z navbatida,
xodimlarning ishga bo‘lgan munosabatini yaxshilash, ularning stressga
chidamliligini oshirish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga
qaratilgan bo‘lishi kerak.
Kalit so’zlar
: Psixologik yondashuv,stressni boshqarish, motivatsiya
,ijobiy ish muhiti ,psixologik salomatlik, jamoaviy ruh, psixoterapiya ,ergonomik
sharoitlar, kasbiy tayyorgarlik ,malakali treninglar ,stressga chidamlilik, o‘zaro
muloqot va ishonch, ruhiy barqarorlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, o‘qitish va
rivojlantirish, charchoqni kamaytirish ,psixologik maslahatlar, yuklama
boshqaruvi ,dam olish va ish muvozanati, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari.
Asosiy qism:
1. Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy faoliyat samaradorligini
oshirishning psixologik yechimlar va ularning ahmiyati.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
112
Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy faoliyat samaradorligini
oshirishda psixologik yechimlar asosiy rol o‘ynaydi. Bunday yechimlar nafaqat
xodimlarning psixologik farovonligini ta'minlashga, balki ularning ishga bo‘lgan
munosabatini ijobiy yo‘nalishda o‘zgartirishga ham xizmat qiladi. Psixologik
yondashuvlarning samarali bo‘lishi uchun quyidagi asosiy yo‘nalishlarga e'tibor
qaratish zarur:
Stressni boshqarish va psixologik qo‘llab-quvvatlash ya’ni
ichki ishlar
organlarida xodimlar kundalik ravishda yuqori darajadagi stressga duch keladilar.
Ularning professionallar sifatida muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun stressni boshqarish
ko‘nikmalarini rivojlantirish lozim hisoblanadi. Psixologik treninglar va
maslahatlar orqali stressni boshqarish, ruhiy holatni nazorat qilish va muloqotda
muvaffaqiyatga erishish maqsadga muvofiqdir. Bunga turli xil metodlar, masalan,
psixoterapiya, nafas olish mashqlari, meditatsiya, kognitiv xulq-atvor terapiyasi va
boshqalar keltirib o’tsak bo’ladi.Undan tashqari Jamoaviy ruhni shakllantirish va
guruhdagi psixologik yordam ko’rsatish yo’llarini tatbiq etish
ichki ishlar
organlarida samarali jamoa ishlash juda muhimdir. Xodimlar o‘z vazifalarini
bajarishda bir-birlariga yordam berishlari, o‘zaro ishonchni mustahkamlashlari va
jamoaviy muammolarni hal qilishlariga harakat qilmoqlari lozim. Psixologik
yordam guruhdagi aloqalar, o‘zaro hurmat va bir-biriga bo‘lgan ishonchni
rivojlantiradi.
Ichki ishlar organlari xodimlarida
psixologik motivatsiya va ishga
bo‘lgan ishtiyoqni oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi xususan
, psixologik
motivatsiya, xodimlarning o‘z vazifalariga yondashuvini o‘zgartirishga juda yaxshi
ijobiy natijalarga erishishga yordam beradi. Buning uchun ijobiy rag‘batlantirish
choralari, o‘z-o‘zini rivojlantirish va professional o‘sish shart -sharoitlarini yaratish
zarur. Ijobiy rag‘batlantirish choralari xodimlarni muvaffaqiyatlarga erishish va
ishdagi qiyinchiliklarni yengish uchun xususan ularning ishga bo‘lgan ishtiyoqini
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
113
oshiradi.Shunindek, kasbiy ko‘nikmalarni va psixologik tayyorgarligini
rivojlantirish muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Ichki ishlar organlari xodimlari
tez-tez yangi vazifalar va kutilmagan holatlarda ishlashga majbur bo‘ladilar. Shu
sababli, ularni psixologik tayyorgarlikdan o‘tkazish va kasbiy ko‘nikmalarini
rivojlantirish juda muhimdir. Psixologik tayyorgarlik, xodimlarning yangi
sharoitlarga moslashish va stressni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga
yordam beradi. Malakali psixologik yordam va treninglari orqali xodimlar o‘z
vazifalarini samarali ijobiy yo’l bilan sifatli bajara olishadi.Shuning uchun ham
malakali psixologiklarni sonini ko’paytirishimiz lozim. Ish vaqti va
yuklamalarining muvozanatlashishi, shuningdek, dam olish vaqtining to‘g‘ri
taqsimlanishi xodimlarning psixologik holatini yaxshilaydi. Uzoq vaqtlab ishlash
yoki ortiqcha yuklamalar psixologik charchoqni keltirib chiqarishi mumkin.
