Авторы

  • Muminov Murodbek Ergashaliyevich

Биография автора

  • Muminov Murodbek Ergashaliyevich

    Xo’jaobod tuman politexnikumi informatika  fani o’qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99787

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Sun’iy intellekt ChatGPT Face-ID analitik prognoz mashinani o‘rganish machine learning intellectual axborot texnologiyalari innovatsiya.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining tarixi, rivojlanishi, uning turli sohalarga ta’siri va kelajak istiqbollari tahlil qilinadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

67

SUN

'

IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING TARIXI VA

RIVOJLANISHI

Muminov Murodbek Ergashaliyevich

Xo’jaobod tuman politexnikumi informatika fani o’qituvchisi.

Annotatsiya: Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining tarixi,

rivojlanishi, uning turli sohalarga ta’siri va kelajak istiqbollari tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar: Sun’iy intellekt, ChatGPT, Face-ID, analitik, prognoz,

mashinani o‘rganish, machine learning, intellectual, axborot texnologiyalari,

innovatsiya.

Zamonaviy dunyoda sun'iy intellekt (SI) insoniyat hayotining deyarli barcha

jabhalariga kirib bordi. U nafaqat ilmiy tadqiqotlar va sanoatni, balki kundalik

turmush

tarzimizni

ham

o'zgartirmoqda.

SI

texnologiyalari

orqali

avtomatlashtirilgan tizimlar, aqlli yordamchilar, tibbiyotda diagnostika, moliyaviy

bozorlarni tahlil qilish va boshqa ko'plab sohalarda samaradorlik oshirilmoqda.

Ushbu maqolada sun'iy intellektning tarixi, asosiy yo'nalishlari va kelajakdagi

imkoniyatlari tahlil qilinadi.

Sun'iy intellekt sohasida o'tgan asrning o'rtalaridan boshlab tadqiqot ishlari

boshlangan. Ingliz matematigi va kriptografi Alan Tyuring (1912-1954) mazkur

yo'nalishda ilk tadqiqot muallifi hisoblanadi.

“Sun'iy intellekt” atamasi 1956 yilga kelib paydo bo'ldi. Shu yilning yozida

AQSHning Dartmut universitetida sun'iy tafakkur masalalari bo'yicha anjuman

bo'lib o'tdi. Unda Klod Shennon (Bell Laboratories), Nataniel Rochester (IBM),


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

68

Gerbert Saymon (Karnegi universiteti, Trenchard Mur (Prinston universiteti), Jon

Makkarti (Dartmut universiteti), Marvin Minski (Garvard universiteti) kabi olimlar

ishtirok etgan.

Ushbu anjumanda ma'ruza qilgan amerikalik informatika sohasidagi olim Jon

Makkarti (1927–2011) “Artificial Intelligence” (“Sun'iy tafakkur”) atamasi

muallifi sifatida tarixga nom qoldirdi.

XX asrning 80-yillari sun'iy intellekt – kashfiyot deya e'tirof etila boshladi.

Olimlar ushbu yo'nalishda darsliklar ishlab chiqa boshladilar. Shuningdek, 1997

yilda shaxmat bo'yicha Jahon chempioni Garri Kasparovni mag'lubiyatga

uchratgan mashhur shaxmat dasturi – “Deep Blue” yaratildi. Shu yillarda

Yaponiyada neyron tarmoqlari asosida 6-avlod kompyuter loyihasi ishlab

chiqilayotgan edi.

Shundan so'ng sun'iy intellektga e'tibor kuchaydi. Yirik kompaniyalardan

tortib to harbiy muassasalargacha mazkur sohani moliyalashtira boshladi. Natijada

yangi texnologiyalar soni oshib, raqobat kuchaydi, sun'iy intellekt vositalari

mukammallashib bordi.

Sun'iy intellekt infratuzilmani monitoring qilish, katta hajmdagi

ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlash, texnik hamda tibbiy diagnostika tizimlari,

shaxsiy ta'lim traektoriyalarini yaratish, xulq-atvor tahlillari qilishga imkon beradi.

Sun'iy intellekt bu changyutgichlardan kosmik stantsiyalarga qadar bo'lgan

echimlarning butun spektridir.

Joriy yilda “Gartner” analitik kompaniyasi sun'iy intellekt texnologiyalari hali

ham rivojlanish bosqichida ekani va to'liq rivojlangan bozor hali uzoq shakllanishi

haqidagi tadqiqotni chop etdi

Kompaniya mutaxassislarining fikriga ko'ra, ko'plab korxona va tashkilotlar

sun'iy intellektning sohaviy muammolarni hal qilishda ko'mak berishini

xohlashadi. Ushbu kompaniyalar sun'iy intellekt vositalarini kengaytirib, xavflarni


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

69

oldindan bilish va barcha jarayonlarni prognozlarga asoslangan holda boshqarishni

istaydi.

