Авторы

  • Dilrabo Karimova Murodovna
  • Hasanova Kibryo Jahongirovna
  • Sotvoldiyeva Muazzam Turg’unovna

Биографии авторов

  • Dilrabo Karimova Murodovna

    Marg’ilon  shahar 1-son politexniumi

  • Hasanova Kibryo Jahongirovna

    Marg’ilon 1-son politexnikumi

  • Sotvoldiyeva Muazzam Turg’unovna

    Marg’ilon 1-son politexnikumi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.92440

Аннотация

XIX asr oxirida Buxoro amirligida  Buxorodan tashqari Chorjo‘y, Kitob, Shahrisabz, Denov kabi shaharlar amirlikning yirik savdo va hunarmandchilik markazlari hisoblangan. Amirlik iqtisodining asosiy qismini qishloq xo‘jaligi sohasi tashkil etgan. Lekin dehqonlar har doim ham katta daromad olmagan. Ketma-ket kamhosil yillardan keyin baljuvonlik dehqonlar 1885-yilda mo‘l hosil yig‘ib olishdi. Soliq yig‘uvchilar esa nafaqat o‘sha yil uchun, balki o‘tgan kamhosil yillar uchun ham xiroj to‘lashni talab qilishdi. Bu esa dehqonlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Bunday soliq undirishni adolatsizlik deb bilgan dehqonlar uni to‘lashdan bosh tortdilar. Amaldorlar zo‘ravonligi va zulmi qo‘zg‘olonga sabab bo‘ldi. Qo‘zg‘olon 1885-yil iyul oyining oxirgi kunlarida ko‘tarilgan. Dehqonlar va amir Muzaffar lashkari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Tayyorgarlik ko‘rmagan va mehnat qurollari bilan ko‘chaga chiqqan dehqonlar mag‘lubiyatga uchradi. Qo‘zg‘olonchilar qo‘lga olinib, qatl etildi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

190

XIX ASRNING IKKINCHI YARMI – XX ASRNING BOSHLARIDA

BUXORO AMIRLIGI VA XIVA XONLIGI. TURKISTONDA ILM-FAN VA

MADANIYAT. MEN VA BOSHQALAR ,RUHIY TARBIYA

Dilrabo Karimova Murodovna

Marg’ilon shahar 1-son politexniumi

Hasanova Kibryo Jahongirovna

Marg’ilon 1-son politexnikumi

Sotvoldiyeva Muazzam Turg’unovna

Marg’ilon 1-son politexnikumi

XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Buxoro amirligi

XIX asr oxirida Buxoro amirligida Buxorodan tashqari Chorjo‘y, Kitob,

Shahrisabz, Denov kabi shaharlar amirlikning yirik savdo va hunarmandchilik

markazlari hisoblangan. Amirlik iqtisodining asosiy qismini qishloq xo‘jaligi sohasi

tashkil etgan. Lekin dehqonlar har doim ham katta daromad olmagan. Ketma-ket

kamhosil yillardan keyin baljuvonlik dehqonlar 1885-yilda mo‘l hosil yig‘ib olishdi.

Soliq yig‘uvchilar esa nafaqat o‘sha yil uchun, balki o‘tgan kamhosil yillar uchun

ham xiroj to‘lashni talab qilishdi. Bu esa dehqonlarning noroziligiga sabab bo‘ldi.

Bunday soliq undirishni adolatsizlik deb bilgan dehqonlar uni to‘lashdan bosh

tortdilar. Amaldorlar zo‘ravonligi va zulmi qo‘zg‘olonga sabab bo‘ldi. Qo‘zg‘olon

1885-yil iyul oyining oxirgi kunlarida ko‘tarilgan. Dehqonlar va amir Muzaffar

lashkari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Tayyorgarlik ko‘rmagan va mehnat qurollari bilan

ko‘chaga chiqqan dehqonlar mag‘lubiyatga uchradi. Qo‘zg‘olonchilar qo‘lga olinib,

qatl etildi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

191

1888-yil Ko‘lob viloyatida boshlangan dehqonlarning norozilik harakatari ham

amir tomonidan bostirildi.

