Авторы

  • Xurramov Yashin Xalilovich
  • Bektoshev G’iyosiddin Saxriddin o’g’li

Биографии авторов

  • Xurramov Yashin Xalilovich

    Shahrisabz davlat pedagogika instituti tyutori

  • Bektoshev G’iyosiddin Saxriddin o’g’li

    Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100095

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Vijdon erkinligi diniy e’tiqod shaxsiy erkinlik huquqiy himoya inson huquqlari xalqaro huquq fuqarolar huquqlari erkinlik ta’minoti. Ключевые слова: Свобода совести религиозные убеждения свобода личности правовая защита права человека международное право гражданские права обеспечение свободы. Keywords: Freedom of conscience religious belief personal freedom legal protection human rights international law citizens’ rights ensuring freedom.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada vijdon erkinligini himoya qilishning huquqiy va ijtimoiy asoslari yoritiladi. Vijdon erkinligi nafaqat diniy masalalarni, balki insonning shaxsiy fikr va qarashlarini ifoda etish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi. Maqolada, mazkur huquqning jamiyatda erkinlik va tinchlikni ta’minlashdagi roli, shuningdek, xalqaro huquq nuqtai nazaridan uning ahamiyati ko‘rib chiqiladi.

Аннотация: В данной статье рассматриваются правовые и социальные основы защиты свободы совести. Свобода совести включает в себя не только религиозные вопросы, но и возможность выражать свои личные мысли и взгляды. В статье рассматривается роль этого права в обеспечении свободы и мира в обществе, а также его значение с точки зрения международного права.

Abstract: This article discusses the legal and social foundations of the protection of freedom of conscience. Freedom of conscience includes not only religious issues, but also the ability to express a person’s personal thoughts and views. The article examines the role of this right in ensuring freedom and peace in society, as well as its significance from the point of view of international law.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-21_ Март-2025

59

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA VIJDON

ERKINLIGI

Shahrisabz davlat pedagogika instituti tyutori

Xurramov Yashin Xalilovich

Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi

Bektoshev G’iyosiddin Saxriddin o’g’li

Annotatsiya: Ushbu maqolada vijdon erkinligini himoya qilishning huquqiy

va ijtimoiy asoslari yoritiladi. Vijdon erkinligi nafaqat diniy masalalarni, balki

insonning shaxsiy fikr va qarashlarini ifoda etish imkoniyatini ham o‘z ichiga

oladi. Maqolada, mazkur huquqning jamiyatda erkinlik va tinchlikni

ta’minlashdagi roli, shuningdek, xalqaro huquq nuqtai nazaridan uning ahamiyati

ko‘rib chiqiladi.

Kalit so’zlar: Vijdon erkinligi, diniy e’tiqod, shaxsiy erkinlik, huquqiy

himoya, inson huquqlari, xalqaro huquq, fuqarolar huquqlari, erkinlik ta’minoti.

Аннотация: В данной статье рассматриваются правовые и

социальные основы защиты свободы совести. Свобода совести включает в

себя не только религиозные вопросы, но и возможность выражать свои

личные мысли и взгляды. В статье рассматривается роль этого права в

обеспечении свободы и мира в обществе, а также его значение с точки

зрения международного права.

Ключевые слова: Свобода совести, религиозные убеждения, свобода

личности, правовая защита, права человека, международное право,

гражданские права, обеспечение свободы.

Abstract: This article discusses the legal and social foundations of the

protection of freedom of conscience. Freedom of conscience includes not only


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-21_ Март-2025

60

religious issues, but also the ability to express a person’s personal thoughts and

views. The article examines the role of this right in ensuring freedom and peace in

society, as well as its significance from the point of view of international law.

Keywords: Freedom of conscience, religious belief, personal freedom, legal

protection, human rights, international law, citizens’ rights, ensuring freedom.

Vijdon erkinligi

– ijtimoiy-falsafiy tushuncha, har kimning oʻz eʼtiqodiga

koʻra, mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy meʼyorlarni buzmagan holda vijdoni

buyurgani boʻyicha yashash, ishlash imkoniyatiga ega. Bunda dinga munosabat

masalaning bir tomoni hisoblanadi. Siyosiy jihatdan vijdon erkinligiga

demokratiya koʻrinishlaridan biri sifatida qaraladi. Yuridik nuqtai nazardan vijdon

erkinligi insonning asosiy shaxsiy huquqlari sirasiga kiradi va demokratik

erkinliklardan biri hisoblanadi.

Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi

ijtimoiy hayotda doimo muhim va murakkab masala bo‘lib kelgan. Chunki uning

zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi

katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi. Vijdon erkinligi

kishilarning ruhiy olamiga, uning sog‘lom va barkamolligiga bevosita ta’sir

ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va

bajaradigan vazifalari g‘oyat muhimdir. Vijdon erkinligi insonning eng muhim

haqlaridan bo‘lsa-da, qonunda o‘z ifodasini topib, muhofaza ostiga olingandagina

chin ma’noda huquq darajasiga ko‘tariladi. Aks holda, shaxsning qalb

kechinmalarini ifodalovchi bu huquq haqiqiy ma’nosini yo‘qotadi. Diniy qarash va

ta’limotlarning turlicha talqin qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida “noqonuniy

diniy faoliyat” bilan “qonuniy diniy faoliyat” o‘rtasidagi chegara aniq belgilab

qo‘yildi hamda “diniy ta’lim” tushunchasiga huquqiy jihatdan aniqlik kiritildi.

Shuningdek, Qonun bilan belgilab qo‘yilayotgan vijdon erkinligini ta’minlash

sohasidagi asosiy ustuvorliklar konfessiyalar o‘rtasida tinchlik va totuvlikni


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-21_ Март-2025

61

ta’minlash, dunyoviy davlatchilik tamoyilini kafolatlash, shuningdek, aholi ongi va

qalbiga yot g‘oyalarning singdirilishiga qarshi ma’rifat yo‘li bilan kurashishni

nazarda tutadi. Mazkur Qonun diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo

hamjihatlikni mustahkamlashga, dinning asl mohiyatini anglashga, buzg‘unchi

g‘oyalarga qarshi immunitet hosil qilishga, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini

ta’minlashga munosib hissa qo‘shadi. Vijdon erkinligi huquqi BMTning Bosh

Assambleyasi tomonidan 1981-yil 25-noyabrda qabul qilingan 36–55-son

Rezolyutsiyasida

belgilangan

insonning

asosiy

huquqlaridan

biri

hisoblanadi.Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib, barcha xalqaro

hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida

vijdon yerkinligi o‘z ifodasini topgan. 1948-yilda qabul qilingan inson huquqlari

umumiy deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi

huquqiga ega. Bugungi kunda dunyo hamjamiyati xalqaro tashkilotlar tomonidan

yurtimizga berilayotgan e’tibor, uning yanada gullab yashnashi, taraqqiy etishiga

o‘zining ulkan ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, xalqimizning qo‘llab-quvvatlashi

bilan yangilangan O‘zbekiston Konstitutsiyasida O‘zbekiston – boshqaruvning

respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy

davlat ekani belgilangan. Konstitutsiyaviy huquqlar, erkinliklar kafolatlangan yurtda

O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy

sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi keng jamoatchilikning e’tiboriga, xalqimiz

muhokamasiga havola etilganining o‘zi demokratik yondashuvdir. O’zbekistonda

Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda muhim va

murakkab masala bo’lib, kelgan. Chunki uning zamirida shaxsning huquqi,

demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy-huquqiy

va axloqiy tushunchalar turadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning

sog’lom va barkamolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham bu

masalaning ijtimoiy hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat

muhimdir.Mustaqillik, yangilanish jarayoni hamma sohalar kabi vijdon erkinligi,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-21_ Март-2025

62

davlat va din, dinga ishonuvchilar va ishonmaydiganlar o‘rtasidagi munosabatlar

sohasini ham o‘z ichiga oldi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida

asrlar osha qaror topgan vijdon erkinligiga yuksak va samimiy hurmat ifodalangan.

Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida gap ketar ekan, uning asosida,

eng avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyili yotishini ta’kidlash zarur. Bu

haqda Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: «Diniy tashkilotlar

va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy

birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi». Mazkur moddada muhim ahamiyatga

ega qoidalar mustahkam qo‘yilgan. Birinchidan, diniy tashkilotlar qaysi

konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, bir xil huquqiy maydonda faoliyat olib

borayotgani buning amaliy ifodasidir. Ikkinchidan, diniy birlashmalar faoliyatini

tashkil etish ularning ichki ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan xolidir. «Vijdon

erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonun. Ushbu qonun 1991-yilda qabul

qilingan bo‘lib, 1993-yilda kiritilgan ba’zi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan

1998-yilga qadar amalda bo‘lib keldi. Davr talablari asosida «Vijdon erkinligi va

diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunni tubdan o‘zgartirish zarurati tug‘ildi va

1998-yil 1-mayda u yangi tahrirda qabul qilindi. Kiritilgan o‘zgartirishlar

nimalardan iborat edi? Jumladan, Qonunning 8-moddasiga asosan, diniy

tashkilotlar 18 yoshga to‘lgan va respublika hududida doimiy yashayotgan 100

nafardan kam bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari tashabbusi bilan tuzilishi,

muayyan konfessiyaga qarashli diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va

yo‘naltirib borish uchun ularning respublika bo‘yicha yagona markaziy boshqaruv

organi tuzilishi mumkinligi haqidagi qoida mustahkamlab qo‘yildi. Shuningdek,

tegishli diniy ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari diniy

tashkilotlarning rahbarlari etib saylanishlari, bunday lavozimga xorijiy fuqarolar

nomzodlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan

kelishib olinishi belgilab qo‘yildi. Qonunning 9-moddasiga muvofiq diniy

tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ruhoniylar va o‘zlariga zarur


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-21_ Март-2025

63

bo‘lgan diniy xodimlar tayyorlash uchun diniy o‘quv yurtlari tuzishga haqlidir.

