https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
145
OLIY VA PROFESSIONAL TA`LIM TIZIMIDA
MEDIATEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH KO‘NIKMALARINI
SHAKLLANTIRISHDA ELEKTRON KUTUBXONALARNING
AHAMIYATI.
Madina Ahmadjonova
Dilnura Azamatova
Ruxshona Rasulova
Maftuna Ahmadova
Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari
Annotatsiya : Mazkur maqolada yurtimiz bo‘ylab axborot resurs va yoshlar
markazlari faoliyatlari yo‘lga qo‘yilganligi va uning bugungi kundagi ahamiyati
to`grisida so`z borgan. Mazkur bilim, ma’rifat va ziyo o‘choqlarida ishni keng
ko`lamli, foydali tashkil etish borasida kerakli tavsiyalar berilgan.
Kalit so`zlar: Kommunikatsiya,
avtomatlashtirish,
premyera, didaktika,
ekspert, mediapedagog, mediaolam, mediamadaniyat,
klassifikator, indeks,
relevant, mediatexnologiya, professional ta`lim, portativ.
Hozirda zamonaviy jamiyat axborotga asoslangan. Dunyoning ko`pgina
rivojlangan mamlakatlarida bugun axborot olish imkoniyati emas, balki uning
haddan ortiq ko‘pligi muammo tug‘dirayotgani kuzatilmoqda. Ko‘p hollarda
ommabop axborotlar ummonidan relevant axborotni ajratib olish juda qiyin
kechmoqda. Manbalarning muvofiqlashmaganligi, xilma–xilligi va ishonchsizligi
axborotni tashkil qilish va boshqarishni murakkablashtirmoqda. Shunday ekan,
shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda ishonchli axborotni tanlash, tahlil qilish va
umumlashtirishga katta e’tibor qaratish muhum ahamiyat etadi. Bundan tashqari,
axborotni aksariyat hollarda mutaxassislar emas, balki havaskorlar tayyorlayotgani
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
146
bois, uning sifatiga ham alohida e’tibor berish zarur. O‘qish jarayonida tanqidiy
yondashish, matn va uning manbasini tahlil qilish zarur bo‘ladi, chunki axborot
yaratuvchisining nuqtai nazarini aks ettirishi va manfaatlariga xizmat qilishini
unutmaslik lozim.
Axborotni
tanqidiy
qabul qilish bo‘lg‘usi jurnalist axborot
savodxonligining darajasini belgilovchi omil hisoblanadi. Axborot hajmi ortib
borgani sari uning o‘lchamlari doirasi ham ortib boraveradi. Bosma nashrlardan
tashqari ovozli, grafika va boshqa turdagi raqamli materiallar soni ham ortib
bormoqda. Texnologiyalar taraqqiyoti samarasi o‘laroq axborot oqimi tezligi ham
beqiyos tarzda oshmoqda. Bunday sharoitda foydalanuvchilardan multimedia
kontentidan
foydalanish
ko‘nikmalariga
ega
bo‘lish
hamda
yangi
texnologiyalardan xabardorlik talab etiladi. Kutubxonalar misolida oladigan
bo‘lsak, bu nafaqat yangicha shakl va o‘lchamlarga o‘tishni, balki o‘quvchilarga
yangi tizimlardan foydalanishga yordam berishni ham nazarda tutadi. Bu ma’noda
pedagoglarning foydalanuvchilarni o‘qitish sohasida, jamoatchilik bilan aloqalar
va reklama sohalarida chuqur bilimga egaligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Axborot xizmatlari bugungi kunda jamiyatning barcha tarmoqlariga kirib
borayotgan va rivojlanayotgan soha sifatida tan olingan. O‘zbekistonda ham
keyingi yillarda vazirlik, muassasa va idoralar tomonidan axborot xizmatlari
faoliyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Zamonaviy elektron kitoblarning paydo bo`lishi, afzallik va
kamchiliklariga e`tibor qaratadigan bolsak, «Elektron kitob» tushunchasining
paydo bo'lishi asosan no'ananaviy kitob shaklida kirib kelganidadir. Bu
tushunchaning keng rivojlanishi va jamiyat hayotida o'ziga xos o'rin egallashiga
axborot texnologiyalarining rivojlanishi sabab bo'ldi. Elektron kitoblar tez
suratlarda jamiyat hayotining bir bo'lagiga aylandi. Bugungi kunda deyarli barcha
kitoblarning elektron shakli mavjud bo'lib, ular internet tarmog'ida faol
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
147
ulashilmoqda. Bu tushuncha ba'zida «elektron nashr» termini deb ham yuritiladi.
