https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
8
MAHALLADA PSIXOLOGIK XIZMAT KO’RSATISHNING O’ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI
Boboyorov Sherzod Shuxrаtovich
Buxoro davlat pedagogika institute Psixologiya kaferdrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya : Psixologik xizmat va uning tashkil qilinishi psixologik
mexanizmlar va ijtimoiy psixologiyaning tamoyillari
Kalit so‘zlar : Psixologik ekspertiza, psixodiagnostika, psixoprofilaktika,
psixokorreksiya
O‘zbekistonda psixologik xizmat tizimining joriy etilishi ko‘p tarmoqli va
keng ko‘lamli jarayon ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Qolaversa, har bir
ijtimoiy tizimda psixologik xizmatning joriy etilishi shu tizimda faoliyat
yuritayotgan shaxs va ijtimoiy taraqqaiyot uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladi.
O‘ylaymizki, ushbu “ta’minot” ning qanchalik mukammal va ilmiy tarzda tashkil
etilishi shu hududda istiqomat qiluvchi har bir fuqaroning alohida shaxs sifatidagi
ijtimoiy-psixologik istiqbollarini belgilab berishga xizmat qiladi.
O‘zbekistondagi mahallalar tizimida psixologik xizmatning o‘rni va ahamiyatini
alohida tadqiq qilish va shu tadqiqot natijalariga asoslanib muayyan ilmiy-amaliy
tavsiyalarini taqdim etish masuliyatini olganligi bilan boshqa tadqiqotlardan
alohida ajralib turadi. Zero, har bir insonning o‘ziga xos psixologik tabiatini bilish
va shu asosda unga ta’sir etish orqaliginauning ijtimoiy muvaffaqiyatlarini
taminlash mumkin. Psixologik xizmatning ijtimoiy-psixologik muammo sifatidagi
nazariy va metodologik jihatlarini ochib berishga harakat qilgan edik. Ushbu
nazariy-ilmiy mushohadalardan kelib chiqib tadqiqotning umumiy maqsadi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
9
belgilandi. Ushbu maqsadni bevosita amalga oshirish uchun esa muayyan
muammolar qo‘yildi va mazkur muammolar yechimini izlash bilan bog‘liq
tadqiqot obyekti va vazifalari belgilab olindi.Ayni paytda mahalladagi amaliy
psixologlar har bir shaxs faoliyati hamkorligini tashkil etish jarayonida ushbu
imkoniyatlarni hisobga olishi orqali ijtimoiy-psixologik yutuqlarga erishishi
mumkin XX asrning oxiri XXI asrning boshlariga kelib psixologik xizmat
quyidagi ikki yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilishi belgilandi:
Birinchidan, psixologik xizmat turli xil ijtimoiy tuzilmalarga, ya’ni sog‘liqni
saqlash, ta’lim, ishlab chiqarish jamoalari psixologik yordam ko‘rsatishga
ixtisoslashtirildi. Bu tizim amaliy psixologiyaga oid barcha topshiriqlarni –
psixologik ekspertiza, psixodiagnostika, psixoprofilaktika, psixokorreksiya
kabilarni o‘z ichiga olgangiligi bilan ahamiyatlidir.
Hozirgi zamon oilasining rivojlanish masalalarini (- ichki oilaviy va shaxslararo
munosabatlar; - oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladigan
qadriyatlar, milliy an’analar; - avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
xususiyatlarini) o‘rganish.
Oilaviy nizolarning hududiy (viloyat, tuman, shahar) xususiyat-larini aniqlash.
Oilaviy nizolar sabab va omillarini aniqlash.
Oilaviy nizolarning etnopsixologik xususiyatlarini aniqlash.
Ota-ona va farzandlar nizolarining ijtimoiy-psixologik xusu-siyatlarini aniqlash.
Er-xotin nizolarining ijtimoiy psixologik xususiyatlarini aniqlash.
Qaynona-kelin nizolarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash.
Ota-onalar, pedagog xodimlar, mahalla faollari, oila bilan ishlovchi mutasaddi
xodimlar, “Oila” IATM xodimlari uchun oilaviy nizolarni bartaraf etish, oila
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
10
mustahkamligini ta’minlash, ularning psixologik savodxonligini oshirish bo‘yicha
psixologik tavsiyalar ishlab chiqish zarurdir.
Bugungi kunda mahallada muayyan ijtimoiy zarurat sifatida o‘rganilgan
psixologik xizmat muammosining dolzarbligi avvalo tashkiliy jixatdan aniq bir
tizimga ega emasligi, nazariy jihatdan ma’lum darajadagi ilmiy mushohadalarning
taqchilligi, amaliy jihatdan ushbu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan aloxida
empirik tadqiqotlar olib borilmaganligi kabi xolatlarning mavjudligi bilan
belgilanadi.
Mahallada psixologik hizmat konsepsiyasini S.L.Rubinshteyning “Ong va
faoliyat konsepsiyasi”, G.M.Andreyevaning “Ijtimoiy psixologik faollik
konsepsiyasi”, A.Maslouning “Insonga bir butun yondashuv” konsepsiyasi,
Ch.Spirmanning “Ikki omil” va L.Terston, Dj.Gilfordning “Multifaktor”
nazariyasi, V.N.Myasishevning “Munosabatlar tizimi” konsepsiyasi, V.Merlin,
M.Rusalov va B.Teplovlarning “Individual farklanish” konsepsiyasi, R.Kettellning
“16 omilli shaxslilik profillari” konsepsiyasi va I.V.Dubrovina, L.M.Fridman
D.N.Bityanovlarning “Psixologik xizmat” konsepsiyalariga va bugungi kunda
Respublikamiz olimlari tomonidan olib borilgan fundamental tadqiqot natijalariga
asoslangan xolda shakllantirish va rivojlantirish mumkin.
Qo‘llanilgan har bir usul natijalari va mahallada psixologik xizmat samaradorligini
bevosita tadqiq qilish modeli aholining turli guruhlaridagi (yoshlar, oilalilar,
nogironligi bor shaxslar) shaxslilik sifatlari (Kettell uslubi asosida), o‘zini-o‘zi
xissiy baxolash darajalari (Riks-Uessman uslubi asosida), muayyan ziddiyatli
xolatlarda adekvat xarakat qilish motivatsiyasi (Tomas uslubi asosida) haqida
tegishli ilmiy-empirik tasavvurlarni shakllantirish uchun imkoniyatlar yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1.
Abramova G.S.Prakticheskaya psixologiya. – M.; 2000.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
11
2.
Andreyeva G.M.Sotsialnaya psixologiya. Uchebnik. – M.;1999.
3.
zavedeni/G.M.Andreyeva. – 5-ye izd; ispr. i dok. – M.: Aspekt Press, 2003. - 364
s.
4.
Zotova O.I «Sotsialno-psixologicheskiye aspekti motivov professionalnoy
deyatelnosti» (2004 g.); Izard: Psixologiya emotsii Izdatelstvo: Piter, 2008 g. - 464
s.
5.
Ibodullayev Z.Tibbiyot psixologiyasi. Darslik. Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2009.
– 294 b.