https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
229
FUQAROLARNING JAMOAT TARTIBINI SAQLASHDA
ISHTIROKINING IJTIMOIY ZARURATI
О‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik
fakulteti Maxsus fanlar sikli katta о‘qituvchisi, podpolkovnik
Xojibekov Ziyomiddin Nasriddinovich.
+99890 9316092
Annotasiya: Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasida jamoat
xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirishning ahamiyati fuqarolarning jamoat
tartibini saqlashda ishtirokining ijtimoiy zaruratini nazariy va amaliy jixatlariga
ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar berilgan.
Tayanch so’zlar: Strategiya, Jamoat xavfsizligi, Jamoat xafsizligini
ta’minlash, Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Yo’l xaritasi, Ommaviy tadbir,
Raqamlashtirish.
Аннотация: В статье изложены научно обоснованные предложения и
рекомендации по теоретическим и практическим аспектам важности
развития системы общественной безопасности в Республике Узбекистан и
общественной необходимости участия граждан в поддержании
общественного порядка.
Ключевые
слова:
Стратегия,
Общественная
безопасность,
Обеспечение общественной безопасности, Органы внутренних дел,
Национальная гвардия, Дорожная карта, Публичное мероприятие,
Цифровизация.
Annotation: This article presents scientifically based proposals and
recommendations on the theoretical and practical aspects of the importance of
developing a public safety system in the Republic of Uzbekistan and the social
necessity of citizens' participation in maintaining public order.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
230
Key words: Strategy, Public safety, Ensuring public safety, Internal affairs bodies,
National Guard, Road map, Public event, Digitalization.
Bugungi
kunda
davlatimizning
har
sohada
rivojlanayotganligi
fuqarolarimizga qator imkoniyatlarni ochib bermoqda. Jamiyatning turli sohalarida
bo‘layotgan o‘zgarishlar bevosita fuqarolarning faol ishtiroki asosida amalga
oshirilayotganligi hech kimga sir emas. Davlat siyosatini amalga oshiruvchi barcha
davlat organlari faoliyatining nazorati nafaqat qonun hujjatlari bilan balki
jamoatchilik nazorati orqali ham olib borilmoqda. Bunda fuqarolarning jamoat
joylarida tartibni saqlashda ishtirok etishi fikrimizning dalili bo‘la oladi. Keling,
unda dastlab qanday joylar jamoat joylari deb atalishi haqida fikr yuritamiz. Jamoat
joyi deganda biz hamma uchun to‘siqlarsiz kirish (yoki bo‘lish) uchun ruxsat
etilgan yoki fuqarolarning turli ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan joylarning
uchastkasi, binolar, inshootlar va ularning qismlari, shuningdek transport
kommunikatsiyalarini tushunishimiz mumkin.
Dunyo olimlarining fikricha jamoat joylari 3 ta turga bo‘linadi:
1) doimiy tusdagi jamoat joylari - bunday jamoat joylari fuqarolar doimiy
bo‘ladigan yoki doimiy bo‘lishi imkoniyati bilan tasniflanuvchi, ish vaqti rejimi
bilan belgilanmagan va fuqarolarning doimiy yashash ob’ektlari mavjud bo‘lgan
jamoat joylari hisoblanib, ularga transport magistrallari, ko‘chalar, turar mavzelar,
mahallalar, dahalar, kichik tumanlarning hududlari, aeroportlar, temir yo‘l va
avtomobil vokzallarining binolarini kiritishimiz mumkin.
2) vaqtinchalik tusdagi jamoat joylariga biz fuqarolar vaqtinchalik
bo‘ladigan yoki vaqtinchalik bo‘lishi imkoniyati bilan tasniflanuvchi, ish vaqti
rejimi bilan belgilangan va fuqarolarning doimiy yashash ob’ektlari mavjud
bo‘lmagan jamoat joylarini kiritamiz.