Buxoro amirligida bu davrda ham xalq hunarmandchiligi rivojlanishdan

to‘xtamadi. Buxoro gilamlariga nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham talab

katta bo‘lib, amirlik sav dogarlari ularni ko‘p miqdorda xorijga sotar edilar.Ichki va

tashqi bozorlarda Buxoro ip-gazlama matolari, ko‘nchilik, zardo‘zlik, kumush va

oltin kandakorlik buyumlari, bo‘yoq va sovun mahsulotlari, ustalarning oltin va

kumushdan yasagan buyumlari Sharq va G‘arbda xaridorgir bo‘lgan.

Buxoro amirligida azaldan rivojlanib kelgan o‘ziga xos ko‘ri nishdagi

hunarmandchilik mavjud bo‘lgan. Zargarlar yasagan mahsulotning barchasi nozik

naqshlar bilan bezatilardi. Buxoro kulolchilik buyumlari bozori ham chaqqon bo‘lib,

kulollar butun amirlik shaharlarida faoliyat olib borgan. Hunarmandlar daromadining

aksariyat qismi behisob soliqlarni to‘lashga ketardi. Shu bois ular o‘z ustaxona va

korxonalarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish uchun qo‘shimcha

mablag‘larga ega emasdi.

Buxoro amirligi hududi katta foyda keltiruvc hi tranzit savdo uchun ham qulay

bo‘lgan. 1888-yil amirlik hududi orqali dastlabki temiryo‘l o‘tkazildi. Buxorodan 15

kilometr masofada Yangi Buxoro stansiyasi qurili shi boshlab yuborildi. Bu yerda

amir saroyi va Rossiya siyosiy agentining qarorgohi ham barpo etildi. Endilikda

Buxoro amirligi temiryo‘l orqali Toshkent, Orenburg va Moskva bilan bog‘landi.

Buxoroda Rossiya davlat banki bo‘limi, paxta tozalash zavodi, Yevropa

namunasidagi mehmonxona barpo etildi. Eski Buxorodagi qo‘shbegi uyi va Rossiya

imperatorining siyosiy agentligi qarorgohi ilk paydo bo‘lgan telefon aloqasi bilan

bog‘langan edi.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Buxoro amirligida ta’lim tizimi o‘tgan

asrlardan qolgan an’anaga muvofiq boshlang‘ich (maktablar) va yuqori (madrasa)

bosqichlaridan iborat edi. Boshlang‘ich ta’lim uassasalarida asosan arab tili va


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

192

alifbosida savod chiqarish, islom asoslarini egallash, axloqiy tarbiyaga urg‘u berilgan.

Ularning moddiy asosini vaqf mulklari, ayrim shaxslardan

tushgan xayri-ehsonlar tashkil etgan.Bu davrda Buxoroda 350 ga yaqin

an’anaviy (boshlang‘ich) maktablar faoliyat ko‘rsatgan. Maktabxonada o‘qishga

qabul qilish yoshi Buxoroda 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan davrni tashkil etgan.

Ta’lim jarayoni esa 7–10 yilgacha davom etgan.O‘g‘il bolalar maktablarining

aksariyati masjidlar qoshida tashkil etilgan. Qizlar maktabida o‘qitish o‘g‘il bolalar

o‘qiydigan masjidlar huzuridagi maktabxonadagi o‘qitishdan bir muncha farq qilgan.

Bu yerda darslar tushlikkacha davom etgan. Qizlarning o‘qishi 7 yoshdan boshlanib,

13 yoshda tugar edi. Odatda qizlar uylarida ta’lim olishgan.

2. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Xiva xonligi

Xiva xonligida 1873-yildan so‘ng hosildor yerlarning katta qismi Rossiya

tasarru

ga o‘tishi oqibatida xonlik ma’muriyati sarf­xarajatlarga bo‘lgan

ehtiyojlarini yangi soliqlarni joriy etish yoki ilgari mavjud bo‘lganlarini oshirish yo‘li

bilan qoplay boshladi.

Dehqonlar mehnati yer unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishni

rivojlantirishga qaratilgan. Xonlikda g‘alla yetishtirish qishloq xo‘jaligining asosiy

tarmog‘i hisoblangan. Shu davrdan boshlab Rossiya bilan savdo-sotiqning

rivojlanishi natijasida paxta yetishtirishga ixtisoslashuv ham jadal kechdi.

