https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
401
OLIY TA’LIM MUASSASALARI PEDAGOG-KADRLARI
TOMONIDAN DARS MASHG’ULOTLARIDA OLIB BORILADIGAN
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION USULLAR
O’zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti, Ijtimoiy ish
yo’nalishi 1-bosqich magistranti
Usmonova Durdonaxon Qahramonjon qizi
Annotatsiya: Mamlakatimizda deyarli har yili ta’lim jarayoniga oid
islohotlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida barcha o’quv yurtlarida
zamonaviy texnologiya yordamida o’qitish va innovatsion usullardan foydalanish
yo’lga qo’yildi. Ushbu maqola oliy ta’lim muassasalari pedagog-kadrlari
tomonidan dars mashg’ulotlarida olib boriladigan zamonaviy texnologiyalar va
innovatsion usullarni o’rganishga bag’ishlanadi.
Kalit so’zlar: innovatsiya, AKT, didaktik texnologiyalar, aktiv metod, passiv
metod, interaktiv metod.
Bugungi kunda dars mashg’ulotlarini yangi pedagogik texnologiya va
innovatsion usullar bilan o’tkazish davr talabi hisoblanadi. Bugungi zamon
o’quvchilarining bilim olishi uchun avvalgi an’anaviy dars mashg’ulotlari yangilik
emas. Hozirgi texnika va texnologiyalar davrida an’anaviy dars mashg’ulotlari
tinglovchining e’tiborini tortmaydi. Rivojlanib borayotgan jamiyatimizga ayniqsa,
ta’lim sohasiga zamon bn uyg’unlashgan davr talablariga “labbay” deb javob bera
oladigan pedagogik kadrlar kerak. Ta’limdagi rivojlanish va taraqqiyotning asosi
sifatida Prezidentimizning ta’limga oid bir qancha Qaror va Farmonlarini ko’rish
mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2022 yildagi PQ-289-
sonli qarori
“Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi
oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
402
to‘g‘risida”
gi qonun misolida ko’rishimiz mumkin. Pedagog kadrlar tayyorlovchi
oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini
takomillashtirish, ilg’or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta’lim
dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi
bosqichga ko’tarish, shuningdek, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot
uyg’unligini ta’minlash qonunning asosiy maqsadi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va
pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to’g’risida”
2019-yil 27-avgustdagi PF-5789-son
ijrosini ta’minlash hamda oliy
ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy bilimi, ko’nikmalari va
mahoratini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy
talablarga muvofiq oliy ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy
tayyorgarlikni oshirish, qayta tayyorlash va malaka oshirishning bevosita hamda
kasbiy faoliyatga aloqador bilvosita shakllarini variativ va bir birini to‘ldirish
tamoyillari asosida amaliyotga joriy etishni ta’minlashdan iborat. Ta’lim
jarayonida talabalarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash uchun O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to’g’risida” O’RQ-
637 sonli Qarorining
13-moddasida: Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch
mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‘lgan yo’nalishlar bo’yicha faoliyatni
amalga oshirish uchun qo’shimcha kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalarning zarur
hajmi egallanishini ta’minlaydi.
Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka
va ko’nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlaydi,
kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi
“Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog
kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
289-sonli Qarori
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog
kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to’g’risida”gi PF-5789-son
3
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to’g’risida” O’RQ-637-sonli Qarori
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
403
tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabr “O’zbekiston Respublikasi oliy
ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi
PF-5847-sonli Farmonida
, O’zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh
qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-
axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash
jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, oliy ta’limni modernizatsiya
qilish, ilg’or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot
tarmoqlarini rivojlantirish maqsadlari ilgari surildi.
