https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
29
TA'LIM SIFATIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR.
Sabdenova Kamila
Alfraganus Universiteti Pedagogika fakultet Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2-kurs
talabasi
Annotatsiya. Bolalar mehnatining dolzarbligi va uning salbiy oqibatlari.
Bolalarni mehnatdan himoya qilishning xalqaro va milliy asoslari. Jamiyatning
ushbu masalalarga nisbatan ma'sulyati va kelajak avlodning huquqlarini himoya
qilish zaruriyati.
Tayanch so'zlar: Sifatli ta'lim, insoniy qadriyatlar, inson huquqlari, ijtimoiy
muomala, majburiy mehnat, ma'naviy va an'anaviy omillar.
Kirish.
mehnat nima, ta’lim nima, inson huquqlari
Bolalarni erta mehnatga jalb qilishning bir necha asosiy sabablari mavjud:
1.Ijtimoiy-iqtisodiy
yetishmovchilik.
Bolaning
oilasidagi
iqtisodiy
yetishmovchilik, bunda bola o'z oilasiga moddiy yordam berish maqsadi, ilm olish
masadidan yuqori turadi. Asosiy e'tibor yasash uchun qulay shart – sharoit
yaratishga qaratiladi.
2.Ta'lim imkoniyatlarining yetishmasligi. ba'zi hududlarda maktablar aholi
soni kamligi va undagi kadrlarning yetishmovchili tufayli 2 va undan ortiq
qishloqlar uchun bitta maktab qurilishi. Bu aholiga sifatli ta'lim olish va maktabga
borish imkoniyatini keskin kamaytiradi. Kelib chiqqan noqulayliklar tufayli bolada
ta'lim olishdan mehnat qilish foydali deb notog'ri firk yuritishiga oli keladi.
3.Madaniy va an'anaviy omillar. Bunda bolalarning mehnat qilishga jalb
etish ularning oilasidan boshlanadi. Oilada shaxsiy biznes yoki oilaviy hunar bilan
shug'ullanilsa, bola ham kichik yoshidan mehnatga yo'naltiriladi va bu bolaning
ota-onasi va yaqinlari nigohida tog'ri deb hisoblanadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
30
4.Qonunchilik va nazoratning zaifligi. Bolalarning mehnat qilishiga qarshi
fikr yuritishga asoslangan qonun qoidalar yetarlicha lekin uni amalda qo'llash doim
ham amalda o'z aksini topmaydi. Shu tariqa bolalarning huquqlari himoya
qilinmaydi. Keltirilgan omillar tufayli bola sifatli ta'lim olish huquqidan mahrum
bo'lib, sifatli ta'lim olishga imkon yaratmaydi.
Yuqoridagi muamolarni bartaraf etish uchun mahalla maktab va yirik
tashkilotlarda tashkiliy tashviqot tadbirlari o'tkazilishi ijobiy samara olib keladi.
Xalqaro olimlar va buyuk insonlarning «Bolalarning erta yoshdagi
mehnatiga qarshi bo'lgan fikrlari va asoslari.
Tarixchi E.P.Thomson « Angliya ishchilar sinfi shakllanishi» asarida (1963)
Bolalar o‘z salomatliklari, bilim olish va ijtimoiylashish imkoniyatlaridan mahrum
qilinganda, jamiyatning kelajagi xavf ostida qoladi, bolalarda asosan e'tiborimizni
ularning salomatligiga qaratishimiz, davlatning kelajagi sog'lom farzandlar qo'lida
ekanini bizga tushuntirmoqchi bo'lyapti [1].
Jane Addams – Bolalar mehnatiga qarshi faol kurashgan ijtimoiy islohotchi
va feministik yetakchi. U «Twenty Years at Hull-House» asarida bolalar
mehnatining insoniy rivojlanishga salbiy ta’sirini tasvirlagan. Bolalar hayotining
ilk yillarida mehnatga jalb qilinishlari ularni o‘z qobiliyatlarini rivojlantirishdan
mahrum qiladi va jamiyat uchun yaroqsiz kishilarga aylantiradi [2]. Jamiyatga
yaroqsiz insonlar, shu jamiyatga zarar yetkazishi mumkinligini e'tiborga olingan.
Biz necha yoshda bo'lishimizdan qat'iy nazar, biz o'z jamiyatimizga foydali shaxs
bo'lib yetishib chiqishimiz kerak.
Al-Farobiyning «Fozil odamlar shahrida» bolalar mehnati masalasiga
yondashuvi ulardan mehnat qilish o‘rniga ta'lim va tarbiya olishlarini talab qiladi.