3) bir martalik tusdagi jamoat joylari esa ommaviy jamoat tadbirlari
o‘tkaziladigan ob’ektlar va ommaviy jamoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa (tantanali
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
231
tadbirlar va diniy marosimlar) tadbirlar o‘tkazish vaqtiga mo‘ljallangan ob’ektlar
va alohida hududlarning ob’ektlari hisoblanadi.
Hozirgi tinch va farovon hayotimiz bardavom bo‘lishligi avvalo yurtdagi
siyosiy tuzumning qanday olib borilayotganligi hamda fuqarolarning olib
borilayotgan bunday siyosatga qay tarzda munosabat bildirayotganligi bilan
ifodalanadi. Biz bilamizki, jamiyatdagi osoyishtalikni saqlash har birimizning
burchimizdir. Lekin ming afsuski, davlatimiz rivojlanishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi va fuqarolarning tinchini buzuvchi harakatlar hali hamon davom etib
kelmoqda.
Yevropa olimlari jamoat tartibi buzilishlarini quyidagi ko‘rinishlarini aytib
o‘tishgan:
•
spirtli ichimliklarni jamoat joylarida ichish, (ushbu maqsadlar uchun
maxsus ajratilgan joylar bundan mustasno) mast holda jamoat joylarida bo‘lish;
•
hovli, ayvonda, parkda, bog‘chada, bozorda, transportda, plyajlarda va
boshqa jamoat joylarida pul, narsalar va boshqa qimmatbaho narsalar uchun qimor
o‘yinlarida qatnashish (ushbu maqsadlar uchun maxsus mo‘ljallangan joylar
bundan mustasno);.
•
jamoat joylarida fuqarolarni haqorat qilish va jamoat tartibini va
fuqarolarning tinchligini buzadigan boshqa shu kabi harakatlar;
•
yuk poezdlariga, shahar poezdlari va shaharlararo poezdlarning
zinapoyalari va buferlariga chiqish;
•
noma’lum joylarda ko‘chalarning va temir yo‘llarning qatnov qismidan
o‘tish;
•
baland ovozda kuylash, musiqa asboblarini chalish orqali sukunatni
buzish (texnik vositalardan foydalangan holda kvartirani ta’mirlash);
•
yong‘in chiqadigan narvonlarini, uylarning tomlari, chodirlari va
podvallarini noto‘g‘ri ishlatish;
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
232
•
uy atrofidagi axlatxonalarning yonishi, binolar yaqinida, o‘rmon
ekinzorlari va o‘rmonda o‘t yoqish;
•
taqiqlangan joylarda, daryolar va hovuzlarda cho‘milish;
•
maysazor va gulzorlardan gullarni kesib tashlash, himoya qilinadigan
yovvoyi o‘simliklarni to‘plash, yashil joylarni buzish yoki yo‘q qilish;
•
temir yo‘l, aviatsiya, avtotransport uskunalari, signalizatsiya va aloqa
uskunalari, tashiladigan uskunalar, konteynerlar va boshqa mulkka zarar
etkazilishi; poezdlarga toshlar va boshqa narsalarni tashlash; buyumlarni temir yo‘l
izlariga qo‘yish; havo, suv va temir yo‘l transportining xizmat ko‘rsatish zonalariga
kirish;
•
maishiy va sanoat chiqindilarini aniqlanmagan joyda saqlash; turar joy
binolari orasida va hovlilarda yuk mashinalarini to‘xtatish; piyoda yo‘llarida
haydash; maysazorlar va o‘yin maydonchalarida avtoulovlarni to‘xtatish;
•
uy hayvonlarini parvarish qilish va yurish qoidalarini buzish;
•
sport va ko‘ngilochar tadbirlar, stendlarning yopilishi, musobaqalarni
yoki boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun stendlarga, sport maydonchalariga,
yugurish maydonchalariga va boshqa joylarga o‘tish, shuningdek tadbirlarni
o‘tkazishga xalaqit beradigan boshqa harakatlar;
•
shovqin effektini yaratadigan va tomoshabinlar, sport va ko‘ngil ochish
tadbirlari ishtirokchilariga xalaqit beradigan narsalardan foydalanish, shuningdek
to‘siqlar, yoritish moslamalari, televizion tasvirlarni tushirish uchun platformalar,
boshqa maqsadlar uchun yordamchi tuzilmalardan foydalanish;
•
sport va ko‘ngilochar tadbirlarning tashkilotchilari, ijrochilari va
tomoshabinlarining qadr-qimmatini kamsitadigan va xo‘rlaydigan qichqiriqlar;
•
transportning normal ishlashiga xalaqit beradigan yoki jamoat tartibini
buzadigan sport va ko‘ngilochar tadbirlardan keyin ko‘chalarda, maydonlarda va
boshqa jamoat joylarida yurishlarni tashkil etish va boshqalar.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
233
Yuqorida keltirilgan misollardan shuni aytishimiz mumkinki, hozirgi paytda