Endilikda tadqiqotchilar oldida yanada murakkab vazifalar turibdi. Xususan,

internet taraqqiyoti, texnologik muammolarni bartaraf etish, raqamli iqtisodiyot

uchun

yangi

vositalar

yaratish

lozim.

Shuningdek,

o'zbekistonlik

tadqiqotchilarning eng asosiy vazifalaridan biri esa sun'iy intellektning ilm-fanga

joriy etilishida yaqindan ko'mak berishidir.

“Raqamli O‘zbekiston — 2030” Strategiyasiga muvofiq hamda sun’iy

intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qo‘llash,

raqamli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini

ta’minlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar

yaratish maqsadida:

2021 yilda prezidentning alohida qarori qabul qilinishi ushbu sohadagi

ishlarni bir tizimga solish va tashkillashtirish imkonini berdi. Jumladan, “Sun’iy

intellektga tayyorlik indeksida O‘zbekiston Respublikasi o‘rnini yaxshilash

bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”

tasdiqlandi. Unda iqtisodiyot tarmoqlari va

ijtimoiy sohada, davlat boshqaruvi tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab

chiqish va ulardan foydalanish, qishloq xo‘jaligi, energetika, sog‘liqni saqlash,

elektron hukumat sohalariga mazkur texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor

qaratilgan.

O'z navbatida sun'iy intellektni ilm-fanga joriy etish uchun malakali kadrlar

sonini oshirish talab etiladi. Negaki aynan o'z kasbining ustasi bo'lgan

mutaxassislar barcha jabhalarga sun'iy intellekt kirib borishida asosiy omil bo'ladi.

Hozirda yurtimizda shu yo'nalish bo'yicha “Raqamli texnologiyalar va sun'iy

intellekt” ixtisosligi oliy malakali kadrlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik

mutaxassisliklar nomenklaturasiga kiritildi va uning pasporti yaratildi. Muhammad

al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda

Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

70

“Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt ixtisosligi” bo'yicha oliy ta'limdan

keyingi ta'lim instituti ochildi.

Axborot

texnologiyalari

sohasi

oxirgi

o‘n

yilliklarda

ulkan

transformatsiyalarni o‘z boshidan kechirdi va butun hayotimizni o‘zgartirib

yubordi. Bulutli texnologiyalar, 5G va internet, milliardlarni qamrab olgan ijtimoiy

tarmoqlar, medianing aql bovar qilmas taraqqiyoti. Bu mislsiz kashfiyotlarni yana

davom ettirish mumkin. Shubhasiz, butun dunyo miqyosida shov-shuv ko‘tarishga

ulgurgan sun’iy intellekt va u bilan bog‘liq holda qalqib chiqqan mutlaqo yangi

yo‘nalishlar bu texnologik yangiliklarning eng cho‘qqisi bo‘ldi.

Sun’iy intellektning xatarlariga kelsak,

bunday tortishuvlar avjiga chiqqaniga

ancha bo‘ldi va ular asosan xavfsizlik, inson huquqlari va erkinliklariga daxldor.

Jiddiy xavf-xatar sifatida quyidagilarni alohida aytib o‘tish mumkin:

- Avtomatlashtirilgan hujumlar. Bunda turli kiberhujumlar, axborot

xurujlarini SI yordamida amalga oshirish imkoniyati nazarda tutiladi.

- Ma’lumotlarni

qalbakilashtirish va firibgarlik. Ya’ni ushbu

texnologiyaning cheksiz imkoniyatlaridan foydalangan holda, jamoatchilik fikriga,

qarorlar qabul qilish va saylovlar jarayoniga ta’sir ko‘rsata oladigan yolg‘on

axborotlarni tarqatish (yaqinda tarqalgan Vladimir Putinning arab tilida gapirgan

videosini eslang. Bu – istalgan shaxsni istalgan tilda va har qanday matn bo‘yicha

“gapirtira oladigan” DeepFake texnologiyalar ishi).