“Elektron nashr” - bu tashkiliy ishlar mahsuli bo'lib. bunda kitob muallifi ijodiy
mahsulotining barcha mavjud belgili ko'rinishlarda maxsus xotira qurilmalarida
(ma'lum bir kompyuter foydalanuvchilari auditoriyasi uchun) axborot mahsulotiga
aylantirilishidir. Demak, elektron kitoblar apparat qurilmalarida bir shaklda ma'lum
auditoriya uchun ishlab chiqilar ekan. An'anaviy kitob esa o'z.navbatida hech
qanday auditoriya tanlamaydi. Elektron kitoblarning afzalliklari: portativ ekanligi:
USB flesh xotirali disklarda 10, 100, 500 dan ortiq kitoblarni saqlash mumkin
bo'ladi; yana bir jihatiga nazar solsak, ko'zni toliqtirmaslik uchun - maxsus himoya
rejimlari mavjud bo'lib, ular orqali matn shrifti, kattaligi va rangini o'zgartirish
mumkin va ma'lum bir kontekst matnni qidirish imkoniyati mavjud bo'lib, bunda
ixtiyoriy matn fragmentini topish imkohiyatlari mavjud.
An'anaviy kitoblar esa anchagina arzon hisoblanadi, ya'ni talab etiladigan
pul asosan mualliflik gonorari, korrektor, bosmachilar mehnati uchun to'lanadi.
Elektron kitoblarning kamchiliklari: imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qulay,
ammo uning ham o'z kamchiligi bor, bu - elektr energiyasi sarfidir; bugungi kunda
deyarli 10 ta elektron kitob o'quvchilarining 9 tasi doimiy ravishda smartfonlar va
telefonlarni elektr ulagichlariga ulaydilar; o'qish uchun maxsus dasturlar va
qurilmalar zarur bo'ladi;
An'anaviy va elektron kitoblar orasidagi afzallik va kamchiliklar tahlili shuni
ko'rsatdiki, deyarli farq ularing bosma va virtual kitob shaklida ekanligidadir.
Ammo, elektron kitoblarda energiya sarfi kuzatilsada ba'zi qurilmalar elektr
sarfisiz bir necha kun yoki oylab maxsus quvvatlagichlar asosida ishlashi mumkin,
o'z navbatida an'anaviy kitoblaming foydali jihatlari anchagina ko'proqdir.
Ustunlik esa o'z navbatida aynan an'anaviy kitoblar tomonida bo'ladi. Chunki
kitobni mutolaa qilganda uni qo'lga olib, sahifalarni his etish orqali olinadigan
ma'lumot elektron kitobga nisbatan anchagina ustunroqdir.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
148
Avtomatlashtirilgan kutubxona
― oʻzaro bogʻlangan kompyuterlashgan
avtomatik tizim bo`ilb hisoblanadi. Avtomatlashtirilgan kutubxonalarning asosiy
vazifalari: kutubxonadagi barcha kitoblar, jurnallar va boshqa hujjatlarni toʻla qayd
qilish; klassifikator boʻyicha indekslar qoʻyish; bibliografik qidirish; tanlab olingan
kitoblarning referatlarini koʻrib chiqish; kutubxonaga aʼzo boʻlganlarni roʻyxatga
olish; buyurtmalarni roʻyxatlashtirish; katalog va kartochkalarni hamda qayta
roʻyxatga olish varaqalarini bosmadan chiqarish, kitoblarni abonentlarga berish va
qabul qilishni qayd qilish, muddatlarni choʻzib berish; moliyaviy hisobotlar; yangi
kitoblarni roʻyxatga olish va holatini kuzatish; markazlashtirilgan buyurtmalar
berish; kutubxonaga tushgan hujjatlarni doimo kuzatib borish va boshqa
avtomatlashtirilgan kutubxonada elektron kataloglarni tuzish va yaratish dastlabki
qadam boʻlishi zarur.
Bu vazifalarni bajarish uchun avtomatlashtirilgan kutubxona maʼlumotlar bazasi
kamida 1 mln yozma maʼlumotga moʻljallangan boʻlishi kerak.