O’quv jarayonining sifati ko’p omillarga bog’liq bo’lib, ular orasida
o’qitishning usul va metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Metod va usullar
o’quvchilar tomonidan bilimlarni ongli va chuqur o’zlashtirishiga, ularda
mustaqillik va ijodiy faollikning rivojlanishiga yordam beradi. O’qitish metod va
usullarini tanlashda o’qitiladigan fanning xarakteri, talabalarning yosh
xususiyatlari, tayyorgarlik darajasi va boshqalar hisobga olinadi. Ta’lim metodlari
va usullarini tanlash o’qituvchi tomonidan darsda hal qilinishi mo’ljallangan
masalaga bog’liq bo’ladi. Ya’ni yangi materialni bayon etishda bir xil metod va
usul qo’llanilsa, uni mustahkamlashda boshqa xil usul, mavzuni umumlashtirishda
yana boshqa xil metodlar qo’llaniladi. Darsning turli bosqichlarida puxta o’ylangan
va samarali usullar va metodlarni tanlash juda muhimdir. Shunday qilib, o’qitish
metodi o’qituvchi va o’quvchilar nazariy hamda amaliy bilish faoliyatining
ta’limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan yo’lidir.
Ta’limdagi innovatsion faoliyat ta’lim sohasidagi innovatsiyalarning paydo
bo'lishiga qaratilgan kompleks faoliyatni o’z ichiga oladi. Bu innovatsiyalar ta’lim
jarayonini tashkil etishning usullari, ta’lim va tarbiya jarayonida foydalaniladigan
resurslar, ilmiy nazariyalar va tushunchalar bo’lishi mumkin. Innovatsiyalar yangi
4
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabr “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847-sonli Farmoni
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
404
ilmiy bilimlarni, qandaydir kashfiyotlar, ixtirolarni olishga qaratilgan tadqiqot
faoliyatidan foydalanish orqali rivojlanadi. Bundan tashqari, innovatsiyalarning
paydo bo’lishi loyihalash ishlarining natijasi bo’lishi mumkin, bunda mavjud ilmiy
nazariyalar va tushunchalar asosida amaliy harakatlarni amalga oshirish
imkoniyatlarini aks ettiruvchi instrumental va texnologik bilimlar ishlab chiqiladi.
Shunday qilib, innovatsion loyihalar yaratiladi, bu esa keyinchalik yangi
texnologiyalarning paydo bo’lishiga olib keladi. Innovatsiyalar ta’lim faoliyati
jarayonida ham rivojlanadi. O’quv jarayonida talabalarning nazariy va amaliy
bilimlarini rivojlantirish amalga oshiriladi, keyinchalik ular innovatsiyalarni
yaratish bilan bog’liq bo’lgan amaliy hayotning turli sohalarida qo’llanilishi
mumkin. Ta’limda innovatsion texnologiyalarni o’qitishda muayyan
yondashuvlarni tadbiq etish asosida qo’llaniladi, ya’ni yangi texnologiyalarni
rivojlantirish uchun asos bo’lgan talablar va maqsadlarni o’z ichiga olgan
tamoyillar hisoblanadi. Pedagogik sohadagi barcha innovatsiyalar jamiyat ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichiga aniq mos kelishiga asoslanadi.
Hozirgi vaqtda ular o’quvchilarning mustaqilligini rivojlantirishga, o’z-o’zini
o’rganish va o’z-o’zini rivojlantirish qobiliyatlarini shakllantirishga, o’quv
dasturlarini mexanik ravishda emas, balki ongli ravishda o’zlashtirishga qaratilishi
kerak. Hozirgi vaqtda axborot texnologiyalarining odamlar hayotidagi ro’li
sezilarli darajada oshdi. Zamonaviy jamiyat axborotlashtirish deb ataladigan
umumiy tarixiy jarayonga aralashdi. Bu jarayon har qanday fuqaroning axborot
manbalaridan foydalanish imkoniyatini, axborot texnologiyalarining ilmiy, ishlab
chiqarish, jamoat sohalariga kirib borishini, axborot xizmatining yuqori darajasini
o’z ichiga oladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
405
Ta’lim sohasidagi innovatsion texnologiyalar doimiy ravishda rivojlanib,
ularning turlari kengayib bormoqda. Quyidagi asosiy texnologiyalar guruhlarini
ajratish mumkin:
1. Fan ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoki AKT.
Ushbu texnologiyalardan foydalanish axborot jamiyatining rivojlanishi va
hayotning barcha sohalarida axborot vositalarini faol joriy etish bilan bog’liq.
