https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
313
ABDULLA QODIRIY SHE’RIYATIDA MA’RIFATPARVARLIK
G`OYALARI
O`rolova Dinora
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktab 10-sinf o`quvchisi
ANNOTATSIYA: Maqolada buyuk jadidlardan biri bo`lgan Abdulla
Qodiriyning she’rlari tahlilga tortildi. She’rlarida qalamga olingan o`sha davr
jamiyatidagi illatlar va ma’rifatsizlikning sabablari o`rganib chiqildi. Har bir
she’r alohida tahlil qilinib, ularning uslubi, mavzusi hamda ilgari surgan g`oyalari
o`rganildi.
KALIT SO`ZLAR: “Millatimga bir qaror”, “Fikr aylag`il”, “Ahvolimiz”,
“To`y”, she’rlar, ma’rifatparvarlik, millat, milliy ruh, jamiyatdagi illatlar.
O`zbek xalqining har bir xonadoniga Otabek, Kumush, Anvar, Ra’nolar
qiyofasida kirib borgan Abdulla Qodiriy millat uchun ilm-ma’rifat suv va havodek
zarur bo`lgan, yurt tepasida johil shaxslar egalik qilayotgan bir zamonda hayotini
tazyiqlar, xavf-xatarlar ostiga qo`yib bo`lsa ham millati uchun yozishdan
to`xtamadi. Adib ko`p asrlik milliy adabiyotimiz rivojida keskin burilish yasab
yangi bosqichni boshlab bergan nodir asarlar yaratdi. Bu jihatdan, Muxtor Avezov
"Abdulla Qodiriy asarlari 1920-yillarda go‘yo tekis sahroda to‘satdan Pomir
tog‘lari vujudga kelgandek paydo bo‘ldi..."-deb ta’kidlagan edi. U yaratgan
qahramonlari orqali xalqni hamisha ma’rifatli bo`lishga, jamiyatdagi illatlarni yo`q
qilishga, ma’naviyat va ma’rifatni, milliy qadriyatlarni yuksaltirishga undadi. Shu
bilan birga, ijodkor barcha asarlarida o`zbek xalqiga xos bo`lgan milliy ruhni
tarannum etdi. Ushbu milliy ruhni uning nafaqat nasriy asarlari, balki oz sonli
she’rlarida ham kuzatishimiz mumkin.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
314
“Tog‘larning viqorini ko‘rish uchun ulardan uzoqlashish zarur, xuddi
shunday holat buyuk ishlar va buyuk shaxslarda kuzatiladi. Abdulla
Qodiriyning so‘nmas ijod bahosining buyukligini ko‘rish va tushunish uchun
yarim asrdan ortiq vaqt talab etildi” – deb yodga olgan edi Izzat Sulton o‘z
esdaliklarida. Darhaqiqat, ijodkorning yozgan asarlarini, g`oyalarini bir asr o`tgan
bo`lsa-da to`liq anglab yetolganimiz yo`q. Abdulla Qodiriy shoir sifatida yozgan
she’rlari bor-yo‘g‘i “To‘y”, “Ahvolimiz” va “Millatimga bir qaror”. “Fikr
aylag‘il” kabi oz bo‘lsa-da o`zining, mavzulari, mazmuni, chuqur ma’nolari bilan
hozirgacha ahamiyatini yo`qotmay kelmoqda.
Qodiriyning shoir sifatidagi ilk
she’ri “To`y” bo`lib u da’vat, chaqiriq ruhida yozilgan. She’rda milliy urf-
odatlarimizdan biri hisoblangan to`y marosimi tanqid ostiga olingan. To‘y boy,
ma’lum bir moddiy resursga ega bo‘lganlar uchun pisand bo‘lmasa-da, beva-
bechora mehnat ahli uchun ko‘p hollarda anchagina qiyin bo‘lgan. Buning ortidan
ko`plab mehnatkash va kambag`al xalq qarzga botib, halokat yoqasiga borib
qolardi. Shuning uchun ham ijodkor “kori ma’jusi, kori shayton to‘y”lardan voz
kechishga da’vat etib,
Besh kun to‘yni so‘ngidin
Ketibon mulklar bois fig‘on to‘y.