barcha sohalarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan bunday tartibsizliklarni
fuqarolarning ishtirokisiz tartibga solish yana boshqa yangi turdagi qiyinchilik va
muammolarni keltirib chiqaradi. Shunday ekan fuqarolarda jamoat tartibini
saqlashga bo‘lgan ishtiyoqni uyg‘otish va ularning ongiga jamiyatga nisbatan
befarqlik va ishonmaslik tuyg‘ularini o‘rniga vatanga bo‘lgan muhabbat,
insoniylik, halollik va birodarlik g‘oyalarini singdirish zarur. Chunki sodir
etilayotgan ko‘plab tartibsizlik va huquqbuzarlik, shuningdek jinoyatchilik
holatlari aynan fuqarolarning befarqligi, boshqalarga yordam berishni istamasligi
yoki o‘z vaqtini ketkazishni xohlamasligi uchun ham ochilmay qolmoqda. Bu esa
nafaqat jinoyatchilikni oldini olishda, balki ularni aniqlash va bartaraf etishda ham
qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu borada rus olimi Melnikov Oleg
Yureevich o‘zining ilmiy ishida huquqiy va ijtimoiy himoyani fuqarolarni jamoat
tartibini muhofaza qilishda ishtirok etishga undash omili sifatida ko‘rsatib o‘tgan.
Malumki, sud-huquq tizimida bu turdagi muammolarni hal etishga
qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi va bu jarayon hali ham davom
etib kelmoqda. Bunga misol tartiqasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-
2833-son qarori
va ushbu qaror ijrosini ta’minlash, shuningdek huquqbuzarliklar
profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda fuqarolar va jamoat
tashkilotlarining rolini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi
tomonidan chiqarilgan “Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar
profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun
rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorini
1
Melnikov Oleg Yureyevich
“
Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining jamoat tartibini himoya qilishdagi ishtirokini ma'muriy-
huquqiy tartibga solish
”
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada
takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” 2017
-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori
3
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “
Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va
jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi q
arori
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
234
keltirishimiz mumkin. Qarorda fuqarolarning huquqbuzarliklar profilaktikasi va
jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi ishtiroki uchun rag‘batlantirish tartibi
mustahkamlangan bo‘lib, unga ko‘ra quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lgan
taqdirda fuqarolar va jamoat tashkilotlari rag‘batlantirilishi mumkinligi keltirib
o‘tilgan:
- qasddan sodir etilishi rejalashtirilayotgan yoki sodir etilayotgan ma’muriy
huquqbuzarlikning oldini olishi yoxud to‘xtatishi;
- tayyorgarlik ko‘rilayotgan jinoyat haqida huquqni muhofaza qiluvchi
organlarga xabar berishi natijasida jinoyat sodir etilishining oldi olinishi;
- qasddan sodir etilayotgan jinoyatni to‘xtatishi va uni to‘liq fosh etishda
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashishi;
- fosh etilmagan jinoyat bo‘yicha uni fosh etishga ko‘maklashuvchi dalillarni
aniqlashi yoki uni sodir etgan shaxslar yoxud ularning qaerda ekanligi haqidagi
ma’lumotlarni taqdim etishi natijasida jinoyatning fosh etilishi;
- qonun hujjatlariga muvofiq qidiruv e’lon qilingan shaxsning yashiringan
manzili haqida xabar berishi, uni ushlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga
ko‘maklashishi;
- bedarak yo‘qolgan shaxs haqida bergan ma’lumoti asosida uning
aniqlanishi;
- aholi o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi
kurashish borasidagi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida faol ishtirok etishi va uni
bevosita amalga oshirishi;
- jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va bunga imkon beruvchi shart-
sharoitlarni bartaraf etish borasida taklif va tashabbuslarni amalga joriy etishi.
