https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
66
SIYOSIY TEXNOLOGIYALAR—HUKUMATNI EGALLASHDA
MUHIM VOSITA
Otajonova Dilnura Otajonovna
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi
E-mail:
dilnuraotajonova1211@gmail.com
Annotatsiya: Mazkur maqolada siyosiy texnologiyalarning tarixiy
rivojlanishi, ularning zamonaviy ko‘rinishlari, qanday afzalliklar va
kamchiliklarga ega ekanligi va hukumatni egallashdagi strategik muhim ahamiyati
tahlil qilinadi. Shuningdek, maqola siyosiy texnologiyalardan oqilona foydalanish,
ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha takliflar ham beradi. Ushbu
maqola bu masalani qiyosiy-siyosiy tahlil, kontent tahlil, SWOT va PESTLE
usullari yordamida o‘rganadi va buning uchun turli mamlakatlarning tajribalari,
bir qancha ilmiy manbalar, jurnallar hamda o‘z navbatida, elektron resurslardan
ham foydalanildi. Asosiy maqsad siyosiy texnologiyalarning hukumatni egallash
jarayonidagi rolini har tomonlama yoritish va mazkur sohadagi kelajakdagi
tadqiqotlar ham uchun asos yaratish sanaladi.
Kalit so‘zlar: Siyosiy texnologiyalar, siyosiy jarayonlar, hukumatni
egallash, siyosiy manipulatsiya, saylovlar, siyosiy boshqaruv, xalq ishtiroki,
siyosiy nazorat.
Kirish
:
Siyosiy texnologiyalar—siyosiy jarayonlarni boshqarish, ularga ta’sir
o‘tkazish va umuman olganda, siyosiy maqsadlarga erishish uchun ishlatiladigan
vositalar, usullar va strategiyalar majmuasidir. Ma’lumki, siyosiy texnologiyalar
insoniyat tarixida har doim hukumatni shakllantirish, kuchlarni taqsimlash va
xalqni boshqarish uchun muhim vosita rolini o‘ynab kelgan. Ushbu texnologiyalar
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
67
saylov jarayonlaridan tortib, davlat boshqaruviga ta’sir o‘tkazishgacha bo‘lgan
keng ko‘lamli sohalarda qo‘llaniladi. So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar va
internetning tarqalishi siyosatda ham keskin o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi va siyosiy
texnologiyalar hukumatni egallashda zarur vositalardan biriga aylandi. Shuni
alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, bu saylov natijalariga hamda siyosiy barqarorlikka
ham jiddiy ta’sir o‘tkaza boshladi. Shu sababli, siyosiy texnologiyalarning
hukumatni egallashdagi rolini o‘rganish va tahlil qilish siyosatshunoslik va xalqaro
munosabatlar sohasidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Siyosiy
texnologiyalarning
uzoq
muddatli
yoki
qisqa
muddatli
maqsadlarga
yo‘naltirilganligiga qarab strategik va taktik turlari mavjud. Strategik—uzoq
muddatli maqsadlar uchun qo‘llaniladigan texnologiyalar bo‘lib, asosan, bularga
saylovlarda g‘alabaga erishish uchun foydalaniladigan siyosiy texnologiyalar
kiradi. Taktik—qisqa muddatli maqsadlarga yo‘naltirilgan siyosiy texnologiyalar
kiradi: ular odatda ommaviy axborot vositalari yordamida namoyon bo‘ladi.
Tadqiqot metodlari
:
Ushbu maqolada turli xil tadqiqot usullari qo‘llanadi:
• Qiyosiy-siyosiy tahlil: Turli mamlakatlardagi siyosiy texnologiyalardan
foydalanish tajribasini bir-biri bilan qiyoslab o‘rganish.
• Kontent tahlil: Ommaviy axborot vositalari, siyosiy nutqlar va hujjatlarni
o‘rganish yordamida siyosiy texnologiyalarning ta’sirini o‘rganish.
• SWOT tahlil: Siyosiy texnologiyalarning afzalliklari va kamchiliklari,
shuningdek, imkoniyatlari va xavflarini tahlil qilish.
• PESTLE tahlil: Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik, ekologik va huquqiy
omillarning siyosiy texnologiyalarga ta’sirini o‘rganish.