Bunday holatlarning oldini olish uchun ish vaqti va yuklamalarining aniq
boshqarilishi zarur. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoaviy ruh ham xodimga
ancha psixologik barqarorligini ta'minlaydi. Xodimlar o‘rtasidagi ochiq muloqot,
bir-birini qo‘llab-quvvatlash va umumiy maqsadga erishishga bo‘lgan ishtiyoq
jamoaning kuchli bo‘lishiga olib keladi. Jamoaviy treninglar, psixologik
maslahatlar va ko‘ngilochar tadbirlar bu borada ijobiy natijalarga olib kelishi
ko’zda tutiladi.
Ichki ishlar xodimlarini psixologik bilimlarini oshirish va ular bilan
trening mashg’ulotlarini o’tkazish shunindek,
xodimlarga psixologik va kasbiy
o'qitishlarni taqdim etish muhim ahamiyatga ega. Maxsus treninglar yordamida
ular notinch vaziyatlarda o'zlarini qanday tutishlari, tez qarorlar qabul qilish va
samarali muloqot qilish ko'nikmalarini o'zlashtirib, o’zlariga tegishli xulosalar
chiqarib, psixologik bilimlarini rivojlantiradilar.Shu orqali ularni vujudga keluvchi
muammolarini o’zlarini psixologik irodasi orqali hal qilishga harakat qiladilar. Shu
bilan birga, jamoaviy ish va guruhda ishlashlari mahoratini oshirishda juda yaxshi
qo’l keladi.Undan tashqari
psixologik tayyorgarlik va adaptatsiya jarayonlarini
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
114
ham shaklantirishlari juda muhim ahamiyatga ega. Ichki ishlar organlarida tez-tez
o'zgarishlar bo'lishi mumkin, shu bois xodimlarning yangi sharoitlarga moslashishi
va adaptatsiya qilishlari juda muhimdir. Psixologik tayyorgarlik yordamida
xodimlar o'zgarishlarga tayyor bo'lib, muammolarni samarali hal qilishga
tayyorlanadilar.
Shunindek xodimlar o’z ish jarayonlarini amalga oshiruvchi
xizmat xonalarini turli jihozlar bilan ta’minlashlari juda muhim.
Ichki ishlar
organlarining xodimlari uzoq vaqt davomida jismoniy yuklamalarga duch
keladilar, shuning uchun ularning ish joylari ergonomik jihatdan qulay bo‘lishi
lozim. Bu nafaqat jismoniy salomatlikni ta'minlaydi, balki psixologik farovonlikni
ham yaxshilaydi. Yaxshi tashkil etilgan ish joyi, to‘g‘ri o‘tirish pozitsiyasi, yoritish
tizimi va boshqa tashkiliy masalalar xodimlarning samaradorligini oshiradi.
Xususan xodimlarning
ish vaqti va yuklamalarini amalga oshirishda
nazoratni ham
ta’minlash lozim ularga malum bir jihatdan yengiliklar berish maqsadga muvofiq
bo’ladi.Ish vaqti va yuklamalarining muvozanatini saqlash ham juda muhim kasb
etadi. Uzoq soatlab ishlash va ortiqcha yuklamalar psixologik charchoqqa olib
kelishi mumkin. Xodimlar uchun teng va adolatli ish taqsimoti, dam olish vaqtini
hisobga olish va shaxsiy hayotiga vaqt ajratishga imkon beradigan tizimlarni ishlab
chiqish lozim.
Xulosa
Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy faoliyat samaradorligini
oshirishda psixologik yechimlar va shart-sharoitlar muhim rol o‘ynaydi.