Shuningdek, qarorda fuqarolar va jamoat tashkilotlarini rag‘batlantirish
to‘g‘risidagi takliflar huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi
organlar tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi
kurashish bo‘yicha respublika va hududiy idoralararo komissiyalarga fuqarolar va
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
235
jamoat tashkilotlarini rag‘batlantirish bo‘yicha taqdimnoma kiritish orqali amalga
oshirilishi belgilangan. Taqdimnomaga esa ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida
bayonnoma, jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror, shuningdek ushlangan
qidiruvdagi shaxsga nisbatan qidiruvning bekor qilinganligi to‘g‘risida
prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi
organlarning qarori yoki sudning ajrimi ilova qilinishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yil 12 aprel kuni “Jamoatchilik
nazorati to‘g‘risida” gi qonunini
imzoladi. Mazkur qonundan ko‘zlangan asosiy
maqsad davlat organlari va muassasalari foliyati ustidan jamoatchilik nazoratini
tashkillashtirish va amalga oshirish sohasidagi munosbatlarni tartibga solishdan
iborat. Hujjatda fuqarolar va OAV vakillarining davlat organlari faoliyatini
tekshirish va monitoring qilishdagi ishtiroki nazarda tutilgan. Qonunga ko‘ra
jamoatchilik nazorati subektlariga fuqarolar, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish
organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, OAV kiradi. Jamoatchilik nazorati
obektlari sifatida esa davlat organlari, xususan, huquqni muhofaza qilish va nazorat
organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyati belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-
son Farmoni
bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga
oid Davlat dasturi”ning
ijrosi yuzasidan hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va
jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlariga amaliy yordam
ko‘rsatish bo‘yicha profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash
bo‘yicha yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar
Mahkamasining “Ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlarining
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida” gi qonuni
5
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni
6
2017
—
2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid
Davlat dasturi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
236
jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga
oid davlat dasturining
2022-yil birinchi choragida bajarilishi yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini ko‘rib chiqib, unda hukumat
tomonidan Davlat dasturini tizimli tarzda va sifatli bajarish borasida bir qator
tashkiliy va amaliy choralar ko‘rilishi ta’minlanganligini ta’kidladi. Bundan
tashqari, o‘tgan davrda Davlat dasturining ustuvor yo‘nalishlari doirasida amalga
oshirilgan ishlar tahlili hamda qayd etilgan muhim statistik ko‘rsatkichlar iqtisodiy-
ijtimoiy sohadagi islohotlarning amalga oshirilishini ta’minlash, respublika
hududlarining kompleks rivojlanish darajasini oshirish borasida sezilarli
natijalarga erishilganligini ko‘rsatib o‘tdi. Bu olib borilgan barcha chora-tadbirlar
zamirida mahallalarning osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida 6 822
ta “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi ham
fuqarolarimizning jamoat tartibini saqlashdagi ishtiroki davlatimiz uchun ijtimoiy
zarurat ekanligini yana bir bor ko‘rsatadi.