Boyon to‘yig‘a yerlilar qarab
Etdi sarf toki tandagi jon to‘y
.-
deya arz qiladi. Bu haqida ijodkor o`zining yana
bir she’ri “Fikr aylag`il”da ham
“
Yer sotarlar elda necha to‘y bajo etmak uchun,
Chunki bid’atin yo‘lida ham fidodur jonu tan
- deya shu mavzuga qayta
murojaat qiladi. Bundan mamlakatda avj olgan ochlik, qashshoqlik vaqtida shoir
ushbu muammoga befarq qarab turolmaganini anglashimiz mumkin.
E’tiborlisi
shundaki, bu masala hozirgi vaqtda ham jamiyatdagi muammolardan biri bo`lib
1
Abdulla Qodiriy, “Sadoyi Turkiston” 1915 yil, 64
-son, 20 mart, 2-bet
2
Abdulla Qodiriy
“Oina” jurnali, 1915 yil, 12
-son, 5-bet
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
315
qolmoqda.
Bu borada Xayriddin Sulton: “Eng muhimi, o`zbek xalqining milliy
g`oyasini juda muxtasar tarzda, bor-yo`g`i ikkita so`z orqali ifoda etsa bo`lar ekan.
Ya’ni asrlar sinovidan o`tib, o`tda yonmaydigan, suvda cho`kmaydigan, tuproqda
chirimaydigan metin bir tushuncha, sobit bir e’tiqod bo`lib shakllangan, o`zbek
xalqining hayot va mamot tarziga aylangan bizning g`oyamiz “to`y-hasham” degan
soddagina so`zlarda mujassam topar ekan. Bu o`rinda “to`y” so`zi faqat to`y-
tantanani emas, balki milliy odatlarimiz bilan chambarchas bog`langan, marjonday
tizilib keladigan bir qator tushunchalarni – a’za, ma’raka-marosimlarni anglatsa,
“hasham” so`zi dabdaba, namoyish, boyligi yoki mavqeyini (bor-yo`qligidan qat’i
nazar) ko`z-ko`z qilib, shundan chuqur mamnuniyat va qanoat his etib yashashni
anglatadi”
.-deb aytib o`tgan. To‘g‘ri, to‘y oshna-og‘ayni, qarindosh-urug‘, qo‘ni-
qo‘shni, mahalla-ko‘yni bir-biriga yaqinlashtiradi. Biroq ikkala adib ham bu milliy
urf-odat va an’analar ortidan isrofgarchilikka yo`l qo`yilishini xohlamaydi.
Xuddi shunday, Qodiriyning “Ahvolimiz” she’rida yoritilgan
mavzular, muammolar ham haligacha o`zgarmaganini payqash mumkin.
Ko‘r bizning ahvolimiz, g‘aflatda qanday yotamiz,
Joyi kelgan chog‘ida vijdonni pulg‘a sotamiz
.
G`aflatda yotgan millatga murojaat qilar ekan ijodkor jamiyatdagi bir qancha
illatlarni sanab o`tadi. Jumladan, yoshlarning “kokil solib, oh-voh” bilan
o`tayotgan umrlariga achinadi. Hamda ularning “har kun takyalarda nasha ko‘knori
chekib” o`tirishini millatdagi qoloqlik, loqaydlikning bir sababi qilib ko`rsatadi.
Shu bilan birga, she’rda, asosan, ilmsizlikni, johillikni qoralaydi va xalqni
ma’rifatga da’vat etadi. Ota-onalarni farzandlariga ilm, odob, so`z odobini
o`rgatishga chorlaydi.
Shunday qilib, ijodkor uyqudagi, g`aflatdagi millatni uyg`otishni o`zining
burchi deb bilib, bu mas’uliyatni bo`yniga oladi.
3
Xayriddin Sulton. “Odamlardan tinglab hikoya”. “O`zbek xalqining milliy g`oyasi”.
-
T.: “Adabiyot”, 2020.
-B.263
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
316
Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g‘ayrat qiling,
Uxlaganlarni agar qodir esak uyg‘otamiz.
“Millatimga bir qaror” she’rini diqqat bilan o`qib chiqar ekanmiz, jaholat
botqog`iga botgan bir millatga qarata aytilgan chaqiriq ekanligini anglaymiz.
Nodonlik ta’siridan zulmatga aylangan to`rt faslni ma’rifat chirog`i bilan yoritib
hayotini bahorga aylantirish mumkin ekanini ta’kidlar ekan, xalqni ko`proq ilmga,
ma’rifatga sarmoya kiritishga, boylarni ham isrofgarchilikdan qochib pullarini
maktablar uchun sarflashga undaydi. Zero, Avaz O`tar tili bilan aytganda:
Ochinglar, millati vayronni obod etgusi maktab
O`qusin yoshlarimiz, ko`ngluni shod etgusi maktab.