Qonunning 5-moddasida bir konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga

qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday

missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu moddaning mazmuni va ahamiyatini

tushunish uchun missionerlik va prozelitizm nima ekanini bilib olish kerak.

Missionerlik – bu boshqa diniy e’tiqodga ega bo‘lgan aholini o‘z diniga og‘dirib

olishlik bo‘yicha diniy tashkilotlar vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan

faoliyat. Prozelit – bu o‘z dinidan kechib, boshqa dinga o‘tgan odam. Qonunning

diniy adabiyotlarga tegishli bo‘lgan 19-moddasi ham bir qadar o‘zgartirildi: «Diniy

tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari diniy maqsadlarga mo‘ljallangan

buyumlar, diniy adabiyotlar va diniy mazmundagi boshqa axborot materiallarni

O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab

chiqarishga, eksport va import qilishga hamda tarqatishga haqlidir». Mazkur qoida

O‘zbekiston hududiga diniy adabiyotlarning olib kirilishini tartibga soladi.

O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va

fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Uning hududida 16 ta diniy konfessiya

vakillari istiqomat qiladilar.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi demokratik

prinsiplarga sodiqligi ifodasi sifatda vijdon erkinligini ta’minlashning asosiy

ustuvorliklari quyidagilardan iborat deb belgilandi:

– fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, diniy qarashlarni majburan

singdirishga yo‘l qo‘ymagan holda, ularning vijdon erkinligiga bo‘lgan o‘z

huquqlarini amalga oshirishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish;

– konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda diniy

bag‘rikenglikni ta’minlash;

– vijdon erkinligini ta’minlashda dunyoviy davlat qurilishini saqlab qolish;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-21_ Март-2025

64

– vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka fuqarolar hamda

diniy tashkilotlar tomonidan rioya etilishini ta’minlash;

– jamoat tartibiga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sog‘lig‘i va axloqiga,

huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi diniy g‘oyalar hamda qarashlarning

singdirilishi va tarqatilishiga qarshi kurashish;

– Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vijdon erkinligini, shuningdek, vijdon erkinligi va

diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikning amalda izchil hamda bir xil tarzda

qo‘llanilishini ta’minlashga doir choralarning amalga oshirilishi uchun mas’ul

bo‘lgan vakolatli davlat organidir.

Darhaqiqat, Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan vijdon erkinligi har bir

fuqaroga biror dinga e’tiqod qilish yoki birorta dinga e’tiqod qilmaslik huquqini

kafolatlaydi. Ammo dunyoning hozirgi globallashuv jarayoni, ayniqsa, yoshlarni

«ommaviy madaniyat» niqobi ostida yurtimizga kirib kelayotgan turli

g‘ayriaxloqiy, buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan asrashni har qachongidan dolzarb

vazifa qilib oldimizga qo‘ymoqda. Shu bois yoshlarning diniy bilimini boyitish,

dunyoqarashini to‘g‘ri shakllantirishning ahamiyati tobora ortayotir.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida vijdon

erkinligi kafolatlangan bo‘lib, bu shaxsiy huquqlar va erkinliklarning muhim

tarkibiy qismi hisoblanadi. Vijdon erkinligi har bir fuqaroning diniy e'tiqodini

tanlash va unga amal qilishda erkin bo‘lishini ta'minlaydi. Konstitutsiyada vijdon

erkinligi ta'minlanishi, nafaqat shaxsiy huquqlarni hurmat qilish, balki jamiyatda

diniy bag‘rikenglik, tinchlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik

shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – Т.: «O‘zbekiston», 1997. – B.  43–44.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-21_ Март-2025

65

2. https://constitution.uz/oz/pages/konstitutsiya_vijdon_erkinligi

3. https://iiau.uz/oz/news/2137

4. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida (yangi tahriri) O‘zbekiston

Respublikasi Qonuni. – Т.: 1998. – B.  8.

5. Z.M.Islomov, N.A.Muhamedov, F.A.Sindarova “Dinshunoslik” TOSHKENT

«Niso oligraf» 2016