Bunday texnologiyalar talabalar ongini axborotlashtirishga qaratilgan. Ta’lim
dasturlari informatika, axborot jarayonlari va AKTni o’rganishga qaratilgan yangi
fanlarni o’z ichiga oladi. Professor o’qituvchilar va talabalarning axborot
madaniyatini oshirishga yordam berish uchun o’quv jarayoni ham faol ravishda
axborotlashtirilmoqda.
2. Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar. Ushbu texnologiyalar shaxsni ta’lim
va tarbiyada ustuvor o’ringa qo’yishga qaratilgan. Bu ta’lim jarayoni shaxsning
o’ziga xosligi va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda shaxsni
rivojlantirishga qaratilgan.
3.
O’quv jarayonini axborot-tahliliy ta’minlash. Ushbu guruh
texnologiyalaridan foydalanish har bir o'quvchi, sinf, parallel, ta’lim
muassasasining rivojlanishini o’rganishga, ularni adekvat baholashga qaratilgan.
4. Intellektual rivojlanish monitoringi. Texnologiyalar grafiklardan
foydalanishga, test tizimiga, individual o’quvchilarning rivojlanish dinamikasini
va umuman, ta’lim sifatini kuzatish imkonini beruvchi yangi baholash usullariga
asoslangan.
5. Ta’lim texnologiyalari. O’quv jarayonini ta’limdan ajratib bo’lmaydi.
Shuning uchun shaxsni, uning asosiy fazilatlarini rivojlantirishning yangi usullari
joriy etilmoqda.
5
Sh.I.Siddiqova “Inovvatsion texnologiyalarni joriy etishning samarali usullari” o’quv qo’llanma Toshkent 2024,
5-bet
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
406
6. Didaktik texnologiyalar. Ular ta’lim muassasasi rivojlanishining asosiy
omili hisoblanadi. Bunday texnologiyalar an’anaviy va innovatsion
texnologiyalardan foydalanishni o’z ichiga olgan texnika va vositalar majmuasiga
asoslanadi. O’quv adabiyotlari bilan mustaqil ishlash, audiovizual, multimedia
vositalaridan foydalanish, tabaqalashtirilgan o’qitish usullari.
Ilmiy bilimlarni innovatsiyaga aylantirish jarayoni, uni hodisalarning ketma-
ket zanjiri sifatida ifodalash mumkin, bu jarayon davomida innovatsiya g’oyadan
ma’lum mahsulot, texnologiya yoki xizmatga qadar yetuklanadi va amaliy
foydalanishda tarqaladi. O’qituvchi innovatsion texnologiyalarga asoslanib darsni
tashkil etar ekan, turli texnik vositalardan ham (kompyuter, proyektor, elektron
doska va hokazo) foydalanishi mumkin. O’qituvchining faoliyatida innovatsiyalar
qanchalik ko’p bo’lsa, mazmun shunchalik oshadi. Ta’limda innovatsion
texnologiyalar va interfaol metodlar haqidagi tasavvurlar barqaror va mukammal
shaklga ega emasligini ham e’tirof etish kerak. Har bir o’qituvchi ta’limga
individual tarzda yangilik kiritishi mumkin. Innovatsion texnologiyalar o’qituvchi
o’z faoliyatidan qoniqmaslikdan kelib chiqadi.
Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o’ziga xosligi
shundaki, ular o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga
oshiriladi. O’qitish jarayoni o’qituvchi hamda o’quvchilar faoliyatini o’z ichiga
oladi. O’qituvchining faoliyati o’quv materialini bayon qilish, o’quvchilarning
fanga bo’lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e’tiqodini
shakllantirish, o’quvchilarning mustaqil mashg’ulotlariga rahbarlik qilish, ularning
bilim, malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. O’z ko’nikma va ishiga
ixlos bilan qaragan o’qituvchida chinakkam ehtiros bo’ladi. Ta’lim jarayonlarida
albatta,
har
bir
pedagog
innovatsion
pedagogik
texnologiyalardan
foydalanmasligining iloji yo’q. Avvalo, innovatsiya so’ziga to’xtaladigan bo’lsak,
innovatsiya so’zi lug’aviy jihatdan “Innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima
qilinganda (innovation) “yangilik kiritaman” degan ma’noni anglatadi. Mazmunan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
407
va ma’no jihatidan olib qaraydigan bo’lsak, tushuncha negizida innovatsiya
tushunchasi muayyan tizimning ichki tuzilishini o’zgartirishga qaratilgan
faoliyatni ifodalaydi. Innovatsiyalarning asosiy ko’rinishlari quyidagilar sanaladi:
•
yangi g’oyalar;
•
tizim yoki faoliyat yo’nalishini o’zgartirishga qaratilgan aniq
maqsadlar;
•
noan’anaviy yondashuvlar;
•
odatiy bo’lmagan tashabbuslar;
•
ilg’or ish uslublari.
Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o’quv jarayonida mavjud
muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo’llanilib, avvalgidan
ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl va metod texnologiyalar majmui.
Ta’lim innovatsiyalari “Innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi. Innovatsion
ta’lim tushunchasi ilk bor 1979-yilda “Rim klubi” da qo’llanilgan.
innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi. Ular:
1. Faoliyat yo’nalishiga ko’ra: pedagogik jarayonda yoki ta’lim tizimini
boshqarishda qo’llaniladigan innovatsiyalar.
2. Kiritilgan o’zgarishlarning tavsifiga ko’ra: radikal, modifikatsiyalangan
hamda kombinatsiyalangan innovatsiyalar.
3. O’zgarishlarning ko’lamiga ko’ra: tarmoq (lokal), modul va tizim
innovatsiyalari.
4. Kelib chiqish manbaiga ko’ra: jamoa tomonidan bevosita yaratilgan yoki
o’zlashtirilgan innovatsiyalar.
O’qitish metodlariga innovatsiya aktiv, passiv va interaktiv
metodlarining kirib kelishi misolida ko’ramiz.
Aktiv metodni qo’llash talabalarni
6
M.X.Xolmetova “Zamonaviy pedagogik texnologiyalarida innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo’llash” maqola
2023-yil 321-bet
7
Sh.I.Siddiqova “Inovvatsion texnologiyalarni joriy etishning samarali usullari” o’quv qo’llanma Toshkent 2024,
8-bet
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
408
dars jarayonidagi faolligini oshirishga xizmat qilsa, passiv metod talabalarni bir
tomonlama tushuncha berilishi bilan izohlanadi. Interaktiv metod esa birgalikda
faol harakat qilishi (o’qituvchi bilan talaba, talaba bilan talaba) tushuniladi.
Dars shakliga innovatsiyaning kirib kelishini standart, nostandart, virtual dars
shakllari misolida ko’rishimiz mumkin.
O’qitish turlaridagi innovatsiyani quyidagi turlari mavjud.
•
muammoli ta’lim
•
evristik ta’lim
•
darajalangan ta’lim,
•
integratsiyalangan ta’lim
•
interfaol ta’lim
•
informal ta’lim
•
rasmiy ta’lim
•
norasmiy ta’lim
O’qitish vositalariga innovatsiyani kirib kelishini dars jarayonida multimedia,
elektron doskalar va boshqa vositalarni misol qilish mumkin.
O’qitish metodlaridagi innovatsiyani quyidagi metodlarda ko'rishimiz
mumkin:
o
Aktiv metod — dars jarayonida faollashuviga, ma’lum bir holat
va voqelikka nisbatan fikrlashga — mulohaza yuritishga undaydi,
o
Passiv metod — dars jarayonida talabalarda o’rganilayotgan
mavzu bo’yicha bir tomonlama tushuncha hosil bo’lishiga olib keladi.
o
Interaktiv metod — bu metodning maqsadi dars jarayonida
o’qituvchi va talabalarni birgalikdagi faol xatti-harakatlariga asoslanadi.
Dars shaklidagi innovatsiyani quyidagi shaklda ko’rishimiz mumkin.
•
standart dars - dars ichidagi struktura o'zgarmaydi
8
X.M.Eshpo’latova “Ta’limda innovatsion texnologiyalarning turlari va ahamiyati” maqola 2022, 31-bet
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
409
•
nostandart dars — dars ichidagi struktura o'zgaradi.
•
virtual dars ya’ni masofadan o’qitish.