“Ma’lumki, jamiyatdagi ijtimoiy keskinlik favqulodda vaziyatlarda: tabiiy
ofatlar, yirik avariyalar va falokatlar, epidemiyalar, ommaviy qirg‘inlar, ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy inqirozlar, terrorchilik harakatlari paytida keskin kuchayadi.
Bunday vaziyatlarda huquq-tartibotni muhofaza qilish va favqulodda vaziyatlar
oqibatlarini bartaraf etishga hissa qo‘shadigan jamoat tuzilmalarining mavjudligi
hayotiy ahamiyatga ega.
Bu omillar jamoat tartibini saqlashning qo‘shimcha mexanizmlarini,
jumladan, jamoat tartibini muhofaza qilish bo‘yicha fuqarolarning jamoat yoki
7
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “
Ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini
saqlash bo‘yicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi
qarori
8
2022
—
2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla
yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
237
jamoat-davlat
tashkilotlarini
yaratishni
izlash
va
qonun
hujjatlarida
rasmiylashtirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
Zamonaviy sharoitda jamoat tartibini muhofaza qilish, huquq-tartibot
rejimini ta’minlashda fuqarolarning ichki ishlar organlariga har tomonlama yordam
ko‘rsatishi uchun sharoit yaratishga jamoatchilikni faol jalb etish talab etilmoqda.
Bu mavzu doirasida izlanishlar olib borgan olimlardan Y.Y. Kayl va S.V.
Yepininalar jamoat tartibini saqlashda fuqarolarning ishtiroki mexanizmini Buyuk
Britaniya, AQSh, Ispaniya, Norvegiya va boshqa mamlakatlarda qo‘llanilishini
tahlil qiladilar.
Ularning fikricha, davlat boshqaruvi tizimi faoliyatida fuqarolarning
ishtiroki qanchalik faol amalga oshirilsa, ya’ni fuqarolarning davlat ishlariga
qanchalik keng jalb etilsa, siyosiy va iqtisodiy sohalar shunchalik muvaffaqiyatli
rivojlanadi
Aytish joizki, fuqarolarning jamoat tartibini saqlashdagi ishtiroki
avvalombor ushbu ishtirokning chora-tadbirlarini belgilash, ishtirok etish usullari
va hokimiyat hamda aholi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik shakllarini belgilash
masalalari muhim hisoblanadi
. O‘zbekistonda jamoat tartibini saqlashda
fuqarolar ishtirokining amaldagi qonunchilik doirasida huquqiy tartibga
solinganligini tahlil qiladigan bo‘lsak, bu borada ko‘rish mumkinki, mazkur
faoliyat turi qonun darajasida alohida tartibga solinmagan.
Bugungi kunda ko‘cha va jamoat joyida sodir etilayotgan jinoyatlarning
aksariyat qismi kafe-bar, tungi klublar va restoranlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
9
Alimov Muxiddin Ilxomjon o‘g‘li, University of Public Safety Master's student lieutenant “Participation of Citizens in the
Maintenance of Public Order Historical-
Theoretical Significance” Journal of Pedagogical Inventions and Practices ISSN NO:
2770-2367 https://zienjournals.com Date of Publication: 24-10-2022
10
Кайл Й.Й. Партисипация как важний фактор повишения эффективности и резултативности публичного управления
субъектом Российской Федератсии / Й.Й. Кайл, В.С. Епинина // Регионалная экономика: теория и практика. 2013. №
16. С. 30
-
38 (Кйле Й.Й. Парти
c
ипатион ас ан импортант фа
c
тор ин импровинг тҳе эффи
c
иэн
c
й анд эффе
c
тивенесс оф
публи
c
администратион ин а
c
онституэнт энтитй оф тҳе Руссиан Федератион / Й.Й. Кеил, В.С. Епинина // Регионал
Э
c
ономи
c
с: Тҳеорй анд Пра
c
ти
c
э. 2013. Но. 16. С. 30
-38.).
