Авторы

  • Abdullayeva Maftuna,

Биография автора

  • Abdullayeva Maftuna,

    Urganch davlat universiteti, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti,

    Tarix yo‘nalishi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100075

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Xorazm M. M. Mambetullayev A. Sagdullayev Sariqamishbo'yi Janubiy Xorazm. Key words: Khorezm Sarikamishboyi Southern Khorezm. Ключевые слова: Хорезм М.М. Мамбетуллаев А. Сагдуллаев Сарыкамышбойи Южный Хорезм.

Аннотация

Maqolaning qisqacha mazmuni: Maqolada ilk o‘rta asrlar Xorazm qishloqlarining mudofaa tizimi, ijtimoiy munosabatlari, xo'jalik hayoti hamda geografik joylashuvi to'g'risida  so‘z yuritiladi. 

Annotation:  The article discusses the defense system, social relations, economic life, and geographical location of Khorezm villages in the early Middle Ages.

Аннотация:  В статье говорится об оборонной системе, общественных отношениях, экономической жизни и географическом положении хорезмийских сел в раннем средневековье.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-21_ Март-2025

203

MUSTAQILLIK YILLARI TADQIQOTCHILARINING ASARLARIDA

XORAZMNING ILK O‘RTA ASR QISHLOQLARI TARIXSHUNOSLIGI

Abdullayeva Maftuna,

Urganch davlat universiteti, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti,

Tarix yo‘nalishi magistranti,

maftunaabdullayeva@gmail.com

Maqolaning qisqacha mazmuni: Maqolada ilk o‘rta asrlar Xorazm

qishloqlarining mudofaa tizimi, ijtimoiy munosabatlari, xo'jalik hayoti hamda

geografik joylashuvi to'g'risida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar: Xorazm, M. M. Mambetullayev, A. Sagdullayev,

Sariqamishbo'yi, Janubiy Xorazm.

HISTORIOLOGY OF EARLY MEDIEVAL VILLAGES OF

KHOREZM IN THE WORKS OF RESEARCHERS OF THE YEARS OF

INDEPENDENCE

Abdullayeva Maftuna,

Urganch state university, Socio-economic sciences faculty, Department of

history, Master`s degree student,

maftunaabdullayeva@gmail.com

Annotation: The article discusses the defense system, social relations,

economic life, and geographical location of Khorezm villages in the early Middle

Ages.

Key words: Khorezm, M. M. Mambetullayev, A. Sagdullayev,

Sarikamishboyi, Southern Khorezm.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-21_ Март-2025

204

ИСТОРИОГРАФИЯ РАННЕСРЕДНЕВЕКОВЫХ ДЕРЕВНЕЙ

ХОРАЗМА В ТРУДИЯХ ИССЛЕДОВАТЕЛЕЙ ГОД

НЕЗАВИСИМОСТИ

Абдуллаева Мафтуна,

Ургенчский государственный университет, Факультет социально-

экономических наук, Направление истории, Магистрант,

maftunaabdullayeva@gmail.com

Аннотация: В статье говорится об оборонной системе,

общественных отношениях, экономической жизни и географическом

положении хорезмийских сел в раннем средневековье.

Ключевые слова: Хорезм, М.М. Мамбетуллаев, А. Сагдуллаев,

Сарыкамышбойи, Южный Хорезм.

Kirish.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin,

hayotimizning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohasida chuqur o'zgarishlar yuz

berdi, yangicha qarashlar asosida yechimi zarur bolgan ilmiy muammolarni

hayotimiz kun tartibiga qoymoqda. Vatan tarixini ilmiy asosda organish, o'zlikni

anglash, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy manaviy xazinani avaylab saqlash

va kelajak avlodga yetkazish ana shunday masalalardan biridir. Ko‘hna Xorazm

o‘zining boy tarixi, moddiy va manaviy madaniyati, ulkan ilmiy merosi bilan jahon

tarixiy taraqqiyotida munosib o‘rin tutadi. Shu jihatdan olganda bu o'lka tarixi va

madaniyatini o‘rganishga qiziqish hamma vaqt yuqori bolgan. Ayniqsa, ilk o'rta

asrlar davrida (milodiy IV — X asrlar) Xorazmning nafaqat O'rta Osiyo, balki

jahon madaniyati tarixida tutgan o‘rni va ro‘li beqiyosdir[4].

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-21_ Март-2025

205

Xorazm vohasi va unga tabiiy jihatidan ulanib ketgan Sariqamishbo’yi,

Uzboy sarhadlarida ilk o’rta asr jamiyatida kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va

etnomadaniy

munosabatlarning

rivojlanishi

asnosida

vujudga

kelgan

qishloqlarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanish jarayoni, ularning

tarixini aks ettirgan tarixiy adabiyotlar va yozma manbalardagi ma’lumotlarning

mazmun va mohiyatiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:[3]

1. Sobiq Sovet tuzumi davrida chop qilingan tarixiy adabiyotlar( S. P. Tolstov,

Ya. G’. G’ulomov, M. A. Itina, A. V. Vinogradov, B. I. Andrianov, Ye. Ye.