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida uy hunarmandchiligi hanuz saqlanib

kelayotgan edi. Unda ip yigirish va to‘quvchilik, oyoq kiyimlar, gilamlar, kigizlar va

boshqalar tayyorlanardi. Har bir dehqon xo‘jaligi yordamchi daromad manbayi

bo‘lgan uy hunarmandchiligi bilan shug‘ullanar edi. Deyarli har bir qishloqda

ko‘nchi, etikchi, bo‘zchi, bo‘yoqchi, juvozchi va boshqalar faoliyat

ko‘rsatishgan.O‘rta Osiyoning Rossiya, qozoq juzlari, Kavkaz, Eron bilan savdo

munosabatlari

rivojlanishi

ichki

savdo-sotiqni

ham

jonlantirdi.

Bozor


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

193

munosabatlarining rivojlanishi tovar-pul munosabatlarining o‘sishiga imkoniyat

yaratdi. Buning natijasida shaharlar qishloqlarga nisbatan jadal rivojlanib, yangi

shaharlar vujudga keldi, eskilarining rivojlanish jarayoni tezlashdi.

Bu mamlakat iqtisodiy hayotida shaharlarning ahamiyati ortishiga olib keldi. XX

asr boshlariga kelib Xiva, Yangi Urganch, Qo‘ng‘irot, Toshhovuz, Gurlan singari

shaharlar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazlarga aylandi. Bog‘ot, Mo‘ynoq,

Taxta singari yangi shaharlar vujudga keldi. Shaharlarda mahalliy va Rossiya

qo‘shma korxonalarining idoralari, sanoat korxonalari joylashgan edi. Rossiya

imperiyasi va mahalliy kapital hamkorligi vujudga keldi. Mahalliy tadbirkorlar

faoliyati, milliy kapital namoyandalarining sarmoyalari daromadi Rossiya bozori

mahsulotlariga bevosita bog‘langan edi. Ular ikki davlat o‘rtasida bozor

munosabatlarini rivojlantirish uchun qo‘shma bank uyushmalarini tuzishga harakat

qilishdi.Xiva xonligida XIX asrning ikkinchi yarmida butun qoraqalpoq urug‘larini

boshqarish, soliqlarni undirish, harbiy xizmatni o‘tash majburiyatlariga doir ishlarni

tartibga solish maqsadida beklarbegi lavozimi joriy etilgan.

XIX asrning o‘rtalarida Yangi Urganchda 15 ta masjid va ikkita madrasa

bo‘lgan. Gurlanda 6 ta masjid va 2 maktab, Shohobodda 2 ta maktab va 2 masjid,

Shovotta 4 ta masjid va 1 madrasa, Xazoraspda 10 ta masjid, Qutlug‘ Inoq madrasasi

faoliyat yuritgan.

Xiva xonligida masjid imomi o‘zining bevosita vazifasidan tashqari soliq

to‘lovchilar hisobini yuritish, soliq yig‘ish, ba’zan esa suv taqsimoti bilan ham

shug‘ullanar edi. Xiva xonligi Rossiya vassaliga aylantirilgandan so‘ng Xiva saroy

kutubxonasidan 300 dona qo‘lyozma, 18 dona Qur’oni karim, 50 dan ortiq nodir

kitoblar Kaufman tomonidan musodara qilingan.

Rossiya imperiyasi tomonidan Amudaryo bo‘limidagi qoraqalp oqlarga nisbatan

jabr-zulm kuchayishi oqibatida Biybozor va Nukus volostida mustamlakachilarga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

194

qarshi Bobo Go‘klan boshchiligida xalq qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tadi.

Men va boshqalar ,ruhiy tarbiya

Burgut o‘z farzandlariga qanday qilib ota tanlaydi? Bu jarayon judayam

hayratlanarli kechadi. U daraxt yoki biror butadan kichik shoxcha sindirib oladi, uni

tumshug‘ida tutgancha balandga ko‘tariladi va shu holda aylana boshlaydi. Atrofida nar

burgutlar yig‘ilib parvoz etadi. Shu payt u tumshug‘idagi shoxchani tushirib yuboradi

va kuzatadi. Burgutlardan biri shoxchani tutib olib, ohistalik bilan unga olib kelib

topshiradi. U esa shoxchani olib, uni yana tashlab yuboradi. Burgut yana tutib oladi va

unga qaytaradi. U esa yana tashlab yuboradi...