Siyosiy texnologiyalarning tarixiy rivojlanishi:
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
68
Siyosiy texnologiyalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqalishi barchamizga
ayon. Xususan, Qadimgi Yunonistonda ritorika san’ati juda yaxshi rivojlanib, u
siyosiy nutqlarning muhim qismi bo‘lgan va bu san’atni puxta o‘zlashtirgan
shaxslarning o‘z siyosiy maqsadlariga erishishlari osonroq bo‘lgan. Yana bir
yorqin asos: Rim imperiyasida saylov jarayonlarida nomzodlarni qo‘llab-
quvvatlash uchun turli xil strategiyalar, jumladan, ommaviy tadbirlar va turli xil
targ‘ibot ishlari amalga oshirilgan. Keyinchalik, O‘rta asrlarda esa cherkov va
hukmdorlar o‘z ta’sirini o‘tkazish uchun diniy targ‘ibot va ommaviy
marosimlardan foydalanishgan. Yangi davrga kelib, ommaviy axborot
vositalarining jadal rivojlanishi natijasida siyosiy texnologiyalar ham yangi
bosqichga ko‘tarildi. O‘z navbatida, gazetalar, radio va keyinchalik televideniye
siyosiy xabarlarni tezkor va keng tarqatish imkoniyatini berdi. XX asrda siyosiy
maqsadlarga erishish uchun turlicha psixologik usullar, jumladan, propaganda,
reklama va ommaviy manipulyatsiya keng qo‘llanila boshlandi.
Zamonaviy ko‘rinishdagi siyosiy texnologiyalar:
Hozirgi davrda, ya’ni raqamli texnologiyalar va axborot asrida siyosiy
texnologiyalar yanada rivojlanib, quyidagicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda.
Internet va ijtimoiy tarmoqlar
: Ular siyosiy jarayonlarda muhim rol o‘ynab,
siyosiy xabarlarni tarqatishda, ayniqsa, saylov paytlaridagi targ‘ibot ishlarini oson
bajarish uchun muhim platformalarga aylangan. Xususan, Facebook, Twitter,
Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar siyosiy partiyalar va nomzodlar uchun
muhim aloqa vositalari bo‘lib xizmat qiladi.
1
Norris, P. (2017). Strengthening Electoral Integrity. Cambridge University Press.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
69
Sun’iy Intellekt:
Uning siyosiy jarayonlardagi roli tobora kengayib
bormoqda. U siyosiy xabarlarni tayyorlash, saylovchilarning fikrini tahlil qilish va
soxta xabarlarni aniqlash kabi muhim vazifalarni bajarishda yordam bermoqda.
Kiberhujumlar va propaganda:
Siyosiy raqiblar ustidan g‘alaba qozonish
uchun kiberhujumlardan foydalanish, shu orqali ularning faoliyatiga to‘sqinlik
qilish mumkin. Soxta xabarlarni tarqatish va propaganda orqali o‘z pozitsiyasini
raqiblarinikidan mustahkamlab olish ham keng tarqalmoqda. Bular ko‘rinib
turganidek, siyosiy texnologiyalarning salbiy ko‘rinishlari hisoblanadi. Ularning
eng yomon taraflaridan biri shundaki, jamiyatda hukumatga nisbatan ishonchsizlik
va beqarorlik kayfiyatini keltirib chiqarishi mumkin.
Turli mamlakatlar tajribasida siyosiy texnologiyalardan foydalanish:
1.
AQShda
siyosiy texnologiyalardan, ayniqsa saylov kampaniyalari davrida
keng foydalaniladi. Barak Obama va Trump kabi siyosatchilar ijtimoiy
tarmoqlardan mohirlik bilan foydalanib, elektorat bilan muloqot o‘rnatganlar.
Ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari esa siyosiy reklamalarni
maqsadli auditoriyaga yo‘naltirishda muhim vosita vasifasini bajarib kelmoqda.
Masalan, 2016-yilgi AQSh prezidentlik saylovlaridagi Donald Trumpning
yutug‘ida Facebookdagi ma’lumotlarni tarqatish hamda ijtimoiy tarmoqlarni
manipulyatsiya qilishning ahamiyati va roli katta edi.
2.
Rossiyada
siyosiy texnologiyalar, asosan, davlat boshqaruvida va ommaviy
axborot vositalarini nazorat qilishda muhim rol o‘ynab kelmoqda.
3.
Xitoyda
esa ular davlat nazoratini kuchaytirish va ommaviy fikrni
boshqarish maqsadida ishlatiladi. Ijtimoiy tarmoqlar ustidan senzura o‘rnatilib,
internetdan foydalanish qattiq nazorat qilinadi. Xitoy hukumati o‘zining milliy
strategiyasi orqali 2030-yilga kelib, fuqarolik hamda harbiy sohalardagi sunʼiy
intellekt sanoatini 150 milliard AQSH dollaridan ziyodga oshirish va shuning
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
70
natijasida bu ko‘rsatkich bo‘yicha AQSHdan o‘zib ketishni asosiy maqsad qilib
qo‘ygan. Xitoy davlatining sunʼiy intellektni rivojlantirish yo‘lidagi siyosiy
strategiyasi
muhim
mantiqqa
asoslanadi—davlatning
mazkur
sohani
takomillashtirishga qaratilgan yo‘naltiruvchilik roli dinamik xususiy sektordagi
yutuqlari bilan birga mavjud ekanligi.