Xodimlarning stressga chidamliligi, ishga bo‘lgan munosabati va jamoada ishlash
ko‘nikmalari samaradorlikka ta'sir qiladi. Psixologik yordam, motivatsiya, kasbiy
o‘sish va ijobiy ish muhitini yaratish orqali ichki ishlar organlarining
samaradorligini oshirish mumkin. Shu bilan birga, ish vaqti va yuklamalarini
boshqarish ham xodimlarning psixologik holatiga ijobiy ta’sir etadi. Psixologik
tayyorgarlik, stressni boshqarish, motivatsiya tizimlari, jamoaviy ishlash
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
115
ko‘nikmalarini rivojlantirish, rahbarlikda psixologik yondashuv va ish sharoitlarini
yaxshilash - bularning barchasi xodimlar samaradorligini oshirishga yordam
beradi. Psixologik barqarorlik, individual yondashuv va qo‘llab-quvvatlash
tizimlarini yaratish orqali ichki ishlar organlarining samaradorligini sezilarli
darajada oshirish mumkin.
Takliflar
Xodimlarni ishga qiziqtirish va ularning ishtirokini oshirish
: Ichki
ishlar organlari xodimlarini ishga qiziqtirish, ularning ish faoliyatiga faol ishtirok
etishlarini ta'minlaydi. Xodimlarga o‘z ishlarini boshqarishda qo‘shimcha
mas'uliyat berish, muammolarni hal qilishda ularni jalb qilish samaradorlikni
oshiradi. Bunda, xodimlar o‘z ishining ahamiyatini tushunishlari va har bir qaror
ularning faoliyatiga ta'sir ko‘rsatishini his qilishlari kerak.
Motivatsiya va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish:
Ichki ishlar
organlari xodimlari samarali ishlashlari uchun ularni rag‘batlantirish tizimi muhim
o‘rin tutadi. Bu tizimda xodimlarni rag‘batlantirishning turli shakllari mavjud
bo‘lishi kerak. Masalan, moddiy rag‘batlantirish (bonuslar, qo‘shimcha ta'tillar)
bilan birga, psixologik rag‘batlantirish (ishdagi muvaffaqiyatlarni tan olish, e'tirof
etish) ham qo‘llanilishi lozim.
Individual yondashuv va qo‘llab-quvvatlash:
Xodimlar har biri o‘zining
psixologik xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har bir xodimga
individual yondashuvni amalga oshirish muhimdir. Psixologik yordam va
maslahatlar orqali ularning zaif tomonlarini yaxshilash, kuchli tomonlarini esa
yanada rivojlantirish mumkin
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
116
Rahbarlarni psixologik bilimlar bilan ta'minlash:
Ichki ishlar organlari
rahbarlari o‘z xodimlariga psixologik yondashuvni amalga oshirishi zarur.
Boshqaruvchilar psixologik bilimlarga ega bo‘lishi kerak, chunki ularning o‘zaro
munosabatlarida, motivatsiya va rag‘batlantirish tizimlarida, shuningdek,
konfliktlarni hal qilishda samarali yondashuvlar yordam beradi. Rahbarlar
xodimlarning individual ehtiyojlarini hisobga olib, ularning ishga bo‘lgan
munosabatini yaxshilashga harakat qilishlari lozim.
Foydalanilgan Adabiyotlar:
1. Sh.M.Mirziyoyev.Tanqidiy tahlil, qatiy-intizom va shaxsiy
javobgarlik- xar bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. -
T. O’zbekiston. 2017-102 b.
2. "O'zbekistonda psixologik muammolarni hal etish"
- R. Abdurazqov
(2015)
3.
Grishina N.B Psixologiya konflikta.- SPb. 2005.B.160.
4. Jarikov E.S. Umumiy psixologiya. -
M. 2002
5.
Abdullayev A. E Ichki ishlar xodimlarining kasbiy-psixologik
tanlashning o’ziga xos xususiyatlari
: T.:2008
6.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 10-
apreldagi PF-5005 - sonli Farmoni.