Avtomatlashtirilgan kutubxonada bir-biri bilan bogʻlangan kompyuterlar tizimidan
foydalaniladi. Avtomatlashtirilgan kutubxonaning ichki kompyuter tizimi boshqa
shahar va davlatlarning oʻxshash kutubxonalariga aloqa zanjirlari orqali
bogʻlanadi. Natijada yangi axborotlarni tezkor usullarda uzatish, qabul qilib olish,
saqlash va ularga ishlov berish imkoni mavjud boʻladi. Avtomatlashtirilgan
kutubxonada elektron kataloglar; turli sohalarga doir axborot bazalari va banklari;
elektron kataloglarning bosma koʻrinishida tayyorlangan analoglari; har oyda va
yil choragida chiqariladigan sohalararo adabiyotlar koʻrsatkichi; maxsus elektron
jurnallar va boshqa tashkil qilinadi.
Mamlakatimiz bo‘ylab axborot resurs va yoshlar markazlari faoliyati yo‘lga
qo‘yilgan. Agarda mazkur bilim, ma’rifat va ziyo o‘choqlarida ish to‘g‘ri tashkil
etilsa, amalda ular media va axborot savodxonligi markazlariga aylanishi
mumkin. Bundan tashqari, deyarli barcha ta’lim muassasalari, jumladan, oliy, o‘rta
va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari o‘z veb-saytlariga ega bo‘lib, ularning
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
149
barchasi
yagona ZiyoNET Milliy ta’lim tarmog‘iga birlashtirilgan. Ta’lim muassasalari
tarkibida mediamahsulotlarini tashkil etishning ijobiy natijasi sifatida
ijodkor yoshlarning mediakontent yaratishga qaratilgan loyihalardagi faol
ishtirokini ko‘rsatish joiz. Bularning barchasi respublikamiz ta’lim tizimida media
va axborot savodxonligini ta’minlash uchun muhim platforma vazifasini o‘taydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1, Djurayevna, K. M. (2021). Russian Language as A Foreign Language in
Medical Universities. Eurasian Journal of Research, Development and
Innovation, 3, 14-18.
2, Койилова, М. Д., & Кароматов, И. Д. (2017). Фасоль как лечебное
средство (обзор литературы). Биология и интегративная медицина, (8), 114-
133.
3, Койилова, М. Д. (2018). Синяк обыкновенный, итальянский. Биология и
интегративная медицина, (9), 117-121.
академических исследований, 3(9), 137-141.
5, Койилова, М. Д. (2020). Изменение Культуры Семейных Ценностей В
Условиях Перехода К Модели Современной Семьи. In Сборники
конференций НИЦ Социосфера (No. 8, pp. 164-167). Общество с
ограниченной ответственностью Научно-издательский центр" Социосфера".
6, Djuraevna, K. M. (2023). Methodology of Inclusion of Healthy Lifestyle Skills
in Adolescents with Deviant Behavior.
7, QURBONOVA, G., & KOYILOVA, M. DEVIANT XULQLI O'SMIRLARNI
MEHNAT VOSITASIDA TARBIYALASH. Pedagogik mahorat, 102.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
150
8, Qoyilova, M. (2022). Xulqi og ‘ishgan o ‘smirlarni mehnat vositasida
tarbiyalash. Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali, 2(2).
9. Mekhriniso Qoyilova. The need for professional competence development in the
training of senior nurses. Jamiyat va innovatsiyalar – Obщestvo i innovatsii –
Society
and
innovations
Journal
home
page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
10. Khoyilova Mekhriniso Djuraevna MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC
BULLETIN ISSN 2694-9970 Middle European Scientific Bulletin, VOLUME 17
Oct 2021 Copyright (c) 2021 METHODS OF FORMATION OF POSITIVE
BEHAVIOR IN ADOLESCENTS.
11. Qoilova , M. (2023). DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES IN THE
TRAINING OF SENIOR NURSES THROUGH THE STRUCTURAL
ANALYSIS OF PROFESSIONAL COMPETENCE AND PROFESSIONAL
MOBILITY. Yevraziyskiy jurnal akademicheskix issledovaniy, 3(9), 137–141.
izvlecheno
ot
https://inacademy.uz/index.php/ejar/article/view/20623
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.8371586