11
Воронина Л.И., Патюков А.В. Участие граждан в охране обшественного порядка: сравнителний анализ российского и
зарубежного опита (Воронина Л.И., Патюков А.В. Парти
c
ипатион оф
c
итизенс ин тҳе проте
c
тион оф публи
c
ордер: а
c
омпаративе аналйсис оф Руссиан анд фореигн эхпериэн
c
э) // ҳттпс://элар.урфу.ру/битстреам/ 10995/77051/1/978
-5-
7996-2729-
4_1_14.пдф.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
238
Shundan kelib chiqqan holda, "Faol fuqaro" deb nomlangan mexanizmini joriy
etish maqsadga muvofiq. Xususan unga ko‘ra, hududdagi har bir ko‘ngilochar
ob’ekt (kafe,bar) rahbari, yuridik shaxs maqomidan foydalanib, o‘z buyrug‘iga
asosan ishchi xodimlari orasidan bir nafarini ob’ekt hududida jamoat tartibini
saqlashga mas’ul sifatida biriktiradi. Ushbu mas’ul shaxs – “Faol fuqaro”ning
asosiy vazifasi hududda biriktirilgan jamoat xavfsizligini ta’minlashga javobgar
organlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ob’ekt hududida sodir etilgan har qanday
noqonuniy harakatlar hamda uni sodir etish sabab va sharoitlarini bartaraf etish
bo‘yicha murojaat qilish hisoblanadi.
Shuningdek, jamoat tartibini saqlash va unda fuqarolarning ishtiroki
to‘g‘risidagi munosabatlarni qonun doirasida tartibga solinishi yuzasidan Belarus,
Ukraina, Rossiya va Isroil davlatlari qonunchiligi o‘rganilganda, ushbu
davlatlarning qonunchilik tizimida mazkur munosabatlar qonun doirasida tartibga
solinganligini ko‘rish mumkin
[12, B.40]
Mamlakatimizda esa fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirokini
yanada oshirish bo‘yicha ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Misol tariqasida,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son
Farmoniga 1-ILOVA sifatida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi jamoat
xavfsizligi KONSEPSIYasIda “Jamoat xavfsizligini ta’minlash davlat idoralari va
tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat
tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolar hamda ommaviy axborot vositalari
bilan hamkorlikda amalga oshiriladi” deya ta’kidlab o‘tilgan. Shuningdek,
Konsepsiyada Jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimi jamoat xavfsizligini
ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi subektlarga bo‘lingan bo‘lib, u yerda
12
Ibragimov Sherzod Shakirovich O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Magistratura tinglovchisi “Ichki
ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomoillashtirishning ayrim jihatlari”
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences
Index Factor
13
Sharipov S.S. Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati faoliyatini takomillashtirish // Uzbekiston Respublikasi IIV
Akademiyasining axborotnomasi. - 2017. -
№ 3.
- B. 37-40 (Sharipov S.S. Improving the activities of the patrol and post service
of law enforcement agencies // Bulletin of the Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan. -
2017. -
№ 3.
- P. 3740).