Oliy ta’lim muassasalari pedagog-kadrlari tomonidan dars mashg’ulotlarida
zamonaviy texnologiya va innovatsion usullarni qo’llash ta’lim sifatini oshirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
1. Interaktiv usullar: “Klaster metodi” Talabalarning ma’lumotlarni
strukturaviy tartibga solishiga ko‘maklashadi.
Baliq skeleti usuli: Muammolarni aniqlash va ularni tizimli tahlil qilish
imkonini beradi.
“Blits-so‘rov” va “Aqliy hujum”: Tezkor fikrlash va ijodiy yechimlarni
topishga yordam beradi.
2. Axborot-kommunikatsion texnologiyalar (AKT)
Elektron darsliklar va platformalar (moodle, Google Classroom): Masofaviy
o’qitish va o’zlashtirishni monitoring qilish imkonini beradi
Video va multimedialar: Darsni jonlantirish va vizual tasavvurga ta’sir
o’tkazish.
Simulyatsiya dasturlari: Amaliy mashg’ulotlarda real muhitni yaratishga
yordam beradi. (masalan, tibbiyot yoki muhandislik sohalarida)
3. Gamifikatsiya (o’yinlashtirish)
Ta’limiy o’yinlar: Jarayonni qiziqarli va samarali qilish uchun o’yin
elementlarini qo‘shish.
Ball tizimi va reytinglar: Talabalarni rag’batlantirish va ularning faolligini
oshirish.
4. Ishlashda guruhli va jamoaviy yondashuv
Kichik guruhlar bilan ishlash: Talabalar o‘zaro fikr almashib, birgalikda
yechim topishga o’rganadilar.
Loyiha metodi: Talabalar real muammolar ustida ishlash orqali amaliy
ko’nikmalarni rivojlantiradi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
410
5. Innovatsion yondashuvlar
Flipped Classroom (teskari sinf): Talabalar darsdan oldin mavzuni o‘rganib,
mashg‘ulotda esa amaliyot va muhokama bilan shug‘ullanishadi.
STEAM metodikasi: Fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik
(Engineering), san’at (Art) va matematika (Math)ni integratsiyalash orqali
bilimlarni amaliy qo‘llash.
AR/VR texnologiyalar: Virtual va qo‘shimcha haqiqatdan foydalanish
talabalarga real muhitni tajriba qilmasdan his qilish imkonini beradi.
6. Masofaviy va gibrid ta’lim
Onlayn vebinarlar va virtual konferensiyalar: Masofadan o‘rgatish
imkoniyatlarini kengaytiradi.
MOOC (Ommaviy ochiq onlayn kurslar): Global platformalar orqali yuqori
darajadagi ma’ruzalar va kurslardan foydalanish
7. Refleksiya va tahlil
Talabalarning o‘z-o‘zini baholash tizimlari orqali bilimlarini qayta ko‘rib
chiqish va mustahkamlash imkoniyatini yaratish. Feedback (qayta aloqalar):
O‘qituvchi va talabalar o‘rtasida muntazam fikr almashishni ta’minlash.
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy texnologiyalar va usullar oliy ta’limni
modernizatsiya
qilishda
hamda
talabalarning
qobiliyatlarini
kengroq
rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. O’z vaqtida qabul qilingan
Prezidentimizning Qaror va Farmonlari zamon bilan hamnafas holda
rivojlanayotgan ta’lim tizimidagi o’zgarishlarning asosi hisoblanadi. Bularning
barchasi ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko’tarish uchun xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik
ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari
faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-sonli Qarori
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
411
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-avgustdagi “Oliy
ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish
tizimini joriy etish to’g’risida”gi PF-5789-son
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim
to’g’risida” O’RQ-637-sonli Qarori
4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabr “O’zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847-sonli Farmoni
5.“Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” Q.Nishonov,
Sh.Niyazova Toshkent, 2020, 209-be
6. Interfaol metodlar: mohiyati va qo’llanishi metodik qo’llanma.
Tuzuvchilar: D.Ro’ziyeva, M.Usmonboyeva, Z.Holiqova. Toshkent: Nizomiy
nomidagi TDPU nashriyoti, 2013, 136-bet
7. “Inovvatsion texnologiyalarni joriy etishning samarali usullari” Sh.I.
Siddiqova 2024, 6-8-bet
8. Internet manbalari