Bu hol juda ham ko‘p marta takrorlanadi. Shundan so‘ng burgutlar havoda raqsga

tushadilar. Nihoyat, birbirlarini sinovdan o‘tkazgach, ular oila quradilar. Xo‘sh, ushbu

harakatlarda qanday ma'no yashirin? Buni ularning keyingi hayotidan tushunib olasiz...

Ular birgalikda tog‘ cho‘qqisiga ko‘tariladi, mustahkam o‘simlik poyalaridan in quradi.

Ikkala burgut ham tanasidan o‘z tumshug‘i bilan patlarini yulib, inlarini to‘ldiradi,

barcha teshiklarni yopib, uyani yumshoq va shinam makonga aylantiradi. Ona burgut bu

yerga tuxum qo‘yadi va ikkalasi polapon burgutchalar dunyoga kelishini kuta boshlaydi.

Burgutchalar tuxumdan chiqqach (ular juda kichkina, zaif va yalang‘och holatda

bo‘ladi), otaonasi ularni biroz quvvatga kirgunicha parvarishlaydi. Qanotlari bilan

yomg‘irdan, quyosh nurlaridan asraydi, ularga suv, ozuqa tashiydi. Burgutchalar asta

katta bo‘lib boradi. Ularning patlari o‘sib, tanasini qoplaydi, qanotlari va dumlari

baquvvatlashadi. Shunda ota va ona burgut vaqt kelganini anglaydi... Ota burgut uya

chetiga qo‘nib olib, inni qanotlari, tumshug‘i bilan urib silkitadi. U uyadan hamma pat

va puxni tushirib yuborishi, boshida o‘zlari shox-shabbadan yasagan skeletnigina

qoldirishi kerak. Qiziq, nima uchun? Polaponlar esa bu qattiq, noqulay uyada o‘tirishar

ekan, nima bo‘layotganini tushunishmaydi: axir ota-onalari ularga juda g‘amxo‘r va

mehribon edi-ku. Bu orada ona burgut qaerdandir kichik bir baliqchani tutib kelib, atayin


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

195

polaponlari ko‘rib turishi uchun, uyadan, chamasi, besh metr uzoqlikka qo‘nib olib, uni

asta maydalab yeya boshlaydi. Polaponlar uyada turib chug‘urlab, o‘zicha shikoyat qilib

baqira boshlaydi: axir, ilgari bunday emasdi-ku... Ota-onasi ularga yemish berardi, suv

berardi. Endi esa hammasi tamom bo‘ldi: inlari qattiq va noqulay, ota-onasi esa ularga

ozuqa ham bermayapti. Nima qilish kerak? Axir och qolishadi-ku. Indan chiqishga

harakat qilish kerakmikin? Shunday qilib, polaponlar asta harakatga kela boshlaydi va

ilgari hech qachon urinib ham ko‘rmagan harakatlarni bajaradi. Agar ota-onalari ularni

erkalatishda davom etaverishsa, ular keyinroq ham harakat qilishga jur'at qilmagan

bo‘larmidi... Polaponlar uyalaridan sudralib chiqa boshlaydi. Oh, mana, kichikkina

polapon tushib ketmoqda, axir uya tog‘ chetida, noqulay xarsanglar orasida joylashgan-

ku. Polapon avval silliq xarsang uzra biroz sirg‘alib, keyin jarlikka tomon qulaydi. Shu

payt, qachonlardir ona burgut uloqtirgan shoxchalarni tutib keltirgan ota burgut

yordamga shoshadi. U o‘zini katta tezlikda pastga otib, yelkasiga polaponchasini

qo‘ndirib qaytadi. Bu hol bir necha marta takrorlanadi. Polapon noqulay uya va silliq

xarsangdan pastga tomon qulayveradi, ota burgut uni tutib kelaveradi. Burgutlarning

birorta polaponi ushbu jarayonda halok bo‘lmas ekan. Axiyri, qulashlarning qaysi

biridadir polapon burgutcha qanotlarini yozib, shamol yordamida parvoz qila boshlaydi.

Shu tarzda burgutlar polaponlarini uchishga, keyin esa ov qilish va o‘zini himoyalashga

o‘rgatishadi. ... Ona burgut shoxchani uloqtirish orqali o‘z farzandalariga ota tanlagani

bejiz emas edi. Axir, u farzandlari halok bo‘lishini xohlamaydi.

(zen.yandex.ru)

Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek.

Diana maʼbadin yoqmoq shart emas.