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
239
fuqarolar jamoat xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etuvchi subekt sifatida
kiritilgan. Bundan tashqari, Konsepsiyada barcha subektlarning vakolatlari aniq
ko‘rsatilgan bo‘lib, unda Vazirlar Mahkamasi vazifalarining muhim sharti sifatida
jamoat xavfsizligini ta’minlashda faol ishtirok etgan nodavlat notijorat tashkilotlar
va fuqarolarni rag‘batlantirish tartibi belgilanganligi ham jamoat xavfsizligi va
jamoat tartibini saqlashda fuqarolarning ishtirokini ta’minlash naqadar ahamiyatli
vazifa ekanligini ko‘rsatadi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Davlatning inson huquqlari
bo‘yicha funksiyasi nafaqat jamoat tartibini saqlash bo‘yicha huquqni muhofaza
qiluvchi va boshqa davlat organlari tizimini yaratishdan, balki fuqarolarni mustaqil
himoya qilish uchun qulay qonunchilik bazasi va tashkiliy-texnik shart-sharoitlarni
shakllantirishdan ham iboratdir. Shunday ekan hozirgi zamonaviy sharoitda
fuqarolarni jamoat tartibini muhofaza qilishga jalb qilishning eng muhim
rag‘batlantiruvchi omili va huquqni muhofaza qiluvchi jamoat birlashmalari
faoliyatining zaruriy sharti huquqiy va ijtimoiy himoya qilishning maxsus chora-
tadbirlarini belgilashdir. Buning uchun biz avvalo jamoat tartibini saqlashda
fuqarolarimizning faol ishtirokini joriy qilishdan oldin ularning ishtiroki oqibatida
yuzaga keladigan ijtimoiy va huquqiy himoyasini yaratishimiz va ularni ta’minlab
berishimiz lozim. Yana shuni aytib o‘tish lozimki, Ichki ishlar organlari tomonidan
taqdim etilgan davlat bilan jamoatchilik hamkorligining keng tarqalgan
shakllaridan biri bu fuqarolarning jamoat tartibini himoya qilishda ishtirok etish
institutidir. Uning ishlash samaradorligi ko‘p jihatdan qonun hujjatlarida tartibga
solish darajasiga va bunday ishtirok etishning asosiy tushunchalari, tamoyillari,
shakllarini, huquqni muhofaza qilishda ishtirok etadigan shaxslarning maqomini,
shu jumladan kafolatlar, imtiyozlar va kompensatsiyalarni tartibga solishga
bog‘liq. Shunga ko‘ra, huquqbuzarliklarni oldini olish va bartaraf qilishda
14
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021
-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoniga 1-
ilova. O‘zbekiston Respublikasi
jamoat xavfsizligi KONSEPSIYASI
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
240
jamoatchilik ishtiroki kengaytirilishi, huquqbuzarlik haqida xabar berish
rag‘batlantirilishi mamlakatda huquqbuzarliklar kamayishiga, qonun ustivorligini
ta’minlashga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, hozirgi davrda fuqarolarning jamoat tartibini saqlashdagi
ishtiroki davlat siyosatining ijtimoiy zaruratiga aylangan desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. Chunki inson huquqlari va erkinligi ta’minlanayotgan va fuqarolarga
keng imkoniyatlar yaratilayotgan zamonamizda jahon hamjamiyatining diqqat
etibori davlatimizning aynan inson huquqlari sohasidagi siyosatiga qaratilgan. Bu
esa davlat boshqaruv organlariga jamoat tartibini saqlash va fuqarolar bilan
ishlashda ehtiyotkorlikni talab etadi. Shuning uchun ham jamiyatning har bir
jabhasida jamoat tartibini saqlashda fuqarolarimizning ishtirokini ta’minlashimiz
muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bunday ishtirok fuqarolarga qiyinchilik keltirib
chiqarmasligi uchun ularning huquqiy himoyasini mustahkamlash va fuqarolar
ishtirokini bardavom etish maqsadida ularning ishtirok natijalarini munosib tarzda
mukofotlab borish zarur. Buning uchun avvalo “Fuqarolarning jamoat tartibini
saqlashda ishtirok etishi”
to‘g‘risidagi qonun loyihasini qaytadan ko‘rib chiqish
va uni qabul qilish hozirgi kundagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishi
hisoblanmish, jamoat xavfsizligi ta’minlash va jamoat tartibini saqlash tizimini
yanada rivojlantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 01.05.2023 y., 03/23/837/0241-son.
2. O’zbekiston Respublikasining 16.09.2016 yildagi “Ichki ishlar organlari
to’g’risida”gi O’RQ-407-son qonuni.
15
“Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi” to‘g‘risidagi qonun loyihasi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
241
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022—
2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to’g’risida PF-60-sonli farmoni.
4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 02 apreldagi “Ichki ishlar
organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish
sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha tashkiliy
chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5050 son qarori.
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi
“O’zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni
amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-27 son farmoni