- Ta’lim tizimiga zarar. ChatGPT erasida insondan qolishmaydigan

darajada mukammal ilmiy matn yoza oladigan kompyuter tizimlarining maydonga

chiqishi va qisqa vaqt ichida millionlab talabalar, tadqiqotchilar orasida

ommalashishi dunyo ta’lim tizimida akademik halollik tushunchasiga tahdid

qilmoqda. Kurs ishining talaba emas, balki ChatGPT tomonidan yozilganini ajratib

olish imkonsiz darajaga yetdi va bu, umuman, ta’lim jarayonining maqsad-

muddaosini yo‘qqa chiqaradi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

71

- Shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi muammosi. SI yordamida ulkan

miqyosda personal ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va uzatish xavfi mavjud.

Xususan, u odamlarning xulq-atvori, xohishlari, hissiyotlari va salomatligini tahlil

qilishda qo‘llanishi mumkin.

- Ishsizlik muammosi. SI juda ko‘plab takrorlanuvchi vazifalarni

bajarishi mumkin. Ko‘plab ilg‘or kompaniyalar ma’lumot kiritish yoki mijozlar

bilan muloqot singari lavozimlarni qisqartirib, sun’iy intellektdan foydalanmoqda.

McKinsey tadqiqotlarida aytilishicha, 2030 yilga borib robotlar kamida 30 foiz,

ya’ni 400 dan 800 milliongacha insonlar mehnatining o‘rnini bosadi. Ha, bu ulkan

va xavotirli raqam. Ammo insoniyat tamudduni tarixidan bizga ma’lumki,

g‘ildirakning kashf etilishidan tortib, elektr energiyasi, po‘lat quyish, yozuv

mashinkasi, ichki yonuv dvigateligacha – har qanday yangilik o‘z davrining

ko‘plab kasblarini yo‘q qilgan bo‘lsa-da, undan bir necha baravar ko‘p yangi ish

o‘rinlari yaratilishiga sababchi bo‘lgan.

- Mas’uliyat masalasi. Avtonom ishlovchi SI tizimi odamlarga yoki

atrof-muhitga zarar yetkazgan taqdirda, bunga kim javob berishi kerak? Bu yerda

SI xatti-harakatlarining yuridik va axloqiy oqibatlari haqida so‘z bormoqda.

Masalan, haydovchisiz boshqariladigan taksi avariya sodir etsa, bunga kim javob

beradi?

Bu texnologiyalar mashina va inson o‘rtasidagi chegarani qayta chizib, ijod

va yaratuvchilik jarayonini radikal ravishda o‘zgartirib yubordi. Ammo buni xavf

emas, balki cheksiz imkoniyat deb qabul qiluvchi sun’iy intellekt tarafdorlari

hozircha ko‘pchilikni tashkil etmoqda.

Dunyo ilmiy hamjamiyati, siyosatchilar, butun jamoatchilikni eng ko‘p

tashvishga solayotgan xatar esa qachondir sun’iy intellekt o‘zini o‘zi rivojlantirib,

inson ongiga ta’sir ko‘rsata olish qobiliyatiga ega bo‘lishi va butun dunyoni

nazoratga olishi haqidagi gipotezadir. Ammo bu endi boshqa maqola uchun mavzu.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

72

Xulosa qilsak sun'iy intellekt texnologiyalari insoniyat hayotini tubdan

o'zgartirishda davom etmoqda. U ilm-fan, sanoat, tibbiyot, moliya va boshqa

ko'plab

sohalarda inqilobiy o'zgarishlarni amalga oshirayotgani bilan birga, yangi

imkoniyatlar va muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. SI'ni to'g'ri yo'naltirish

va axloqiy me'yorlarga rioya qilish orqali insoniyat yanada samarali va qulay

kelajakni yaratishi mumkin. Sun’iy intellekt bugungi kunda fan-texnika

taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. U turli sohalarga ijobiy

ta’sir ko‘rsatib, inson hayotini yengillashtiradi. Biroq, uning xavflarini ham

hisobga olish lozim. SI

texnologiyalarini rivojlantirish va ularning xavfsizligini ta’minlash uchun

doimiy ravishda ilmiy tadqiqotlar olib borish va huquqiy me’yorlarni ishlab chiqish

muhim

ahamiyatga ega

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. Russell, S., & Norvig, P. (2020). Artificial Intelligence: A Modern

Approach.

Pearson.

2. Goodfellow, I., Bengio, Y., & Courville, A. (2016). Deep Learning. MIT

Press.

3. Brynjolfsson, E., & McAfee, A. (2014). The Second Machine Age: Work,

Progress,

and Prosperity in a Time of Brilliant Technologies. W. W. Norton &

Company.

4. Chollet, F. (2018). Deep Learning with Python. Manning Publications.