Uning fikrlariga ko‘ra, bolalar mehnati nafaqat individual rivojlanishga, balki
butun jamiyatning taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bu asar, o‘z vaqtida bolalar
mehnatiga qarshi bir nazar sifatida qabul qilinishi mumkin va hozirgi kunda ham
o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. [3,]
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
31
Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan 1997 yilda Amsterdam va Osloda
bo'lib o'tgan konferensiyada 12- iyun «Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash
kuni» deb qabul qilingan.
BMT Bosh Assambleyasi 2021-yilni Bola mehnatiga qarshi kurashish yili
deb eʼlon qildi.
2021-yilda BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 46-sessiyasida
majburiy va bolalar mehnatiga barham berish ustuvorligini yana bir bor taʼkidladi.
Yana bit qator bola mehnatiga qarshi va uni barham etish haqidagi qonun qoidalar
mavjud. Bu avvalo bolaning huquqlarini ta'minlaydi. Va majburiy mehnat
qildirishdab saqlaydi.
Barcha ma’lumotlarni hisobga olgan holda, quyidagi xulosalarni chiqarish
mumkin: Bolani erta mehnatga jalb qilmaslik, jamiyatga sog'lom va davlat
rivojlanishiga xissa qo'shuvchi va unga hizmat qiluvchi shaxslarni yetishtirib
chiqarishga yordam beradi. Asosiy e'tiborni bola sifatli ta'lim olishiga va sog'lom
bo'lishiga qaratish, jamiyatga yetuk insonlarni va ularning davlat ravnaqiga hissa
qo'shishiga olib keladi. Bilimli bola jinoyatdan yiroq bo'ladi va erta o'lim va noxush
hodisalarning kelib chiqishini oldini oladi.
Sifatli ta'lim — bu o‘quvchilarga yuqori darajadagi bilim, ko‘nikma va
qadriyatlarni shakllantirishni maqsad qilgan ta'lim jarayonidir. Bu turdagi ta'lim
o‘quvchilarni nafaqat ma'lum bir fan bo‘yicha o‘rgatish, balki ularni keng qamrovli
fikrlashga, ijodiy va tanqidiy yondashishga, mustaqil bilim olishga o‘rgatadi.
O‘zbekiston Respublikasida sifatli ta'limni rivojlantirish uchun bir qancha takliflar
berilishi mumkin.
1. O‘qituvchilarni muntazam ravishda qayta tayyorlash va malaka oshirish
kurslariga jalb etish.
2.Ta’lim muassasalarini zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlash, masalan,
kompyuterlar, projektorlar, interaktiv doskalar va boshqa texnik vositalar.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
32
3.Dars dasturlarini zamonaviy talablarga mos ravishda yangilash, fanlar o‘rtasidagi
bog‘liqlikni oshirish va o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga undaydigan materiallarni
qo‘shish
4.Har bir o‘quvchining qobiliyati va ehtiyojlariga mos ravishda yondashuvlarni
shakllantirish. Individual ta'lim rejalarini ishlab chiqish orqali o‘quvchilarning
kuchli tomonlarini rivojlantirish va kamchiliklarini to‘ldirish.
5.Ota-onalarni ta'lim jarayoniga faol jalb qilish, ularning ta'lim sifatini oshirishga
bo‘lgan roli haqida ko‘proq ma'lumot berish. Ota-onalar bilan muntazam
uchrashuvlar, seminarlar va ma'ruzalar tashkil etish.
6.O‘zbekiston ta'lim tizimini xalqaro tajribalar bilan boyitish, xorijiy
o‘qituvchilarni jalb qilish va xalqaro ta'lim dasturlarini joriy qilish.
Jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish mumkin. Jamiyatda bilim olishga
yo‘naltirilgan e’tibor, bolalarni jinoyatga yo‘l qo‘ymaslikka, va yaxshiroq kelajak
uchun tayyorlashga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.E.P.Thomson. Angliya ishchilar sinfi shakllanishi. Angliya. 1963 y. 848 b.
2. Jane Adams. Twenty years at Hull- House. New York .1910 y. 462 b.
3.Al-Farobiy. Fozil odamlar shahri. Toshkent. 2021 y. 186 b.
3.Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi Xalqaro
shartnomalarni implementatsiya qilish bo'limi boshlig'ining « O'zbekiston bolalar
mehnatini bartaraf etish bo'yicha muhim natijalarga erishdi» mavzusi 2020 yilda «
Yangi O'zbekiston» va « Pravda Vastoka» gazetasi tahririyati nashridan.