4.Yevropa mamlakatlarida
siyosiy texnologiyalardan foydalanish turlicha,
davlatlarga qarab farq qiladi. Ba’zi mamlakatlarda ijtimoiy tarmoqlar va raqamli
platformalar siyosiy kampaniyalarda muhim ahamiyat kasb etsa, boshqa
mamlakatlarda esa, aksincha, an’anaviy vositalar ustunlik qiladi.
Qiyosiy-siyosiy metod jihatdan siyosiy texnologiyalarni tahlil qilish:
Bu tahlil usuli yordamida siyosiy texnologiyalarning qanday qilib davlatlararo
siyosiy tizimlarga ta’sir qilish mumkinligini o‘rganish mumkin bo‘ladi. Masalan,
AQSH va Xitoy davlatlarini siyosiy texnologiyalardan foydalanish usullari
jihatdan taqqoslanganda: AQSHda ijtimoiy tarmoqlar ochiq axborot manbasi
sifatida, siyosiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi,
shuningdek, siyosiy tanqid va erkin fikrni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ham
foydalanilmoqda. Xitoyda esa ular jamiyatni nazorat qilish, siyosiy hokimiyatni
saqlash va kengaytirishning vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
SWOT usulida tahlil:
Siyosiy texnologiyalarning afzalliklari
:
Ular siyosiy xabar va jarayonlarning keng auditoriyaga tezkor va oson yetib
borishini ta’minlaydi, malasan internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali. Shuningdek,
2
https://www.brookings.edu ma’lumotlari asosida
3
Journal of Information Technology & Politics ma’lumotlari asosida
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
71
saylovchilar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning fikrini va xohish-istaklarini
bilish orqali ularga ta’sir o‘tkaza olish mumkin.
Kamchiliklar
: Agar xabarlar soxta bo‘lsa, jamiyatda ishonchsizlikni keltirib
chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, siyosiy texnologiyalar orqali ommaviy fikrni
manipulyatsiya qilish oson, agar bu yomon maqsadlarda qo‘llansa, salbiy natijalar
keltirib chiqarishi mumkin. Kiberhujumlar orqali esa siyosiy jarayonlarga
aralashish va saylov natijalariga ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Imkoniyatlari:
Siyosiy texnologiyalar yordamida xalqning siyosiy faolligini
oshirish mumkin. Bu demokratiya va erkinlikni mustahkamlash uchun keng
imkoniyatlar yaratadi. Bundan tashqari, eng muhim jihati shundan iboratki,
siyosatda raqamli texnologiyalardan keng foydalanish natijasida hukumat faoliyati
shaffofligini oshirish mumkin.
Tahdidlar
: Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan kamchiliklarga qo‘shimcha ravishda
shuni ta’kidlab o‘tish mumkinki, raqamli texnologiyalardan noto‘g‘ri foydalanish
natijasida qaror qabul qilish jarayonlarini manipulatsiya qilish xavfi paydo bo‘ladi
va siyosiy jarayonlarga nisbatan katta tahdid hisoblanadi.
PESTLE usulida tahlil:
Siyosiy omil: Hukumatlar o‘zlarining siyosiy manfaatlaridan kelib chiqqan
holda siyosiy texnologiyalarning qanday ishlashini belgilab boradi.Ko‘pincha, ular
o‘z pozitsiyalarini kuchaytirish va mustahkamlash maqsadida foydalanadilar.
Iqtisodiy omil: Siyosat va iqtisodiyot uzviy bog‘liqligini hisobga olinganda,
siyosiy texnologiyalarning rivojlanishi, o‘z navbatida, iqtisodiy taraqqiyot va
o‘zgarishlarga ham olib keladi. Jumladan, raqamli iqtisodiyot shakllanadi,
texnologiyalarga investitsiyalar kiritish kengayadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
72
Ijtimoiy omil: Bu eng muhim omil bo‘lib, siyosiy texnologiyalar jamiyatning
siyosiy jarayonlarda ishtirokini ta’minlashda ham xizmat qiladi.
Texnologik omil: Agar siyosiy texnologiyalar kengroq jalb qilinsa, bu
umumiy texnologiyalarga ham ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi. Xususan, internet
tezligi oshadi, kiberxavfsizlik kuchaytiriladi va katta ma’lumotlar ustida ko‘proq
tadqiqot olib boriladi.