Ko‘plar baxti uchun o‘zlikni jamlab,

Shu ulkan binoga bir g‘isht qo‘ysak bas. (G‘afur G‘ulom


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

196

Vijdon erkinligi har bir fuqaroning dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik, diniy rasm-

rusum va marosimlarda ishtirok etish yoki etmaslik kabi dinga nisbatan o‘z

munosabatini mustaqil aniqlaydigan shaxsiy huquqidir. Har bir fuqaro o‘z ixtiyori bilan

diniy ta’lim olish huquqiga ega. Buning uchun fuqarolarni u yoki bu tarzda majbur

etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlatimiz tomonidan chet el fuqarolari va fuqaroligi

bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda vijdon va

e’tiqod erkinligi huquqidan foydalanishi qat’iy kafolatlangan. Diniy bag‘rikenglik

xilma-xil diniy e’tiqod va dunyoqarashda bo‘lgan kishilarning olijanob g‘oya va niyatlar

yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo‘lida xizmat

qilishini anglatadigan tushunchadir. Bugungi kunda mazkur g‘oya jamiyatning barcha

tinchliksevar a’zolari hamkorligini nazarda tutuvchi, osoyishtalik va barqarorlikni

mustahkamlash, ozod va obod Vatan qurishning muhim shartlaridan biridir. Bugungi

kunga kelib respublikamizda jami 2239 ta diniy tashkilot va 16 ta diniy konfessiya adliya

ro‘yxatidan o‘tgan. Shulardan 2093 tasi musulmon tashkiloti, 166 ta xristian tashkiloti,

8 ta yahudiy jamoasi, 6 ta Baxoiylik jamiyati, 1 ta krishnachilar jamiyati va 1 ta budda

ibodatxonasi, O‘zbekiston konfessiyalararo Bibliya jamiyati, shuningdek, Islom

sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot

markazlari, Toshkent Islom universiteti, «Mir Arab» oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi,

9 ta madrasa, 2 ta ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar o‘quv yurti, Toshkent pravoslav

seminariyasi, Toshkent xristian seminariyasi kabi diniy ta’lim muassasalari faoliyat

ko‘rsatmoqda.

Xabarlarda aytilishicha, hikkilardan biri internet-forumda avtobus yo‘lovchilariga

pichoq bilan hujum qilishni rejalashtirgani haqida yozadi va buni amalga oshiradi;

politsiya yana bir hikki 10 yil davomida bir qizni asirlikda saqlab kelayotgani, hozir u

hibsga olingani haqida xabarni e’lon qiladi. Bunday xabarlardan so‘ng minglab yapon

xonanishinlari birdan hammaning diqqat markazida bo‘lib qoldi. 7 Albatta, bu yapon

fenomeni boshqa mamlakatlarda ham uchrab turadi, lekin aynan Yaponiyada keng

ko‘lamli hodisaga aylangan. Ehtimol, kunchiqar yurtda hikikomorining ildiz otishi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

197

ko‘pchilikning o‘smir yoshidagi farzandlarini to‘liq ta’minlash uchun yetarlicha shart-

sharoitga egaligi bilan bog‘liqdir. Bu nazariya asossiz emas: daromadi pastroq bo‘lgan

oila vakillari orasida hikikomorilar juda kam uchraydi. Bundan tashqari, yapon

mentalitetining o‘ziga xos xususiyatlari ham bu hodisaga eshik ochib beradi:

Yaponiyada yoshlar kattalarga qattiq tayanadi: ota-ona qaramog‘ini afzal ko‘rgan 30

yoshli “o‘smir”lar bu yurtda ko‘p uchraydi. 8 Hikikomori hodisasi 1989-yilda

Yaponiyada kasallik turi deb e’lon qilingan. Hikkilarni davolash uchun odatda ota-

onalarning o‘zlari harakat qilib ko‘rishadi. Natija bo‘lavermagach, psixolog yollashadi.

Davolashning bu turi bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan nodavlat tashkilotlar ham talaygina.

Afsuski, ko‘p hollarda barcha urinishlar samarasiz yakunlanadi

O‘z diniy marosimlarini o‘tkazish va mamlakat hayotida faol ishtirok etish uchun

zarur barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bu boradagi huquqiy asoslar O‘zbekiston

Konstitutsiyasida, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunda va

boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, “Vijdon

erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi