https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
105
ABDULLA AVLONIY ASARLARIDA TA’LIM-TARBIYA
MASALASI
Bakirova Gavharoy Komilovna
Andijon mashinasozlik instituti akademik litseyi ona tili va adabiyoti fani
o'qituvchisi.
Annotatsiya:Abdulla Avloniy axloqiy-talimiy asarlari bilan o’zidan keyingi
avlodni ezgulik, yuksak axloqiylik, ziyolilik ruhida tarbiyalashga hamon xizmat
qilmoqda. Ma’rifatparvar adib tarbiya masalasini hayotga birinchi o’ringa
qo’yadi.
Barcha
ishlarning
muvaffaqiyatini
tarbiyalanganlikdan
ko’radi.Maqolada Abdulla Avloniy asarlarida ta’lim-tarbiya masalasi bayon
etilgan
Kalit so’zlar: Abdulla Avloniy, Vatan, jaholat, axloq, tarbiya, odob, maktab,
“Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”.
Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri
Abdulla Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida
hunarmand-to’quvchi oilasida dunyoga kelgan. U 7 yoshida O’qchi mahhallasidagi
boshlang’ich maktabga o’qishga boradi. Abdulla Avloniyda she’r yozishga
ishtiyoq 15-16 yoshlarida paydo bo’ladi. Uning ilk she’riy mashqlari 1894-yilda
bitilgan.
Abdulla Avloniy ma’rifat yo’lida har qanday mehnat va mashaqqatlarni
yengib o’tgan bobolarimizdan biri. Abdulla Avloniy Mirobod mahallasida
maktabdorlik bilan shug’ullanadi. Abdulla Avloniy ochgan maktab o’z davrining
yangi usuldagi ilg’or maktablaridan biri edi. U 1909-yilda “Jamiyati xayriya”
tashkilotini ochdi. U mahalliy xalq bolalarining o’qib bilim olishiga ko’maklashish
maqsadida pul yig’ib, maktablarga tarqatadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
106
Maktab - bu kichik boshqarma. Unda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining
o’ziga xos talab va majburiyatlari mavjud. Zamonaviy o’qituvchi, eng avvalo,
mas’uliyatli va ma’noli muomala qobiliyatiga ega bo’lishi lozim. Bola shaxs
sifatida voyaga yetishi, eng birinhchi, oilaga borib taqaladi. U oila muhitida
tarbiyalanib, inson sifatida shaklanadi.
Abdulla Avloniy jamiyat qoshida “Turon” nomli teatrni ham tashkil etadi.
O’zining e’tiroficha, o’ntaga yaqin pyesani ozarbayjon tilidan o’zbek tiliga tarjima
qildi. 3 ta yangi pyesa yozgan va ularni sahnalashtirgan. Shuning uchun ham un
yangi uslub maktabini ochib bu maktabda o’zi bolalarni o’qitadi. Shu maktab
uchun “Birinchi muallim” (1909), “Ikkinchi muallim”(1912), ”Turkiy guliston
yoxud axloq”(1913), “Maktab gulistoni” (1916), “Olti qismdan iborat adabiyot
yoxud milliy she’rlar” (1909-1916) singari darsliklar, alifbo va o’qish kitoblarini
yozdi. Abdulla Avloniy 1934-yil 25-avgustda vafot etdi.
Abdulla Avloniy ijodida Vatan mavzusi ham katta ahamiyatga ega. Vatan har
bit kishining tug’ilib o’sgan shahar va mamlakatini shu kishining Vatani derlar.
Har kim tug’ilib o’sgan yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu Vatan his-tuyg’usi
hayvonlarda ham bor. Bobolarimiz: “Kishi yurtida sulton bo’lguncha, o’z
yurtingda gado bo’l ”, - demishlar.
Men ayblikm emas, ey Vatanim, tog’larim,
Bevaqt tashlab ketdim ayo bog’larim.
Hijron qiladur meni judolig’,
Do’ndi g’ama ro’z-u shab chog’larim.
Hammaga ma’lumki, eng muqaddam, muqaddas diniy yerimiz Arabistonga
bog’larini, hovlilarini sotib hijrat qilgan hojilarimizning aksari yana o’z
Vatanlarigan qaytib keladi. Adib jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun tarbiya
muhim o’rin tutishini a’lohida ta’kidlab, shunday deydi: “Tarbiya bizlar uchun yo
hayot- yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir”.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
107
Shoirning “Ikkinchi muallim”dagi “Maktab” she’rida ham yosh kitobxonlar,
maktab o’quvchilarida murojaati seziladi”
Maktab uyi- dorul-omon
Maktab hayoti javidan
Maktab safoyi qalbi jon
G’ayrat qilib, o’g’lon!
She’rda maktab tinchlik, omonlik uyi, hayot manbai, qalblarga yaxshilik,
ravshanlik keltiruvchi joy sifatida tasvirlanishi bilan birgalikda u axloq, odob uyi,
Allohning ehsoni va bir ajib gulshan sifatida talqin etiladi.
“Chin do’st” she’riy hikoyasidagi manzaralarining ramziy tushunish ham
mumkin. Ikki do’stning safari umrga, yo’lda uchragan daryoni hayot sinovlariga,
bexosdan kelgan to’lqinlarni kutilmagan baxtsizliklarga o’xshatish mumkin. Mana
shu sinovlar paytida kim o’zini qanday tutadi- hamma gap shunda.
Qiyinchiliklarni birgalikda yengish, og’ir damlarda yordamini taklif qilish
o’rniga faqat o’zini o’ylab yashaydigan odamlarni Abdulla bobomiz bir so’z bilan
nomard deb ataydiki, bunga qo’shilmaslikning iloji yo’q.
Abdulla Avloniy bolalarga samimiy fikrlarini o’ynoqi satrlarda tasvirlash
bilan birga Vatan va uning qismati bilan bog’liq jiddiy mulohazalarni bayon etadi.
”Vatan“ nomli she’rida Ona yurtning noz-ne’matlari, boyliklari ta’rif-tavsif etiladi.
Chunki bola tarbiyasida vatanparvarlik g’oyalari muhim o’rin tutadi. Ijodkor
Vatanni Onaga qiyoslaydi. O’z onasini ardoqlagan, uni himoya qila olgan bolagina
Vatanini ham yovuz kuchlardan himoya qila oladi, degan fikrni ilgari suradi.
Abdulla Avloniy axloqiy-talimiy asarlari bilan o’zidan keyingi avlodni
ezgulik, yuksak axloqiylik, ziyolilik ruhida tarbiyalashga hamon xizmat qilmoqda.
Ma’rifatparvar adib tarbiya masalasini hayotga birinchi o’ringa qo’yadi. Barcha
ishlarning muvaffaqiyatini tarbiyalanganlikdan ko’radi. Vatan Onadek muqaddas
ekanligini, uni qadrlash, e’zozlash, shodlik va quvonchiga sherik bo’lish, g’am-
hasratini baham ko’rish farzandning burchi ekanligini ta’kidlab o’tadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
108
Bobomizning yana bir hikoyati Xo’roz bilan Bo’ri haqida. Ushbu hikoyati orqali
har kimni sinamasdan aslini bilmasdan olib o’ylash, unga ishonish aqldan
emasligini yorqin ifoda etib tasvirlab bergan. Xushyorlik, ogohlik hech qachon
odamga ziyon keltirmasligi haqidagi fikrlar bayon etilgan.
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, har bir inson tug’ilib o’sgan Vatanini
e’zozlashi, ardoqlashi, uning qadriga yetishi kerak. Zero biz Vatanni Onaga
qiyoslaymiz. O’z onamizga qanday mehribonlik qilsak, hurmat qilsak, vatanimizga
ham shunday munosabatda bo’lishimiz kerak. Ayrim shaxslar borki, Vatanining
qadriga yetmaydi. Vatanning qadriga yetmagan inson, boshqa joyga yoki musofir
yurtlarga borsa, u yerdagi qiyinchiliklarni ko’rsagina, keyin Vatan nima ekanligini,
uni e’zozlashi, qadriga yetishini tushunadi. Bu to’g’risida Abdulla Avloniy
bobomiz ham asarlarida bosh mavzu qilib tanlagan. Hozirgi kunda
yoshlarimiz bobomizning asarlarini o’qib, o’rganib, yaxshi tarbiya, bilim,
salohiyat egasi bo’lib kelmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.A.Avloniy.Tanlangan asarlar. 2 jildlik T. ”Ma’naviyat-2019”.
2.Barakayeva R. “A.Avloniy va bolalar adabiyoti” T. Fan, 2004.
3.Khazratkulova Shoira Noralievna. Use of modern teaching methods in
education of Students in primary schools. EPRA International Journal of
Multidisciplinary Research (IJMR) - Peer Reviewed Journal. Indiya. 2022 yil
fevral.
4.Хазраткулова Ш.Н. «Совершенствование методов воспитания на
занятиях в начальных классах». Международной научно-практической
конференции. АЭТЕРНА. УФА. 1 августа 2022 г.
5.
Xazratkulova
Sh.,
Abdiraxmonov
Sh.
“KAYKOVUSNING
“QOBUSNOMA” ASARNING TA’LIMIY-TARBIYAVIY AHAMIYATI”
International Multidisciplinary Conference Hosted from Manchester, England 25th
April 2023.
https://conferencea.org