Qayu millatga bizdek gar nasimi inqiroz yetsa,
Anga albatta mustahkamlik ijod etgusi maktab.
Shu o`rinda yetim va bechoralarni ham o`ylab, ularning och qolmasliklari
uchun ko`proq ehsonlar qilish kerak ekanini ta’kidlab o`tadi.
Bizning johilligimizni ko‘rib ul shod bo‘lganlar,
Ko‘rib mashg‘uliyatimizni ilmg‘a sharmisor o‘lsun.
Ushbu baytda esa xalqning ilmli bo`lib, johillikdan qutulgan davriga umid
bog`lash, yorqin kelajakni orzu qilish yaqqol aks etgan. Millatning kelajagini
bunyod qilishda hamma birga harakat qilishi kerakligini aytgan.
Adibning shoir sifatida yozgan so`nggi she’ri “Fikr aylag`il” ham
mavzu dolzarbligi, jamiyatda tutgan ahamiyati bilan qolgan she’rlari kabi
o`quvchiga o`zgacha ta`sir o`tkazadi. Ushbu she’rida jamiyatdagi “fosiq, johil va
chapan” kimsalarni tanqid qilgan. Kishilarning bir-biriga bo`lgan munosabatini,
odamlar orasidagi dushmanlikni qoralagan. Bu she’rda ham johillik, isrofgarchilik,
oqibatsizlik kabi illatlar bosh mavzu bo`lib xizmat qilgan. Yana bir e’tiborli jihati,
u she’rlarini yozar ekan ularning oxirida isyonini biroz yumshatib o`zining qattiq
tanqidi va ochiq muhokamasi uchun soddagina uzr aytib qo`yadi. Bu esa
ijodkorning o`ziga xos samimiyatini ko`rsaib beradi. Bu bilan u she`ri orqali
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
317
o`quvchiga yana bir qadam yaqinlashgandek bo`ladi va gaplari, ilgari surgan
goyasi insonlarga chuqurroq ta`sir qilishiga erishadi. Masalan, “Fikr aylag`il”
she’ri so`ngidagi:
Qodiriy nazdingiza oz hasratidin so‘yladi,
Ayb etub qilmang haqorat, muhtaram ahli vatan.
misralardan o`quvchi anchagina mutaassir bo`ladi. Bundan ko`rinadiki,
ijodkorning she’rlari nafaqat mavzusi bilan, balki o`zining samimiyati, soddaligi
bilan ham o`quvchilar ko`nglidan joy olar ekan. Muhimi, she’rlar har qanday
insonga ha birday tushunarli va ta’sirlidir. Bu she’rlarni o`qigan har qanday inson
qalbida ezgulik uchun kurash alangasi o`t olishi, atrofidagi muammolarga bo`lgan
befarqlikdan voz kechishi ayni haqiqat.
Xulosa qilib aytganda, buyuk adib ijodida uning she’rlari o`ziga xos
ahamiyatga ega. Ta’kidlash joizki, adib mana shunday o`lmas asarlari, she’rlari,
romanlari, hikoya, ocherk va maqolalari bilan o`zbek adabiyotida o`chmas iz
qoldirdi. Uning o`zbek millati oldidagi xizmatlari haqida Islom Karimov shunday
degan edi: “O`zbek xalqining ma’naviyat va ma’rifatini, milliy qadriyatlari va
ongini yuksaltirish yo`lida u zotning qilgan xizmati beqiyosdir”. Qodiriyning
buyuk siymosi, mangu barhayotligi haqida o`ylar ekanmiz beixtiyor Navoiyning
bir baytini yodga olamiz:
Bu gulshan ichraki yo`qtur baqo gulig`a sabot,
Ajab saodat erur, chiqsa yaxshiliq bila ot.
Mana shunday “ajab saodat”ga erisha olgan so`z zargari haqida qancha ko`p
yozsak shunchalik oz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Abdulla Qodiriy, “Sadoyi Turkiston” 1915 yil, 64-son
2.
Abdulla Qodiriy“Oina” jurnali, 1915 yil, 12-son
3.
Xayriddin Sulton. “Odamlardan tinglab hikoya”-T.: “Adabiyot”, 2020
4.
Umarali Normatov. “Qodiriy mo`jizasi”-T.: “O`zbekiston”, 2010