Huquqiy omil: Saylov borasidagi qonunlar, kiberjinoyatlarga qarshi qonunlar,
ommaviy axborot vositalari borasidagi qonunlarga ta’sir qiladi.
Ekologik omil: Ekologiyani himoya qilishga oid xabarlar tez tarqatish
mumkin bo‘ladi, biroq ekologik xavflarni ham keltirib chiqarishi mumkin.
Masalan, elektron chiqindilar va ularni qayta ishlash natijasidagi ifloslantiruvchi
moddalar ekologiyani zararlaydi.
Tanqidiy fikrlash asosida argumentlar va kontrargumentlar
Siyosiy texnologiyalarning hukumatni egallashdagi roli bo‘yicha turlicha
fikrlar mavjud. Bir tomondan, siyosiy texnologiyalar demokratik jarayonlarni
rivojlantirish va jamiyatni o‘zgartirish uchun muhim vosita deb hisoblansa, boshqa
tomondan esa siyosiy texnologiyalarning manipulyatsiya qilish, soxta xabarlar
tarqatish kabi salbiy tomonlari ham mavjud.
Argumentlar:
Siyosiy texnologiyalar saylovchilar bilan muloqot qilish,
ularning fikrlarini bilish, shu orqali jamiyatning muammolarini hal qilishga yordam
beradi. Bundan tashqari, raqamli platformalar yordamida siyosiy shaffoflikni
oshirish va korrupsiyani kamaytirish mumkin bo‘ladi.
Va shuningdek, siyosiy texnologiyalar orqali fuqarolik faolligi oshadi va
jamiyatning siyosiy hayotda ishtirok etish darajasi yaxshilanadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
73
Qarshi argumentlar:
Siyosiy texnologiyalar orqali soxta xabarlar tarqatish,
propaganda va manipulyatsiya qilish mumkin, buning natijasida esa jamiyatda
ishonchsizlik va beqarorlik kelib chiqadi. Raqamli platformalar orqali shaxsiy
ma’lumotlardan noto‘g‘ri maqsadlar yo‘lida foydalanish va saylovchilarning
shaxsiy hayotiga aralashish mumkin. Shuningdek, siyosiy texnologiyalardan keng
foydalanish avtoritar rejimdagi davlatlar uchun nazorat va senzura imkoniyatlarini
ham kengaytiradi.
Taklif va tavsiyalar:
Siyosiy texnologiyalardan foydalanish, shubhasiz, hukumatni egallashda
muhim rol o‘ynaydi. Ammo ulardan foydalanishda ma’lum bir qonuniy va axloqiy
me’yorlarga amal qilish lozim. Jamiyatning soxta xabarlar va manipulatsiya
natijasida jabrlanmasligi uchun raqamli savodxonlik darajasi oshirilishi ma’qul
bo‘ladi. Soxta xabarlarga qarshi kurashish, jumladan, dezinformatsiyalarga qarshi
ma’lum bir saytlar mavjud, shulardan foydalanishni kengaytirish zarur.
Xulosa
:
Siyosiy texnologiyalar har asrlarda hukumatni egallashda va siyosiy
maqsadlarga erishishishda muhim vosita bo‘lib kelmqoda. Ularning ta’siri
jamiyatning barcha sohalarida, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqalarda yaqqol
sezilmoqda. Siyosiy texnologiyalar bir qator afzalliklari bilan bir qatorda, o‘zining
kamchiliklariga ham ega. Ulardan oqilona va to‘g‘ri maqsadlarda foydalanish
demokratik jarayonlarni rivojlantirishga va jamiyatda siyosiy faollik kuchayishiga
yordam beradi. Biroq, aksincha bo‘lsa, ularni noto‘g‘ri qo‘llash jamiyatda
ishonchsizlik, beqarorlik va avtoritar rejimlarning jamiyatga nisbatan bosimi
kuchayishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli ham siyosiy texnologiyalardan
foydalanishdan avval ularni puxta o‘rganish, ularning ta’sirini tahlil qilib chiqish
va ulardan foydalanishni tartibga soluvchi usullarni ishlab chiqish muhim ahamiyat
kasb etadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
74
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Norris, P. (2017).
Strengthening Electoral Integrity
. Cambridge University
Press.
2. Zuboff, S. (2019). The age of surveillance capitalism: The fight for a human
future at the new frontier of power. PublicAffairs.
3. Diamond, L. (2008).
The Spirit of Democracy
. Macmillan.
4.Huntington, S. P. (1996).
The Clash of Civilizations and the Remaking of
World Order
. Simon & Schuster Paperbacks.
Elektron Manbalar:
1. https://www.cfr.org
2. https://www.brookings.edu
3. https://www.nbr.org