Nerazik, M. G. Vorob’eva, Yu. A. Rapoport, Yu. P. Manilov, N. N. Vakturskaya,

V. N. Yagodin, M. M. Mambetullaev, G’. K. Xodjaniyazov, A.. Sagdullaev).

2. Mustaqillik yillarida voha tarixiga oid tarixiy adabiyotlar, maqola va

tezislardagi ma’lumotlar(V. N. Yagodin, M. M. Mambetullaev, G’. K.

Xodjaniyazov, M. Turabekov, A. Sagdullaev, A. Asqarov, X. Matyaqubov, S.

Baratov).

Tadqiqotning nazariy va metodologik asoslari

sifatida taniqli arxeolog,

tilshunos, o‘lkashunos, adabiyotshunos, manbashunos, tarixchi olimlarning asarlari

hamda ilmiy tadqiqotlari xizmat qiladi.Tanlangan mavzuning mohiyatidan kelib

chiqqan holda uni yanada chuqurroq va batafsilroq yoritish uchun bir qator tadqiqot

usullaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar.

O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat bo‘lib, jahon taraqqiyotida o‘z

o‘rnini topishi bilan bu davrda tarixiy obidalarni har tomonlama ilmiy asosda

chuqur o‘rganish imkoniyati vujudga keldi.Bu davrda Xorazmning ilk o‘rta asr

madaniyati tarixiga oid bir qator ilmiy tadqiqot ishlari keng jamoatchilikka taqdim

etildi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-21_ Март-2025

206

Xorazm arxeologiya ekspeditsiyasi xodimlarining Janubiy Xorazm hududida

olib borgan arxeologik qazish ishlari natijasida olingan ashyolar asosida

yakunlangan tadqiqot ilmiy jamoatchilik e’tiboriga taqdim etildi. "Drevnosti

yujnogo Xorezma" (1991) asarida Janubiy Xorazm hududidagi qadimgi va ilk o‘rta

asrga doir yodgorliklar, ularning tuzilishi, mudofaa tizimi to‘g‘risida ma’lumotlar

mavjud. M.Mambetullayevning Janubiy Xorazm hududidagi qishloq va

shaharlarida olib borgan arxeologik izlanishlari natijasiga bag‘ishlangan

tadqiqotida Xorazm vohasida urbanizasiya jarayoni natijasida sodir bo‘lgan

ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, shaharsozlik madaniyatining kelib chiqishi va

rivojlanish tarixi, qadimgi shaharlar va ularning reja-lashtirilishi, qisman mudofaa

tizimi yoritilgan[1]. Shu bilan birga, qadimgi shaharlarning tasnifi ko‘rsatib

berilgan. Lekin, qadimgi qishloqlarning mudofaa tizimi mahalliy manbasi va uning

rivojlanish tarixi, qo‘shni hududdagi qabilalar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari,

qadimgi mudofaa tizimi tarixi va ilk o‘rta asr qishloqlari mudofaa tizi-mining

vujudga kelishi jarayonidagi o‘zaro ta’sir va aloqadorlik masalalari, Xorazm

mudofaa tizimining jahon me’morchiligi bilimida tutgan o‘rni va ahamiyati ilmiy

asosda yoritilmagan[2]. Ayrim tadkovotchilarning Xorazmning qadimgi qishloq

va shaharlarining geografik joylashishi, rejalashtirilishi, qurilish texnikasi va

mudofaa tizimi tarixiga bag‘ishlangan tadqiqoti keng ilmiy jamoatchilik e’tiboriga

taqdim qilingan[5].

Xulosa va takliflar.

Xorazm hududida ilk o‘rta asr qishloqlarining

joylashishi, ularning nomlari to‘g‘risida yetarli manbalar yoqligi sababli ularni

joylashtirish muammoligicha qolmoqda. Xorazm hududining ilk o‘rta asr tarixi

sahifalarini yoritishda shu davrga oid manbalardagi malumotlar va tarixiy

yodgorliklarda keng miqyosda arxeologik izlanishlar natijasida olingan ashyolar

ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ilk o‘rta asr yodgorliklarida keng arxeologik

tadqiqotlar olib borishni talab qiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-21_ Март-2025

207

Foydalanilgan adabiyotlar

[1].Sobirov Q., Ro‘zimov S. Zarafshon va Xorazm vohalarining madaniy- xo‘jalik

aloqalari tarixidan. Mustaqillik yillarida vatanimiz tarixini yangicha o‘rganishning

dolzarb muammolari. 1-qism. Samarqand, 2002

[2] Тolstov S.P. Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab.- Т., 1964, 239-242 betlar.

[3] Sobirov Q. Xorazm qishloq va shaharlari mudofaa inshootlari (mil.avv. VI

asrdan miloddiy IX asrgacha). -T., Fan, 2009. 46. Sulaymonova F. SHarq va G`arb.

-T.: O`zbekiston, 1997.

[4]. Толстов С.П. Древний Хорезм. - М.: Издание МГУ, 1948. -352 с.

[5] Мамбетуллаев М.М. Византийская индикация из Куюк-кала

(Северный Хорезм). Нумизматика Центральной Азии. Вып IV. — Т.: «Офсет-

Принт», 1999. —с.29-31.